Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2017
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh (“DAVARXITEKTQURILISh”) QO‘MITASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura va shaharsozlik qo‘mitasi tugatilib O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-noyabrdagi 294-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 46-son, 499-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” davlat qo‘mitasi markazi apparatining tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq hamda butun tizim xodimlarining soni 581 nafardan, shu jumladan, markaziy apparat xodimlari soni 75 nafardan iborat qilib 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy organlarning xodimlarini saqlashga mablag‘lar mahalliy budjetlardan ajratiladi.
* 3, 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zarur bo‘lgan mehnatga haq to‘lash fondini belgilasin, shuningdek, qo‘mita markaziy apparati uchun 4 ta yengil avtomashinani saqlashga limit ajratsin.
4. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
berilgan vakolatlar doirasida normativ-uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
respublikaning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq loyihalash-qurilish hamda ekspertiza faoliyatini litsenziyadan o‘tkazish;
arxitektura va qurilish sohasida muhim xalq xo‘jaligi muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar tuzish. Materiallarni ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, texnologiya, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy o‘quv yurtlarini va boshqa muassasalarni, shuningdek, ayrim olimlarni va yirik mutaxassislarni jalb etish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ikki hafta muddatda:
arxitektura va shaharsozlik viloyat, Toshkent shahar bosh boshqarmalari, shahar (tuman) bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin; arxitektura va shaharsozlik viloyat, Toshkent shahar bosh boshqarmalari, shahar (tuman) bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin;
Davlat qo‘mitasining yangi vazifalarini va faoliyat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda u to‘g‘risidagi Nizom loyihasini, shuningdek, qo‘mitaning ishlab turgan ilmiy-tadqiqot muassasalarini qayta tashkil etish bo‘yicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
1993-yilning 1-noyabrigacha respublika hududidagi idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar loyiha-qidiruv tashkilotlari tarmoqlarining eng maqbul tuzilmasi, ularni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida takliflarni tayyorlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Toshkent shahar Abay ko‘chasidagi 6-uyga joylashtirilsin.
7. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 2-apreldagi 171-son, 1988-yil 29-yanvardagi 41-son, 1989-yil 23-yanvardagi 31-son, 1990-yil 3-yanvardagi 3-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
Qarorning bajarilishi 1993-yil noyabr oyida ko‘rib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-avgust,
441-son