1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1996-yil 26-martdagi 203-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Tijorat banklarida davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobining
Muvaqqat tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 523]
LexUZ sharhi
Mazkur Muvaqqat tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 28-avgustdagi 374-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 523-4, 28.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Mazkur Muvaqqat tartib (bundan buyon matnda Tartib deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 119-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (bundan buyon matnda Obligatsiyalar deb yuritiladi) bilan operatsiyalar boʻyicha tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritishning oʻziga xos jihatlarini tartibga soladi. Obligatsiyalar bilan operatsiyalar boʻyicha banklarda buxgalteriya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda “Markaziy bank” deb yuritiladi)ning banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarini hisobga olish uchun belgilangan qoidalari va ushbu Tartibga muvofiq yuritiladi.
1. Asosiy qoidalar
Mazkur Tartib mazmuniga koʻra:
“tijorat banklarining Obligatsiyalar bilan operatsiyalari” deganda tijorat banklari tomonidan obligatsiyalarni oʻz nomidan, oʻz hisobidan va oʻz tashabbusi bilan sotib olishi va qayta sotishi tushuniladi;
“obligatsiyalar bilan brokerlik operatsiyalari” deganda banklar tomonidan oʻz mijozlarining hisobidan va ularning topshirigʻiga koʻra ular bilan tuzilgan komissiya yoki topshiriq shartnomasi (“brokerlik shartnomalari”)ga asosan obligatsiyalarni sotib olishi va sotishi tushuniladi.
2. Obligatsiyalar bilan brokerlik operatsiyalari boʻyicha mijozlardan kelib tushgan mablagʻlarni hisobga olish
2.1. Mijozlardan kelib tushgan va banklarning brokerlik operatsiyalari boʻyicha mijozlarga hisoblanadigan 22608 “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha mijozlarning mablagʻlari” hisobvaragʻining “Qimmatli qogʻozlar bilan brokerlik operatsiyalari boʻyicha mijozlarning mablagʻlari” shaxsiy hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
20296 hisobvaragʻi krediti boʻyicha quyidagilar hisobga olinadi:
bank tomonidan uchinchi shaxslardan qimmatli qogʻozlarni sotib olish maqsadida brokerlik shartnomalari boʻyicha mijozlar tomonidan bankka kelajakda brokerlik operatsiyalari boʻyicha komissiyaviy mukofotlarni toʻlash uchun koʻchirilgan mablagʻlar — 20200 “Talab qilinguncha omonatlar” (agar mijoz ushbu bank xizmatlaridan foydalansa) hisobvaragʻi bilan korrespondentlikda yoki 10301 “OʻRMBning korrespondentlik hisobvaragʻi “Nostro” (boshqa bankda mijoz hisobvaragʻidan mablagʻlarni koʻchirganda) hisobvaragʻidan olishda;
bank tomonidan qimmatli qogʻozlarni brokerlik shartnomalari asosida qayta sotishdan kelib tushgan mablagʻlar — 10301 “OʻRMBning korrespondentlik hisobvaragʻi “Nostro” hisobvaragʻidan olishda”;
20296 hisobvaragʻi debeti boʻyicha quyidagilar hisobga olinadi:
bank tomonidan mijozlar topshirigʻiga koʻra qimmatli qogʻozlarni sotib olishga sarflangan mablagʻlar — 10301 “OʻRMBning korrespondentlik hisobvaragʻi “Nostro” hisobvaragʻidan olishda;
qimmatli qogʻozlarni sotib olishda bajarilmagan brokerlik shartnomalari boʻyicha mijozlarga qaytariladigan mablagʻlar — 20200 “Talab qilinguncha omonatlar” (agar mijoz ushbu bank xizmatlaridan foydalansa) hisobvaragʻi bilan korrespondentlikda yoki 10301 “OʻRMBning korrespondentlik hisobvaragʻi “Nostro” (boshqa bankda mijoz hisobvaragʻidan mablagʻlarni koʻchirganda) hisobvaragʻidan olishda;
qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha bajarilgan brokerlik shartnomalari boʻyicha mijozlarga koʻchiriladigan mablagʻlar — 20200 “Talab qilinguncha omonatlar” (agar mijoz ushbu bank xizmatlaridan foydalansa) hisobvaragʻi bilan korrespondentlikda yoki 10301 “OʻRMBning korrespondentlik hisobvaragʻi “Nostro” (boshqa bankda mijoz hisobvaragʻidan mablagʻlarni koʻchirganda)hisobvaragʻidan olishda;
brokerlik shartnomalarini bajarganlik uchun bank tomonidan komissiya mukofoti sifatida olinadigan mablagʻlar — 45209 “Bankning qimmatli qogʻozlar bilan investitsiyaviy vositachilik faoliyatidan daromadlar” hisobvaragʻi bilan korrespondentlikda.
Bank 22608 balans hisobvaragʻi boʻyicha mijozlarning shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha tahliliy hisobni yuritadi.
2.2. Bank faqatgina mijozning mablagʻlari 20296 balans hisobvaragʻida brokerlik shartnomasi boʻyicha deponentlanganidan soʻng qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha brokerlik shartnomalarini bajaradi.
Mablagʻlarni deponentlashda bank quyidagi oʻtkazmalarni amalga oshiradi:
a) agar mijoz ushbu bankda hisobvaraqqa ega boʻlsa:
Kt hisobvaraq 22608 “Qimmatli qogʻozlar boʻyicha mijozlarning mablagʻlari”.
