1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish hamda ularning oqibatida yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga muvofiq mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish hamda ularning oqibatida yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xodimning mehnatda mayib boʻlishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
2026-yil 1-dekabrdan boshlab mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish sunʼiy intellektga asoslangan “Xavfsiz mehnat” elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron axborot tizimi) orqali amalga oshirilishi joriy etiladi;
elektron axborot tizimini ishlab chiqish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi elektron axborot tizimining operatori hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yilning 1-dekabrga qadar elektron axborot tizimi ishlab chiqilishini va amaliyotga joriy etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-sentabr,
505-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 505-son qaroriga 1-ILOVA
Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari (keyingi oʻrinlarda — boshqaruv organlari) hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarni (keyingi oʻrinlarda — baxtsiz hodisalar) tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
ish beruvchilarga;
mehnat shartnomasi boʻyicha oʻz vazifalarini bajarayotgan xodimlarga;
ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganidan qatʼi nazar, ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan ishga qoʻyilgan shaxslarga;
ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi boʻyicha jazoni oʻtayotgan fuqarolarga;
belgilangan tartibda xodimlarni yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek, yongʻinlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ishlarni amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarga;
markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlarni amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarga;
agar maxsus davlatlararo bitimda oʻzgacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga;
harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlmagan qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun tashkilotga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga;
tashkilotda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalar va oʻquvchilarga.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, ichki ishlar va davlat bojxona xizmati organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga nisbatan ushbu Nizomning maxsus qonunchilikka zid boʻlmagan qismi tatbiq etiladi.
Sudyalarga nisbatan ushbu Nizomning sudlar toʻgʻrisidagi qonunchilikda tartibga solinmagan qismi boʻyicha tatbiq etiladi.
Prokuratura organlari xodimlariga nisbatan ushbu Nizomning prokuratura organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka zid boʻlmagan qismi tatbiq etiladi.
3. Quyidagilar:
tashkilot hududida va uning tashqarisida mehnat vazifalarini bajarayotganda (shuningdek, xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, biologik omillar natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni yuqtirib olish, issiqlik taʼsiri, portlash, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalar buzilishi, kuyish, muzlash, choʻkish, radiatsiya, elektr toki yoki yashin urishi, terroristik harakatlar natijasida, shuningdek, hayvonlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar tomonidan jarohat yetkazish natijasidagi;
tabiiy ofatlar (zilzilalar, oʻpirilishlar, suv toshqinlari, toʻfonlar va boshqalar) natijasidagi;
oʻz funksional vazifalarini bajarish yuzasidan, shuningdek, avariyalarning, odamlar halok boʻlishining oldini olish va tashkilotning mulkini saqlash maqsadida, ish beruvchi topshiriq bermagan boʻlsa ham, tashkilot manfaatlarini koʻzlab amalga oshiriladigan xatti-harakatlar natijasidagi;
ish beruvchining hududida yoki ish bajariladigan boshqa joyda, shu jumladan, belgilangan tanaffuslar vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish asboblari va kiyimlarini tartibga keltirish, ish boshlanishidan oldin va tugaganidan keyin ichki mehnat tartib qoidalarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt ichida yoki xodim uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlarni bajarishda, dam olish va ishlamaydigan bayramlarda ishga jalb qilingandagi;
xodim xizmat safarida boʻlgan yoki oʻz funksional vazifalarini bajarish vaqtida — yoʻl-transport hodisasidagi, temir yoʻl, havo yoʻllaridagi, dengiz va daryo transportidagi, elektr transportidagi hodisa natijasidagi;
ish beruvchi tomonidan buyruq bilan maxsus ajratilgan uydan ishga va/yoki ishdan uyga xodimlarni tashish uchun moʻljallangan transportda, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun shartnomaga (buyurtmaga) muvofiq oʻzga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;
ish vaqtida shaxsiy transportda yoʻl transport hodisasi natijasidagi (uni xizmatga oid safarlar uchun ishlatishga ruxsat berilganlik haqida ish beruvchining yozma buyrugʻi mavjud boʻlganda);
ish beruvchining topshirigʻini bajarish uchun transportda yoki piyoda harakatlanayotganda, shuningdek, mehnat faoliyati xizmat koʻrsatish obyektlari orasida yurish bilan bogʻliq xodimlar bilan ish vaqtida transportda yoki piyoda ketayotgandagi;
tadbirlarning oʻtkazilishi yoki ishlar bajarilishi joyidan qatʼi nazar, shanbalik (yakshanbalik), fuqaro mudofaasi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari, koʻngilli yongʻin muhofazasi musobaqalari oʻtkazilayotgandagi, qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb etilgandagi, ish beruvchining yozma farmoyishi boʻyicha tashkilot tomonidan otaliq yordami koʻrsatilayotgandagi;
ichki ishlar organlarining maʼlumotlari asosida — ish vaqtida mehnat vazifalarini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohati yetkazilgandagi;
smenali dam olishda boʻlgan xodim bilan transport vositasidagi, vaxta shaharchasi hududidagi yoki ijaraga olingan xonadagi (kuzatib boruvchi, refrijerator brigadasi xodimi, smenali haydovchi, dengiz va daryo kemalari xodimlari, shuningdek, vaxta-ekspeditsiya usulida ishlayotganlar va boshqalar) baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi.
4. Tabiiy oʻlim, oʻzini oʻzi oʻldirish, jabrlanuvchining oʻz salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chogʻida shikastlanish holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining maʼlumotlariga koʻra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
5. Baxtsiz hodisalar sodir boʻlgan taqdirda, ish beruvchi quyidagilarga majbur:
jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokordan oldingi birinchi yordam koʻrsatish va zarur boʻlganda uni tibbiy muassasaga olib borish;
avariya yoki boshqa favqulodda vaziyatlarning rivojlanishiga va jarohat yetkazishi mumkin boʻlgan omillarning boshqa shaxslarga taʼsiriga yoʻl qoʻymaslik uchun shoshilinch choralar koʻrish;
baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taqdirda, tegishli organlar va tashkilotlarni, shuningdek, jabrlanuvchining yaqinlarini xabardor qilish;
baxtsiz hodisani toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirishni tashkil etish va taʼminlash hamda tekshiruv materiallarini tayyorlash boʻyicha boshqa zarur choralarni koʻrish;
baxtsiz hodisa sodir boʻlganda ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan vaqtda qanday boʻlsa, shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahdid solmayotgan boʻlsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolish;
baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritish;
baxtsiz hodisa sabablarini tahlil qilish, ularning mehnat jamoasida koʻrib chiqilishini taʼminlash va mehnat faoliyati bilan bogʻliq jarohatlanishlarning oldini olishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish komissiyasida ishtirok etish yoki ishtirok etish uchun oʻzining vakilini ajratish;
texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan oʻtkazish, shuningdek, transport va aloqa vositalari hamda boshqa ishlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olish va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etish;
tekshirish uchun zarur boʻlgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash;
maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berish;
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish materiallarini rasmiylashtirishni va yetarli miqdorda koʻpaytirishni taʼminlash.
2-bob. Baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish tartibi
6. Baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol boʻlinma (sex) rahbariga xabar berishi kerak.
Boʻlinma (sex) rahbari:
jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokordan oldingi birinchi yordam koʻrsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa tibbiyot muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish komissiyasi tekshirishni boshlashiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan vaqtda qanday boʻlsa, shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahdid solmayotgan boʻlsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi;
baxtsiz hodisa toʻgʻrisida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki tashkilot xodimlarining boshqa vakillik organiga darhol xabar qilishi zarur.
Tashkilot tibbiy-sanitariya qismi (shifoxona, poliklinika) bir sutka ichida baxtsiz hodisa oqibatida jabrlangan va murojaat qilgan xodimlar, shu jumladan, xizmat safaridagi va tashkilot obyektlarida ish bajarayotgan xorijiy tashkilot xodimlari bilan yuz bergan har bir baxtsiz hodisa haqida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga xabar beradi.
Belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarida baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti rahbariga darhol xabar berishi kerak.
7. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taqdirda, ish beruvchi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq elektron axborot tizimi orqali bir sutka ichida quyidagilarga belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart:
hududiy davlat mehnat inspeksiyasiga;
yuqori turuvchi xoʻjalik organiga (agar mavjud boʻlsa);
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga;
Kasaba uyushmalari hududiy birlashmasiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining hududiy organiga, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy organiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzenergoinspeksiya) hududiy organiga, agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi tashkilotda (obyektda) yuz bergan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy organiga, agar baxtsiz hodisa yongʻin, portlash, texnogen avariya, tabiiy ofat oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga.
8. Agar jabrlanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha ish qobiliyatini yoʻqotgan davrda ushbu baxtsiz hodisa sababli vafot etsa, ish beruvchi bu haqida elektron axborot tizimi orqali bir sutka ichida ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan tashkilotlarga xabarnoma yuborishi shart.
Jabrlanuvchi shu baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan vaqtdan boshlab ushbu baxtsiz hodisa oqibati oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisa sifatida hisobga olinishi kerak.
9. Tibbiyot muassasalari baxtsiz hodisa oqibatida jabrlangan va murojaat qilgan shaxslar toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq bir sutka ichida elektron axborot tizimi orqali hududiy Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Kasaba uyushmalari hududiy birlashmasiga xabarnoma yuborishi shart.
10. Ushbu Nizomning 7, 8, 9-bandlarida koʻrsatilgan muddatlarda baxtsiz hodisa yuzasidan elektron axborot tizimi orqali xabarnoma yubormaslik mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish hisoblanadi va belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
3-bob. Yengil turdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi
11. Ushbu Nizomning 2-bandi birinchi qismida koʻrsatilgan, mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar ish beruvchining (uning vakilining) topshirigʻiga binoan biron-bir ishni bajarayotganda, shuningdek, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasidan kelib chiqadigan yoxud uning manfaatlarini koʻzlab qandaydir xatti-harakatni amalga oshirayotganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanishiga olib kelmagan tirnalishlar, shilinishlar, yumshoq toʻqimalarning lat yeyishi, qontalashlar, yuzaki jarohatlar va boshqa yengil turdagi shikastlanishlar mehnat faoliyati bilan bogʻliq yengil turdagi baxtsiz hodisa hisoblanadi.
