1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qaroriga muvofiq:
asosiy maqsadi geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish, ularni targʻib qilish, jumladan xorijiy davlatlarda targʻib qilish, tijoratlashtirish ishlarida tadbirkorlik subyektlariga va hunarmandlarga huquqiy hamda uslubiy yordam koʻrsatish hisoblanadigan “oriGIn Uzbekistan” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotini (keyingi oʻrinlarda — “oriGIn Uzbekistan” muassasasi) tashkil etish;
har yili geografik koʻrsatkichlar festivallarini oʻtkazib borish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
2. Toshkent davlat yuridik universiteti, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi muassisligida tashkil etiladigan “oriGIn Uzbekistan” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash toʻgʻrisidagi takliflar inobatga olinsin:
tadbirkorlik subyektlariga geografik koʻrsatkichlarni aniqlash hamda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bepul huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatish;
aholining geografik koʻrsatkichlar haqidagi xabardorligini oshirish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish;
milliy geografik koʻrsatkichlarni xorijiy mamlakatlarda targʻib qilish choralarini koʻrish;
geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish va huquqiy muhofazasini taʼminlash holatini tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
tadbirkorlik subyektlariga geografik koʻrsatkichlardan foydalanish boʻyicha birlashmalar tuzishga koʻmaklashish;
tadbirkorlik subyektlariga geografik koʻrsatkichlarni tijoratlashtirishga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
3. Quyidagilar “oriGIn Uzbekistan” muassasasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
muassislar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro institutlar va xorijiy nohukumat tashkilotlarining mablagʻlari;
ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining, jumladan Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnoma asosida ajratiladigan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. “oriGIn Uzbekistan” muassasasi Adliya vazirligining Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra mavzesi, 33-uy manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
5. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
“oriGIn Uzbekistan” muassasasini bino, kompyuter texnikasi va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek, muassasani “oriGIn” xalqaro geografik koʻrsatkichlar tarmogʻi tashkilotiga aʼzo boʻlishini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan;
“oriGIn Uzbekistan” muassasasi joylashgan binolarni saqlash (kommunal xizmatlar, joriy taʼmirlash va boshqalar) bilan bogʻliq xarajatlar muassislar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “oriGIn Uzbekistan” muassasasi xodimlarining xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar, treninglar hamda biznes-forumlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun xalqaro va xorijiy grantlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
7. 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasida geografik koʻrsatkichlar festivallarini oʻtkazish reja-jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2026-yil uchun reja-jadvalda belgilangan tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish hamda tadbirlarni oʻtkazish joyi, vaqti, ishtirokchilari haqida ommaviy axborot vositalari va axborot tarqatishning boshqa manbalari orqali, shu jumladan tadbir oʻtkaziladigan hududlar aholisini kamida bir oy oldin xabardor qilish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashi faoliyatini raqamlashtirish;
biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish jarayonlarida intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini taʼminlash;
intellektual mulk obyektlariga oid talabnoma va arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyatini yaratish;
intellektual mulkdan foydalanishni tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda inobatga olish;
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilash.
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-iyul,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-son qaroriga 1-ILOVA
2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasida geografik koʻrsatkichlar festivallarini oʻtkazish
“Margʻilon atlasi va adrasi” koʻrgazmasi va koʻrik tanlovi
Margʻilon shahri, sentabr-oktabr
Fargʻona viloyati hokimligi,
Turizm qoʻmitasi,
“Hunarmand” uyushmasi
3.
“Gʻuzor tandir goʻshti” gastronomik festivali
Gʻuzor tumani, sentabr-oktabr
Qashqadaryo viloyati hokimligi,
Turizm qoʻmitasi
4.
“Chiyal yaxna goʻshti” gastronomik festivali
Koʻkdala tumani, sentabr-oktabr
Qashqadaryo viloyati hokimligi,
Turizm qoʻmitasi
5.
“Andijon doʻppisi” milliy koʻrgazmasi
Andijon shahri, sentabr-oktabr
Andijon viloyati hokimligi,
Turizm qoʻmitasi,
“Hunarmand” uyushmasi
6.