Oʻtkazmani amalga oshirish uchun mijoz tomonidan rasmiylashtirilgan toʻlov topshirigʻi hisoblanadi.
2.3. Qimmatli qogʻozlarni sotib olishga brokerlik topshirigʻi bajarilmaganida va mablagʻlar mijozga qaytarilganida bank 2.2-bandda koʻrsatilgan oʻtkazmalarga teskari oʻtkazmalarni amalga oshiradi.
2.4. Qimmatli qogʻozlarni sotish boʻyicha brokerlik topshirigʻi bajarilganidan soʻng bank mijozga hisoblanadigan mablagʻlarni koʻchiradi. Bunda quyidagi oʻtkazmalar amalga oshiriladi:
Dt hisobvaraq 22608 “Qimmatli qogʻozlar boʻyicha mijozlarning mablagʻlari”.
3. Obligatsiyalar bozorida operatsiyalar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi bilan hisob-kitoblarni hisobga olish.
3.1. Obligatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni aks ettirish uchun bank balans hisobvaraqlardagi 19997 “Boshqa aktivlar” va 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” maxsus shaxsiy hisobvaraqlar “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar”ni ochadi.
3.2. Navbatdagi obligatsiyalarni chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha auksionda yoki obligatsiyalar boʻyicha ikkilamchi savdolarda ishtirok etish uchun bank Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi (bundan buyon matnda “OʻzRVB” deb yuritiladi)dagi oʻz hisobvaragʻiga obligatsiyalar bilan operatsiyalarning taxminiy hajmidan kelib chiqib dastlabki pul koʻchirishni amalga oshiradi.
Bunda quyidagi oʻtkazmalar amalga oshiriladi:
Dt 19997 (“Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻi),
OʻzRVBdagi Kt hisobvaraq.
3.3. Bank navbatdagi obligatsiyalarni chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha auksionda va muomala muddati oʻtib borayotgan obligatsiyalarni chiqarishlarni soʻndirishda ishtirok etadi. Auksion boʻyicha obligatsiyalarni navbatdagi chiqarishlar boʻyicha hisob-kitoblar sanasi obligatsiyalarni chiqarishlarni soʻndirish boʻyicha hisob-kitoblar sanasiga toʻgʻri kelsa bank tomonidan auksionda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan sotib olingan yangi obligatsiyalar chiqarilishi uchun toʻlov summasiga qarshi bank oldida soʻndiriladigan chiqarish boʻyicha OʻzRVB Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda “Moliya vazirligi” deb yuritiladi) majburiyatlari hisob-kitobini amalga oshiradi.
Hisob-kitob yakunlari boʻyicha bank Moliya vazirligiga nisbatan netto-kreditor yoki netto-qarzdor boʻlishi mumkin.
3.4. Bank OʻzRVB orqali obligatsiyalarni ikkilamchi bozorda sotib olish va sotishni amalga oshiradi. Savdolar yakunlari boʻyicha bank boshqa barcha savdo ishtirokchilariga nisbatan netto-kreditor yoki netto-qarzdor boʻlishi mumkin.
3.5. Agar bank auksion va soʻndirish yakunlari boʻyicha yoki ikkilamchi bozorda navbatdagi savdolar yakunlari boʻyicha netto-qarzdor boʻlsa, OʻzRVB auksion yoki savdo kuni bankning shaxsiy hisobvaragʻidan bank qarzdorligi saldosiga teng summani oʻchiradi. Bank operatsiyalari boʻyicha OʻzRVB bitimlari reyestridan koʻchirma hisobvaraq koʻchirmasiga ilova sifatida xizmat qiladi.
3.6. Agar bank auksion va soʻndirish yakunlariga koʻra yoki ikkilamchi bozordagi navbatdagi savdolar yakunlariga koʻra netto-kreditor boʻlsa, OʻzRVB auksion kuni yoki savdo kuni saldo summasini bank shaxsiy hisobvaragʻiga koʻchiradi va bankka hisobvaraqdan koʻchirma taqdim etadi. Bank operatsiyalari boʻyicha OʻzRVB bitimlari reyestridan koʻchirma hisobvaraq koʻchirmasiga ilova sifatida xizmat qiladi.
3.7. Auksion yoki savdolar tugaganidan keyin OʻzRVB oʻz bankining hisobvaragʻida qolgan qoldiq pul mablagʻlari summasini bankning hisobvaragʻiga koʻchiradi.
Kt balans hisobvaraq 29801 (shaxsiy hisobvaraq “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar”).
3.8. OʻzRVBdan pul mablagʻlarini olganidan soʻng oʻsha kunning oʻzida bank 19909 va 29801 balans hisobvaraqlarining tegishli shaxsiy hisobvaraqlarni quyidagi oʻtkazma orqali yopadi:
Dt hisobvaraq 29801 (“Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar” shaxsiy hisobvaragʻi),
Kt hisobvaraq 19997 (“Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar” shaxsiy hisobvaragʻi).
3.9. Agar 19997 “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar” shaxsiy hisobvaragʻi debeti boʻyicha balans hisobvaragʻida hisobga olinadigan summa mazkur Tartibning 6.3-bandida koʻrsatilgan oʻtkazmalar amalga oshirilganidan soʻng OʻzRVBdan kelib tushgan summadan kam boʻlsa, farq summasi 29801 hisobvaragʻida OʻzRVB bilan munosabatlar tartibga solingunga qadar saqlanadi.
