OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
“Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika tizimini modernizatsiya qilish, rasmiy statistikani tayyorlovchilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, statistika maʼlumotlari sifatini oshirish, xalqaro standartlar, raqamli texnologiyalar hamda maʼmuriy va muqobil maʼlumotlarni keng qoʻllash asosida foydalanuvchilarga yoʻnaltirilgan zamonaviy statistika xizmatlarini rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy hamda qishloq xoʻjaligi statistikasini takomillashtirish;
(b) milliy statistika tizimini kelgusi 5 yilda xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga qaratilgan strategiyani tasdiqlash;
(v) 2030-yilga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot yukini 20 foizga qisqartirish;
(g) rasmiy statistikani shakllantirishda foydalaniladigan maʼmuriy va muqobil maʼlumotlar manbalari sonini 2030-yilga qadar 1,7 baravarga oshirish;
(d) kelgusi 5 yil davomida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hisobiga maʼlumotlarga ishlov berish muddatini 20 foizga qisqartirish va bir maʼlumot uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini 25 foizga maqbullashtirish;
(j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2026-2027-yillarda biznesni roʻyxatga olishni tashkil etish va multiindikator klaster kuzatuvlarining 7-raundini oʻtkazish.
II. “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasi
2. Quyidagilar 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilar faoliyatini yagona yondashuv asosida muvofiqlashtirish, maʼlumotlar sifatini taʼminlashning institutsional salohiyatini oshirish;
(b) xalqaro standartlar va zamonaviy statistik modellarga muvofiq statistika uslubiyatlarini takomillashtirish;
(v) raqamli transformatsiya, hisobot yukini kamaytirish va maʼlumotlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
(g) maʼmuriy, muqobil va raqamli maʼlumotlar manbalaridan, shuningdek, geofazoviy maʼlumotlar va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish;
(d) foydalanuvchilarga yoʻnaltirilgan statistika, maʼlumot savodxonligi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
3. Quyidagilar:
(a) “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
(b) Milliy statistika tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalaridan samarali foydalanish
4. Belgilansinki, 2027-yil yakuniga qadar aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalaridan foydalangan holda Milliy statistika qoʻmitasida (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita):
(a) aholining statistik registrini shakllantirish va quyidagi shartlarni taʼminlash orqali aholi sonini hisoblash va eʼlon qilib borish amaliyoti joriy etiladi:
(i) davlat organlarining aholiga oid maʼlumotlar bazalari oʻzaro muvofiqlashtiriladi va maʼlumotlarni doimiy yangilab borish uchun aholining statistik registriga integratsiya qilinadi;
(ii) aholining statistik registri “Kiberxavfsizlik markazi” DM tomonidan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilib, tegishli xulosa olinganidan soʻng amaliyotga joriy etiladi va axborot tizimi xavfsizligi doimiy tartibda monitoring qilib boriladi;
(iii) aholining statistik registridan alohida ruxsat berilgan xodimlar tomonidan faqat statistik maqsadlarda jamlanma statistik maʼlumotlarni shakllantirish uchun foydalaniladi. Bunda mazkur registrda yuritiladigan individual maʼlumotlardan davlat organlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi;
(b) qishloq xoʻjaligining statistik registri shakllantiriladi va undagi maʼlumotlarning doimiy ravishda yangilab borilishi taʼminlanadi.
Bunda roʻyxatga olish natijalari va qishloq xoʻjaligi yerlariga oid mavjud idoraviy maʼlumotlar bazalari oʻrtasidagi tafovutlarga aniqlik kiritish va oʻzaro birxillashtirish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq vaqtinchalik faoliyat yurituvchi idoralararo ishchi guruh tuziladi;
(v) aholining statistik registri va qishloq xoʻjaligining statistik registriga davlat organlarining axborot tizimlari 4-ilovaga muvofiq roʻyxat asosida integratsiya qilinadi va yangilab boriladi;
(g) 2026-yil yakuniga qadar asosiy makroiqtisodiy hamda hududlar va tarmoqlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirish maqsadida milliy hisoblar tizimi koʻrsatkichlari qayta baholanadi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari:
(a) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda tarmoq va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, bosh rejalar, ijtimoiy infratuzilmani joylashtirish sxemalari, qishloq va dehqon xoʻjaligi hamda agrar soha infratuzilmasini rivojlantirishga oid dasturlar, prognoz koʻrsatkichlari va chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda qayta koʻrib chiqishda ustuvor ravishda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalaridan foydalansin;
(b) Qoʻmitaning hududiy organlari bilan birgalikda har chorak yakunlari boʻyicha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi rasmiy statistik koʻrsatkichlarni kompleks tahlil qilib borsin hamda asosiy koʻrsatkichlarning oʻzgarish dinamikasi, hududlararo tafovutlar va ularga taʼsir etuvchi omillar, mavjud muammolar hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlarni baholab borsin;
(v) har yarim yil yakunlari boʻyicha hududlarning statistika koʻrsatkichlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) kengashlariga kiritib, muhokama qilib borsin.
IV. Biznesni roʻyxatga olishni tashkil etish
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida biznesni roʻyxatga olish (keyingi oʻrinlarda — biznesni roʻyxatga olish tadbiri) 2026-yil 1-oktabr holatiga 2026-yil 15-oktabr — 30-noyabr sanalarida oʻtkazilsin va uning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha iqtisodiy birliklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish orqali subyektlar soni, tarkibi, iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha taqsimoti va faoliyat holatiga aniqlik kiritish;
(b) statistik registrlarda korxona va tashkilotlarga tegishli maʼlumotlarning dolzarbligi, toʻliqligi va ishonchliligini taʼminlash hamda tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish uchun sifatli statistik asoslarni shakllantirish;
(v) kuzatilmaydigan iqtisodiyot koʻlamini baholash, milliy hisoblar tizimi koʻrsatkichlari sifatini oshirish uchun zarur maʼlumotlar bazasini takomillashtirish;
(g) respublika va hududlar darajasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish jarayonlarini ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlash.
7. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab statistika organlari tomonidan har chorakda oʻtkaziladigan tanlanma kuzatuvlar uchun mikrofirmalar va kichik korxonalar yilda faqat bir marotaba tanlab olinishi mumkin.
Bunda rasmiy statistika koʻrsatkichlarining barqarorligi va sifatini taʼminlash maqsadida Qoʻmita axborot tizimlariga integratsiya qilingan maʼmuriy maʼlumotlarning uzluksizligi va dolzarbligi 5-ilovadagi roʻyxatga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taʼminlanadi.
V. Maʼlumotlarni boshqarish tizimini takomillashtirish
8. Maʼlumotlar boshqaruvida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va uni institutsional jihatdan takomillashtirish maqsadida 6-ilovaga muvofiq tarkibda Maʼlumotlarni boshqarish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuzilsin.
Bunda Qoʻmita Komissiyaning ishchi organi etib belgilansin va Komissiya zimmasiga 7-ilovaga muvofiq vazifalar yuklatilsin.
9. Qoʻmita:
(a) uch oy muddatda Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Bunda Komissiyaning har bir aʼzosi maʼmuriy maʼlumotlar sifatini taʼminlash va ularning integratsiyasini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsan javobgar etib belgilansin;
(b) 2026-yil 1-dekabrga qadar Komissiya tarkibiga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlarida maʼlumotlarni boshqarish holatini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
(v) xatlov natijalariga koʻra 2027-yil 1-mayga qadar maʼlumotlarni boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
(g) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-iyulga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz vakolatlarini amalga oshirish maqsadida yuritiladigan maʼmuriy maʼlumotlar uslubiyatining xalqaro tavsiyalarga va sifatining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan har ikki yilda bir marta auditdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
(d) Komissiya faoliyati hamda maʼmuriy maʼlumotlarning uslubiyati va sifati boʻyicha oʻtkazilgan audit natijalari yuzasidan Respublika statistika kengashiga har chorak yakuni boʻyicha axborot kiritib borsin.
10. Qoʻmita boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Qoʻmita raisining maʼlumotlarni boshqarish tizimi va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda 2027-yil 1-iyulga qadar Ochiq maʼlumotlar portali negizida quyidagilarni nazarda tutuvchi Milliy maʼlumotlar platformasini ishlab chiqsin:
(a) davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar toʻplamlarini yagona formatlar, klassifikatorlar, identifikatorlar va metamaʼlumotlar talablari asosida bosqichma-bosqich integratsiya qilish;
(b) ochiq maʼlumotlar, maʼmuriy maʼlumotlar, egasizlantirilgan 50 ta mikromaʼlumot va sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish uchun yaroqli maʼlumotlar toʻplamlarini joylashtirish, ularni yangilab borish va sifatini nazorat qilishni yoʻlga qoʻyish;
(v) BI-tahlil, mashinaviy oʻqitish, API-servislar, maʼlumotlarni kataloglash, versiyalash va foydalanuvchilar uchun qulay maʼlumot almashinuvi vositalarini joriy etish;
(g) maʼlumotlardan xavfsiz foydalanish, maxfiylikni taʼminlash va maʼlumotlarni egasizlantirish jarayonlarini tashkil etish;
(d) maʼlumotlar savdosi va almashinuvini nazarda tutuvchi maʼlumotlar birjasini tashkil etish.
12. Qoʻmita xalqaro va mahalliy malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2027-yil 1-iyulga qadar quyidagi maqsadli modullarni oʻz ichiga olgan “Maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv maktabi” malaka oshirish tizimini joriy etsin:
(a) vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari uchun — maʼmuriy maʼlumotlar sifati, metamaʼlumotlar, maʼlumotlarni boshqarish hamda maqsadli dasturlar va loyihalar natijadorligini tahlil qilishda maʼlumotlardan foydalanish;
(b) statistika organlari xodimlari uchun — raqamli statistika, maʼlumotlar sifati, maʼmuriy va muqobil maʼlumotlar, sunʼiy intellekt, maʼlumotlar ilmi, geofazoviy maʼlumotlar va raqamli tahlil;
(v) biznes vakillari uchun — biznes-tahlil, bozorni baholash, raqobat muhitini tahlil qilish, investitsiya va biznes-rejalashtirishda maʼlumotlardan keng foydalanish;
(g) OAV vakillari, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa foydalanuvchilar uchun — maʼlumotlar savodxonligi, tadqiqotlarda maʼlumotlardan foydalanish va ularni toʻgʻri talqin qilish, maʼlumotlar jurnalistikasi, vizualizatsiya va tahliliy kontent tayyorlash.
Bunda malaka oshirish kurslari raqamli platforma orqali masofaviy hamda anʼanaviy va masofaviy oʻqitishni birlashtirgan holda tashkil etiladi.
13. Davlat organlari va tashkilotlari 2027-yil 1-sentabrdan boshlab maʼmuriy maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash bilan shugʻullanuvchi tegishli xodimlarini “Maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv maktabi” malaka oshirish tizimi kurslarida ikki yilda kamida bir marta majburiy tarzda oʻqitish choralarini koʻrsin.
14. Qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi milliy statistika tizimi uchun yuqori malakali kadrlarni nufuzli xorijiy universitetlarning bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha jamgʻarma mablagʻlari hisobidan maqsadli tayyorlashni tashkil etsin. Bunda:
(a) taʼlim yoʻnalishlari va yillik maqsadli kvotalar Qoʻmitaning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji yuzasidan asoslangan takliflari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovi kvotalari doirasida Jamgʻarma Boshqaruv kengashi tomonidan tasdiqlansin hamda nomzodlarni saralash va taʼlim xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda amalga oshirilsin;
(b) taʼlim dasturlarini tamomlagan mutaxassislar shartnomada belgilangan muddat davomida Qoʻmita tizimida ishlab berishi hamda egallagan bilim va koʻnikmalarini amaliyotga joriy etishi taʼminlansin.
VI. Statistik kuzatuvlar va baholashlarni oʻtkazish hamda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish
15. Qoʻmita 2027-yil yakuniga qadar roʻyxatga olish natijasida yangilangan toʻplamlar asosida Statistika dasturi va “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy va uy-joy xoʻjaliklari kuzatuvlarini tashkil etishni taʼminlasin.
16. Qoʻmita, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi statistika maʼlumotlarini tayyorlashda xalqaro standartlar va kodekslarga rioya etilishi yuzasidan 2027-2028-yillarda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan baholash (ROSC Assessment) oʻtkazilishini tashkil etsin.
17. Qoʻmita Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(a) 2027-yil 1-iyulga qadar statistika maʼlumotlari, metamaʼlumotlar, klassifikatorlar va koʻrsatkichlar tavsifini sunʼiy intellekt texnologiyalari va vositalari tomonidan avtomatik oʻqish va qayta ishlashga moʻljallangan mashinada oʻqiladigan formatlarda eʼlon qilishni taʼminlasin;
(b) 2027-yildan boshlab statistika maʼlumotlarini tayyorlash bilan bogʻliq jarayonlarda sunʼiy intellekt texnologiyalari va vositalaridan bosqichma-bosqich foydalanish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
18. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Qoʻmita uchun xalqaro andozalar asosida yangi zamonaviy maʼmuriy bino qurish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin. Bunda maʼmuriy binoni qurish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
19. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirish va biznesni roʻyxatga olish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(a) Davlat budjetidan yillik statistika dasturlari hamda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish uchun ajratilgan va iqtisod qilingan mablagʻlar;
(b) Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratilgan imtiyozli qarz mablagʻlari;
(v) xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar grantlari.
20. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
(a) biznesni roʻyxatga olish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini;
(b) qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov va Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. Hamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-sentabr,
PF-190-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoniga
1-ILOVA
“STATISTIKANI RIVOJLANTIRISH — 2030” MILLIY STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) xalqaro ekspertlar tavsiyalari, milliy statistika tizimi boʻyicha global va sohaviy baholashlar hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan oʻtkazilgan maslahatlashuvlar asosida ishlab chiqilgan.
Strategiya statistik maʼlumotlarni tayyorlash, ularni boshqarish va foydalanuvchilar bilan ishlash jarayonlarini yagona strategik yoʻnalishda rivojlantirishni nazarda tutadi.
Mazkur Strategiya 2026 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika sohasini modernizatsiya qilish, milliy statistika tizimini samarali muvofiqlashtirish, statistik maʼlumotlar sifati, ishonchliligi, ochiqligi va foydalanuvchilar uchun amaliy ahamiyatini oshirishga qaratilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Strategiya 2030-yilga qadar Milliy statistika qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan amalga oshiriladigan institutsional, metodologik, raqamli, kadrlar salohiyatini oshirish hamda foydalanuvchilarga yoʻnaltirilgan islohotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Strategiyada rasmiy statistika davlat boshqaruvi, iqtisodiy rejalashtirish, ijtimoiy siyosat, hududiy rivojlanish, Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi, milliy islohotlarni baholash hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashning muhim vositasi sifatida qaraladi.
Strategiya rasmiy statistikani faqat statistik maʼlumotlarni tayyorlash jarayoni sifatida emas, balki davlat organlari, tadqiqotchilar, biznes subyektlari, fuqarolar va xalqaro hamkorlarni ishonchli statistik maʼlumotlar bilan taʼminlaydigan tizim sifatida rivojlantirishni nazarda tutadi.
Mazkur hujjat “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan islohotlarni dalillarga asoslangan holda rejalashtirish, monitoring qilish va baholash, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirish, hududiy va sohaviy rivojlanishni tahlil qilish hamda milliy maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha ishonchli maʼlumotlarni shakllantirish vazifalari bilan bevosita bogʻliq.
Strategiya Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha zarur indikatorlarni shakllantirish, xalqaro hisobdorlikni taʼminlash, koʻrsatkichlarni hududlar, jins, yosh, aholi guruhlari va boshqa muhim yoʻnalishlar kesimida ishlab chiqish hamda “hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik” tamoyilini statistik maʼlumotlar orqali qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Strategiya Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan rasmiy statistika faoliyatining mustaqillik, tushunarlilik va shaffoflik, aniqlik va ishonchlilik, begʻarazlik va xolislik, statistik maxfiylik hamda dolzarblik tamoyillarini amaliy mexanizmlar orqali rivojlantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, Strategiya raqamli transformatsiya, maʼlumotlarni boshqarish, xalqaro standartlar asosida idoralararo maʼlumot almashinuvi, kiberxavfsizlik, shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish, statistik registrlar va maʼlumotlar omborini rivojlantirishga oid islohotlar bilan uygʻun holda amalga oshiriladi.
2-bob. Joriy holat tavsifi
2. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda rasmiy statistika sohasida muhim huquqiy va institutsional oʻzgarishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi va “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi qonunlari, shuningdek, sohaga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida Milliy statistika qoʻmitasining maqomi va vakolatlari mustahkamlandi.
Statistika faoliyatini mustaqil amalga oshirish, maʼlumotlar sifatini taʼminlash, xalqaro standartlarga muvofiqlik va foydalanuvchilar ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan yondashuv uchun zarur huquqiy va tashkiliy asoslar yaratildi.
Milliy statistika qoʻmitasi tizimida 2023-yilda 2 200 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritgan boʻlsa, 2026-yil 1-iyun holatiga ularning soni 1 441 nafarni tashkil etgan. Shundan 265 nafari (18,4%) markaziy apparatda (Maʼlumot uchun: Niderlandiya — 100%, Kanada — 71,0%, Buyuk Britaniya — 66,5%, Moldova — 53,5%), 38 nafari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida, 1 138 nafari hududiy statistika organlarida faoliyat yuritmoqda.
Bu holat statistik ishlab chiqarish hajmi va maʼlumotlarga boʻlgan talab ortib borayotgan sharoitda kadrlar salohiyatini oshirish, jarayonlarni standartlashtirish va avtomatlashtirishni yanada tezlashtirish zaruratini yuzaga keltiradi.
2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida yangi statistik kuzatuvlar joriy etildi, uy xoʻjaliklari va biznes subyektlari boʻyicha tanlanma kuzatuvlar rivojlantirildi, iqtisodiy va ijtimoiy statistika metodologiyalari takomillashtirildi.
Shuningdek, raqamlashtirish boʻyicha bir qator ijobiy natijalarga erishildi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlari bilan ishlash tizimli ravishda yoʻlga qoʻyildi.
2020 — 2025-yillarga moʻljallangan milliy strategiyaning maqsadli yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar rasmiy statistika tizimida sezilarli ijobiy natijalar berdi.
Soʻngi yillarda statistika hisobotlari soni 113 tadan 47 tagacha, xususan, 2025-yilda hisobot shakllari 65 tadan 47 taga, yaʼni 27,6 foizga qisqartirildi.
Tanlanma kuzatuvlar soni 19 tadan 34 tagacha oshib, 78 foizga kengaydi. Statistika uslubiyatlari soni 116 tadan 221 tagacha, yaʼni 90 foizga oshdi, metamaʼlumotlar soni esa 17 tadan 207 tagacha, yaʼni 12 barobarga koʻpaydi.
Bu koʻrsatkichlar anʼanaviy yalpi hisobotlardan tanlanma kuzatuvlar, maʼmuriy va muqobil manbalar, metodologik asoslangan va metamaʼlumotlar bilan qoʻllab-quvvatlangan statistik ishlab chiqarishga oʻtish jarayonini aks ettiradi.
Shuningdek, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari oʻtkazilib, demografik, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy va qishloq xoʻjaligiga oid statistik maʼlumotlarni yangilash uchun muhim axborot bazasi shakllantirildi.
Raqamli transformatsiya yoʻnalishida “Statistika” integratsiyalashgan axborot tizimi orqali 3 mingdan ortiq koʻrsatkichlar foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda, 65 dan ortiq elektron integratsiyalar yoʻlga qoʻyilgan, tizim 3 tilda faoliyat yuritadi va yuklab olishlar soni 85 mingdan oshgan.
E-Stat 4.0 axborot tizimi orqali elektron hisobot topshirish amaliyoti rivojlantirilib, tizim foydalanuvchilari soni 15 ming nafardan 350 ming nafarga yetdi. Tizim bir vaqtning oʻzida 500 mingdan ortiq foydalanuvchi hisobotlarini qabul qilish, hisobotlarni mantiqiy tekshirish imkoniyatiga ega.
Ochiq maʼlumotlar va foydalanuvchilar bilan ishlash sohasida ham amaliy natijalarga erishilgan.
Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy sayti Ochiq maʼlumotlar instituti reytingida “Platinum” darajasini olgan, veb-sayt orqali koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar soni 13 taga yetgan, veb-sayt foydalanuvchilari soni yiliga 730 ming nafarni tashkil etmoqda.
Foydalanuvchilar tarkibida davlat idoralari xodimlari 38 foiz, jismoniy shaxslar 27 foiz, tadbirkorlar 19 foiz, ilmiy tadqiqotchilar 11 foiz va boshqa foydalanuvchilar 5 foizni tashkil etadi.
Portalda 13 mingdan ortiq ochiq maʼlumotlar toʻplami joylashtirilgan, portaldan foydalanuvchilar soni 2026-yilda 650 ming nafarga yetgan. Ochiq maʼlumotlardan foydalanish maqsadlari tarkibida tadqiqot ishlari 35,5 foiz, shaxsiy maqsadlar 27,8 foiz, boshqa maqsadlar 22,4 foiz, ommaviy axborot vositalari 6,4 foiz va ilovalar ishlab chiqish 8,0 foizni tashkil etmoqda.
Bu maʼlumotlar ochiq maʼlumotlardan qayta foydalanish salohiyati mavjudligini, biroq tadqiqotchilar, OAV, biznes va dasturchilar uchun qulay servislarni yanada kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi.
Shu bilan birga milliy statistika tizimida maʼlumotlarni tahlil qilish, biznes-tahlil, sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari infratuzilmasi, metamaʼlumotlar va mikromaʼlumotlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha salohiyatni yanada oshirish zarurati saqlanib qolmoqda.
Milliy statistika qoʻmitasi faqatgina 2 ta mikromaʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilish bilan cheklanib qolmoqda.
Hududiy boʻlinmalarda kadrlar salohiyatini kuchaytirish va ish jarayonlarini standartlashtirish ham alohida eʼtibor talab etadi.
Ayrim statistika maʼlumotlarini tayyorlash jarayonlari hali yetarli darajada maʼmuriy maʼlumotlar bilan integratsiyalashmagan, ularni avtomatlashtirish darajasi turlicha.
Sifatni boshqarish boʻyicha yagona institutsional yondashuvni kuchaytirish, maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanishni kengaytirish, tahliliy va axborot texnologiyalari salohiyatini oshirish dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Xususan, hozirgi kunda faqatgina 60 ta maʼmuriy maʼlumotlarni olish boʻyicha integratsiyalar mavjud. Yiliga 150 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlaridan maʼlumot yigʻiladi, ammo ularni tozalash va tahlil qilish uzoq vaqt talab qiladi, shu sababli sunʼiy intellekt yechimlari birinchi navbatda avtomatlashtirish jarayonlariga joriy qilinadi.
Milliy statistika tizimi tarkibida rasmiy statistikani tayyorlovchilar huquqiy jihatdan belgilangan boʻlsa-da, ularning bu yoʻnalishdagi faoliyatini amaliy muvofiqlashtirish, yagona statistik metodologiya, idoralararo maʼlumot almashinuvi, sifat standartlari va statistika dasturlari doirasida hamkorligini yanada kuchaytirish zarur.
Shuningdek, statistik maʼlumotlardan amalda foydalanish, aholi, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari uchun statistik savodxonlikni oshirish boʻyicha tizimli choralar hali yetarli darajada shakllanmagan.
Natijada rasmiy statistika maʼlumotlarining amaliy qiymati, ulardan tahlil, tadqiqot, jamoatchilik nazorati va dalillarga asoslangan qaror qabul qilishda foydalanish imkoniyatlari toʻliq namoyon boʻlmayapti.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, ochiq maʼlumotlar ekotizimini rivojlantirish, E-Stat 4.0, GPS texnologiyalari, SIAT portali, SDMX boʻyicha sinov ishlari va xalqaro baholashlar milliy statistika tizimini modernizatsiya qilish uchun mustahkam asos yaratdi. Endilikda ushbu yutuqlarni izchil, natijaga yoʻnaltirilgan va barqaror institutsional oʻzgarishlarga aylantirish talab etiladi.
Mavjud muammolar sabab-oqibat tahlili quyidagicha baholanadi.
Birinchidan, ayrim statistik jarayonlar maʼmuriy maʼlumotlar bilan yetarli darajada integratsiyalashmagani va avtomatlashtirish darajasining turlichaligi bir xil maʼlumotlarni qayta yigʻish, respondentlar yukining saqlanib qolishi va maʼlumotlarni qayta ishlash muddatlarining uzayishiga olib keladi. Ushbu muammoning xavf darajasi yuqori.
Ikkinchidan, sifatni boshqarish boʻyicha yagona institutsional yondashuv va barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilarni qamrab oladigan audit amaliyoti yetarlicha mustahkamlanmagani maʼlumotlar izchilligi, taqqoslanuvchanligi va foydalanuvchilar ishonchiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ushbu muammoning xavf darajasi yuqori.
Uchinchidan, metamaʼlumotlar, mikromaʼlumotlardan xavfsiz foydalanish, maʼlumotlar maxfiyligi, shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlik boʻyicha mexanizmlarning yetarli darajada rivojlanmagani tadqiqot salohiyatini cheklaydi hamda maʼlumotlar xavfsizligiga oid reputatsion va huquqiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu muammoning xavf darajasi yuqori.
Toʻrtinchidan, statistik maʼlumotlardan foydalanish, ochiq maʼlumotlarni qayta ishlatish, aholi va ommaviy axborot vositalari vakillarining statistik savodxonligi boʻyicha tizimli choralar yetarli emasligi rasmiy statistikaning amaliy qiymati va jamoatchilik ishonchini toʻliq namoyon qilishga toʻsqinlik qiladi. Ushbu muammoning xavf darajasi oʻrta.
Beshinchidan, maʼlumotlar tahlili, biznes-tahlil, sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari, geofazoviy tahlil, metamaʼlumotlar va sifatni boshqarish boʻyicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish zarur. Bu salohiyat yetarli boʻlmaganda yangi statistik koʻrsatkichlar, eksperimental statistika, raqamli iqtisodiyot, yashil iqtisodiyot, gender va hududiy koʻrsatkichlarni ishlab chiqish surʼati cheklanadi. Ushbu muammoning xavf darajasi yuqori.
Shu sababli 2026 — 2030-yillarda asosiy vazifa mavjud yutuqlarni alohida tashabbuslar darajasida qoldirmasdan, ularni maʼlumotlar sifati, xavfsizligi, raqamli integratsiya, resurslar taqsimoti, foydalanuvchilar bilan ishlash va natijalarni monitoring qilishga asoslangan barqaror institutsional oʻzgarishlarga aylantirishdan iborat.
Jahon bankining Statistika samaradorligi indeksi (SPI) milliy statistika tizimining institutsional salohiyati, maʼlumotlar sifati, ochiqligi, foydalanuvchilarga yoʻnaltirilganligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini baholashda muhim xalqaro mezon hisoblanadi.
2025-yil natijalariga koʻra, Oʻzbekiston ushbu indeksda 81,5 ball bilan 62-oʻrinni egallagan boʻlib, bu milliy statistika tizimida soʻnggi yillarda ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilganini koʻrsatadi. Strategiya doirasida 2030-yilga qadar Oʻzbekistonni SPI indeksida yuqori natijaga erishgan top-50 ta davlat qatoriga kiritish maqsad qilinmoqda.
3-bob. Strategiyaning maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
3. Strategiya maqsadiga erishish institutsional islohotlar, statistik metodologiyani takomillashtirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish, maʼmuriy va muqobil maʼlumotlar manbalaridan samarali foydalanish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda foydalanuvchilar bilan ochiq muloqotni oʻzaro bogʻliq holda amalga oshirishni talab etadi.
Ushbu maqsad va yoʻnalishlar “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari, rasmiy statistika sohasidagi milliy qonunchilik, raqamli davlat boshqaruvi va maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uygʻun holda belgilanadi.
Bu milliy rivojlanish maqsadlarini ishonchli statistik maʼlumotlar bilan taʼminlash, tarmoqlar va hududlar kesimida natijalarni baholash hamda xalqaro taqqoslanuvchanlikni oshirishga xizmat qiladi.
Strategiyaning har bir ustuvor yoʻnalishi yuqori darajadagi strategik rejalashtirish hujjatlari bilan oʻzaro muvofiq, bir-birini toʻldiruvchi va natijaga yoʻnaltirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Strategiyaning asosiy maqsadi — 2030-yilga qadar ishonchli, zamonaviy, moslashuvchan, foydalanuvchilar ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan hamda xalqaro standartlarga muvofiq milliy statistika tizimini shakllantirish.
Strategiya Oʻzbekistonda inklyuziv va barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun yuqori sifatli statistik maʼlumotlar va maʼlumotlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etadigan ishonchli milliy statistika tizimini rivojlantirishga qaratilgan.
Taʼsir koʻrsatkichi (Impact): 2030-yilga qadar Jahon bankining Statistika samaradorligi indeksida Oʻzbekistonni top-50 ta davlat qatoriga kiritish.
Mazkur Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasini Jahon bankining Statistika samaradorligi indeksida eng yuqori natijaga erishgan top-50 ta davlat qatoriga kiritishga erishiladi. Ushbu koʻrsatkich milliy statistika tizimining institutsional salohiyati, maʼlumotlar sifati, ochiqligi, foydalanuvchilarga yoʻnaltirilgani va xalqaro standartlarga muvofiqligini baholashda asosiy yakuniy natija mezoni sifatida xizmat qiladi.
4. Strategiyaning asosiy maqsadiga erishishda strategik yoʻnalishlardan kelib chiqib, quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1-vazifa: Milliy statistika tizimini muvofiqlashtirish, barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilar uchun aniq boshqaruv mexanizmlari, standartlar va sifat kafolatlarini belgilash.
Natija koʻrsatkichlari:
2030-yilgacha rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarini 100 foiz audit bilan qamrab olish (2025-yilda audit oʻtkazilmagan).
2-vazifa: statistika sohalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.
Natija koʻrsatkichlari: foydalanuvchilar ehtiyoji asosida yangilangan metodologiyalar ulushini 75 foizga yetkazish (2025-yilda 10 foiz).
3-vazifa: raqamlashtirish, “aqlli” soʻrovlar, registrlar va maʼmuriy maʼlumotlar orqali uy xoʻjaliklari va biznes uchun hisobot yukini kamaytirish.
Natija koʻrsatkichlari: 2030-yilgacha statistika hisoboti shakllari sonini 38 taga tushirish (2026-yil 1-yanvar holatiga 47 ta statistika hisoboti).
4-vazifa: hududiy va sohaviy rivojlanishni hamda gender jihatlarni monitoring qilish uchun batafsil maʼlumotlarni taqdim etish.
Natija koʻrsatkichlari:
2030-yilgacha muntazam eʼlon qilinadigan koʻp oʻlchamli indikatorlar toʻplamlari sonini 10 taga yetkazish (2025-yilda 1 ta).
5-vazifa: maʼmuriy, geofazoviy, mobil va boshqa muqobil maʼlumotlar manbalaridan xavfsiz va sifatli foydalanishni kengaytirish.
Natija koʻrsatkichlari:
rasmiy statistikada muntazam qoʻllanadigan maʼmuriy maʼlumotlar manbalarini 100 taga yetkazish (2025-yilda 60 ta).
6-vazifa: eksperimental statistikani ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarishga bosqichma-bosqich integratsiya qilish uchun asos yaratish.
Natija koʻrsatkichlari:
ishlab chiqilgan va sinovdan oʻtkazilgan eksperimental statistika maʼlumotlari sonini 5 taga yetkazish (2025-yilda mavjud emas).
7-vazifa: rasmiy statistikaning tezkorligi, aniqligi va tahliliy qiymatini zamonaviy metodlar, maʼlumotlar ilmi va sunʼiy intellektdan foydalanish orqali oshirish.
Natija koʻrsatkichlari:
2030-yilgacha sunʼiy intellekt va maʼlumotlar ilmi asosida joriy etilgan pilot va ishlab chiqarish yechimlari sonini 5 taga yetkazish (2025-yilda mavjud emas).
8-vazifa: zamonaviy tarqatish vositalari, infografika, maʼlumotlar savodxonligi va foydalanuvchilar bilan muloqotni kuchaytirish.
Natija koʻrsatkichlari:
foydalanuvchilar qanoat hosil qilishi va rasmiy statistikaga ishonchi darajasini kamida 80 foizga yetkazish (2026-yil uchun bazaviy koʻrsatkich aniqlanadi).
9-vazifa: ochiq maʼlumotlar, maʼlumotlardan qayta foydalanish ekotizimi va foydalanuvchilar uchun raqamli xizmatlarni rivojlantirish.
Natija koʻrsatkichlari:
Xalqaro ochiq maʼlumotlar reytingi (ODIN)da Oʻzbekistonning koʻrsatkichini 86 ballga yetkazish (2024-yilda 83 ball).
10-vazifa: xalqaro hamkorlikni kengaytirish va kadrlar salohiyatini oshirish.
Natija koʻrsatkichlari:
2030-yilgacha xalqaro oʻquv dasturlari, trening va seminarlarda 175 nafar xodim malakasini oshirish (2025-yil holatiga 50 nafar, 2026-yildan boshlab har yili 25 nafardan).
Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatining maʼlumotlar tahlili boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlgan xodimlari ulushini 60 foizga yetkazish (2025-yilda 20 foiz).
4-bob. Ochiq maʼlumotlarni rivojlantirish
5. Ochiq maʼlumotlar rasmiy statistikaning shaffofligi, foydalanuvchilar uchun qulayligi va amaliy ahamiyatini oshirishda muhim yoʻnalish hisoblanadi. Strategiya doirasida maʼlumotlarni nafaqat ochiq, balki qayta foydalanishga qulay, mashinada oʻqiladigan, tushunarli va ishonchli shaklda taqdim etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ushbu yoʻnalishning asosiy maqsadi ochiq maʼlumotlardan davlat organlari, tadqiqotchilar, biznes, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilik tomonidan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Ochiq maʼlumotlar dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish, islohotlar natijalarini baholash, hududiy tahlil va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Strategiya doirasida ochiq maʼlumotlar qamrovi bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Jumladan, hududlar kesimidagi koʻrsatkichlar, vaqt qatorlari, maʼmuriy maʼlumotlar asosida shakllantirilgan statistika, yuqori talabga ega maʼlumotlar toʻplamlari va foydalanuvchilar uchun muhim boʻlgan boshqa axborotlar ochiq formatlarda taqdim etiladi. Maʼlumotlarni eʼlon qilishda sifat, dolzarblik, taqqoslanuvchanlik va foydalanish qulayligi asosiy mezonlar sifatida qaraladi.
Ochiq maʼlumotlardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida Ochiq maʼlumotlar portali va boshqa raqamli platformalar orqali statistik maʼlumotlarni yagona, qulay va integratsiyalashgan tarzda taqdim etish ishlari davom ettiriladi.
Strategiyada ochiq maʼlumotlarni tarqatishning zamonaviy vositalarini joriy etishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Interaktiv panellar, vizualizatsiyalar, infografikalar va amaliy dasturiy interfeyslar foydalanuvchilarga maʼlumotlarni tez topish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beradi. Shu bilan birga tadqiqot va tahlil maqsadlarida anonimlashtirilgan mikromaʼlumotlardan xavfsiz foydalanish mexanizmlari bosqichma-bosqich rivojlantiriladi.
Milliy statistika qoʻmitasi ochiq maʼlumotlardan foydalanuvchilar jamoasini shakllantirish va ular bilan muntazam muloqotni kuchaytirishga ham eʼtibor qaratadi. Universitetlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati, biznes va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda maʼlumotlardan foydalanish madaniyatini oshirish, statistik savodxonlikni rivojlantirish va rasmiy statistikaga boʻlgan ishonchni mustahkamlash boʻyicha ishlar olib boriladi.
