O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI XARID QILISH VA SOTISH BO‘YICHA ULGURJI BOZORLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
1998—2000-yillardagi davrda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash, ulgurji savdo tizimini takomillashtirish va iste’mol bozorini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublikada paxta, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan dondan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish bo‘yicha ochiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi ulgurji qishloq xo‘jaligi bozorlari (keyingi o‘rinlarda — “Ulgurji bozor” AJ) tarmog‘ini tashkil etish haqidagi
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 37-38-son, 287-modda)
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasining Meva-sabzavot birlashmalarining Matlubotsavdo hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining tashkil etilayotgan Ulgurji bozor aksiyadorlik jamiyatlariga muassislar sifatida kirishlari to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Ulgurji bozor AJ:
Toshkent shahrida, barcha viloyat markazlarida bittadan, zarur bo‘lganda esa yirik shaharlarda ham mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari huzurida tashkil etiladi;
o‘z faoliyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar va yirik shaharlar hokimliklariga hisobot beradi.
3. Quyidagilar Ulgurji bozor aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy vazifalari sifatida tavsiya etilsin:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo‘jaligi korxonalaridan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish tashkil etilishini ta’minlash;
sotuvchilar va iste’molchilarga qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini, uning sanitariya-veterinariya tahlilini, sertifikatsiyalashni, transportda tashishni, ortish-tushirish ishlarini, saqlashni, paketlarga joylash va markalashni tashkil etish bo‘yicha kompleks servis xizmatlari ko‘rsatish;
mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzishni tashkil etish, ulgurji bozorlardagi konyunktura, talab va takliflar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash;
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash va ularga dastlabki ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek ularni mahalliy dehqon bozorlariga va eksportga yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
4. Ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori to‘g‘risidagi Namunaviy nizom va Ulgurji bozor aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
mavjud ulgurji bozorlarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish yoki ularni qurish yuzasidan texnik-iqtisodiy asoslashlarning buyurtmachilari bo‘lsinlar hamda ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslashlarni xizmat ko‘rsatuvchi bankka va boshqa tegishli idoralarga taqdim etsinlar;
faoliyat ko‘rsatayotgan meva-sabzavot kombinatlarini ulgurji bozorlar sifatida qayta jihozlashning maqsadga muvofiqligi va mavjud ulgurji omborlar va sovutgichlardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqsinlar;
ulgurji bozorlar qurish uchun belgilangan tartibda zarur yer uchastkalari ajratsinlar, shuningdek quriladigan ulgurji bozorlarning loyihalari ishlab chiqilishini va o‘z vaqtida ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasinlar, loyihalarda mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, shuningdek kompleks servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha boshqa obyektlar qurilishini nazarda tutsinlar;
ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ulgurji bozorlar shakllantirilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsinlar.
6. Ulgurji bozorlar qurilishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda taqdim etilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsin hamda ularning xarajatlarni qoplashi tasdiqlangan taqdirda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YETTB) va boshqa xalqaro va investitsiya institutlari bilan ulgurji bozorlar qurilishi uchun ularning kreditlaridan foydalanish haqidagi masalani ishlab chiqish;
Biznes-fondga ulgurji bozorlar qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalarini ustuvor tartibda ko‘rib chiqish va qurilayotgan ulgurji bozorlarning ustav sarmoyalarini shakllantirishda o‘z mablag‘lari ulushi bilan belgilangan tartibda qatnashish tavsiya etilsin.
7. Toshkent shahar hokimligining, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining Toshkent ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori aksiyadorlik jamiyati o‘zining asosiy vazifalaridan tashqari tashkil etilayotgan ulgurji bozorlar tizimida savdo, xizmat ko‘rsatish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish, xaridorlar va sotuvchilar, narxlar kotirovkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish, marketing va konsalting xizmatlari masalalari bo‘yicha uslubiy markaz qo‘shimcha funksiyalarini bajarishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
9. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, O‘zdavstandart markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, O‘zavtotrans davlat korporatsiyasi ulgurji bozorlar huzurida axborot xizmatlari ko‘rsatish, mahsulotlarning muvofiqligi va kelib chiqishi sertifikatlarini olish, transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha punktlar tashkil etishni nazarda tutsinlar.
