Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.06.2024
O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
BUYRUG‘I
“O‘ZSTANDART” AGENTLIGIDA STANDARTLASHTIRISH BO‘YICHA NORMATIV HUJJATLAR TOIFALARINI TAYYORLASH VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 11-noyabrda 1422-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 3-iyundagi 18-sonli ““O‘zstandart” agentligida standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1422-4, 11.06.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan buyuraman:
1. “O‘zstandart” agentligida standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqni bajarilishini nazorat qilish bosh direktor o‘rinbosari A.A. Abduvaliyevga yuklatilsin.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori R. BO‘RIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 8-noyabr,
362-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 45-46-son, 475-modda)