2030-yilga borib ochiq maʼlumotlar ekotizimi yanada rivojlanadi, statistik maʼlumotlar foydalanuvchilar uchun qulay, tushunarli va qayta ishlashga tayyor shaklda taqdim etiladi. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari soni va sifati oshadi, mikromaʼlumotlardan xavfsiz foydalanish imkoniyatlari kengayadi hamda rasmiy statistikadan amalda foydalanish darajasi yuqori bosqichga koʻtariladi.
5-bob. Milliy statistika tizimi ishtirokchilari va ularning roli
6. Strategiyaning maqsadli auditoriyasi rasmiy statistika maʼlumotlarini ishlab chiquvchi, taqdim etuvchi, boshqaruv qarorlarida foydalanuvchi hamda jamoatchilik nazorati, tadqiqot va tahlil jarayonlarida qoʻllovchi barcha subyektlarni qamrab oladi.
Maqsadli auditoriya bilan ishlashda foydalanuvchilar ehtiyojlarini muntazam oʻrganish, statistik mahsulotlarni tushunarli va qulay shaklda taqdim etish, maʼlumotlardan xavfsiz va samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, statistik savodxonlikni oshirish asosiy yondashuv hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, milliy statistika tizimi ishtirokchilari faqat maʼlumot tayyorlovchi yoki foydalanuvchi sifatida emas, balki maʼlumotlar sifati, ulardan foydalanish samaradorligi va dalillarga asoslangan qaror qabul qilish jarayonining oʻzaro bogʻliq ishtirokchilari sifatida qaraladi.
Quyidagi har bir ishtirokchilarning roli ularning maʼlumotlar bilan ishlashdagi funksiyasi, ehtiyoji va masʼuliyatidan kelib chiqib belgilanadi:
davlat organlari va tashkilotlari — ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, tarmoq va hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, budjetlashtirish, islohotlar natijadorligini baholash hamda dalillarga asoslangan qaror qabul qilish uchun ishonchli statistik maʼlumotlardan foydalanadi;
rasmiy statistika tayyorlovchilari — yagona statistik metodologiya, klassifikatorlar, metamaʼlumotlar, eʼlon qilish taqvimi va xalqaro standartlar asosida statistik mahsulotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
maʼmuriy maʼlumotlar egalari — maʼmuriy maʼlumotlar sifatini taʼminlash, ularni statistik maqsadlarda foydalanishga yaroqli holda taqdim etish, idoralararo maʼlumot almashinuvi va maʼlumotlarni boshqarish talablariga rioya etish boʻyicha hamkorlik qiladi;
tadbirkorlik subyektlari — hisobot yukini kamaytirish, biznesni roʻyxatga olish, statistik registrlar va maʼmuriy maʼlumotlar asosida maʼlumot taqdim etish jarayonlarini soddalashtirishdan manfaatdor hisoblanadi;
ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari va ekspertlar — tahlil, tadqiqot, prognozlash, modellashtirish va innovatsion statistik metodlarni sinovdan oʻtkazishda rasmiy statistika maʼlumotlaridan foydalanadi;
ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari — statistik maʼlumotlarni jamoatchilikka toʻgʻri, xolis va tushunarli yetkazish, ochiqlik va hisobdorlikni taʼminlashda ishtirok etadi;
aholi va keng jamoatchilik — ochiq maʼlumotlar, interaktiv dashbordlar, raqamli xaritalar, vizual materiallar va statistik savodxonlik dasturlari orqali statistik maʼlumotlardan foydalanadi;
xalqaro tashkilotlar va hamkorlar — xalqaro taqqoslanuvchan statistik maʼlumotlardan foydalanish, texnik koʻmak, xalqaro baholashlar va standartlarni joriy etishda hamkorlik qiladi.
Maqsadli auditoriya segmentlari bilan ishlashda har bir guruhning maʼlumotlarga boʻlgan ehtiyoji, foydalanish darajasi, texnik imkoniyatlari va statistik savodxonligi inobatga olinadi. Ushbu yondashuv rasmiy statistika maʼlumotlarining amaliy qiymatini oshirish, foydalanuvchilar ishonchini mustahkamlash va statistika tizimining jamiyatdagi ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
6-bob. Strategiyani amalga oshirish boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar
7. Strategiyani amalga oshirish ilovaga muvofiq chora-tadbirlar dasturi asosida tashkil etiladi.
Strategiyani amalga oshirish boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar belgilangan maqsad va asosiy yoʻnalishlarni amaliy natijalarga aylantirishga qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlar institutsional boshqaruv, statistik metodologiya va raqamli infratuzilmani rivojlantirish, maʼlumotlar manbalari va foydalanuvchilar bilan aloqalarni kengaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlik yoʻnalishlarini qamrab oladi.
Chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab boshqaruv, muvofiqlashtirish va metodologik asoslar mustahkamlanadi, keyin ustuvor sohalarda zamonaviy yondashuvlar keng joriy etiladi, yakuniy bosqichda esa islohotlar milliy statistika tizimining doimiy amaliyotiga integratsiya qilinadi.
8. Strategiyani amalga oshirish quyidagi uch bosqichda tashkil etiladi:
2026-yil — asoslarni yaratish bosqichi.
Ushbu bosqichda tashkiliy-huquqiy asoslar yaratiladi, sifatni taʼminlash, statistik kuzatuvlarni takomillashtirish hamda maʼmuriy maʼlumotlarni integratsiya qilish boʻyicha asosiy mexanizmlar shakllantiriladi.
2027-2028-yillar — kengaytirish bosqichi.
Ushbu davrda ustuvor statistika sohalarini modernizatsiya qilish, maʼmuriy maʼlumotlar va muqobil maʼlumotlar manbalaridan foydalanishni kengaytirish, takrorlanuvchi hisobot shakllarini bosqichma-bosqich qisqartirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda raqamlashtirish loyihalari amalga oshiriladi.
2029-2030-yillar — mustahkamlash bosqichi.
Ushbu bosqichda islohotlar statistika amaliyotiga toʻliq integratsiya qilinadi, yaʼni uzluksiz takomillashtirish mexanizmlari joriy etiladi, sinov loyihalari natijalari baholanadi hamda samarali yechimlar asosiy statistik ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etiladi.
7-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
9. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar milliy statistika tizimining nafaqat texnik va institutsional rivojlanishini, balki uning davlat boshqaruvi, jamiyat, biznes va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun amaliy qiymatini ham aks ettiradi.
Mazkur natijalarning barqarorligi islohotlarning amaliy jarayonlarga izchil joriy etilishi, kadrlar salohiyatini oshirish, resurslarni maqsadli yoʻnaltirish hamda foydalanuvchilar bilan doimiy muloqotni taʼminlashga bogʻliq boʻladi.
2030-yilga qadar Strategiyani amalga oshirish natijasida quyidagi asosiy natijalarga erishish nazarda tutiladi:
milliy statistika tizimi yagona standartlar, umumiy sifat talablari va samarali muvofiqlashtirish mexanizmlari asosida faoliyat yuritishi taʼminlanadi;
rasmiy statistikaning sifati, tezkorligi, ishonchliligi va xalqaro taqqoslanuvchanligi oshadi;
maʼmuriy va muqobil maʼlumotlar manbalari, tanlanma kuzatuvlar va statistik registrlar asosida koʻp manbali statistik ishlab chiqarish kengaytiriladi;
biznes uchun hisobot yuki sezilarli darajada kamaytiriladi;
aholi, biznes va boshqa statistik registrlar rasmiy statistika ishlab chiqarishning tayanch manbalariga aylanadi;
statistik maʼlumotlarni tarqatishning ochiq, zamonaviy va foydalanuvchilar uchun qulay vositalari orqali maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi;
mikromaʼlumotlardan xavfsiz foydalanish, metamaʼlumotlar va sifat hisobotlarini rivojlantirish orqali ilmiy-tahliliy faoliyat uchun zarur imkoniyatlar kengaytiriladi;
statistika xodimlari, maʼlumotlar tahlilchilari va axborot texnologiyalari mutaxassislarining kasbiy salohiyati mustahkamlanadi;
Oʻzbekiston statistik innovatsiyalar, salohiyatni oshirish va mintaqaviy hamkorlik markazi sifatida shakllanadi;
rasmiy statistika davlat organlari, fuqarolar, biznes subyektlari, tadqiqotchilar va xalqaro hamkorlar tomonidan ishonchli, ochiq va jamoat manfaatiga xizmat qiluvchi muhim axborot manbai sifatida eʼtirof etiladi.
Shuningdek, Strategiya doirasida zamonaviy davlat boshqaruvi va foydalanuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqib, statistik koʻrsatkichlar qamrovi bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Bunda raqamli iqtisodiyot, yashil iqtisodiyot, hududiy rivojlanish, gender tenglik, ijtimoiy himoya, mehnat bozori, migratsiya, atrof-muhit, innovatsiyalar, maʼmuriy va muqobil maʼlumotlar manbalari asosida shakllantiriladigan yangi statistik yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatkichlar ishlab chiqiladi. Yangi koʻrsatkichlarni joriy etishda ularning dolzarbligi, xalqaro taqqoslanuvchanligi, metodologik asoslanganligi va foydalanuvchilar uchun amaliy ahamiyati asosiy mezon sifatida belgilanadi.
8-bob. Strategiyani amalga oshirishdagi ehtimoliy xavf-xatarlar va ularni yumshatish
10. Xavf-xatarlarni boshqarish Strategiyani amalga oshirishning alohida yordamchi elementi sifatida emas, balki har bir ustuvor yoʻnalishning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Milliy statistika qoʻmitasi xavf-xatarlar, oʻzaro bogʻliq jarayonlar va amalga oshirishdagi toʻsiqlarni muntazam monitoring qilib boradi.
Xavf-xatarlarni yumshatish amalga oshirish rejalari, resurslarni maqsadli yoʻnaltirish, kadrlar salohiyatini oshirish, texnik yordamni muvofiqlashtirish, maʼlumotlar sifati auditi hamda foydalanuvchilar bilan ochiq muloqot orqali qoʻllab-quvvatlanadi.
Strategiyani amalga oshirish jarayonida quyidagi asosiy xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin:
Institutsional xavflar:
muvofiqlashtirish yetarli darajada boʻlmasligi;
malakali kadrlarni saqlab qolish va oʻzgarishlarga moslashishdagi qiyinchiliklar;
Yumshatish choralari:
milliy statistika tizimi ishtirokchilari oʻrtasida muvofiqlashtirishni kuchaytirish, masʼul ijrochilar va muddatlarni aniq belgilash, shuningdek, xodimlarni qayta tayyorlash, motivatsiya qilish va institutsional bilimlarni saqlash choralari amalga oshiriladi.
Iqtisodiy xavflar:
moliyaviy va inson resurslarining cheklanganligi;
Yumshatish choralari:
mavjud moliyaviy va inson resurslari ustuvor yoʻnalishlarga maqsadli yoʻnaltiriladi, davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari, grantlar va texnik koʻmak mablagʻlari bosqichma-bosqich jalb qilinadi hamda ulardan samarali foydalanish taʼminlanadi.
Texnologik va axborot xavflari:
raqamli transformatsiya jarayonlarida kechikishlar;
maʼmuriy maʼlumotlar sifatining yetarli darajada boʻlmasligi;
maxfiylik va maʼlumotlar almashinuvi bilan bogʻliq xavflar;
Yumshatish choralari:
Axborot tizimlarini modernizatsiya qilish, maʼmuriy maʼlumotlar almashinuvini yagona formatlar va sifat talablari asosida yoʻlga qoʻyish, shuningdek, statistik maxfiylik, shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish, kiberxavfsizlik mexanizmlari kuchaytiriladi.
Xavf xatarlarni oldindan aniqlash, baholash, monitoring qilish va yumshatish islohotlarning izchilligi va barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
9-bob. Strategiyani amalga oshirishning resurs va moliyaviy taʼminoti
11. Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalarni toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun moliyaviy, moddiy-texnik va inson resurslaridan foydalanishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
Strategiya doirasidagi islohotlar va loyihalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Davlat budjeti mablagʻlari:
har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlari doirasida sohaviy vazirlik va idoralarga ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari grantlari;
Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli qarzi;
Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari;
BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning statistika sohasini rivojlantirishga va salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan grant mablagʻlari.
Shu bilan birga Strategiyani amalga oshirish milliy statistika tizimi ishtirokchilarining institutsional resurslari, rivojlanish boʻyicha hamkorlar koʻmagi, texnik yordam, loyiha asosida moliyalashtirish va xalqaro hamkorlikning boshqa vositalari orqali qoʻllab-quvvatlanadi.
Moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning shaffofligini taʼminlash maqsadida:
barcha xarajatlar va moliyaviy koʻrsatkichlar raqamli platformadagi ochiq boshqaruv tizimida aks ettiriladi;
jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha har yillik auditorlik va ekspertlik xulosalari eʼlon qilib boriladi.
Resurslardan foydalanish Strategiya ustuvor yoʻnalishlari, amalga oshirish bosqichlari, natija koʻrsatkichlari va texnik yordamni muvofiqlashtirish mexanizmlari asosida tashkil etiladi.
10-bob. Strategiyani amalga oshirishni monitoring qilish va hisobdorlik tartibi
12. Strategiya ijrosini monitoring qilish qonuniylik, xolislik, ochiqlik va ishonchlilik tamoyillari asosida Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — Raqamli platforma) hamda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Monitoring va hisobot berish mexanizmi:
Milliy statistika qoʻmitasi Strategiya va “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining (keyingi oʻrinlarda — Dastur) bajarilishini muvofiqlashtiradi, umumiy monitoringni amalga oshiradi, umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlaydi, Strategiyaning samarali amalga oshirilishini baholaydi hamda tavsiya va koʻrsatmalarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot (idora) Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni samarali amalga oshiradi va maʼlumotlarini tayyorlaydi hamda hisobotni umumlashtirish uchun muvofiqlashtiruvchi tashkilotga yoʻnaltiradi.
Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot (idora) har bir tadbir boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output) va samaradorlik koʻrsatkichlari (outcome)ning bajarilishi haqida batafsil maʼlumot taqdim etadi.
Hisobotda bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi asoslantiruvchi hujjatlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ishlab chiqilgan metodologiyalar, joriy etilgan axborot tizimlari, oʻtkazilgan tadbirlar, sarflangan resurslar, mavjud muammolar va keyingi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Taqdim etiladigan maʼlumotlar aniq, tekshiriladigan, oʻlchanadigan va belgilangan natija koʻrsatkichlari bilan bogʻlangan boʻlishi zarur.
Milliy statistika qoʻmitasi hisobotni umumlashtirish uchun masʼul tashkilotlardan tegishli maʼlumotlarni qabul qiladi, umumlashtiradi, tahlil qiladi va oʻrganishlar asosida tavsiya va koʻrsatmalarni belgilangan tartibda Raqamli platforma hamda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Har chorak yakuni boʻyicha bevosita natijadorlik (output) va samaradorlik (outcome) koʻrsatkichlari ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot davri soʻnggi oyining 25-sanasiga qadar Raqamli platforma hamda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Har yil yakuni boʻyicha taʼsir koʻrsatkichlari (impact) ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot davri soʻnggi oyining 25-sanasiga qadar Raqamli platforma hamda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi.
Shuningdek, monitoring natijalar dashbordi, amalga oshirish rejasi, samaradorlik koʻrsatkichlari, hisobotlar va muhokamalar orqali amalga oshiriladi.
Monitoring jarayoni “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlari va samaradorlik koʻrsatkichlarini kuzatish tizimi, Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlari hamda rasmiy statistika sohasidagi milliy koʻrsatkichlar bilan uygʻunlashtiriladi. Bu Strategiya natijalarini yuqori darajadagi strategik maqsadlarga qoʻshgan hissasi nuqtai nazaridan baholash imkonini beradi.
11-bob. Strategiyani amalga oshirish samaradorligini baholash mexanizmi
13. Strategiyani amalga oshirish samaradorligi ichki va tashqi baholashlar orqali belgilangan natija koʻrsatkichlari, amalga oshirish bosqichlari va kutilayotgan natijalar asosida tashkil etiladi. Tashqi baholashlar Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oraliq baholashlar islohotlarning amalga oshirilish surʼati, resurslardan foydalanish holati, xavf-xatarlar va erishilgan natijalarni tahlil qilishga xizmat qiladi. Ushbu baholashlar asosida zarur tuzatish choralari belgilanadi hamda amalga oshirish jarayonlarining izchilligi taʼminlanadi.
Yakuniy baholash 2030-yilga qadar amalga oshirilgan islohotlarning rasmiy statistika sifati, tezkorligi, foydalanuvchilar ishonchi, statistik maʼlumotlardan amalda foydalanish darajasi va institutsional barqarorlikka taʼsirini aniqlashga qaratilgan boʻladi. Shuningdek, unda Strategiyaning asosiy maqsadlari qay darajada bajarilgani, qaysi tashabbuslar amaliyotga mustahkam joriy etilgani hamda keyingi davr uchun zarur ustuvor yoʻnalishlar baholanadi.
Baholash natijalari chora-tadbirlar dasturlarini yangilash, texnik yordamni qayta yoʻnaltirish, statistik metodologiya va statistik maʼlumotlarni eʼlon qilish amaliyotini takomillashtirish, foydalanuvchilar bilan ishlashni kuchaytirish hamda milliy statistika tizimi boshqaruvini yanada rivojlantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Mazkur Strategiya 2026 — 2030-yillarda Oʻzbekistonda rasmiy statistikani yangi bosqichga olib chiqish, uni davlat boshqaruvi, jamiyat, biznes va foydalanuvchilar uchun ishonchli, tezkor va amaliy ahamiyatga ega axborot manbaiga aylantirishga xizmat qiladi.
Strategiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Milliy statistika qoʻmitasi, rasmiy statistikani tayyorlovchilar, davlat organlari va tashkilotlari, rivojlanish boʻyicha hamkorlar, akademik doiralar, biznes subyektlari hamda foydalanuvchilar hamjamiyatining oʻzaro hamkorligi va muvofiqlashtirilgan faoliyatiga bogʻliq.
Mazkur Strategiya Oʻzbekistonda dalillarga asoslangan davlat boshqaruvi, islohotlar monitoringi, xalqaro hisobdorlik, ochiq maʼlumotlar va jamoatchilik ishonchi uchun mustahkam asosni yaratadi.
“Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasiga
ILOVA
“Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining maqsadi va samaradorlik koʻrsatkichi:

