|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.06.2007
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq xo‘jaligi vaziri
R. XUSANOV
O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq xo‘jaligi vaziri
R. XUSANOV
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Davlat mulkini boshqarish
va tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi
Davlat mulkini boshqarish
va tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vaziri
A. MARDIYEV
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vaziri
A. MARDIYEV
ChORVA MOLLARI, BINOLAR VA ASBOB-ANJOMLARNI TANLOV— KIMOShDI SAVDOSI ASOSIDA SOTISh
tartibi
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 20-aprelda 136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi , O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat Qo‘mitasining 2007-yil 22-maydagi 2/8-son, 20-26-01-son, 55-son va 01/23-18/13-sonli “Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov — kimoshdi savdosi asosida sotish tartibi”ni bekor qilish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 136-1, 24.05.2007-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1.UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 96-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Tartib tanlov-kimoshdi savdosiga tayyorgarlik, uni o‘tkazish, savdoda qatnashish, g‘olib chiqqan xaridorga mulkka egalik qilish huquqini rasmiylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitob qilish shartlarini belgilaydi.
1.3. Tanlov — kimoshdi savdosi ushbu tartib bilan chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni ochiq savdolarda erkin baholar asosida sotilishi tushuniladi.
1.4. Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov-kim oshdi savdosida sotish, jamoa xo‘jaligi umumiy yig‘ilishining qarori tasdiqlangandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
1.5. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilmagan har bir xo‘jalikda bu ishlarni amalga oshirish uchun tuman Hokimligi, xo‘jalik, “Agroxizmat” uyushmasi, davlat veterinariya xizmati Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tuziladi.
1.6. Komissiya qoramolchilik fermerlarining mol-mulklarini, jumladan qoramollar, molxonalar, binolar, omborxonalar, xo‘jaliklarning balansida turgan suv inshootlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sexlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, ot-ulov jihozlari, inventarlar, yem-xashaklar, konsentrat ozuqalar va hokazolarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi (davlat vetobyektlaridan tashqari).
1.7. Kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan ferma mol-mulkining dastlabki (start) bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1). Asosiy vositalar va tez eskiradigan buyumlar — 1995-yil 1-yanvarga qayta baholangan balans qiymatidan eskirish summasi chegirib tashlanadi;
2). Qoramollar — nasli, yoshi va mahsuldorligiga qarab ferma joylashgan hududdagi bozor baholaridan 10 foizdan 20 foizgacha kam miqdorda baholanadi, bu baholar amaldagi shartnomaviy narxlardan kam bo‘lmasligi kerak;
3). Omixta yem, konsentrat ozuqa, silos, senaj, lavlagi, xashaklar (somon, beda, tibbiy pichan) — balans bahosida beriladi.
Izoh: Asosiy vositalar, chorva mollar, yem-xashak va boshqa moddiy qiymatliklarni sanoqdan o‘tkazish dalolatnomasining nusxasi 1-2 ilovalarda berilgan.
1.8. Yuqoridagi tartibda aniqlangan va mulk egaligiga beriladigan fermaning moddiy boyliklari rasmiylashtirilgan hujjatlar xo‘jaliklarning umumiy yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangandan keyin tanlov — kimoshdi savdosi orqali sotish uchun xo‘jalikda tuzilgan komissiyaga topshiriladi.
2. TANLOV — KIMOShDI SAVDOSINI TAYYORLASh VA O‘TKAZISh ShARTLARI
2.1. Xususiylashtirilayotgan chorvachilik fermalarining moddiy boyliklari yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov— kimoshdi savdosi asosida sotiladi.
Tanlov — kimoshdi savdosiga yuqumli kasalliklardan xoli bo‘lgan chorvachilik fermalari qo‘yiladi.
2.2. Tanlov — kimoshdi savdosini tuman Hokimligi, xo‘jalik, “Agrokimyo” uyushmasi, davlat veterinariya xizmati, Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya o‘tkazadi.
2.3. Komissiya qaysi ferma tanlov — kimoshdi savdosi orqali sotilishi, qachon, qayerda savdoning o‘tkazilishi haqida to‘liq axborotlarni belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalari orqali bir oy muddatda kam bo‘lmagan vaqtda e’lon qiladi.
2.4. Axborotnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
savdoga qo‘yilgan qoramollarni soni, zoti, jinsi, yoshi va naslining qisqacha xarakteristikasi;
chorvachilik fermasining joyi, egallangan maydoni, ozuqa yetishtirishga ajratilgan yer maydoni, ferma hududidagi molxonalar, binolar, omborxonalar, xo‘jalik balansida bo‘lgan suv inshootlari, mahsulotni qayta ishlash sexlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, inventarlar va boshqa ma’lumotlar;
moddiy boyliklarni boshlang‘ich baholari;
savdoni o‘tkazish shakli;
to‘lov shartlari;
savdoga qo‘yilgan ferma bilan tanishtirish tartibi;
savdoga qatnashish uchun taqdim qilinadigan ariza va boshqa hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati;
qatnashuvga to‘lov miqdori va o‘tkazish lozim bo‘lgan hisob raqamining nomeri;
savdoning o‘tkazilish joyi, kuni, vaqti;
savdoni o‘tkazuvchi komissiyaning manzilgohi va telefon nomeri.
