

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-839498" id="onLBC-839498">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6754"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-839498" id="onLS-839498">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-840935" id="-840935">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-840937" id="-840937">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-840939" id="-840939">DAVLAT UY-JOY FONDI XUSUSIYLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-840942" id="-840942"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-5331326" id="-5331326">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi <a href="/acts/-5300195?ONDATE=22.02.2021 00#-5300910">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-840947" id="-840947">“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-98430">Qonuni</a> qabul qilinganligi, davlat uy-joy fondining asosiy qismi fuqarolarning mulkiga aylanganligi, uni saqlash va undan foydalanish shart-sharoitlarining oʻzgarganligi munosabati bilan hamda bozor munosabatlariga oʻtishda aholini ijtimoiy himoya qilish qoidalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-840953" id="onLBC-840953">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6254"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;</span></div><div id="LBC6762"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.04.00 Davlat uy-joy fondi / 08.01.04.03 Maqsadli foydalanishga moʻljallangan kommunal uy-joy fondi;</span></div><div id="LBC6772"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.03.00 Uy-joy binosini ijaraga olish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-840953" id="-840953">Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisidagi va turar joyni ijaraga olish haqidagi nizomlar <a href="/acts/-839498#-840976">1</a> va <a href="/acts/-839498?ONDATE=28.06.1994 00#-841303">2-ilovalarga</a> muvofiq;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4245419" id="edi-4245419"><a href="/acts/-839498?ONDATE=16.07.1999 00#-906275">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4245419" id="-4245419">(qarorning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-sonli <a href="/acts/-4216319?ONDATE=26.02.2019 00#-4233796">qaroriga</a> asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-840972" id="-840972">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-840973" id="-840973">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-840974" id="-840974">1994-yil 28-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-840975" id="-840975">325-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-840976" id="-840976"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-840981" id="-840981">Vazirlar Mahkamasining <br />1994-yil 28-iyundagi 325-son <a href="/acts/-839498?ONDATE=28.06.1994 00#-840935">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-840984" id="-840984">Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-840987" id="-840987">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-840990" id="-840990"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-840993" id="-840993">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-840997" id="-840997">1. Xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlarida foydalaniladigan maqsadli kommunal uy-joy fondi mehnatga layoqatsiz, yolgʻiz, keksa shaxslar, pensionyerlar va ularning oila aʼzolari, uy-joyga ehtiyoji boʻlgan birinchi marta qurilgan yosh oilalar, fuqarolarning boshqa kam taʼminlangan toifalari uchun, agar ularning jon boshiga oladigan oylik daromadi eng kam ish haqidan past boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha <a href="/acts/-839498#-841241">(1-ilova)</a>, davlat hokimiyatining joylardagi organlari huzurida tashkil etiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1663449" id="-1663449"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1663451" id="-1663451">Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kommunal uy-joy fondi uylaridagi turarjoylar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1663452" id="-1663452">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-sonli <a href="/acts/-1662506?ONDATE=02.08.2010 00#-1662735">qaroriga</a> muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 260-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841001" id="-841001">2. Kommunal uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish tegishli hokimlikka bevosita boʻysunadigan uy-joy fondidan foydalanish va unga kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841003" id="-841003">3. Uy-joy fondidan foydalanish va unga kommunal xizmat koʻrsatish korxonasi uning saqlanishini va undan tegishlicha foydalanilishini taʼminlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda olingan order asosida ijaraga oluvchilar bilan mulkdor nomidan turar joyni ijaraga olish shartnomalarini tuzadi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841005" id="-841005">II. Turar joy maydonining normasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841007" id="-841007">4. Kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchilar uchun turar joy maydonining normasi Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan turar joy maydoni normasiga muvofiq belgilanadi, lekin u bir kishiga 9 kvadrat metrdan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841010" id="-841010">Fuqarolarning ayrim toifalariga normadan ortiqcha turar joy maydoni bir xona sifatidagi yoki 10 kvadrat metr hajmidagi qoʻshimcha turar joy maydoni beriladi. Qoʻshimcha turar joy maydoni berish tartibi va shartlari, shuningdek, uni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841013" id="-841013">5. Ortiqcha turar joy maydoni uchun haq, ijaraga oluvchi tomonidan amaldagi tarifning uch baravari miqdorida toʻlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841015" id="-841015">III. Uy-joyni hisobga olish va taqsimlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841016" id="-841016">6. Turar joyga, shuningdek, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish<a href="/acts/-839498#-841285"> 2-ilovada </a>bayon qilingan shart-sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda tegishli hokimlik tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841019" id="-841019">7. Kommunal uy-joy fondidan turar joy bilan taʼminlash uchun fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan roʻyxatga muvofiq hisobga olish uchun qabul qilinadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841022" id="-841022">8. Turar joy maydonini olish uchun navbatda turish huquqi fuqarolar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841025" id="-841025">yoshiga koʻra, nogironligi yoki kasalligi tufayli pensiyaga chiqishganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841027" id="-841027">oiladagi boquvchisini yoʻqotganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841029" id="-841029">Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni oʻtashga ketganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841038" id="-841038">chet elda ishlash uchun va boshqa ishga uyushgan tarzda yuborilganda saqlab qolinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841044" id="-841044">9. Fuqarolarning tegishli hokimlik tomonidan qabul qilingan arizalari dastlab turar joy maydonini hisobga olish va taqsimlash komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, komissiya ariza beruvchining turar joy sharoitlarini tekshirib chiqqandan keyin tegishli dalolatnoma tuzadi, hisobga qoʻyish yoki rad etish haqida taklif kiritadi, u hokimlik qarori bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841046" id="-841046">10. Hokimlikning kommunal uy-joy fondidan turar joy berish haqidagi qarori asosida tegishli hokimlik fuqaroga taqdim etilgan turar joyga koʻchib kirish uchun birdan-bir asos boʻladigan yagona namunadagi orderni beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841050" id="-841050">Order faqat boʻsh boʻlgan xolis turar joyga berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841051" id="-841051">11. Birinchi navbatda turar joy buzilish holatidagi uylarda, yertoʻlalarda, baraklarda, turar joy maydoni bir kishiga 5 kvadrat metrdan kam boʻlgan kvartiralarda yashayotgan fuqarolarga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841055" id="-841055">12. Fuqarolar turar joy olish uchun hisobdan quyidagi hollarda chiqariladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841071" id="-841071">hisobga olingandan keyin turar joy sharoitlari yaxshilangan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841073" id="-841073">aholi yashaydigan boshqa joyga doimiy yashash uchun koʻchib ketgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841075" id="-841075">hisobga olish uchun asos boʻlgan sabablar bekor boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841076" id="-841076">turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar berilganda.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841080" id="-841080">IV. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841083" id="-841083">13. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha birinchi tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomon (ijaraga oluvchi)ga turar joyni haq evaziga yashash uchun berish majburiyatini oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841084" id="-841084">14. Kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish uy-joy egasidan vakolat olgan uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha tegishli korxona bilan turar joyni egallash huquqini beruvchi order berilgan fuqaro oʻrtasida turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish orqali rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841087" id="-841087">15. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha kvartira, bir yoki bir necha xonadan iborat boʻlgan alohida turar joygina ijaraga berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841088" id="-841088">16. Xonaning bir qismi yoki umumiy kirish joyi boshqa xona bilan bogʻlangan xona (tutash xonalar) turar joyni ijaraga olish shartnomasining mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841089" id="-841089">17. Agar turar joyni ijaraga olish shartnomasi muayyan muddatga tuzilgan boʻlsa, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tamom boʻlgandan keyin kommunal uy-joy fondida yashash huquqini beradigan hujjatlarni taqdim etganda shartnomani yangilash huquqiga ega boʻladi. Ijaraga beruvchi tomonidan bu huquqqa ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud orqali eʼtiroz bildirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841091" id="-841091">18. Turar joyni ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi boshqa shaxslar turar joydan shartnomaga muvofiq foydalanishga, uni yaroqli holda tutishga, turar joyning saqlanishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga, uydagi barcha yashovchilarga turar joy va yordamchi binolardan bemalol foydalanish imkoniyati berilishi uchun birgalikda yashash qoidalariga rioya etishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841093" id="-841093">19. Turar joyni ijaraga oluvchi bilan bir qatorda u bilan birga yashovchi oila aʼzolari ijara shartnomasidan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841094" id="-841094">20. Oilaning ijaraga oluvchi bilan birga yashovchi balogʻatga yetgan aʼzolari ushbu shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlar boʻyicha ijaraga oluvchi bilan baravar javobgar boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841097" id="-841097">21. Ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb, u bilan birga yashovchi xotini, ularning bolalari va ota-onalari, amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar tan olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841099" id="-841099">22. Agar ushbu Nizomning<a href="/acts/-839498#-841097"> 21-bandida </a>qayd etilgan fuqarolar ijaraga oluvchining oila aʼzosi boʻlmay qolsalar, biroq ijaraga olingan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular shartnomalar boʻyicha ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari kabi birday huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841105" id="-841105">23. Ijaraga oluvchi oʻzi ijaraga olgan turar joyga ushbu turar joyda yashovchi va turar joydan foydalanish huquqiga ega boʻlgan barcha balogʻatga yetgan fuqarolarning yozma roziligini olib oʻz xotini, oʻz bolalarini va xotinining bolalarini, ota-onasini, mehnatga layoqatsiz boqimandalarni, boshqa shaxslarni belgilangan tartibda koʻchirib kiritishga haqlidir. Balogʻat yoshiga yetmagan bolalarni ota-onalarinikiga koʻchirib kelish uchun ushbu turar joyda yashovchi va turar joydan foydalanish huquqiga ega boʻlgan qolgan fuqarolarning roziligi talab qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841106" id="-841106">24. Ushbu uyga koʻchib kirgan shaxslar, agar uyga koʻchib kirish paytida ular oʻrtasida yozma holdagi boshqacha bitishuv boʻlmasa, oilaning boshqa qolgan barcha aʼzolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841109" id="-841109">V. Kvartira haqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841114" id="-841114">25. Kommunal uy-joy fondidagi turar joydan foydalanganlik, unga xizmat koʻrsatganlik va uni tuzatganlik uchun haq toʻlash ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841119" id="-841119">26. Ijaraga oluvchi turar joyni saqlaganlik, uni tuzatganlik va undan foydalanganlik uchun haqni kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlashga majburdir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841123" id="-841123">VI. Turar joy maydonini birkitib (bronlashtirib) qoʻyish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841125" id="-841125">27. Ijaraga olish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi yoki uning oila aʼzolari, shuningdek, ular bilan birga yashovchi va turar joydan ular bilan teng asoslarda foydalanuvchi fuqarolar tomonidan egallangan turar joylar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841129" id="-841129">chet elga ishlash uchun xizmat safarlariga yuborilganda chet elda boʻlgan butun vaqt mobaynida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841132" id="-841132">harbiy xizmatga chaqirilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841135" id="-841135">majburiy davolash hollarida saqlab (bronlashtirib) qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841139" id="-841139">28. Bu fuqarolarga tegishli hokimlik tomonidan ijaraga beruvchiga koʻrsatish uchun turar joyni saqlash guvohnomasi (bron) beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841142" id="-841142">29. Ijaraga oluvchi kommunal uy-joy fondiga qarashli uydagi bronlashtirib qoʻyilgan turar joyga bron amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha vaqtincha yashovchilarni koʻchirib kiritishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841146" id="-841146">30. Ijaraga oluvchi yoki uning oila aʼzolari qaytib kelgach, ular bronlashtirib qoʻyilgan turar joyni darhol boʻshatib berishni talab qilishga haqlidirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841148" id="-841148">31. Ijaraga qoʻyiluvchi yoki vaqtincha yashovchilar bu turar joyni boʻshatib berishdan bosh tortganlari taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabi bilan boshqa turar joy bermasdan turib sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841150" id="-841150">32. Agar ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari bron muddati tamom boʻlgandan keyin olti oy mobaynida turar joyni ularga qaytarib berishni talab qilmasalar, turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841153" id="-841153">VII. Turar joylarni almashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841157" id="-841157">33. Kommunal uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga oluvchi oʻzi egallab turgan turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni oʻzaro bergan holda kommunal uy-joy fondidagi boshqa ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyga almashtirish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841160" id="-841160">34. Kommunal uy-joy fondiga qarashli uylardagi ijaraga oluvchilar oʻrtasida turar joylarni almashtirishning rad etilishiga sud yoʻli bilan eʼtiroz bildirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841165" id="-841165">35. Turar joyni almashtirish uchun ijaraga oluvchi bilan birga yashovchi uning balogʻatga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan, turar joy maydoniga egalik qilish huquqiga ega vaqtincha boʻlmagan oila aʼzolarining yozma ravishdagi roziligi talab qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841170" id="-841170">36. Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841172" id="-841172">agar ijaraga oluvchiga u egallab turgan turar joyni ijaraga olish haqidagi shartnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841175" id="-841175">agar almashtirish chayqovchilik koʻrinishida yoki soxta tusda boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841176" id="-841176">agar almashtirilayotgan turar joylardan biri kommunal uy-joy fondiga qarashli uyda emas, balki boshqa har qanday uy-joy fondi (kooperativ, idoralarga qarashli, shaxsiy va boshqalar)ga qarashli boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841178" id="-841178">agar uy qulab tushay deb turgan yoki buzib tashlanishi lozim boʻlsa, yaʼni avariya holatida, unda bundan keyin normal yashash uchun yaroqsiz boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841180" id="-841180">37. Shartnomaga bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasidagi bir kishi boshqa-boshqa aholi yashaydigan joylardagi bir uyda yoki boshqa-boshqa uylarda yashovchi ikki, uch va undan ortiq ijaraga oluvchilar oʻrtasida almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841183" id="-841183">38. Ijaraga oluvchilarning foydalanishida boʻlgan muayyan turar joylar xona, kvartiragina almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841186" id="-841186">39. Ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha ularga berilgan turar joyda yashovchi ijaraga qoʻyiluvchilar va vaqtincha yashovchilar turar joylarni almashtirish huquqiga ega boʻlmaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841189" id="-841189">40. Turar joyni almashtirish uchun ruxsatnoma tegishli hokimlikning uy-joy organi tomonidan beriladigan almashtirish orderi bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841193" id="-841193">41. Turar joyni almashtirish almashadigan tomonlar almashish ordyerlarini olgan paytdan boshlab sodir etilgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841196" id="-841196">42. Almashtirish orderi olingan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiy boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841202" id="-841202">VIII. Turar joyni qayta rejalashtirish, buzib boshqatdan qurish va mukammal tuzatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841205" id="-841205">43. Turar joyni va yordamchi xonalarni buzib boshqatdan qurish va qayta rejalashtirish kvartirani yanada obod qilish maqsadini koʻzlabgina amalga oshirilishi mumkin va bu ishga ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari, kommunal uy-joy fondi egasi vakilining roziligi va tegishli hokimlikning ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841206" id="-841206">44. Ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyni mukammal tuzatish zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini tuzatish davrida ijaraga beruvchi tomonidan beriladigan boshqa turar joyga koʻchishini talab qilishga haqlidir. Bunda turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinmaydi, lekin ijaraga oluvchi unga tuzatish davriga berilgan turar joy uchungina saqlash, tuzatish va foydalanish uchun haqini toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841209" id="-841209">Tuzatish tugallangandan keyin ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga u ilgari egallab kelgan turar joyni berishni rad etgan taqdirda ijaraga oluvchi ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilishga haqlidir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841211" id="-841211">IX. Uy-joyni ijaraga qoʻyish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841215" id="-841215">45. Turar joyni ijaraga qoʻygan fuqarolar turar joy va kommunal xizmatlar haqi boʻyicha tovon olish huquqidan mahrum boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841217" id="-841217">46. Ijaraga oluvchi vaqtinchalik joʻnab ketgan holda ijaraga beruvchi hamda oʻzi bilan birga yashovchi balogʻat yoshiga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan oʻzi egallab turgan turar joyni shartnoma boʻyicha ijaraga beruvchining oldida javobgarlikni saqlab qolgan holda ijaraga qoʻyishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841218" id="-841218">47. Agar ijaraga qoʻyiluvchining koʻchib kirishi natijasida har bir yashovchiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoni belgilangan sanitariya normasidan kam boʻlsa, ijaraga qoʻyish shartnomasi tuzilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841219" id="-841219">48. Ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha turar joydan foydalanilganlik uchun haq toʻlash tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841220" id="-841220">49. Ijaraga qoʻyish shartnomasining muddati tugaganidan keyin ijaraga qoʻyiluvchi shaxs bu shartnomani yangilashni talab qilishga haqqi yoʻq va ijaraga oluvchining talabi bilan turar joyni boʻshatib berishga majburdir, turar joyni boʻshatib berishni rad etgan taqdirda boshqa turar joy bermasdan turib sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841221" id="-841221">X. Xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841222" id="-841222">50. Kommunal uy-joy fondiga qarashli xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar oʻz mehnat majburiyatlarining turiga koʻra ish joyida yoki xizmat binosida yashashlari kerak boʻlgan fuqarolarga beriladi. Xizmat yuzasidan turar joylar berilishi mumkin boʻlgan xodimlar toifalari roʻyxati uy-joy fondining egasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841223" id="-841223">51. Kommunal uy-joy fondida boʻlgan turar joy ushbu turar joy biriktirilgan tashkilotning taqdimnomasi boʻyicha tegishli hokimlikning qarori bilan xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar sirasiga kiritiladi hamda hokimlik tomonidan beriladigan maxsus order boʻyicha beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841224" id="-841224">52. Xodimga ish sharoitlari munosabati bilan mehnat shartnomasi boʻyicha xizmat yuzasidan beriladigan turar joydan foydalanish huquqi mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan bir vaqtda toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841225" id="-841225">53. Xodim oʻzi egallab turgan turar joyni boʻshatishni rad etgan taqdirda oʻzi bilan birga yashovchi barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy berilmasdan sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841226" id="-841226">54. Quyidagi shaxslar boshqa turar joy bermasdan turib xizmat yuzasidan berilgan turar joylardan koʻchirilishi mumkin emas:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841229" id="-841229">xizmat yuzasidan turar joy bergan korxonada, muassasada, tashkilotda kamida oʻn yil ishlagan shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841230" id="-841230">korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan yoki xodimlar soni yoxud shtati qisqarganligi uchun ishdan boʻshagan shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841231" id="-841231">xizmat yuzasidan turar joy berilgan, biroq vafot etgan xodimning oila aʼzolari.