Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh VAZIRLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son “Oʻzkommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Uy-joy-kommunal xoʻjaligi ministrligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1988-yil 5-noyabrdagi 418-son (OʻzSSR QT, 1988-y., 10-11-son, 35-modda) va “Oʻzbekiston SSR Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1990-yil 30-iyuldagi 267-son (OʻzSSR QT, 1990-y., 7-son, 23-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 12-oktabr,
490-son

Vazirlar Mahkamasining

1993-yil 12-oktabrdagi 490-son qarori bilan

TASDIQLANGAN

Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 15-iyuldagi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-iyuldagi 371-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
2. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining meʼyoriy hujjatlariga amal qiladi.
3. Quyidagilar Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari hisoblanadi:
respublikada uy-joy fondidan foydalanish va uning saqlanishini taʼminlash, kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va oʻtkazish;
respublika shaharlari, shaharchalari va tuman markazlarida aholining, ijtimoiy-maishiy soha korxonalari va boshqa isteʼmolchilarning kommunal xizmatlarga, qishloq joylarda esa kommunal gaz taʼminotiga, boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq qondirish uchun kommunal xoʻjaligini rivojlantirish tamoyillarini, istiqbolli dasturlarini va sxemalarini ishlab chiqish;
tarmoqda yagona ilmiy-texnika siyosatini oʻtkazish, kommunal korxonalarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish masalalarida boshqa davlatlarning tajribasini oʻrganish va yoyish;
muhandislik (suv quvuri, kanalizatsiya, issiqlik va gaz) tarmoqlari va inshootlarini loyihalash, qurish, tuzatish va saqlash masalalarining uzviy hal etilishini taʼminlash;
bozor munosabatlariga oʻtishda Vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga ularni aksionerlik, jamoa, ijara va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga bosqichma-bosqich aylantirishda koʻmaklashish.
4. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Vazirlik balansidagi davlat mol mulkini xoʻjalik yuritish huquqi bilan boshqarishni amalga oshiradi.
5. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tarkibida bevosita oʻziga boʻysunuvchi respublika ishlab chiqarish birlashmalari, trestlar, boshqarmalar, korxonalar, tashkilotlar boʻlgan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, ikki tomonga (vazirlikka va hokimlikka) boʻysunuvchi viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari yagona tizimni tashkil qiladi.
6. Vazirlik aholiga kontrakt (shartnoma) asosida hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari orqali kommunal xizmat koʻrsatadi.
7. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tarmoqni rivojlantirish uchun markazlashtirilgan holda ajratiladigan valyuta mablagʻlari, kapital mablagʻlar, moddiy-texnika resurslariga kvotalar va davlat ehtiyojlari uchun mahsulotning fond egasi;
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal xoʻjaligining ehtiyojlari uchun yangi mashinalar, jihozlar va asboblarni yaratish boʻyicha yagona buyurtmachi hisoblanadi.
8. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi oʻzining asosiy vazifalariga muvofiq: ;
kommunal xoʻjalikni istiqbolli va yalpi rivojlantirish masalalarini hal qiladi; tarmoqda ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini belgilaydi, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini umumlashtiradi va tatbiq etadi;
iqtisodiy ishlarni takomillashtiradi, bozor iqtisodiyoti munosabatlarida xoʻjalikni yuritishning yangi usullari, mehnatni meʼyorlash, ish haqi toʻlash va pagʻbatlashtirishni tashkil etishning ilgʻor shakllarini ishlab chiqadi va tatbiq etadi, puxta iqtisodiy tahlil asosida korxonalarni meʼyoriy-uslubiy taʼminlash va ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlash masalalarini hal qiladi;
istiqbollar, meʼyoriy-tadqiqot va tajriba ishlari, shaharlar, shaharchalar, tuman markazlari aholisini kommunal xizmatlar, qishloq joylarda esa kommunal gaz bilan taʼminlash meʼyorlari, uy-joy fondi, kommunal xoʻjaligi korxonalari va inshootlarini, ularning qaysi idoraga qarashligidan qatʼiy nazar, but saqlanishi, taʼmirlash va ulardan foydalanish qoidalari, texnikaviy shartlari, normativlari va yoʻriqnomalarining loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Qopaqalpogʻicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari kichik tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanishning yillik, va istiqbol loyihalarini koʻrib chiqadi va kelishib oladi;
Vazirlikning korxonalari va tashkilotlarida huquq ishlarini tegishli yoʻlga qoʻyishda yordam beradi;
respublika Hukumatiga, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga tarmoq tuzilishini takomillashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarini kengaytirish va qurish, oʻz ishlab chiqarish negizini rivojlantirish, tarmoqni mutanosib rivojlantirishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat kapital mablagʻlari hajmi boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