Agar 19997 “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar” shaxsiy hisobvaragʻi debeti boʻyicha balans hisobvaragʻida hisobga olinadigan summa mazkur Tartibning 6.3-bandida koʻrsatilgan oʻtkazmalar amalga oshirilganidan soʻng OʻzRVBdan kelib tushgan summadan koʻp boʻlsa, farq summasi 19997 hisobvaragʻida OʻzRVB bilan munosabatlar tartibga solingunga qadar saqlanadi.
Sabablar aniqlashtirilganidan soʻng farqni tartibga solish OʻzRVB bilan qoʻshimcha hisob-kitoblar orqali yoki bankning buxgalteriya hisobiga oʻtkazmalarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi.
4. Obligatsiyalar bilan tijorat operatsiyalarini hisobga olish
4.1. Bank tomonidan oʻz hisobidan sotib olingan obligatsiyalarni hisobga olish 10701 “Davlat gʻaznachilik veksellari” balans hisobvaragʻida amalga oshiriladi. Mazkur hisobvaraqning debeti boʻyicha bank tomonidan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda sotib olingan obligatsiyalar qiymati, shu jumladan, brokerlik komissiyaviy, komissiyaviy birja va boshqa obligatsiyalarni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olinadi.
Mazkur hisobvaraqning krediti boʻyicha bank tomonidan ilgari birlamchi yoki ikkilamchi bozorda sotib olingan qayta sotilgan yoki soʻndirilgan obligatsiyalar qiymati hisobga olinadi.
4.2. Bank tomonidan sotib olingan obligatsiyalar davriy qayta baholanishi lozim. Qayta baholash deganda bank portfelida boʻlgan obligatsiyalarning tegishli ish kuni yakuni holatiga balans qiymatini aniqlash tushuniladi.
4.3. Qayta baholash tegishli ish kuni yakuni holati boʻyicha bank portfelida boʻlgan obligatsiyalar sonini ularning “bozor narxiga” koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi. Obligatsiyalarning “bozor narxi” deganda auksionning oʻrtacha hisoblangan narxi (birlamchi bozorda) yoki tegishli kunga OʻzRVB savdolaridagi oʻrtacha hisoblshangan narxi (ikkilamchi bozorda) tushuniladi.
4.4. Obligatsiyalarni qayta baholash ikkilamchi bozorida banklar tomonidan obligatsiyalarning savdolarni oʻtkazish kunida yoki bank oʻsha kuni obligatsiyalar bilan operatsiyalarni amalga oshirgan-oshirmaganidan qatʼiy nazar birlamchi bozorda auksion oʻtkazish kuni amalga oshiriladi.
4.5. Qayta baholash natijasida obligatsiyalar balans qiymatining oshishi bank daromadi hisoblanadi va davlat qimmatli qogʻozlari bilan tijorat operatsiyalarini amalga oshirishdan tushgan daromadlarni hisobga olishning tegishli balans hisobvaragʻiga — 456XX ga oʻtkazilishi lozim.
Qayta baholash natijasida obligatsiyalar balans qiymatining pasayishi bank xarajati hisoblanadi va davlat qimmatli qogʻozlari bilan tijorat operatsiyalarini amalga oshirishdan yuzaga kelgan zararni hisobga olishning tegishli balans hisobvaragʻiga — 5561XX ga oʻtkazilishi lozim.
4.6. Obligatsiyalar chiqariladigan har bir kun uchun bank maxsus jurnal ochadi, ularning varaqlari shakli 1-ilovada keltirilgan. Jurnalning muqovasida u ochilgan sana qayd qilinadi, nomi, (10701 “Davlat gʻaznachilik veksellari” balans hisobvaragʻining “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari” shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha “Shaxsiy hisobvaraq jurnali”), mazkur roʻyxatgda hisobga olinadigan obligatsiyalarni chiqarish davlat roʻyxat raqami, obligatsiyalarni chiqarish va soʻndirish sanalari yoziladi. Jurnal ish kuni davomida amalga oshirilgan barcha qaydlar har kuni majburiy nashr qilingan holda elektron shaklda yuritiladi. Qancha miqdordagi obligatsiyalar chiqarilishi bir vaqtning oʻzida bozorda muomalada boʻlsa, shuncha miqdorda Shaxsiy hisobvaraq jurnallari yuritiladi.
Har bir beti oʻsib borishi tartibi boʻyicha raqamlanadi va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni yuritish toʻgʻriligi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi bankning masʼul xodimi tomonidan imzolanadi.
Shaxsiy hisobvaraq jurnalida qaydlarni amalga oshirish uchun asos OʻzRVB bitimlari reyestlaridan koʻchirmalar asos hisoblanadi, Diler boʻlmagan banklar uchun esa bank — Dilyerlar bilan shartnomalar va sotib olish yoki sotishga topshiriqni bajarganlik haqidagi hisobotlar asos hisoblanadi.
