|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.02.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN IQTISODIY JAZOLARNI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi 121-sonli “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishning, noqonuniy sotish (berish)ning, oʻzlashtirib olishning va ularning sifati buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi Nizom (ilova qilinmoqda) tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
2. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi va Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunlar majmuasiga hamda yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat va jazo toʻgʻrisidagi qonunlar majmuasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasinlar va 1994-yilning birinchi yarim yilligida taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Moliya vazirligi Markaziy bankda Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazo sifatida undirib olinadigan pul mablagʻlarining bir qismini oʻtkazish uchun energiyani tejash boʻyicha maxsus respublika tarmoqlararo schyoti ochilishini taʼminlasin. Belgilab qoʻyilsinki, qayd etib oʻtilgan schyotning pul mablagʻlaridan Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga muvofiq foydalaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Q. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 9-mart,
124-son
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida
NIZOM
1. UMUMIY QOIDALAR
Ushbu Nizom yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, iqtisodiy jazolar qoʻllashni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlimning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
II. YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN QOʻLLANADIGAN IQTISODIY JAZOLAR
1. Ushbu Nizom bilan quyidagi iqtisodiy jazolarni qoʻllash nazarda tutiladi:
1.1. Neft mahsulotlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
a) korxonalar va tashkilotlarga qarashli neft mahsulotlarini noqonuniy oʻzlashtirib olish va xoʻjasizlik bilan sarflash, shuningdek, ularni neft omborlaridan va davlat transport vositalaridan noqonuniy sotish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda sarflangan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
(“a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 37-son , 411-modda)
b) neft va neft mahsulotlarini maqsadga nomuvofiq ishlatish, shuningdek, ularni qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha sarflash sarflangan neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini aybdor yuridik shaxslardan undirib olishga sabab boʻladi;
(1.1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
v) neft mahsulotlarini asossiz ravishda ishlab chiqarish nobudgarchiliklari, tabiiy kamayish yoki qoʻshib yozilgan ish hajmi hisobiga hisobdan chiqarish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda hisobdan chiqarilgan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
d) yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar tomonidan neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini sifati buzilganda — yuridik shaxslarga sifati buzilgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qoʻllanilishiga asos boʻladi;
(1.1-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) neft mahsulotlarini mahsulot yetkazib beruvchilardan tamgʻasiz vagon-sisternalarda yoki qoidani buzgan holda qabul qilib olish va tashish neft mahsulotlarini qabul qilish va tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlardan tashilgan neft mahsulotlari hajmining 50 foiz qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
(“e” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) yetkazib beruvchi va sotuvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan konditsiyasiz neft mahsulotlarining avtotsisternalar tamgʻalanmasdan va neft mahsulotlari sifati pasportlarisiz berilishi sotilgan konditsiyasiz neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini hamda ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab boʻladi;
(“j” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“z” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“i” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
1.2. Gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
a) Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzenergoinspeksiya) qoʻllaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida xulosasisiz shartnomalar tuzgan holda gaz yetkazib berish gaz taʼminoti tashkilotlaridan, obyekt (qurilma)ni gaz tarmogʻidan uzib qoʻygan holda, gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 foiz qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
(1.2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
b) gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarfini hisobga olmay turib (gaz hisoblagichsiz) oʻzboshimchalik bilan yoki gaz sarfini hisobga olish uskunalarining ulanish sxemasining buzilishi yoki ularning koʻrsatgichlarini oʻzgartirish maqsadida tashqaridan har qanday aralashuv orqali tabiiy gazdan foydalanish — yuridik shaxslardan sarflangan tabiiy gaz qiymatining 3 baravari miqdorida jarima undirilishiga sabab boʻladi;
(1.2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(“v” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) yoqilgʻi ishlatiladigan jihozlar (qurilmalar)da gazning qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha behuda isrof qilinishi tekshirish paytidan oldingi 12 oyda nooqilona sarflangan gazning 50 foiz qiymatini ishlatuvchilardan undirib olishga sabab boʻladi;
(“d” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“e” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“j” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.2-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
1.3. Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(“a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) kondensatning shartnomada koʻrsatilgan miqdorlar doirasida qaytarilib berilmasligi qaytarilmagan miqdor qiymatini 30 foiz, shartnomada koʻrsatilgan meʼyorlardan kam qaytarib berilgan taqdirda esa qaytarilmagan kondensat miqdorining qiymatini, tarif qiymatini ham qoʻshib hisoblagan holda 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
