O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi Hukumat qarorlarini tizimlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali tartibga solish yukini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-dekabr,
754-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son qaroriga
1-ILOVA
Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ichki ishlar organlari patrul-post xizmati (keyingi o‘rinlarda — patrul-post xizmati) saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshet orqali aniqlash, shuningdek, patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlarining (keyingi o‘rinlarda — xodimlar) fuqarolar bilan o‘zaro muloqotini qayd etib borish tartibini belgilaydi.
2. Xodimlar tomonidan jamoat joylarida fuqarolar shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshetlar orqali aniqlash O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
“E-patrul” tizimi — tekshirilayotgan shaxsni planshet orqali barmoq izlarini planshetning maxsus skaneri yordamida, agar barmoq izlari bilan identifikatsiya qilish imkoni bo‘lmasa, yuz tuzilishi (yuzning old tomoni)ni rasmga olish orqali real vaqt rejimida tekshirish, tegishli ma’lumotlarni shakllantirish, to‘plash, umumlashtirish, saqlash, shuningdek, vakolatli davlat organlari o‘rtasida idoralararo axborot almashishning markazlashtirilgan elektron tizimi;
bodikamera — jamoat joylarida atrofdagi vaziyatni, fuqarolarning harakatlari va ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik holatlarini, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarish vaqtidagi harakatlari (harakatsizligi)ni audio, video yozuv shaklida qayd etuvchi uskuna;
planshet — ma’lumotlar bazasi axborot tizimiga integratsiya qilingan texnik vosita bo‘lib, shaxsni biometrik identifikatsiyasi (barmoq izi yoki yuz tuzilishi)ni elektron ravishda olib, uning shaxsiga oid (qidiruvdaligi, profilaktik, probatsiya va ma’muriy nazorat hisobida turishi va boshqalar) tezkor ma’lumotlarini mobil holatda joyida tekshirish vositasi.
4. Bodikamera orqali yozib olingan audio, video yozuvlardan profilaktika tadbirlarida jamoat joylarida shubhali harakatlar sodir etayotgan fuqarolarni tekshirish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashda ashyoviy dalillarni to‘plash, shuningdek, mas’ul rahbarlar tomonidan xodimlarning xizmat o‘tash jarayonini tekshirish hamda nazorat qilish maqsadida foydalaniladi.
5. “E-patrul” tizimi orqali fuqaroning shaxsga doir ma’lumotlari (familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, tug‘ilgan sanasi) hamda huquqbuzarlik yoki boshqa (sudlanganligi, qidiruvdaligi yoki profilaktik, probatsiya yoxud ma’muriy nazorat hisobida turishi va boshqalar) ma’lumotlari joyida tekshirilib, tezkorlik ta’minlanadi va ortiqcha ovoragarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunda fuqarolarning shaxsini barmoq izlari yoki yuz tuzilishi orqali identifikatsiya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining server qurilmalaridan foydalaniladi.
6. Xodimlar tomonidan fuqaroning shaxsini aniqlashga doir ma’lumotlar elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtning o‘zida “E-patrul” tizimiga avtomatik ravishda bu haqida xabar yuboriladi.
7. “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xodimga biriktirilgan planshet orqali ma’lum bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Xodimlar quyidagi hollarda fuqarolarni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
shaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda;
shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lganda;
qonunga muvofiq shaxsni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda.
Xodim shaxsni to‘xtatib, undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni va “E-patrul” tizimi orqali uning shaxsini aniqlashni talab qilganda shaxsga uni to‘xtatganlik hamda undan shaxsini aniqlash talab etilayotgani sabablari va asoslarini tushuntirib berishi shart, bundan xizmat doirasidagi ma’lumotlar mustasno.
9. Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda shaxsiga aniqlik kiritish uchun ichki ishlar organlariga olib boriladi:
uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda;
qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlangan hollarda;
shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatgan hollarda;
jamoat joylarida huquqbuzarlik sodir etayotganda ushlangan hollarda (joyida ma’muriy bayonnoma tuziladigan hollar bundan mustasno).
Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda o‘z huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
10. “E-patrul” tizimi himoyalangan tarmog‘ida ishlaydi va ma’lumotlar arxivi (ish hujjatlarining elektron shakli) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi server qurilmalarida saqlanadi.
11. “E-patrul” tizimini hududlarda to‘liq ishga tushirish, uning sifatli faoliyat ko‘rsatishi uchun aloqa kanallari uzluksiz ishlashi, texnik va dasturiy ta’minoti, shu jumladan, “bodikamera” va planshetlar sozligi, elektron axborot tizimi va dasturiy ta’minot axborot xavfsizligini ta’minlash va yangilab borish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. “E-patrul” tizimidan foydalanish tartibi
12. Xodimlar tomonidan “E-patrul” tizimi orqali fuqarolarning shaxsi quyidagi tartibda aniqlanadi:
xodim fuqaro bilan suhbatlashishdan oldin o‘zini tanishtiradi va xizmat guvohnomasini ko‘rsatish talab etilgan hollarda, u tomonidan xizmat guvohnomasi fuqaroga to‘liq tanishib bo‘lgunga qadar ko‘rsatiladi (biroq guvohnomani fuqaroga berish taqiqlanadi);
fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritishda, muomala madaniyatiga rioya qilgan holda “E-patrul” tizimi orqali identifikatsiya qilish uchun planshet yordamida shaxsning barmoq izlari planshetning maxsus skaneri yordamida, agar barmoq izi bilan identifikatsiya qilish imkoni bo‘lmasa, uning yuz tuzilishi (yuzning old tomoni) rasmga olish orqali tekshiriladi;
muloqotga kirishayotganda xodim hushyorlikni yo‘qotmasdan, o‘zini og‘ir, vazmin tutib, har qanday kutilmagan harakatga tayyor turishi lozim;
suhbat jarayonida xodim shaxsga nisbatan hurmatsizlik deb qabul qilinishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etishi, shu jumladan, uyali aloqa vositasi orqali suhbatlashishi mumkin emas;
xodim taqdim etilgan hujjatlarni ehtiyotkorlik bilan ko‘zdan kechiradi, hujjatlarni tekshirayotganda uning ichida ishga taalluqligi bo‘lmagan buyumlar bo‘lsa, ularni egasiga qaytaradi (muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan narsalar bundan mustasno).
13. Xodimlarga biriktirilgan planshetlar doimiy ravishda soz, batareya quvvati to‘ldirilgan va dasturiy-texnik ta’minoti ishchi holatda bo‘lishi lozim.
14. Xodimlarga planshetlar “E-patrul” tizimiga kirish uchun mo‘ljallangan login va parol bilan birgalikda biriktirib beriladi.
15. Xodimlar xizmat vazifalaridan bo‘shatilganda planshet tegishli moddiy-texnik ta’minot uchun mas’ul xodimga topshiriladi.
16. Xodim o‘ziga biriktirilgan planshetni ish vaqti tugaganidan so‘ng (yoxud boshqa sabablarga ko‘ra planshetdan foydalanish zarurati mavjud bo‘lmagan hollarda) ichki ishlar organi rahbari belgilagan joy (mas’ul xodim)ga topshiradi hamda ushbu joy (mas’ul xodim)dan qabul qilib oladi.
3-bob. Xodimlarning harakatlarini qayd etuvchi texnik vositalardan foydalanish tartibi
17. Bodikamera xodim ko‘krak sohasining yelka qismiga yaqin joyga taqiladi, shuningdek, maxsus jilet va plashga, xizmat vazifasini bajarayotgan va profilaktika tadbirini o‘tkazayotgan xodim harakatlariga xalaqit bermaydigan qilib joylashtiriladi, shuningdek, davlat tilida: “Diqqat! Audio va video yozib olinmoqda”, rus tilida: “Vnimaniye! Vedetsya audio i videozapis”, ingliz tilida: “Attention! Audio and video recording in progress” yozuvlari aks ettiriladi.
18. Bodikamera xodim xizmat vazifalarini bajarishga kirishgan vaqtdan boshlab yoqiladi va xizmat vaqti tugagunga qadar bodikamera ishchi rejimda bo‘ladi.
19. Bodikamerani ruxsatsiz yechib tashlash, o‘chirish va audio, video yozuvga to‘sqinlik qilish mumkin emas.
20. Dam olish, ovqatlanish vaqtida faqat navbatchilik qismi yoki bevosita boshlig‘i (komandir)ning ruxsati bilan audio, video yozuv olib borilishini vaqtincha to‘xtatadi va bu haqida “bodikamera”larni berish hamda qabul qilishni qayd etish avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotiga tegishli yozuvlar kiritadi.
21. Bodikamerada nosozliklar yoki akkumulyator quvvati tugaganda xodim darhol navbatchilik qismi yoki bevosita boshlig‘i (komandir)ga xabar beradi va bu haqida dasturiy ta’minotiga tegishli yozuvlar kiritadi.
Bunda navbatchilik qismi yoki bevosita boshliq (komandir) ushbu holatni tekshirish hamda imkon darajasida nosozliklarni bartaraf etish uchun javobgar shaxs — administratorni yuboradi.
22. Xizmat vazifasini bajarish vaqtida fuqarolar bilan nizoli yoki munozarali vaziyatlar yuzaga kelganda, jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarliklar hamda sudlangan va nazorat ostidagi shaxslar tomonidan qoidabuzarliklar sodir etilgan holatlar to‘g‘risida navbatchilik qismiga yoki bevosita boshlig‘i (komandir)ga belgilangan tartibda voqea haqida bildirgi bilan axborot beradi va navbatchilik qismida monitoring guruhi tomonidan dasturiy ta’minotga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Bildirgi yoki videoyozuvlar asosida qayd etilgan ma’lumotlar bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan qonuniy qaror qabul qilish maqsadida o‘rganib chiqish uchun ular “E-patrul” tizimining umumiy saqlash xotirasidan huquqbuzarliklarning turlariga ko‘ra “E-patrul” tizimining differensial zaxira xotirasiga ko‘chiriladi.
4-bob. Bodikameralar orqali qayd etilgan ma’lumotlarni hisobga olish va saqlash tartibi
23. Bodikamerani berish va topshirish avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot orqali qayd etiladi.
Avtomatlashtirilgan ish joylari va ulardagi dasturiy ta’minotda ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
24. Bodikamera bilan olingan audio, video yozuvlar maxsus va yordamchi qurilmalar orqali avtomatik tartibda ko‘chirib olinadi.
25. Ma’lumotlarni saqlash serveriga ko‘chirib olish jarayoni bodikamera akkumulyatori quvvatlanish vaqtida avtomatik tartibda amalga oshiriladi.
26. Olingan audio, video yozuvlar quyidagi muddatlarda saqlanadi:
jinoyatlar bo‘yicha — 5 yil;
ma’muriy huquqbuzarliklar va nazorat tekshiruvi tadbirlari bo‘yicha — 1 yil;
jinoyat va huquqbuzarliklar alomatlarini o‘z ichiga olmagan boshqa holatlar bo‘yicha — 1 oy.
5-bob. “E-patrul” tizimidan foydalanishda xodimning majburiyatlari
27. Xodim tomonidan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish to‘g‘risidagi qonuniy talablari barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan bajariladi.
28. Fuqarolarning shaxsiga doir ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi) planshet orqali “E-patrul” tizimiga to‘g‘ri kiritilishiga patrul-post xizmati xodimi mas’ul hisoblanadi.
29. Xodim “E-patrul” tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilmasligi hamda ushbu ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilmaslik uchun javobgardir.
30. Xodim planshet yoki bodikameradan ehtiyotkorona foydalanishi kerak, shuningdek, uni o‘zga shaxslarga berishi mumkin emas.
31. Planshet yoki bodikamera xodimning mas’uliyatsizligi oqibatida yo‘qolgan, uchinchi shaxslarga berilgan, qasddan nobud qilingan, unga o‘rnatilgan dastur va ilovalar qasddan yaroqsiz holga keltirilgan taqdirda, yetkazilgan zarar biriktirilgan xodim hisobidan to‘liq qoplanadi.
Bunda xodim noqonuniy xatti-harakatlarini yashirish yoki boshqa maqsadlarda qasddan qilgan harakatlari oqibatida ushbu vositalarga shikast yetkazsa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
32. Bodikamera nosozligi yoki quvvati tugaganligi xodimga ma’lum bo‘lgan, xodim ushbu kamchilikni darhol bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatlarda, o‘zining yoki birga xizmat o‘tayotgan hamkasbining uyali aloqa vositasidan, bodikameradan hamda boshqa videoyozuv uskunalaridan foydalangan holda nizoli holatni aks ettirishning choralarini ko‘rishi lozim.
6-bob. Yakunlovchi qoida
33. Planshet va bodikameradan foydalanish borasida ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son qaroriga
2-ILOVA
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
E-ijtimoiy profilaktika axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) — ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar o‘rtasida axborot almashish imkonini beradigan elektron tizim;
ijtimoiy profilaktika tadbirlari — huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatishda amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar — mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori;
