Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.07.1995
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KIChIK VA O‘RTA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShGA KO‘MAKLAShUVChI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI
TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-iyuldagi 291-son “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (biznes-fondi)ni tashkil etish hamda uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasida Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘apmani tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonni ijro etish yuzasidan hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik harakatini faollashtirish, iste’mol bozorini to‘ldirishdagi uning imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga, Jamg‘arma tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
2. Tashkiliy qo‘mita 10 kun muddatda:
ta’sis shartnomasi tuzishni;
Jamg‘arma Ustavini ishlab chiqishni va uni ta’sischilar va Jamg‘arma qatnashchilari konferensiyasida qabul qilinishini;
Jamg‘arma boshqaruvi va direksiyasini shakllantirishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma ustavida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun uning tegishli bankdagi hisob schyotiga Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan 0,5 mlrd so‘m o‘tkazsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlari, korxonalari, tashkilotlari va xo‘jaliklari Jamg‘armaning kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, bozor infrastrukturasini shakllantirish bo‘yicha faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma o‘zining ustavidagi maqsadlar va vazifalariga qat’iy mos keladigan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha:
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqlidir;
uch yil muddatga soliqlardan, davlat bojidan, bojxona bojidan va davlat budjetiga o‘tkaziladigan boshqa to‘lovlardan ozod qilinadi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning aniq dasturlarini ishlab chiqsinlar
Jamg‘arma mintaqaviy filiallarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratsinlar.
6. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Jamg‘apma boshqaruvini va direksiyasini joylashtirish uchun bino ajratsin.
7. “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi va respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan savdo-ta’minot tashkilotlari Jamg‘armaga zarur bo‘lgan jihozlar va mebellar ajratish masalalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jamg‘apmaning boshqaruvini va direksiyasini shahar va hukumat telefon aloqasi bilan, “Toshshahartranskorxona” uyushmasi esa Jamg‘arma buyurtmanomasiga binoan shartnoma asosida xizmat avtomobili bilan ta’minlansin.
9. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasining Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armasi faoliyatini keng yoritsinlar, Jamg‘ara va uning filiallarining ijobiy ish tajribalarini targ‘ib qilsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq T. M. Miryoqubov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-iyul,
380-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 30-iyuldagi 380-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Kichik va o‘rta tadbirkorlikni
rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasining Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armasi, bundan buyon jamg‘apma deb ataladi, tadbirkorlik harakatini faollashtirish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning bozor infrastrukturasini takomillashtirish maqsadida tuziladi.
2. Jamg‘apma mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, alohida balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlariga ega bo‘ladi.
3. Jamg‘apma faoliyatidan tushgan daromadlar va tushumlar o‘zining ixtiyorida qoladi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.
4. Jamg‘armaning manzili: Toshkent shahri.
II. Jamg‘armaning maqsadlari va vazifalari
5. Jamg‘armaning asosiy maqsadlari:
kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, bozor infrastrukturasini shakllantirish sohasida davlat siyosatini o‘tkazishga ko‘maklashish;
xalqaro moliya tashkilotlari, shuningdek, MDH mamlakatlaridagi Jamg‘armaga o‘xshash tashkilotlar bilan kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish masalalarida o‘zaro hamkorlik qilishdan iboratdir.
6. Jamg‘armaning maqsadlariga muvofiq quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
imtiyozli shartlarda kreditlar berish, shuningdek, respublika bozorlarini tovarlar bilan to‘ldirish, chetdan keltiriladigan mahsulot o‘rnini qoplash va eksportni kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yangi ish joylarini yaratish uchun kichik va o‘rta tadbirkorlik tuzilmalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
kichik va o‘rta tadbirkorlik tuzilmalarining innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardoshli tayyor mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishini rag‘batlantirish;
raqobat muhitini yaratish, bozor infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarini amalga oshirish uchun respublikamiz va chet el sarmoyalarini jalb etish;
tadbirkor kadrlar, menejment, marketing, tashqi iqtisodiy, bank-moliya faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlashni va o‘qitishni ta’minlaydigan, tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, nashriyotchilik faoliyatini amalga oshirayotgan firmalar va tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
respublikada tadbirkorlikni va bozor infrastrukturasini rivojlantirish sohasida prognoz-tahliliy faoliyatni amalga oshirish;
ma’lumotlar bankini yaratish, O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda tadbirkorlikni tashkil etish bo‘yicha axborot-huquqiy xizmatlar ko‘rsatish;
Jamg‘arma mablag‘laridan faol foydalanishga va uning oborotini tezlashtirishga yordam beruvchi kredit berishning lizing operatsiyalari, ijaraning turli shakllarini amalga oshirishni ta’minlash;
taqchil xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishni kengaytirishga yo‘naltirilgan kichik va o‘rta tadbirkorlikning dasturlari uchun mablag‘ ajratish;
kichik va o‘rta tadbirkorlikning dasturlarini tanlab olish va ularni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratish masalasini xalqaro moliya tashkilotlari bilan o‘rganib chiqish;
Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘larning tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan samarali foydalanilishini nazorat qilish mexanizmini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda korxonalar va tashkilotlari xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etish.
7. Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga haqlidir:
o‘z vakolati doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan mustaqil ravishda yuridik aktlarni amalga oshirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Jamg‘apma tomonidan ajratiladigan yoki ular Jamg‘arma ko‘magida oladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini, agar belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan bo‘lsa, mablag‘ ajratishni to‘xtatib qo‘yish sharti bilan nazorat qilish;
kichik va o‘rta tadbirkorlik, bozor infrastrukturasi, tadbirkorlik va raqobatni qo‘llab-quvvatlashning axborot tizimlarini rivojlantirishni ta’minlaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishda va ularning faoliyatida ulush qo‘shib qatnashish;
qiymatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalqaro dasturlarda va bitimlarda qatnashish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Jamg‘armaning bo‘limlarini, filiallarini va vakilliklarini ochish;
Jamg‘arma maqsadlariga javob beradigan va amaldagi qonunlar bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
III. Jamg‘armaning ta’sischilari va qatnashchilari
8. Jamg‘armaning ta’sischilari va qatnashchilari bo‘lib “Rustambank” universal tijorat banki, “Agroxizmat” aksionerlik jamiyati, “YuNITEX Interneyshnl” qo‘shma korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkor” aksionerlik-tijorat banki, O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlar uyushmasi, “Ipak yo‘li” uyushmasi, Innovatsiya va menejment markazi, korxonalar, tashkilotlar, banklar, birjalar, uyushmalar, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, fuqarolar, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalar hisoblanadilar.
IV. Jamg‘armani boshqarish
9. Jamg‘arma boshqaruvining yuqori organi ta’sischilar va qatnashchilarning konferensiyasi hisoblanadi, u Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, 1—2-ilovalarga* muvofiq boshqaruvni, boshqaruv raisini va uning o‘rinbosarlarini, taftish komissiyasini saylaydi, ijro etuvchi organ (direksiya)ning bosh direktorini tasdiqlaydi.
* ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
10. Jamg‘arma boshqaruvi:
asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha Jamg‘arma faoliyatini muvofiqlashtirishni;
Jamg‘arma direksiyasi, filiallari vakilliklari faoliyatiga umumiy rahbarlikni;
kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning aniq dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etishni, bozor infrastrukturasini shakllantirishni;
turli tashkilotlarda, shu jumladan, chet ellarda jamg‘arma manfaatlarini ifodalashni amalga oshiradi.
11. Taftish komissiyasi Jamg‘armaning va o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy va xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
12. Jamg‘armaning bosh direktori umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Jamg‘armaning joriy faoliyati uchun javob beradi, Jamg‘arma nomidan vakolatnomasiz ish ko‘radi, boshqa yuridik shaxslar bilan munosabatlarda uning nomidan vakillik qiladi, o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, mehnat qonunlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, belgilangan tartibda Jamg‘apma mablag‘lariga egalik qiladi, yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
V. Jamg‘armaning mol-mulki va mablag‘lari
13. Jamg‘armaga berilgan yoki uning xo‘jalik faoliyati natijasida olingan asosiy va aylanma mablag‘lar Jamg‘apmaning mol-mulki hisoblanadi.
14. Quyidagilar Jamg‘arma faoliyatining manbalari hisoblanadi:
Jamg‘arma ta’sischilari va qatnashchilarining badallari;
Jamg‘apma faoliyatidan olingan daromadlar va boshqa tushumlar;
qonun bilan belgilangan tartibda Jamg‘apmaning qiymatli qog‘ozlarni ishlab chiqarish va tarqatish yo‘li bilan jalb etilgan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi budjetidan ajratilgan mablag‘lap;
ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar va amaldagi qonunlar bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Jamg‘arma uch yil muddatga soliqlardan, davlat bojidan, bojxona bojidan va davlat budjetiga undiriladigan boshqa to‘lovlardan ozod qilinadi. Jamg‘armaning korxonalari va tashkilotlari, shuningdek, boshqa korxona va tashkilotlar daromadining Jamg‘armaga beriladigan qismi amaldagi qonunlarga muvofiq budjetga to‘lanadigan soliqlardan ozod qilinadilar.
16. Jamg‘arma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
Davlat Jamg‘arma majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, Jamg‘arma esa davlat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
VII. Daromadlarni taqsimlash
17. Jamg‘apmaning xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadning, qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarning, majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng, 40 foizi ta’sischilarga, 60 foizi Jamg‘apma to‘ldirishga taqsimlanadi. Ajratilgan mablag‘dan boshqalarni mablag‘ bilan ta’minlashdagi imtiyozlar ta’sischilar va qatnashchilar konferensiyasi tomonidan belgilandi.
VII. Jamg‘armani tugatish
18. Jamg‘armaning faoliyati ta’sischilar va qatnashchilar konferensiyasi qaroriga muvofiq yoki qonun bilan belgilangan boshqa hollarda tugatiladi.
19. Tugatilgan Jamg‘apmaning mol-mulki xodimlarning mehnatiga haq to‘langandan va kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan so‘ng, ularning qo‘shgan ulushiga mutanosib ravishda ta’sischilar va qatnashchilar ixtiyoriga beriladi.