1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, aksiyadorlashtirilgan korxonalarda va yangidan barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida tashkil etilgan boshqaruv organlari (aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuvchi kengash va boshqaruv) umuman olganda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish koʻrmoqda.
Shu bilan bir vaqtda bir qancha aksiyadorlik jamiyatlarida va xolding kompaniyalarida maʼmuriy — buyruqbozlik prinsiplariga asoslangan eski boshqaruv usullari hamon saqlanib qolmoqda, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari va kuzatuvchi kengashlarning rahbarlik oʻrni zarur darajada taʼminlanmayapti. Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvlari rahbarlarini yollashning kontrakt tizimi mexanizmi ishga tushirilmagan.
Aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlik va ijro etuvchi organlari faoliyatini aniq tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarning mavjud emasligi buning sabablaridan biridir.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning faol qatnashishini taʼminlash, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va kuzatuvchi kengashning ahamiyatini oshirish, bozor sharoitlarida korxonalarning samarali ishlashi uchun ijro etuvchi organlarning masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
(1-banding toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2006-y., 42-son, 417-modda)
(1-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2. Aksiyadorlik jamiyatlariga uch oy muddatda:
oʻzlarining taʼsis va ichki meʼyoriy hujjatlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga muvofiqlashtirish;
Kuzatuvchi kengashlar tarkibini, ularga aksiyalarning eng koʻp paketlari egalarini kiritgan holda, qayta koʻrib chiqish;
Aksiyadorlik jamiyati nomidan ish koʻruvchi Kuzatuvchi kengash raisi bilan ijro etuvchi organ rahbari oʻrtasida uni yollash toʻgʻrisida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish tavsiya qilinsin.
Ijro etuvchi organ rahbarining korxona faoliyati natijalari toʻgʻrisida kuzatuvchi kengash oldida har chorakda va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida vaqti-vaqti bilan hisobot berishi amaliyotga joriy etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida aksiyadorlik jamiyatlariga koʻmaklashsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomalarni ikki oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
4. Vazirlar Mahkamasining komplekslari 1998-yil 1-oktabrgacha ustav jamgʻarmalarida davlat ulushi 25 foizdan oshadigan aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchi kengashlariga davlatning ishonchli vakillari tayinlanishini amalga oshirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-avgust,
361-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 1-ILOVA
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom “______________” aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlari umumiy yigʻilishi maqomini belgilaydi va uning ishini, uni oʻtkazish va qarorlar qabul qilinishini tartibga soladi.
1.2. Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda __________ __________________ aksiyadorlik jamiyati ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.3. Jamiyat har yili Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishi shart (ochiq aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi shaxsan qatnashish shaklida, yopiq aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi shaxsan qatnashish yoki sirtqi shaklda oʻtkaziladi).
1.4. Aksiyadorlarning yillik Umumiy yigʻilishi Jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, biroq moliyaviy yil tamom boʻlgandan keyin olti oydan kechikmay oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning hisobot Umumiy yigʻilishida yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirish mumkinligi yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi masala, jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobot va qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
1.5. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan boshqa oʻtkaziladigan yigʻilishlar navbatdan tashqari yigʻilishlar hisoblanadi.
1.6. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi sanasi, uni oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga maʼlum qilish shakli, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish paytida aksiyadorlarga taqdim etiladigan materiallar (axborot) roʻyxati jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
II. AKSIYADORLAR UMUMIY YIGʻILIShINING VAKOLATLARI
2.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga quyidagilar tegishli boʻladi:
a) Jamiyat Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
v) jamiyatni tugatish, tugatuvchi tayinlash hamda oraliq va uzil-kesil tugatish balanslarini tasdiqlash;
(2.1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
g) jamiyat Kuzatuvchi kengashining son tarkibini belgilash, uning aʼzolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish;
d) eʼlon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdorini belgilash;
e) jamiyat ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish yoki kamaytirish;
j) oʻz aksiyalarini sotib olish;
z) jamiyat ijro etuvchi organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazolar), uning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish (bekor qilish), agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish Kuzatuvchi kengash vakolatlariga kiritilmagan boʻlsa, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ aʼzolari tomonidan jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlarini bajarishda qoʻpol buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan yoki uni bajarish barbod qilingan taqdirda, ular bilan tuzilgan shartnomalar Kuzatuvchi kengash tomonidan muddatidan oldin toʻxtatilgan hollar bundan mustasno;
(2.1-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
i) jamiyat taftish komissiyasi aʼzolarini (taftishchisini) saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish;
k) auditorlik tekshiruvi oʻtkazish, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga haq toʻlashning cheklangan miqdorini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(2.1-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
l) jamiyatning yillik biznes-rejalarini (ushbu masalani hal etish jamiyat ustavida Kuzatuvchi kengashning vakolatlariga tegishli deb topilgan yoki Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan unga topshirilgan hollar bundan mustasno) jamiyat yillik hisobotlarini, buxgalterlik balanslarini, foyda va zararlari schyotini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
(2.1-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
l1) Jamiyatning kuzatuvchi kengashi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha, shu jumladan jamiyatni boshqarish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etish boʻyicha uning hisobotlarini eshitish;
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qaroriga muvofiq “l1” kichik bandi bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
(2.1-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
n) aksiyalar ochiq yozilish orqali joylashtirilgan hollarda aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga aksiyadorning ustunlik huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
o) Umumiy yigʻilish ish tartibini tasdiqlash;
p) aksiyalarni boʻlish va jamlash;
r) yirik bitishuvlarni sodir etish, ular quyidagilar hisoblanadi:
bunday bitishuvlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada qiymati jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiqni tashkil etuvchi mol-mulkni jamiyat tomonidan toʻgʻridan toʻgʻriyoki bilvosita sotib olish yoki begonalashtirish, yoxud begonalashtirish imkoniyati bilan bogʻliq bitishuvlar yoki oʻzaro bir-biriga bogʻliq bir necha bitishuvlar, odatdagi xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir etiladigan bitishuvlardan tashqari;
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning ellik foizdan ortiqni tashkil etuvchi oddiy (odatdagi) aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoxud imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bogʻliq bitishuv yoki oʻzaro bir-biriga bogʻliq bir necha bitishuv. Yirik bitishuv mavzusi hisoblangan mol-mulk qiymatini belgilash jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
(2.1-bandning “r” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori tahririda)
LexUZ sharhi
2.1-bandning “r” kichik bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
s) sodir etilishidan jamiyat kuzatuvchi kengashi aʼzosi, jamiyat boshqaruvining boshqa organlarida lavozimni egallab turgan shaxs, oʻziga qaram boʻlgan (affilior) shaxs bilan birgalikda jamiyatning yigirma foiz yoki undan ortiq ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) manfaatdor boʻlgan bitishuvlarni tuzish, basharti koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, ularning turmush oʻrtoqlari, ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barchasi affilior shaxslar boʻlsa:
— bunday bitishuvning tarafi hisoblansa yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashsa;
— bitishuv tarafi hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashuvchi yuridik shaxs aksiyalarining yigirma foiziga yoki undan ortiq aksiyalariga egalik qilsa;
— bitishuv tarafi hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan boʻlsa.