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar — mehnat organi xodimi, tibbiyot xodimi, maktab direktori va maktab psixologi, inspektor-psixolog, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning murojaatiga asosan jalb etiladigan tuman (shahar) darajasidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari;
ijtimoiy profilaktika obyektlari — o‘ziga nisbatan ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarning ijtimoiy muammolari;
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar — huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar;
ijtimoiy moslashtirish dasturi — ijtimoiy profilaktika obyektlariga nisbatan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar.
3. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari quyidagi shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi:
a) huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar;
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;
qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;
davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar;
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar;
ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslar;
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar;
tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslar;
b) huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar;
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar.
2-bob. Ijtimoiy profilaktika obyektlarini aniqlash va ularga doir ma’lumotlarni ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga taqdim etish tartibi
4. Profilaktika inspektori tomonidan ijtimoiy profilaktika obyektlari quyidagilar asosida aniqlanadi:
aholini “xonadonbay” o‘rganish;
mahalla faollari, uyboshi va ko‘chaboshilar bergan ma’lumotlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
jinoyat sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning taqdimnomasi;
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar va ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar;
ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali olingan ma’lumotlar;
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan berilgan boshqa ma’lumotlar.
5. Ijtimoiy profilaktika obyektlari bo‘yicha amalga oshiriladigan ijtimoiy profilaktika tadbirlari bo‘yicha profilaktika inspektori tomonidan axborot tizimida xulosa tayyorlanadi.
Xulosada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar;
ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarning turmush tarzi va ijtimoiy profilaktika obyektlari;
o‘z vakolatlari doirasida tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan olingan ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar va ularning oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar.
6. Profilaktika inspektorining o‘zi tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar bo‘yicha xulosa rasmiylashtirilishi talab etilmaydi.
7. Profilaktika inspektori tomonidan tayyorlangan xulosa asosida quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun axborot tizimi orqali tegishliligi bo‘yicha ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga yuboriladi:
a) hokim yordamchisiga — band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
b) profilaktika inspektoriga:
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar;
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslar;
qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
v) yoshlar yetakchisiga:
ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;
davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar;
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan yoshlar;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan yoshlar;
g) xotin-qizlar faoliga:
ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar;
d) ijtimoiy xodimga:
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar;
parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar;
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar;
e) soliq inspektoriga tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslar.
Mahalla raisi ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga biriktiriladigan shaxslar bilan mahallaga biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda, ijtimoiy profilaktika tadbirlari hamkorlikda tashkil etilishini ta’minlaydi.
8. Profilaktika inspektori ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda ular bilan hamkorlikda ishtirok etadi.
9. Profilaktika inspektori ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning faoliyatini tahlil qilgan holda ularga amaliy, metodik va uslubiy yordam ko‘rsatib boradi.
3-bob. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi
10. Profilaktika inspektori axborot tizimi orqali yuborgan ijtimoiy profilaktika obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar uch ish kuni ichida o‘rganib chiqadi.
11. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi yoki amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi. Bunda:
ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar uch ish kuni ichida axborot tizimi orqali o‘zining ijtimoiy moslashtirish dasturini ishlab chiqadi;
rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlangan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarda aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish hamda takroran yuborish uchun axborot tizimi orqali profilaktika inspektoriga qaytaradi.
12. Profilaktika inspektori tomonidan ijtimoiy profilaktika obyektlari bo‘yicha xulosa taqdim etilmagan yoki xulosada mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar aks ettirilmagan bo‘lsa, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish rad etilishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada ko‘rsatiladi.
13. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish rad etilgan holat yuzasidan profilaktika inspektori besh ish kuni ichida xulosada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, axborot tizimi orqali ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga takroran taqdim etadi.
14. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida qabul qilgan qaror bo‘yicha ijtimoiy moslashtirish dasturida ijtimoiy profilaktika obyektiga nisbatan amalga oshiriladigan ijtimoiy profilaktika tadbirlari va ularning muddatlari aks ettiriladi.
15. Ijtimoiy moslashtirish dasturi ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslarning har biri uchun alohida tuziladi, ijtimoiy moslashtirish dasturiga har bir ijtimoiy profilaktika obyekti kiritiladi hamda dastur tasdiqlangan vaqtdan boshlab ijroga qaratiladi.
Ijtimoiy moslashtirish dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar muntazam ravishda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan axborot tizimiga kiritib boriladi.
Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun ularni kiritgan shaxs shaxsan javobgar hisoblanadi.
16. Profilaktika inspektorining ijtimoiy profilaktika obyektlarini aniqlash va ularga doir ma’lumotlarni ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga o‘z vaqtida taqdim etish, shuningdek, mazkur Nizomning 17-bandi “b” kichik bandiga muvofiq uning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy moslashtirish dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilish holati tuman (shahar) huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tomonidan kunlik monitoring qilib boriladi.
17. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) hokim yordamchisi — band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
b) profilaktika inspektori:
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar bilan birgalikda kasbiy layoqatidan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rganishga jalb qilish, sog‘lom hayotga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy, psixologik va boshqa yordamlar ko‘rsatish, shuningdek, ushbu salbiy odatga ruju qo‘yishning omillarini bartaraf etish maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va kompleks psixologik-tibbiy reabilitatsiya qilish choralarini ko‘radi;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ushbu o‘yinlarning salbiy oqibatlarini va javobgarlikni tushuntiradi, uning omillarini bartaraf etishga ko‘maklashadi;
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarining sabablarini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ularni sog‘lom hayotga qaytarish hamda bunday salbiy xatti-harakatlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti va kasbiy layoqatini o‘rganadi, hokim yordamchisi tomonidan ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishida yordam beradi;
qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, vasiy yoki homiysi bo‘lmagan voyaga yetmaganlarga vasiy va homiy biriktirish, yoshlar yetakchisi bilan birgalikda ularning qiziqishidan kelib chiqib, fan, kasb-hunar va sport to‘garaklariga jalb qiladi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarini ko‘radi;
v) yoshlar yetakchisi:
ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilarining bandligiga ko‘maklashadi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini o‘rganadi hamda ularga ko‘rsatiladigan yordam turlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi;
davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashadi hamda profilaktika inspektori bilan birgalikda huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlaydi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish choralarini ko‘radi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan yoshlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazadi, kasbiy layoqatidan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rganishga jalb qilish, sog‘lom hayotga qaytarish hamda ushbu salbiy odatga ruju qo‘yish omillarini bartaraf etishga ko‘maklashadi;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan yoshlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazadi, ularni sog‘lom hayotga qaytarishga hamda ushbu salbiy odatga ruju qo‘yishning omillarini bartaraf etishga ko‘maklashadi;
g) xotin-qizlar faoli:
ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazadi, nizolarning sabablarini aniqlaydi, ularni bartaraf etish maqsadida mahalla raisi bilan hamkorlikda “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyillarini tushuntiradi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni ijtimoiy xodim bilan birgalikda tashkil etadi;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazib, turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti hamda kasbiy layoqatini o‘rganadi, ularni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish, zarur hollarda ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘radi;
muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlarning xonadoniga borib, turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, aniqlangan muammolarini bartaraf etish choralarini ko‘radi, zarur hollarda muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan shaxslarga himoya orderini berish bo‘yicha profilaktika inspektoriga taklif kiritadi;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti va kasbiy layoqatini o‘rganadi, ular bilan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi, hokim yordamchisi bilan hamkorlikda bandligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
d) ijtimoiy xodim:
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarning turmush tarzi va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni va yordam berilishini tashkil etish choralarini ko‘radi;
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar, shuningdek, parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalarni qonunchilikda belgilangan tartibda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etadi hamda ularga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
e) soliq inspektori tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslarga soliq xizmatlarini ko‘rsatadi.
Hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori o‘z vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
18. Mahalla raisi ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilib, har hafta mahallada ularning ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish borasidagi faoliyatini muhokama qilib boradi.
19. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan zarur hollarda, ijtimoiy profilaktika tadbirlariga ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin.
20. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga yordam ko‘rsatadi. Bunda:
a) mehnat organi xodimi — band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
b) tibbiyot xodimi:
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;
parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar;
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslar;
v) maktab direktori, maktab psixologi va inspektor-psixolog:
muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan o‘quvchilar;
