Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor tamoyillariga oʻtishda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor tamoyillariga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 28-oktabrdagi PF-236-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor tamoyillariga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 28-oktabrdagi PF-236-son Farmoniga muvofiq 2026/2027-yilgi isitish mavsumida aholining ayrim ehtiyojmand toifalarini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yil noyabr oyida 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Aholining ayrim ehtiyojmand toifalariga bir martalik yordam koʻrsatish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda yetkazib berish qiyin boʻlgan hududlarda istiqomat qiluvchi aholini isitish mavsumida ragʻbatlantirish maqsadida quyidagilar:
a) Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ har yili isitish mavsumida tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlardagi aholi xonadonlarining roʻyxatini shakllantirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar kiritilishini;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq taqdim etilgan takliflar asosida tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlardagi aholi xonadonlarining roʻyxatlarini tasdiqlanishini va ushbu roʻyxatlarni “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga taqdim etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Ushbu qaror 2026-yil 1-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri Sh.X. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 31-oktabr,
601-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-son qaroriga
1-ILOVA
Aholining ayrim ehtiyojmand toifalariga bir martalik yordam koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

  

1-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestridagi fuqarolar, shuningdek, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalarning dastlabki roʻyxatlarni shakllantiradi.

2. Ijtimoiy reyestrga kirmagan bir martalik moddiy yordam oluvchi oilalar (keyingi oʻrinlarda — moddiy yordam oluvchi oilalar) qoʻshimcha roʻyxatini shakllantirish uchun shakllantirilgan dastlabki roʻyxatlarni Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari orqali “mahalla yettiligi”ga yetkazadi.

1-noyabrga qadar

 

2-bosqich

“Mahalla yettiligi”

1. “Mahalla yettiligi” tomonidan qoʻyidagi qoʻshimcha roʻyxatlar shakllantiriladi:

a) Ijtimoiy reyestrga kirmagan moddiy yordam oluvchi oilalar. Bunda:

birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslar yashovchi oilalar, oila aʼzosi migratsiyada boʻlgan oilalar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi;

shakllantirilgan moddiy yordam oluvchi oilalar soni tegishli tuman (shahar)dagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar sonining 50 foizidan oshmasligi kerak.

b) markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar.

10 noyabrga qadar

 

3-bosqich

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi

Moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini umumlashtiradi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga oʻrganib chiqish uchun taqdim etadi.

12 noyabrga qadar

 

4-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari

1. Moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tekshirib chiqadi. Bunda:

a) Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalarning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobaridan oshmasligi;

b) markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalarning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobaridan hamda Toshkent shahrida 3 barobaridan oshmasligi lozim.

Bunda qoʻshimcha roʻyxatdagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan oʻrganiladi va mos boʻlmagan oilalar roʻyxatdan chiqariladi.

v) Har bir oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi mazkur bandning “a” va “b” xatboshisida nazarda tutilgan mezonlardan oshgan ayrim ehtiyojmand oilalar barqaror ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha tuman (shahar) shtablari qarori bilan kiritilishi mumkin.

2. Yakuniy roʻyxatni tuman (shahar) hokimliklari taqdim etadi.

15-noyabrga qadar

 

5-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Taqdim etilgan qoʻshimcha roʻyxat va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestridagi fuqarolar, shuningdek, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalardan iborat moddiy yordam oluvchi oilalarning umumiy roʻyxatini shakllantiradi.

Bunda yakuniy roʻyxatni shakllantirishda 1-oktabr holatiga koʻra Ijtimoiy reyestrda boʻlgan, shuningdek, 19-noyabrga qadar Ijtimoiy reyestrga yangidan kiritilgan oilalar ham hisobga olinadi.

19-noyabrga qadar

 

6-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

1. Moddiy yordam oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini shakllantirib, “Xalq banki” AT va “Aloqa banki” AT (keyingi oʻrinlarda — moliyaviy agent)ga yuboradi.

2. Moddiy yordam toʻlovi uchun zarur mablagʻlarni moliyaviy agentga oʻtkazib beradi.

20-noyabrga qadar

 

7-bosqich

Moliyaviy agent

Belgilangan tartibda bir martalik moddiy yordam toʻlab beradi.