4.7. Obligatsiyalar bozorida operatsiyalar oʻtkazilgan har bir ish kuni yakuni boʻyicha Shaxsiy hisobvaraq jurnaliga tegishli qaydlar kiritiladi. Jurnal quyidagi tartibda toʻldiriladi:
a) 1-ustunda operatsiyalarni oʻtkazish sanasi koʻrsatiladi;
b) 1 — 6 ustunlarning birinchi qatorida ish kuni boshlanishida bank portfelida qolgan mazkur chiqarishlardagi Obligatsiyalar qoldigʻi haqidagi maʼlumotlar kiritiladi (bunda 1-ustunga “Boshlanishdagi qoldiq” soʻzlari, 2-ustunga portfelda boʻlgan mazkur chiqarishlardagi Obligatsiyalar soni, 3-ustunga oldingi ish kunidagi “bozor narxi”, 6-ustunga 2 va 3-ustundagi maʼlumotlar kiritiladi).
v) 2 — 6-ustunlarga mazkur ish kunida bank tomonidan obligatsiyalarni sotib olish boʻyicha barcha bitimlar haqidagi maʼlumotlar qatorma-qator kiritiladi (bunda 2-ustunda har bir bitim boʻyicha sotib olingan obligatsiyalar soni koʻrsatiladi, 3-ustunda ushbu obligatsiyalarni sotib olish boʻyicha bitim qiymati, 4-ustunda 2 va 3-ustundagi maʼlumotlar, 5-ustunda obligatsiyalarni sotib olishda xarajatlar kattaligi — OʻzRVB komissiyasi, brokerlik, komissiyaviy va boshqa xarajatlar, 6-ustunda 4 va 5-ustunlardagi maʼlumotlar summalari kiritiladi);
g) 7 — 10-ustunlarga 2 — 6-ustunlarning maʼlumotlaridan qatʼi nazar, mazkur ish kunida bank tomonidan obligatsiyalarni sotish boʻyicha barcha bitimlar haqidagi qatorma-qator kiritiladi (bunda 7-ustunda har bir bitim boʻyicha sotilgan obligatsiyala soni koʻrsatiladi, 8-ustunda ushbu obligatsiyalarni sotish boʻyicha bitim qiymati, 9-ustunga 7 va 8-ustunlardagi maʼlumotlar, 10-ustunga obligatsiyalarni sotishda xarajatlar kattaligi — OʻzRVB komissiyasi, brokerlik, komissiyaviy va boshqa xarajatlar, 6-ustunda 4 va 5-ustunlardagi maʼlumotlar summalari kiritiladi).
d) 2, 4, 5, 6, 7, 9, 10 ustunlar boʻyicha aylanmalar yakunlari chiqariladi (bir kun davomida obligatsiyalarni sotib olish va sotish boʻyicha yalpi natijalar);
e) ish kuni yakunida bank portfelida qolgan obligatsiyalar qoldigʻi hisoblab chiqariladi (2-ustun boʻyicha qoldiq 2-ustun boʻyicha aylanmalar natijasiga qoʻshiladi va 7-ustun boʻyicha aylanmalar natijasi ayirib tashlanadi, natijasi 2-ustunga “Yakundagi qoldiq” qarama-qarshisiga 2-ustunga yoziladi);
j) 3-ustunga obligatsiyalarning mazkur chiqarilishi boʻyicha mazkur ish kunidagi “bozor qiymati” kiritaladi;
z) 6-ustunda mazkur chiqarilish boʻyicha obligatsiyalar portfeli yangi “bozor qiymati” boʻyicha qayta baholangan hajmi koʻrsatiladi;
i) mazkur chiqarilish boʻyicha obligatsiyalar portfeli qiymati hajmidagi oʻzgarishlar chegirib tashlanadi (6-ustun boʻyicha boshlanishdagi qoldiq 6-ustun yakuni boʻyicha qoldiqdan ayirib tashlanadi), agar natijasi ijobiy boʻlsa, bank portfelidagi obligatsiyalar qiymati oʻsgan, salbiy boʻlsa, pasaygan boʻladi,
k) bozorning boshqa ishtirokchilari bilan bank oʻrtasidagi saldo hisob-kitoblari ayirib tashlanadi (6-ustun boʻyicha aylanmalar natijasi 9-ustundagi aylanmalar natijalaridan ayirib tashlanadi), agar natijasi ijobiy boʻlsa, obligatsiyalarni sotishdan tushgan tushum obligatsiyalarni sotib olish xarajatlaridan yuqori boʻladi, agar salbiy boʻlsa, pasaygan boʻladi,
l) portfelni qayta baholash summasi aniqlanadi (qiymat portfelidagi oʻzgarish summasi hisob-kitoblar saldosi summasiga qoʻshiladi), agar qayta baholash summasi ijobiy boʻlsa, bank narxlardagi farq hisobiga foyda koʻrgan, salbiy boʻlsa zarar koʻrgan boʻladi.
Shaxsiy hisobvaraq jurnalini toʻldirish va natijalarni hisoblab chiqarish namunasi 2a-ilovada keltirilgan.
4.8. Har bir ish kuni yakuni natijalari bir paytning oʻzida keyingi ish kuni boshlanishi boʻyicha maʼlumotlar hisoblanadi. Yangi ish kuni uchun maʼlumotlarni qayd qilish jurnalning yangi betidan boshlanadi.
4.9. Bank tomonidan Moliya vazirligidan birlamchi bozorda obligatsiyalar sotib olingan taqdirda bank yangi shaxsiy hisobvaraq jurnalini tutadi va uni mazkur Tartibning 4.7-bandda keltirilgan tartibda toʻldiradi. Bunda ish kuni yakuni boʻyicha obligatsiyalarning “bozor narxi” sifatida auksionda hisoblangan oʻrtacha narxi koʻrsatiladi.
Shaxsiy hisobvaraq jurnalini toʻldirish va birlamchi bozorda obligatsiyalarni sotib olish natijalarini hisoblab chiqarish namunasi 2b-ilovada keltirilgan.
4.10. Bankka tegishli obligatsiyalar soʻndirilganida bank mazkur Tartibning 4.7-bandida koʻrsatilgan tartibda tegishli shaxsiy hisobvaraq jurnalini toʻldiradi. Bunda obligatsiyalarni sotish narxi sifatida nominalga nisbatan 100 foiz miqdorida narx koʻrsatiladi.