qarovsiz va nazoratsiz qolgan, shuningdek, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli o‘quvchilar;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan o‘quvchilar;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan o‘quvchilar bilan ijtimoiy moslashtirish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
21. Ijtimoiy moslashtirish dasturlarini amalga oshirishga ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning murojaatiga asosan mahalla faollari, imom-xatib, otinoyilar va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
4-bob. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini yakunlash tartibi
22. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning faoliyati tuman (shahar) darajasida — tuman (shahar) ichki ishlar organlari, viloyat darajasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tahlil qilingan holda ularga tashkiliy, texnik va metodik yordam ko‘rsatgan holda muvofiqlashtiriladi.
23. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish jarayonida vujudga kelayotgan muammolarni hal etish, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarga amaliy va boshqa yordam ko‘rsatish maqsadida ijtimoiy profilaktika tadbirlari quyidagi tartibda nazorat qilib boriladi:
a) tuman (shahar) darajasida:
mahalla raisining faoliyati — O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlari;
hokim yordamchisining faoliyati — tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari;
profilaktika inspektorining faoliyati — tuman (shahar) ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari;
xotin-qizlar faolining faoliyati — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari;
yoshlar yetakchisining faoliyati — Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari;
ijtimoiy xodimning faoliyati — tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari;
soliq inspektorining faoliyati — tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan;
b) viloyat darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining, Yoshlar ishlari agentligining, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari tomonidan;
v) respublika darajasida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Soliq qo‘mitasi tomonidan.
24. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan ijtimoiy moslashtirish dasturi profilaktika inspektori bilan, profilaktika inspektorining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy moslashtirish dasturi esa mahalla raisi bilan birgalikda tuziladigan qo‘shma xulosa asosida yakunlanadi.
25. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar vafot etganda, ozodlikdan mahrum etilganda yoki doimiy yashash uchun xorijiy davlatga ko‘chib ketganda, ularga nisbatan ijtimoiy moslashtirish dasturini tugatish haqida mahalla profilaktika inspektori bilan birgalikda qo‘shma xulosa tuziladi.
26. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar uzoq muddatga xorijiy davlatga ketganda, ijtimoiy moslashtirish dasturi vaqtincha to‘xtatilib turiladi va qaytganidan so‘ng qayta tiklanib, holatdan kelib chiqib yakunlanishi yoki davom ettirilishi mumkin.
Ijtimoiy profilaktika tadbirlari takroran amalga oshirilganda, ijtimoiy moslashtirish dasturi qayta tiklanib, ishlar davom ettiriladi.
27. Ijtimoiy moslashtirish dasturini yakunlash bo‘yicha tuzilgan qo‘shma xulosa asosida tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari, tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda tuman (shahar) soliq inspeksiyalari nazoratni yakunlaydi.
28. Ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar respublikaning boshqa hududiga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ko‘chib ketsa, ular bilan olib borilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlari borgan joyidagi ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan davom ettirilishi mumkin.
29. Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi har yil yakuni bo‘yicha mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bevosita joylarga chiqqan holda o‘rganiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Ijtimoiy profilaktika obyektlariga nisbatan elektron shaklda yuritilgan hujjatlar (xulosa, ijtimoiy moslashtirish dasturi, uning ijrosi bo‘yicha ma’lumotnomalar, qo‘shma xulosa) axborot tizimida saqlanadi.
31. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
32. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son qaroriga
3-ILOVA
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning talablari O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
g‘ayriijtimoiy xulq-atvor — shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi;
huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs — o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxs.
4. Rasmiy ogohlantirish huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsi (keyingi o‘rinlarda — mas’ul shaxs) tomonidan chiqariladi.
5. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning rasmiy ogohlantirishni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari ro‘yxati tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
6. Rasmiy ogohlantirish shaxsga uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida yozma ravishda tushuntirishdan, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsni huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirishdan iborat bo‘ladi.
2-bob. Rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibi
7. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq o‘tkazilgan profilaktik suhbat ijobiy natija bermagan va shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni yoki huquqbuzarlik sodir etishga moyillikni davom ettirgan hollarda, unga nisbatan rasmiy ogohlantirish qo‘llanadi.
8. Jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligini yoxud o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxs aniqlangan joyning o‘zida mas’ul shaxs tomonidan ushbu shaxsga nisbatan rasmiy ogohlantirish chiqariladi.
9. Rasmiy ogohlantirish mas’ul shaxs tomonidan o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytda, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar jarayonida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda chiqariladi.
10. Rasmiy ogohlantirish blankasi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shaklda ikki qismdan — fuqaroga taqdim qilinadigan rasmiy ogohlantirish hamda mas’ul shaxsda qoladigan uning qirqib olinadigan qismidan iborat bo‘ladi.
11. Rasmiy ogohlantirish blankasi rasmiylashtirilganda unga barcha yozuvlar qora yoki havorang siyohda, tushunarli qilib yoziladi.
12. Mas’ul shaxs rasmiy ogohlantirish blankasini rasmiylashtirayotgan paytda shaxsning yonida uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, rasmiy ogohlantirish blankasining tegishli grafalari shaxsning so‘zidan to‘ldiriladi.
13. Mas’ul shaxs rasmiy ogohlantirish blankasini rasmiylashtirganidan so‘ng uni imzolaydi.
Rasmiy ogohlantirish blankasining qirqib olinadigan qismi rasmiy ogohlantirilayotgan shaxs tomonidan ham imzolanadi. Rasmiy ogohlantirilayotgan shaxs imzo qo‘yishdan bosh tortgan taqdirda esa, rasmiy ogohlantirish blankasiga bu haqida yozib qo‘yiladi.
14. Rasmiy ogohlantirish rasmiylashtirilganidan so‘ng u rasmiy ogohlantirilgan shaxsga beriladi, blankaning qirqib olinadigan qismi mas’ul shaxsda qoladi.
15. Mas’ul shaxs, rasmiy ogohlantirish chiqarilganligi to‘g‘risida u qaysi shaxsga e’lon qilingan bo‘lsa, o‘sha shaxsning ish (o‘qish) joyidagi ish beruvchiga (ma’muriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga xabar qilishga haqli.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Rasmiy ogohlantirish blankasi qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi va o‘z seriyasi hamda raqamiga ega bo‘ladi.
Rasmiy ogohlantirish blankalari huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralar tomonidan quyi turuvchi tizim uchun markazlashtirilgan holda belgilangan tartibda tayyorlanadi.
17. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasalarning rahbarlari va prokuratura organlari tomonidan nazorat qilinadi.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan chiqariladigan
RASMIY OGOHLANTIRISH SHAKLI
(shaklning old tomoni)
(shaklning orqa tomoni)
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son qaroriga
4-ILOVA
Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari xodimlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari va (yoki) xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etganlik holatini, shuningdek, probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) rioya etilishini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkotester yordamida alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash tartibini belgilaydi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgandan boshqa hollarda alkogolli ichimlik iste’mol qilganlikni aniqlash taqiqlanadi, yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash hollari bundan mustasno;
Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
alkotester — shaxs tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus moslama;
alkotester tekshiruvi — huquqbuzarlik sodir etganlik holatini, shuningdek, probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) rioya etilishini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini alkotester yordamida tekshirish;
mas’ul xodimlar — ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga tekshiriluvchi shaxsni olib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlari;
tekshiriluvchi shaxs — huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash yoki probatsiya nazoratidagi shaxsning alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) rioya etishini tekshirish maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan hamda alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holati alkotester orqali tekshiriladigan shaxs;
tibbiy tekshiruv — tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib borilgan shaxsning alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holatini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv.
3. Tekshiriluvchi shaxs alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi mas’ul xodimlar tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda alkotester yordamida tekshiriladi.
4. Quyidagilar alkotester tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi:
shaxsning og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelishi;
shaxsning bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi);
shaxs nutqining buzilgani;
shaxs qo‘l barmoqlarining qaltirashi;
shaxs yuz terisi rangining sezilarli o‘zgargani.
5. Mas’ul xodimlar alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni aniqlagan taqdirda, ushbu shaxslarni Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib boradi.
2-bob. Alkotester tekshiruvi davomida alkotesterdan foydalanish tartibi
6. Alkotester tekshiruvi kamida ikki nafar xolis ishtirokida, zarur hollarda esa shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida o‘tkaziladi.
7. Alkotester tekshiruvidan oldin mas’ul xodimlar tekshiriluvchi shaxs va xolislarni alkotesterning ishlash tartibi va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi, ularning talabiga asosan qiyoslash sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatadi.
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjat va boshqa ko‘rsatkichlar bilan tanishtirilmaganda yoki maxsus moslama nosozligiga shubha mavjud bo‘lganda yoxud alkotester tekshiruvini o‘tkazish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalari buzilganda, shaxs alkotester tekshiruvidan o‘tishdan bosh tortishi mumkin.
8. Alkotester tekshiruvi jarayonida mas’ul xodim tomonidan tekshiriluvchi shaxs bilan muloqotda xushmuomala, unga nisbatan xatti-harakatlari tushunarli va qonunchilik talablari asosida bo‘lishi, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi lozim.
9. Alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holatini aniqlash uchun alkotester tekshiruvini o‘tkazishda tekshiriluvchi shaxs tomonidan chiqarilgan havo namunasi alkotester moslamasini qo‘llash yo‘riqnomasiga asosan olinadi.
10. Tekshiriluvchi shaxsning og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda, mas’ul xodimlar tekshiriluvchi shaxsga nisbatan alkogolli ichimliklarni iste’mol qilganligi holati yuzasidan xolislar ishtirokida (alkotester moslamasining qiyoslash sertifikati raqami bayonnomada yoki dalolatnomada ko‘rsatiladi) bayonnoma yoki dalolatnoma (probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan dalolatnoma) rasmiylashtiradi hamda alkotester tekshiruvi natijalarini ushbu bayonnoma yoki dalolatnomaga ilova qiladi.
