Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
M.V. LOMONOSOV NOMIDAGI MOSKVA DAVLAT UNIVERSITETINING TOSHKENT SHAHRIDAGI FILIALI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda iqtidorli yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish va ulardan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialini (keyingi oʻrinlardagi matnda “Filial” deb yuritiladi) taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida qabul qilingan normalarga va oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining maqsad va vazifalariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash Filialning asosiy vazifasi etib belgilansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
2. Filialni tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Filial Moskva davlat universitetining alohida tarkibiy boʻlinmasi, barcha darajalarda mutaxassislar tayyorlaydigan, shu jumladan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Filialning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
abituriyentlar qabul qilish va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan belgilanadigan talablarga, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Filialda oʻqitish M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Filialning qabul parametrlari M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Filial bitiruvchilariga M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini tamomlaganligi toʻgʻrisida belgilangan namunada beriladigan diplom Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filialini tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
5. Belgilansinki, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetidan jalb etiladigan professor-oʻqituvchi xodimlarning xizmat safarlariga haq toʻlash Rossiya Federatsiyasida oliy oʻquv yurtlari xodimlari uchun belgilangan normalar boʻyicha amalga oshiriladi.
6. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti:
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va oliy taʼlimning eng yangi yutuqlari joriy etilishiga;
Filial professor-oʻqituvchilari tarkibi M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida malaka oshirishi va qayta tayyorlanishiga;
Filialning kutubxona fondi shakllantirilishi va uning zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlar bilan toʻldirilib borishiga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Belgilansinki, Filial faoliyatini moliyalashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga davlat grantlari shaklida ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
toʻlov-kontrakt asosida talabalarni (tinglovchilarni) oʻqitganlik uchun tushadigan mablagʻlar;
homiylarning mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
8. Belgilansinki, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filialining davlat grantlari asosida oʻqigan bitiruvchilari kamida uch yil respublikaning taʼlim muassasalari, korxonalari va tashkilotlarida ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadilar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2006/2007 oʻquv yilidan boshlab, har yili, talabalar (tinglovchilar)ni davlat grantlari boʻyicha oʻqitish uchun, biroq Filialda oʻqishga qabul qilinadigan talabalar (tinglovchilar) umumiy sonining 40 foizidan ortiq boʻlmagan qismiga davlat budjetidan mablagʻ ajratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Filialni zarur oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlash uchun mablagʻ ajratsin.
10. Filialni jihozlash va uning faoliyati uchun olib kelinadigan uskunalar, adabiyotlar, multimediya mahsulotlari, inventarlar, moddiy-texnika resurslari, istisno tariqasida, 5 yil muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filialning buyurtmanomalari boʻyicha Filial tomonidan taklif etiladigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar davlat boji toʻlamasdan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
12. Filialga oʻqituvchilik va ilmiy ish uchun taklif etiladigan chet ellik professorlar va oʻqituvchilarning yashashi va transport xarajatlari uchun toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha milliy valyutada toʻlashga ruxsat berilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-dekabrdagi 575–f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan komissiyaning M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialini Toshkent shahar, Movarounnahr koʻchasida qurilayotgan 22-uyda joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
binolar kompleksi qurilishini tugallash va 2006/2007 oʻquv yili boshlangunga qadar foydalanishiga topshirishni;
mazkur binolar kompleksida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali joylashtirilishini taʼminlash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
PQ-290-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-fevraldagi PQ-290-son qaroriga
ILOVA
Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
TARKIBI

1.

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi

2.

R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

A.K. Vorisov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi oʻrinbosari

4.

E.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

5.

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

6.

A.X. Toʻxtayev

Toshkent shahar hokimi

7.

L.I. Karimova

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori

8.

V.A. Sadovnichiy

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori (kelishuv boʻyicha)

9.

Sh.E. Qurbonov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha ATD mudiri, Komissiya kotibi

 LexUZ sharhi
ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 9-son, 63-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)