Bunda tuzilishidan manfaatdorlik mavjud boʻlgan jamiyat bilan bitishuv tuzish toʻgʻrisidagi qaror ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan, bitishuvdan manfaatdor boʻlmagan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida quyidagi hollarda: 1) agar bitishuv boʻyicha toʻlov summasi va bitishuv mavzusi boʻlgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq boʻlsa; 2) agar bitishuv va (yoki) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha bitishuv jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq boʻlgan miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish hisoblansa qabul qilinadi.
(“s” kichik bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
t) qonunda va jamiyat Ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
(2.1-bandning “t” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
“a”, “b”, “v”, “d”, “r” kichik bandlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha qarorlar Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etuvchi ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar toʻrtdan uch qismining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(2.1-bandning oxirgi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
III. UMUMIY YIGʻILIShDA QATNAShISh HUQUQI. AKSIYADORLARNI VA ULARNING VAKOLATLI VAKILLARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh
3.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish rasman eʼlon qilingan kungacha uch kalendar kunda shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻladi.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
3.4. Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga oʻzgartirishlar faqat reyestr tuzilgan sanada koʻrsatib oʻtilgan reyestrga kiritilmagan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki uni tuzishda yoʻl qoʻyilgan xato tuzatilgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
3.5. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan ularning vakolatli vakillari, jamiyat auditori, jamiyat Kuzatuvchi kengashi va ijro etuvchi organlari aʼzolari, jamiyat taftish komissiyasi aʼzolari hozir boʻlish huquqiga ega boʻladilar (Kuzatuvchi kengashni va jamiyat nazorat organlarini saylash boʻyicha ovoz berish byulleteniga kiritilgan nomzodlarni, shuningdek yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbarini tayinlash boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni ham taklif etish tavsiya etiladi).
(3.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
3.6. Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlar yoki ularning vakolatli vakillari yigʻilish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan joy va vaqt boʻyicha roʻyxatdan oʻtishlari kerak.
3.7. Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun kelgan jismoniy shaxslar boʻlgan aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish pasport yoki aksiyadorning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat koʻrsatilgach, vakilga nisbatan esa notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma koʻrsatilgach amalga oshiriladi.
3.8. Yuridik shaxs rahbari jamiyat aksiyadori Umumiy yigʻilishdagi oʻz vakolatlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi huquqiy hujjat hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiradi.
3.9. Aksiyador yuridik shaxsning vakili Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida tashkilot rahbarining imzosi bilan yoki bunga taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan boshqa shaxsning imzosi chekilgan, ushbu tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan uning nomiga berilgan ishonchnoma mavjud boʻlgan taqdirda qatnashishi mumkin.
(3.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
3.11. Jamiyat aksiyadorlari reyestriga binoan 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qayd etish roʻyxati tuziladi.
(3.11-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Qayd etish roʻyxati risola holiga keltirilgan, tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan va aksiyadorlik jamiyati muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
3.12. Umumiy yigʻilishni oʻtkazishda aksiyadorlar (ularning vakillari) qayd etish roʻyxatiga imzo chekadilar va jamiyat aksiyadorlari reyestri maʼlumotlari boʻyicha belgilangan har bir aksiyadorning ovoz beruvchi aksiyalari sonidan kelib chiqib ovoz berish uchun byulletenlar toʻplamini (2-ilovaga) oladilar.
(3.12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
3.13. Agar yigʻilish qatnashchisi bir yoki bir necha aksiyadorning manfaatlarini ifodalashga ishonchnoma taqdim etsa, u holda unga u ifodalayotgan aksiyador (aksiyadorlar) uchun ovoz berishga byulleten beriladi, roʻyxatdan oʻtish roʻyxatida esa u ifodalayotgan aksiyadorning familiyasi qarshisiga “__________ta (soni) ovoz beruvchi aksiyalar boʻyicha “_____” da berilgan ishonchnoma boʻyicha” degan yozuv qayd etiladi hamda vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi (3, 3a-ilovalar).
(3.15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
3.151. Agar jamiyat aksiyalari bir necha shaxslarning umumiy ulushli mulkida boʻlsa, u holda aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish boʻyicha vakolat ularning xohishi boʻyicha umumiy ulushli mulk qatnashchilaridan biri tomonidan yoxud ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslardan har birining vakolati zarur tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
(3.151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
IV. AKSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIGʻILIShINI OʻTKAZIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh
4.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishni Kuzatuvchi kengash amalga oshiradi. Kuzatuvchi kengash quyidagilarni belgilaydi:
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining oʻtkaziladigan sanasi, joyi va vaqti;
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibi;
umumiy yigʻilish oʻtkazish toʻgʻrisida xabar berish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga maʼlum qilish tartibi;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim qilinadigan maʼlumotlar (materiallar) roʻyxati;
ovoz berish uchun byulletenning shakli va matni;
yigʻilishni oʻtkazish shakli (yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun).
4.2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi rasmiy eʼlon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin tuzilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida matbuotda tegishli axborotni eʼlon qilish va aksiyadorlarga yozma bildirishnoma (4-ilova) yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati yozma bildirishnomani aksiyadorga va davlat vakiliga mustaqil ravishda yoxud tegishli xizmatlar koʻrsatishga jamiyat bilan qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi orqali yuborishga haqlidir.
Aksiyadorning talabiga koʻra jamiyat aksiyadorga uning aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun tuzilgan jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etishi shart.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish muddati jamiyat tomonidan belgilanadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi sanasidan oldin 10 kalendar kundan kechikmay aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma yuborilishi kerak.