96-Maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish.

Strategiyaning umumlashgan hisoboti uchun masʼul tashkilot

Milliy statistika qoʻmitasi

Strategiyaning maqsadi:

2030-yilga qadar ishonchli, zamonaviy, moslashuvchan, foydalanuvchiga yoʻnaltirilgan va xalqaro standartlarga muvofiq milliy statistika tizimini shakllantirish.

Strategiyaning taʼsir koʻrsatkichlari (impact)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

1.

Jahon bankining Statistika samaradorligi indeksi (SPI)da Oʻzbekistonni top-50 ta davlat qatoriga kiritish

Oʻrin

Jahon bankining Statistika samaradorligi indeksi metodologiyasi asosida

2025-yil 62 oʻrin

2026-yil — 58 oʻrin,

2027-yil — 55 oʻrin,

2028-yil — 53 oʻrin,

2029-yil — 52 oʻrin

2030-yil — 50 oʻrin

Milliy statistika qoʻmitasi

(Jahon banki maʼlumotlari asosida)

Hisobot yili uchun keyingi yilning dekabr oyida

(yillik)

2.

Strategiyaning 1-vazifasi:

Milliy statistika tizimini muvofiqlashtirish, barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilar uchun aniq boshqaruv mexanizmlari, standartlar va sifat kafolatlarini belgilash

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

2.1

Rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarini statistik audit bilan qamrab olish

Birlik

Audit oʻtkazilgan tashkilotlar soni (kumulyativ) / rasmiy statistikani boshqa tayyorlovchilari jami soni ×100

2025-yilda audit oʻtkazilmagan

2026-yil — 20%, 2027-yil — 40%, 2028-yil — 60%, 2029-yil — 80%

2030-yil — 100%

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytidagi yil davomida oʻtkazilgan auditlar boʻyicha hisoboti,

Milliy statistika qoʻmitasi,

rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari

Har yili dekabr

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbai

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

2.2

Rasmiy statistikani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi namunaviy qonun talablari, muqobil maʼlumotlardan foydalanish va maʼlumotlarni boshqarish tamoyillari yangi qonun loyihasida aks ettiriladi

Hujjat

Amaldagi qonunchilik “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi namunaviy qonun va muqobil maʼlumotlardan foydalanish talablarini toʻliq qamrab olmagan

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasi

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari

Milliy statistika qoʻmitasi

2028-yil dekabr

2.3

Rasmiy statistika tayyorlovchilarida sifat boʻyicha oʻzini baholash tizimini yoʻlga qoʻyish

Barcha rasmiy statistika tayyorlovchilari oʻzini baholash tizimini yoʻlga qoʻyadi

Baholash/audit

Maʼlumotlar sifati boʻyicha oʻzini baholash tizimi yoʻlga qoʻyilmagan

Har yili sifat baholash hisobotlari shakllantiriladi

Budjet va texnik koʻmak

Barcha rasmiy statistika tayyorlovchilar, Milliy statistika qoʻmitasi

Rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining sifat hisobotlari

2028-yil martdan boshlab

2.4

Milliy statistika qoʻmitasi tuzilmasini xalqaro tajriba asosida yangilash

Funksiyalari qayta taqsimlanib, metodologiya, sifat, registrlar, metamaʼlumotlar, AT va foydalanuvchilar bilan ishlash boʻyicha masʼuliyatlar aniq belgilanadi

Hujjat

Tuzilma va funksiyalar zamonaviy statistika ishlab chiqarish talablariga moslashtirishni talab etadi

Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

2027-yil yanvar

2.5

Davlat organlari uchun maʼmuriy maʼlumotlar sifati va standartlari boʻyicha oʻquv dasturlarini joriy etish

Davlat organlari xodimlari maʼlumotlar standarti boʻyicha tayyorlanadi

Davlat organi

Davlat organlari uchun tizimli oʻquv dasturlari tashkil qilinmagan

20 ta davlat organi qamrab olinadi

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlik va idoralar,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining rasmiy veb-sayti

2027-yil yanvar — 2030-yil dekabr

2.6

Ustuvor maʼmuriy maʼlumotlar toʻplamlari pasportlarini shakllantirish

Maʼmuriy toʻplamlar statistik foydalanishga tayyor holga keltiriladi

Foiz

Amalda maʼmuriy maʼlumotlar toʻplamlarining toʻliq metamaʼlumotlarga ega pasportlari mavjud emas

80% ustuvor maʼlumotlar toʻplamlari pasportlanadi

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

maʼmuriy maʼlumot yetkazib beruvchilar

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

2027-yil dekabr

3.

Strategiyaning 2-vazifasi:

Statistika sohalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

3.1

Foydalanuvchilar ehtiyoji asosida yangilangan metodologiyalar ulushini oshirish

Foiz

Yangilangan metodologik hujjatlar soni / jami metodologik hujjatlar ×100

2025 — 10%

2026 — 20%; 2027 — 35%; 2028 — 50%; 2029 — 65%

2030 — 75%

Milliy statistika qoʻmitasi

Hisobot yili uchun keyingi yilning yanvar oyida

(yillik)

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat (koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbasi

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbasi va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

3.2

MHT — 2025 ga oʻtish choralarini koʻrish

Milliy hisoblar tizimi (MHT) — 2025 ga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi

Hujjat

MHT — 2025 ga oʻtilmagan

MHT — 2025 ga oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritasi”

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

Milliy statistika qoʻmitasi

2027-yil dekabr

3.3

Toʻlov balansi boʻyicha statistikani takomillashtirish va amaliyotga ilgʻor tajribalarni joriy etish

Toʻlovlar balansini shakllantirish uslubiyoti (BPM-7)ga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi

Hujjat

Integrallashgan toʻlov balansi va xalqaro investitsiyaviy mavqe (BPM-7) qoʻllanmasiga muvofiq koʻrsatkichlarni shakllantirish yoʻlga qoʻyilmagan

BPM-7 ga oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritasi”

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

Markaziy bank

2027-yil dekabr

3.4

Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish

Davlat moliyasi statistikasi qoʻllanmasi GFSM-2014 ga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi

Hujjat

Davlat moliyasi statistikasini GFSM-2014 talablariga muvofiq yangilash zarurati mavjud

Davlat moliyasi statistikasi qoʻllanmasi GFSM-2014 ga oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritasi”

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2027-yil dekabr

4.

Strategiyaning 3-vazifasi:

Raqamlashtirish, “aqlli” soʻrovlar, registrlar va maʼmuriy maʼlumotlar orqali uy xoʻjaliklari va biznes uchun hisobot yukini kamaytirish

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

4.1

Respondentlar uchun statistik hisobot yukini kamaytirish

Birlik

Hisobot davridan oldingi yildagi hisobot shakllari soni — qisqartirilgan hisobot shakllari soni

2025-yil 65 ta

2026-yil — 47 ta

2027-yil — 45 ta

2028-yil — 43 ta

2029-yil — 40 ta

2030-yil — 38 ta

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning mart oyida

(yillik)

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbasi

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbasi va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

4.2

Tanlama bosh rejasini tayyorlash

2026-yil aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalari, geofazoviy maʼlumotlar va panelli kuzatuv yondashuvlari asosida tanlama bosh rejasi ishlab chiqiladi

Hujjat

Yangi roʻyxatga olish natijalari asosida tanlama bosh rejasi ishlab chiqilmagan

Yangilangan holda tasdiqlangan tanlama bosh rejasi

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi

Milliy statistika qoʻmitasining uslubiy materiallar elektron kutubxonasi

2027-yil mart

4.3

Statistik biznes registrini joriy etish

Maʼmuriy manbalarni integratsiya qilish orqali statistik maqsadlarda dinamik statistik biznes registri joriy qilinadi

Axborot tizimi

Dinamik statistik biznes registri toʻliq joriy etilmagan

Maʼmuriy manbalarga integratsiya qilingan statistik biznes registri

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti,

Adliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2027-yil sentabr

4.4

Uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvini takomillashtirish

Uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvi uslubiyoti takomillashtirilib, CATI-CAPI uygʻunlashgan dizayni va panel kuzatuv yondashuvi joriy etiladi

Hujjat

Uy xoʻjaliklari kuzatuvlarida panel dizayn imkoniyatlari toʻliq joriy etilmagan

CATI-CAPI uygʻunlashgan va panel kuzatuv yondashuvi

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi

Milliy statistika qoʻmitasining uslubiy materiallar elektron kutubxonasi

2028-yil yanvar

5.

