Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.06.2001
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZBEKNAVO” GASTROL-KONSERT BIRLAShMASINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyundagi 272-son “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ilovaga* muvofiq zarur mablag‘lar ajratilsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Belgilansinki, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar)ning, shu jumladan xorijiy hamda qo‘shma korxonalar (tashkilotlar)ning musiqa va raqs san’ati sohasida shug‘ullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish yuzasidan buyurtmanomalarini Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarorida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha taklif kiritadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 21-fevral,
102-son