10. Aholini meva-sabzavotlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash tizimini tashkil etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda:
shaharlarda va tuman markazlarida meva-sabzavot mahsulotlari sotish uchun ixtisoslashtirilgan chakana savdo tarmoqlarini tiklash va tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
meva-sabzavot mahsulotlarini sotish bo‘yicha ulgurji bozorlar, chakana savdo tarmoqlari tashkil etilishini va ularning faoliyatini har chorakda tahlil qilsinlar hamda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ishlarini amalga oshirish yuzasidan davlat buyurtmasini shakllantirishda unga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish bo‘yicha ulgurji bozorlar hamda meva-sabzavot mahsulotlarini chakana sotish tarmoqlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni kiritishni nazarda tutsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z.Usmonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 26-oktabr,
452-son
Ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari va iste’molchilarining ulgurji savdo, shu jumladan, mahsulotni sotishdan oldingi tayyorlash xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun aksiyadorlik jamiyati shaklida (keyingi o‘rinlarda “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati deb ataladi) tashkil etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
2. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari huzurida va yirik shaharlarda yuridik shaxs huquqi bilan tashkil etiladi.
har qanday yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxs ulgurji bozorning muassisi bo‘lishi mumkin.
3. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan o‘z ustaviga amal qiladi.
4. Ulgurji bozorlar faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun ular yirik shaharlar va transport uzellari yaqinidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari tovar mahsulotni yirik iste’molchilarga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga yetkazib beradigan joylarda joylashtiriladi.
Ulgurji bozorning maqsadi va asosiy vazifalari
5. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishning mavsumiy xususiyati bilan uning bir maromda iste’mol qilinishi o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari uchun mahsulotlarni erkin belgilanadigan narxlar asosida sotish, mahsulotlarni konsignatsiyaga va sanoatda qayta ishlashga qabul qilish kabilar, iste’molchilarga esa ularning buyurtmanomalariga muvofiq yetkazib berish uchun sharoitlar yaratish “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati faoliyat ko‘rsatishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
6. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qiladi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo‘jaligi korxonalaridan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish tashkil etilishini ta’minlash;
sotuvchilar va iste’molchilarga qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini, uning sanitariya-veterinariya tahlilini, sertifikatsiyalashni, transportda tashishni, ortish-tushirish ishlarini, saqlashni, paketlarga joylash va markalashni tashkil etish bo‘yicha kompleks servis xizmatlari ko‘rsatish;
mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzishni tashkil etish, ulgurji bozorlardagi konyunktura, talab va takliflar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash;
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash va ularga dastlabki ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek, ularni mahalliy dehqon bozorlariga va eksportga yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ulgurji bozorning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish (savdo maydonlari, omborxonalar, muzxonalar, mahsulotlarni qayta ishlovchi sexlar va boshqa obyektlar qurish)ga, ulgurji bozorlarga tutash hududlarni rivojlantirish (mehmonxonalar, ovqatlanish punktlari, transport to‘xtab turish joylari, yo‘llar, aloqa uzellari, tibbiy xizmat ko‘rsatish joylari va shu kabilarni qurish)ga investorlar mablag‘larini jalb qilish;
respublika mintaqalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash obyektlari va narxlar bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish;
tegishli boshqaruv organlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari bilan ulgurji savdo qilishdagi ishlarning ahvoli to‘g‘risida tahliliy obzorlar tayyorlash, uni rivojlantirish yuzasidan tavsiyanomalar berish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish sohasida ham, xizmat ko‘rsatish sohasida ham kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
qo‘shimcha ish joylari tashkil etish.
7. O‘z mijozlarining talablarini qondirish maqsadida “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatlari o‘z hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilishni, sotishdan oldingi tayyorlashni, saqlashni, iste’molchilarga jo‘natish uchun turkumlashni hamda bozor qatnashchilariga axborot xizmati ko‘rsatishni, fermerlar va dehqon xo‘jaliklarining buyurtmanomalariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashish uchun transport berishni, mehmonxona xo‘jaligini, avtomobil to‘xtash joylarini, bank xizmatlari ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi zarur xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlovchi korxonalar qurishga ko‘maklashadilar.
Ulgurji bozor qatnashchilari
8. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, tayyorlash, saqlash, sotish, iste’mol qilish va ularni qayta ishlash sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qiluvchilar, shuningdek, bitishuvlar tuzishda zarur xizmatlar ko‘rsatuvchi va bozor faoliyatiga xizmat ko‘rsatuvchi bozor faoliyati infratuzilmalari muassasalari “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyati qatnashchilari hisoblanadilar.
9. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatining har bir qatnashchisi bozorda savdo qilishning yagona qoidasiga rioya qilishi, bozorda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va vizual kuzatish uchun qulay hamda o‘z maqomiga muvofiq bo‘lgan yagona namunadagi hujjat (ruxsatnoma, ro‘yxatdan o‘tish kartasi va boshqalarga) ega bo‘lishi kerak.