4.3. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarda quyidagilar boʻlishi kerak:
jamiyatning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili);
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
jamiyat aksiyadorlari reyestri tuzilgan sana;
Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar;
aksiyadorlarni va davlat vakilini Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar (materiallar) bilan tanishtirish tartibi.
4.4. Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar (materiallar)ga jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha jamiyat taftish komissiyasi (taftishchi) va auditorlik tashkilotining xulosasi, yakka boshchilik qiladigan ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirish, qayta tuzish yoki shartnomani bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisida jamiyat Kuzatuvchi kengashi xulosasi, jamiyat Kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasi aʼzoligiga (taftishchilarga) nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi.
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlatning vakiliga taqdim etilishi shart boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar (materiallar) roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
(4.1 — 4.4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
4.5. Agar jamiyat aksiyadorlari reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxs aksiyalarning nominal egasi boʻlsa Umumiy yigʻilishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma aksiyalarning nominal egasiga yuboriladi. Aksiyalarning nominal egasi uni oʻz mijozlariga qonun hujjatlarida yoki mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda yetkazishi shart.
4.6. Jamiyat Aksiyadorlari umumiy yigʻilishi kun tartibiga doir takliflar (5-ilovada koʻrsatilgan shakl boʻyicha) jamiyatning kamida bir foiz ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar tomonidan, basharti jamiyat Ustavida kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, jamiyat moliyaviy yili tamom boʻlgandan keyin 30 kundan kechikmay yuboriladi. Koʻrsatib oʻtilgan aksiyadorlar, shuningdek aksiyadorlar yillik Umumiy yigʻilish kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiga) nomzodlar koʻrsatishga haqlidir, ularning soni ushbu organlar son tarkibidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(4.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.7. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalani qoʻyish sababi, masalani kiritayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning nomi, unga tegishli aksiyalar soni va tipi koʻrsatilgan holda yozma shaklda kiritiladi.
Jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiga) nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisida takliflar kiritishda, shu jumladan oʻz nomzodini koʻrsatishda nomzodning ismi, unga tegishli aksiyalar soni va tiplari (agar nomzod jamiyatning aksiyadori boʻlsa), shuningdek nomzodni koʻrsatuvchi aksiyadorlarning nomlari, ularga tegishli aksiyalarning soni va tiplari koʻrsatiladi.
(4.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
4.8. Jamiyatning kuzatuvchi kengashi tushgan takliflarni mazkur Nizomning 4.6-bandida belgilangan muddat tamom boʻlgandan keyin 15 kundan kechikmay koʻrib chiqishga va ularni aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish yoki kun tartibiga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majburdir.
4.9. Aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilishi, shuningdek koʻrsatilgan nomzodlar jamiyat Kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan istisnodir:
— aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan mazkur Nizomning 4.6-bandida belgilangan muddatga rioya qilinmasa;
— aksiyador (aksiyadorlar) mazkur Nizomning 4.6-bandida nazarda tutilgan jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari miqdoriga egalik qilmaydi;
— jamiyatning saylov organlariga koʻrsatilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa;
— taklif qonun hujjatlariga talablariga muvofiq boʻlmasa.
(4.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.10. Jamiyat Kuzatuvchi kengashining masalani aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish yoki nomzodni jamiyatning Kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritish asosli ravishda rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan keyin uch kundan kechikmay masalani kiritgan yoki taklif bergan aksiyador (aksiyadorlar)ga yuboriladi.
(4.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.11. Jamiyat kuzatuvchi kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish yoki jamiyatning nomzodni kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar boʻyicha nomzodlar roʻyxatiga kiritish rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(4.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
V. AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TAShQARI UMUMIY YIGʻILIShINI OʻTKAZIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh
5.1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi jamiyat Kuzatuvchi kengashi qaroriga koʻra quyidagilar asosida oʻtkaziladi:
(5.1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
— talab berilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi bilan (6-ilovaga muvofiq).
5.2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida talab berilgan paytdan boshlab 45 kundan kechikmay amalga oshiriladi.
5.3. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi talabda yigʻilish kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar ularni kiritish sabablari koʻrsatilgan holda ifodalanishi kerak.
5.4. Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi jamiyatning taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi bilan chaqirilayotgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritiladigan masalalar ifodalanishiga oʻzgartirishlar kiritishga haqli emas.
(5.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
5.5. Agar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talab aksiyador (aksiyadorlar)dan chiqqan boʻlsa, unda yigʻilish chaqirilishini talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning ismi (nomi), unga tegishli aksiyalar soni, tipi koʻrsatilishi kerak.
(5.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
5.6. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talab aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi chaqirilishini talab qilayotgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
5.7. Jamiyat taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishni chaqirish toʻgʻrisidagi talabi berilgan sanadan boshlab oʻn kun ichida jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishining chaqirilishi yoxud uning chaqirilishi rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi kerak.
(5.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
5.8. Jamiyat taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishni chaqirish toʻgʻrisidagi talabi rad etilishi haqidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar:
(5.8-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
— aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) talab berilgan sanada jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining 10 foiziga egalik qilmasa;
— jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan savollardan hech biri uning vakolatiga tegishli boʻlmasa;
— kun tartibiga kiritish uchun taklif qilinayotgan masala qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
5.9. Kuzatuvchi kengashning aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish yoki uni chaqirishni asosli ravishda rad etish toʻgʻrisidagi qarori uni chaqirishni talab qiluvchi shaxslarga ushbu qaror qabul qilingan paytdan boshlab uch kundan kechikmay yuboriladi.
5.10. Jamiyat kuzatuvchi kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
5.11. Agar 45 kun ichida jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmasa yoki mazkur Nizomning 5.8-bandida koʻrsatilmagan sabablar boʻyicha uni chaqirish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi uni chaqirishni talab qiluvchi shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ushbu holda aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish xarajatlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyat mablagʻlari hisobiga qoplanishi mumkin.
5.12. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Kuzatuvchi kengashning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqishda aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishlari mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq tartibda chaqiriladi.
VI. UMUMIY YIGʻILISh KVORUMI
6.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, agar umumiy yigʻilishda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish tamom boʻlishi paytida Jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami boʻlib kamida 60 foizidan ortigʻiga egalik qiluvchi aksiyadorlar (ularning vakillari), shu jumladan aksiyalarning davlatga tegishli paketini ishonchli boshqaruvchi yoki davlat vakili (aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasida davlatga tegishli aksiyalar paketi mavjud boʻlsa) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa qonuniy kuchga (kvorumga) ega boʻladi.