Shaxsiy hisobvaraq jurnalini toʻldirish va bankka tegishli obligatsiyalarni soʻndirish natijalarini hisoblab chiqarish namunasi 2v-ilovada keltirilgan.
4.11. Bank davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha aylanmalar jurnalini yuritadi va unda bankning obligatsiyalari bilan tijorat operatsiyalari umumiy natijalari aks ettiriladi. Navbatdagi aylanmalar jurnalidan foydalanilganda uning yangi tomi ochiladi. Toʻliq ishlatilgan aylanmalar jurnali yopiladi va doimo bankda saqlanadi. Aylanmalar jurnali elektron shaklda yuritiladi va ish kuni boʻyicha barcha qaydlar har kuni majburiy nashr qilinadi. Jurnalning muqovasida tom raqami, u ochilgan sana, nomi yoziladi (“Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha aylanmalar jurnali”). Aylanmalar jurnali varaqlardan iborat boʻlib, ularning shakli 3-ilovada keltirilgan. Har bir varaq bir ish kuni davomidagi operatsiyalarni aks ettirishga moʻljallangan.
Aylanmalar jurnali shaxsiy hisobga olish jurnali maʼlumotlari asosida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda bankning obligatsiyalar bilan operatsiyalari yakunlari boʻyicha har kuni toʻldiriladi.
4.12. Aylanmalar jurnali ikkilamchi bozordagi operatsiyalar yakunlari boʻyicha quyidagi tartibda toʻldiriladi:
a) 1-ustunga operatsiyalarni oʻtkazish sanasi koʻrsatiladi;
b) 1-ustunda operatsiyalarni amalga oshirish sanasi ostida ushbu kunda muomalada boʻlgan obligatsiyalarni chiqarishning davlat roʻyxatga olish raqamlari qatorma-qator sanab oʻtiladi, hatto oʻsha kuni bank ular bilan operatsiyalarni oʻtkazmagan boʻlsa ham.
v) 2 — 4-ustunlarda obligatsiyalarni chiqarishning tegishli qatorlarida shaxsiy hisobga olish jurnalidan yakuniy hisob-kitoblar maʼlumotlari koʻchiriladi;
g) 5-ustunda har bir obligatsiyalar chiqarilishi boʻyicha 10701 “Hukumat gʻaznachilik veksellari” balans hisobvaragʻi bilan qoldiq hisob-kitob amalga oshiriladi (tegishli shaxsiy hisobga olish jurnali boʻyicha ish yakuni boʻyicha qoldiq haqidagi maʼlumotlar) va u bank buxgalteriyasidagi tegishli hisobvaraqning toʻgʻri yuritilishini tekshirish uchun foydalaniladi;
d) 6-ustunda oʻsib boruvchi tartibda har bir obligatsiya chiqarilishi boʻyicha joriy oy uchun qayta baholash yakunlari boʻyicha daromad yoki zarar hisob-kitob qilinadi (oldingi kun yakuni boʻyicha qoldiq haqidagi maʼlumotlar 4-ustundagi maʼlumotlar bilan qoʻshiladi), daromadlar va zararlar hisob-kitobi har bir kalendar oy boshlanishi boʻyicha qaytadan amalga oshiriladi va statistik va tahliliy maqsadlarga xizmat qiladi;
e) 7-ustunda bankning obligatsiyalarni sotishdan vujudga kelgan xarajatlar kattaligi “minus” belgisi bilan koʻrsatiladi (OʻzRVB komissiyasi, brokerlik komissiyaviy va boshqa xarajatlar);
j) 2 — 7-ustunlar boʻyicha natijalar hisoblanadi, bunda 4-ustun boʻyicha natija 2 va 3-ustunlardagi natijalar summasiga teng boʻlishi lozim;
z) 2, 3, 4, 7-ustunlar boʻyicha yakuniy maʼlumotlar boʻyicha quyidagi qoidalar boʻyicha tegishli hisobvaraqning “Dt” yoki “Kt” belgilari qoʻyiladi:
agar 2-ustun boʻyicha natija ijobiy boʻlsa, “Dt 10701 “Hukumat gʻaznachilik veksellari” belgisi, agar salbiy boʻlsa — “Kt 10701 “Hukumat gʻaznachilik veksellari” belgisi qoʻyiladi;
agar 3-ustun boʻyicha natija ijobiy boʻlsa, “Dt 19997” belgisi, agar salbiy boʻlsa — “Kt 19997” belgisi qoʻyiladi;
agar 4-ustun boʻyicha natija ijobiy boʻlsa, “Kt 456XX” belgisi, agar salbiy boʻlsa — “Dt 5561X” belgisi qoʻyiladi;
7-ustun boʻyicha salbiy natija ostida “Dt 55110” va “Kt 19997” belgilari qoʻyiladi.
Yakuniy natijalar yigʻma natijalar jurnaliga kiritish uchun qoʻllaniladi.
Ikkilamchi bozorda operatsiyalar boʻyicha aylanmalar jurnalini toʻldirish namunasi 4a-ilovada keltirilgan.
4.13. Birlamchi bozordagi operatsiyalar yakuni aylanmalar jurnaliga ikkilamchi bozordagi operatsiyalar yuritiladigan tartibda toʻldiriladi. Birlamchi bozordagi operatsiyalar boʻyicha aylanmalar jurnalini toʻldirish namunasi 4b-ilovada keltirilgan.