30-noyabrga qadar

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarorida:
a) 3-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Ijtimoiy reyestrga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan, shuningdek, Reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalarga 2028-yilning 1-apreliga qadar elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi isteʼmol uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farqni kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) qilib berish tartibi joriy etilishi”;
1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

 

 

 

1.

Elektr energiyasi:

 

 

isitish mavsumida:

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida: oktabr — fevral oylari;

b) boshqa hududlarda: noyabr — fevral oylari.

 

 

gazlashgan hududlarda

kVt soat

200

tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarda

kVt soat

350

boshqa mavsumda:

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida: mart — sentabr oylari;

b) boshqa hududlarda: mart — oktabr oylari.

kVt soat

200

 

 

 

”;

izoh quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Isitish mavsumida tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan abonentlar roʻyxati Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi”.
1-band va 3‑bandning birinchi xatboshisidagi “moddiy ahvoli boʻyicha “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidagi oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan” soʻzlari “ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan Reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oila Reyestrlarga kiritilmagani aniqlanganda, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri kelishi va jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlishi vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi. Bunda oila ushbu xatboshida belgilangan mezonlarga mos kelganda “Yagona reyestr” ATda keyingi oydan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi va oila kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatiga kiritiladi”;
12-bandning “a” kichik bandidagi “1,5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori bilan tasdiqlangan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

 

 

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalar.

 

 

”;

5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi yoki oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlishi.

”;

3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

 

 

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalar.

 

 

”;

5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

 

 

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi yoki oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlishi.

 

 

”;

3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

 

 

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalar.

 

 

”;

5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

 

 

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi yoki oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlishi.

 

 

”;

4. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini belgilash toʻgʻrisida” 2026-yil 15-maydagi 243-son qarorining 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 243-son qaroriga
1-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika resurslarining 2026-yil 1-iyundan kuchga kiradigan yangi narxlari

T/r

Isteʼmolchilar nomi

Oʻlchov birligi

Oʻlchov birligi uchun narxlar

(QQS hisobga olingan holda, soʻm)

I.

Elektr energiyasi

1.1.

Isteʼmolchilarning I va II guruhlari

kVt soat

1 100

1.2.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan aholi:

1.2.1.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga bazaviy meʼyor doirasida;

oyiga bazaviy meʼyordan 500 kVt soatgacha;

oyiga 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;

oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;

oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;

oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.

 

 

 

 

 

325

450

550

800

950

1 100

1.2.2.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga bazaviy meʼyor doirasida;

oyiga bazaviy meʼyordan 500 kVt soatgacha;

oyiga 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;

oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;

oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;

oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.

 

 

650

900

1 100

1 600

1 900

2 200

1.3.

Isteʼmolchilarning IV guruhi

1 100

II.

Tabiiy gaz

2.1.

Barcha isteʼmolchilar uchun
(2.2. — 2.4. bandlardan tashqari)

kub metr

2 000

2.2.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (shu jumladan, balansida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari mavjud boʻlgan yuridik shaxslar) uchun

 

2 750

2.3.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda):

kub metr

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda) bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga bazaviy meʼyor doirasida*;

oyiga bazaviy meʼyordan* 2 500 kub metrgacha;

oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha;

oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha;

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori.

 

 

 

 

1 100

2 000

2 300

2 700

3 300

2.4.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda):

a) ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun

2 000

b) isitish uchun

1 550

Izoh.
* Bazaviy meʼyor Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari bilan belgilanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2026-yil 31-maydagi 319-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 1191-band bilan toʻldirilsin:
“1191. Isitish mavsumida tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gaz yetkazib berish qiyin boʻlgan hududlarda aholining elektr isteʼmoli boʻyicha hisob-kitoblarini amalga oshirishda belgilangan bazaviy meʼyorlar qoʻllaniladi.
Bunda tabiiy tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gaz yetkazib berish qiyin boʻlgan hududlardagi aholi xonadonlarining roʻyxati Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“gaz taʼminoti mavjud hudud — yil davomida isteʼmolchilarga tabiiy gazni belgilangan meʼyorlarga muvofiq yetkazib berish imkoni mavjud boʻlgan hudud;
gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hudud — gaz taʼminoti (gaz uzatish) tashkilotining tabiiy gaz quvurlari yoki tarmoqlari mavjud boʻlmagan (tarmoqdan ajratilgan) hamda suyultirilgan uglevodorod gazi bilan taʼminlanadigan hudud;
tabiiy gaz yetkazib berish qiyin boʻlgan hudud — isitish mavsumida havo harorati pasayib ketgan davrlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilanadigan gaz taʼminoti mavjud hududlardagi isteʼmolchilarni belgilangan meʼyorlarda tabiiy gaz bilan taʼminlash imkoni cheklangan hudud”;
oʻn toʻrtinchi — oʻttiz toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oʻn yettinchi — qirq ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 671-band bilan toʻldirilsin:
“671. Isitish mavsumida tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gaz yetkazib berish qiyin boʻlgan hududlardagi aholi xonadonlarining roʻyxati Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Tabiiy gaz yetkazib berish qiyin boʻlgan hududlardagi aholi xonadonlarida isitish mavsumida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilgan holda, gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan nazorat amalga oshiriladi.
Bunda tasdiqlangan roʻyxatga asosan tabiiy gaz yetkazib berish qiyin boʻlgan hududlarning gaz taqsimlash tizimida xavfsizlik choralari koʻriladi.
Mazkur tasdiqlangan roʻyxat elektr taʼminoti tashkilotiga taqdim qilinadi va unga muvofiq isitish mavsumida tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gaz yetkazib berish qiyin boʻlgan hududlarda elektr isteʼmoli boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda aholi uchun belgilangan bazaviy meʼyorlar qoʻllaniladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir sanoatida bozor mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 30-iyuldagi 418‑son qarorida:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2026 — 2028-yillarda aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “mycoal.uz” interaktiv portali va uning mobil ilovasi orqali (keyingi oʻrinlarda — interaktiv portal) koʻmir sotib olgan va Ijtimoiy reyestr (keyingi oʻrinlarda — reyestr)ga kiritilgan, shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan oilalarga xarajatlarining bir qismini qoplash uchun bir kalendar yil davomida xarid qilingan har bir tonnaga 300 ming soʻm hisobidan, biroq 600 ming soʻmdan oshmagan miqdorda mazkur qarorning 11-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) asosida kompensatsiya toʻlab beriladi;”
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovlari Reglament asosida amalga oshiriladi;”
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi hisoblansin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorning 2-bandi bilan belgilanayotgan kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026 — 2028-yillarda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlar ajratsin.
Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Reyestrga kiritilgan, shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan oilalarning interaktiv portaldan koʻmir sotib olingani tasdiqlangandan soʻng ajratilayotgan mablagʻlar oilalarning ijtimoiy kartasiga oʻtkazib berilishini taʼminlansin”;
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga
11-ILOVA
Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Ijtimoiy reyestrga kiritilgan (keyingi oʻrinlarda — reyestr), shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan oshmaydigan oilalar (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya oluvchilar) tomonidan “mycoal.uz” interaktiv portali va uning mobil ilovasi orqali (keyingi oʻrinlarda — interaktiv portal) koʻmir sotib olinganida, ularning xarajatlarini bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
vakolatli organ — “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari;
kompensatsiya — bir kalendar yil davomida sotib olingan har bir tonna koʻmir uchun 300 000 (uch yuz ming) soʻmdan, biroq 600 000 (olti yuz ming) soʻmdan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladigan pul mablagʻi;