12. Yengil turdagi baxtsiz hodisalar ish beruvchining buyrugʻi bilan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Komissiya tarkibiga tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi yoki ushbu vazifa yuklangan shaxs, mavjud boʻlsa, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakili hamda boshqa mutaxassislar kiritiladi.
Komissiya tarkibiga baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablariga bevosita yoki bilvosita aloqador boʻlgan, mazkur baxtsiz hodisa yuzasidan manfaatlar toʻqnashuviga ega boʻlgan shaxslarni, shuningdek, mehnat xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbarlarning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Komissiya:
uch ish kuni ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarni aniqlab soʻroq qilishi, imkoni boʻlsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi;
baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yoʻqotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga oʻtishi zarur boʻlsa, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron axborot tizimi orqali N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishi va tasdiqlash uchun ish beruvchiga kiritishi kerak.
14. Ish beruvchi baxtsiz hodisani tekshirish yakunlari boʻyicha elektron axborot tizimi orqali kiritilgan N-1 shaklidagi dalolatnomani bir ish kuni ichida tasdiqlashi va nusxasini jabrlanuvchiga yetkazishi shart.
N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar tashkilot tomonidan hisobga olinadi va elektron axborot tizimida qayd qilinadi.
15. Boshqa tashkilot tomonidan oʻsha tashkilot topshirigʻini bajarish uchun yoki xizmat vazifasini amalga oshirish uchun mazkur tashkilotga joʻnatilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu baxtsiz hodisa yuz bergan tashkilot ish beruvchisi tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi.
Baxtsiz hodisa jabrlanuvchi qaysi tashkilot xodimi boʻlsa, oʻsha tashkilot tomonidan hisobga olinadi.
16. Ish beruvchining yozma buyrugʻi bilan vaqtincha boshqa tashkilotga ishga oʻtkazilgan yoxud oʻrindoshlik asosida ishlayotgan xodim bilan baxtsiz hodisa yuz bersa baxtsiz hodisa sodir boʻlgan tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi.
17. Boshqa tashkilotning ajratilgan uchastkasida ish olib borayotgan tashkilot xodimi bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ish olib borayotgan tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi.
18. Harbiy qism bilan tashkilot oʻrtasidagi shartnoma yoki bitim boʻyicha xalq xoʻjaligi obyektlariga ishga jalb qilingan va uning maʼmuriy-texnik xodimi boshchiligida ishlayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy tarkibi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ushbu baxtsiz hodisa yuz bergan tashkilot tomonidan harbiy qurilish otryadi (qismi) qoʻmondonligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa tashkilot tomonidan hisobga olinadi.
Harbiylashtirilgan kon va gaz qutqaruvchilari qismlari shaxsiy tarkibi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoxud Oʻzenergoinspeksiyasi vakili ishtirokida tekshiriladi.
19. Jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan va ushbu muassasa bilan tashkilot oʻrtasidagi shartnoma yoki bitim boʻyicha ishga jalb qilingan hamda uning maʼmuriy-texnik xodimi boshchiligida ishlayotgan shaxs bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisa ushbu muassasa vakili ishtirokida tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi.
Jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan va ushbu muassasada xoʻjalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek, shu muassasaning ishlab chiqarishida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
20. Avtokorxona yoki boshqa tashkilot tomonidan tuzilgan yigʻma avtokolonna tarkibidagi avtomobil haydovchisi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirishda xodimni yuborgan tashkilot vakili qatnashadi.
21. Tashkilot xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan yoki ish bajarayotgan oʻquvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisa tashkilot tomonidan taʼlim tashkiloti vakili bilan birgalikda tekshiriladi va tashkilot tomonidan hisobga olinadi.
Tashkilot tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada oʻqituvchilari rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan yoki ish bajarayotgan oʻquvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar taʼlim tashkiloti tomonidan tashkilot vakili bilan birgalikda tekshiriladi va taʼlim tashkiloti tomonidan hisobga olinadi.
22. Yengil turdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobini yuritish boʻyicha tavsiyalar Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasining takliflari inobatga olingan holda, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
4-bob. Guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish va ularning hisobini yuritish tartibi
23. Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
salomatlikka yetkazilgan zararning ogʻirlik darajasidan qatʼi nazar, bir vaqtning oʻzida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar;
oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir baxtsiz hodisalar;
oqibati oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar.
24. Tadbirkorlik subyektlarida sodir boʻlgan guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish maxsus vakolatli organ bilan oldindan kelishilmagan va xabardor etmagan holda ushbu Nizom talablari asosida tekshiriladi.
25. Guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va uch nafargacha xodimlar oʻlimi bilan tugagan baxtsiz hodisa elektron axborot tizimi orqali yuborilgan xabarnomaga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy Bandlik organi) buyrugʻiga muvofiq tasdiqlanadigan quyidagi tarkibdagi maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan tekshiriladi:
maxsus tekshirish komissiyasi raisi — hududiy Bandlik organining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektori;
maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari — ish beruvchi vakillari, tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarining boshqa vakillik organi vakili va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining vakili;
boshqa tashkilot tomonidan oʻsha tashkilot topshirigʻini bajarish uchun yoki xizmat vazifasini amalga oshirish uchun mazkur tashkilotga joʻnatilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisani tekshirishda xodimni yuborgan tashkilot vakili;
harbiy qism bilan tashkilot oʻrtasidagi shartnoma yoki bitim boʻyicha xalq xoʻjaligi obyektlariga ishga jalb qilingan va uning maʼmuriy-texnik xodimi boshchiligida ishlayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy tarkibi bilan yuz bergan baxtsiz hodisani tekshirishda harbiy qurilish otryadi (qismi) qoʻmondonligi vakili;
jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan va ushbu muassasa bilan tashkilot oʻrtasidagi shartnoma yoki bitim boʻyicha ishga jalb qilingan hamda uning maʼmuriy-texnik xodimi boshchiligida ishlayotgan shaxs bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisani tekshirishda jazoni ijro etish muassasasi vakili;
tashkilot xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan yoki ish bajarayotgan oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisani tekshirishda oʻquvchilar va talabalarni yuborgan taʼlim tashkiloti vakili;
agar baxtsiz hodisa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoxud Oʻzenergoinspeksiya nazorati ostidagi tashkilotlarda (obyektlarda) yuz bergan boʻlsa, ushbu organlarning hududiy organining vakolatli vakili;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy organining vakolatli vakili, agar baxtsiz hodisa yongʻin, portlash, texnogen avariya, tabiiy ofat oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa, maxsus tekshirish komissiya tarkibiga kiritilishi kerak.
26. Uch nafardan oʻn bir nafargacha insonlarning oʻlimiga sabab boʻlgan baxtsiz hodisalar elektron axborot tizimi orqali yuborilgan xabarnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi buyrugʻiga muvofiq quyidagi tarkibda tuzilgan maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan tekshiriladi:
maxsus tekshirish komissiyasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori;
maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari — baxtsiz hodisa sodir boʻlgan tashkilotning yuqori turuvchi organi rahbarlaridan biri, ish beruvchi yoki uning vakili, tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarining boshqa vakillik organi raisi;
boshqa tashkilot tomonidan oʻsha tashkilot topshirigʻini bajarish uchun yoki xizmat vazifasini amalga oshirish uchun mazkur tashkilotga joʻnatilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisani tekshirishda xodimni yuborgan tashkilot rahbarlaridan biri;
harbiy qism bilan tashkilot oʻrtasidagi shartnoma yoki bitim boʻyicha xalq xoʻjaligi obyektlariga ishga jalb qilingan va uning maʼmuriy-texnik xodimi boshchiligida ishlayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy tarkibi bilan yuz bergan baxtsiz hodisani tekshirishda harbiy qurilish otryadi (qismi) qoʻmondonligi rahbarlaridan biri;
jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan va ushbu muassasa bilan tashkilot oʻrtasidagi shartnoma yoki bitim boʻyicha ishga jalb qilingan hamda uning maʼmuriy-texnik xodimi boshchiligida ishlayotgan shaxs bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisani tekshirishda jazoni ijro etish muassasasi rahbarlaridan biri;
tashkilot xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti oʻtayotgan yoki ish bajarayotgan oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisani tekshirishda oʻquvchilar va talabalarni yuborgan taʼlim tashkiloti rahbarlaridan biri;
agar baxtsiz hodisa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoxud Oʻzenergoinspeksiya nazorati ostidagi tashkilotlarda (obyektlarda) yuz bergan boʻlsa, ushbu organlarning vakolatli vakili;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vakolatli vakili, agar baxtsiz hodisa yongʻin, portlash, texnogen avariya, tabiiy ofat oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa, maxsus tekshirish komissiyasi tarkibiga kiritilishi kerak.
27. Oʻn bir nafar va undan ortiq insonlarning oʻlimiga sabab boʻlgan baxtsiz hodisalar Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida tuzilgan maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan tekshiriladi.
28. Maxsus tekshirish komissiyasi:
oʻn besh ish kuni mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, tashkilotdagi (boʻlinmadagi, sexdagi) mehnatni muhofaza qilish holatini, agar zarur boʻlsa, tarmoqning boshqa tashkilotlarida ham tekshirishni tashkil etadi, shuningdek, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi hamda quyidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi:
har bir jabrlanuvchiga alohida elektron axborot tizimi orqali tuzilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma;
rejalar, sxemalar, voqea joyini koʻzdan kechirish bayonnomasi, baxtsiz hodisa yuz bergan joyning fotosuratlari va videotasvirlar (agar mavjud boʻlsa);
yoʻl-transport hodisasi yuz bergan joy sxemasi (agar baxtsiz hodisa yoʻl-transport hodisasi oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa);
jabrlanuvchining (jabrlanuvchilarning) va baxtsiz hodisani koʻrgan guvohlar va boshqa aloqador shaxslarni soʻroq qilish bayonlari, shuningdek, mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishiga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning tushuntirishlari, ekspert guruhi tuzish toʻgʻrisidagi qaror va boshqalar;
jabrlanuvchining (jabrlanuvchilarning) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlardan oʻtkazilgani, oʻqitilib, bilimlari tekshirilganini qayd qilish jurnallaridan yoki elektron dasturlardan olingan koʻchirmalar;
jabrlanuvchiga (jabrlanuvchilarga) yetkazilgan jarohatning xususiyati va ogʻirligi, oʻlimi sabablari toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa yoki sud-tibbiy ekspertiza xulosasi;
ekspert guruhining (zarur boʻlganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar natijalari;
maxsus tekshirish komissiyasi tuzish haqidagi buyruq yoki farmoyish;
baxtsiz hodisaga aloqador tashkilotning ichki hujjatlaridan koʻchirmalar;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektorining tashkilotdagi mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirish materiallari;
zarur boʻlgan hollarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektorining xulosasi;
jabrlanuvchining (jabrlanuvchilarning) oʻrtacha oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma — yetkazilgan zararni qoplash summasini hisoblab chiqish uchun;
boquvchi boʻlgan xodim vafot etgani munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni qoplash toʻgʻrisidagi ish beruvchining buyrugʻi nusxasi — oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz berganda.
29. Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari tekshirish davomida ish beruvchidan, tashkilot va uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, guvohlar va boshqa shaxslardan yozma va ogʻzaki tushuntirishlar olishga haqli.
Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari maxsus tekshirish oʻtkazayotgan komissiya dalolatnomasidan norozi boʻlganda, oʻzining alohida fikrini bildirib, maxsus tekshirish komissiyasi raisiga yoki ichki ishlar organiga yoxud sudga taqdim etishi mumkin.
30. Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) yoki ularning oila aʼzolari bilan uchrashuvlar tashkil etadi, zarur boʻlsa tegishli organlarga takliflar kiritadi yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladi, shuningdek, jabrlanuvchiga (jabrlanuvchilarga) yoki vafot etganning oila aʼzolariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarini tushuntiradi.
31. Maxsus tekshirish komissiyasi raisi — mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori tekshirish yakunlangandan soʻng besh ish kuni ichida maxsus tekshirish materiallarini quyidagilarga yuborishi kerak:
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan tashkilotga;
agar jabrlangan xodim boshqa tashkilotdan yuborilgan boʻlsa, ushbu xodimni yuborgan tashkilotga;
agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi tashkilotda (obyektda) yuz bergan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoxud “Oʻzenergoinspeksiyasi”ga.
Baxtsiz hodisani maxsus tekshirish materiallari tegishli tashkilot va organlarga yuborilgandan soʻng mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori uch ish kuni ichida baxtsiz hodisa yuzasidan maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritishi lozim.
32. Baxtsiz hodisa yuz bergan tashkilot ish beruvchisi (yuqori turuvchi xoʻjalik organi rahbari) maxsus tekshirish materiallarini zudlik bilan koʻrib chiqishga, baxtsiz hodisani kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish toʻgʻrisida maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarish haqida, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha lavozim vazifalarning bajarilmasligiga (buzilishiga) yoʻl qoʻygan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida buyruq chiqarishga majbur.
Ish beruvchi maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarning bajarilgani haqida maxsus tekshirish komissiyasi raisi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektoriga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining yoxud Oʻzenergoinspeksiyasining obyektlar nazorati ostida boʻlgan mahalliy organlariga yozma ravishda axborot yuboradi.
33. Maxsus tekshirish komissiyasi raisi baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, togʻ-kon sanoati, energetika, yongʻin xavfsizligi, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalar boʻyicha ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda ularning xulosalarini olish huquqiga ega.
Maxsus tekshirish komissiyasi raisining soʻroviga asosan tegishli soha ekspert va mutaxassislari baxtsiz hodisa yuzasidan yetti ish kuni ichida oʻzlarining xulosalarini berishlari shart.
Jalb etilgan ekspert yoki mutaxassis asosli sabablarsiz belgilangan muddatda xulosani taqdim etmagan taqdirda, maxsus tekshirish komissiyasi raisi ushbu ekspert yoki mutaxassisni almashtirish hamda ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chora koʻrish yuzasidan mazkur ekspert va mutaxassislarning ish beruvchisiga taqdimnoma kiritish huquqiga ega.
34. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori tashkilotdagi mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirib, dalolatnoma rasmiylashtiradi va qonun buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan ish beruvchilarga (uning vakiliga) bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma beradi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻradi.
5-bob. Elektron axborot tizimi orqali xabardor qilinmagan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi
35. Ish beruvchi tomonidan elektron axborot tizimi orqali xabarnoma yuborilmagan guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va uch nafargacha xodim oʻlimi bilan tugagan baxtsiz hodisa quyidagilar asosida hududiy Bandlik organi buyrugʻiga muvofiq mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektori tomonidan tekshiriladi:
jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) yoki ularning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslarning murojaatlari;
ichki ishlar organlarining hamda boshqa tashkilotlarning murojaatlari;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan maʼlumotlar.
36. Ish beruvchi tomonidan elektron axborot tizimi orqali xabarnoma yuborilmagan uch nafardan oʻn bir nafargacha xodimlarning oʻlimiga sabab boʻlgan baxtsiz hodisa Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi buyrugʻiga muvofiq quyidagilar asosida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori tomonidan mustaqil tekshiriladi:
jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) yoki ularning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslarning murojaatlari;
ichki ishlar organlarining hamda boshqa tashkilotlarning murojaatlari;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan maʼlumotlar.
37. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori zarurat boʻlganda, tegishli ekspert va mutaxassislarni (sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, togʻ-kon sanoati, energetika, yongʻin xavfsizligi, sogʻliqni saqlash va boshqa) jalb qilgan holda ularning xulosalarini olish huquqiga ega.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektorining soʻroviga asosan tegishli soha ekspert va mutaxassislari baxtsiz hodisa yuzasidan yetti ish kuni ichida oʻzlarining xulosalarini berishlari shart.
38. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori ushbu Nizomning 4-bobida koʻrsatib oʻtilgan muddatda va tartibda baxtsiz hodisani tekshiradi va jalb etilgan ekspert va mutaxassislarning xulosalari asosida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq dalolatnoma tuzadi hamda rasmiylashtirib, ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan tashkilotlarga yuboradi.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori dalolatnoma tegishli organlarga yuborilgandan soʻng uch ish kuni ichida baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritadi.
6-bob. Baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida hisobot va ularning kelib chiqishi sabablari tahlili
39. Ushbu Nizomning 28 va 38-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma va xulosalar bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar yuzasidan ish beruvchi tekshirish dalolatnomasini olgandan soʻng uch ish kuni ichida elektron axborot tizimi orqali ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzadi va bir ish kuni ichida ushbu dalolatnoma nusxasini jabrlanuvchiga (jabrlanuvchilarga) yoki ularning oila aʼzolariga yetkazadi.
40. Baxtsiz hodisalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirish va hisobga olishni, shuningdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini tashkilotning yuqori turuvchi xoʻjalik organi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida, radiatsiyaviy xavfli obyektlarda va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanuvchi obyektlarda va Oʻzenergoinspeksiya energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr qurilmalarida (keyingi oʻrinlarda — nazorat ostidagi obyektlar) nazorat qiladi.
41. Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs N-1 shaklidagi dalolatnoma mazmunidan norozi boʻlsa, tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yoki xodimlarining boshqa vakillik organiga murojaat qiladi.
Tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarining boshqa vakillik organi oʻn ish kuni ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini oʻrganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi.
Ish beruvchi bu talablarni bajarmasa, tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yoki xodimlarining boshqa vakillik organi, shuningdek, jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs hududiy Bandlik organlarining Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qiladi.
42. N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzilmagani yoki notoʻgʻri tuzilgani aniqlangan hollarda, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki qaytadan tuzishni talab qilish huquqiga ega. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori xulosasini bajarishga majbur.
43. Ish beruvchi har bir baxtsiz hodisa yuzasidan tuzilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma asosida uch ish kuni ichida elektron axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritishi shart.
44. Ish beruvchi har bir baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini toʻliq va xolisona oʻrganishi, tahlil qilishi hamda uni mehnat jamoasida muhokama qilinishini taʼminlashi shart.
Ish beruvchi baxtsiz hodisani tekshirish va tahlil natijalariga koʻra mehnat faoliyati bilan bogʻliq jarohatlanishlarning oldini olishga qaratilgan tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyenik va profilaktika chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqishi hamda ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlashi, shuningdek, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul shaxslarni belgilashi shart.
45. Boshqaruv organlari oʻzlarining quyi tizimida sodir boʻlgan barcha baxtsiz hodisalarning hisobini va tahlilini yuritadi, uni oʻziga qarashli tashkilotlarga maʼlumot uchun yuboradi.
Tegishli kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda, baxtsiz hodisalarning oldini olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ularning bajarilishi nazorat qilinadi.
46. Oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuqori turuvchi kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan birgalikda yuqori turuvchi xoʻjalik organlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining hamda Oʻzenergoinspeksiya hayʼatida (agar baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi obyektda yuz bergan boʻlsa) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori ishtirokida muhokama qilinadi.
47. Ikki va undan ziyod insonlarning oʻlimiga sabab boʻlgan baxtsiz hodisa hududiy Bandlik boshqarmalari hayʼat yigʻilishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoxud Oʻzenergoinspeksiyasi hayʼatida (agar baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi obyektda yuz bergan boʻlsa) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori hamda tarmoq kasaba uyushmasi vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi. Hayʼat va kengashlar chiqargan qaror bajarilishi majburiy hisoblanadi.
48. Hududiy ichki ishlar organlari Davlat mehnat inspeksiyasining soʻroviga asosan baxtsiz hodisa yuzasidan axborot berib turadi.
7-bob. Baxtsiz hodisalarni tekshirish, rasmiylashtirish va hisobga olish boʻyicha kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish tartibi
49. Ish beruvchi tomonidan baxtsiz hodisa holatini tan olmaslik, baxtsiz hodisani tekshirish va tegishli dalolatnomani tuzishni rad etish jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili yoki boshqa ishonchli shaxsi), oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar sodir boʻlganda, vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlgan shaxslarning yoki ular bilan yaqin qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslarning (ularning qonuniy vakili yoki boshqa ishonchli shaxsi) murojaatlari asosida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori tomonidan koʻrib chiqiladi.
50. Baxtsiz hodisa yuzasidan ish beruvchi bilan jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) oʻrtasidagi kelishmovchilik hududiy Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektori tomonidan koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.
Ish beruvchi yoki jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) bilan hududiy Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektori oʻrtasidagi kelishmovchilik hududiy Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat texnik inspektori tomonidan koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.