5. Brokerlik operatsiyalarini hisobga olish
5.1. Bank brokerlik operatsiyalarini hisobga olish jurnalini yuritadi, u varaqlardan iborat boʻlib, uning shakli 5-ilovada keltirilgan. Jurnalning muqovasida u ochilgan sana, tom raqami haqida qayd kiritiladi, jurnal nomi yoziladi (Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan broyekrlik operatsiyalarini hisobga olish jurnali). Toʻliq foydalanilgan jurnal yopiladi va doimo bankda saqlanadi.
Jurnal elektron shaklda yuritiladi va ish kuni boʻyicha barcha qaydlar har kuni majburiy nashr qilinadi.
Har bir beti oʻsish tartibida raqamlanadi va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning toʻgʻri yuritilishini nazorat qilish zimmasiga yuklatilgan masʼul bank xodimi tomonidan imzolanadi.
Jurnal har kuni OʻzRVB bitimlar reyestri, mijozlar bilan brokerlik shartnomalaridan koʻchirmalar asosida birlamchi va ikkilamchi bozorlardagi bankning obligatsiyalar bilan operatsiyalari yakunlari boʻyicha har kuni toʻldiriladi.
5.2. Brokerlik operatsiyalarini hisobga olish jurnali ikkilamchi bozorda operatsiyalar yakuni boʻyicha quyidagi tartibda toʻldiriladi:
a) qator boʻylab operatsiyalarni amalga oshirish sanasi, obligatsiyalarni chiqarish davlat roʻyxat raqami,
b) jurnaldagi qator pastiga bank tomonidan mijozlarning topshirigʻiga asosan ushbu chiqarishdagi obligatsiyalar bilan amalga oshirilgan barcha bitimlar haqidagi maʼlumotlar; bunda 3-ustunda operatsiyalarni sotish boʻyicha operatsiya “minus” belgisi bilan, sotib olish boʻyicha operatsiya “plyus” belgisi bilan belgilanadi; 5-ustunda sotish boʻyicha operatsiya — plyus (pul mablagʻlari tushishi), sotib olishda — minus (pul mablagʻlari sarfi); 1 va 2-ustunlarda bank metodikasiga koʻra beriladigan mijozlarning va bajarilgan topshiriqlarning hisobga olingan raqamlari koʻrsatiladi.
v) 6-ustunda bank tomonidan mijozlardan bajarilgan topshiriqlar uchun undiriladigan komissiyaviy mukofot puli hisob-kitobi keltiriladi; hisob-kitob bank tomonidan tegishli mijoz bilan shartnomada belgilanadigan prinsiplar asosida amalga oshiriladi;
g) 7-ustunda bank tomonidan OʻzRVB foydasiga toʻlanishi lozim boʻlgan komissiyaviy mukofot puli keltiriladi va bu hisob-kitob bank bilan OʻzRVB shartnomasiga muvofiq komissiyaviy stavkalar asosida amalga oshiriladi;
d) obligatsiyalarni turli chiqarishlar boʻyicha maʼlumotlar jurnalga “bloklar” shaklida har bir chiqarish kesimida kiritiladi;
e) jurnalga brokerlik bitimlari haqidagi maʼlumotlar kiritilganidan soʻng 5 — 7-ustunlar boʻyicha umumiy natija chiqariladi;
j) 5 — 7-ustunlar natijasi ostiga quyidagi qoidalarga koʻra “Dt” va “Kt” belgilari qoʻyiladi:
agar 5-ustun boʻyicha natija ijobiy boʻlsa (OʻzRVB orqali sotilgan obligatsiyalardan bankka kelib tushgan tushumlar OʻzRVBda obligatsiyalarni sotib olish uchun bank qilgan toʻlovlardan yuqori), “Dt 19997 — Kt 20296” belgilari qoʻyiladi (bu OʻzRVBdan olinadigan summa mijozlar hisobvaraqlariga oʻtkazilishi lozimligini anglatadi),
agar 5-ustun boʻyicha natija salbiy boʻlsa (OʻzRVB orqali sotilgan obligatsiyalardan bankka kelib tushgan tushumlar OʻRVBda obligatsiyalarni sotib olish uchun bank qilgan toʻlovlardan past), “Dt 20296 — Kt 19997” belgilari qoʻyiladi (bu bank tomonidan OʻzRVBga toʻlangan summa mijozlar hisobvaraqlaridan oʻchirilishi lozimligini anglatadi),
6-ustun natijalari ostiga “Dt 20296 — Kt 45209” belgilari qoʻyiladi (bu bank mijozlardan bajarilgan brokerlik shartnomalari boʻyicha oʻziga oʻtkazilishi lozim boʻlgan komissiyani undirishini va ushbu summani oʻz daromadlari hisobiga oʻtkazishini anglatadi),
7-ustun natijalari ostiga “Dt 55110 — Kt 19997” belgilari qoʻyiladi (bu bank OʻRVBga oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻz hisobvaraqlaridagi komissiya summalarini oʻtkazib berishini anglatadi).
5.3. Brokerlik operatsiyalarni hisobga olish jurnali birlamchi bozorda operatsiyalarni amalga oshirish yakunlari boʻyicha ikkilamchi bozordagi operatsiyalardagidek tartibda toʻldiriladi, bunda quyidagi jihatlar inobatga olinadi:
soʻndiriladigan obligatsiyalar narxi 100 foizga teng;
soʻndiriladigan obligatsiyalarni davlat tomonidan roʻyxatga olish raqami qarama-qarshisiga “soʻndirish” soʻzi, qayta joylashtiriladigan chiqarish qarshisiga esa “joylashtirish” soʻzlari yoziladi.
