|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.02.2005
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON TOVAR IShLAB ChIQARUVChILAR VA TADBIRKORLAR PALATASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 59-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini tashkil etish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
1. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi boshqaruvining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 2, 2a-ilovalarga muvofiq va uning xodimlari cheklangan sonining 45 nafardan iborat boʻlishiga (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari);
hududiy va tuman (shahar) palatalarining namunaviy tuzilmalariga 3, 4-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasini boshqarishning yuqori organi sifatidagi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalarining vakolatli vakillari Syezdi majlislari orasidagi davrda Palata faoliyatiga rahbarlikni Palata Markaziy Kengashi, uning qarorlarini joriy bajarishni esa — Palata boshqaruvi amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Markaziy Kengashi tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalarining raislari, “Oʻztadbirkorbank” boshqaruvi raisi, kichik biznes korxonalarini xorijiy kredit liniyalari va budjetdan tashqari fondlar hisobiga kreditlashni amalga oshiruvchi boshqa tijorat banklari raislari, “Madad” sugʻurta agentligi, Respublika biznes-inkubatori rahbarlari, shuningdek tadbirkorlar orasida yuqori nufuzga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning Palata Syezdi tomonidan saylangan rahbarlari kiradilar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Kengashi tarkibiga Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman palatalari raislari, tijorat banklari viloyat boʻlinmalari hamda kichik biznes korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi sugʻurta tashkilotlarining rahbarlari, “Savdo”, “Maishiy xizmat”, “Mahalliy sanoat” hududiy birlashmalarining, shuningdek mintaqa boshqa tarmoqlari korxonalarining muassislar konferensiyasida saylanadigan rahbarlari kiradilar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻztadbirkorbank” boshqaruvi raisi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisining oʻrinbosari hisoblanadi, “Oʻztadbirkorbank” viloyat boʻlimlarining boshliqlari esa — Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatasi boshqaruvi raisining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
3. Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi moddiy-maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra vazirga, Palata raisining birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Kengashi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash fondini tugatish va u bajarayotgan funksiyalarni, mablagʻlar va mol-mulkni (ustav kapitalini koʻpaytirish uchun) Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ga berish hamda aksiyalarning tegishli miqdorini nominal qiymati boʻyicha Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga birkitib qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Biznes-fond ustaviga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi aʼzolari boʻlgan korxonalar faoliyatini tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Palata va uning hududiy tuzilmalari vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
7. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi materiallari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi maʼlumotlari yuborilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga “Oʻztadbirkorbankning 26 mln soʻm miqdoridagi aksiyalar paketini tekin bersin;
Toshkent shahar, Buxoro koʻchasi, 6-uydagi binoni unda Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining ijro etuvchi organlarini, u tomonidan taʼsis etilgan boshqa tashkilotlarni va Oʻzbekiston Ishbilarmon ayollar uyushmasini joylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi balansiga foydalanish uchun tekin bersin;
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan manzildagi tuzilmalarni joylashtirish uchun binolar berish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Palata, “Madad” sugʻurta agentligi hududiy tuzilmalarini joylashtirish, shuningdek kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va mahsulotlarning doimiy ishlovchi koʻrgazmalarini tashkil etishda Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga koʻmaklashsinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 125-son qarori 1-bandining 1-xatboshi, 2-bandining 1-xatboshi, 4-bandining 5-xatboshi, 5-bandining 2-xatboshi, 6-bandining 4-xatboshi, 7-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash fondi toʻgʻrisidagi nizomni va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini tasdiqlash haqida” 1996-yil 7-iyundagi 215-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-aprel,
166-son
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining
TAShKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Rahbariyat
Hududiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
Bozor infratuzilmalarini rivojlantirish boshqarmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻlimi
(2-ilovaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Marketing, axborot va reklama boshqarmasi
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularning monitoringi boshqarmasi
Biznes-rejalarni, texnik iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi
Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi
Moliya, hisob va hisobot boshqarmasi
Yuridik xizmat
Konsalting va audit boshqarmasi
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ijro etuvchi apparati
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar shahar, tuman palatasining
NAMUNAVIY TUZILMASI