3. TANLOV-KIM OShDI SAVDOSIDA QATNAShISh ShARTLARI
3.1. Tanlov — kimoshdi savdosiga qatnashish huquqi birinchi navbatda shu xo‘jalikning a’zosiga beriladi. Xaridorlar shu fermaning mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishini besh yil mobaynida o‘zgartirmasligi, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirmasligi haqida yozma ravishda kafolat beradi, Ushbu tartibga rioya qilgan holda talab qilingan hujjatlarni taqdim etishi shart.
3.2. Tanlov kimoshdi savdosida qatnashish uchun komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
xaridorning savdoda qatnashishi uchun arizasi;
savdoga qo‘yilgan ferma moddiy boyliklari dastlabki qiymatining 10 foiz badal pulini to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat.
3.3. Xaridor deb tan olingan shaxslarga quyidagi hujjatlar beriladi:
tartib raqamli yozilgan taxtacha;
savdoga qo‘yilgan ferma moddiy boyliklari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotnoma;
tanlov — kimoshdi savdosining shartlari.
3.4. Tanlov — kimoshdi savdosida qatnashishga arizalar qabul qilish savdo o‘tadigan sanadan uch kun avval to‘xtatiladi.
3.5. Xaridor deb tan olingan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot sir saqlanadi.
3.6. Tanlov-kim oshdi savdosi tartib-qoidalari talablariga rioya qilmagan, qonunchilik asosida xaridor deb tan olinmagan, qatnashishga o‘z vaqtida ariza bermagan shaxslar savdoda qatnashmaydilar.
4. TANLOV — KIMOShDI SAVDOSINI O‘TKAZISh TARTIBI
4.1. Tanlov — kimoshdi savdosini komissiya tomonidan berilgan yoki yollangan shaxs — “auksionist” o‘tkazadi.
U xaridorlarga savdoga qo‘yilgan ferma moddiy boyliklarini qisqacha ta’riflab, ularning dastlabki bahosini va bahoni oshirish miqdorini e’lon qiladi. Bahoni oshirish miqdori dastlabki bahoning 1—10 foizini tashkil qilishi kerak. Savdoning borishiga qarab auksionist bahoni oshirish miqdorini belgilaydi.
4.2. Kimoshdi savdosini auksionist tomonidan ferma moddiy boyliklarini dastlabki bahosiga birlamchi bahoni oshirish miqdorini qo‘shgan xolda e’lon qilishi bilan boshlanadi. Ushbu bahorga rozi bo‘lib raqamli taxtachani ko‘targan xaridorni auksionist e’lon qiladi va ushbu bahoni uch martabagacha qaytaradi. Agar ushbu bahodan oshuvchi xaridor bo‘lsa auksionist bahoni oshirish miqdorini qo‘shib e’lon qiladi.
4.3. Kimoshdi savdosini navbatdagi bahoga rozilik bildirib raqamli taxtachani ko‘tarmaguncha davom ettiriladi.
Oxirgi bahoga rozi bo‘lgan xaridorning raqamli taxtachasi va ko‘tarilgan baho uch martaba qayta e’lon qilingandan so‘ng xaridor g‘olib deb topiladi.
4.4. Kim oshdi savdosi g‘olibi shu kunning o‘zida savdo o‘tkazilgan bayonnomaga imzo chekishi shart — Bayonnoma g‘olib-xaridor, kim oshdi savdosi o‘tkazuvchi komissiya tomonidan ikki nusxada tuzib imzolanadi.
Shu bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng fermani sotgan xo‘jalik va g‘olib-xaridorning manzili, sotilgan mulkning bahosi va unga egalik qilish huquqi berilishi to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
4.5. Agar g‘olib-xaridor 10 kunlik muddatda mulkning qabul qilinganligi shartnomaga imzo chekmasa, mulk xo‘jalikka qaytariladi yoki qayta kim oshdi savdosiga qo‘yiladi.
Xaridor tomonidan to‘langan badal puli qaytarib berilmaydi.
4.6. Kim oshdi savdosi yakuni 30 kun mobaynida matbuotda va maxsus axborotnomada komissiya tomonidan e’lon qilinadi.
5. KIMOShDI SAVDOSIDA G‘OLIB ChIQQAN XARIDORGA MULKKA EGALIK QILISh HUQUQINI RASMIYLAShTIRISh VA QOLGAN XARIDORLAR BILAN HISOB-KITOB QILISh.
5.1. Kimoshdi savdosi yakunlangandan so‘ng 10 kun mobaynida xo‘jalik bilan g‘olib-xaridor orasida qonunchilikda belgilangan tartibda mulkka egalik qilish huquqini beradigan o‘zaro shartnoma tuziladi.