Ish beruvchi yoki jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) bilan hududiy Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat texnik inspektori oʻrtasidagi kelishmovchilik Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh yoki katta davlat texnik inspektori tomonidan koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.
51. Ish beruvchi yoki jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh yoki katta davlat texnik inspektori oʻrtasidagi kelishmovchilik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.
52. Ish beruvchi yoki jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) ushbu Nizomning 49 — 51-bandlarida nazarda tutilgan kelishmovchiliklar boʻyicha bevosita sudga murojaat qilishlari mumkin.
53. Baxtsiz hodisa yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha Ichki ishlar organlarining eʼtirozlari ushbu Nizomning 49 — 51-bandlarida keltirilgan izchillik tartibida koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.
54. Baxtsiz hodisa yuzasidan kelishmovchiliklar, baxtsiz hodisani tekshirish yuzasidan toʻplangan hujjatlar hamda oʻrganish jarayonida qoʻshimcha ravishda toʻplangan hujjatlar, shuningdek, jabrlanuvchi va guvohlardan olingan tushuntirishlarga asosan oʻn besh ish kuni davomida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakunlangandan soʻng oʻn ish kuni ichida ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq xulosa tuzilib, tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
55. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
NAMUNA
Baxtsiz hodisa (yengil, guruhiy, oqibati oʻrtacha ogʻir, ogʻir
hamda oʻlim bilan tugagan) toʻgʻrisida
XABARNOMA
Tashkilot nomi
Yuqori turuvchi organi
Yuridik manzili
Asosiy faoliyat turi
Ish beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi
Ish beruvchining telefon raqami
Elektron pochta manzili
STIR
IFUT
Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan vaqt (soat, kun, oy, yil )
Baxtsiz hodisani turi (yengil, guruhiy, oqibati oʻrta ogʻir, ogʻir hamda oʻlim bilan tugagan)
Jarohatlanganlar soni
Vafot etganlar soni
Jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) haqida maʼlumot (tugʻilgan kuni, oyi, yili, yashash manzili, lavozimi, umumiy ish staji, ushbu ishdagi ish staji)
Jabrlanuvchini (jabrlanuvchilarni) yuborgan tashkilot nomi va yuridik manzili (boshqa tashkilotdan yuborilgan shaxslar boʻlsa toʻldiriladi).
Baxtsiz hodisani qisqacha tavsifi (baxtsiz hodisa sodir boʻlgan boʻlim, sex, uchastka, jarohat yetkazgan asbob-uskuna va boshqa tafsilotlar)
Xabarnoma yuborgan masʼul shaxs
QR kod
F.I.O.
Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
NAMUNA
Baxtsiz hodisa (yengil, guruhiy, oqibati oʻrtacha ogʻir, ogʻir hamda oʻlim bilan
tugagan) oqibatida jabrlangan va tibbiyot muassasasiga
murojaat qilgan shaxslar toʻgʻrisida
XABARNOMA
Tibbiyot muassasasi nomi
Tibbiyot muassasaning yuridik manzili va telefon raqami
Jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) haqida maʼlumot (F.I.O. tugʻilgan kuni, oyi, yili, yashash manzili, lavozimi)
Murojaat qilgan vaqt (soat, kun, oy, yil )
Jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) faoliyat yuritayotgan tashkilot nomi va manzili
Jarohatlanishning qisqacha tavsifi
Jabrlanuvchiga (jabrlanuvchilarga) yetkazilgan jarohatning ogʻirlik darajasi (yengil, oʻrta ogʻir, ogʻir, oʻlim)
Xabarnoma yuborgan masʼul shaxs
QR kod
F.I.O.
Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqidagi nizomga 3-ILOVA
NAMUNA
“TASDIQLAYMAN”
QR kod
____________________________
Tashkilot rahbari (F.I.O.)
20___ yil “____” “__________”
N-1 shakl
DALOLATNOMA _______
Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisa toʻgʻrisida
1. Tashkilotning nomi _____________________________________________________________________
1.1. Tashkilotning manzili _________________________________________________________________
(viloyat, shahar, tuman, koʻcha, uy)
1.2. Mulkchilik shakli _____________________________________________________________________
(davlat, aksiyadorlik, xususiy va boshqa)
1.3. Baxtsiz hodisa yuz bergan joy ___________________________________________________________
(boʻlinma, sex)
2. Vazirlik, xoʻjalik boshqaruvi organi ______________________________________________________
3. Xodimni yuborgan tashkilot ______________________________________________________________
14. Mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar _____________________________________________________________
20 ____ yil “________” ______________ dan 20 ____ yil “______” gacha mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirdi va ushbu dalolatnomani tuzdi.
1-bob. Jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) haqida maʼlumotlar
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, kasbi, lavozimi, umumiy va kasb boʻyicha (shu jumladan, ushbu tashkilotdagi) ish staji, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitilib bilimlarini tekshirish vaqti, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, qaramogʻidagi oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi) tugʻilgan yili, jabrlanuvchi bilan qarindoshlik munosabatlari).
2-bob. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan korxona, boʻlinma, sex, ish joyining tavsifi
Baxtsiz hodisa yuz bergan joyni qisqacha tavsiflab, jabrlanuvchiga qaysi xavfli va zararli mehnat jarayoni omillari taʼsir qilgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatish kerak.
Agar baxtsiz hodisa obyektdagi halokat natijasida yuz bergan boʻlsa, dalolatnomaga quyidagilar qoʻshimcha qilib kiritiladi:
obyekt tavsifi (qozonlar va koʻtarma inshootlar obyektlari uchun obyekt nomi va turi, uning asosiy oʻlchovlari, zavod bergan tartib raqami, tayyorlovchi zavod, tayyorlangan va oʻrnatilgan yili, soʻnggi tekshiruvdan oʻtgani, shuningdek, tayinlangan tekshiruvdan oʻtish muddati);
halokat toifasi va tavsifi haqida maʼlumotlar;
nobud boʻlgan mahsulotlar (natura ifodasida va soʻm hisobida), halokat natijasida yetkazilgan zarar (soʻm hisobida).
3-bob. Baxtsiz hodisaning shart-sharoitlari
Baxtsiz hodisa yuz berishigacha nimalar boʻlgani, mehnat jarayoni qanday kechgani, bu jarayonga kim boshchilik qilganini koʻrsatish, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarning xatti-harakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligini bayon qilish, jarohatlanishga sabab boʻlgan xavfli (zararli) mehnat jarayoni omili, mashina, asbob yoki uskunani koʻrsatish zarur.
4-bob. Baxtsiz hodisa sabablari
Baxtsiz hodisaning asosiy texnik va tashkiliy sabablarini koʻrsatish, mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, lavozim yoʻriqnomalari, ishlarni bexatar bajarish boʻyicha meʼyor va yoʻriqnomalarning aniq qaysi talablari buzilganligini (tegishli moddalar, bandlarga havola qilingan holda), shuningdek, qaysi xavfli va zararli mehnat jarayoni omili belgilangan meʼyor va darajalardan oshib ketganligini koʻrsatish kerak.
5-bob. Baxtsiz hodisa sabablarini, aniqlangan mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlari
Komissiya taklif etgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
baxtsiz hodisali halokat oqibatlarini bartaraf etish choralari;
baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish va yana shunday hodisa yuz berishining oldini olish choralari;
ilova qilinayotgan shakldagi jadval yoki matnda chora-tadbirlar mazmuni, bajarish muddati va masʼul shaxslar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi mumkin.
Chora-tadbirlar
Bajarish muddati
Bajarilishiga masʼul
6-bob. Komissiyaning mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar toʻgʻrisidagi xulosasi
Ushbu bobda xatti-harakatlari yoki harakatsizliklari baxtsiz hodisaga (baxtsiz hodisali halokatga) olib kelgan javobgar shaxslar nomini koʻrsatish, ular rioya qilmagan, belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, lavozim yoʻriqnomalari va boshqa normativ hujjatlar moddalari, bandlari koʻrsatilishi kerak.
Komissiya tomonidan javobgar shaxslarga nisbatan jazo choralari yuzasidan takliflar bildiriladi. Taklif etilgan jazo choralari jinoiy javobgarlikdan (vujudga kelgan taqdirda) ozod qilmaydi. Maxsus tekshirish dalolatnomasida baxtsiz hodisani mehnat faoliyati bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligi yuzasidan xulosa, komissiya aʼzolari jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) yoki ularning oila aʼzolari bilan uchrashganlari, moddiy yordam koʻrsatish va ijtimoiy tusdagi masalalarni joyida koʻrib chiqqanlari, mavjud qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning qonuniy huquqlarini tushuntirib berganlari yozilishi kerak.
Maxsus tekshirish dalolatnomasining yakuniy qismida ushbu Nizomning 4-bobi 28-bandiga muvofiq ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatiladi.
20 ____ yil “________” ______________ dan 20 ____ yil “______” gacha mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirdi va ushbu dalolatnomani tuzdi.
1-bob. Jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) haqida maʼlumotlar
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, kasbi, lavozimi, umumiy va kasb boʻyicha (shu jumladan, ushbu tashkilotdagi) ish staji, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitilib, bilimlarini tekshirish vaqti, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, qaramogʻidagi oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, jabrlanuvchi bilan qarindoshlik munosabatlari).
2-bob. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan korxona, boʻlinma, sex, ish joyining tavsifi
Baxtsiz hodisa yuz bergan joyni qisqacha tavsiflab, jabrlanuvchiga qaysi xavfli va zararli mehnat jarayoni omillari taʼsir qilgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatish kerak.
Agar baxtsiz hodisa obyektdagi halokat natijasida yuz bergan boʻlsa, dalolatnomaga quyidagilar qoʻshimcha qilib kiritiladi:
obyekt tavsifi (qozonlar va koʻtarma inshootlar obyektlari uchun obyekt nomi va turi, uning asosiy oʻlchovlari, zavod bergan tartib raqami, tayyorlovchi zavod, tayyorlangan va oʻrnatilgan yili, soʻnggi tekshiruvdan oʻtgani, shuningdek, tayinlangan tekshiruvdan oʻtish muddati);
halokat toifasi va tavsifi haqida maʼlumotlar;
nobud boʻlgan mahsulotlar (natura ifodasida va soʻm hisobida), halokat natijasida yetkazilgan zarar (soʻm hisobida).
