Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti etib;
Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti etib qayta tashkil qilinsin.
2. Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etishning yangilangan sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti tuzilmasi va xodimlarining soni 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 11-son, 97-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev) Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) bilan birgalikda:
qayta tashkil etilgan Axborot-tahlil departamentlari xodimlarining shtat sonini ushbu qaror bilan tasdiqlangan tuzilmalarga muvofiqlashtirsin, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasin;
bir oy muddatda qayta tashkil etilgan Axborot-tahlil departamentlari boʻyicha nizomlarni qayta koʻrib chiqsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 475-sonli qaroriga 1, 3, 4, 7 va 10-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-iyul,
PQ-131-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-sonli qaroriga
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish sxemasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 224-modda; 2006-y., 16-son, 132-modda; 23-son, 205-modda; 27-son, 246-modda; 2007-y., 11-son, 97-modda)