LexUZ sharhi
6.1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
6.2. Agar imtiyozli aksiyalar kun tartibining faqat bitta yoki bir nechta masalalari boʻyicha ovoz bersa, yigʻilish kvorumi taqdim etilgan oddiy aksiyalar soniga qarab belgilanadi, koʻrsatilgan masalalar boʻyicha ovozlarni sanash esa ovoz beruvchi oddiy va imtiyozli aksiyalarning umumiy sonidan kelib chiqib oʻtkaziladi.
6.3. Agar yigʻilish boshlanishi uchun belgilangan vaqtdan soʻng 60 minutdan ortiq vaqt davomida kvorum toʻplanmasa, aksiyadorlarning yangi umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi.
6.4. Boʻlib oʻtmagan Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻrniga chaqirilgan yangi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, agar unda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tamom boʻlishi paytida jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalari ovozlarining jami kamida 60 foiziga egalik qilgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa huquqiy vakolatlidir
(6.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
6.5. Agar takroriy yigʻilishda kvorum toʻplanmasa, u holda aksiyadorlar tashabbusi bilan chaqirilayotgan yigʻilish boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi va bundan keyin chaqirilmaydi; jamiyat Kuzatuvchi kengashi, taftish komissiyasi yoki auditorining tashabbusi bilan chaqirilayotgan yigʻilish jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami boʻlib kamida 60 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (ularning vakillari) hozir boʻlishi taʼminlanmagungacha shuncha marta chaqiriladi.
(6.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
6.6. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini chaqirish sanasi 20 kundan oz muddatda kvorum yoʻqligi munosabati bilan koʻchirilgan taqdirda, Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar boʻlib oʻtmagan Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestrga muvofiq aniqlanadi.
(6.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
VII. UMUMIY YIGʻILIShNING IShChI ORGANLARI
7.1. Quyidagilar Umumiy yigʻilish ishchi organlari hisoblanadi: rayosat, sanoq komissiyasi, kotib (kotibiyat).
7.2. Aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi rayosati va raisi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida saylanadi. Bunda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi prezidiumi tarkibiga lavozimiga koʻra Kuzatuvchi kengash raisi kiradi.
(7.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
7.3. Aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi raisi yigʻilish rayosatiga boshchilik qiladi, yigʻilish olib borilishini taʼminlaydi va buning uchun u oʻz vazifalarini zarur tartibda bajarilishi uchun zarur boʻlgan barcha vakolatlarga ega boʻladi.
7.4. Umumiy yigʻilish raisi yigʻilishning borishiga rahbarlik qiladi, Umumiy yigʻilish ishchi organlari ishini muvofiqlashtiradi, masalalarni muhokama qilish tartibini belgilaydi, maʼruzachilarning nutq soʻzlashlari vaqtini chegaralaydi, yigʻilishni olib borish va ovoz berish davomida tushuntirishlar beradi, zalda tartib oʻrnatilishini nazorat qiladi.
7.5. Umumiy yigʻilish raisi umumiy yigʻilish bayoni va qarorini imzolaydi.
7.6. Ovozlarni hisoblab chiqish, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ovoz berish uchun byulletenlar berish uchun Jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan soni va shaxsiy tarkibini Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tasdiqlaydigan sanoq komissiyasi tashkil etiladi.
(7.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
7.7. Sanoq komissiyasi tarkibi uch kishidan kam boʻlishi mumkin emas. Sanoq komissiyasiga jamiyat Kuzatuvchi kengashi aʼzolari, jamiyat Taftish komissiyasi aʼzolari, kollegial ijro etuvchi organ aʼzolari, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, teng ravishda boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shuningdek nomzodlar tomonidan ushbu lavozimlarga koʻrsatiladigan shaxslar kirishi mumkin emas.
(7.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
(7.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
7.9. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish “jamiyatning bir ovoz beruvchi aksiyasi 1 ovoz” prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi (jamiyat kuzatuvchi kengashi aʼzolari saylovlari boʻyicha nomzodlar soniga qarab, qancha boʻlsa shuncha ovoz berilgan hollar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari).
7.10. Ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladigan ovoz berishda ovozlar ovoz beruvchilarga ovoz berishning ehtimol tutilgan variantlaridan faqat bittasi qoldirilgan masalalar boʻyicha hisoblanadi. Yuqorida koʻrsatilgan talab buzilgan holda toʻldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va undagi mavjud masalalar boʻyicha ovozlar hisoblanmaydi.
7.11. Agar ovoz berish byulletenida ovoz berishga qoʻyilgan bir necha masala mavjud boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan talab bir yoki bir necha masalaga nisbatan rioya qilinmasligi ovoz berish byulletenining umuman haqiqiy emasligi tan olinishiga olib kelmaydi.
7.12. Sanoq komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish masalasida mustaqil ish koʻruvchi yigʻilishning ishchi organi hisoblanadi va kuzatuvchi kengashning taklifiga koʻra aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
7.13. Sanoq komissiyasi vakolatlarining muddati u aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan saylangan paytdan boshlab aksiyadorlarning tegishli yigʻilishi (yillik yoki navbatdan tashqari) tomonidan sanoq komissiyasining yangi tarkibi saylanishi (yoki qayta saylanishi) paytigacha hisoblanadi.
7.14. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish paytida sanoq komissiyasi kuzatuvchi kengashning topshirigʻiga koʻra quyidagi funksiyalarini amalga oshiradi:
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxatini tuzadi;
ovoz berish byulletenlarini va umumiy yigʻilishning boshqa materiallarini beradi va yuboradi, berilgan (yuborilgan) byulletenlar hisobini olib boradi.
7.15. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyadorlarning oldingi umumiy yigʻilishi tomonidan saylangan sanoq komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlarni (ularning vakillarini) roʻyxatdan oʻtkazadi;
ishonchnomalar va ular tomonidan beriladigan huquqlar hisobini yuritadi;
ovoz berish byulletenlarini va umumiy yigʻilishning boshqa axboroti (materiallari)ni beradi;
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kvorumi mavjudligini belgilaydi.