6. Obligatsiyalar bilan brokerlik va tijorat operatsiyalarini yigʻma hisobga olish
6.1. Bank obligatsiyalar bilan tijorat va brokerlik operatsiyalari yakunlarini “Yigʻma natijalar jurnali”da chiqaradi. Navbatdagi yigʻma natijalar jurnalidan foydalanishda uning yangi tomi ochiladi. Toʻliq ishlatilgan jurnal yopiladi va doimo bankda saqlanadi. Jurnal elektron shaklda yuritiladi va ish kuni davomidagi barcha qaydlar har kuni nashr qilinadi.
Jurnalning muqovasiga tom raqami, u ochilgan sana, nomi yoziladi (“Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalar boʻyicha yigʻma natijalar jurnali”). Jurnal varaqlardan iborat boʻlib, ularning shakli 7-ilovada keltirilgan. Har bir varaq bir ish kuni davomidagi operatsiyalar yakunlarini aks ettirishga moʻljallangan. Jurnal aylanmalar jurnali va obligatsiyalar bilan brokerlik operatsiyalar jurnali maʼlumotlari asosida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda bankning obligatsiyalar bilan operatsiyalari yakunlari boʻyicha har kuni toʻldiriladi.
6.2. Yigʻma natijalar jurnali quyidagi tartibda toʻldiriladi:
a) birinchi ustunga operatsiyani oʻtkazish sanasi yoziladi,
b) “Tijorat operatsiyalari” boʻlimiga aylanmalar jurnalidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi, bunda:
2 — 7-ustunlarga “asosiy” qatori boʻylab aylanmalar jurnali 2 — 4-ustunlari boʻyicha yakuniy natijalar koʻchiriladi,
3 va 8-ustunlarga “sotish boʻyicha xarajatlar” qatori boʻylab aylanmalar jurnali 7-ustunlari boʻyicha yakuniy natijalar koʻchiriladi,
v) “Brokerlik operatsiyalari” boʻlimiga brokerlik operatsiyalarini hisobga olish jurnalidan yakuniy maʼlumotlar koʻchiriladi, bunda:
2, 3, 10, 11-ustunlarga “asosiy” qatori boʻylab brokerlik operatsiyalarini hisobga olish jurnali 5-ustuni boʻyicha yakuniy maʼlumotlar koʻchiriladi.
9 va 10-ustunlarga “komissiya (mijozlar)” qatori boʻylab brokerlik operatsiyalarini hisobga olish jurnali 5-ustuni boʻyicha yakuniy maʼlumotlar koʻchiriladi,
3 va 8-ustunlarga “komissiya (OʻzRVB)” qatori boʻylab brokerlik operatsiyalarini hisobga olish jurnali 7-ustuni boʻyicha yakuniy maʼlumotlar koʻchiriladi.
g) “aylanmalar” qatori boʻylab 2 — 11-ustunlar yakunlari chiqariladi,
d) “jami” qatori quyidagi qoidalarga koʻra toʻldiriladi:
2 va 3-ustunlari boʻyicha 19997 hisobvaragʻi boʻyicha toza debet yoki kredit summasi hisoblab chiqariladi;
4 va 5-ustunlari boʻyicha 10701 hisobvaragʻi boʻyicha toza debet yoki kredit summasi hisoblab chiqariladi;
6 yoki 7-ustunlarga tegishli maʼlumotlar “aylanmalar” qatoridan koʻchiriladi;
8 va 9-ustunlarga tegishli maʼlumotlar “aylanmalar” qatoridan koʻchiriladi;
10 va 11-ustunlari boʻyicha 20296 hisobvaragʻi boʻyicha toza debet yoki kredit summasi hisoblab chiqariladi.
Yigʻma natijalar jurnalini toʻldirish namunasi 7a-ilovasida keltirilgan.
6.3. Jurnallar boʻyicha yuqoridagi qaydlar va hisoblab chiqarishlar amalga oshirilganidan soʻng bankda oʻsha ish kunining oʻzida tegishli buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish boʻyicha buxgalteriyada ichki farmoyish tuziladi. Farmoyishda debetlash va kreditlashga 10701, 22608, 19997, 5561X, 456XX, 55110, 45209 balans hisobvaraqlarga yigʻma natijalar jurnali boʻyicha belgilangan koʻrsatmalar boʻladi (“Dt” va “Kt” belgilari bilan belgilangan raqamlar).
Farmoyish bankning masʼul xodimi tomonidan imzolanadi va oʻsha ish kunining oʻzida ijro qilish uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Bank buxgalteriyasi topshiriqda keltirilgan buxgalteriya oʻtkazmalarini ushbu topshiriq qabul qilingan kunning oʻzida oʻtkazishi lozim.