3-bob. Baxtsiz hodisaning shart-sharoitlari
Baxtsiz hodisa yuz berishigacha nimalar boʻlgani, mehnat jarayoni qanday kechgani, bu jarayonga kim boshchilik qilganini koʻrsatish, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarning xatti-harakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligini bayon qilish, jarohatlanishga sabab boʻlgan xavfli (zararli) mehnat jarayoni omili, mashina, asbob yoki uskunani koʻrsatish zarur.
4-bob. Baxtsiz hodisa sabablari
Baxtsiz hodisaning asosiy texnik va tashkiliy sabablarini koʻrsatish, mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, lavozim yoʻriqnomalari, ishlarni bexatar bajarish boʻyicha meʼyor va yoʻriqnomalarning aniq qaysi talablari buzilganligini (tegishli moddalar, bandlarga havola qilingan holda), shuningdek, qaysi xavfli va zararli mehnat jarayoni omili belgilangan meʼyor va darajalardan oshib ketganligini koʻrsatish kerak.
5-bob. Baxtsiz hodisa sabablarini, aniqlangan mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlari
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori taklif etgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
baxtsiz hodisa bilan bogʻliq avariya oqibatlarini bartaraf etish choralari;
baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish va shu kabi hodisa yuz berishining oldini olish choralari;
ilova qilinayotgan shakldagi jadval yoki matnda chora-tadbirlar mazmuni, bajarish muddati va masʼul shaxslar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi mumkin.
Chora-tadbirlar
Bajarish muddati
Bajarilishiga masʼul
6-bob. Mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar toʻgʻrisida xulosa
Ushbu bobda xatti-harakatlari yoki harakatsizliklari oqibatida baxtsiz hodisaga (baxtsiz hodisa bilan bogʻliq halokatga) olib kelishiga javobgar boʻlgan shaxslar nomini koʻrsatish, ular tomonidan rioya qilinmagan, belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, lavozim yoʻriqnomalari va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablari bajarilmagan moddalari, bandlari koʻrsatilishi kerak.
Komissiya yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori tomonidan javobgar shaxslarga nisbatan jazo choralari yuzasidan takliflar bildiriladi. Taklif etilgan jazo choralari jinoiy javobgarlikdan (vujudga kelgan taqdirda) ozod qilmaydi. Maxsus tekshirish dalolatnomasida Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektorining baxtsiz hodisani mehnat faoliyati bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligi yuzasidan xulosasi, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) yoki ularning oila aʼzolari bilan uchrashganlari, moddiy yordam koʻrsatish va ijtimoiy tusdagi masalalarni joyida koʻrib chiqqanlari, mavjud qonunchilikka muvofiq ularning qonuniy huquqlarini tushuntirib berganlari yozilishi kerak.
Maxsus tekshirish dalolatnomasining yakuniy qismida ushbu Nizomning 4-bobi 28-bandiga muvofiq ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatiladi.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori
Imzo
F.I.O.
Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqidagi nizomga 6-ILOVA
NAMUNA
Kelishmovchiliklar yuzasidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektorining
XULOSASI
20 ___yil “___” _________ soat ______ daqiqadagi ____________________________________________
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori maxsus tekshirish oʻtkazgan komissiyaning yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektorining qanday xulosalari bilan kelisha olmasligini quyidagilarga muvofiq asoslab beradi:
soʻroq qilinmagan yoxud oʻzining dastlabki koʻrsatmasiga oʻzgartirish kiritmoqchi boʻlgan baxtsiz hodisa guvohlaridan olingan qoʻshimcha tushuntirishlar;
jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatlar tavsifi, oʻlimi sabablari toʻgʻrisida tibbiy xulosa;
mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilinmagani uchun baxtsiz hodisa yuz berishiga sharoit yaratilgani;
boshqa ekspert guruhlarining xulosasi;
mazkur baxtsiz hodisaga aloqasi boʻlgan boshqa hujjatlar.
Asoslab berganidan soʻng mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori maxsus tekshirish dalolatnomasi yoki xulosaning qaysi bobi ushbu baxtsiz hodisaga aloqasi boʻlgan qoʻshimcha axborot (hujjatlar) hisobga olinmagan holda bayon etilgan deb hisoblasa, shu bobni ifodalab berishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektorining xulosasi, zarur hollarda N-1 shaklidagi dalolatnoma mazmunini baxtsiz hodisani qoʻshimcha tekshirish natijasida belgilangan maʼlumotlarga muvofiqlashtirib, qayta tuzish toʻgʻrisida ish beruvchiga qoʻyilgan talab bilan tugatiladi.
Xulosa mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori tomonidan ushbu Nizomning 4-bobi boʻlimi 31-bandida koʻrsatilgan tashkilotlarga yuboriladi.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori
Imzo
F.I.O.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 505-son qaroriga 2-ILOVA
Xodimning mehnatda mayib boʻlishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar xodimning mehnatda mayib boʻlishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning (keyingi oʻrinlarda — sogʻliqqa yetkazilgan ziyon) oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
Ushbu Qoidalarning amal qilishi ish beruvchilarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat shartnomasi boʻyicha ishlagan yoki ishlayotgan hamda sogʻligʻiga ziyon yetkazilgan xodimlarga joriy etiladi.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, ichki ishlar va davlat bojxona xizmati organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga nisbatan ushbu Qoidalarning maxsus qonunchilikka zid boʻlmagan qismi tatbiq etiladi.
Sudyalarga nisbatan ushbu Qoidalarning sudlar toʻgʻrisidagi qonunchilikda tartibga solinmagan qismi boʻyicha tatbiq etiladi.
Prokuratura organlari xodimlariga nisbatan ushbu Qoidalarning prokuratura organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka zid boʻlmagan qismi tatbiq etiladi.
2. Ish beruvchi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek, ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib boʻlishi tufayli xodimning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar boʻladi.
Ish beruvchi, agar xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon uning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlab berolmasa, mehnatda mayib boʻlish va (yoki) kasb kasalligi tufayli xodimga yetkazilgan ziyon oʻrnini qoplashi shart.
3. Ish beruvchi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika tadbirlari hamda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlari taʼminlanmagani, shuningdek, mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilmaslik tufayli xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon ish beruvchining aybi bilan sodir etilgan deb hisoblanadi.
4. Quyidagi hujjatlar xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon uchun ish beruvchining aybdorligini yoki javobgarligini isbotlovchi dalil hisoblanadi:
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi;
baxtsiz hodisa va xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon toʻgʻrisida dalolatnoma;
sud qarori;
mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshiruvchi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh, katta) davlat texnik inspektori yoxud boshqa mansabdor shaxslarning (organlarning) xulosasi;
kasb kasalligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa;
aybdor shaxslarga maʼmuriy yoki intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi qaror;
kasaba uyushmasi yoki xodimlarining boshqa vakillik organi qarori.
Kelishmovchilik paydo boʻlganda yoki ish beruvchi ziyonni toʻlashni rad etganda, ushbu masala qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
5. Agar jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi ziyonning kelib chiqishiga yoki koʻpayishiga sabab boʻlsa, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan ziyon miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga mutanosib ravishda kamaytirilishi mumkin, lekin bunday kamaytirish toʻlanishi lozim boʻlgan ziyon summasining ellik foizdan koʻp boʻlmasligi lozim.
Jabrlanuvchi tomonidan qoʻpol ehtiyotsizlik qilingan va ish beruvchining aybi boʻlmagan hamda ish beruvchining javobgarligi u aybliligidan yoki aybsizligidan qatʼi nazar, yuzaga keladigan hollarda, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan ziyon miqdori sud tomonidan ham kamaytirilishi mumkin. Bunda ziyonning oʻrnini qoplashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jabrlanuvchining aybdorligi darajasi korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi qarori bilan, mazkur masala boʻyicha kelishmovchilik paydo boʻlganda esa — sud tomonidan belgilanadi.
Aralash javobgarlik xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash chogʻidagi qoʻshimcha xarajatlarning oʻrnini qoplashga, bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlashga, shuningdek, boquvchi boʻlgan xodim vafot etgani munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplashga tatbiq etilmaydi.
6. Jabrlanuvchining sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon tufayli kasbiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan belgilanadi.
Kasbiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasini belgilash bilan bir vaqtda TIEK asoslari mavjud boʻlganda, nogironlikning tegishli guruhi belgilanadi hamda jabrlanuvchining qoʻshimcha yordam turlariga boʻlgan muhtojligi aniqlanadi.
7. Ushbu Qoidalarga muvofiq xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon summasi, qoʻshimcha xarajatlarni qoplash hamda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa miqdori tashkilotning jamoa shartnomasiga asosan oshirilishi mumkin.
8. Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oshirilganda, xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon yoki boquvchi vafot etgani munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash summasi belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oshirilgan summasiga mutanosib ravishda koʻpaytiriladi.
9. Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyondan keyin mehnat munosabatlarini toʻxtatishi sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlashdan ozod qilmaydi.
10. Quyidagilar xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni toʻlash manbalari hisoblanadi:
budjet tashkilotlari va muassasalari uchun — qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat budjeti mablagʻlari;
boshqa ish beruvchilar uchun — oʻz mablagʻlari.
2-bob. Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon uchun jabrlanuvchiga toʻlanadigan ziyon miqdori
11. Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda jabrlanuvchining olgan yoxud olishi mumkin boʻlgan yoʻqotgan ish haqi (daromadi) toʻlanadi.
Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilgani munosabati bilan yoʻqotilgan ish haqining oʻrnini qoplash uchun toʻlanadigan oylik toʻlovlar miqdori jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan uning kasbiy mehnat qobiliyatining yoʻqotilishi darajasiga muvofiq boʻlgan foizli nisbatda belgilanadi.
Ziyonning oʻrnini qoplashga oid toʻlovni tayinlashda jabrlanuvchi oladigan ish haqi, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Bunda mehnatda mayib boʻlgan jabrlanganlarga — nogironligi boʻlgan shaxslarga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ellik foizidan kam boʻlmasligi kerak.
12. Jabrlanuvchining yoʻqotgan ish haqi tarkibiga qoʻshimcha ravishda:
oʻrindoshlik asosida oladigan ish haqi; fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha mehnat haqi;
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadi (soliq inspeksiyasi maʼlumotlari asosida);
mualliflik haqi;
vaqtincha mehnatga layoqatsizligi hamda homiladorlik va tugʻruq taʼtillari davri uchun toʻlangan nafaqalar kiritiladi.
