1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.06.00 Ayrim tashkilotlar auditining xususiyatlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan
2000-yil 24-iyunda
403-son bilan
“TASDIQLANGAN”
“KELIShILGAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirining o‘rinbosari
T.I. Jo‘rayev
2000-yil 3-noyabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA AUDITORLIK TEKShIRUVLARINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Nizom
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 4-noyabrda 982-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/10-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish to‘g‘risida nizom, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 982-4, 08.05.2023-y.) asosan 2023-yil 11-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1.2. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunlariga asosan tijorat banklari faoliyati har yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirilishi shart.
(1.3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
banklarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqini beruvchi auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati deb yuritiladi);
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, tugatish va bekor qilish;
auditorlik tashkilotlari (auditorlar) tomonidan ularning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda tijorat banki Kengashi va Boshqaruvining faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
1.31. Auditorlik tashkilotlarining banklarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatlarini berish, qayta rasmiylashtirish, to‘xtatish, amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan, Banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikat berishda ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
1.4. Bankda auditorlik tekshiruvining maqsadi auditorlik tashkilotining bankning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axborotining ishonchliligi hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligiga nisbatan fikrini xolis ifodalashidadir. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish jarayonida auditorlik tashkiloti bankning ichki nazorati tuzilmasidagi kamchiliklar to‘g‘risida alohida hisobot tuzishi shart.
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-bob. Markaziy bankning bank nazorati qo‘mitasi
2.1. Markaziy bankning bank nazorati qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikat, shuningdek auditor malaka sertifikatlarini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi.
2.2. Qo‘mitaga quyidagi masalalar bo‘yicha kelib tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va qarorlar qabul qilish vazifasi yuklatiladi:
auditorlarga malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish;
auditorlik tashkilotlari va auditorlarni banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega auditorlik tashkilotlari va auditorlar reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb yuritiladi) kiritish;
ro‘yxatga olish ma’lumotlari o‘zgargan holda, reyestrga tegishli aniqliklar kiritish;
auditorlarga qo‘yiladigan malaka talablarni ishlab chiqish;
auditorlarning malaka imtihonlari va attestatsiyasini o‘tkazish;
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatish, tugatish va bekor qilish bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.
2.4. Qo‘mitaga taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
2.5. Hujjatlar qo‘mitaning majlisida ko‘rib chiqilishidan oldin Markaziy bankning tegishli bo‘linmalari va qo‘mitaning a’zolari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
2.6. Qo‘mita zarurat yuzaga kelishiga qarab chaqiriladi va o‘z majlislarini o‘tkazadi.
2.7. Hujjatlar Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti tomonidan tayyorlanadi va qo‘mita majlisi muhokamasiga kiritiladi.
2.8. Qo‘mita majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qo‘mita qarorlari ishtirok etayotgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Qo‘mita raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
2.9. Qo‘mita qarorlari majlisda qatnashayotgan Qo‘mita a’zolari tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Qo‘mita raisi tomonidan imzolanadi va Markaziy bankning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
(2-bob O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3-bob. Malaka sertifikatini olish va qayta rasmiylashtirish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish
3.1. Malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihoniga Bank auditorlarini tayyorlash markazida bank buxgalteriya hisobi va auditi bo‘yicha 40 soatdan kam bo‘lmagan hajmdagi maxsus o‘quv kurslarini tugatgan shaxslar kiritiladi.
3.2. Malaka sertifikatlarini olish va malaka imtihonlarini topshirish uchun arizachi tomonidan Markaziy bankka ariza topshiriladi.
3.3. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi shart:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikati (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(3.3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
oliy iqtisodiy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (diplom xorijiy davlatda olingan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiya (ekvivalentligini qayd etish) qilinganligi haqidagi hujjatning) va mehnat daftarchasi (nusxalar olinib, asli qaytariladi);
(3.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
shaxsiy varaqa (kompyuterda ishlov berilmagan va ariza topshirilgan kundan boshlab 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda olingan 3 x 4 hajmdagi 2 dona fotosurat bilan birga);
bank buxgalteriya hisobi va auditi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘taganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
3.4. Da’vogarlar malaka imtihonlarini Markaziy bankda topshiradilar. Imtihonlarni topshirish tartibi, uning shakli va mazmuni Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
3.5. Bajarilgan ishlar “qoniqarli” yoki “qoniqarsiz” tizimi bo‘yicha baholanadi.
3.6. “Qoniqarli” baho olgan da’vogarlar malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadilar.
