Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.04.2022
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“BANKROTLIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 110, 111, 133 VA 135-MODDALARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 22-noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda ma’qullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga (2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
oltinchi qismidagi “va tashqi boshqaruv rejasida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori bilan pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kimoshdi savdosidagi narxning 10 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak”;
2) 111-moddaning birinchi qismidagi “tashqi boshqaruv rejasida va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 133-modda quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar qarzdorning butun mol-mulki garov narsasi bo‘lsa va garovga qo‘yilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablari summasidan kam yoki unga teng bo‘lib qolsa, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar qoplanganidan va talablar qondirilganidan keyin hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlari bo‘yicha talablar qondirilganidan keyin amalga oshiriladi”:
4) 135-moddaning birinchi qismidagi “agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan qarzdorning mol-mulkini sotishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 22-dekabrdagi 249 (3794)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-dekabr,
O‘RQ–15-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 375-modda)