1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
Suv xoʻjaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suv fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, tenglik, shaffoflik hamda bozor tamoyillariga asoslangan ilgʻor xorijiy tajribani joriy etgan holda suv fondi yerlaridan qoʻshimcha iqtisodiy samara olish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar Suv xoʻjaligi vazirligi tizim tashkilotlari hisobidagi suv fondi yerlaridan (keyingi oʻrinlarda — suv fondi yerlari) oqilona foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) 2026-2027-yillarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan 268 ming gektar suv fondi yerlarini xatlovdan oʻtkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini yakunlash;
(b) 2026-2027-yillarda suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi 30 ming gektar suv fondi yerlarini shaffof hamda bozor tamoyillariga asoslangan holda ijaraga berishni tashkil etish;
(v) suv fondi yerlari uchastkalarini suv xoʻjaligi tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish;
(g) 2027-yil yakuniga qadar suv fondi yerlarida 100 ming nafar aholi bandligini taʼminlash orqali ularga 220 milliard soʻm qoʻshimcha daromad olish manbaini yaratish.
II. Sohaga bozor mexanizmlarini keng joriy qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
2. Suv fondi yerlarini ijaraga berishda Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat muassasasi) yagona buyurtmachi etib belgilansin. Bunda Davlat muassasasi tomonidan suv fondi yerlari quyidagi yoʻnalishlarda ijaraga beriladi:
(a) suv fondi yerlarining sohilboʻyi mintaqalaridan turistik xizmatlar va suv boʻyida plyaj zonalarini tashkil etish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish;
(b) suv fondi yerlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
(a) toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalanishi lozim boʻlgan daryo oʻzanlari va suv xoʻjaligi obyektlari roʻyxati Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijalari asosida shakllantiriladi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
(b) daryo va suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini tozalashda qirgʻoqlarning yuvilishiga va yaqin hududlarning suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan hamda suv oqimiga toʻsqinlik qilayotgan qum-shagʻal materiallari qazib olinishiga ruxsat etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
(v) suv omborlari va sel-suv omborlari, kanallar, kollektorlar, tabiiy koʻllar va gidrotexnika inshootlarini tuproq materiallaridan tozalash tadbirlariga tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini eng yaxshi takliflari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
(g) suv omborlari va sel-suv omborlarining suvdan boʻshagan hamda tuproq namligi saqlangan yerlaridan samarali foydalanish maqsadida ushbu yerlar tashabbuskorlarga qisqa muddatga ekin ekishga Davlat muassasasi tomonidan elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi;
(d) tozalanishi lozim boʻlgan suv xoʻjaligi obyektining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun ushbu sohadagi ixtisoslashgan nufuzli loyiha tashkilotlari jalb etiladi.
III. Davlat nazoratini takomillashtirish
4. Suv xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar suv fondi yerlarini ijaraga berish, monitoring qilish, shartnomalar tuzish va hisobotini onlayn yuritish imkonini beruvchi “Suv-yer-ijara” axborot tizimi ishga tushirilishi va Suv xoʻjaligi vazirligining “Raqamli suv xoʻjaligi” yagona axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda balansdagi suv omborlari atrofidagi ijaraga berilgan suv fondi yerlarida organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda xalqaro sertifikatlar talablariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
6. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi yoʻnalishlarda davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha vazifalar yuklansin:
(a) suv fondi yerlaridan oqilona va maqsadli foydalanishni nazorat qilish;
(b) suv fondi yerlari oʻzboshimchalik bilan egallanishining oldi olinishini nazorat qilish.
IV. Suv xoʻjaligi obyektlari yer uchastkalariga doir tashkiliy masalalar
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda:
(a) 2026-yil yakuniga qadar begonalashtirilgan hamda jismoniy va yuridik shaxslar nomiga tegishliligi boʻyicha mulk va ijara huquqi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan suv fondi yerlarini xatlovdan oʻtkazib, ularga boʻlgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishini hamda ushbu yerlar suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 13-moddasi.