Qo‘mita imtihonlar o‘tkazilgandan so‘ng sertifikat olish uchun da’vogarlar topshirgan imtihon natijalari bo‘yicha ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi.
(3.6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.7. Malaka imtihonlarining natijalari Qo‘mita raisi va uning barcha a’zolari tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(3.7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.8. Malaka imtihonlarining natijalari imtihonlar o‘tkazish kunida qo‘mita tomonidan da’vogarlarga e’lon qilinadi.
(3.8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.9. Malaka sertifikati imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan da’vogarlarga 15 kun muddat ichida beriladi. Malaka sertifikatlari davlat reyestriga sertifikat egasining imzosi qo‘ydirilgan holda malaka sertifikati beriladi.
(3.9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
(3.10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.11. Malaka sertifikati Markaziy bank tomonidan auditorga uning banklarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha professional malakasini tasdiqlash maqsadida beriladi (1-ilova). Malaka sertifikati auditorga 5 yil muddatga beriladi.
3.12. Malaka sertifikatini auditorning familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi) o‘zgarganligi yoxud uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish uchun auditor bir oy muddat ichida, amal qilish muddati tugaguniga qadar malaka sertifikatining asl nusxasi va mazkur Nizomning 3.3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi mumkin.
Malaka sertifikatini amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish auditor yangi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganidan so‘ng amalga oshiriladi.
3.13. Qo‘mita tomonidan malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, auditorga avval berilgan malaka sertifikatining raqami bilan yangi malaka sertifikati beriladi.
(3.13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.14. Malaka sertifikatini berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
arizachi Markaziy bank qo‘ygan talablarga javob bermasa, shu jumladan, oliy iqtisodiy ma’lumotga, so‘nggi o‘n yillik ish staji davomida bank sohasida (kamida 2 yil) kamida yetakchi mutaxassis lavozimida yoki xalqaro auditorlik tashkilotlarida (kamida 1 yil) auditor lavozimida ish tajribasiga ega emasligi;
benuqson ishchanlik va shaxsiy obro‘-e’tiborga ega emasligi;
Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikati va Markaziy bank tomonidan berilayotgan malaka sertifikatining amal qilish muddatlarining nomuvofiqligi. Malaka sertifikatlarining amal qilish muddati o‘zaro uch yildan kam bo‘lmagan muddatga muvofiq kelishi shart;
rasmiylashtirilgan hujjatlarning noto‘g‘ri taqdim etilishi, hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning keltirilishi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
3.14-1. Quyidagi shaxslar benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obro‘-e’tiborga egalik mezonlariga muvofiq deb hisoblanmaydilar.
bankrot bo‘lgan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari — yuridik shaxsni bankrotlikka olib kelgan harakatlarning ular tomonidan sodir etilganligi aniqlanganda;
sud qarori bilan jazoni o‘tash davrida va undan keyin sudlov qonunda belgilangan tartibda so‘ndirilgunga (olib tashlangunga) qadar moliyaviy-xo‘jalik munosabatlari sohasida ma’lum lavozimlarni egallamaslik yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanmaslik (ma’lum huquqlardan mahrum qilish) ko‘rinishidagi jazo qo‘llangan holda sudlanganlar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lganlar.
3.15. Markaziy bankning malaka sertifikatini bermaslik to‘g‘risidagi qarorlari bo‘yicha manfaatdor tomonlar qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
3.16. Markaziy bank qo‘ygan talablarga nomuvofiqligi uchun malaka sertifikatini berish rad etilgan auditor Qo‘mitaning malaka sertifikatini rad etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan davrdan boshlab bir yildan kam bo‘lmagan muddatda ushbu sertifikatni berish to‘g‘risida ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
(3.16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.17. Markaziy bank berilgan malaka sertifikatlari reyestrini olib boradi, unga quyidagilar kiritilishi lozim:
familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, manzili va boshqa pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi), talab qilib olinguncha depozit hisob raqami, aloqa vositalari raqamlari, mavjud malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati.
3.18. Auditorlar qayd etilgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida 10 kun muddat ichida yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga tuzatish kiritish uchun Markaziy bankka ma’lum qilishlari shart.
