O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ZIYONET” AXBOROT TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ–191-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“ZiyoNET” tarmog‘i axborot resurslarini yaratish, rivojlantirish va jamlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarni “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash reja-jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Dastur va Reja-jadvalning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasinlar.
3. Budjet tashkilotlarini Reja-jadvalga muvofiq “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash va aloqa xizmatlari haqini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarning 2006-yilda ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligiga ajratiladigan Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2007—2010-yillarda Davlat budjeti parametrlarida budjet muassasalarini Reja-jadvalga muvofiq “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash va aloqa xizmatlari haqini to‘lash uchun zarur mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 28-son, 362-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-dekabr,
282-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 389-son, 389-modda; 2013-y., 28-son, 362-modda, 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)