“Baliq qarma” gastronomik festivali
Qoʻngʻirot tumani, sentabr-oktabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Turizm qoʻmitasi
7.
“Qoʻqon pichoqlari” koʻrgazmasi
Margʻilon shahri, noyabr
Fargʻona viloyati hokimligi,
Turizm qoʻmitasi,
“Hunarmand” uyushmasi
8.
“Xorazm baraklari” gastronomik festivali
Xiva shahri, noyabr
Xorazm viloyati hokimligi,
Turizm qoʻmitasi
9.
Oʻzbekiston geografik koʻrsatkichlari festivali
(“OriGIn UZ” Festival)
Toshkent shahri, noyabr-dekabr
Toshkent shahri hokimligi,
Turizm qoʻmitasi,
“Hunarmand” uyushmasi
Izoh.
Reja-jadvalda nazarda tutilmagan yangi geografik koʻrsatkich roʻyxatdan oʻtkazilganda, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi belgilangan tadbirlar doirasida ushbu geografik koʻrsatkich festivalini ham oʻtkazishi mumkin.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mazkur reja-jadvalda nazarda tutilgan tadbirlarni rejalashtirilgan boshqa tadbirlar doirasida tashkil etishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotni standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Sanoat mulki muhofazasi portali” soʻzlari “Intellektual mulk muhofazasi portali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qaroriga 1-ilovada:
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Apellyatsiya kengashi raisi hisoblanadi. Apellyatsiya kengashi tarkibiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar malakali va tajribali xodimlari, shuningdek, olimlar va mutaxassislar kiritiladi.”;
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Apellyatsiya va ariza Vazirlikning “Intellektual mulk muhofazasi portali” (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali topshiriladi.”;
“15. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs, boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasi asosida Apellyatsiya kengashi majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va Apellyatsiya kengashi majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.”;
“Apellyatsiya kengashining qarori Apellyatsiya kengashi raisi va ishni koʻrib chiqishda qatnashgan Apellyatsiya kengashining barcha aʼzolari tomonidan Portal orqali QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanadi.
Qaror apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs, boshqa manfaatdor shaxs yoxud ularning vakillarining Portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.”;
29-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlikning Apellyatsiya kengashi tarkibidagi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq ustama toʻlanishi mumkin.”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomga 63-ilovada:
5-pozitsiya uchinchi ustunining 1-bandida:
“a” kichik bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“intellektual mulk obyekti (tovar belgisi yoki sanoat namunasi) (keyingi oʻrinlarda — IMO) roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki IMOdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi (mavjud boʻlganda);”;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
“b” kichik bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“IMO roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki IMOdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi (mavjud boʻlganda);”;
uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 9-pozitsiya uchinchi ustunining “l” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“biologik aktiv moddalarni dori vositalari qadoq oʻrami yoki nomi bilan aynan bir xil yoxud isteʼmolchini adashtirib yuborish darajasida oʻxshash qadoq oʻramida qadoqlash yoki nom bilan nomlash;
biologik aktiv moddalarning qadoq oʻramlari, loyihasi yoki nomi oʻzga shaxslarning IMOga boʻlgan huquqlarni buzishi. Bunda biologik aktiv moddalarga ruxsatnoma berishda vakolatli organ “Intellektual mulk muhofazasi portali” orqali IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganlik holatini tekshiradi va oʻrganadi.”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 13-iyuldagi 385-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “vakolatli organning” soʻzlari “davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.”;
1-ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “vakolatli organning” soʻzlari “davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “vakolatli organning” soʻzlari “davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.”;
1-ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustuni “vakolatli organning” soʻzlari “davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“v” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga ega boʻlish”;
quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
“281. Intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan jarima, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining qoʻllanilganligi koʻrsatkichini baholashda tadbirkorlik subyektiga yoki uning mansabdor shaxslariga nisbatan oxirgi 12 oyda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun:
tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslariga maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilgan boʻlsa — 2 ball;
tadbirkorlik subyektiga jarima qoʻllanilgan boʻlsa — 3 ball;
tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslariga jinoiy javobgarlik qoʻllanilgan boʻlsa — 5 ball chegiriladi.
