Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) VA TOKSIK QUROL- YAROGʻLARNI ISHLAB CHIQISH, TAYYORLASH VA TOʻPLASHNI MAN ETISH HAMDA ULARNI TUGATISH TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI AMALGA OSHIRISH KOMISSIYASINI TASHKIL ETISH HAQIDA
Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilgan majburiyatlarga muvofiq hamda vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasi haqidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga Komissiya kotibiyati va ishchi organi funksiyalarini bajarish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Konvensiya depozitariysi, BMTning qurolsizlanish masalalari boʻyicha Maxsus guruhi va Departamenti bilan aloqalarni va oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-sentabr,
405-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Baktepiologik (biologik) va toksik qupol-yapogʻlapni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ulapni tugatish toʻgʻpisidagi Konvensiyani amalga oshipish komissiyasi haqida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAP
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Baktepiologik (biologik) va toksik qupol-yapogʻlapni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ulapni tugatish toʻgʻpisidagi Konvensiyani amalga oshipish komissiyasi (keyingi oʻpinlapda Komissiya deb ataladi) Baktepiologik (biologik) va toksik qupol-yapogʻlapni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻpisidagi Konvensiya (keyingi oʻpinlapda Konvensiya deb ataladi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilgan majbupiyatlapni amalga oshipish uchun vazipliklap, idopalap, koppopatsiyalap, konsepnlap va biplashmalap (keyingi oʻpinlapda vazipliklap va idopalap deb ataladi) faoliyatini muvofiqlashtipish masalalapi boʻyicha idopalapapo kollegial opgan hisoblanadi.
Komissiya faoliyati Konvensiyaga asos qilib olingan ppinsiplap va maqsadlapga asoslanadi.
Komissiya oʻz faoliyatida xalqapo shaptnomalap va bitimlapga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlapiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qapoplapiga, Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidenti fapmonlapiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qapoplapi va fapmoyishlapiga, Konvensiyaga, mazkup Nizomga amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentiga hisobot bepadi.
II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni oʻzgartirish, ularga qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish yoʻli bilan milliy qonunchilikni Konvensiyaga asos qilib olingan meʼyorlarga muvofiqlashtirish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
(II boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Konvensiyani amalga oshirish masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Konvensiya aʼzolari boʻlgan davlatlarning shunga oʻxshash milliy organlari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlik qilish;
hisobotlar, axborotlarni har yili 1-aprelgacha ularni keyinchalik qurolsizlanish masalalari boʻyicha BMT Departamentiga yuborish uchun toʻplash, umumlashtirish, oʻrganish va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etish;
Konvensiya doirasida amalga oshiriladigan inspeksiyalarni oʻtkazishda qatnashish, yoxud unga har tomonlama koʻmaklashish.
III. KOMISSIYANING FUNKSIYALARI
Komissiya:
Konvensiya qatnashchilari boʻlgan boshqa davlatlarning biologik qurol ustidan nazorat qilish boʻyicha shunga oʻxshash milliy organlari bilan oʻz vakolatlari doirasida hamkorlik oʻrnatadi va uni qoʻllab-quvvatlaydi, belgilangan tartibda axborot ayirboshlashni tashkil etadi;
har yili 1-aprelgacha, yoxud soʻrovlarga muvofiq muddatlarda hisobotlar, axborotlar va boshqa axborot va maʼlumotlarni ularni keyinchalik qurolsizlanish masalalari boʻyicha BMT Departamentiga yoxud depozitariyga berish uchun tayyorlaydi va oʻz vaqtida Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi;
bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni tugatish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganadi, umumlashtiradi va yoyadi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ularga hisob beruvchi muassasalar faoliyatini tashkil etishda oʻz vakolatlari doirasida tegishli uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
(beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
vazirliklar, idoralarga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga tegishli axborotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga Konvensiya masalalariga tegishli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa meʼyoriy hujjatlar loyihalari boʻyicha xulosalar taqdim etadi;
oʻz vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlar bilan xalqaro shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Konvensiyada nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni man etishga qaratilgan barcha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek Konvensiya aʼzosi boʻlgan davlatlarning shunga oʻxshash tuzilmalari bilan asbob-uskunalar, biologik vositalardan tinch maqsadlarda foydalanish hollari toʻgʻrisidagi materiallar, ilmiy va texnikaviy axborot ayirboshlanishiga koʻmaklashadi;
biologiya, biotexnologiya sohasida ilmiy kashfiyotlar ishlab chiqilishi va qoʻllanilishida, ularni keyinchalik insoniyat manfaatlari yoʻlida joriy etish uchun, tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning ishtirok etishini tashkil etadi.
IV. KOMISSIYANING HUQUQLARI
Komissiya oʻz oldida turgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda respublika hududida biologik yoki biotexnik materiallar yaratilishi, ishlab chiqarilishi yoki saqlanishiga ruxsatnoma berish (taqiqlash)ga qaratilgan hamda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
(ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlar va maʼlumotlarni soʻrash va olish;
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarni oʻz vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha belgilangan tartibda tekshirish;
ekspert tekshirishlar oʻtkazishda qatnashish uchun mamlakatimiz mutaxassislarini va xorijiy mutaxassislarini jalb etish;
bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni man etish ustidan nazorat qilish masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro simpoziumlar, ekspert komissiyalar, kengashlar, seminarlar ishida qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Konvensiya qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish masalalari boʻyicha takliflar kiritish.
V. ISHLARNI TASHKIL ETISH
Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tuziladi va tugatiladi.
Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya ishi joriy va istiqbol rejalari asosida amalga oshiriladi. Komissiya majlislari zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya majlislari unda aʼzolarning kamida yarmi qatnashgan taqdirda huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Komissiya qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarorlari, agar ular uchun Komissiyaning majlisda qatnashayotgan aʼzolarining koʻpchiligi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi.
Komissiya qarorlari qarorlar koʻrinishida rasmiylashtiriladi va zaruriyat boʻlganda ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik eʼtiboriga yetkaziladi. Komissiya qarorlari barcha davlat boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiyaning ishchi organi — kotibiyat funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga yuklanadi.
(yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)