(“b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
v) isteʼmolchilar tomonidan elektr qurilmalarining yagona elektr energetikasi tizimi tarmoqlariga yoki issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarning issiqlik taʼminoti korxonalari tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyilishi korxonalar va tashkilotlardan ishlatilgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatining 3 baravari miqdorida jarima undirib olishga sabab boʻladi;
(1.3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) sanoat korxonalari va tashkilotlarining isitish tarmoqlaridan suvning toʻkib yuborilishi, izolyatsiyaning buzilishi va issiqlik-bugʻ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolyatsiyasiz foydalanish issiqlik energiyasi hajmining asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan hajmi qiymatini ulardan 3 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
(“d” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
e) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati boʻlmagan holda jihozlarning unumsiz yoki behuda ishlashi oqibatida energiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri isrof qilinishi, reaktiv quvvatlarni tiklash vositalarining ish tartibi buzilishi yoki ularga rioya qilmaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini ulardan 50 foiz miqdorda jarima undirib olishga sabab boʻladi;
(1.3-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) sanoat korxonalari va tashkilotlari tomonidan qisilgan havo, suv, bugʻning toʻgʻridan-toʻgʻri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarining suvga bostirib yuborilishi, mavjud ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanmaslik yoki zarur darajada foydalanishni taʼminlamaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini ulardan 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
(“j” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
z) elektr energiyasini hisobga olish uskunalari ulanishi sxemasining buzilishi yoki ularning koʻrsatgichlarini oʻzgartirish maqsadida tashqaridan har qanday aralashuv — hisobga olish uskunalari soʻnggi marta tekshirilgan paytdan boshlab hisobga olinmasdan foydalanilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining 3 baravari miqdorida jarima undirilishiga sabab boʻladi;
(1.3-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
i) elektr yoritgichlardan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek hududlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha, asossiz, ishlab chiqarish zaruriyatisiz foydalanish yorugʻlik texnikasi uskunasining oʻrnatilgan quvvatidan va uskunalardan foydalaniladigan soatlarning yillik sonidan kelib chiqib belgilangan ushbu maqsadlarda foydalaniladigan elektr energiyasi qiymatini 50 foiz miqdorda ulardan undirib olishga olib keladi;
(“i” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
k) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan qoidalar talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnik holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnik holatidagi hamda ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya” yozma koʻrsatmalarining muntazam bajarilmasligi ushbu qurilmalar balansida boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan ishlatiladigan, uzatiladigan yoki mazkur qurilmalar bilan vujudga keltiriladigan energiya oʻrtacha oylik hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy choralar qoʻllashga sabab boʻladi.
(1.3-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
III. IQTISODIY JAZOLARNI QOʻLLASH TARTIBI
1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan iqtisodiy jazolar “Oʻzenergoinspeksiya”ning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar (bayonnomalar)ga asosan qoʻllanadi. Iqtisodiy jazolar boʻyicha undirib olinadigan summalar miqdori neft mahsulotlari, gaz va boshqa yoqilgʻi-energetika resurslarining amaldagi qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qoʻllanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan hollar bundan mustasno
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning ushbu qarorda nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etganlik uchun iqtisodiy jazo qoʻllanilishi, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3. Yuridik shaxslar “Oʻzenergoinspeksiya” mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
4. Ushbu Nizomga muvofiq Yoqilgʻi-energetika resurslaridan, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalar va iqtisodiy sanksiyalarning 50 foizi budjetga oʻtkaziladi, qolgan 50 foizi Oʻzenergoinspeksiyaning ixtiyorida qoladi va keyinchalik unga soliq solinmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
5. Qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalar va iqtisodiy sanksiyalar oʻz vaqtida oʻtkazib berilmagan holda, aybdor shaxslardan qonunchilikda belgilangan tartibda, yaʼni Majburiy ijro byurosiga talabnoma bilan chiqqan holda majburiy undiriladi. Undiruvga qaratilgan jarayonda noaniqliklar yoki asosli eʼtirozlar boʻlgan holatlarda sud tartibida undirilishi taʼminlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikaisining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori asosida 6-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
8. Agar neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni ortiqcha sarflash, isrof qilish qishloq xoʻjaligi ishlarini noqulay ob-havo sharoitlarida amalga oshirish, tabiiy ofatlar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etish va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan boʻlsa, iqtisodiy jazolar qoʻllanilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan 6 va 7-bandlar tegishli ravishda 7 va 8-bandlar deb hisoblangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)