|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TOVARLAR BO‘YIChA YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN AKSIZ SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-oktabrda 1325-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23 va 24-sonlar, 168-modda) va Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha respublika komissiyasining 2005-yil 16-iyundagi 40-sonli yig‘ilish bayonnomasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16 va 2004-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (2004-yil 15-mart, ro‘yxat raqami 1325 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 11-son, 133-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh
2005-yil 26-sentabr,
91-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
2005-57-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 40-son, 310-modda)