Strategiyaning 4-vazifasi:

Hududiy va sohaviy rivojlanishni hamda gender jihatlarni monitoring qilish uchun batafsil maʼlumotlarni taqdim etish

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

5.1

Muntazam eʼlon qilinadigan koʻp oʻlchamli indikatorlar toʻplamlari soni

Birlik

Gender, hududiy va sohaviy maʼlumotlar toʻplamlari soni (kumulyativ)

2025 — 1 ta

2026 — 2 ta;

2027 — 3 ta;

2028 — 4 ta;

2029 — 5 ta

2030 — 6 ta

Milliy statistika qoʻmitasi

Hisobot yili uchun keyingi yilning fevral oyida

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbai

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

5.2

Milliy maʼlumotlar katalogini ishlab chiqish

Rasmiy statistika, maʼmuriy maʼlumotlar, metamaʼlumotlar va maʼlumotlar manbalari boʻyicha yagona elektron katalog shakllantiriladi

Hujjat

Maʼlumotlar manbalari va metamaʼlumotlar boʻyicha yagona elektron katalog mavjud emas

Milliy maʼlumotlar katalogi

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

2028-yil sentabr

5.3

Kasalliklarning xalqaro tasnifi (ICD-11)ni joriy etish

ICD-11 statistik jarayonlarga joriy etiladi

Hujjat

Sogʻliqni saqlash statistikasida ICD-11 joriy etilmagan

Joriy etilgan kasalliklarning xalqaro tasnifi (ICD-11)

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-sayti

2028-yil dekabr

5.4

Multiindikator klaster kuzatuvlarini oʻtkazish (MICS-7)

Onalar va bolalar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar yigʻiladi

Hujjat

Multiindikator klaster kuzatuvlarining yettinchi raundi (MICS-7) oʻtkazilmagan

Multiindikator klaster kuzatuvlarining yettinchi raundini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti,

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi

2027-yil dekabr

6.

Strategiyaning 5-vazifasi:

Maʼmuriy, geofazoviy, mobil va boshqa muqobil maʼlumotlar manbalaridan xavfsiz va sifatli foydalanishni kengaytirish

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

6.1

Rasmiy statistikada muntazam qoʻllanadigan maʼmuriy maʼlumotlar manbalarini oshirish

Birlik

Maʼmuriy maʼlumotlarni olish boʻyicha integratsiyalar soni (kumulyativ)

2025 — 60 ta

2026 — 65 ta;

2027 — 70 ta;

2028 — 80 ta;

2029 — 90 ta

2030 — 100 ta

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning yanvar oyida

(yillik)

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbai

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

6.2

Qishloq xoʻjaligi statistikasida geofazoviy maʼlumotlar va sunʼiy intellektdan foydalanishni yoʻlga qoʻyish

Mavsumiy ekin turlari boʻyicha yer maydonlari haqidagi maʼlumotlarning muqobil manbalar bilan mosligini sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida aniqlash mexanizmlarini oʻz ichiga olgan axborot tizimini ishlab chiqish

Axborot tizimi

Qishloq xoʻjaligi statistikasida geofazoviy maʼlumotlar va sunʼiy intellektdan foydalanish darajasi cheklangan

Mavsumiy ekin turlari boʻyicha yer maydonlari haqidagi maʼlumotlarning muqobil manbalar bilan mosligini sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida aniqlash mexanizmlarini oʻz ichiga olgan axborot tizimi

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

“Oʻzbekkosmos” agentligi

Milliy statistika qoʻmitasi

2027-yil dekabr

7.

Strategiyaning 6-vazifasi:

Eksperimental statistikani ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarishga bosqichma-bosqich integratsiya qilish uchun asos yaratish

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbasi va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

7.1

Ishlab chiqilgan va sinovdan oʻtkazilgan eksperimental statistika maʼlumotlari soni

Birlik

Pilot metodologiyasi tasdiqlangan va sinov hisoboti tayyorlangan mahsulotlar soni

Eksperimental statistika mavjud emas

2026 — 1 ta;

2027 — 2 ta;

2028 — 3 ta;

2029 — 4 ta

2030 — 5 ta

Milliy statistika qoʻmitasi,

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti

Hisobot yili uchun keyingi yilning yanvar oyida

(yillik)

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbai

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

7.2

Muqobil maʼlumotlar manbalarini statistik ishlab chiqarishda sinovdan oʻtkazish va joriy etish

Mobil qurilmalar maʼlumotlari sinovdan oʻtkaziladi

Maʼlumotlar toʻplami

Rasmiy statistikani ishlab chiqarishda mobil qurilmalar maʼlumotlaridan foydalanilmaydi

Mobil qurilmalar maʼlumotlari asosida 2 ta yoʻnalishda: aholi va turizm koʻrsatkichlari shakllantiriladi

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytidagi sinov natijalari hisoboti

2030-yil dekabr

8.

Strategiyaning 7-vazifasi:

Rasmiy statistikaning tezkorligi, aniqligi va tahliliy qiymatini zamonaviy metodlar, maʼlumotlar ilmi va sunʼiy intellektdan foydalanish orqali oshirish

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

8.1

Maʼlumotlar ilmi va sunʼiy intellekt asosida avtomatlashtirilgan statistik jarayonlar soni

Birlik

Sunʼiy intellekt va maʼlumotlar ilmi amaliyotga joriy qilingan jarayonlar soni

Mavjud emas

2026 — 1 ta;

2027 — 2 ta;

2028 — 3 ta;

2029 — 4 ta

2030 — 5 ta

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning yanvar oyida

(yillik)

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbai

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

8.2

Sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish uchun yaroqli maʼlumotlar toʻplamlarini shakllantirish

Sunʼiy intellekt modellarini oʻqitishga yaroqli egasizlantirilgan va mashinada oʻqiladigan maʼlumotlar toʻplamlari tasdiqlanadi va platformaga joylashtiriladi

Maʼlumotlar toʻplami

Sunʼiy intellekt uchun yaroqli, egasizlantirilgan va mashinada oʻqiladigan maʼlumotlar toʻplamlari yetarli darajada shakllantirilmagan

Milliy maʼlumotlar platformasiga joylashtirilgan 50 ta maʼlumotlar toʻplami

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

vazirlik va idoralar

Milliy maʼlumotlar platformasi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2028-yil iyun

8.3

Maʼlumotlar xavfsizligi va egasizlantirish mexanizmlarini joriy etish

Milliy maʼlumotlar platformasida shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish, maʼlumotlarni egasizlantirish, rollarga asoslangan kirish huquqi, xavfsiz API va “dizayn boʻyicha maxfiylik” tamoyili asosida maxfiylikni taʼminlash mexanizmlari joriy etiladi

Maʼlumotlar toʻplami

Milliy maʼlumotlar platformasida maʼlumotlar xavfsizligi, egasizlantirish va kirish huquqlarini boshqarish mexanizmlari toʻliq joriy etilmagan

Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish, egasizlantirish, rollarga asoslangan kirish huquqi va xavfsiz API mexanizmlari joriy etiladi

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Kiberxavfsizlik markazi,

Adliya vazirligi

Milliy maʼlumotlar platformasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

2027-yil oktabr

9.

Strategiyaning 8-vazifasi:

Zamonaviy tarqatish vositalari, infografika, maʼlumotlar savodxonligi va foydalanuvchilar bilan muloqotni kuchaytirish.

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

9.1

Foydalanuvchilar qanoat hosil qilishi va rasmiy statistikaga ishonchi darajasini oshirish

foiz

Ijobiy baholagan respondentlar / soʻrovda qatnashganlar ×100

2026 — bazaviy soʻrov natijasi boʻyicha aniqlashtiriladi

2026 — bazaviy soʻrov natijasi;

2027 — +5 f.b.;

2028 — +10 f.b.;

2029 — +15 f.b.

2030 — +20 f.b. yoki kamida 80%

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning mart oyida

(yillik)

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbai

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

9.2

Rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning qoniqish darajasi va ishonchi boʻyicha yillik soʻrov oʻtkazish

Qayta aloqa natijalari statistik mahsulotlarni yaxshilashda qoʻllanadi

Soʻrov

Foydalanuvchilar qanoat hosil qilishi va ishonchi boʻyicha soʻrov tizimli emas

Har yili kamida bir marotaba soʻrov oʻtkaziladi

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning aprel oyida

(yillik)

9.3

Foydalanuvchilar bilan ishlashni kengaytirish

Fuqarolar, tadqiqotchilar va boshqa foydalanuvchilar bilan doimiy aloqa kanallari yaratiladi hamda har yili foydalanuvchilar konferensiyasi oʻtkaziladi

Tadbir

Foydalanuvchilar bilan muloqot kanallari va yillik konferensiyalar tizimli yoʻlga qoʻyilmagan

Yiliga bir martadan Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar konferensiyasi oʻtkaziladi

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Har yili dekabr oyida

(yillik)

9.4

Taʼlim muassasalarida maʼlumot savodxonligini oshirish maqsadida statistik tanlovlar tashkil etish

Taʼlim muassasalarida statistik tanlovlar (statistik insho, diktant, olimpiada va stipendiyalar)ni tashkil etish

Tadbir

Taʼlim muassasalarida statistik tanlovlar tizimli yoʻlga qoʻyilmagan

Yiliga bir martadan maʼlumot savodxonligini oshirishga qaratilgan statistik tanlovlar oʻtkaziladi

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning aprel oyida

(yillik)

10.

Strategiyaning 9-vazifasi:

Ochiq maʼlumotlar, maʼlumotlardan qayta foydalanish ekotizimi va foydalanuvchilar uchun raqamli xizmatlarni rivojlantirish

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

10.1

ODIN xalqaro ochiq maʼlumotlar reytingida bahoni yaxshilash

Ball

Open Data Watch tashkilotining uslubiyati asosida har ikki yilda bir marotaba

2024-yil — 83 ball

2026-yil — 84 ball

2028-yil — 85 ball

2030-yil — 86 ball

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti, Open data watch tashkilotining Ochiq maʼlumotlar reytingi (Open Data Inventory — ODIN) eʼlon qilinadigan veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning dekabr oyida

(yillik)

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbai

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbai va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

10.2

Ochiq maʼlumotlardan qayta foydalanish ekotizimini rivojlantirish

Open Data Day, xakatonlar, amaliy treninglar va foydalanuvchilar bilan fikr almashish mexanizmlari orqali akademik doiralar, OAV, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor ishtirokida maʼlumotlardan qayta foydalanish qoʻllab-quvvatlanadi

Tadbir

Ochiq maʼlumotlardan qayta foydalanish boʻyicha muntazam tadbirlar va foydalanuvchi fikrini oʻrganish tizimi yetarli darajada shakllanmagan

Har yili ochiq maʼlumotlar boʻyicha kamida bitta amaliy tadbir oʻtkaziladi va foydalanuvchilar takliflari maʼlumotlar ustuvorligini belgilashda inobatga olinadi

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti, Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali

Hisobot yili uchun keyingi yilning mart oyida

(yillik)

10.3

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar sohasidagi faoliyati reytingini joriy etish

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilish, yangilash, sifatini taʼminlash, metamaʼlumotlar bilan toʻldirish va qayta foydalanishga yaroqliligini baholash boʻyicha reyting tizimi joriy etiladi

Reyting

Vazirlik va idoralar kesimida ochiq maʼlumotlar sifati, dolzarbligi va qayta foydalanishga yaroqliligini baholaydigan reyting tizimi mavjud emas

Ochiq maʼlumotlar reytingi metodologiyasi tasdiqlanadi hamda 2027-yil 1-yanvardan boshlab reyting natijalari har chorakda eʼlon qilib boriladi

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali

Hisobot davri uchun keyingi chorakning uchinchi oyida

(choraklik)

11.

Strategiyaning 10-vazifasi:

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va kadrlar salohiyatini oshirish

Strategiyaning natija koʻrsatkichlari (outcome)

Oʻlchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi koʻrsatkich

Oraliq koʻrsatkichlar

2030-yildagi yakuniy koʻrsatkich

Maʼlumot manbasi va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Maʼlumot taqdim etish davriyligi

11.1

Xalqaro oʻquv dasturlari, trening va seminarlarda xodimlar malakasini oshirish

Nafar

Malaka oshirgan xodimlar soni (kumulyativ)

2025 — 50 nafar

2026 — 75 nafar;

2027 — 100 nafar;

2028 — 125 nafar;

2029 — 150 nafar

2030 — 175 nafar

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning mart oyida

11.2

Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatining maʼlumotlar tahlili boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlgan xodimlari ulushini oshirish

Foiz

Maʼlumotlar tahlili boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va amaliy koʻnikmalarga ega xodimlar soni / Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari umumiy soni × 100

(kumulyativ)

2025-yil — 20%

2026-yil — 30%;

2027-yil — 40%;

2028-yil — 50%;

2029-yil — 55%

2030-yil — 60%

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti maʼlumotlari

Hisobot yili uchun keyingi yilning mart oyida

(yillik)

Chora-tadbirlar va bevosita faoliyat natijasi koʻrsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Chora-tadbirni amalga oshirishning yakuniy natijasi

Oʻlchov birligi

Amaldagi holat

(koʻrsatkich)

Yakuniy holat

(koʻrsatkich)

Moliyalashtirish hajmi va manbasi

Chora-tadbirlar ijrosiga masʼul tashkilot / idora

Maʼlumot manbasi va uni taqdim etishga masʼul tashkilotlar

Ijro muddati

11.3

Koʻp yillik ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari va dasturlarini yoʻlga qoʻyish

Ilgʻor statistika organlari bilan metodologiya, AT, registrlar va maʼlumotlarni tarqatish sohalarida koʻp yillik hamkorlik dasturlari amalga oshiriladi

Tadbir

Ilgʻor statistika organlari bilan hamkorlikni kengaytirish zarurati mavjud

Har yili bittadan imzolangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning yanvar oyida

(yillik)

11.4

Xalqaro tashkilotlarning yiliga 5 tadan texnik koʻmaklarini jalb qilish

Statistika sohalarini xalqaro standartlarga moslashtirish va takomillashtirish maqsadida texnik koʻmaklar jalb qilinadi

Tadbir

Statistika sohalarini xalqaro standartlarga moslashtirishni jadallashtirish zarurati mavjud

Har yili 5 tadan xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmagi jalb qilinadi

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

Hisobot yili uchun keyingi yilning yanvar oyida

(yillik)

11.5

Tashqi auditni oʻtkazish

Ustuvor statistik mahsulotlar va islohot yoʻnalishlari boʻyicha mustaqil tarmoq baholashlari oʻtkaziladi

Tadbir

Ustuvor statistik mahsulotlar va islohot yoʻnalishlari boʻyicha tashqi baholash amaliyoti yetarli darajada tizimlashtirilmagan

Mustaqil tarmoq baholashi va tashqi audit hisoboti

Xalqaro donorlar va ijrochilar mablagʻlari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti

2029-yil dekabr

11.6

Maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv va savodxonlik boʻyicha malaka oshirish tizimini joriy etish

Vazirlik va idoralar, biznes vakillari, statistika organlari xodimlari, OAV, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa foydalanuvchilar uchun maʼlumotlardan foydalanish, maʼlumotlar sifati, biznes tahlil, maʼlumotlar jurnalistikasi va vizualizatsiya boʻyicha maqsadli oʻquv modullarini qamrab olgan maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv maktabi malaka oshirish tizimi joriy etiladi

oʻquv kurslari

Maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv va maʼlumotlar savodxonligi boʻyicha turli foydalanuvchi guruhlariga moʻljallangan maqsadli malaka oshirish tizimi toʻliq shakllantirilmagan

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv maktabi malaka oshirish tizimi joriy etiladi hamda kamida 4 ta maqsadli oʻquv moduli ishlab chiqiladi

Ijrochilar mablagʻlari, xalqaro donorlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti,

Milliy statistika qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining rasmiy veb-sayti

2027-yil

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoniga
2-ILOVA
Milliy statistika tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1. Milliy statistika tizimining huquqiy, tashkiliy va uslubiy asoslarini takomillashtirish

1.