6-bob. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
6.2. Malaka sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi ariza bilan murojaat etganda;
auditga buyurtma bergan shaxsning ruxsatisiz auditor tomonidan audit jarayonida olingan ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga (Markaziy bankdan tashqari) taqdim etilishi, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno;
(6.2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
auditor bank tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek audit o‘tkazishda aniqlangan moliyaviy hisobot tuzishning belgilangan talablari buzilganligi faktlarini yashirganda;
uch yil davomida auditorlik faoliyatida qatnashmaganlik;
malaka sertifikatining boshqa shaxsga auditorlik faoliyatida o‘z nomidan ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida berilganligi fakti aniqlanganda;
sudning moliyaviy-xo‘jalik munosabatlari sohasida ma’lum lavozimlarni egallash yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish bilan bog‘liq jazolarni ko‘zda tutuvchi qarori qonuniy kuchga qirganda;
sud fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish haqida qaror qilganda;
Berilgan malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganda;
(6.2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganda.
6.3. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank tomonidan auditorga dalillar bilan asoslangan holda yozma shaklda, qaror qabul qilinganidan so‘ng uch kun ichida yetkaziladi. Auditor tomonidan malaka sertifikatining amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risida qaror olinganidan so‘ng o‘n kun mobaynida malaka sertifikati Markaziy bankka qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim.
6.4. Malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganligi to‘g‘risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
6.5. Banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatining amal qilishi uning tugatilganligi to‘g‘risidagi qaror chiqqan vaqtdan e’tiboran kuchga kiradi.
6.6. Qo‘mitaning malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(6.6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
7-bob. Malaka sertifikatini bekor qilish
7.2. Malaka sertifikati Qo‘mita tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
(7.2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
auditor malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda;
qalbaki hujjatlardan foydalangan holda malaka sertifikatini olish fakti aniqlanganda;
(7.2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
7.3. Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Qo‘mita tomonidan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
(7.3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
7.4. Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror berilgan kundan boshlab amal qiladi va ommaviy axborot vositlarida e’lon qilinishi lozim.
7.5. Qo‘mitaning malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan amaldagi qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilish mumkin.
(7.5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
8-bob. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish
8.1. Tijorat banklarining auditorlik tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
8.2. Tijorat banklari auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotini mustaqil ravishda tanlaydi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga malaka sertifikatiga ega auditor jalb etilishi mumkin, agar u bilan mehnat shartnomasi tuzilgan va u auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo‘lsa, yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzgan bo‘lsa.
Bank va auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma va har qanday bitimlar auditorlik hisobotini Markaziy bankka berishni cheklash bo‘yicha bandlarni ko‘zda tutmasligi lozim.
8.4. Banklarda auditorlik tekshiruvlari har yili yillik hisobot bo‘yicha o‘tkaziladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq davlat muassasalari talabiga ko‘ra yoki bankning o‘z tashabbusi bilan butun bank faoliyati hamda alohida masalalar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
8.5. Auditorlik tashkilotlari banklar faoliyati tekshiruvi natijalari bo‘yicha moliyaviy hisobotning to‘g‘riligini hamda buxgalteriya hisoboti yuritilishining qonun talablariga muvofiqligini tasdiqlaydilar (yoki tasdiqlamaydilar), shuningdek banklar yillik hisobotiga ilova qilinadigan rasmiy auditorlik xulosalarini beradilar. Auditorlik xulosasisiz bank yillik hisoboti Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va matbuotda chop etilmaydi.
8.6. Auditorlik xulosasining titul varag‘ida auditorlik tashkilotining to‘liq nomi, banklarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikat raqami, mazkur xulosa berilayotgan bankning to‘liq nomi ko‘rsatilishi shart. Auditorlik xulosasining titul va keyingi varaqlari auditorlik tashkilotining malaka sertifikatiga ega va mazkur bankda auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan auditorlari, auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi hamda auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lganda).
Bank hisobotlari bo‘yicha auditorlik xulosasi Markaziy bankning auditorlik tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha talablariga muvofiq shaklda tuzilishi va auditorlik tashkilotining fikrini aniq ifodalashi shart.
Auditorlik tashkilotining fikri auditorlik tekshiruvi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga va Audit xalqaro standartlariga muvofiq o‘tkazilganligini bildirishi lozim. Auditorlik tekshiruvi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga va Audit xalqaro standartlariga muvofiq o‘tkazilganligi haqida fikr bildirilmagan auditorlik hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mazkur Nizom talablarini qondirmaydi deb baholanib, qabul qilinmaydi. Markaziy bank:
(8.6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
auditorlik tekshiruvlari mazmuni va ko‘lami yuzasidan qo‘shimcha talablar qo‘yish;
banklar, ularning filiallari hamda bank bilan uzviy bog‘langan (affillangan) yuridik shaxslar faoliyatini Markaziy bankning nazoratchilari va Markaziy bank tomonidan tayinlangan, banklarning har qanday ma’lumotlari bilan tanishish huquqiga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish huquqiga ega.