7.16. Tarkibi boʻlib oʻtayotgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi davomida tasdiqlangan sanoq komissiyasi:
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kvorumi mavjudligini aniqlaydi;
aksiyadorlar (ularning vakillari) tomonidan Umumiy yigʻilishda ovoz berish huquqini amalga oshirish munosabati bilan paydo boʻluvchi masalalarni tushuntiradi;
ovoz berishga qoʻyilayotgan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibini tushuntiradi;
ovoz berishning belgilangan tartibini va aksiyadorlarning ovoz berishda qatnashishi huquqini taʼminlaydi;
ovozlarni sanaydi va ovoz berish yakunlarini chiqaradi;
ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayon tuzadi;
ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.
VIII. UMUMIY YIGʻILIShNI OLIB BORISh TARTIBI
8.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini olib borish tartibi aksiyadorlarning har bir Umumiy yigʻilishida mazkur Nizomga muvofiq tasdiqlanadi.
8.2. Kuzatuvchi kengash raisi Umumiy yigʻilishning sanoq komissiyasini, rayosatini va kotibini (kotibiyat - yirik aksiyadorlik jamiyatlari uchun tavsiya etiladi) saylashni taklif etadi.
8.3. Aksiyadorlar tashabbusiga koʻra chaqirilgan Umumiy yigʻilish rayosati tarkibini tasdiqlash boʻyicha ovoz berish jamiyat Ustavi bilan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
8.4. Umumiy yigʻilishni olib borish tartibi yigʻilishning boshlanishi va taxminan tamom boʻlishi vaqtini, nutqlar qancha davom etishi va tanaffuslarni, kun tartibi masalalarining izchilligini, kun tartibi masalalari boʻyicha maʼruzachilarning familiyalari va lavozimlarini, ovoz berishni amalga oshirish va uning natijalarini eʼlon qilish tartibini nazarda tutadi.
8.5. Yigʻilish davomida paydo boʻluvchi joriy masalalarni rais muhokama qilinayotgan masala boʻyicha Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida bosh prinsipdan: har bir qatnashchining belgilangan vaqt doirasida soʻzga chiqish huquqidan foydalanishi mumkinligidan kelib chiqib yakkaboshchilik bilan hal etiladi.
8.6. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda qatnashish istagini bildirganlar Umumiy yigʻilish kotibiyatiga muhokama qilinadigan masalani koʻrsatgan holda buyurtmanoma beradilar.
(8.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
8.8. Kun tartibining barcha masalalari muhokama qilingandan keyin rais Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini yopiq deb eʼlon qiladi.
IX. AKSIYADORLAR UMUMIY YIGʻILIShI BAYoNI
9.1. Umumiy yigʻilish kotibiyatining son va shaxsiy tarkibi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
9.2. Kotibiyat tarkibini aniqlashga nisbatan mazkur Nizomning 7.10-bandiga muvofiq sanoq komissiyasi aʼzolarini tayinlashga qoʻyiladigan talablarga oʻxshash talablar qoʻyiladi.
9.3. Umumiy yigʻilish kotibiyati:
— Umumiy yigʻilishning borishini bayonga qayd etib boradi;
— yozma buyurtmanomalar boʻyicha yigʻilish kun tartibi masalalarini muhokama qilishda qatnashish istagini bildiruvchilar roʻyxatini olib boradi;
— Umumiy yigʻilish tamom boʻlgandan soʻng 15 kundan kechikmay Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonini ikki nusxada tuzadi.
9.4. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonida:
— Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan joy va vaqt;
— jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi boʻlgan aksiyadorlar egalik qilgan ovozlarning umumiy soni;
— yigʻilishda qatnashgan aksiyadorlar egalik qilgan ovozlar soni;
— yigʻilish raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilish kun tartibi;
— nutqlarning asosiy qoidalari, ovoz berishga qoʻyilgan masalalar, ovoz berish yakunlari va Umumiy yigʻilish tomonidan qabul qilingan qarorlar koʻrsatiladi.
9.5. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayoni Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
9.6. Sanoq komissiyasi bayoni yigʻilishning maxsus qarori bilan tasdiqlanmaydi, balki maʼlumot uchun qabul qilinadi hamda Umumiy yigʻilish bayonnomasiga tikib qoʻyilishi kerak.
9.7. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayoni imzolangandan keyin sanoq komissiyasi yigʻilish hujjatlarini, shu jumladan Umumiy yigʻilishning roʻyxatdan oʻtish roʻyxatini, sanoq komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolangan muhrlangan ovoz berish byulletenlarini, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonlarni va Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonini saqlash uchun jamiyat arxiviga topshiradi.
X. AKSIYADORLAR UMUMIY YIGʻILIShI QARORLARINI BAJARISh
10.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilishni, basharti yigʻilish qarorida oʻzgacha hol qayd etilmagan boʻlsa va bayonda aks ettirilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuvchi kengashi amalga oshiradi.
10.2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorlari Umumiy yigʻilishda hozir boʻlgan, shuningdek hozir boʻlmagan barcha aksiyadorlar tomonidan, ularga tegishli qismi boʻyicha bajarilishi majburiydir.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 1-ILOVA
_____________ aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining __________yil _____ da oʻtkaziladigan Umumiy yigʻilishining Qayd qilish
roʻyxati
T/r
Aksiyador familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi)
Shaxsiy schyoti raqami
Ovoz beruvchi aksiyalar soni
Aksiyador imzosi
(vakilbor boʻlsa toʻldiriladi)
Vakil familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi)
Ishonchnoma raqami
Ishonchnoma berilgan sana
Ovoz beruvchi aksiyalar soni
Vakil imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Umumiy yigʻilishning barcha roʻyxatdan oʻtkazilgan qatnashchilari kishi___,ovoz beruvchilar ___________________.
Kvorum mavjudligi (ovoz beruvchi aksiyalarning umumiy sonidan foizlarda) _________%.
Sanoq komissiyasi aʼzolarining imzolari
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 2-ILOVA
________________yil “__”__________________da aksiyadorlarning yillik (navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishida ovoz berish uchun __________AJning____ta ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorining ________-son* BYuLLLETENI
(ovozlar soni)
№
Kun tartibidagi masala
Tarafdorlar
Qarshilar
Betaraflar
1.
2.
3.
4.
5.
6.
......
Familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari___________________________________
_____________
(imzo)
* Qayd etish roʻyxati boʻyicha aksiyadorning raqami koʻrsatiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 3-ILOVA
AJning _____ta oddiy aksiyalariga (va ______ta imtiyozli aksiyalariga egallik qiluvchi) _____________menga tegishli barcha aksiyalar bilan ovoz berishda aksiyadorlar yigʻilishida mening manfaatlarimni ifodalash uchun _________________ga ishonch bildiraman.
Mening manzilim:
Vakilning manzili:
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
Pasport
Pasport
seriyasi____№__________________
seriyasi____№__________________
berilgan_______________________
berilgan_______________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
Ishonchnoma 199__ yil____________dan 199__yil gacha haqiqiydir.
Aksiyadorning imzosi_________
Sana__________________
Aksiyadorning shaxsiy imzosini tasdiqlayman.
Notarius_______________________________
Imzo ____________
Sana ____________________
M. Oʻ.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 3a-ILOVA
AJning aksiyadori hisoblanuvchi, ____ta oddiy aksiyaga (va _______ta imtiyozli aksiyaga) egallik qiluvchi_________________________________________________ning rahbari (direktori, raisi)
(yuridik shaxsning nomi)
fuqaro _____________ga aksiyadorlar yigʻilishida barcha tegishli aksiyalar bilan__________ning manfaatlarini (yuridik shaxsnomi) ifodalashga ishonch bildiraman.
Aksiyadorning manzili:
Vakilning manzili:
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
Bank rekvizitlari:
Pasport seriyasi ____ № __
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
199___yil ___________dan 199__yil __ ___________gacha amal qiladi.
Rahbarning imzosi _________
Sana_____________________
M. Oʻ.
Aksiyadorning shaxsiy imzosi tasdiqlayman: __________________
Notarius_______________________________
Imzo ____________
Sana ____________________
M. Oʻ.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 4-ILOVA
manzilida joylashgan AJ telefon Sizga 19___ ____________ soat________minutda manzilida aksiyadorlik jamiyatimiz aksiyadorlarining yillik(navbatdan tashqari) yigʻilishi boʻlishi haqida maʼlum qiladi.
Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati 19__yil ___________dagi holatiga koʻra tuziladi.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. 2. 3. ...
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish davrida Siz aksiyadorlar umumiy yigʻilishining quyidagi materiallari bilan tanishishingiz mumkin:
1. 2. 3. ...
Yoningizda pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma boʻlishi soʻraladi.
“________________” AJ Kuzatuvchi kengashi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 5-ILOVA
“_______________” AJ
Aksiyador______________ning Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalani kiritish toʻgʻrisidagi taklifi
ovoz beruvchi aksiyalar soni_______ta (AJ jami ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 1%i)
(tashkilotning nomi)
F.I.O.___________________
___________________
(imzo, sana)
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 7-ILOVA
Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazishni tashkil etish
TARTIBI
1. Mazkur Tartib aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda qatnashish, aksiyadorlik jamiyatining joriy vakolatini uncha yaxshi bilmay va nohalol boshqarish sababli ularning manfaatlariga zarar yetkazmaslik yuzasidan ularning huquqlarini himoya qilishda aksiyadorlarga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Kuzatuvchi kengash faoliyatini muddatidan oldin toʻxtatish masalasi boʻyicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Kuzatuvchi kengash qarori;
jamiyat taftish komissiyasi yoki auditorning talabi;
talab qoʻyilayotgan sanada jamiyatning kamida 10 foiz ovoz beruvchi aksiyasi egasi hisoblangan aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi.
3. Quyidagilar koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablarning sababi hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Ustavga, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlariga rioya qilmaslik;
jamiyatga zarar keltirganlik, aksiyadorlarning mulkiy huquqlariga ziyon yetkazish, shu jumladan ishlab chiqarish moliya-xoʻjalik faoliyatining jiddiy yomonlashuvi, foyda va rentabellikning pasayishi, ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish, ishlar, xizmatlar koʻrsatish hajmlarining asossiz ravishda kamayib ketishi bilan bogʻliq ziyon yetkazganlik;
jamiyatning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) belgilari mavjudligi yoki ularning paydo boʻlish xavfi, davlat budjeti, xodimlarga ish haqi toʻlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi barqaror qarzdorlik.
4. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab Kuzatuvchi kengashga beriladi va unda aniq sabablar hamda ularning asosliligi koʻrsatilgan holda yigʻilishning kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar boʻlishi lozim.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talabnomada Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisidagi masaladan tashqari kun tartibiga Kuzatuvchi kengashning yangi tarkibini saylash masalasini kiritish alohida taklif boʻlishi kerak.
Kuzatuvchi kengash yangi tarkibini saylash masalalarini yigʻilish kun tartibiga kiritish ishlab turgan Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisidagi masala ijobiy hal etilgandan soʻnggina Umumiy yigʻilishda amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talabnoma aksiyador (aksiyadorlar)dan tushgan hollarda unda unga tegishli aksiyalarning soni, turi koʻrsatilgan holda yigʻilish chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) boʻlishi kerak.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnoma uni chaqirishni talab qilayotgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
5. Kuzatuvchi kengash aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalalar ifodalanishiga oʻzgartirishlar kiritishga haqli emas va aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida talabnoma taqdim etilgan paytdan boshlab kechi bilan 45 kundan soʻng uni chaqirishni taʼminlashga yoki 10 kun davomida uni chaqirishni rad etish toʻgʻrisida asosli javob berishga majburdir.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi Kuzatuvchi kengash qarori yoki asosli ravishdagi rad javobi toʻgʻrisidagi qaror u olingan paytdan boshlab kechi bilan uch kunda uni chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.
6. Kuzatuvchi kengashning aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Agar belgilangan muddatlar davomida Kuzatuvchi kengash tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinmagan yoki uni chaqirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi uni chaqirishni talab qilayotgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 3-ILOVA
Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida
1.1. Mazkur Nizom “__________” aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining maqomini belgilaydi va uning ishini, aʼzolarini tayinlash tartibini, shuningdek har bir aʼzosining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Ijro etuvchi organ deganda yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ (direktor), kollegial ijro etuvchi organ (boshqaruv, direksiya), tushuniladi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra ijro etuvchi organ vakolatlari shartnoma boʻyicha, shu jumladan tanlov asosida tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Agar jamiyat ustavida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma shartlari Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
1.2. Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va _______________ aksiyadorlik jamiyatining Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
II. AKSIYADORLIK JAMIYATINING IJRO ETUVChI ORGANINI TUZISh TARTIBI
2.1. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining son tarkibi Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadigan tartibda qabul qilingan maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari smetalari asosida va doirasida jamiyatning Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
2.1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
2.2. Aksiyadorlik jamiyatining Ijro etuvchi organi rahbari va uning shaxsiy tarkibi, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat Kuzatuvchi kengashi vakolatiga tegishli deb topilmagan boʻlsa, jamiyat Aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi (tayinlanadi, yollanadi va hokazo). Jamiyat ustaviga muvofiq yoki tegishli ravishda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki jamiyat Kuzatuvchi kengashining qaroriga koʻra yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari tanlov asosida tayinlanishi mumkin.