kommunal xoʻjaligiga oid va Vazirlik tizimining boshqa obyektlari qurilishlarining titul roʻyxatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq chora tadbirlarni amalga oshirishda kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarining ishlarini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy mulkdorlari va uy-joy fondiga xizmat koʻrsatuvchi, ularni tuzatuvchi korxonalar, shuningdek, aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan uy-joy fondidan texnik foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qaroriga muvofiq oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Vazirlik tizimi korxonalari va tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga joriy qilishni nazorat etishni amalga oshiradi;
kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarining Vazirlik sanoat korxonalari mahsulotlariga, kommunal va boshqa obyektlarning jihozlarini sozlash va montaj qilish ishlariga boʻlgan ehtiyojlarni shartnoma asosida qondirishni taʼminlaydi;
tarmoqning texnikaviy darajasini yuksaltirish uchun chet el valyutalarini jalb qilish maqsadida boshqa davlatlarning firmalari, qoʻshma korxonalar, respublikaning mahsulotni eksportga chiqaruvchi korxonalari va tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va hamkorlik qilishning yangi shakllarini joriy qilishni amalga oshiradi;
ichki kooperatsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar hisobiga tarmoqni moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashni tashkil etadi; markazlashtirilgan holda taqsimlanadigan mahsulot bilan korxonalarning moddiy-texnika taʼminoti istiqbollarini belgilangan muddatlarda ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda korxonalarga amaliy yordam koʻrsatadi; tarmoq korxonalarining mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqalarini rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi;
amaldagi qonunlarga muvofiq va oʻz vakolatlari doirasida uy-joy-kommunal xizmatlar uchun narx belgilash sohasida davlat siyosatini oʻtkazadi, narxlarning davlat intizomiga rioya qilinishini taʼsirli nazorat etishni amalga oshiradi;
davlat mulkining but saqlanishi, Vazirlikning davlat korxonalari va tashkilotlariga budjetdan ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsad uchun foydalanish, mazkur korxonalar va tashkilotlarning faoliyatida qonunlarga rioya qilishini nazorat etadi; ularning ishlab chiqarish, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qiladi;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etadi; mehnat jamoalarining oʻz-oʻzini boshqarish prinsiplarini rivojlantiradi;
mehnat jamoalarining ishida musobaqalashishni qoʻllab-quvvatlaydi.
9. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlik tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning kommunal, ijtimoiy-madaniy va boshqa maqsadlardagi korxonalar va korxonalar obyektlari qurilishi va qayta qurilishining loyiha smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash, buyurtmachi hamda kommunal xoʻjaligi obyektlarining qurilishi boʻyicha pudratchi vazifasini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy sohasida meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladigan kommunal xoʻjaligi obyektlarini loyihalash va qurish uchun titul roʻyxatlari loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish;
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlashi kerak boʻlgan shaharlar bosh rejalarining loyihalari va kommunal obyektlar qurilishiga xulosalar berish; turar joy va kommunal xoʻjaligi obyektlarining namunaviy loyihalarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha xulosalar berish;
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli organlariga yigʻma hisobot taqdim etish uchun Vazirlik tizimi korxonalari va tashkilotlarining statistika, hisob-kitob va boshqa hisobotlarini olish va koʻrib chiqish;
umumtarmoq dasturlarini moliyaviy taʼminlash, Vazirlik apparatini saqlash va Vazirlikka bevosita boʻysunuvchi hududiy- kommunal foydalanish birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining daromadlaridan ajratmalar hisobiga kommunal xizmat koʻrsatishni barqarorlashtirish va rivojlantirishning yagona fondini barpo etish;
oʻziga qarashli kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining vakolatli banklarida valyuta hisob raqamlarini ochish, daromad olish maqsadida oʻz kapitallari bilan banklarni tashkil etishda qatnashish;
belgilangan tartibda hokimliklar, jamoat va boshqa tashkilotlar vakillarining ishtirokida kengashlar chaqirish va ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining muhim qarorlarini bajarish boʻyicha tadbirlarini, tarmoqni rivojlantirish muammolarini va kommunal xizmat koʻrsatishni yaxshilash bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni muhokama qilish;
tarmoq xodimlarini belgilangan tartibda koʻkrakka taqiladigan nishonlar, Faxriy yorliqlar bilan mukofotlash va ragʻbatlantirishning boshqa turlarini qoʻllash;
Tapmoq xodimlarini ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilish yuzasidan tarmoq kasaba uyushmasi MQ bilan har yili shartnomalar tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining oʻz vakolatlari doirasida chiqariladigan kommunal xoʻjaligi obyektlaridan, uy-joy fondidan foydalanish va ularning saqlanishini taʼminlash sohasidagi normativ hujjatlarini bajarish davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarori tahririda)
11. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining oʻziga boʻysunuvchi korxonalar (birlashmalar) va tashkilotlar bilan munosabatlari iqtisodiy tahlil, tarmoqni rivojlantirishning asoslangan istiqbollari, toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplariga rioya qilish, oʻz-oʻzini mablagʻ bilan taʼminlash va oʻz-oʻzini boshqarish asosiga quriladi.