11. Tekshiriluvchi shaxs alkotester yordamida alkotester tekshiruvidan o‘tishdan bosh tortgan yoki unda texnik vositalar orqali o‘tkazilgan alkotester tekshiruvi natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda, mas’ul xodimlar ushbu shaxsni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga olib boradilar.
Tekshiriluvchi shaxs tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasida ham tibbiy tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan taqdirda, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.
12. Mas’ul xodimlarning alkotesterdan foydalanish, uni saqlash, qabul qilish, topshirish va uning hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
3-bob. Mas’ul xodimlarning alkotester tekshiruvini o‘tkazishda fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlardagi huquq va majburiyatlari
13. Mas’ul xodimlar:
tekshiriluvchi shaxsga o‘zini tanishtirishi, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot berishi, uning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ochiq holda ko‘rsatishi (bunda xodim tomonidan xizmat guvohnomasini huquqbuzar ixtiyoriga (qo‘liga) berishi taqiqlanadi);
har qanday vaziyatda tekshiriluvchi shaxs bilan vazmin, xushmuomala, odobli va e’tiborli bo‘lish, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilishi, ular bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilishi;
tekshiriluvchi shaxs va xolislarni alkotesterning ishlash tartibi va ko‘rsatkichlari bilan tanishtirishi, ularning talabiga asosan qiyoslash sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi;
tekshiriluvchi shaxsni alkogolli ichimlik iste’mol qilgan deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni belgilangan tartibda alkotester tekshiruvi yoki tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni tashkil qilishi, alkogolli ichimlik iste’mol qilgan yoki iste’mol qilmaganligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazilishidan bosh tortgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishi;
ruxsat etilmagan, qiyoslash sertifikatiga ega bo‘lmagan, qiyoslash sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan alkotesterdan foydalanmasligi;
tekshiriluvchi shaxsga alkotester tekshiruvi yoki tibbiy tekshiruv o‘tkazish jarayonidagi huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
tekshiriluvchi shaxsni alkotester tekshiruvi natijalarining nusxasi bilan ta’minlashi lozim.
Mas’ul xodimlar qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
14. Mas’ul xodimlar xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra alkotester tekshiruvini o‘tkazish;
o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida maxsus elektron ma’lumotlar bazasidan foydalanish.
Mas’ul xodimlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4-bob. Tekshiriluvchi shaxsning mas’ul xodimlar bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari
15. Tekshiriluvchi shaxs mas’ul xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:
mas’ul xodimlardan nima sababdan ichki ishlar organlariga olib kelinganligini, o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini talab qilish;
o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish;
alkotester tekshiruvi natijalari bilan tanishish;
alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holatini aniqlashda foydalaniladigan alkotesterning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatishni talab qilish;
mas’ul xodimlarning harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish;
alkotester tekshiruvidan bosh tortish va tibbiy tekshiruv o‘tkazilishini talab qilish.
Tekshiriluvchi shaxs qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Tekshiriluvchi shaxs:
mas’ul xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunishi va ularni bajarishi;
yonida shaxsini tasdiqlovchi yoki o‘zini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlari bo‘lgan hollarda mas’ul xodimlar talabiga ko‘ra ularni tekshirish uchun taqdim etish lozim.
Tekshiriluvchi shaxsga alkotester tekshiruvi jarayonida yuqoridagilardan boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin emas.
17. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lmagan tekshiriluvchining shaxsi ichki ishlar organlarining vakolatli xodimlari tomonidan maxsus elektron ma’lumotlar bazasi yordamida aniqlanadi.
Tekshiriluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud emasligi uni alkotester tekshiruvi yoki tibbiy tekshiruvdan o‘tkazmaslik uchun asos bo‘lmaydi.
5-bob. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi
18. Tibbiy tekshiruv ichki ishlar organlariga olib kelingan vaqtda yoki uzog‘i bilan ikki soat ichida o‘tkazilishi lozim.
19. Tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holatida ekanligiga gumon qilingan shaxs har taraflama klinik tekshiruvdan o‘tkaziladi va etanol bug‘lari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida undan chiqarilayotgan nafas havosi namunasi olinadi.
20. Alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holatining klinik belgilarini aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda (shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiluvchi holatlar), tekshiruvdan o‘tkazish uchun qon namunasi mas’ul xodimning qarori asosida tegishli davolash-profilaktika muassasalarida olinadi.
Bunda tekshiriluvchi shaxsning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa qonning laboratoriya tekshiruvi natijalari asosida chiqariladi.
21. Chiqarilayotgan nafas havosi tarkibidagi alkogol miqdorini va sifatini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanishga ruxsat etilgan hamda tekshiruvdan o‘tgan alkotesterlardan foydalaniladi.
6-bob. Tibbiy tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish
22. Tibbiy tekshiruv natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi bayonnoma tuziladi. Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda ko‘rsatiladi.
23. Bayonnomaning barcha bandlari hech qanday qisqartirish va boshqa o‘zgartirishlarsiz to‘ldiriladi. Bayonnoma tibbiy tekshiruvni o‘tkazgan shifokor tomonidan imzolanadi va tekshiruv o‘tkazilgan tibbiyot muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
24. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxsga tibbiy tekshiruv bayonnomasi nusxasi (qog‘oz yoki elektron shaklda) beriladi.
25. Biologik suyuqliklarning va chiqarilayotgan nafas havosi tarkibining laboratoriya tekshiruvi natijalari inobatga olingan kompleks tibbiy tekshiruv natijalari tekshiriluvchi shaxsning holati to‘g‘risidagi xulosaning asosi hisoblanadi.
26. Tekshiriluvchi shaxs tekshiruvdan yoki ayrim tekshiruv turidan bosh tortgan hollarda, shifokor tomonidan daftarga va bayonnomada “tekshiruvdan bosh tortdi” deb yozib qo‘yiladi.
27. Tibbiy tekshiruv asosida xulosa tuziladi, unda tekshiriluvchi shaxsning tekshiruv vaqtidagi holati aniq yoritilishi zarur. Shifokor xulosa tuzayotganda, quyidagi holatlardan birini belgilashi lozim:
alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holati aniqlanmadi;
alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holati aniqlandi.
28. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxs tekshiruvdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi xulosa bilan uni olib kelgan mas’ul xodimlar oldida tanishtiriladi.
29. Tekshiriluvchi shaxsda xulosaga nisbatan e’tirozlar mavjud bo‘lgan hollarda, u boshqa tibbiyot muassasasida qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni talab qilishga haqli. Bunda qayta tibbiy tekshiruv alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holati aniqlangan yoki mas’ul xodim shaxsning alkogolli ichimliklar iste’mol qilganligi bo‘yicha asoslarini ma’lum qilgan paytdan boshlab, uzog‘i bilan bir soat ichida boshqa yaqin masofada joylashgan tibbiyot muassasasida o‘tkazilishi lozim.
Tekshiriluvchi shaxs alkogolli ichimlik iste’mol qilganlik holatini aniqlash yuzasidan xususiy tibbiyot muassasalarida tibbiy tekshiruvdan o‘tishini ma’lum qilgan taqdirda, tekshiriluvchi shaxs xususiy tibbiyot muassasasida o‘z hisobidan tekshiruvdan o‘tkazilib, tekshiruv to‘g‘risida ma’lumotnoma olinadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son qaroriga
5-ILOVA
Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni (alkogol va boshqa psixoaktiv moddalardan og‘ir zaharlanish (hushsiz, koma) holatlari bundan mustasno) ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga yetkazish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — mastlik holatidagi shaxs) — psixoaktiv moddalar ta’sirida mastlik holatidagi shaxs;
narkologik kasallik (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) — psixoaktiv moddalarga patologik ruju qo‘yish, ulardan surunkali zaharlanishning psixosomatik (ruhiy va jismoniy) hamda ijtimoiy oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kasallik;
psixoaktiv moddalar — markaziy asab tizimiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadigan, muntazam ravishda iste’mol qilganda ruhan va jismonan qaramlikni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy kimyoviy moddalar;
psixoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaxslarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish — shaxslarda mastlik holatini aniqlashga qaratilgan tibbiy ko‘rik usullari va tibbiy tekshiruvlar majmui.
3. Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari buyruqlari bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi.
4. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti qo‘riqlash bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — qo‘riqlash bo‘linmalari) tashkil etiladi.
5. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
6. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga ko‘chalarda, maydonlarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, avtomobil yo‘llarida, vokzallarda, aeroportlarda va boshqa jamoat joylarida (yashash joyidan olib borish bundan mustasno) bo‘lgan mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borish uchun quyidagi mezonlar asos bo‘ladi:
shaxsning maqsadli harakatlar sodir etish yoki o‘zi mustaqil harakatlanish qobiliyatining yo‘qotganligi (biror joyda yotgan yoki o‘tirgan holati);
shaxsning uyquchanligi, uyg‘otishning qiyinligi;
shaxsning tikka holatda mustaqil tura olmasligi;
nutqining noaniq, tushunarsiz, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan uzuq-yuluq alohida so‘zlardan tashkil topishi (g‘o‘ldirashi);
savollarni yaxshi tushunmasligi, o‘zining qayerdaligini aniq anglab yetmasligi.
7. Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarining asosiy vazifalari
8. Quyidagilar tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mastlik holatidagi shaxslarni hushyor holatga keltirish bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish;
mastlik holatidagi shaxslarni kecha-kunduz qabul qilish va ularning ro‘yxatini yuritish;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga qabul qilingan shaxslarni xavfsiz va sog‘lig‘iga ziyon yetmaydigan sharoitlarda saqlash;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan shaxslarda boshqa yo‘nalishdagi davolash-profilaktika muassasalarida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni talab etuvchi holatlar (jarohatlar, kuyish, insult, ichki a’zolar funksiyalarining yaqqol dekompensatsiyasi va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yuborish;
mastlik holatidagi shaxslarni hushyor holatga kelgandan so‘ng tibbiy yordam ko‘rsatish punktlaridan chiqarib yuborish;
mastlik holatidagi shaxs hushyor holatga kelgandan so‘ng tibbiy yordam ko‘rsatish punktidan chiqarib yuborish vaqtida undan vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilgan buyumlarini qaytarish.
3-bob. Mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelish
9. Mastlik holatidagi shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanadi va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib boriladi.
Bunda ichki ishlar xodimi:
mastlik holatidagilarning shaxsini aniqlaydi;
mastlik holatidagi shaxslarga nisbatan huquqbuzarliklarning, shuningdek, ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xavfning oldini olish maqsadida ularga birinchi yordam ko‘rsatadi;
zarurat tug‘ilganda (shaxsning hushsizligi, og‘ir tan jarohati olganligi yoki hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan boshqa holatlarda), ular aniqlangan joyga zudlik bilan tez tibbiy yordam brigadasini chaqiradi;
tez yordam brigadasining kelish imkoni bo‘lmagan taqdirda, yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarni tibbiyot muassasalariga o‘z xizmat avtomashinalarida yetkazib boradi, bu haqida ichki ishlar hududiy organining navbatchilik bo‘limiga xabar beradi, navbatchining ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qiladi;
mastlik holatida bo‘lgan shaxslarning shaxsiy mulki xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi.
10. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari sharoitida yordam ko‘rsatishga tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda, mastlik holatidagi shaxslarni ushbu punktlarga ichki ishlar organlari xodimlari o‘z xizmat avtomashinalarida yetkazadi. Ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishini istisno etuvchi, ushbu shaxslarning yonida bo‘lgan ashyolar, hujjatlar va qimmatli buyumlarning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
11. Mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelishdan oldin ichki ishlar organlari xodimlari ularda o‘ziga yoki boshqa fuqarolarga tan jarohatlari yetkazishi mumkin bo‘lgan sovuq qurol, shuningdek, qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa buyum (jism)lar yo‘qligiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Mastlik holatidagi shaxsning yonida sovuq qurol, giyohvand moddalar va muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan buyumlar (jismlar) aniqlangan taqdirda, ushbu buyum (jism)lar ichki ishlar organlari xodimi tomonidan olib qo‘yiladi hamda butun tibbiy yordam ko‘rsatish davri davomida ushbu shaxsning zarur qo‘riqlanishini ta’minlaydi.
12. Mastlik holatidagi shaxsga tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rish va olib qo‘yilgan buyumlarni (jismlarni) saqlash, topshirish yoki yo‘q qilish masalalarini hal etish uchun hududiy tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga topshiriladi.
4-bob. Mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga qabul qilish
13. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxsga tibbiy yordam ko‘rsatish punktida yordam ko‘rsatish uchun tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, ushbu shaxsni tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga qabul qilish to‘g‘risida navbatchi shifokor tomonidan dalolatnoma tuzilib, tibbiyot xodimi va ichki ishlar organi xodimi tomonidan imzolanadi.
14. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarning kiyim-boshi va boshqa buyumlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiyot xodimlari va xolislar ishtirokida tekshiriladi.
Tekshirish mobaynida mastlik holatidagi shaxsdan uning yonidagi buyumlari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yiladi. Bunda mazkur buyumlar har bir shaxs uchun alohida yacheykasi bo‘lgan, raqamlangan va qulflanadigan maxsus jihozlangan shkafda saqlanadi.
15. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan barcha shaxslar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki uni olib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarining yozma yo‘llanmalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga ko‘ra maxsus tikilgan, raqamlangan, tibbiyot muassasasi rahbari imzosi va tashkilot muhri bosilgan daftarda qayd etiladi.
16. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan shaxs olib kelinganda, ko‘rik dalolatnomasida uning alohida belgilari (chandiqlari, tatiurovkalari, tug‘ma dog‘lari va boshqa) sinchiklab qayd qilinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari shaxsning tashqi qiyofasini tuzishda tibbiyot xodimlariga yordam beradi.
17. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan shaxslar ushbu punktlarning xonalariga joylashtiriladi. Bunda erkaklar ayollardan, voyaga yetmaganlar esa voyaga yetganlardan alohida saqlanadi.
18. Navbatchi tibbiy xodimlar ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda olib kelingan shaxsning qarindoshlariga darhol xabar berish choralarini ko‘radi.
19. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda yong‘in xavfsizligi faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan maishiy sharoitlar yaratiladi.
20. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida tegishli ichki ishlar organlari, davolash-profilaktika muassasalari xodimlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yish hamda olib kelingan shaxslarning qarindoshlariga xabar berish uchun telefon apparati o‘rnatiladi.
5-bob. Mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida tibbiy yordam ko‘rsatish
21. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam narkolog-shifokorlar yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi.
22. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslar tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarining shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
23. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari shifokorlari tomonidan tuziladigan mastlik holatidagi shaxslarning sog‘lig‘i holatini tekshirish natijalari dalolatnomasida qayd etiladi va ushbu dalolatnoma qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi.
24. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida olib kelingan shaxsda bosh miya jarohatlari yoki boshqa og‘ir tan jarohatlari, shuningdek, yaqqol ayon bo‘lgan og‘ir holatlar aniqlanganda, tibbiy yordam ko‘rsatish punkti joylashgan muassasada to‘liq hajmda tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lmasa, navbatchi shifokor tomonidan yordam ko‘rsatish hajmi yoki boshqa davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish masalasi hal qilinadi.
25. Tibbiy yordamning ko‘rsatilish hajmi olib kelingan shaxsning ahvolidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlari va protokollariga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatish punktida 12 soatgacha bo‘lganda dalolatnoma, 12 soatdan ko‘p vaqt bo‘lganda va tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda kasallik tarixi rasmiylashtiriladi. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktida qo‘llanilishi zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning sarflanishini hisobga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatilgan shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktidan chiqarish
27. Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatilganidan va hushyor holatga keltirilganidan so‘ng shifokor uni takroran tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va chiqarish mumkinligi to‘g‘risida xulosa beradi. Bunda mastlik holatidagi shaxsni hushyor holatga keltirish muddati 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
28. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslar sutkaning tungi vaqtida, ya’ni soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yoki yilning sovuq davrida ularning qarindoshlari kuzatuvi ostida chiqarib yuboriladi.
29. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxsga chiqarib yuborish davomida bayonnomaga yoki kasallik tarixiga imzo qo‘ydirgan holda olib qo‘yilgan hujjatlar, pullar va boshqa buyumlari qaytarib beriladi.
7-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
30. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslar:
shaxsiy xavfsizligi ta’minlangan va sog‘lig‘iga ziyon yetmaydigan sharoitlarda saqlanishga, tegishli tibbiy yordam olishga;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingani to‘g‘risida qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga xabar berishga;
ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga ega bo‘lish va qonunchilikda taqiqlanmagan predmet va buyumlardan foydalanishga haqli.
Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Mastlik holatidagi shaxslar tibbiy yordam ko‘rsatish punktida belgilangan tartibga rioya qilishi shart.
8-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlarining huquqlari va majburiyatlari
31. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlari:
tibbiy yordam ko‘rsatish punkti hududida turgan boshqa shaxslardan tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni darhol to‘xtatishni talab qilish, ularni bartaraf etish va bu haqida darhol ichki ishlar organlariga murojaat etishga;
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mastlik holatidagi shaxslardan tibbiy yordam ko‘rsatish punktida saqlash, tarqatish, iste’mol qilish va ulardan foydalanish taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini olib qo‘yilishida ishtirok etishga haqli.
Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
32. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlari:
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi;
o‘z ishini bajarishda tibbiy etika va deontologiyaga amal qilishi;
o‘zining malakasi, lavozim yo‘riqnomalari va majburiyatlariga muvofiq mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatishi;
mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni qabul qilish vaqtida ularda tan jarohatlari aniqlangan taqdirda, darhol ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga xabar berishi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlari va protokollariga amal qilishi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxs hushyor holatga kelganidan so‘ng uni tibbiy yordam ko‘rsatish punktidan chiqarib yuborishi shart.
Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tibbiyot xodimlari zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
33. Tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida tibbiyot xodimlari sog‘lig‘iga zarar yetkazilib, bu uning mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan taqdirda, shuningdek, nogironlik yuz berganda ushbu shaxsga, u vafot etgan taqdirda esa, uning qonuniy vakiliga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
9-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlarining vazifa va majburiyatlari
34. Qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlari:
mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga qabul qilish uchun tibbiyot xodimlari ko‘rikdan o‘tkazayotgan va tibbiy yordam ko‘rsatayotgan vaqtda jamoat tartibini ta’minlaydi;
mastlik holatida bo‘lgan shaxslar tomonidan agressiv xatti-harakatlar bilan qonunbuzarlik harakatlari sodir etilgan taqdirda, tegishli choralar ko‘radi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida ichki, ruxsat berish rejimlarini hamda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
qo‘riqlanayotgan obyektlardagi mol-mulkni saqlash shart-sharoitlari, muhandislik-texnik vositalar holatini tekshiradi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jismoniy kuch ishlatish, o‘qotar qurol va maxsus vositalardan foydalanish choralarini ko‘radi;
qo‘riqlanayotgan obyekt ma’muriyatiga, mansabdor shaxsiga obyektni muhandislik-texnik mustahkamligini ta’minlash, signalizatsiya tizimlari va videokuzatuv bilan jihozlash bo‘yicha taqdimnoma kiritadi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlaridan mol-mulk, moddiy boyliklar va turli yuklarni noqonuniy olib chiqishga yoki olib kirishga urinayotgan shaxslarni ushlaydi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘radi, zarur hollarda esa tegishli qaror qabul qilish uchun ularni hududiy ichki ishlar organlariga topshiradi;
mastlik holatidagi shaxslardan xizmat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqbuzarliklar va xatti-harakatlarni to‘xtatishni talab qiladi, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni qo‘llaydi.
35. Qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlari:
xizmatni o‘tash joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishi;
qo‘riqlanayotgan obyektda jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik izlarining saqlanishini ta’minlashi;
qo‘riqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
Qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlari zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
10-bob. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini boshqarish
36. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga umumiy rahbarlik, ular tashkil etilgan tuman (shahar) tibbiyot muassasalarining bosh shifokori tomonidan, punktlarga bevosita rahbarlik esa ushbu punktlarda joriy etilgan bo‘lim mudirlari tomonidan amalga oshiriladi.
37. Bo‘lim mudiri o‘z vakolatlari doirasida:
tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga bevosita rahbarlik qiladi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punkti vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga yuklangan vazifalarning lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, ular zimmasiga yuklangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi, tibbiy yordam ko‘rsatish punktida saqlanayotgan shaxslarning kun tartibini tasdiqlaydi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punktining ish rejalarini tasdiqlaydi;
tibbiy yordam ko‘rsatish punkti tibbiyot xodimlari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, boshqa lavozimga o‘tkazish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazolarni qo‘llash haqidagi takliflarni tegishli davolash-profilaktika muassasasining bosh shifokoriga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Bo‘lim mudiri qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Tibbiy yordam punktlarida mastlik holatidagi shaxslar uchun ishlatilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, tibbiy hujjatlar hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Ichki ishlar organlari xodimlari