(b) suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan suv fondi yerlaridan tadbirkorlik subyektlari tomonidan vaqtincha foydalanish maqsadida tuzilgan ijara shartnomalari Davlat muassasasi hamda suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qayta roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
8. Belgilansinki, daryo oʻzanlari va suv xoʻjaligi obyektlaridan qazib olinadigan qum-shagʻal materiallari hajmi Suv xoʻjaligi vazirligi mablagʻlari hisobidan va vazirlikning soʻroviga asosan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan texnik imkoniyatlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Bunda ushbu hisob daryo oʻzanlari va suv xoʻjaligi obyektlarining ekologik ekspertiza xulosasidagi hisobdan ijobiy farq qilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlarni hisoblashda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining hisob-kitoblari qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
9. Quyidagilar Davlat muassasasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryo oʻzanlari va suv xoʻjaligi obyektlarini tozalash natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining (ishlov berilmagan) har bir metr kubiga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi va respublikaning boshqa hududlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi miqdorida undiriladigan toʻlov;
(b) suv fondi yerlarini realizatsiya qilish va ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Suv xoʻjaligi vazirligi suv fondi yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bilan shartnoma asosida sifatli amalga oshirishni taʼminlasin.
Bunda xatlov va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Suv xoʻjaligi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
V. Qonunchilikni muvofiqlashtirish
12. Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(a) uch oy muddatda quyidagi vakolatlarni Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga ham berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini:
(i) suv fondi yerlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, oʻzboshimchalik bilan egallab olish hamda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishi bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqishni;
(ii) daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish hamda ushbu tartibni buzganlik holatlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqishni;
(b) oʻzboshimchalik bilan egallab olingan suv fondi yerlari hamda ularda noqonuniy qurilgan bino va inshootlarni bartaraf etish boʻyicha sudlarga kiritilgan daʼvolarni koʻrib chiqish yuzasidan davlat boji toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini;
(v) bir oy muddatda Davlat muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
16. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib quyidagilar belgilansin:
(a) Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev — belgilangan topshiriq va vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashga;
(b) suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Z. Ishpulatov — suv fondi yerlarini ijaraga berishni raqamlashtirish va ulardan foydalanishni doimiy monitoring qilishga;
(v) suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari R. Qarshiyev, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi M. Valiyev — suv fondi yerlarini xatlovdan oʻtkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga;
(g) Bosh prokuror oʻrinbosari Sh. Toʻxtaboyev — Farmonda belgilangan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatishga.
17. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-may,
PF-99-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-son Farmoniga 1-ILOVA
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining
ASOSIY VAZIFALARI
1. Suv fondi yerlarini xatlovdan oʻtkazish, boʻsh turgan yerlarni aniqlash va suv xoʻjaligi obyektiga zarar yetkazmaydigan faoliyat turlari boʻyicha ijaraga berish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.
2. Suv xoʻjaligi obyektlari (suv havzalari)ning suvni muhofaza qilish zonalarida ekoturizmni tashkil etish maqsadida zamonaviy yengil konstruksiyali turizm infratuzilma obyektlarini qurish uchun suv fondi yerlarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolarini tashkil etish.
3. Suv xoʻjaligi obyektlari hududida joylashgan boʻsh bino va inshootlardan samarali foydalanishni tashkil qilish.
4. Daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali jalb qilish.
5. Suv omborlari va sel-suv omborlarining loyqa va noruda materiallari bilan qoplangan qismini tozalash.
6. Suv xoʻjaligi tashkilotlari foydalanishidagi suv fondi yerlarida yer tuzish, loyiha, geodeziya, xatlov va marksheyderlik ishlarini bajarishda salohiyatli loyiha tashkilotlarini jalb qilish.
7. Daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtma berish hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish.
8. Shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritish.
9. Tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganish.
10. Mikro va kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanish.
11. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisida”gi PF-74-son Farmonida:
(a) 3-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi tashkil etilsin” soʻzlaridan keyin “va Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1-A uyning A-blok 4-qavatiga joylashtirilsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 6-ilovaning 7-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari” soʻzlari “Viloyatlar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 7-ilovaning 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3286-son qarorining 1-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
(a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Xavfsiz daryo boshqarmasi”) soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5. Toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalanishi lozim boʻlgan daryo oʻzanlarining roʻyxati Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi xodimlari tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijalari boʻyicha shakllantiriladi”;
(ii) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarning roʻyxati Suv xoʻjaligi va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi”;
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi haqidagi axborotni Suv xoʻjaligi vazirligiga yuboradi”;
“20. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tadbirkorlik subyektlarini auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni koʻradi, shu jumladan, “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMdan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi manziliga tayangan holda, oʻz rasmiy veb-saytida majburiy tartibda joylashtiradi”;
“21. Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni elektron savdo platformasida realizatsiya qilish, tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarning roʻyxati Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijalari boʻyicha shakllantiriladi.
Tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarning roʻyxati Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi”;
“24. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMdan olingan auksion gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni mobaynida oʻz rasmiy veb-saytida majburiy tartibda joylashtiradi”;
(i) birinchi xatboshidagi “Xavfsiz daryo boshqarmasining” soʻzlari “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(i) birinchi xatboshidagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” soʻzlari “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) ikkinchi xatboshidagi “Tabiat resurslari vazirligi” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(i) “Xavfsiz daryo boshqarmasi” soʻzlari “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(r) 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallarni tayyorlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining viloyat boshqarmalari
Daryolar
oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan
uchastkalar roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — uchastkalar roʻyxati) shakllantiradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy
qoʻmitasi
Tozalanishi
lozim boʻlgan uchastkalarning
roʻyxatini qoʻshma qarori bilan tasdiqlaydi.
5 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi “Suv
xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM
Tasdiqlangan
uchastkalar roʻyxati boʻyicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha
hujjatlarini “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM tomonidan
zaruratga koʻra boshqa loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqadi.
5 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Loyiha tashkilotlari
Loyiha
hujjatlarini ishlab chiqadi.
Shartnomaga muvofiq
5-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor
mexanizmlarini joriy qilish” DM
Davlat ekologik
ekspertizasi xulosasini olish uchun Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy
qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlariga loyiha hujjatlarini
taqdim etadi.
2 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy
qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari
Har bir loyiha
hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tayyorlaydi va “Suv
xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM vakiliga ishonchnoma asosida
topshiradi.
20 ish kuni mobaynida
7-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor
mexanizmlarini joriy qilish” DM
Loyihani amalga
oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJga (keyingi
oʻrinlarda — operator) elektron buyurtma beradi.
2 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Operator
Oʻtkazilgan
auksion natijalari haqidagi bayonnomani “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini
joriy qilish” DMga taqdim etadi va tegishli maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga
joylashtiradi.
1 ish kuni mobaynida
9-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor
mexanizmlarini joriy qilish” DM
Auksion gʻolibi
bilan shartnoma tuzadi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi auksion gʻoliblari
toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadi.
3 ish kuni mobaynida
10-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor
mexanizmlarini joriy qilish” DM
Auksion
gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida majburiy tartibda
joylashtiradi.
3 ish kuni mobaynida
11-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor
mexanizmlarini joriy qilish” DM,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
“Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi
Joylarga chiqqan
holda, daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari amalga oshirilayotgan uchastkalardagi
holatni oʻrganadi.
Doimiy ravishda
12-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor
mexanizmlarini joriy qilish” DM
Shartnoma asosida
jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash
ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining hisobini yuritadi.
Doimiy ravishda
Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion tashkil qilish haqida
ELEKTRON BUYURTMA
20___ yil “____” __________da ________ “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ oʻrtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM boshligʻining 20___ yil “_____” ____________ dagi buyrugʻiga binoan “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM quyidagi loyihani amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:
1. Loyihaning oʻziga xos raqami _______________________________________________________.
2. Loyihani amalga oshirish joyi _____________________________________________________.
3. Belgilangan maqsad _______________________________________________________________.
4. Loyiha boʻyicha qum-shagʻal zaxirasining hajmi ________________________________________.
5. Loyihaning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) (soʻmda) ______________________________.
6. Elektron onlayn-auksion gʻolibining majburiyatlari:
6.1. Loyihani amalga oshirish muddati _________________________________________________;
6.2. Loyihani amalga oshirish huquqi egasiga davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga muvofiq qoʻyiladigan talablar: _____________________________________________________________________
7. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank rekvizitlari:
Bank nomi _________________________________________________________________________;
Bank MFO _________________________________________________________________________;
Bank hisobvaragʻi ___________________________________________________________________.
8. “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMning manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) ________________________
Buyurtma 20 ___ yil “____” _______________ da taqdim etildi.
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM boshligʻi
__________________________________
(F.I.O.)
ERI
”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
(a) 30-band quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yer tuzish loyihasi boʻyicha daryo va qurimaydigan soylar egallagan yerlar va ularning sohilboʻyi mintaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida tegishlicha suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi”;
“38. Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining sohilboʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan hududlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida tegishlicha ulardan foydalanuvchi suv xoʻjaligi va boshqa tashkilotlarga ajratib beriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 2-ilovaning 12-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-106-son Farmoniga 7-ilovaning 8-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3841-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-426-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)