5.2. Kimoshdi savdosida qatnashgan boshqa xaridorlarning savdodan oldin to‘lagan badal pullari 30 kun mobaynida qaytarib beriladi.
5.3. Ferma moddiy boyliklariga (obyektga) egalik qilish huquqi xo‘jalikdan yangi mulkdorga bu haqdagi hujjat (order) berilgan vaqtdan boshlanadi.
5.4. Yangi mulkdorning ferma moddiy boyliklariga (obyektga) egalik qilish huquqi xo‘jalikdan unga bu haqdagi hujjat (order) berilgan vaqtdan boshlanadi.
6. TANLOV — KIMOShDI SAVDOSI ASOSIDA SOTILGAN ChORVA MOLLARI VA BOShQA MULKLAR QIYMATINI TO‘LASh TARTIBI
Tanlov — kimoshdi savdolarida ferma chorva mollari va boshqa mulklar bahosi (obyekt bahosi) O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘mda belgilanib, jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan obyektlar uchun to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
6.1. Obyektning pirovard qiymati tanlov — kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kundagi belgilangan eng kam ish haqining 1000 barobarigacha bo‘lgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining g‘olibi badal puli to‘langandan keyin qolgan summani xo‘jalikning tegishli hisob raqamiga oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida to‘laydi.
6.2. Obyektning pirovard qiymati tanlov-kim oshdi savdosi o‘tkazilgan kundagi belgilangan eng kam ish haqining 1000 barobaridan 10000 barobarigacha bo‘lgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining g‘olibi badal puli to‘langandan keyin qolgan summani:
pirovard qiymatning 20 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida;
pirovard qiymatining 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida;
obyekt qiymatining badal puli hamda birinchi yilda to‘langandan keyin qolgan summasini ikkinchi yil mobaynida to‘liq to‘laydi.
6.3. Obyektning pirovard qiymati tanlov — kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kundagi eng kam ish haqining 10000 barobaridan ortiq bo‘lgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining g‘olibi badal puli to‘langandan keyin qolgan summani:
pirovard qiymatining 20 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida;
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida;
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab ikkinchi yil mobaynida;
obyekt qiymatining badal puli va dastlabki ikki yili to‘langandan keyin qolgan summasini shartnoma imzolangan kundan boshlab uchinchi yil mobaynida to‘liq to‘laydi.
6.4. Tanlov — kimoshdi savdosida sotib olingan obyektning yangi egasi tegishli summani muddatidan oldin to‘liq to‘lash huquqiga egadir. Bunda to‘lov muddatlariga ko‘ra obyektning pirovard narxidan 10 foizgachasi chegiriladi.
6.5. Sotib olish summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosi g‘olibi badaldan tashqari to‘langan summaning yarmini to‘lagan holda obyektga egalik qilish huquqidan mahrum etiladi.
6.6 To‘lashga qodir emasligi tufayli tanlov-kim oshdi savdosi g‘olibi tomonidan sotib olinmagan obyekt tanlov-kim oshdi savdosiga takroran qo‘yiladi yoki komissiyaning qaroriga binoan oldingi mulkdorga qaytariladi.
6.7. Tanlov — kimoshdi oshdi savdosi g‘olibi shu xo‘jalikning a’zosi bo‘lsa xo‘jalikning umumiy majlis qarori bilan to‘lov muddati yuqorida belgilangan muddatlarga nisbatan ikki barobarigacha uzaytirilishi mumkin.
6.8. Tanlov — kimoshdi oshdi savdolarida sotiladigan mulkchilikning davlatga tegishli bo‘lmagan shaklidagi obyektlarni sotib olish shartlari va muddatlarini mulkdor tomonidan obyektni sotish talabnomasi berilganda belgilanadi.
| Chorvachilik fermalaridagi mollarni sanoqdan o‘tkazish | ||||||||
| |
dalolatnomasi |
|
| | | | ||
| ____________viloyati | ______________tumani | _________xo‘jaligining | | | | |||
| ____________fermasida mollar sanoqdan o‘tkazildi: |
| | | |||||
|
Mol turi |
Birka nomeri |
tusi |
zoti |
laqabi |
semizlik |
og‘irligi |
balans |
belgilangan |
| Komissiya a’zolari: |
| | | | | | | |
Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni
tanlov-kim oshdi savdosi asosida sotish
Tartibiga
2-ILOVA
tanlov-kim oshdi savdosi asosida sotish
Tartibiga
2-ILOVA
| Chorvachilik fermasining asosiy vositalari va moddiy qiymatliklarini sanoqdan o‘tkazish |
| | ||
|
dalolatnomasi |
|
199___ |
|
|
| | | | ||
| ____________viloyati | _____________tumani | | | |
| ____________xo‘jaligi | _____________fermasining asosiy | | | |
| vositalari va moddiy-qiymatliklari sanoqdan o‘tkazildi. |
| | ||
|
Asosiy vositalar, |
Soni |
Balans qiymati |
Eskirish |
Qoldiq qiymati |
Komissiya a’zolari: |
| | | |