(2.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.3. Ijro etuvchi organ aʼzoligiga nomzodlar koʻrib chiqilganda va tasdiqlanganda qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan qabul qilinadi.
(2.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.4. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladi. Ijro etuvchi organ aʼzoligiga nomzod jamiyatga oʻzining jinoiy javobgarlikka tortilganligi faktlari toʻgʻrisida maʼlum qilishi shart.
(2.4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ijro etuvchi organ tarkibiga u yoki bu nomzodni tavsiya etar ekan Kuzatuvchi kengash raisi kontrakt tuzish shartlari, boshqaruv faoliyati uchun mukofotlash miqdori va nomzodning shaxsiy arizasi bilan tasdiqlangan kontrakt tuzishga nomzodning roziligi toʻgʻrisida axborot beradi.
2.5. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi aʼzoligiga nomzodlar oʻzlarining nomzodlari koʻrib chiqilayotganda aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan yoki Kuzatuvchi kengash majlisida qatnashishlari mumkin.
(2.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.6. Ijro etuvchi organ tarkibiga taklif qilingan nomzodlar Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan maʼqullangandan keyin yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organning rahbari va har bir aʼzosi bilan tegishli lavozim boʻyicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan kontrakt tuziladi. Yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ va kollegial ijro etuvchi organning rahbari bilan kontrakt uni uzaytirish mumkinligi yoki toʻxtatish toʻgʻrisida har yili qaror qabul qilingan holda bir yil muddatga tuziladi. Shartnomani jamiyat nomidan Kuzatuvchi kengash raisi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan vakil qilingan shaxs imzolaydi.
(2.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.7. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadigan ijro etuvchi organ tarkibiga kiradigan shaxsning vakolatlari muddatidan oldin toʻxtatilgan taqdirda, uning vazifalari Jamiyat kuzatuvchi kengashining qarori bilan belgilanadigan shaxs tomonidan jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi Umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda vaqtincha bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(2.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
2.8. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi aʼzosi aksiyadorlik jamiyatning Ustavini, shuningdek kontrakt shartlarini buzganligi uchun bir vaqtning oʻzida kontrakt bekor qilingan holda egallab turgan lavozimidan chaqirib olinishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi aʼzosini chaqirib olish va u bilan tuzalgan kontraktni bekor qilish haqidagi qaror Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki agar jamiyat ustavida unga bunday huquq koʻpchilik ovoz bilan berilgan boʻlsa, Kuzatuvchi kengash tomonidan qabul qilinadi.
Kuzatuvchi kengash yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbari bilan tuzilgan shartnomalarni ular tomonidan qoʻpol buzilishlarga yoʻl qoʻyilganda yoki jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi barbod qilinganda muddatidan oldin toʻxtatish huquqiga egadir.
(2.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
III. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING VAKOLATLARI VA TARKIBI
3.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi vakolatiga jamiyatning joriy faoliyati rahbarligining barcha masalalari kiradi, Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mutlaq vakolatiga yoki Kuzatuvchi kengashning vakolatiga kirgan masalalar bundan mustasno.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
3.2. Ijro etuvchi organning son tarkibi boshqaruv vazifalari bir xodim tomonidan imkoni boricha koʻp bajarilishi, boshqaruv apparatini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda bir-birini takrorlovchi boʻgʻinlarning tugatilishi va u bilan bogʻliq boshqaruv xarajatlarining qisqarishi prinsiplaridan kelib chiqib belgilanadi.
3.3. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organiga:
— ijro etuvchi organ rahbari oʻrinbosari, bosh buxgalter, bosh muhandis va boshqa bosh mutaxassislar;
— asosiy ishlab chiqarish boʻlinmalarning rahbarlari boʻlgan boshqaruvchilar;
— aksiyadorlik jamiyati faoliyatining muhim yoʻnalishlarini taʼminlovchi boshqa mutaxassislar kirishi mumkin.
3.4. Ijro etuvchi organ aʼzolari lavozim yoʻriqnomasi tomonidan belgilab berilgan vakolatlar, ular bilan tuzilgan mehnat kontrakti shartlari, Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, jamiyat Kuzatuvchi kengashining, ijro etuvchi organning qarorlari va ijro etuvchi organ rahbarining koʻrsatmalari doirasida ish tutadi.
Yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organni, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbari va aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish jamiyat faoliyati samaradorligiga qarab amalga oshiriladi.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
3.5. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi rahbari mazkur Nizomga muvofiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi oʻzgarishlar va boshqa holatlar munosabati bilan aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi tarkibiga qoʻshimcha nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega.
IV. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING RAHBARI
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.2. Ijro etuvchi organ rahbari aksiyadorlik jamiyati faoliyatining barcha masalalarini mustaqil ravishda hal qildi, Umumiy yigʻilish yoki Kuzatuvchi kengashning vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
4.3. Ijro etuvchi organ rahbari:
— aksiyadorlik jamiyati nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, boshqa tashkilotlar va organlar bilan boʻlgan oʻzaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalash;
— aksiyadorlik jamiyatining Ustavi yoki boshqa hujjatlari bilan oldindan kelishgan doiralarda uning mol-mulki va pul-mablagʻlarini tasarruf qilish.
— shartnomalar va kontraktlar, shu jumladan mehnat shartnoma (kontrakt)lari tuzish;
— ishonchnomalar berish;
— banklarda hisob-kitob schyotlari va boshqa schyotlar ochish;
— oʻziga boʻysunuvchi barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va koʻrsatmalar berish;
— xodimlar shtatini tasdiqlash, uni butlash huquqiga egadir.
