|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.12.2023
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“GIDROTEXNIKA INShOOTLARINING XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 30-avgustdagi O‘RQ-865-sonli “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 1-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi”gi Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 1999-yil 4-sentabrdagi 175-176 (2213-2214)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
827-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 224-modda)