Davlat organlari va tashkilotlarida maʼlumotlar boshqaruvchilarini tayinlash.

1. Amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha oʻrinbosar vakolatlarini yuklatish boʻyicha buyruq qabul qilish va ularning vazifalarini belgilash.

2026-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

davlat organlari va tashkilotlari

2. Maʼlumotlar boshqaruvchilarining Maʼlumotlarni boshqarish komissiyasi yigʻilishlarida ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

2.

Besh yillik kadrlar siyosatini tasdiqlash.

Ishga qabul qilish, kompetensiyalar, motivatsiya, xodimlar harakatchanligi hamda etikani qamrab oluvchi Milliy statistika qoʻmitasining strategik inson resurslari siyosatini qabul qilish.

2026-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi

3.

Milliy sifatni taʼminlash asoslarini yaratish.

1. BMTning milliy sifatni taʼminlash asoslariga muvofiq milliy sifat siyosatini qabul qilish.

2026-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

2. Maʼlumotlarni taqdim etish tartibi, muddatlari, formatlari, sifatini baholash, maxfiylikni taʼminlash va idoralararo hamkorlik mexanizmlarini belgilab beruvchi maʼmuriy maʼlumotlardan rasmiy statistika maqsadlarida foydalanish qoidalarini ishlab chiqish.

2027-yil mart

4.

Muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) tizimini isloh qilish.

Natijadorlik, jamoaviy ish, oʻrganish va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishni ragʻbatlantirish maqsadida Milliy statistika qoʻmitasi tizimidagi xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ni va baholash jarayonlarini qayta koʻrib chiqish.

2027-yil yanvar

Milliy statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi

2. Milliy statistika tizimining infratuzilmasini takomillashtirish

5.

Aholining statistik registrini yaratish.

Maʼmuriy manbalarni integratsiya qilish orqali aholi registrini ishlab chiqish va joriy etish.

2027-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Qishloq xoʻjaligining statistik registrini ishlab chiqish.

Qishloq xoʻjaligi subyektlarini va yerdan foydalanish maʼlumotlarini qamrab oladigan qishloq xoʻjaligi registrini ishlab chiqish va joriy etish.

2027-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

“Oʻzbekkosmos” agentligi

7.

Rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari statistik salohiyatini oshirish.

Statistik maʼlumotlar tayyorlashda ishtirok etuvchi vazirliklar va boshqa davlat organlarining moddiy-texnika bazasini kuchaytirish.

Zaruratga koʻra, zamonaviy dasturiy taʼminot va AKT jihozlarini, shu jumladan, server uskunalarini xarid qilish.

2029-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

rasmiy statistikani boshqa tayyorlovchilari

3. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish

8.

Rasmiy statistikada ijtimoiy-demografik maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanishni kengaytirish.

Milliy statistika qoʻmitasi uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAK va Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi maʼlumotlari, shuningdek, nogironlik va taʼlimga oid individual maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish.

2027-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

9.

Tadqiqotchilar uchun mikromaʼlumotlarga kirish modelini ishga tushirish.

Oʻzbekiston boʻyicha egasizlantirilgan mikromaʼlumotlardan tadqiqot maqsadlarida foydalanish modelini joriy etish. Bunda egasizlantirilgan individual maʼlumotlarga bosqichli kirish boʻyicha huquqiy va operatsion mexanizmlarni tasdiqlash.

2029-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

4. Tarmoqlar statistikasini takomillashtirish

10.

Xizmatlar statistikasi qamrovini kengaytirish.

1. Bozor xizmatlari, raqamli xizmatlar, transport, logistika, AKT, professional xizmatlar va dam olishga oid statistik hisobni yuritishni takomillashtirish.

2. Bozor xizmatlarini baholash usullarini yangilash hamda muqobil manbalar maʼlumotlaridan foydalanishga oʻtish.

2027-yil sentabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Markaziy bank,

tegishli vazirlik va idoralar

11.

Transport statistikasini takomillashtirish.

1. Transport sohasiga oid maʼlumotlarni xalqaro ekspertlar ishtirokida xatlovdan oʻtkazish.

2027-yil mart

Milliy statistika qoʻmitasi,

Transport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Markaziy bank,

tegishli vazirlik va idoralar

2. Transportga oid mavjud maʼmuriy va boshqa maʼlumotlar asosida rasmiy statistikani shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish.

2027-yil sentabr

3. Transport sohasiga oid maʼlumotlar almashinuvini elektron shaklda, integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali amalga oshirish.

2027-yil dekabr

4. Turli maʼlumot manbalariga asoslangan transportga oid rasmiy statistikani eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2028-yil mart

12.

Qurilish va investitsiyalar statistikasini takomillashtirish.

Ruxsatnomalar, loyihalar reyestrlari, maʼmuriy manbalarni qurilish va investitsiyalar statistikasiga integratsiya qilish.

Quyidagi vazirliklarning mavjud axborot tizimlari orqali maʼlumotlarni Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etish:

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — shakllantiriladigan qurilish obyektlarining geolokatsiyasi, manzili, turi, qiymati, qurilish muddatlari, ruxsatnoma va foydalanishga qabul qilish maʼlumotlari va boshqalar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — axborot tizimlarida mavjud ijtimoiy soha obyektlarining loyiha quvvati, loyiha qiymati, moliyalashtirish manbalari, mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, qurilish holati va foydalanishga topshirilishi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — hisobi olib boriladigan loyihalarning umumiy qiymati, ishga tushirilgan quvvatlar va boshqa koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2027-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

13.

Tashqi savdo statistikasini takomillashtirish.

1. Bojxona va boshqa maʼmuriy maʼlumotlardan samarali foydalanish, eksport-import koʻrsatkichlarini shakllantirish metodologiyasini xalqaro tovarlar savdosi statistikasi boʻyicha xalqaro standartlar va tavsiyalarga muvofiq yangilash.

2. Maʼlumotlarni tekshirish, taqqoslash va validatsiya qilish mexanizmlarini kuchaytirish orqali tashqi savdo statistikasining toʻliqligi, tezkorligi, ishonchliligi va xalqaro taqqoslanuvchanligini oshirish.

2028-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Bojxona qoʻmitasi,

Markaziy bank

14.

Sanoat statistikasini takomillashtirish.

Sanoat ishlab chiqarishi, mahsulot turlari va korxonalar faoliyati boʻyicha koʻrsatkichlarni xalqaro standartlar va tasniflarga muvofiq yangilash, energiya sarfi boʻyicha maʼmuriy maʼlumotlar bilan taqqoslash va validatsiya qilish mexanizmlarini kuchaytirish.

2028-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Energetika vazirligi

15.

Pul-kredit statistikasini takomillashtirish.

1. Pul agregatlari, kreditlar, depozitlar, foiz stavkalari va moliyaviy sektor koʻrsatkichlarini xalqaro standartlar va tavsiyalarga muvofiq qayta koʻrib chiqish.

2. Markaziy bank va boshqa moliyaviy tashkilotlar maʼlumotlari bilan integratsiya va validatsiya qilish mexanizmlarini kuchaytirish orqali pul-kredit statistikasining ishonchliligi, tezkorligi va xalqaro taqqoslanuvchanligini oshirish.

2029-yil dekabr

Markaziy bank,

Milliy statistika qoʻmitasi

16.

Sogʻliqni saqlash statistikasida xususiy sektor qamrovini kengaytirish.

1. Xususiy sektordagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan sogʻliqni saqlash sohasiga oid maʼmuriy hisobotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

2026-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

2. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xususiy tibbiyot tashkilotlaridan statistika hisobotlarini markazlashgan holda yigʻish, tekshirish va umumlashtirish mexanizmini joriy etish.

2027-yil iyun

3. Yigʻilgan maʼlumotlardan rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirishda foydalanish uchun Milliy statistika qoʻmitasi bilan maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2027-yil dekabr

17.

Mehnat statistikasini takomillashtirish.

1. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi kuchi kuzatuvini institutsional va operatsion jihatdan takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Kasblar boʻyicha yagona milliy mehnat tizimi va soliq maʼlumotlarini standartlashtirish. Bunda mehnat koʻrsatkichlari, daromad soligʻi boʻyicha yozuvlarni Mashgʻulotlarning milliy klassifikatoridan foydalangan holda shakllantirish va yuritishni toʻliq taʼminlash.

2027-yil yanvar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

3. Bandlik, ishsizlik, toʻliq boʻlmagan bandlik, mehnat resurslaridan toʻliq foydalanmaslik va ishchi kuchiga kiritilmagan shaxslar tushunchalarini Mehnat statistikalari xalqaro konferensiyasi (ICLS) rezolyutsiyalari va Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalariga muvofiq takomillashtirish.

2028-yil iyun

Milliy statistika qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

18.

Atrof-muhit statistikasini takomillashtirish.

1. Atrof-muhit statistikasini rivojlantirish qoʻllanmasi (FDES 2013) va Atrof-muhit va iqtisodiyot hisoblari tizimi (SEEA) xalqaro standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2027-yil yanvar

Milliy statistika qoʻmitasi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Atrof-muhit, iqlim oʻzgarishi, suv resurslari, yerdan foydalanish, chiqindilar, havo sifati va tabiiy resurslar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni xalqaro standartlar, jumladan, SEEA va SDG koʻrsatkichlari talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqish.

2027-yil dekabr

19.

Innovatsiyalar boʻyicha kuzatuvlarni takomillashtirish.

1. Korxonalarning innovatsion faoliyati, yangi mahsulot va jarayonlar, tadqiqot va ishlanmalar, raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda innovatsiya xarajatlari boʻyicha koʻrsatkichlarni xalqaro tavsiyalar, jumladan, Oslo qoʻllanmasi va biznes innovatsiyalari kuzatuvlari boʻyicha UNECE tavsiyalariga muvofiq yangilash.

2. Maʼlumotlarni yigʻish, validatsiya qilish va tahlil qilish mexanizmlarini kuchaytirish orqali innovatsiyalar statistikasining dolzarbligi va xalqaro taqqoslanuvchanligini oshirish.

2028-yil yanvar

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

20.

Multiindikator klaster kuzatuvining 7-raundini oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasida bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash, ijtimoiy sohalar boʻyicha ishonchli va taqqoslanuvchan maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida multiindikator klaster kuzatuvining 7-raundini oʻtkazish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil sentabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

5. Ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish

21.

Milliy maʼlumotlar platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) doirasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun loyiha ofisini tashkil etish.

1. Raqamli hukumat markazining Axborot-tahlil loyiha ofisi doirasida Ochiq maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha loyiha ofisini tashkil etish.

2. Milliy statistika qoʻmitasiga Platforma faoliyatini muvofiqlashtirish, maʼlumotlar toʻplamlarini yuritish, yangilash va sifatni nazorat qilish, shuningdek, metamaʼlumotlarni yaratish va tizimlashtirish uchun Ochiq maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha loyiha ofisi doirasida 4 shtat birligini biriktirish.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3. Ochiq maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha loyiha ofisini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash va zarur mehnat sharoitini yaratish.

Milliy statistika qoʻmitasi

22.

Ochiq maʼlumotlar reytingini joriy etish.

Davlat organlari va tashkilotlari uchun Ochiq maʼlumotlar reytingini joriy etish.

2026-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

davlat organlari va tashkilotlari

23.

Platformani ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Davlat organlari maʼlumotlar bazalarini yagona arxitektura asosida integratsiya qilish. Bunda Platforma orqali ochiq, maʼmuriy, statistik, geofazoviy va egasizlantirilgan mikromaʼlumotlardan yagona kirish nuqtasi orqali foydalanish imkoniyatini yaratish.

2027-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi,

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha oʻrinbosarlari

2. Platformaning texnik arxitekturasi, maʼlumotlar oqimi, axborot tizimlari bilan integratsiya qilish tartibi, API, identifikatorlar, klassifikatorlar, metamaʼlumotlar va foydalanuvchi rollari boʻyicha talablarni tasdiqlash.

2027-yil iyun

3. Maʼlumotlarni formatlash, pasportlash, metamaʼlumotlar, klassifikatorlar, identifikatorlar, egasizlantirish, versiyalash, API barqarorligi, sifat nazorati va sintetik maʼlumotlardan foydalanish talablarini belgilaydigan milliy maʼlumotlar standartini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2027-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi

24.

Davlat organlari maʼlumotlar toʻplamlarini Platformaga integratsiya qilish.

1. Xalqaro tajriba asosida Platformasida eʼlon qilinadigan 50 ta mikromaʼlumotlar toʻplami roʻyxatini shakllantirish, ularni portalga joylashtirish boʻyicha muddatlar va masʼullarni koʻrsatgan holda tarmoq jadvalini tasdiqlash uchun Respublika statistika kengashiga kiritish.

2026-yil dekabr

Maʼlumotlarni boshqarish komissiyasi

2. Davlat organlari va tashkilotlaridagi maʼlumotlar toʻplamlarini xatlovdan oʻtkazish, ustuvor maʼlumotlar toʻplamlarini aniqlash hamda ularni yagona formatlar, klassifikatorlar, identifikatorlar va metamaʼlumotlar asosida Platformaga bosqichma-bosqich integratsiya qilish.

2027-2028-yillar

25.

Milliy maʼlumotlar katalogini Platforma doirasida yuritish hamda API-servislar va versiyalash tizimini joriy etish.

1. Platformada maʼlumotlar toʻplamlarining yagona katalogini shakllantirish, unda maʼlumot egasi, yangilanish davriyligi, formati, metamaʼlumotlar, kirish shartlari, sifat holati va qayta foydalanish imkoniyatlarini aks ettirish.

2027-yil iyun

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha oʻrinbosarlari

2. Maʼlumotlardan avtomatlashtirilgan foydalanish uchun barqaror API-servislarni ishga tushirish, API versiyalarini saqlash, maʼlumotlar tuzilmasi oʻzgarganda mavjud integratsiyalarni buzmaslik va tashqi foydalanuvchilar uchun texnik hujjatlarni eʼlon qilish.

2027-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

26.

Platformada BI-tahlil, dashbordlar va vizualizatsiya vositalarini joriy etish hamda geomaʼlumotlar va koordinatali maʼlumotlar toʻplamlarini joylashtirish.

1. Iqtisodiyot, bandlik, ijtimoiy himoya, moliya, qishloq xoʻjaligi, hududiy rivojlanish, gender, BRM va atrof-muhit boʻyicha interaktiv dashbordlar, vizual tahlil vositalarini ishlab chiqish.

2. Qishloq xoʻjaligi, infratuzilma, transport, ekologiya, aholi punktlari va hududiy rivojlanish boʻyicha koordinatali maʼlumotlar toʻplamlari, GIS qatlamlari va interaktiv xaritalarni shakllantirish va Platforma orqali taqdim etish.