4.4. Ijro etuvchi organ rahbarining vazifalari:
— oʻz vakolatlari doirasida jamiyatning samarali va barqaror ishlashini taʼminlagan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va Kuzatuvchi kengashning mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalardan tashqari;
— Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va jamiyat Kuzatuvchi kengashi qarorlarining bajarilishini tashkil etish;
— ishlab chiqarish birliklari, sexlar va jamiyatning boshqa tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro samarali harakatini taʼminlash;
— jamiyat shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash;
— ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur boʻlgan miqdorlarda foyda olishni taʼminlash;
— jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes-rejalari ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, ularni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish;
— jamiyat faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
— jamiyatda buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi, zarur holati va ishonchligiligini taʼminlash, yillik hisobotlar va boshqa moliyaviy hisobotlar tegishli organlarga oʻz vaqtida taqdim etilishi, shuningdek aksiyadorlarga, kreditorlarga va boshqa oluvchilarga yuboriladigan jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi. Ijro etuvchi organning rahbari yilning har choragida yillik biznes-rejaning bajarilishi toʻgʻrisida Kuzatuvchi kengashga hisobot beradi.
(4.4-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
— jamiyatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlar jamiyatning Kuzatuvchi kengashi, taftish komissiyasi yoki jamiyat auditori talabiga koʻra toʻsiqlarsiz taqdim etilishi;
— davlat statistika hisoboti tegishli organlarga toʻliq va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash;
— jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotlarning saqlanishi, agar bunday axborotni uchinchi shaxslarga berish uning vazifalari doirasiga kirmasa, jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar roʻyxati Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi;
— xizmat yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning jamiyat xodimlari tomonidan saqlanishini taʼminlash;
— jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, jamiyat nomidan hujjatlarni va ijro etuvchi organ majlisi bayonlarini imzolash;
— jamiyatni ixtisoslashgan xodimlar bilan taʼminlash, jamiyat xodimlarining bilimi, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan eng yaxshi foydalanish chora-tadbirlarini koʻrish;
— mehnat va texnologiya intizomiga rioya qilinishi;
— ijtimoiy kafolatlarga rioya qilinishini taʼminlash va jamiyat xodimlarining mehnatini muhofaza qilish;
—- jamoa muzokaralarida ijro etuvchi organ vakillarining ishtirokini taʼminlash. Jamoa shartnomalari va bitimlar tuzilishida ish beruvchi sifatida qatnashish. Jamoa shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish;
— oʻz vakolatiga tegishli ishlarning holati toʻgʻrisidagi axborotni Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga va jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga belgilangan muddatda taqdim etish;
— amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborotlar ular tomonidan olinishi, Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish, dividendlar hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha aksiyadorlarning barcha huquqlariga rioya qilish;
— ichki hujjatlarga, amaldagi qonun hujjatlariga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya qilish.
4.5. Ijro etuvchi organ rahbarining aniq huquqlari va majburiyatlari kontraktda u bilan oldindan kelishib olinadi.
V. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING ISh TARTIBI
5.1. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining majlisi zarur hollarda, biroq bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Ijro etuvchi organ tomonidan Kuzatuvchi kengash yoki Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun kiritiladigan masalalar majburiy tartibda aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi majlisida oldindan muhokama etiladi. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining fikri haqida Kuzatuvchi kengashda va Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ijro etuvchi organ rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan ijro etuvchi organ aʼzosi axborot beradi va himoya qiladi.
5.2. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining majlisini ijro etuvchi organ rahbari yoxud koʻrib chiqilayotgan masalalar tegishliligi boʻyicha uning oʻrinbosarlaridan biri olib boradi.
5.3. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi kotibi aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi majlislari bayonlari yuritilishini tashkil etadi. Ijro etuvchi organ majlislari bayonlaridan koʻchirmalar:
majburiy tartibda Kuzatuvchi kengash rahbariga va taftish komissiyasi rahbariga;
boshqa mansabdor shaxslar va auditorlarning talabiga koʻra faqat ijro etuvchi organ rahbarining ruxsati boʻyicha;
amaldagi qonun hujjatlari tomonidan nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarga va organlarga (shu jumladan davlat organlariga) beriladi.
VI. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANI AʼZOLARINING JAVOBGARLIGI
6.1. Agar ijro etuvchi organ aʼzosi aksiyadorlik jamiyati tomonlaridan biri hisoblangan bitishuvdan moliyaviy manfaatdor boʻlgan taqdirda, u qaror qabul qilinguncha oʻzining manfaatdorligi toʻgʻrisida xabar berishga majbur va ovozga qoʻyilganda qatnashmaydi.
6.2. Ijro etuvchi organ aʼzolari ularga xizmat mavqei bilan berilgan huquqlardan oʻzlari mehnat munosabatlarida boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadlari manfaatlari yoʻlida foydalanmasliklari kerak.
6.3. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi aʼzolari aksiyadorlik jamiyati mol-mulkini tasarruf qilishdan shaxsiy foyda koʻrish boʻyicha harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
6.4. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining aʼzolari aʼzolik davrida faoliyati aksiyadorlik jamiyati mahsulotlarini sotish yoki xizmatlar taqdim etishda qiyinchilik tugʻdiradigan korxonalarni taʼsis etish yoki taʼsis etishda qatnashish huquqiga ega emaslar. Ijro etuvchi organ aʼzosi aksiyadorlik jamiyatida lavozimga tayinlanganda xuddi shunday korxonalardagi oʻz ishtirokini toʻxtatishi va bu toʻxtatish toʻgʻrisida aksiyadorlik jamiyati Kuzatuvchi kengashini xabardor qilmogʻi lozim.
6.5. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi aʼzolari oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, natijasida jamiyatiga yetkazilgan zarar uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va jamiyat Ustaviga muvofiq aksiyadorlik jamiyatiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha toʻliq hajmida aksiyadorlik jamiyati oldida javob beradilar.
6.6. Bunda ovoz berishda qatnashmagan yoki jamiyatga zarar yetkazishga olib kelgan qarorga qarshi ovoz bergan ijro etuvchi organ aʼzolari javob bermaydilar.
6.7. Jamiyat yoki jamiyatning joylashtirilgan oddiy aksiyalarining hammasi boʻlib kamida bir foizga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida ijro etuvchi organ aʼzolariga yoki aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining ayrim aʼzolariga nisbatan daʼvo bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 42-son, 417-modda)