Barcha ish haqi turlari soliqlar ushlab qolingunga qadar hisoblangan summalarda hisobga olinadi.
Oʻqish davrida toʻlanadigan stipendiya (ziyonni qoplash toʻgʻrisida murojaat qiluvchining xohishiga koʻra) ish haqiga tenglashtiriladi.
13. Jabrlanuvchining yoʻqotgan ish haqi tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:
yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi qoʻyilmalari yoki paylari boʻyicha ular tomonidan olinadigan dividendlar va foizlar, shuningdek, qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlari;
bir martalik tusdagi toʻlovlar (foydalanilmagan taʼtil uchun pul kompensatsiyalari, mehnat shartnomasi toʻxtatilganda beriladigan yordam nafaqalari).
14. Oʻrtacha oylik ish haqi xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon yoki xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon tufayli mehnatga layoqatsizlikdan yoxud mehnatga layoqat darajasi pasayishidan (fuqaroning tanlovi boʻyicha) oldingi oxirgi oʻn ikki oy mobaynidagi ish (xizmat, muddatli harbiy xizmatdan tashqari) boʻyicha aniqlanadi. Kasb kasalligiga chalingan taqdirda, oʻrtacha oylik ish haqi ham bunday kasallikka sabab boʻlgan ishni toʻxtatishdan oldingi oxirgi oʻn ikki oy boʻyicha belgilanishi mumkin.
Oʻrtacha oylik ish haqi hisoblab chiqariladigan oylar sonidan (fuqaroning xohishiga koʻra) ish oyning birinchi kunidan boshlanmagani yoki toʻxtatilmaganligi munosabati bilan toʻliqsiz ish oylari hamda uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish munosabati bilan beriladigan taʼtil oylari (shu jumladan, toʻliq boʻlmagan oylar), shuningdek, xodim nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon tufayli ziyon toʻlovini yuzaga keltirgan, I guruh nogironligi boʻlgan shaxs, oʻn sakkiz yoshgacha nogironligi boʻlgan bolani yoki davolash muassasasining oʻzganing parvarishiga muhtojlik haqidagi xulosasiga koʻra qariyalarni parvarish qilish mobaynidagi ish vaqti chiqarib tashlanadi. Bunda chiqarib tashlangan oylar bevosita boshqa oldingi oylar bilan almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoni boʻlmaganda hisoblashdan chiqarib tashlanadi. Bunday almashtirish, sogʻligʻiga yetkazilgan ziyondan yoki kasb kasalligiga chalinishdan oldingi ish joyidan qatʼi nazar, oxirgi ikki yil doirasida amalga oshiriladi.
15. Oʻn ikki oydagi ish uchun oʻrtacha oylik ish haqi ushbu Qoidalarning 14-bandida koʻrsatilgan ish haqining umumiy summasini oʻn ikkiga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi. Xodim sogʻligʻiga ziyon yetkazilgan vaqtda oʻn ikki oydan kam ishlagan taqdirda, oʻrtacha oylik ish haqi haqiqatda ishlagan umumiy ish haqini ishlagan oylar soniga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Ish davri toʻliq oydan kam vaqtni tashkil qilgan taqdirda, sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash miqdori shartli oylik ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Bunda butun ishlangan vaqt davomida olingan ish haqi (daromad) kunlar soniga boʻlinadi, hosil boʻlgan summa bir yil uchun oʻrta hisobda hisoblab chiqilgan bir oydagi ish kunlari soniga koʻpaytiriladi.
Haqiqiy ish haqi miqdori toʻgʻrisidagi hujjatlarni olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash miqdori murojaat qilingan vaqtda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchining oʻrtacha oylik ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan hollarda ham sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni miqdori xuddi shu tartibda hisoblab chiqiladi.
16. Voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga ziyon yetkazilgan taqdirda, ziyon uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, ammo qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
17. Agar bir ish beruvchida ishlangan davrda sogʻligʻiga ziyon takroran yetkazilgan taqdirda, oʻrtacha oylik ish haqi jabrlanuvchining xohishiga koʻra birinchi yoki sogʻligʻiga ziyon takroran yetkazilgandan oldingi tegishli davrlar boʻyicha hisoblab chiqiladi. Sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash miqdori kasbga doir mehnatga layoqatsizlikning umumiy foiziga qarab hisoblab chiqiladi.
Agar xodimning sogʻligʻiga turli ish beruvchilarda ishlaganda ziyon yetkazilgan boʻlsa, u holda ziyonning toʻlov miqdori har bir ish beruvchi tomonidan, tegishli sogʻliqqa yetkazilgan ziyon boʻyicha kasbga doir mehnatga layoqatsizlik foiziga qarab alohida aniqlanadi.
18. Chet ellarda ishlagan xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi (daromadi) chet elda ishlaganlik uchun toʻlovlarni chiqarib tashlagan va ushbu Qoidalarning 8-bandini hisobga olgan holda umumiy asoslarda hisoblab chiqiladi.
19. Ishlab chiqarish taʼlimini (amaliy mashgʻulotni) oʻtash davrida sogʻligʻiga ziyon yetkazilgan fuqarolarning oʻrtacha oylik ish haqi (daromadi) jabrlanuvchining qaysi kasb (mutaxassislik) boʻyicha oʻqiganligiga qarab, shu kasb (mutaxassislik) stavkasidan (maoshidan) kelib chiqqan holda (ammo 2 razryaddan past emas) hisoblab chiqiladi. Oʻqish (amaliy mashgʻulot) davomida ish haqi (daromad) olgan shaxslarga ularning xohishiga koʻra oʻrtacha oylik ish haqi (daromadi) shu davr uchun hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchilarning xohishiga koʻra oʻrtacha oylik ish haqi (daromadi) oʻqish davrida toʻlangan stipendiya boʻyicha ham hisoblab chiqilishi mumkin.
20. Sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon tufayli oʻzining roziligi bilan vaqtincha yengilroq, kam haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilgan jabrlanuvchiga ish haqi mehnatga layoqati tiklangunga qadar sogʻligʻiga yetkazilgan ziyondan avvalgi oʻrtacha oylik ish haqidan (daromadidan) kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
21. Agar jabrlanuvchi sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon tufayli avvalgi ishini bajara olmagan taqdirda, ish beruvchi jabrlanuvchini uning xohishiga koʻra tibbiyot muassasaning xulosasiga muvofiq oʻz hisobidan yangi kasbga oʻqitishi shart.
Yangi kasbga oʻqitish davrida jabrlanuvchiga sogʻligʻiga ziyon yetkazilguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqi (daromadi) toʻlanadi. Mazkur davrda ziyonni qoplash summasi umumiy asoslarda toʻlanadi.
3-bob. Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish
22. Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilgani uchun javobgar boʻlgan ish beruvchi bir yoʻla beriladigan nafaqa va oylik toʻlovlardan tashqari jabrlanuvchiga mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli kelib chiqqan qoʻshimcha xarajatlarning oʻrnini qoplashi shart.
Qoʻshimcha xarajatlarga davolanish, protezlash, qoʻshimcha ovqatlanish, dori vositalarini sotib olish, sanatoriy-kurortda davolanish xarajatlari, shu jumladan, jabrlanuvchining, zarur hollarda esa uni kuzatib boruvchi shaxsning ham davolanish joyiga borish va qaytish yoʻlkira haqini toʻlash, oʻzgalarning parvarishi, maxsus transport vositalarini sotib olish va boshqa turdagi yordam uchun xarajatlar, agar u TIEK tomonidan ushbu turdagi yordamga muhtoj deb topilsa hamda ularni tegishli tashkilotlardan bepul olish huquqiga ega boʻlmasa, shuningdek, jabrlanuvchi va ish beruvchi oʻrtasida ziyonning oʻrnini qoplash boʻyicha nizo yuzaga kelgan hamda nizo jabrlanuvchining foydasiga hal boʻlgan taqdirda, koʻrsatilgan yuridik yordam uchun advokatga haq toʻlash xarajatlari kiradi.
Dorilarni sotib olish xarajatlari davolovchi shifokor yozib bergan belgilangan shakldagi retsept va sotib olingan dorilar koʻrsatilgan holdagi toʻlov cheki taqdim etilganidan keyin ish beruvchi tomonidan toʻlanadi.
I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun TIEKning uy sharoitida parvarishlash zarurati toʻgʻrisidagi xulosasi talab etilmaydi (ular maxsus tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan hollar bundan mustasno).
Ushbu bandda koʻrsatilgan bir necha yordam turiga muhtoj boʻlgan jabrlanuvchiga har bir yordam turini olish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni qoplanadi.
23. Maxsus tibbiy parvarishga muhtoj boʻlgan jabrlanuvchilar uchun qoʻshimcha xarajatlar har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida belgilanadi.
Uy sharoitida parvarish qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizi miqdorida belgilanadi.
Ham maxsus tibbiy parvarishga, ham uy sharoitidagi parvarishga muhtoj boʻlgan jabrlanuvchiga uy sharoitidagi parvarish bilan bogʻliq xarajatlar maxsus tibbiy parvarish xarajatlariga qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
Jabrlanuvchini parvarish qilish uchun qoʻshimcha xarajatlar ularning kim tomonidan amalga oshirilishidan qatʼi nazar toʻlanadi.
Maxsus transport vositalarini sotib olish xarajatlari ularning qiymati doirasida toʻlanadi.
Boshqa qoʻshimcha xarajatlar miqdori tegishli tashkilotlarning hisoblari va boshqa hujjatlar asosida yoxud jabrlanuvchi tomonidan ushbu xarajatlar vaqtidagi narxlarga muvofiq aniqlanadi.
24. Jabrlanuvchining sanatoriy-kurortda davolanishga muhtojligi haqida TIEK xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, unga har yilgi mehnat taʼtilidan tashqari davolanish uchun qoʻshimcha taʼtil beriladi. Davolanish uchun berilgan taʼtil vaqti uchun toʻlov har yilgi taʼtil toʻlovi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq toʻlanadi. Davolanish davridagi zarar oʻrni umumiy asoslarda qoplanadi.
