Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.06.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“TIJORAT BANKLARIDA QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN AMALGA OShIRILADIGAN OPERATSIYALARNING BUXGALTERIYA HISOBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 28-martda 662-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/14-sonli “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Nizomni qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 662-3-son, 03.06.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Adliya vazirligida 1999-yil 5-martda 662-son bilan davlat roʻyxatiga olingan “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirishlar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-mart,
4/11-son