2027-2028-yillar

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi,

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha oʻrinbosarlari

27.

Platforma bilan ishlash boʻyicha kadrlar salohiyatini oshirish.

Maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha oʻrinbosarlar, AT xodimlari va soha mutaxassislari uchun maʼlumotlar sifati, metamaʼlumotlar, API va sunʼiy intellektga yaroqli maʼlumotlar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

2027-yil iyuldan boshlab

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha oʻrinbosarlari

6. Kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish

28.

Rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarini statistika qonunchiligi boʻyicha oʻqitish.

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonun, rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari va muvofiqlashtirish tartib-taomillari boʻyicha tizim miqyosida oʻquv kurslarini oʻtkazish.

2027-yil dekabr

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti,

rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari

29.

Talabalar ilmiy tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash.

Milliy statistikaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha talabalar tadqiqotlari va dissertatsiyalariga moliyaviy, texnik va mentorlik koʻmagini koʻrsatish.

Talabalar tanlovlari va kichik grantlarni tashkil etish, tadqiqotlarning amaliy va statistik muammolarga mosligini taʼminlash.

2030-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

30.

Qisqa muddatli magistrlik va sertifikatlash dasturlarida xodimlar malakasini oshirish.

Milliy statistika qoʻmitasi xodimlari uchun xorijda yoki masofaviy shaklda qisqa muddatli (bir yilgacha boʻlgan) magistrlik va sertifikatlash dasturlarini tashkil qilish.

2030-yil dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

31.

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida Maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv maktabini tashkil etish.

1. “Coursera” taʼlim platformasida davlat xizmatchilari uchun maʼlumotlarni boshqarish, tahlil qilish, sunʼiy intellekt va dalillarga asoslangan qaror qabul qilish boʻyicha sertifikatli onlayn oʻquv dasturlarini joriy etish.

2027-yil yanvar

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Milliy statistika qoʻmitasi tizimi xodimlarini yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida statistika, maʼlumotlar tahlili va raqamli texnologiyalar boʻyicha magistratura dasturlari asosida hamda qisqa muddatli maqsadli oʻquv kurslarida oʻqitishni tashkil qilish.

2027-yil sentabr

3. Belgilangan mavzular doirasida onlayn oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan statistika organlari xodimlariga qilingan xarajatlarni qoplab berish hamda sertifikatlarga muvofiq ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish.

2028-yil yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoniga
3-ILOVA
Roʻyxatga olish natijalari va qishloq xoʻjaligi yerlariga oid mavjud idoraviy maʼlumotlar bazalari oʻrtasidagi tafovutlarga aniqlik kiritish va oʻzaro birxillashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh
TARKIBI

1.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh raisi

2.

I.R. Tangriyev

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Ishchi guruh raisi oʻrinbosari

3.

Q.A. Yuldashev

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

4.

R.J. Qarshiyev

suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

5.

M.Yu. Jurayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari

6.

K.E. Sobirov

Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

7.

Kelishuvga koʻra

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

8.

E.M. Muxitdinov

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi direktori

9.

M.S. Mirmaksudov

Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari

10.

M.S. Ibragimov

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori oʻrinbosari

11.

L.T. Mirsoatov

Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Izohlar:
Milliy statistika qoʻmitasi ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi va uning shtabi tashkil etiladi hamda uning faoliyati davrida oʻziga tegishli masalalarni hal etish uchun aʼzo vazirlik va idoralar tomonidan shtabga 1 nafardan malakali mutaxassis safarbar qilinadi.
Ishchi guruh aʼzolari va shtabga ajratilgan mutaxassislar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ishchi guruh roʻyxatga olishda aniqlangan qishloq xoʻjaligi yerlarining joylashgan joyi, maydoni, egalik huquqi va toifasi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantiradi va ushbu maʼlumotlar qishloq xoʻjaligining statistik registrida aks ettirilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoniga
4-ILOVA
“Aholining statistik registri” va “Qishloq xoʻjaligining statistik registri” axborot tizimlariga shaxsga doir maʼlumotlarni kirituvchi davlat organi va tashkilotlari hamda shaxsga doir maʼlumotlar
ROʻYXATI

T/r

Shaxsga doir maʼlumot nomi

Masʼul davlat organi va tashkilotlari

I. Aholining statistik registri boʻyicha

1.

Shaxsning shaxsiy identifikatsiya maʼlumotlari:

1.1. Subyektning JSHSHIRi

1.2. Familiyasi, ismi, otasining ismi

1.3. Tugʻilgan sanasi, tugʻilgan manzili, jinsi

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

2.

Nikoh holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlari:

2.1. Subyektning JSHSHIRi

2.2. Turmush oʻrtogʻi (eri, xotini)ning JSHSHIRi

2.3. Nikoh yoki ajrim qayd etilgan sana

3.

Vafot etganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlari:

3.1. Subyektning JSHSHIRi

3.2. Oʻlim qayd etilgan sana

3.3. Oʻlim sababi (MMK-10 asosida)

4.

Yashash joyi va fuqarolik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

4.1. Subyektning JSHSHIRi

4.2. Fuqarolik holati

4.3. Yashash joyi va vaqti (davlat, viloyat, tuman (shahar), koʻcha, uy, kvartira raqami)

4.4. Turar joyi va vaqtinchalik yashash muddati (davlat, viloyat, tuman (shahar), koʻcha, uy, kvartira raqami)

Ichki ishlar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

5.

Maktabgacha taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

5.1. Subyektning JSHSHIRi

5.2. Maktabgacha taʼlim tashkilotining STIRi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

6.

Shaxsning umumtaʼlim maʼlumoti toʻgʻrisidagi axborot:

6.1. Subyektning JSHSHIRi

6.2. Umumiy taʼlim tashkilotining STIRi

6.3. Umumiy oʻrta taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi attestat berilgan sana

7.

Maʼlumoti toʻgʻrisida axborot:

7.1. Subyektning JSHSHIRi

7.2 Taʼlim tashkilotining STIRi

7.3. Taʼlim darajasi

7.4. Taʼlim shakli, mutaxassislik/yoʻnalish nomi

7.5. Diplom berilgan sana

7.6. Nostrifikatsiyadan oʻtgan xalqaro diplomlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8.

Ilmiy daraja, unvon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

8.1. Subyektning JSHSHIRi

8.2. Ilmiy daraja berilgan/mahrum etilgan sana

8.3. Unvon turi, berilgan/mahrum etilgan sana

9.

Konsullik hisobiga qoʻyish va/yoki hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

9.1. Subyektning JSHSHIRi

9.2. Konsullik hisobiga olish turi (vaqtinchalik/doimiy)

9.3. Konsullik hisobiga olingan chet el muassasasining nomi

9.4. konsullik hisobidan chiqarilgan sana

Tashqi ishlar vazirligi

10.

Hisoblangan pensiya haqida maʼlumotlar:

10.1. Subyektning JSHSHIRi

10.2. Pensiya tayinlangan sana

10.3. Pensiya turi

10.4. Pensiya miqdori

10.5. Pensiya muddati

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

11.

Tibbiy maʼlumotlar:

11.1. Subyektning JSHSHIRi

11.2. Nogironlik guruhi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Shaxsning Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida hujjat rekvizitlari:

12.1. Subyektning JSHSHIRi

12.2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan vaqti

12.3. Ijtimoiy reyestrga kiritish asosi

13.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va ularni muqobil joylashtirish shakli toʻgʻrisida maʼlumotlar:

13.1. Subyektning JSHSHIRi

13.2. Familiyasi, ismi, otasining ismi

13.3. Tugʻilgan sanasi, tugʻilgan joyi, jinsi

13.4. Muqobil joylashtirish shakli, qabul qilingan sana hamda asoslovchi hujjat

13.5. Muqobil joylashtirish shakli bekor qilingan (tugatilgan) sana va asoslovchi hujjat

14.

Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

14.1. Subyektning JSHSHIRi

14.2. Shaxsga nogironlik belgilangan sana

14.3. Nogironlik guruhi

14.4. Nogironlik muddati

14.5. Nogironlikni tasdiqlovchi hujjat

seriyasi va raqami

15.

Hisoblangan ijtimoiy nafaqa haqida maʼlumotlar:

15.1. Subyektning JSHSHIRi

15.2. Nafaqa tayinlangan sana

15.3. Nafaqa turi

15.4. Nafaqa miqdori

15.5. Nafaqa muddati

16.

Mehnatga oid maʼlumotlar:

16.1. Subyektning JSHSHIRi

16.2. Ishchi/ishsiz

16.3. Ish joyi, lavozimi

16.4. Ishsiz deb topilgan hujjat sanasi va raqami

16.5. Ishga qabul qilingan sana

16.6. Ishdan boʻshatilgan sana

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

17.

Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqib-kirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot:

17.1. Subyektning JSHSHIRi

17.2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqqan sana

17.3. Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan sana

Migratsiya agentligi

18.

YTT va oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar maʼlumotlari:

18.1. Subyektning JSHSHIRi

18.2. Faoliyat turi

18.3. Roʻyxatga olingan sana

18.4. Faollik holati

Soliq qoʻmitasi

19.

Jismoniy shaxslar kesimida mehnatga haq toʻlash daromadlari maʼlumotlari:

19.1. Subyektning JSHSHIRi

19.2. Jismoniy shaxs turi (rezident/norezident)

19.3. Mehnat shartnomasining holati (amalda yoki boʻshagan)

19.4. Shartnoma turi

19.5. Ish vaqti (stavka)

19.6. Ish oʻrni (doimiy, mavsumiy)

19.7. Yil boshidan hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar

19.8. Hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar

19.9. Jami hisoblangan soliq summasi

II. Qishloq xoʻjaligining statistik registri

1.

Chorva mollarining identifikatsiya maʼlumotlari:

1.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

1.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

1.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

1.4. Chorva mollari turi (roʻyxat boʻyicha)

1.5. Chorva mollari bosh soni

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

2.

Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlari:

2.1. Fuqarolar yigʻinlari STIRi

2.2. Fuqarolar yigʻinlari nomi

2.3. Fuqarolar yigʻinlari hudud kodi

2.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydon (roʻyxat boʻyicha)

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.

Yer resurslari maʼlumotlari:

3.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

3.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

3.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

3.4. Obyekt turi

3.5. Kadastr raqami

3.6. Huquq turi

3.7. Yer fondi toifalari

3.8. Foydalanish turi

3.9. Yer maydoni

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

4.

Suv resurslari maʼlumotlari:

4.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

4.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

4.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

4.4. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari

4.5. Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan yerlari

Suv xoʻjaligi vazirligi

5.

Bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona maʼlumotlari:

5.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

5.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

5.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

5.4. Mevali bogʻ va uzumzorlar maydoni va olingan yalpi hosil

5.5. Issiqxona xoʻjaliklari maydoni va olingan yalpi hosil

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

6.

Tovar-xomashyo birjasida sotilgan mahsulotlar hajmlari toʻgʻrisida maʼlumotlar:

6.1. Yuridik shaxslar STIRi

6.2. Yuridik shaxslar nomi

6.3. Yuridik shaxslarning hudud kodi

6.4. Tovar-xomashyo birjasida sotilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmlari

6.5. Tovar-xomashyo birjasida sotilgan mineral oʻgʻitlar hajmlari

Tovar-xomashyo birjasi

7.

Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va melioratsiya texnikalari va agregatlari reyestri:

7.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

7.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

7.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

7.4. Tashkilot nomi

7.5. STIR yoki JSHSHIR

7.6. Hudud kodi (tuman darajasida)

7.7. Texnika nomi

7.8. Texnika rusumi

7.9. Ishlab chiqarilgan yili

7.10. Texnik hujjati

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

8.

“Oʻrmon E-ijara” AT maʼlumotlari:

8.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

8.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

8.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

8.4. Oʻrmon agentligiga tegishli maydon

8.5. Oʻrmon bilan qoplangan maydon

8.6. Ijaraga berilgan yer maydoni

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

9.

“Oʻzbekkosmos” agentligining geomaʼlumotlari:

9.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

9.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

9.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

9.4. Ekilgan ekin nomi

9.5. Ekilgan ekin maydoni

9.6. Ekilgan maydonning vektorli poligonlari maʼlumotlari

9.7. Kosmik suratlar tahlili

“Oʻzbekkosmos” agentligi

10.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish:

10.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

10.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

10.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

10.4. Ekilgan ekin nomi

10.5. Ekilgan ekin maydoni

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi

11.

Baliqchilik:

11.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

11.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

11.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

11.4. Ovlangan baliq turi nomi

11.5. Ovlangan baliq hajmi toʻgʻrisida maʼlumot

11.6. Baliq oʻrnini toʻldirish toʻgʻrisida maʼlumotlar

11.7. Suv havzalari maydonlari toʻgʻrisida maʼlumot

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

12.

Pillachilik:

12.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

12.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

12.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

12.4. Yetishtirilgan pilla hajmi toʻgʻrisida maʼlumot

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi

13.

Asalarichilik:

13.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

13.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

13.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

13.4. Asalari oilasi soni toʻgʻrisida maʼlumot

13.5. Olingan asal hajmi toʻgʻrisida maʼlumot

Oʻzbekiston asalarichilari uyushmasi

14.

Qorakoʻlchilik:

14.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

14.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

14.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

14.4. Jami qoʻylari soni

14.5. Shundan qorakoʻl zotli qoʻylar soni

14.6. Olingan qorakoʻl terilar soni

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

15.

Maktabgacha va maktab taʼlim tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

15.1. Subyektlar STIRi

15.2. Subyektlar nomi

15.3. Subyektlar hudud kodi

15.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yerlar maydoni va olingan yalpi hosil (roʻyxat boʻyicha)

15.5. Chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlari hajmi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

16.

Ichki ishlar vazirligi tizimidagi muassasalarning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

16.1. Subyektlar STIRi

16.2. Subyektlar nomi

16.3. Subyektlar hudud kodi

16.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yerlar maydoni va olingan yalpi hosil (roʻyxat boʻyicha)

16.5. Chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlari hajmi

Ichki ishlar vazirligi

17.

Sogʻliqni saqlash muassasalarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

17.1. Subyektlar STIRi

17.2. Subyektlar nomi

17.3. Subyektlar hudud kodi

17.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yerlar maydoni va olingan yalpi hosil (roʻyxat boʻyicha)

17.5. Chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlari hajmi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

18.

Mudofaa vazirligi tizimidagi muassasa (harbiy qism)larning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

18.1. Subyektlar STIRi

18.2. Subyektlar nomi

18.3. Subyektlar hudud kodi

18.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yerlar maydoni va olingan yalpi hosil (roʻyxat boʻyicha)

18.5. Chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlari hajmi

Mudofaa vazirligi

19.

Chegara qoʻshinlari tizimidagi muassasa (harbiy qism)lar qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

19.1. Subyektlar STIRi

19.2. Subyektlar nomi

19.3. Subyektlar hudud kodi

19.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yerlar maydoni va olingan yalpi hosil (roʻyxat boʻyicha)

19.5. Chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlari hajmi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari

20.

Tijorat banklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

20.1. Subyektlar STIRi

20.2. Subyektlar nomi

20.3. Subyektlar hudud kodi

20.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yerlar maydoni va olingan yalpi hosil (roʻyxat boʻyicha)

20.5. Chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlari hajmi

Tijorat banklari

21.

Mahalliy hokimiyatlarning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

21.1. Subyektlar STIRi

21.2. Subyektlar nomi

21.3. Subyektlar hudud kodi

21.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yerlar maydoni va olingan yalpi hosil (roʻyxat boʻyicha)

21.5. Chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlari hajmi

Tuman va shahar hokimliklari

22.

Ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilishini, chiqindilarni chiqarishni va chiqindilarni Oʻzbekiston hududiga joylashtirishni amalga oshiruvchi korxona yoki tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (EcoFund):

22.1. Subyektlar STIRi

22.2. Subyektlar nomi

22.3. Subyektlar hudud kodi

22.4. Atrof-muhitga chiqarilgan chiqindilar miqdori

22.5. Atrof-muhitga chiqarilgan chiqindilar nomi

22.6. Atrof-muhitga chiqarilgan chiqindilar uchun kompensatsiya toʻlovi miqdori

Ekologiya va iqlim oʻzgarish milliy qoʻmitasi

23.

Davlat ekologik ekspertizasining xulosalar reyestri (eco-service.uz):

23.1. Subyektlar STIRi

23.2. Subyektlar nomi

23.3. Subyektlar hudud kodi

23.4. Material turi

23.5. Toifa

23.6. Xulosa berilgan sana va xulosa raqami

23.7. Holati

Ekologiya va iqlim oʻzgarish milliy qoʻmitasi,

Davlat ekologik ekspertizasi markazi

24.

Havoni monitoring qilish stansiyalari roʻyxati:

24.1. Subyektlar STIRi

24.2. Subyektlar nomi

24.3. Subyektlar hudud kodi

Ekologiya va iqlim oʻzgarish milliy qoʻmitasi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

25.

Raqamli geoportal axborot tizimi (ob-havo) maʼlumotlari:

25.1. Viloyat kodi

25.2. Tuman kodi

25.3. Ob-havo tahliliy maʼlumotlari

Ekologiya va iqlim oʻzgarish milliy qoʻmitasi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

26.

Agroportal maʼlumotlari:

26.1. Jismoniy va yuridik shaxslar JSHSHIRi va STIRi

26.2. Jismoniy va yuridik shaxslar nomi

26.3. Jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi

26.4. Yer fondining hisobi

26.5. Qishloq xoʻjaligi yerlari reyestri

26.6. Ekinlarni joylashtirish

26.7. Yer ijara shartnomalari

26.8. Shartnomalar reyestri

26.9. Moliyalashtirish

26.10. Agrotexnika tadbirlari

26.11. Kosmik fotosuratlar tahlili

26.12. Dronlar orqali hosilni prognozlash

26.13. GPS orqali kuzatuv

26.14. Yuk xati va qabul varaqalari

26.15. Hisob-fakturalar

26.16. Debitor-kreditor qarzdorlik

26.17. Solishtirma dalolatnomalar

Geoaxborot maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR kesimida):

26.18. Umumiy yer maydoni

26.19. Jami qishloq xoʻjaligi yerlari

26.20. Shudgorlanadigan yerlar

26.21. Ekilgan ekin nomi va gektari

Ijara maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.22. Ijaraga berilgan maydon

26.23. Ijaraga olingan maydon

Subsidiya maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.24. Berilgan subsidiya turi

26.25. Berilgan subsidiya miqdori

Ekin maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.26. Ekin maydoni

26.27. Massiv nomi

26.28. Ekin turi

26.29. Ekin nomi

Reyting maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.30. Paxta-toʻqimachilik klasterlari boʻyicha avtomatlashtirilgan reytingi va qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari boʻyicha reyestri

Agrobiznes maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.31. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti nomi

26.32. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti hajmi

Zaxiralash maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.33. Zaxiraga olingan qishloq xoʻjaligi mahsulot nomi va hajmi

Urugʻchilik maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.34. Urugʻlik uchun ekilgan ekin nomi va maydoni

Shartnomalar maʼlumoti (JSHSHIR va STIR asosida):

26.35. Tuzilgan shartnomalar turi, sanasi va qishloq xoʻjaligi mahsuloti nomi

Qabul qilingan hosil maʼlumotlari (paxta, gʻalla va pilla qabuli boʻyicha JSHSHIR va STIR asosida):

26.36. Ekilgan ekin nomi

26.37. Ekilgan ekin maydoni

26.38. Ekilgan ekinning sifat koʻrsatkichi (texnik, urugʻ va sinfi)

26.39. Hosilning fizik hajmi

26.40. Hosilning konditsion hajmi

26.41. Yigʻib olish usuli (mashina yigʻimi yoki qoʻlda)

Agrotadbirlar maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.42. Agrotexnika tadbiri nomi

26.43. Agrotexnika tadbiri amalga oshirilgan ekin nomi va gektari

Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan dala chetlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish (JSHSHIR va STIR asosida):

26.44. Ekilgan ekin nomi

26.45. Ekilgan ekin maydoni

Baliqchilik maʼlumotlari (JSHSHIR va STIR asosida):

26.46. Ovlangan baliq turi nomi

26.47. Ovlangan baliq hajmi toʻgʻrisida maʼlumot

26.48. Baliq oʻrnini toʻldirish toʻgʻrisida maʼlumotlar

26.49. Suv havzalari maydonlari toʻgʻrisida maʼlumot

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Izoh: “Aholining statistik registri” va “Qishloq xoʻjaligining statistik registri” axborot tizimlariga shaxsga doir maʼlumotlarni kirituvchi davlat organi va tashkilotlari qayta tashkil etilganda (birlashtirilgan, ajratib chiqarilgan, tugatilgan yoki nomi oʻzgarganda), qonunchilik hujjatlariga asosan huquqiy voris hisoblangan vakolatli idoralar tomonidan mazkur maʼlumotlar yuqoridagi axborot tizimlariga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoniga
5-ILOVA
Rasmiy statistikani shakllantirishda foydalanilayotgan maʼmuriy maʼlumotlar
ROʻYXATI

T/r

Tashkilot nomi

Integratsiya qilib olinayotgan maʼmuriy maʼlumotlar

Davriyligi

1.

Adliya vazirligi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlar, hunarmandlar va import tovarlari sotuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

Litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar yoki xabarnoma maʼlumotlari (“Litsenziya” axborot tizimidan)

Real vaqt rejimida

Tugʻilish haqida maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

Oʻlim haqida maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

Ajrashish haqida maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

Nikoh holati maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

2.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy taʼlim tashkilotlari (hududlar, mulkchilik shakli kesimida), ularga qabul qilinganlar, tahsil olayotgan talabalar, bitirishi kutilayotgan talabalar, bitiruvchilar (OTMlar, hududlar, mulkchilik shakli, jinsi, yoshi, bosqichlar, taʼlim turlari, yoʻnalishlari va mutaxassisliklari kesimida), pedagog xodimlar (OTMlar, hududlar, jinsi, ilmiy daraja va ilmiy unvoni boʻyicha) soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Yillik

Kasbiy taʼlim (texnikumlar) tashkilotlari (hududlar, mulkchilik shakli kesimida), ularga qabul qilinganlar, tahsil olayotgan oʻquvchilar, bitirishi kutilayotgan oʻquvchilar, bitiruvchilar (texnikumlar, hududlar, mulkchilik shakli, jinsi, yoshi, bosqichlar, taʼlim turlari va yoʻnalishlari kesimida), pedagog xodimlar (texnikumlar, hududlar, jinsi, ilmiy daraja va ilmiy unvoni boʻyicha) soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Yillik

Akademik litseylar (hududlar, mulkchilik shakli kesimida), ularga qabul qilinganlar, tahsil olayotgan oʻquvchilar, bitirishi kutilayotgan oʻquvchilar, bitiruvchilar (akademik litseylar, hududlar, mulkchilik shakli, jinsi, yoshi, bosqichlar va yoʻnalishlari kesimida), pedagog xodimlar (akademik litseylar, hududlar, jinsi, ilmiy daraja va ilmiy unvoni boʻyicha) soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Yillik

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Yillik

3.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Yuridik shaxslarning xodimlari va ish oʻrinlari boʻyicha maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

4.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Elektron tarozi maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Paxta-toʻqimachilik klasterlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

Ekin maydonlariga joylashtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

5.

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

6.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ularda tarbiyalanayotgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hududlar, jinsi, yoshi kesimida)

Yillik

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, ularga qabul qilinganlar, tahsil olayotgan oʻquvchilar, bitiruvchilar (hududlar, jinsi, yoshi kesimida) va oʻqituvchilar (hududlar, jinsi, maʼlumoti va oʻqitayotgan fanlari kesimida) soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Yillik

7.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Yuridik tashkilot tomonidan bino va inshootlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumot

Real vaqt rejimida

Yuridik shaxslar tomonidan qurilgan koʻp qavatli turar joylar va noturar joy binolar toʻgʻrisidagi maʼlumot

Real vaqt rejimida

8.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash sohasiga oid tibbiyot kadrlari, aholi kasallanishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik, OIV infeksiyasi, profilaktik emlashlar hamda yuqumli va parazitar kasalliklar boʻyicha statistika maʼlumotlari

Yillik

9.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

10.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi maʼlumotlar

Choraklik

11.

Soliq qoʻmitasi

Korxonalarning “Buxgalteriya balansi” 1-shakl boʻyicha moliyaviy hisobot koʻrsatkichlari maʼlumotlari

Yillik

Korxona va tashkilotlarning moliyaviy natijalari hisoboti maʼlumotlari

Yillik

Aylanma soliq hisoboti maʼlumotlari

Oylik

Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoboti maʼlumotlari

Oylik

Foyda soligʻi hisoboti maʼlumotlari

Choraklik

Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliq maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Jismoniy shaxslar kesimida mehnatga haq toʻlash daromadlari toʻgʻrisida maʼlumotlar

Oylik

Yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot

Real vaqt rejimida

Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi hisoboti koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumot

Oylik

Elektron hisobvaraq-faktura toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

Elektron raqamli imzosiga ega korxonalar toʻgʻrisida maʼlumot

Real vaqt rejimida

Onlayn kassalar yordamida roʻyxatga olingan tovar cheklari soni toʻgʻrisida maʼlumot

Real vaqt rejimida

Onlayn nazorat-kassa tizimi orqali tovar va xizmatlar narxlari maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Yuridik va jismoniy shaxslarning yoʻnalishsiz taksi xizmatlari hisobi maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari

Yillik

Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari (moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha)

Yillik

12.

Bojxona qoʻmitasi

Bojxona chegaralari orqali olib oʻtilgan yuklar (transport turlari boʻyicha) boʻyicha maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

Eksport-import yuk tashish maʼlumotlari (Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlari)

Real vaqt rejimida

Mamlakatlar boʻyicha yuk tashish (Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlari)

Real vaqt rejimida

Tranzit yuk tashish maʼlumotlari (Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlari)

Real vaqt rejimida

“E-kontrakt” axborot tizimi maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Tovarlar eksporti va importi (tashqi savdo bojxona statistikasi asosida) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

13.

Turizm qoʻmitasi

“E-mehmon” AT maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

14.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

“Raqamli mahalla” platformasi maʼlumotlari. Mahallalar va har bir mahalladagi oilalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

15.

“Oʻzbekkosmos” agentligi

Qishloq xoʻjaligi va yer munosabatlari sohalarida davlat kosmik monitoringi doirasida aniqlangan maʼlumotlar

Haftalik

16.

Pensiya jamgʻarmasi

Hududlar kesimida pensiya maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

17.

Kadastr agentligi

Mavjud turar va noturar joy kadastr obyektlari maʼlumotlari

Real vaqt rejimida

Umumiy yer maydoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

18.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Yillik

19.

Tovar-xomashyo birjasi

Tovar-xomashyo birjasi orqali sotilgan mahsulot narxlari toʻgʻrisida maʼlumotlar

Haftalik

20.

“Hududgaztaʼminot” AJ

Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi (GNHAT) maʼlumotlari

Oylik

21.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT) maʼlumotlari

Oylik

22.

IT-park

Texnopark rezidentlari boʻlgan tashkilotlar faoliyatiga oid maʼlumotlar

Real vaqt rejimida

23.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

Neft va gaz kondensatining manbalari va taqsimoti maʼlumotlari

Yillik

Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish maʼlumotlari

Yillik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoniga
6-ILOVA
Maʼlumotlarni boshqarish komissiyasi
TARKIBI

I. Maʼlumotlar boshqaruvchisi (Data Steward)

1.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Komissiyasi raisi

II. Maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari (Chief Data Officers)

2.

A.O. Sultonov

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

M.Yu. Jurayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

U.M. Mamadaminov

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

S.B. Radjabov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

N.B. Sayfullayev

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

N.U. Muxammadiyev

adliya vaziri oʻrinbosari

9.

Z.K. Kurbanov

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

10.

Sh.X. Gulamov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari v.b.

11.

Q.A. Yuldashev

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

12.

Oʻ.I. Sheraliyev

suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

13.

D.K. Adilov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

14.

I.A. Abdugafarov

transport vaziri oʻrinbosari

15.

R.P. Yusupov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari

16.

O.M. Omonov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

17.

A.A. Turdiyev

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari

18.

M.V. Ismailov

sport vaziri oʻrinbosari

19.

O.S. Abdullayev

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

20.

N.M. Achilov

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

21.

O.N. Qudratov

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

22.

M.S. Mirmaksudov

Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari

23.

J.I. Abdiyev

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

24.

F.E. Karabayev

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

25.

S.R. Bobokalonov

Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

26.

U.X. Abdullayeva

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

27.

N.D. Xusanov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

28.

F.K. Ablayarov

Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari

29.

E.D. Toshtemirov

Migratsiya agentligi direktori oʻrinbosari

30.

T.V. Mashanpin

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori oʻrinbosari

31.

Z.M. Ziyayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Komissiya kotibi

Izoh:
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Respublika statistika kengashi tomonidan Maʼlumotlarni boshqarish komissiyasi tarkibiga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoniga
7-ILOVA
Maʼlumotlarni boshqarish komissiyasining vazifalari
1. Davlat organlari va tashkilotlarida maʼlumotlarni boshqarish siyosati, yagona identifikatorlar, klassifikatorlar, metamaʼlumotlar, maʼlumotlar almashinuvi standartlari hamda maʼlumotlar sifatiga oid talablarni joriy etish va ularning rasmiy statistika ehtiyojlari bilan uygʻunligini taʼminlash.
2. Davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalari va maʼlumotlar toʻplamlarini Milliy maʼlumotlar platformasiga integratsiya qilish, maʼmuriy maʼlumotlardan rasmiy statistika, davlat dasturlari, monitoring va baholash jarayonlarida foydalanish uchun ularning toʻliqligi, dolzarbligi, ishonchliligi, oʻzaro muvofiqligi va statistik yaroqliligini taʼminlash.
3. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuritiladigan maʼmuriy maʼlumotlarni yigʻish jarayonlarini raqamlashtirish va oʻzaro integratsiya qilish orqali ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan toʻplanadigan hisobot va statistik maʼlumotlarni bosqichma-bosqich maqbullashtirish.
4. Davlat organlari va tashkilotlarida maxfiylik, maʼlumotlarni egasizlantirish va maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv madaniyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish.
5. Davlat organlari va tashkilotlarida maʼlumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni Respublika statistika kengashida muhokama qilib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoniga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxatining 53-pozitsiyasi “Hisobotni qabul qiluvchi organ” ustunidagi “Statistika organlari” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-son qarorida:
(a) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “1 425 ta” soʻzlari “1 439 ta” soʻzlari bilan hamda “3 ta” soʻzlari “4 ta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 2-ilovaning 22-bandidagi “uch” soʻzi “toʻrt” soʻzi bilan almashtirilsin;
(v) 4-ilovaning 10-pozitsiyasi “Lavozim nomi” ustunidagi “, bosh auditor” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 06/26/190/0924-son)