Bunda jarima qoʻllash, maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda bekor qilingan yoki jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksiga asosan tugatilgan yoki oqlov hukmi chiqarilgan hollarda chegirilgan ballar olib tashlanadi.
Mazkur koʻrsatkich huquqbuzarlik sodir etilgan tadbirkorlik subyekti reytingini hisoblashda inobatga olinadi.”;
quyidagi mazmundagi 346-band bilan toʻldirilsin:
“346. Tadbirkorlik subyekti tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa — 5 ball.”;
Intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun jarima, maʼmuriy, jinoiy javobgarlik choralarining qoʻllanilganligi
Yillik
Oliy sud,
Adliya vazirligi
”.
quyidagi mazmundagi 29-band bilan toʻldirilsin:
“
29.
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga ega boʻlishi
Yillik
Adliya vazirligi
”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 1-avgustdagi 468-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “vakolatli organning” soʻzlari “davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.”;
1-ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)” soʻzlari “davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi ikkinchi xatboshidagi “Sanoat mulki muhofazasi portali” soʻzlari “Intellektual mulk muhofazasi portali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “sublitsenziya shartnomasi” soʻzlari “sublitsenziya shartnomasi, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga oid mulkiy huquqlar garov predmeti hisoblangan shartnoma.”;
4-banddagi “sublitsenziya shartnomasini” soʻzlari “sublitsenziya shartnomasi, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza mazkur Reglamentga 2.2-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.”;
toʻrtinchi xatboshidagi “vakolatli organning” soʻzlari “davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.”;
“12. Shartnoma tomonlarining arizasida yoki mazkur Reglamentning 10-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarda qoʻshimcha tarzda quyidagilar koʻrsatiladi:
a) litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazishda:
oʻtkazilayotgan huquqlar hajmi;
amal qilish hududi va muddati;
b) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishda:
amal qilish muddati;
intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlashga oid qoida.”;
19-bandning uchinchi xatboshisidagi “litsenziyani taqdim etish yoki huquqni oʻtkazishga” soʻzlari “litsenziyani taqdim etish, garovga qoʻyish yoki huquqni oʻtkazishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“20. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bundan mustasno.
Toʻlangan patent boji qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.”;
yettinchi xatboshisidagi “litsenziya shartnomasining amal qilish muddati;” soʻzlari “litsenziya shartnomasi yoki garov toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati;” soʻzlari bilan almashtirilsin:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid taqiq.”;
1-ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma, litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma yoxud litsenziya shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent bojini toʻlaydi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bundan mustasno.”;
1-ilovaning “5-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “litsenziya shartnomasini” soʻzlari “litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2.1-ilovadan “shartnoma taraflari tomonidan imzolangan mutlaq huquqni tasarruf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yoxud shartnoma yoki shartnomadan koʻchirma (varaqlar soni koʻrsatiladi);” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 2.2-ilova bilan toʻldirilsin:
“Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2.2-ILOVA
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha
ARIZA
Arizaning kelib tushgan sanasi:
_______________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Arizaning qayd raqami:
_______________________________________
(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar garovi toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha
(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)
Telefon raqamlari:
STIR yoki JSHSHIR
(rezidentlar uchun):
___________________________
BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(agar u belgilangan boʻlsa):
__________________________
Taraflarning vakillari (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili): _________________________________________________________________________________________
Telefon raqami: __________________________________________________________________________
Shartnoma tomonlari: _____________________________________________________________________
Shartnoma predmeti (patent yoki guvohnomaning raqami, tovar belgisining xalqaro roʻyxatga olish raqami): _________________________________________________________________________________
Intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlashga oid qoida:
Amal qilish muddati: _____________________________________________________________________
”;
3.1-ilovadan “shartnoma taraflari tomonidan imzolangan mutlaq huquqni tasarruf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yoxud shartnoma yoki shartnomadan koʻchirma (varaqlar soni koʻrsatiladi);” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.”;