Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Temir yoʻl transporti sohasini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda sohada davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning 2026-yil 1-oktabrdan boshlab temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini Davlat xizmatlari markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilish tartibi;
yuk tashish buyurtmanomalarini qabul qilish, koʻrib chiqish va natijalarini taqdim etish tartibi.
3. Transport vazirligi:
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatining Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning elektron maʼlumotlar bazasini YIDXPga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu qaror 2026-yil 1-oktabrdan boshlab kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-avgust,
433-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-avgustdagi 433-son qaroriga
ILOVA
Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga asosan Davlat xizmatlari markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan temir yoʻl orqali ichki qatnovlarida yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
buyurtmanoma — temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashishni amalga oshirish uchun rasmiylashtiriladigan hujjat;
vakolatli organ — temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtiruvchi organ (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ);
3. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
4. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
5. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va uni elektron raqamli imzo, Mobil-ID yoki identifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ariza beruvchi vagon operatori bilan tuzilgan amaldagi shartnoma nusxasini elektron shaklda ilova qiladi.
6. Mazkur davlat xizmati doirasida buyurtmanomani rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.
Temir yoʻl transporti xizmatlari uchun toʻlovlar amaldagi tariflarga muvofiq undiriladi.
7. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustaviga muvofiq muayyan yoʻnalishlarda yuk ortishga taqiq joriy etilgan boʻlsa;
vagonning mansubligi notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa (xususiy yoki ijaraga olingan yoki temir yoʻl inventar vagoni);
vagon operatori (“Temiryoʻlkargo” AJ, “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ, “Yoʻlreftrans” AJ va boshqalar) bilan shartnoma tuzilmagan boʻlsa;
yukni tashish qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqiqlangan boʻlsa;
nostandart, katta oʻlchamli yoki ogʻir vaznli yuklarni joylashtirish va mahkamlash sxemasi vakolatli organ bilan kelishilmagan boʻlsa;
yuk tashish buyurtmanomasida koʻzda tutilgan yuk hajmi yoki boshqa koʻrsatkichlar temir yoʻl uchastkasining oʻtkazuvchanlik qobiliyati yoki temir yoʻl stansiyalarining yuklarga ishlov berish quvvatidan ortiq boʻlsa;
tashishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi yoki konteynerlar mavjud boʻlmasa;
temir yoʻl transporti xizmatlari uchun ariza beruvchining qarzdorligi mavjud boʻlsa;
texnik imkoniyatlar mavjud boʻlmasa (yuk qabul qiluvchi shoxobcha yoʻllarining bandligi).
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomasi unda koʻrsatilgan yuk joʻnatishning prognoz sanasiga muvofiq joriy kalendar oy yoki undan keyingi kalendar oy davomida amal qiladi.
Belgilangan muddat davomida yuk tashish amalga oshirilmaganda, buyurtmanoma oʻz kuchini yoʻqotadi va yuk tashishni amalga oshirish uchun ariza beruvchi tomonidan yangi buyurtmanoma rasmiylashtiriladi.
9. Soʻrovnomada yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, vakolatli organ ariza beruvchiga ularni besh ish kuni ichida bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabar beradi. Kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
10. Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddatni hisobga olmagan holda, uni koʻrib chiqadi hamda ushbu Reglamentga 3-ilovadagi buyurtmanomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etganda) YIDXP orqali yuboradi.
11. Davlat xizmatlari markazi soʻrov natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi xizmat natijasini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
12. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan, shuningdek, vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
13. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazlari.

1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada.

2. YIDXP.

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida.

3-bosqich

Vakolatli organ

Soʻrovnomani koʻrib chiqib, natijasini taqdim etadi.

7 ish kunida

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazlari.

1. Soʻrov natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining oʻzi kelib murojaat qilganda, soʻrov natijasini elektron yoki qogʻoz shaklida unga taqdim etadi.

1. 10 daqiqa ichida.

2. YIDXP.

2. Soʻrov natijasi ariza beruvchiga elektron tarzda taqdim etiladi.

2. Real vaqt rejimida.

Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Rasmiy nomi (toʻliq):

2. Joylashgan joyi:

3. STIR:

III. Ariza beruvchi vakili:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

5. Yuridik shaxsning STIR

IV. Yuk toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Vagonning tegishliligi:

2. Yukning aniq nomi:

3. Yuk kodi:

3.1. Yuklarning yagona tarif-statistik nomenklaturasi (YUYATSN)

3.2. Yuklarning uygʻunlashtirilgan nomenklaturasi (YUUN)

4. Yetkazish stansiyasi temir yoʻl stansiyasi nomi

5. Yetkazish temir yoʻli va stansiyasining, chegara stansiyasi, qayta ortish va yetkazish punktining kodi:

6. Yetkazish davlati kodi:

7. Yuk oluvchining nomi va kodi:

8. Yuk miqdori (tonna):

9. Vagon turi (kodi):

10. Vagon soni:

11. Ekspeditor nomi:

12. Joʻnatish stansiyasi nomi:

13. Yuk nomenklaturasi guruhining nomi:

14. Mintaqaviy temir yoʻl uzellari raqami:

15. Joʻnatma belgisi:

16. Joʻnatuvchi kodi:

Izoh. Ariza beruvchi vagon operatori bilan tuzilgan amaldagi shartnoma nusxasini elektron shaklda ilova qiladi.

Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Hujjat yaratilgan sana: _____________

Hujjat berilgan sana: ______________

Ariza raqami: ______________

TEMIR YOʻL ORQALI ICHKI QATNOVLARDA YUK TASHISH BUYURTMANOMASI

TYM

Ekspeditor nomi

(joʻnatish stansiyasi nomi)

(yuk nomenklaturasi guruhining nomi)

Ariza turi

Topshirish punkti

Joʻnatma belgisi

Ariza raqami

MTU raqami

Kodi

Kodi

Joʻnatuvchi kodi

Vagon turlari kodlari

Jami

Vagon tegishliligi

(jumladan turi)

Yukning aniq nomi

yuk kodi

Yetkazish stansiyasi va temir yoʻli nomi

(qisqartirilgan)

Yetkazish temir yoʻli va stansiyasining, chegara stansiyasi, qayta ortish va yetkazish punktining kodlari

Yetkazish davlati kodi

Yukni oluvchining nomi

Yuk miqdori

(tonna)

Vagon turlari nomi

Yukning yagona tarif-statistik nomenklaturasi

(YUYATSN)

Yukning uygʻunlashtirilgan nomenklaturasi

(YUUN)

Vagonlar soni

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

JAMI

Izoh. Ushbu buyurtmanomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmanomani rasmiylashtirgan jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasin ing 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

QR-kod

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishi qatʼiyan taqiqlangan.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2026-y., 09/26/433/0824-son)