|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.12.2024
|
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
BUYRUGʻI
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN BIR TURDAGI MAHSULOTLARNING ALOHIDA TURLARINI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Buyruq nomiga Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2015-yil 3-martdagi 89-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1513-2, 27.03.2015-y.) muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-sentabrda 1513-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 25-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3555, 25.09.2024-y.) asosan 2024-yil 28-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalari tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Bosh direktor R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-sentabr,
340-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 299-modda; 2008-y., 39-son, 404-modda)