Sogʻligʻiga ziyon yetkazilgan xodim boshqa ishga oʻtganda, davolanish uchun berilgan qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlov ziyon yetkazilgani uchun masʼul boʻlgan ish beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Jabrlanuvchi, shuningdek, uni kuzatib boruvchi shaxsning yoʻl kira xarajatlarini toʻlash miqdori xizmat safari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarga muvofiq aniqlanadi.
25. Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilgani munosabati bilan ish beruvchi ziyonni boshqa turlaridan tashqari jabrlanuvchiga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlaydi.
Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilgani munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilgani munosabati bilan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa miqdori jabrlangan xodimning oʻrtacha oylik ish haqi asosida hisoblangan yillik ish haqidan kam boʻlmasligi kerak.
Yillik ish haqi miqdori ushbu Qoidalarning 14 va 15-bandlariga muvofiq hisoblab chiqilgan oʻrtacha oylik ish haqini oʻn ikkiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
4-bob. Boquvchi boʻlgan xodim vafot etgani munosabati bilan ziyonni toʻlash
26. Boquvchi boʻlgan xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlgan mehnatda mayib boʻlgani, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa yetkazilgan boshqa shikast tufayli vafot etgan taqdirda, ish beruvchi quyidagi shaxslarga ziyonning oʻrnini qoplashi shart:
marhumning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga yoki uning vafot etgan kuniga qadar undan taʼminot olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga;
marhumning vafotidan keyin tugʻilgan farzandiga;
ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga), eriga (xotiniga) yoki boshqa oila aʼzosiga, agar u ishlamayotgan boʻlsa hamda marhumning oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yoki bu yoshga toʻlgan boʻlsa-da, ammo tibbiy muassasalarning xulosasiga koʻra sogʻligʻi holati boʻyicha oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan bolalarini, aka-ukalarini, opa-singillarini yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band boʻlsa.
Bolalarning qaramoqda ekanligi taxmin qilinadi va dalillar talab qilmaydi.
Quyidagilar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadi:
oʻn sakkiz yoshdan oshgan shaxslar, agar ularga shu yoshga toʻlguniga qadar nogironlik belgilangan boʻlsa;
oltmish yoshga toʻlgan erkaklar va ellik besh yoshga toʻlgan ayollar;
oʻziga nisbatan nogironlik belgilangan shaxslar.
Oila aʼzosining mehnatga qobiliyatsizligi yuz bergan vaqt (boquvchining vafotidan oldin yoki keyin) uning ziyonning oʻrni qoplanishiga boʻlgan huquqiga taʼsir qilmaydi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va undan katta oʻquvchilar kunduzgi taʼlim tashkilotlarida oʻqishni tugatguniga, lekin koʻpi bilan yigirma uch yoshga toʻlguniga qadar ziyonning oʻrni qoplanishiga boʻlgan huquqqa ega.
27. Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga nisbatan ziyonning miqdori marhumning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida, uning oʻziga tegishli boʻlgan ulushni va uning qaramogʻida boʻlgan, ammo ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlmagan mehnatga qobiliyatli shaxslarning ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi.
Ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarning har biriga nisbatan ziyonning oʻrnini qoplash miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ushbu shaxslarning barchasiga toʻgʻri keladigan qismi ularning soniga boʻlinadi.
Marhumning qaramogʻida boʻlmagan, ammo ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar uchun uning miqdori quyidagi tartibda belgilanadi, agar:
taʼminot mablagʻi sud tartibida undirilgan boʻlsa, u holda ziyonning oʻrnini qoplash sud tomonidan tayinlangan miqdorda belgilanadi;
taʼminot mablagʻi sud tartibida undirilmagan boʻlsa, u holda ziyonning oʻrnini qoplash ularning moddiy ahvoli hamda marhumning hayotlik vaqtida ularga yordam koʻrsatish imkoniyati hisobga olingan holda belgilanadi.
Agar marhumning qaramogʻida boʻlgan shaxslar ham, uning qaramogʻida boʻlmagan shaxslar ham ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlsa, avvalo marhumning qaramogʻida boʻlmagan shaxslarga ziyonning oʻrnini qoplash miqdori belgilanadi. Ular uchun belgilangan ziyonning oʻrnini qoplash summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, soʻngra ish haqining qolgan miqdoridan kelib chiqib, marhumning qaramogʻida boʻlgan shaxslarga ziyonning oʻrnini qoplash miqdori ushbu bandning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
Boquvchini yoʻqotgani munosabati bilan ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarga tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi, xuddi shuningdek, boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va oʻzga daromadlar ziyonning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramoqdagi har bir shaxsga tegishli ziyonning oʻrnini qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oshishi bilan qaramoqdagi har bir shaxs uchun ziyonning oʻrnini qoplash summasi ham mutanosib ravishda oshadi.
28. Boquvchi boʻlgan xodim vafot etgani munosabati bilan ziyon toʻlovi olishga huquqi boʻlganlardan har biriga belgilangan ziyon miqdori keyinchalik hisob-kitob qilinmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
marhumning vafotidan keyin farzandi tugʻilganda;
ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga), eriga (xotiniga) yoki boshqa oila aʼzosiga, agar u ishlamayotgan boʻlsa hamda marhumning oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yoki bu yoshga toʻlgan boʻlsa-da, ammo tibbiy muassasalarning xulosasiga koʻra sogʻligʻi holati boʻyicha oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan bolalarini, aka-ukalarini, opa-singillarini yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band boʻlganda ziyon toʻlovlari belgilanganda yoki toʻxtatilganda;
marhumning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar, shuningdek, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar yoki uning vafot etgan kuniga qadar undan taʼminot olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar soni oʻzgarganda.
Koʻrsatib oʻtilgan hollarda ziyonni toʻlash miqdori, uni undirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar soni koʻpayishi yoki kamayishi hisobga olingan holda, ushbu Qoidalarning 27-bandiga muvofiq qayta hisoblab chiqiladi.
29. Boquvchi boʻlgan xodim vafot etganligi munosabati bilan ziyonni undirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga ish beruvchi marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmagan, ushbu shaxslar soniga boʻlingan summasida bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlaydi.
Nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari miqdori ushbu Qoidalarning 14 va 15-bandlariga muvofiq hisoblab chiqilgan marhumning oʻrtacha oylik ish haqini (daromadini) yetmish ikkiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
30. Sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon tufayli bir yoʻla beriladigan nafaqa olingandan keyin xodim mehnat faoliyati bilan bogʻliq holda jarohatlanishi oqibatida vafot etgan taqdirda, ish beruvchi marhumning oʻrtacha yillik ish haqining besh baravaridan kam boʻlmagan miqdorida bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlashi shart.
31. Xodim mehnat faoliyati bilan bogʻliq holda jarohatlanishi oqibatida vafot etgan taqdirda, ish beruvchi qoʻshimcha ravishda dafn etish uchun zarur xarajatlarni ushbu xarajatlarni qilgan shaxsga toʻlashi shart.
Dafn etish uchun zarur boʻlgan xarajatlar zararning oʻrnini qoplash hisobiga kirmaydi.
Ushbu bandning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish vafot etgan xodimning jasadini tashish, ish beruvchining boquvchi vafot etgani munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash rad etilgani toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki nizo mazkur xarajatlarni qilgan shaxs foydasiga hal boʻlgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarning miqdori xususida nizolashish bilan bogʻliq xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, koʻrsatilgan yuridik xizmat uchun advokatga haq toʻlash xarajatlari va boshqalar) oʻz ichiga oladi.
5-bob. Sogʻliqqa yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi
32. Ish beruvchi sogʻligʻiga ziyon yetkazilgan xodimga, mehnat faoliyati bilan bogʻliq holda vafot etgan xodimning oila aʼzolariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ziyonni undirishga boʻlgan huquqlarini va ushbu masalalar bilan ish beruvchiga murojaat qilish tartibini tushuntirishi hamda ziyonni toʻlash toʻgʻrisidagi talablarni berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni olishda ariza beruvchiga koʻmaklashishi va tegishli hollarda ushbu hujjatlarni boshqa tashkilotlardan talab qilishi shart.
33. Sogʻliqqa yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Arizaning nusxasi korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yoki xodimlarining boshqa vakillik organiga beriladi.
34. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida arizani koʻrib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.
Sogʻliqqa yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq asoslangan boʻlishi zarur, unda ziyon toʻlovini oladigan shaxslar, oilaning har bir aʼzosi uchun uning miqdorlari va toʻlash muddatlari koʻrsatiladi.
Ish beruvchining xodimga sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodimga yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslarga ushbu buyruq qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddatda topshiriladi.
Xodim yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi boʻlmagan yoki ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
35. Ziyonni toʻlash toʻgʻrisidagi arizaga TIEKning kasb boʻyicha mehnatga layoqatsizlik darajasi toʻgʻrisidagi hamda tegishli hollarda jabrlanuvchining qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligi haqidagi xulosasi ilova qilinadi.
Boquvchisini yoʻqotganlik tufayli ziyonni toʻlash haqidagi arizaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDY) tomonidan boquvchining vafoti toʻgʻrisida berilgan guvohnoma nusxasi ilova qilinadi.
Ziyon toʻlovlari muddatini uzaytirish uchun ham yuqorida qayd etilgan hujjatlar taqdim qilinadi.
TIEKda sogʻliqni tekshiruvdan oʻtkazish va qayta tekshiruvdan oʻtkazish ishlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
36. Tegishli hujjatlar boʻlmaganda hamda ularni tiklash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, qaramogʻida boʻlganlik holati sud tomonidan belgilanadi.
37. Jabrlanuvchining yoki boshqa manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi ish beruvchi bilan muzokaralarda jabrlanuvchi tomonidan qatnashish uchun oʻz vakilini ajratadi.
38. Jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan norozi boʻlgan yoki belgilangan muddatda arizasiga javob olinmagan taqdirda, ushbu nizoni hal etish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.
Korxonaning kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakili jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning roziligiga koʻra ariza bilan sudga murojaat qilishi va sud jarayonida qatnashishi mumkin.
Ziyonni toʻlash haqidagi ariza sudga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
39. Chet elda ishlagan davrda sogʻligʻiga ziyon yetkazilgan xodimlar va boquvchi boʻlgan xodim vafot etgan taqdirda, ularning oila aʼzolari tomonidan ziyon toʻlovini olish toʻgʻrisidagi ariza xodimni chet elga ishga yuborgan vakolatli davlat organi yoki xususiy bandlik agentligiga beriladi.