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-841232" id="-841232">XI. Turar joyni ijaraga olish shartnomasini bekor qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841233" id="-841233">55. Turar joyni ijaraga oluvchi istalgan vaqtda shartnomani bekor qilish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841234" id="-841234">56. Turar joyni ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari doimiy yashash uchun boshqa joyga joʻnab ketganda turar joyni ijaraga olish shartnomasi u egallab kelgan turar joy dalolatnoma boʻyicha ijaraga beruvchiga topshirilgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841237" id="-841237">57. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan bekor qilinishi va ijaraga oluvchi oʻzi egallab turgan turar joydan sud yoʻli bilan va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan asoslardan boshqacha tarzda koʻchirib yuborilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841239" id="-841239">58. Shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini egallab turgan turar joy maydonidan boshqa turar joy bermasdan sud yoʻli bilan majburiy ravishda koʻchirib yuborish huquqiga egadir.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-841241" id="-841241"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-841246" id="-841246">Oʻzbekiston Respublikasi kommunal<br />uy-joy fondi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-839498#-840976">nizomga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-841249" id="-841249">Jon boshiga oʻrtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past boʻlgan taqdirda ijaraga olish shartnomasi boʻyicha kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifalarining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-841250" id="-841250">ROʻYXATI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-841251" id="-841251"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841254" id="-841254">1. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841257" id="-841257">2. Ofitsyerlar va muddatdan tashqari xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841260" id="-841260">3. Kasallikning ogʻir shakllariga chalingan fuqarolar, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841262" id="-841262">4. 16 yoshgacha 7 va undan ziyod bolalari boʻlgan koʻp bolali oilalar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1663455" id="edi-1663455"><a href="/acts/-839498?ONDATE=28.06.1994 00#-841264">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1663455" id="-1663455">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-sonli <a href="/acts/-1662506?ONDATE=02.08.2010 00#-1662737">qaroriga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 260-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841266" id="-841266">6. Gʻirt yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841275" id="-841275">7. Uch va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841276" id="-841276">8. Ishlamaydigan I va II guruh nogironlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841277" id="-841277">9. Keksayib qolgan yolgʻiz pensionyerlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841280" id="-841280">10. Bolalikdan nogiron boʻlib qolgan 16 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogiron boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841281" id="-841281">11. Birinchi marta qurilgan yosh oilalar, agar ular yashab turgan joyda ikki tomonlama turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilsalar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-841285" id="-841285"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-841289" id="-841289">Oʻzbekiston Respublikasi kommunal<br />uy-joy fondi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-839498#-840976">nizomga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-841295" id="-841295">Kommunal turar joy fondidan uy-joy bilan taʼminlash uchun fuqarolarni roʻyxatga olishda zarur boʻlgan shart-sharoitlar </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-841296" id="-841296">ROʻYXATI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-841297" id="-841297"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841298" id="-841298">1. Turar joy maydoniga ega boʻlmagan, xususiy kvartirada yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yertoʻlalarda yashovchi fuqarolar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841299" id="-841299">2. Har bir oila aʼzosi yetti kvadrat metrdan kam boʻlgan turar joy bilan taʼminlanganlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841300" id="-841300">3. Yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va yordamchi xonalarda yashovchilar, mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, shuningdek, oʻqishlari sababli yotoqxonalarga koʻchib oʻtgan fuqarolar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841301" id="-841301">4. Alohida shaxsiy schyotga ega boʻlgan, qarindoshlik aloqalari boʻlmagan ikki va undan koʻp oila boʻlib bir kvartirada yashovchilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-841302" id="-841302">5. Alohida kvartirada yashashga muhtoj boʻlgan, respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir shakllariga chalinganlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-906310" id="edi-906310"><a href="/acts/-839498?ONDATE=28.06.1994 00#-841303">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-906310" id="-906310">(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli <a href="/acts/-309303?ONDATE=16.07.1999 00#-309422">qarori</a> bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4795369" id="edi-4795369"><a href="/acts/-839498?ONDATE=28.06.1994 00#-841414">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4795369" id="-4795369">(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-sonli <a href="/acts/-4216319?ONDATE=26.02.2019 00#-4233796">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