8.7. Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega bo‘lmagan auditorlik tashkiloti yoki auditor amalga oshirgan bank auditi noqonuniy hisoblanadi va bu faoliyatdan olingan barcha daromadlar davlat budjetiga o‘tkazib yuboriladi.
8.8. Auditorlik tashkiloti bank faoliyatining auditorlik tekshiruvini malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorning ishtiroki sharti bilan amalga oshirishi mumkin.
Boshqa auditorlarni jalb qilish shartlari
8.9. Auditor ishini yordamchilariga topshirganda yoki boshqa auditorlar tayyorlagan materiallardan foydalanganda, o‘z xulosasining sifati va rasmiylashtirilishi, shuningdek moliyaviy ma’lumotlar sir saqlanishi uchun javobgarlikdan xoli bo‘lmaydi.
Markaziy bankning bank auditi o‘tkazilayotganda me’yoriy hujjatlarga, tartib va metodologiyaga rioya etilishini nazorat qilishi
8.10. Auditorlik tashkilotlari Markaziy bankka o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi to‘g‘risida hisobot va axborot taqdim etadilar. Markaziy bank 10 kun muddat ichida tekshiruv natijalari va auditorlik tashkiloti xulosasini ko‘rib chiqadi.
Auditorlik xulosasini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra Markaziy bank bank Kengashi va Boshqaruviga aniqlangan kamchiliklarni, shu jumladan, auditorlik tashkilotining xulosasida bank tomonidan qonunchilik hujjatlariga va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga rioya etilmaganligi haqidagi fikrni “sharhlar” bilan bildirishga olib kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma yuboradi, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga rioya qilmaslik bank nazoratidan tashqarida bo‘lgan hollar bundan mustasno. Ushbu holatda bir oy muddat ichida tijorat banki tomonidan auditorlik tashkilotining ko‘rsatilgan kamchiliklari yuqoridagi sharhlarni inobatga olgan holda to‘g‘irlanadi va auditorlik tashkilotining yangi xulosasi olinadi.
(8.10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8.11. Banklar auditorlik tekshiruvi o‘tkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari banklarda o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risida Markaziy bankka ma’lumot berib turishlari shart.
8.12. Auditorlik tashkilotlarining bank faoliyatining tekshiruvi to‘g‘risidagi hisobotlari quyidagi holatlarda haqiqiy hisoblanmaydi:
a) auditorlik tashkiloti yoki auditor bank bilan aloqador shaxs bo‘lsa;
b) auditorlik tashkiloti yoki auditorning bank oldida pul majburiyatlari bo‘lsa;
g) auditorlik tashkilotining hisoboti mazkur auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan va malaka sertifikatiga ega auditor, shuningdek auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanmagan va auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa (muhr mavjud bo‘lganda);
e) auditorlik xulosasida tekshiruv o‘tkazishda cheklashlar bo‘lganligi sababli “sharhlar” berib o‘tilgan bo‘lsa (bank nazoratidan tashqari bo‘lgan holatlar bundan mustasno).
8.13. Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga, jumladan, bank auditi tartibi va metodologiyasiga rioya etilishini nazorat qilish bilan Markaziy bankning kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti shug‘ullanadi.
(8.13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
9-bob. Auditorlik tashkilotlari huquq va majburiyatlari
9.1. Auditorlik tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun bankning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda bank faoliyatiga tegishli barcha hujjatlarni to‘liq hajmda tekshirish, moddiy boyliklar va qimmatli qog‘ozlarning amalda mavjudligini tekshirish, auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan har qanday savol va qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha tushuntirishlar olish;
yozma so‘rovnomaga asosan uchinchi shaxslardan kerakli ma’lumotlarni olish;
auditorlik tekshiruvida ishtirok etish uchun shartnoma asosida boshqa auditorlik tashkilotlari va auditorlarni jalb qilish;
tekshirilayotgan bank tomonidan kerakli hujjatlar taqdim etilmagan holda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortish.
Auditorlik tashkilotlari tekshiruv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasida ko‘zda tutilgan professional xizmatlar ko‘rsatgan banklarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazish huquqiga ega emas.
9.2. Barcha auditorlar o‘zlari auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun zarur deb hisoblagan har qanday ma’lumot va materiallarni olish, ko‘rib chiqish va nusxa ko‘chirish, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishini muhokama qilish uchun bank rahbariyati bilan hech qanday to‘sqinliksiz muloqotda bo‘lish borasida istisnosiz huquqqa egalar.