moliyaviy agent — kompensatsiyani uni oluvchilarning ijtimoiy kartalariga oʻtkazishga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan tijorat banki.
3. Kompensatsiya tayinlash va toʻlash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi kompensatsiya tayinlash uchun quyidagi tartibda murojaat qiladi:
bevosita Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga borgan holda yoki oila yashaydigan mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda.
6. Kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida murojaat:
a) davlat xizmatlari markazi orqali berilganda, mazkur markazning xodimi ariza beruvchining nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovada nazarda tutilgan kompensatsiya tayinlash boʻyicha soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) toʻldiradi;
b) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali berilganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining masʼul xodimi yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) ariza beruvchining nomidan soʻrovnomani toʻldiradi;
v) YIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali berilganda, ariza beruvchi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.
Soʻrovnoma ariza beruvchi tomonidan imzoni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (daktiloskopiya, Face-ID, Mobile-ID va boshqalar) tasdiqlanadi. Bunda ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaning tasdiqlanishi unga tegishli shaxsga doir maʼlumotlarni olish va ishlov berishga rozilikni bildiradi.
7. Ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan talablarga muvofiq kelib tushgan soʻrovnomalar avtomatik ravishda “YAMIH” AT yuboriladi va kompensatsiya tayinlash bilan bogʻliq tartib-taomillar “YAMIH” ATda amalga oshiriladi.
8. Kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisidagi soʻrovnoma asosida “YAMIH” ATda avtomatik ravishda ariza beruvchiga doir quyidagi maʼlumotlar oʻrganiladi:
ariza beruvchining oilasi kompensatsiya oluvchi oilalar toifasiga mansubligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — “YAMIH” AT orqali;
oilaning koʻmir xarid qilinganligi, xarid qilingan davri, miqdori va qiymati haqidagi maʼlumotlar interaktiv portalda idoralararo elektron maʼlumotlarni almashinuvi orqali.
9. Oʻtkazilgan oʻrganish yakuni boʻyicha ariza beruvchining oilasi kompensatsiya oluvchi oilalar toifasiga mansubligi va koʻmir xarid qilinganligi aniqlanganda, “YAMIH” ATda ariza berilgan oydan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi va ariza beruvchining oilasi kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha keyingi oy toʻlov roʻyxatiga kiritiladi.
10. Ariza beruvchi kompensatsiya oluvchi oilalar toifasiga muvofiqligi aniqlanmaganda yoki ariza bergan oyda koʻmir xarid qilinmaganda kompensatsiya tayinlash rad etiladi.
Kompensatsiya tayinlashni ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “YAMIH” AT orqali:
kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlari soʻrovnoma toʻldirilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar shakllantirib Moliyaviy agentga yuboradi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovini toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni har oyning 25-sanasiga qadar Moliyaviy agentning maxsus hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
12. Zarur mablagʻlar Moliyaviy agentning maxsus hisobvaragʻiga moliyalashtirib berilgandan soʻng, Moliyaviy agent tomonidan bir ish kuni davomida taqdim etilgan toʻlov roʻyxatlariga asosan kompensatsiya oluvchilarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartasiga kompensatsiya toʻlovlari oʻtkazilishi taʼminlanadi.
13. Quyidagi hollarda kompensatsiya toʻlash toʻxtatiladi:
ariza beruvchi tomonidan kompensatsiya toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
“YAMIH” ATdagi yoki manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron oʻzaro almashinuvi tizimida yuzaga keladigan texnik nosozlik natijasida, maʼlumotlar elektron ravishda toʻliq yoki qisman taqdim etilmagani sababli, shuningdek, 6-bandda belgilangan tartibga koʻra arizani rasmiylashtirishda texnik xatolar oqibatida notoʻgʻri tayinlangani aniqlangan taqdirda.
14. Kompensatsiya tayinlangani yoki kompensatsiya tayinlash rad etilgani haqida ariza beruvchining mobil telefon raqamiga SMS-xabar hamda “YAMIH” AT, YIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan ariza beruvchi toʻgʻrisida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
“YAMIH” ATda ishlashga ruxsat berilgan tashkilot va idoralar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
17. Ushbu Reglamentda belgilangan talablarga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilib boriladi.
18. Ariza beruvchi mazkur Reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