Xarajatlar (komissiya, Uz RVB va boshqa xarajatlar)
Tannarxi yoki bozor narxi
Sotilgan (dona 1000 soʻm nominalda)
Bitim qiymati (nominalga nisbatan % da)
Tushum summasi
Xarajatlar (komissiya, Uz RVB va boshqa xarajatlar)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
01.04.97 y. ostatok na nachalo
10000
93.04
9304,00000
100
200
3000
93,50
93,70
93,60
93,50
187,40
2808,00
0,09350
0,18740
2,80800
93,59350
187,58740
2810,80800
100
3000
5000
93,71
93,75
93,72
93,71
2812,50
4686,00
0,09371
2,81250
4,68600
Itogo
3300
3088,90
3,088,90
3091,98890
8100
7592,21
7,59221
Ostatok
5200
93,64
4869,28000
Portfelning oʻzgarishi: 4434,7200 ming soʻm Hisob-kitoblar saldosi: 4500,2211 ming soʻm
Qayta baholash summasi: — 65,5011 ming soʻm
Masʼul xodim imzosi
2b-ILOVA
BIRLAMChI BOZORDA OBLIGATSIYALARNI SOTIB OLISh YAKUNLARINI ShAXSIY HISOBGA OLISh JURNALINI TOʻLDIRISh NAMUNASI (MING SOʻMDA) (21013UMFS ChIQARISh BOʻYIChA MAʼLUMOTLAR ShARTLI)
Xizmat belgisi sanasi
1000 soʻm nominalda dona sotib olingan
Bitim qiymati (nominalga nisbatan % da)
Toʻlov summasi
Xarajatlar (komissiya, Uz RVB va boshqa xarajatlar)
Tannarxi yoki bozor narxi
Sotilgan (dona 1000 soʻm nominalda)
Bitim qiymati (nominalga nisbatan % da)
Tushum summasi
Xarajatlar (komissiya, Uz RVB va boshqa xarajatlar)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
26.03.97 y. boshlanishdagi qoldiq
0
0
0
2000
5000
3000
92,90
93,00
93,01
1858,00
4650,00
2790,30
1,85800
4,65000
2,79030
1859,85800
4654,65000
2793,09030
100
3000
5000
93,71
93,75
93,72
93,71
2812,50
4686,00
0,09371
2,81250
4,68600
Jami
10000
9298,30
9,29830
9307,59830
0
0
0
0
Qoldiq
10000
93,04
9304,00000
Portfelning oʻzgarishi: 9304,0000 ming soʻm
Hisob-kitoblar saldosi: — 9307,5983 ming soʻm
Qayta baholash summasi: — 3,5983 ming soʻm
Masʼul xodim imzosi
2v-ILOVA
OBLIGATSIYALARNI SOʻNDIRIShDA ShAXSIY HISOBGA OLISh JURNALINI TOʻLDIRISh NAMUNASI (MING SOʻMDA) (21013UMFS ChIQARISh BOʻYIChA MAʼLUMOTLAR ShARTLI)
Xizmat belgisi sanasi
1000 soʻm nominalda dona sotib olingan
Bitim qiymati (nominalga nisbatan % da)
Toʻlov summasi
Xarajatlar (komissiya, Uz RVB va boshqa xarajatlar)
Tannarxi yoki bozor narxi
Sotilgan (dona 1000 soʻm nominalda)
Bitim qiymati (nominalga nisbatan % da)
Tushum summasi
Xarajatlar (komissiya, Uz RVB va boshqa xarajatlar)
Kunlik portfel oʻzgarishi (10701 hisobvaraq oʻzgarishi)
OʻRVB bilan hisob-kitoblar saldosi
Kunlik qayta baholash summasi (foyda/zarar)
Kun yakuni boʻyicha portfel yakuni (10701 hisobvaraq qoldigʻi)
Kunlik qayta baholash yakuni (foyda/zarar)
55110 hisobvaragʻidan sotilganda xarajatlar (UzRVB komissiyasi, boshqa xarajatlar)
1
2
3
4
5
6
7
4a-ILOVA
IKKILAMChI BOZORDA OBLIGATSIYALAR BILAN OPERATSIYALAR BOʻYIChA AYLANMALAR JURNALINI TOʻLDIRISh NAMUNASI (MING SOʻM) (2 — 5-USTUNLAR BOʻYIChA MAʼLUMOTLAR 2A-ILOVADAN OLINGAN)
Sana, Davlat roʻyxatga olish raqami
Kunlik portfel oʻzgarishi (10701 hisobvaraq oʻzgarishi)
OʻRVB bilan hisob-kitoblar saldosi
Kunlik qayta baholash summasi (foyda/zarar)
Kun yakuni boʻyicha portfel yakuni (10701 hisobvaraq qoldigʻi)
Kunlik qayta baholash yakuni (foyda/zarar)
55110 hisobvaragʻidan sotilganda xarajatlar (UzRVB komissiyasi, boshqa xarajatlar)
1
2
3
4
5
6
7
01.04.97 y. 21013UMFS
— 4434,72000
4500,22110
65,50110
4869,28000
65,50110
— 7,59221
Jami:
— 4434,72000
4500,22110
65,50110
4869,28000
65,50110
— 7,59221
Kt 10701
Dt 19997
Kt 456XX
Dt 55110
Kt 19997
Masʼul xodim imzosi
4b-ILOVA
BIRLAMChI BOZORDA OBLIGATSIYALAR BILAN OPERATSIYALAR BOʻYIChA AYLANMALAR JURNALINI TOʻLDIRISh NAMUNASI (MING SOʻM) (2 — 5-USTUNLAR BOʻYIChA MAʼLUMOTLAR 2B-ILOVADAN OLINGAN)
Sana, Davlat roʻyxatiga olish raqami
Kunlik portfel oʻzgarishi (10701 hisobvaraq oʻzgarishi)
OʻRVB bilan hisob-kitoblar saldosi
Kunlik qayta baholash summasi (foyda/zarar)
Kun yakuni boʻyicha portfel yakuni (10701 hisobvaraq qoldigʻi)
Kunlik qayta baholash yakuni (foyda/zarar)
55110 hisobvaragʻidan sotilganda xarajatlar (UzRVB komissiyasi, boshqa xarajatlar)