Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.12.2025
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
BUYRUg‘I
MA’LUMOTLARNI UZATISH TARMOQLARIDA INTERNET-PROVAYDERLARNING TARMOQLARARO O‘ZARO HAMKORLIGINI TARTIBGA SOLISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 18-noyabrda 1423-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning, telekommunikatsiyalar operatorlarining, shu jumladan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari operatorlarining tarmoqlararo o‘zaro hamkorligini tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni asosida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlarining yagona tartibini belgilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo o‘zaro hamkorligini tartibga solish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan o‘n kun o‘tganidan keyin kuchga kirishi belgilansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-noyabr,
374-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 45-46-son, 480-modda; 2011-y., 10-11-son, 108-modda)