“Mycoal.uz” interaktiv portali va uning mobil ilovasi orqali (keyingi oʻrinlarda — interaktiv portal) roʻyxatdan oʻtadi va koʻmir mahsulotini xarid qiladi hamda kompensatsiya tayinlash uchun quyidagi shakllarda soʻrovnoma asosida murojaat qiladi:

bevosita davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organga borgan holda yoki oila yashaydigan mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali.

Xohishiga koʻra

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda.

Soʻrovnoma avtomatik ravishda “YAMIH” ATga yuboriladi.

Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng avtomatik ravishda

2-bosqich

“YAMIH” AT

Vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlar hamda soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarga asosan ariza beruvchining oilasi boʻyicha oʻrganish oʻtkaziladi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha, koʻmir xarid qilganligini oʻrganish uchun interaktiv portal soʻrov yuboradi.

Soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda

3-bosqich

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

Interaktiv portal orqali koʻmir xarid qilgan oilalar, sotib olingan koʻmir hajmi va sotib olingan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMIH” ATga taqdim etadi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

1. Interaktiv portal tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan oilaga kompensatsiya tayinlaydi va kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatiga kiritadi yoki kompensatsiya tayinlashni rad etadi.

Avtomatik ravishda

2. Kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini Moliyaviy agentga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar

3. Kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovini toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni Moliyaviy agentga oʻtkazib beradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgan oydan keyingi oyning 25-sanasiga qadar

5-bosqich

Moliyaviy agent

Kompensatsiya toʻlovini ijtimoiy kartasi orqali toʻlab beradi.

Mablagʻlar Moliyaviy agentga oʻtkazilganidan soʻng bir ish kuni ichida

Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

______________

______________

(sana)

(raqam)

Koʻmir xaridi uchun kompensatsiya qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi (mavjud boʻlsa)

4. Tugʻilgan sanasi

5. Mahalla fuqarolar yigʻini

5.1. Koʻcha(mavze)

5.2. Uy

5.3. Xonadon

6. Telefon raqami

7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

8. “Mycoal.uz” interaktiv portali orqali roʻyxatdan oʻtgan ariza raqami

 

II. Oilaning mavjud chorva mollari, parrandalari hamda ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oila foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar joy binolari, koʻchmas mulklari, bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari

T/r

Koʻrsatkichlar

Miqdori

1.

Uy xoʻjaligining (murojaat etgan kunda) mavjud chorva mollari va parrandalari soni:

1.1

Buqa va sigirlar

1.2

Yosh qoramollar

1.3

Ot va tuyalar

1.4

Katta yoshdagi choʻchqalar

1.5

Qoʻylar

1.6

Katta yoshdagi parrandalar

1.7

Yosh parrandalar

2.

Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oila foydalanuvida boʻlgan:

2.1

Yuk avtotransport vositalari soni

2.1.1

Ishlab chiqarilgan yili

2.1.2

Davlat raqami belgisi

2.2

Yengil avtotransport vositalari soni

2.2.1

Ishlab chiqarilgan yili

2.2.2

Davlat raqami belgisi

2.3

Daromad keltiruvchi noturarjoy binolari soni

2.4

Sugʻoriladigan bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari maydoni (sotix)

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

Boshqa hujjatlar (mavjud boʻlsa)

Soʻrovnomada rozilik beriladigan ofertalar:
1) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazini oila tarkibi (bola tugʻilgani, vafot etgani yoki boshqa holatlar), yashash joyim oʻzgargani va kompensatsiya toʻlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlar yoki oʻzgarishlar sodir boʻlganda, oʻz vaqtida xabardor qilish majburiyatini olaman. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchligini kafolatlayman.
Mening va oila aʼzolarimning ish haqlarini va boshqa barcha daromadlarini hamda mulkiy va moddiy holatimizning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tekshirilishiga hamda kompensatsiya toʻlovini ijtimoiy kartasi orqali amalga oshirilishiga rozilik beraman.
Moliyaviy agentda mening yoki oila aʼzolarim nomiga bank kartasi ochilmagan boʻlsa, Moliyaviy agentda nomimga ijtimoiy kartasini ochishda amaliy yordam berishingizni soʻrayman;
2) Xoʻjaligimizda mavjud chorva mollari, parrandalari soni, oila aʼzolarim nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oilamning foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar joy binolari, qoʻshimcha turarjoy koʻchmas mulklari hamda bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlikni tushunaman va toʻliq qabul qilaman hamda yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob berishim haqida xabardorman”;
d) 2-ilovaning 6-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

 

 

 

 

6.

Ijtimoiy reyestr (keyingi oʻrinlarda — reyestr)ga kiritilgan shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan oilalarning Portal va uning mobil ilovasi orqali koʻmir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam ajratib borish.

1. Kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026 — 2028-yillarda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlarni ajratish.

2. Reyestrga kiritilgan, shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan oilalarning koʻmir sotib olgani Portalda tasdiqlangandan soʻng ushbu oilalar ijtimoiy kartasiga moddiy yordam pullarini koʻchirib berish.

Bunda moddiy yordam pullari ajratilgandan soʻng ortgan mablagʻlarni respublika budjetiga qaytarish.

2026 — 2028-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

 

 

 

 

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2026-y., 09/26/601/1091-son)