10. Ulgurji bozor qatnashchilariga ulgurji bozorga teng va erkin kirish huquqi beriladi.
Ulgurji bozorning funksiyalari, ulgurji savdoni amalga oshirishning asosiy prinsiplari va qoidalari
11. “Ulgurji bozor” AJ funksiyalariga quyidagilar kiradi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulgurji oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va xizmatlar ko‘rsatish;
sotuvchilarga savdo seksiyalarini, muzxona kameralarini ijaraga berish;
savdo qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
bozor hududini sanitariya jihatidan nazorat qilishni ta’minlash;
mahsulotni sertifikatsiyalash va sanitariya-veterinariya jihatidan tahlil qilish xizmatlari faoliyatini tashkil etish;
kelayotgan mahsulotlar hisobini yuritish;
nizolarni sudgacha yetkazmasdan hal qilish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini va tovarbopligini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
transport xizmati ko‘rsatish, ortish-tushirish ishlari, tovarni sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
tovarlarning saqlanishi va savdo qatnashchilarining xavfsizligini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
ulgurji savdo qatnashchilariga bank xizmati ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga bojxona xizmati ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
sotuvchilarga va xaridorlarga maishiy xizmatlar ko‘rsatish;
bozorning zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish.
12. Ulgurji bozorda bozor qatnashchilari o‘rtasida erkin aloqalar bog‘lash ta’minlanadi, unda bitishuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ulgurji bozorlarda paxta, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan dondan tashqari barcha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar) sotilishi mumkin.
Ulgurji bozorlar hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini katta sig‘imli idishlardan (konteynerlardan) va avtomashinalardan, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun o‘rash va joylash materiallarini (qutilar, xaltalar, yashchiklar va boshqalarni) sotishga yo‘l qo‘yiladi
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 37-38-son, 287-modda)
14. Ulgurji bozordagi ulgurji savdolar quyidagi prinsiplar asosida olib boriladi:
tovarni erkin tanlash;
xaridor va sotuvchini erkin tanlash;
erkin narx belgilash;
sotib olingan tovarlarni erkin tasarruf etish.
15. Ulgurji bozor xodimlari bitishuvlarni amalga oshirish, shuningdek savdolarni o‘tkazish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aralashish huquqiga ega emaslar. Ulgurji savdo qatnashchilari aniq tovar seksiyalarida aniq savdolarga taalluqli bo‘lmagan boshqa e’lonlar qilishlari mumkin emas.
16. Ishlab chiqaruvchilar (tovar sotuvchilar) tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi sertifikatlar (hujjatlar)ga ega bo‘lishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridorlari eksport maqsadlari uchun “O‘zstandart” agentligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ulgurji bozordagi tayinlangan vakillik xizmatidan tovarning muvofiqligi va kelib chiqishi sertifikatlarini olishlari mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 37-38-son, 287-modda)
18. Ulgurji bozorda naqd tovar bilan ulgurji bitishuvlar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri, forvardli va konsignatsiyali bitishuvlar) tuziladi. Tovar uchun hisob-kitoblar shakli sotuvchi va xaridor tomonidan belgilanadi.
Bozorda faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy xizmatlar
19. “Ulgurji savdo” aksiyadorlik jamiyatiga ulgurji savdo jarayoniga ko‘maklashish maqsadida quyidagi xizmatlar faoliyati tashkil etiladi:
marketing xizmati;
veterinariya va sanitariya xizmati;
texnika xizmati;
axborot bilan ta’minlash xizmati;
yuridik xizmat;
qo‘riqlash xizmati;
tosh-tarozi xizmati;
transport xizmati.
20. Ulgurji bozor faoliyatiga quyidagilar ko‘maklashadi:
ichki ishlar organlari;
bojxona xizmati;
soliq xizmati;
sanitariya-epidemiologiya xizmati;
“O‘zdavstandart” markazi xizmati;
veterinariya xizmati.
Ulgurji bozorning ishlab chiqarish infratuzilmasi
21. Ulgurji bozorning ishlab chiqarish infratuzilmasiga quyidagilar kiradi:
ulgurji bozor savdosini amalga oshirish uchun jihozlangan maydon va savdo seksiyalari;
qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatini baholash uchun laboratoriya;
vaqtincha saqlash omborlari va konsignatsiya omborlari;
tez buziladigan mahsulotlarni vaqtincha saqlash uchun sovutish kameralari;
avtomashinalar parki;
avtomashinalar to‘xtash joylari;
mahsulotlarni sotishdan oldin tayyorlash va sanoat yo‘li bilan qayta ishlash sexlari.
Ulgurji bozorni boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
22. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish va uning xo‘jalik faoliyati “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining ularga muvofiq ishlab chiqilgan ta’sis hujjatlari (ustavi)ga muvofiq amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
23. “Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatlari o‘zlari huzurida tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va yirik shaharlar hokimliklariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot beradi.
“Ulgurji bozor” aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy
tuzilmasi