Ko‘chalarda, maydonlarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, avtomobil yo‘llarida, vokzallarda, aeroportlarda va boshqa jamoat joylarida mastlik holatidagi shaxslarni aniqlaydi va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib boradi.

Mastlik holatidagi shaxs aniqlanishi bilan

2-bosqich

Tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlari va ichki ishlar organlari xodimlari

1. Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxsni tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga qabul qilish to‘g‘risida navbatchi shifokor dalolatnoma tuzib, uni tibbiyot xodimi va ichki ishlar organi xodimi imzolaydi.

2. Mastlik holatidagi shaxsni maxsus daftarda qayd etadi va xonaga joylashtiradi.

3. Mastlik holatidagi shaxsning qarindoshlariga bu haqida darhol xabar berish choralarini ko‘radi.

Mastlik holatidagi shaxs olib kelingan vaqtdan boshlab

3-bosqich

Tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlari

1. Mastlik holatidagi shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va mastlik holatidagi shaxslarning sog‘lig‘i holatini tekshirish natijalari dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

2. Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatish punktida 12 soatgacha bo‘lganda dalolatnomani, 12 soatdan ko‘p vaqt bo‘lganda va tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda — kasallik tarixini rasmiylashtiradi.

Mastlik holatidagi shaxs tibbiyot punkti xonasiga joylashtirilgan vaqtdan boshlab

4-bosqich

Tibbiy yordam ko‘rsatish punkti xodimlari

Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatilganidan va hushyor holatga keltirilganidan so‘ng shifokor uni takroran tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va chiqarish mumkinligi to‘g‘risida xulosani beradi.

Bunda mastlik holatidagi shaxsni hushyor holatga keltirish muddati 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.

Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutkaning tungi vaqtida, ya’ni soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yoki yilning sovuq davrida ularning qarindoshlari kuzatuvi ostida chiqarib yuboriladi.

Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxsga chiqarib yuborish davomida bayonnomaga yoki kasallik tarixiga imzo qo‘ydirgan holda olib qo‘yilgan hujjatlar, pullar va boshqa buyumlarini qaytarib beradi.

Mastlik holatidagi shaxs to‘liq o‘ziga kelganda

Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlarining
RO‘YXATI

T/r

T/r

Tumanlararo punktlar

Tumanlararo punktlarga biriktirilgan tuman va shaharlar

Tumanlararo punktlarning manzili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

1.

Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi

Taxiatosh tumani

Xo‘jayli tumani

Xo‘jayli tumani, T. Ibragimov ko‘chasi, 24-uy

2.

2.

Nukus tumani tibbiyot birlashmasi

Nukus tumani

Nukus tumani, Akmangit guzari ko‘chasi, 34-uy

3.

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — RIRSIATM) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali

Nukus shahri

Nukus shahri, U. Bekmanov ko‘chasi, 114-uy

4.

4.

To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi

Beruniy tumani

To‘rtko‘l tumani

To‘rtko‘l tumani, Nukus ko‘chasi, 36-uy

5.

5.

Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasi

Ellikqal’a tumani

Ellikqal’a tumani, Navoiy ko‘chasi, raqamsiz uy

6.

6.

Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi

Mo‘ynoq tumani

Qo‘ng‘irot tumani

Qo‘ng‘irot tumani, Oltinko‘l mahallasi

7.

7.

Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmasi

Qonliko‘l tumani

Qonliko‘l tumani, A. Musayev ko‘chasi, 14-uy

8.

8.

Shumanay tumani tibbiyot birlashmasi

Shumanay tumani

Shumanay tumani, Mamiy ovul fuqarolar yig‘ini

9.

9.

Chimboy tumani tibbiyot birlashmasi

Chimboy tumani

Chimboy tumani, Sh. Rashidov ko‘chasi, 43-uy

10.

10.

Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasi

Qorao‘zak tumani

Taxtako‘pir tumani

Qorao‘zak tumani, Berdax ko‘chasi, raqamsiz uy

11.

11.

Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasi

Kegeyli tumani

Bo‘zatov tumani

Kegeyli tumani, Do‘stlik ko‘chasi, 3-uy

12.

12.

Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi

Amudaryo tumani

Amudaryo tumani, Shifokorlar mahallasi

13.

13.

Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi

Mo‘ynoq tumani

Mo‘ynoq tumani, Jalimbetov ko‘chasi, 1-uy

14.

14.

Taxtako‘pir tumani tibbiyot birlashmasi

Taxtako‘pir tumani

Taxtako‘pir tumani, Beskala ko‘chasi, raqamsiz uy

Andijon viloyati

15.