Korxonalar (birlashmalar) va tashkilotlarga rahbarlik qilish davlat buyurtmalari va uzoq muddatli iqtisodiy normativlar asosida iqtisodiy usullar bilan amalga oshiriladi.
12. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi oʻz ishini tarmoqqa rahbarlik qilishga oid barcha masalalarni muhokama qilish va hal etishda kollegiallik va oshkoralikni uygʻunlashtirishning demokratik prinsiplari asosida, lavozimli shaxslarning topshirilgan uchastkadagi ishlarning ahvoli va ayrim topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgarligini belgilash yoʻli bilan tashkil etadi.
13. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini oʻz vaqtida diqqat bilan koʻrib chiqishini tashkil qiladi va ularda koʻtarilgan masalalarni toʻgʻri hal etishga harakat qiladi hamda fuqarolarning xatlarida xabar qilingan Vazirlik korxonalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi.
14. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga respublika Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdigʻiga taqdim qilinadigan Vazir boshchilik qiladi. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan oʻrinbosarlari boʻladi. Vazir oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni Vazir taqsimlaydi.
15. Vazirlik markaziy apparatining tuzilishi va xodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi kommunal xizmat koʻrsatish Vaziri:
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazir oʻrinbosarlari, Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim sohalariga rahbarlik qilish va Vazirlik korxonalarining ishini tashkil qilish uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Vazirlik markaziy apparati xarajatlar smetasini, uning xodimlari shtat jadvalini va Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
belgilangan xodimlar soni doirasida Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini moddiy pagʻbatlantirish shartlarini belgilaydi;
Vazirlik apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlik birlashmalari, davlat korxonalari va tashkilotlari toʻgʻrisidagi ustav (nizom) larni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kommunal xizmat koʻrsatish vazirini lavozimga tayinlash (ozod qilish)ni kelishib oladi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimiga koʻra hududiy-foydalanish birlashmalari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlikka bevosita boʻysunuvchi davlat korxonalari va tashkilotlarining rahbarlarini tayinlaydi va ozod qiladi.
17. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida vazir (rais) va lavozimlari boʻyicha vazir oʻrinbosarlari hamda tarmoqning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Vazirlik hayʼati aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat toʻgʻrisidagi nizom va uning ish tartibi kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
18. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hayʼati oʻzining muntazam ravishda oʻtkazib turiladigan majlislarida kommunal xoʻjaligini, uning ishlab chiqarish-texnika negizini rivojlantirishning asosiy masalalarini, mehnatni, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni takomillashtirish va Vazirlik faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqadi, tarmoqlar ishining samaraliligi va uning pirovard natijalari uchun javob beradi.
Hayʼat qarorlari, odatda, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq qilinadi. Agar Vazir bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchilik yuz bersa, Vazir kelishmovchilik toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga xabar qilib oʻz qarorini hayʼatga tatbiq etaveradi, hayʼat aʼzolari esa oʻz navbatida oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
19. Respublika kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, tashkilotlari, uyushmalari va boshqa birlashmalari rahbarlarining ish tajribalari va bilimlaridan toʻlaroq foydalanish, mehnat jamoalarining manfaatlarini tarmoq manfaatlari bilan uzviy yygʻynlashtipish, shuningdek, umuman Vazirlik faoliyatining pirovard natijalari uchun masʼuliyatni kuchaytirish maqsadida Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida tarmoq Kengashi tuziladi. Kengash toʻgʻrisidagi Nizom tarmoq Kengashining majlisida tasdiqlanadi, Kengash tarkibi kommunal xizmat koʻrsatish Vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Tarmoq Kengashi respublika kommunal xizmat koʻrsatish faoliyatining eng prinsipial masalalarini koʻrib chiqadi, ishning samaraliligini yanada oshirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi va tarmoqni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini uning birinchi darajadagi ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda belgilaydi, biron maqsad uchun moʻljallangan va tarmoq fondlari barpo etish va ulardan foydalanish yoʻnalishlari toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ularning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi, shuningdek, ularning haqiqiy ijrosi haqidagi hisobotlarni eshitadi va umuman tarmoq ishiga baho beradi.
20. Fan va texnikani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, kommunal xoʻjaligida ilmiy asoslangan yagona texnikaviy siyosatni belgilash, vatanimiz va chet el fani, texnikasi va ilgʻor tajribasining eng yangi yutuqlaridan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha eng muhim texnik yechimlarni koʻrib chiqish uchun Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, ishlab chiqarish novatorlari, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ilmiy-texnika kengashi tuziladi. Ilmiy-texnika kengashining tarkibi va uning toʻgʻrisidagi Nizomni kommunal xizmat koʻrsatish Vaziri tasdiqlaydi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda har yili kamida bir marta oʻtkaziladi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini qayta tashkil qilish va tugatish qonun bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, Oʻzbekiston Respublikasining bank muassasalarida budjet va hisob raqamlariga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., 10-son, 36-modda;Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)