6-bob. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash summasini kapitallashtirish va toʻlash tartibi
40. Belgilangan tartibda xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon uchun javobgar deb eʼtirof etilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) taqdirda, sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash boʻyicha tegishli toʻlovlarni toʻlash majburiyati uchun uning huquqiy vorisi javob beradi. Sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash toʻgʻrisidagi ariza ham unga beriladi.
41. Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon belgilangan tartibda qayta tashkil etish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, javobgar boʻlgan qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), fermer xoʻjaligi, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaliklarida mablagʻlar mavjud boʻlmagan yoki yetarli boʻlmagan taqdirda, sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash summasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tomonidan ushbu jamgʻarma mablagʻlaridan toʻlanadi.
Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon uchun javobgar boʻlgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) fermer xoʻjaliklariga aylantirilganda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash summasi, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mablagʻ bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan ushbu jamgʻarma mablagʻlaridan toʻlanadi.
42. Sogʻliqqa yetkazilgan ziyon uchun javobgar boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tugatish komissiyasi sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash summasini bundan keyin toʻlash uchun zarur summani tugatilayotgan yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hisob varagʻiga oʻtkaziladi.
43. Agar jabrlanganga yoki ziyonni undirishga huquqi boʻlgan shaxslarga ziyon summasini toʻlash muayyan davrga belgilangan boʻlsa, u holda Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazish uchun mazkur summa yuridik shaxs tugatilgan kunda ushbu Qoidalarda belgilangan miqdorda, biroq kamida besh yil uchun hisoblab chiqariladi.
44. Agar yuridik shaxs tugatilgan kunda jabrlanuvchilarga yoki bunga huquqi boʻlgan shaxslarga ziyon summasini toʻlash muddatsiz belgilangan boʻlsa, u holda Pensiya jamgʻarmasiga toʻlash uchun mazkur summa Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi hisobga olingan holda yuridik shaxs tugatilgan kunda ushbu Qoidalarda belgilangan miqdorda, biroq kamida 5 yil uchun hisoblab chiqariladi.
Hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi Pensiya jamgʻarmasining manfaatdor organlari va tashkilotlari eʼtiboriga yetkaziladi.
45. Sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash uchun summalarni oʻtkazish tugatilayotgan yuridik shaxsning mablagʻlari yoki mol-mulki mavjud boʻlmagani yoki yetarli emasligi sababli mumkin boʻlmagan hollarda va sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash uchun summalarni oʻtkazish tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), fermer xoʻjaligi, dehqon xoʻjaligida mablagʻ yoʻqligi yoki yetarli emasligi tufayli mumkin boʻlmagan hollarda, bu tugatish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan taqdirda, shuningdek, agar yuridik shaxs tugatilgandan keyin jabrlanganlarda yoki ziyon toʻlanishi huquqiga ega boʻlgan shaxslarda, ushbu Qoidalarga muvofiq ularni olish uchun qoʻshimcha yoki yangi huquqlar paydo boʻlganda, sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash summasi Pensiya jamgʻarmasi tomonidan ushbu jamgʻarma mablagʻlaridan toʻlanadi.
46. Pensiya jamgʻarmasi sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning yashash joylari boʻyicha ziyon summasi ushbu Qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan miqdorda toʻlanadi.
47. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, ziyon summasini toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
7-bob. Sogʻliqqa yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash summasini toʻlash tartibi va muddatlari
48. Sogʻliqqa yetkazilgan ziyon toʻlovlari quyidagi muddatlardan boshlab toʻlanadi:
jabrlanuvchilarga — ular sogʻliqqa yetkazilgan ziyon oqibatida kasb boʻyicha mehnatga layoqatini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan kundan;
boquvchi boʻlgan xodim vafoti tufayli ziyon toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga — boquvchi boʻlgan xodim vafot etgan kunidan, ammo ziyon toʻlovini olish huquqiga ega boʻlingan vaqtdan.
49. Ziyonni undirish toʻgʻrisida ariza jabrlanuvchining sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon tufayli kasb boʻyicha mehnatga layoqati yoʻqotilgandan yoki boquvchi boʻlgan xodim vafotidan uch yildan keyin berilgan taqdirda, ziyonning oʻrni bu haqida murojaat qilingan kundan boshlab ushbu Qoidalarning 52-bandida belgilangan muddatlarda amalga qoplanadi.
Ariza berilgan kun sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Sogʻliqqa yetkazilgan ziyon toʻlovlarini olish muddati zarur hujjatlar taqdim etilishi boʻyicha avvalgi toʻlovlar muddati tugagan kundan boshlab uzaytiriladi.
50. Oʻrtacha oylik ish haqi (daromad) boʻyicha ziyonning oʻrni sogʻliqqa yetkazilgan ziyon tufayli jabrlanuvchi kasb boʻyicha mehnat layoqatini yoʻqotganlik belgilangan muddat uchun, qoʻshimcha xarajatlarni toʻlash esa ularga muhtojlik belgilangan muddat davomida qoplanadi.
51. Ish beruvchi jabrlanuvchini yoki manfaatdor shaxslarni sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni toʻlash miqdori qayta hisoblanishiga sabab boʻlgan maʼlumotlar bilan tilxat boʻyicha tanishtirishi shart, jabrlanuvchi yoki manfaatdor shaxslar esa, oʻz navbatida, ziyon toʻlovi miqdori qayta hisoblanishiga sabab boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishlari shart (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oshgan hollar bundan mustasno).
52. Joriy oy uchun ziyon toʻlovlari ushbu oy tugashidan kechikmay toʻlanadi.
Bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa ziyonni undirish huquqi olingan kundan boshlab bir oy mobaynida toʻlanadi.
Sogʻliqqa yetkazilgan ziyon toʻlovlari summasini oluvchiga yetkazib berish va joʻnatish xarajatlari yetkazilgan ziyon uchun javobgar boʻlgan ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu summalar oluvchilarning xohishiga koʻra ularning bankdagi hisob varagʻiga oʻtkazilishi mumkin.
53. Ziyonning belgilangan toʻlovlari quyidagi muddatlardan boshlab qayta hisoblab chiqiladi:
sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni qoplash miqdorini oshirish huquqi vujudga kelganda — tegishli holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab;
qoplash miqdorining kamaytirilishiga sabab boʻluvchi holatlar yuzaga kelganda — tegishli holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab.
54. Ziyonni undiruvchi shaxs keksalar yoki nogironligi boʻlgan shaxslar uyiga (pansionatga) joylashtirilgan taqdirda, unga ziyonni qoplash miqdori bilan u yerdagi parvarish qilish qiymati oʻrtasidagi farq toʻlanadi, ammo bu tayinlangan ziyon qoplanishi summasining yigirma besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Agar koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning qaramogʻida mehnatga layoqatsiz kishilar bor boʻlsa, sogʻliqqa yetkazilgan ziyon quyidagi tartibda qoplanadi: qaramogʻidagi mehnatga layoqatsiz bir kishi hisobiga — belgilangan qoplash summasining chorak qismi, ikki kishi hisobiga — uchdan bir qismi, uch va undan koʻp kishi hisobiga yarmi qoplanadi. Toʻlovning qolgan qismi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uyida (pansionatda) parvarish qilish qiymatini chegirib tashlagan holda, ammo ziyon qoplanishi miqdorining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda jabrlanuvchining oʻziga toʻlanadi.
55. Sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilib jazo muddatini oʻtash davrida qoplanishi kerak boʻlgan ziyon summasi oluvchining maxsus hisob varagʻiga oʻtkaziladi va unga ozodlikdan mahrum etilgan joydan chiqqandan keyin toʻlanadi.
56. Tayinlangan, ammo jabrlanuvchi yoki ziyonni undirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan oʻz vaqtida olinmagan toʻlov uni olish haqida murojaat qilingan oldingi uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt uchun toʻlanadi.
Ziyon uchun javobgar boʻlgan ish beruvchining aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan zararni qoplash summasi biron-bir muddat bilan chegaralanmagan holda oʻtgan davr uchun toʻlanadi.
57. Jabrlanuvchiga yoki boquvchi boʻlgan xodimning vafoti tufayli ziyonni undirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga tegishli boʻlgan va vafot etish tufayli ular tomonidan toʻliq olinmay qolgan ziyon undirish summasi umumiy asoslarda ularning merosxoʻrlariga toʻlanadi.
58. Jabrlanganlarga yoki ziyonni undirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga ortiqcha toʻlangan ziyon toʻlovi summasi, agar ular tomonidan suiisteʼmol qilish oqibatida (qasddan notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotgan taqdirda zarar summasini undirish tayinlangan oila tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi natijasida va boshqalar) yoxud sanoqdagi xato oqibatida asossiz toʻlangan boʻlsa, qaytarib olinishi mumkin.
Notoʻgʻri olingan ziyon toʻlovi summasi mehnatga haq toʻlash summasidan chegirib qolishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan kafolatlarga rioya qilingan holda qaytarib olinadi.
Sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni qoplash summasini toʻlash toʻxtatilgan taqdirda, ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qarzning qolgan qismi sud tartibida undiriladi.
59. Ziyon summasini toʻlash davrida ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi tashkilot buyrugʻining nusxasi, ziyonni qoplash toʻgʻrisida sud qaror chiqargan boʻlsa ushbu sudning qarori, jabrlanuvchi va boshqa manfaatdor shaxslarning ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi arizasi va boshqa barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ish beruvchining buxgalteriya xizmatida sogʻliqqa yetkazilgan ziyonni oluvchining alohida hujjatlar yigʻmajildida, ish beruvchi tugatilgan taqdirda esa — ish beruvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan hududdagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlarida saqlanadi.
Ziyon summasini toʻlash toʻxtatilgandan ikki yil keyin koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar yigʻmajildlari ish beruvchining arxiviga yoki Pensiya jamgʻarmasiga doimiy saqlash uchun topshiriladi.
60. Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun joʻnab ketgan shaxslarga yetkazilgan ziyonning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoplanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
61. Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 505-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori va unga ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori hamda unga 1 va 2-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi hamda 2-ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyuldagi 134-son qarori va unga ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 54-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga 6-ilovaning 5-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 20-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 129-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2024-yil 29-oktabrdagi 714-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 13-ilovaning 1-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 2-maydagi 289-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentabrdagi 587-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 7-noyabrdagi 709-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2026-y., 09/26/505/0960-son)