1.

RIRSIATM Andijon viloyati hududiy filiali

Andijon shahri

Andijon tumani

Oltinko‘l tumani

Andijon shahri, Yu. Otabekov ko‘chasi, 3-uy

16.

2.

Bo‘ston tumani tibbiyot birlashmasi

Bo‘ston tumani

Shahrixon tumani

Bo‘ston tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 1-uy

17.

3.

Asaka tumani tibbiyot birlashmasi

Asaka tumani

Marhamat tumani

Asaka tumani, Ilg‘or qishlog‘i

18.

4.

Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi

Baliqchi tumani

Ulug‘nor tumani

Baliqchi tuman, Chinobod qishlog‘i

19.

5.

Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi

Paxtaobod tumani

Izboskan tumani

Paxtaobod tumani, Kelajak ovozi ko‘chasi, 1-uy

20.

6.

Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasi

Qo‘rg‘ontepa tumani

Xonobod shahri

Qorasuv shahri

Ko‘rg‘ontepa tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 135-uy

21.

7.

Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi

Jalaquduq tumani

Xo‘jaobod tumani

Buloqboshi tumani

Jalaquduq tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 95-uy

22.

8.

Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi

Shahrixon tumani

Shahrixon shahri, R. Yodgorov ko‘chasi, 105-uy

Buxoro viloyati

23.

1.

RIRSIATM Buxoro viloyati hududiy filiali

Buxoro shahri

Buxoro shahri, Jo‘bor ko‘chasi, 65-uy

24.

2.

Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasi

Qorako‘l tumani

Olot tumani

Qorako‘l tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 21-uy

25.

3.

Jondor tumani tibbiyot birlashmasi

Jondor tumani

Jondor tumani, M. Tarobiy ko‘chasi, 157-uy

26.

4.

G‘ijduvon tumani tibbiyot birlashmasi

G‘ijduvon tumani

G‘ijduvon tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 100-uy

27.

5.

Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi

Vobkent tumani

Shofirkon tumani

Vobkent tumani, Tadbirkor ko‘chasi, 35-uy

28.

6.

Romitan tumani tibbiyot birlashmasi

Romitan tumani

Peshko‘ tumani

Romitan tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 162-uy

29.

7.

Buxoro tumani tibbiyot birlashmasi

Buxoro tumani

Buxoro tumani, Fitrat ko‘chasi, 17-uy

30.

8.

Kogon shahri tibbiyot birlashmasi

Qorovulbozor tumani

Kogon tumani

Kogon shahri

Kogon shahri, Oltinko‘l ko‘chasi, 1-uy

31.

9.

Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi

Shofirkon tumani

Shofirkon tumani, Navro‘z ko‘chasi, 112-uy

Jizzax viloyati

32.

1.

RIRSIATM Jizzax viloyati hududiy filiali

Paxtakor tumani

Arnasoy tumani

Do‘stlik tumani

Mirzacho‘l tumani

Paxtakor tumani, Dilorom ko‘chasi, 2-uy

33.

2.

Zomin tumani tibbiyot birlashmasi

Yangiobod tumani

Zarbdor tumani

Zomin tumani

Zomin tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 17-uy

34.

3.

Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi

Sharof Rashidov tumani

Jizzax shahri

Baxmal tumani

G‘allaorol tumani

Sharof Rashidov tumani, Uch tol ko‘chasi, 5-uy

35.

4.

Forish tumani tibbiyot birlashmasi

Forish tumani

Zafarobod tumani

Forish tumani, Oqtepa mahallasi

Qashqadaryo viloyati

36.

1.

RIRSIATM Qashqadaryo viloyati hududiy filiali

Qarshi shahri

Qarshi tumani

Nishon tumani

Qarshi shahri, Besh yog‘och ko‘chasi, 7/1-uy

37.

2.

Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi

Mirishkor tumani

Yangi Mirishkor shaharchasi, O‘zbekiston ko‘chasi, 35-uy

38.

3.

Kitob tumani tibbiyot birlashmasi

Kitob tumani

Shahrisabz shahri

Shahrisabz tumani

Kitob tumani, Katta yo‘l ko‘chasi, 123-uy

39.

4.

Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasi

Yakkabog‘ tumani

Yakkabog‘ tumani, Cho‘mich ko‘chasi, 2-uy

40.

5.

G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi

G‘uzor tumani

Qamashi tumani

G‘uzor tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 87-uy

41.

6.

Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi

Dehqonobod tumani

Dehqonobod tumani, Guliston ko‘chasi, 5-uy

42.

7.

Koson tumani tibbiyot birlashmasi

Koson tumani

Kasbi tumani

Koson tumani, Quyiobron ko‘chasi, 1-uy

43.

8.

Muborak tumani tibbiyot birlashmasi

Muborak tumani

Muborak tumani, Istiqlol mahallasi

44.

9.

Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi

Chiroqchi tumani

Ko‘kdala tumani

Chiroqchi tumani, Yangi qurilish ko‘chasi, 1-uy

45.

10.

Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi

Qamashi tumani

Qamashi tumani, Farovon ko‘chasi, 25-uy

46.

11.

Nishon tumani tibbiyot birlashmasi

Nishon tumani

Yangi Nishon shaharchasi, Yoshlar ko‘chasi, 16-uy

Navoiy viloyati

47.

1.

RIRSIATM Navoiy viloyati hududiy filiali

Navoiy shahri

Karmana tumani

Navoiy shahri, Binokor ko‘chasi, 5-uy

48.

2.

Zarafshon shahri tibbiyot birlashmasi

Zarafshon shahri

Tomdi tumani

Zarafshon shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 4-uy

49.

3.

Uchquduq shahri tibbiyot birlashmasi

Uchquduq shahri

Uchquduq tumani

Uchquduq tuman, A.Temur ko‘chasi, 2a-uy

50.

4.

Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi

Xatirchi tumani

Xatirchi tuman, Mustaqillik mahallasi

51.

5.

Nurota tumani tibbiyot birlashmasi

Nurota tumani

G‘ozg‘on shahri

Nurota tumani, U. Yusupov ko‘chasi, 132-uy

52.

6.

Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi

Qiziltepa tumani

Qiziltepa tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 1-uy

53.

7.

Navbahor tumani tibbiyot birlashmasi

Navbahor tumani

Navbahor tumani, Arabxona mahallasi

54.

8.

Konimex tumani tibbiyot birlashmasi

Konimex tumani

Konimex tumani, Istiqlol ko‘chasi, 4-uy

Namangan viloyati

55.

1.

RIRSIATM Namangan viloyati hududiy filiali

Namangan shahri

Davlatobod tumani

Yangi Namangan tumani

Namangan shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 70-uy

56.

2.

To‘raqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

To‘raqo‘rg‘on tumani

To‘raqo‘rg‘on shahri, Namangan ko‘chasi, 6-uy

57.

3.

Namangan tumani tibbiyot birlashmasi

Namangan tumani

Namangan tumani, Nurafshon ko‘chasi, 46-uy

58.

4.

Yangiqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

Yangiqo‘rg‘on tumani

Chortoq tumani

Yangiqo‘rg‘on tumani, A. Qo‘chqorov ko‘chasi, 173-uy

59.

5.

Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasi

Kosonsoy tumani

Kosonsoy shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 74-uy

60.

6.

Norin tumani tibbiyot birlashmasi

Norin tumani

Haqqulobod shahri, Beruniy ko‘chasi, 21-uy

61.

7.

Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

Uchqo‘rg‘on tumani

Uychi tumani

Uchqo‘rg‘on shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 3-uy

62.

8.

Pop tumani tibbiyot birlashmasi

Pop tumani

Chust tumani

Pop shaharchasi, Paxtakor ko‘chasi, 3-uy

63.

9.

Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi

Mingbuloq tumani

Jomashuy shaharchasi, E. O‘rmonov ko‘chasi, 24-uy

64.

10.

Chust tumani tibbiyot birlashmasi

Chust tumani

Chust tumani, Yangiyer ko‘chasi, 141A-uy

Samarqand viloyati

65.

1.

RIRSIATM Samarqand viloyati hududiy filiali

Samarqand shahri

Jomboy tumani

Pastdarg‘om tumani

Jomboy tumani, Sh. Burxonov ko‘chasi, 1-uy

66.

2.

Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi

Bulung‘ur tumani

Bulung‘ur shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 80-uy

67.

3.

Tayloq tumani tibbiyot birlashmasi

Samarqand tumani

Tayloq tumani

Tayloq tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 7-uy

68.

4.

Urgut tumani tibbiyot birlashmasi

Urgut tumani

Urgut shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 99-uy

69.

5.

Payariq tumani tibbiyot birlashmasi

Payariq tumani

Payariq tumani, Payariq mahallasi

70.

6.

Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi

Ishtixon tumani

Oqdaryo tumani

Ishtixon shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 12-uy

71.

7.

Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi

Qo‘shrabot tumani

Qo‘shrabot tumani, G‘. G‘ulom ko‘chasi, 59-uy

72.

8.

Kattaqo‘rg‘on shahri tibbiyot birlashmasi

Kattaqo‘rg‘on shahri

Kattaqo‘rg‘on tumani

Narpay tumani

Kattaqo‘rg‘on shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 149-uy

73.

9.

Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasi

Paxtachi tumani

Paxtachi tumani, Bo‘ston mahallasi

74.

10.

Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi

Nurobod tumani

Nurobod shahri, Yangiqishloq ko‘chasi, 1-uy

75.

11.

Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi

Pastdarg‘om tumani

Pastdarg‘om tumani, Beruniy ko‘chasi, 20-uy

Surxondaryo viloyati

76.

1.

RIRSIATM Surxondaryo viloyati hududiy filiali

Termiz shahri

Termiz tumani

Jarqo‘rg‘on tumani

Termiz shahri, Uchqun ko‘chasi, 5-uy

77.

2.

Denov tumani tibbiyot birlashmasi

Denov tumani

Denov shahri

Denov tumani, Sharof Rashidov mahallasi

78.

3.

Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi

Sariosiyo tumani

Uzun tumani

Sariosiyo tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 37-uy

79.

4.

Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasi

Sho‘rchi tumani

Oltinsoy tumani

Sho‘rchi tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 68-uy

80.

5.

Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

Qumqo‘rg‘on tumani

Qumqo‘rg‘on tumani, Oxunboboyev ko‘chasi, 15-uy

81.

6.

Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi

Bandixon tumani

Qiziriq tumani

Qiziriq tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 1-uy

82.

7.

Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi

Angor tumani

Sherobod tumani

Sherobod tumani, Galaguzar mahallasi

83.

8.

Boysun tumani tibbiyot birlashmasi

Boysun tumani

Boysun tumani, Istiqlol ko‘chasi, 33-uy

84.

9.

Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi

Muzrabot tumani

Muzrabot tumani, Amir Temur ko‘chasi, 3-uy

85.

10.

Jarqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi

Jarqo‘rg‘on tumani

Jarqo‘rg‘on tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 1-uy

Sirdaryo viloyati

86.

1.

RIRSIATM Sirdaryo viloyati hududiy filiali

Guliston shahri

Mirzaobod tumani

Guliston shahri, Ibn-Sino ko‘chasi, 20-uy

87.

2.

Guliston tumani tibbiyot birlashmasi

Guliston tumani

Guliston tumani, Ibrat ko‘chasi, 24-uy

88.

3.

Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi

Sayxunobod tumani

Sirdaryo tumani

Sirdaryo tumani, Lochin ko‘chasi, 16-uy

89.

4.

Sardoba tumani tibbiyot birlashmasi

Oqoltin tumani

Sardoba tumani

Sardoba tumani, Rohat ko‘chasi, 15-uy

90.

5.

Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi

Shirin shahri

Boyovut tumani

Boyovut tumani, Sayilbog‘ ko‘chasi, 4/1-uy

91.

6.

Yangiyer shahri tibbiyot birlashmasi

Xovos tumani

Yangiyer shahri

Yangiyer shahri, Beruniy ko‘chasi, 8-uy

92.

7.

Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi

Sayxunobod tumani

Sayxunobod tumani, Shifokorlar ko‘chasi, 3-uy

Toshkent viloyati

93.

1.

RIRSIATM Toshkent viloyati hududiy filiali

Angren shahri

Ohangaron tumani

Angren shahri, Obod turmush ko‘chasi, 20-uy

94.

2.

Bekobod tumani tibbiyot birlashmasi

Bekobod tumani

Bekobod shahri

Bekobod tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 2-uy

95.

3.

Bo‘ka tumani tibbiyot birlashmasi

Bo‘ka tumani

Oqqo‘rg‘on tumani

Bo‘ka tumani, A. Ikramov ko‘chasi, 2-uy

96.

4.

Olmaliq shahri tibbiyot birlashmasi

Olmaliq shahri

Ohangaron shahri

Olmaliq shahri, M. Ulug‘bek ko‘chasi, 51-uy

97.

5.

Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasi

Nurafshon shahri

Piskent tumani

O‘rta Chirchiq tumani

Nurafshon shahri, Shifokorlar ko‘chasi, 22-uy

98.

6.

Chirchiq shahri tibbiyot birlashmasi

Chirchiq shahri

Bo‘stonliq tumani

Qibray tumani

Chirchiq shahri, 8-mikrorayon

99.

7.

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi

Parkent tumani

Yuqorichirchiq tumani

Parkent shahri, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi

100.

8.

Yangiyo‘l shahri tibbiyot birlashmasi

Yangiyo‘l shahri

Quyichirchiq tumani

Yangiyo‘l tumani

Chinoz tumani

Yangiyo‘l shahri, Toshkent shoh ko‘chasi, 2-uy

101.

9.

Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi

Zangiota tumani

Toshkent tumani

Toshkent tumani, Ravnaq ko‘chasi, 2-uy

102.

10.

O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasi

O‘rtachirchiq tumani

O‘rtachirchiq tumani, Nilufar ko‘chasi, 2-uy

103.

11.

Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasi

Bo‘stonliq tumani

G‘azalkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 12-uy

104.

12.

Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi

Zangiota tumani

Zangiota tumani, Markaziy shoh ko‘chasi, raqamsiz uy

Farg‘ona viloyati

105.

1.

RIRSIATM Farg‘ona viloyati hududiy filiali

Farg‘ona shahri

Quvasoy shahri

Farg‘ona shahri, Yangi zamon ko‘chasi, 61-uy

106.

2.

Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi

Farg‘ona tumani

Farg‘ona tumani, Quvonch ko‘chasi, 96-uy

107.

3.

Bog‘dod tumani tibbiyot birlashmasi

Rishton tumani

Bog‘dod tumani

Bog‘dod shaharchasi, Birdamlik ko‘chasi, 12-uy

108.

4.

So‘x tumani tibbiyot birlashmasi

So‘x tumani

So‘x tumani, Mustaqillik ko‘chasi

109.

5.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri 2-son narkologiya dispanseri

Qo‘qon shahri

Uchko‘prik tumani

Buvayda tumani

Qo‘qon shahri, Burchlik ko‘chasi, 5-uy

110.

6.

Dang‘ara tumani tibbiyot birlashmasi

Dang‘ara tumani

Dang‘ara tumani, Istiqlol ko‘chasi, 43-uy

111.

7.

O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasi

O‘zbekiston tumani

Furqat tumani

O‘zbekiston tumani, G‘alaba ko‘chasi, 45-uy

112.

8.

Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi

Beshariq tumani

Beshariq shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 76-uy

113.

9.

Marg‘ilon shahri tibbiyot birlashmasi

Marg‘ilon shahri

Qo‘shtepa tumani

Marg‘ilon shahri, Xiyobon ko‘chasi, 122-uy

114.

10.

Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasi

Yozyovon tumani

Yozyovon tumani, A. Navoiy ko‘chasi, 17-uy

115.

11.

Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi

Oltiariq tumani

Oltiariq tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 3-uy

116.

12.

Toshloq tumani tibbiyot birlashmasi

Toshloq tumani

Quva tumani

Toshloq shaharchasi, Navoiy ko‘chasi, 20-uy

117.

13.

Rishton tumani tibbiyot birlashmasi

Rishton tumani

Rishton tumani, A. Roshidoniy ko‘chasi, 107-uy

118.

14.

Quva tumani tibbiyot birlashmasi

Quva tumani

Quva tumani, Yetakchilar ko‘chasi, 352A-uy

119.

15.

Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi

Uchko‘prik tumani

Uchko‘prik tumani, Sog‘lom avlod ko‘chasi, 38-uy

Xorazm viloyati

120.

1.

RIRSIATM Xorazm viloyati hududiy filiali

Xiva shahri

Xiva tumani

Xiva tumani, Shomaxulum mahallasi

121.

2.

Urganch shahri tibbiyot birlashmasi

Urganch shahri

Urganch tumani

Urganch shahri, Yu. Babajanov ko‘chasi, 2/1-uy

122.

3.

Qo‘shko‘pir tumani tibbiyot birlashmasi

Qo‘shko‘pir tumani

Shovot tumani

Qo‘shko‘pir tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 69-uy

123.

4.

Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi

Yangibozor tumani

Gurlan tumani

Yangibozor tumani, X. Karimov ko‘chasi, 64-uy

124.

5.

Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasi

Hazorasp tumani

Tuproqqal’a tumani

Hazorasp tumani, G‘. G‘ulom ko‘chasi, 3-uy

125.

6.

Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi

Xonqa tumani

Yangiariq tumani

Xonqa tumani, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 70-uy

126.

7.

Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasi

Bog‘ot tumani

Bog‘ot tumani, Toshkent ko‘chasi, 2-uy

127.

8.

Urganch tumani tibbiyot birlashmasi

Urganch tumani

Urganch tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 12-uy

128.

9.

Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi

Tuproqqal’a tumani

Tuproqqal’a tumani, Xorazm ko‘chasi, 1A-uy

Toshkent shahri

129.

1.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

Toshkent shahri

Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 2-uy

130.

2.

4-sonli shahar klinik shifoxonasi

Toshkent shahri

Yashnobod tumani, Birlashgan ko‘chasi, 1-uy

131.

3.

7-sonli shahar klinik shifoxonasi

Toshkent shahri

Yunusobod tumani, G‘ayratiy ko‘chasi, 23-uy

132.

4.

Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi

Toshkent shahri

Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 40-uy

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan chiqariladigan rasmiy ogohlantirish shaklini hamda uni chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 7-fevraldagi 60-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 393-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-iyuldagi 399-son qarorining 2-bandi, 3-bandining “a” va “b” kichik bandlari hamda qarorga ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 4-noyabrdagi 644-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatida samarali boshqaruv tizimi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 5-sentabrdagi 448-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 3-oktabrdagi 524-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 5-apreldagi 190-son qarorining 2 va 3-bandlari hamda qarorga 1-ilova.
8. Vazirlar Mahkamasining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-noyabrdagi 801-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2025-yil 7-fevraldagi 67-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 09/25/754/1119-son)