9.3. Banklarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotlari va auditorlar quyidagi talablarga amal qilishlari shart:
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari hamda bank audit jarayoni va metodologiyasiga rioya etishlari;
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishlari;
auditorlik tekshiruvlarini professional audit andozalariga muvofiq ravishda yuqori malaka bilan o‘tkazishlari;
tekshiruv davomida o‘zlari oladigan va tuzadigan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashlari;
Markaziy bank talabiga muvofiq barcha ishchi hujjatlarni hamda ularning nusxalarini taqdim etishlari;
quyidagilar to‘g‘risida buyurtmachi va Markaziy bankka zudlik bilan xabar berishlari:
a) mazkur auditorlik tekshiruvida o‘zi qatnasha olmasligining sabablari to‘g‘risida;
b) audit jarayonida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan tekshiruvda qatnashishga qo‘shimcha auditorlarni jalb etish zarurligi to‘g‘risida;
v) auditorlik tekshiruvi davomida bankka uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda.
Auditorlarning obyektivligi va mustaqilligi
9.4. Auditor auditorlik natijalari bo‘yicha xulosa va tavsiyalar berish chog‘ida mustaqildir. Bank tekshiruv natijalari bo‘yicha bevosita yoki bilvosita ta’sir o‘tkazish huquqiga ega emas.
Auditor tekshiruvlarning obyektivligi va to‘liq bo‘lishi uchun amaldagi qonunchilik va shartnoma talablariga asosan javobgardir.
Mahfiylik
9.5. Auditor ish davomida o‘ziga ma’lum bo‘lgan mahfiy axborot sir saqlanishini ta’minlashi va alohida ruxsatsiz uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi shart, bundan Markaziy bankka taqdim etiladigan axborotlar mustasno.
9.6. Auditor mahfiy axborotni sir saqlay olmagani uchun amaldagi qonunchilik talablari hamda shartnoma shartlariga asosan javobgardirlikka tortiladi.
10-bob. Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda bank kengashi va boshqaruvining majburiyatlari
10.1. Bank Boshqaruvi yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tayyorlanishi uchun javobgardir.
10.2. Bank Kengashi banklarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lmagan auditorlik tashkilotini jalb qilganligi uchun javobgar bo‘ladi. Auditorlik tashkiloti va bank o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi hisobot yilidan keyingi yilning 2 oyi davomida Markaziy bankka taqdim etilishi shart.
10.3. Auditorlik tekshiruvlari yakunlangandan so‘ng 10 kun muddat ichida auditorlik hisobotlarining nusxasini Markaziy bankka taqdim etish tijorat banklarining majburiyatiga kiradi.
Agar bank tomonidan Markaziy bankka taqdim etilgan hisobotlar bilan auditdan o‘tkazilgan hisobotlar o‘rtasida farq aniqlansa, tijorat banki auditorlik hisobotini olgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi to‘g‘irlangan (tuzatishlar bilan) yillik hisobotini Markaziy bankka taqdim etishi shart.
10.4. Bank Kengashi quyidagi hujjatlar nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi shart:
a) auditorlik hisoboti, balans, foyda va zararlar hisoboti va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni o‘z ichiga olgan xolis auditorlik xulosasi;
b) ichki audit ahvoli to‘g‘risida alohida hisobot;
v) auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan tayyorlangan barcha qo‘shimcha hisobotlar.
10.5. Bank Kengashi tijorat banki auditorlik hisobotini olgan vaqtdan boshlab 30 kun mobaynida auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan ichki nazoratga doir kamchiliklarni bartaraf etish va tavsiyalarni bajarishga qaratilgan choralar yuzasidan Markaziy bankka hisobot berishi shart.
10.6. Mazkur Nizom qabul qilinishi bilan Markaziy bankning 1998-yil 4-iyuldagi 403-sonli “O‘zbekiston Respublikasida banklarni audit qilish to‘g‘risida” Nizom (Adliya vazirligida 1998-yil 17-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 1999-yil 18-sentabrda kiritilgan 403-1-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalari bilan o‘z kuchini yo‘qotadi.
______________________________________________________________________________________________ga,(auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi) ________________________________________________________________________________________________, (pasport raqami va seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgan)
berildi hamda mazkur sertifikat berilgan sanadan boshlab unga O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega auditorlik tashkiloti nomidan banklarda auditorlik tekshiruvini amalga oshirishga ruxsat etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari
(F.I.O./imzo)
Berilgan sanasi: 20___ y. “___” ___________
M.O‘.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/13-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)