Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.02.2011
“TASDIQLANDI”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
R. Azimov
2000-yil 18-sentabr
№ 102
“TASDIQLANDI”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi
B. Xoʻjayev
2000-yil 18-sentabr
№ 2000-119
BOZORLARDA SAVDO QILISh JOYI BERILGANLIGI VA KOʻRSATILGAN XIZMATLAR UChUN BIR MARTALIK YIGʻIM TOʻLANGANLIGI TOʻGʻRISIDAGI QATʼI HISOBDAGI PATTALARNI TAYYORLASh, IShLATISh VA HISOBINI YuRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Yoʻriqnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 21-sentabrda 971-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 27-dekabrdagi 108, 2010-52-sonli “Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga (roʻyxat raqami 2185, 27.01.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi “Bozorlar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
1.2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi 315-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bozorlarni tuzish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ular faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan bozorlarda bir martalik yigʻim toʻlanganligi uchun beriladigan pattalarni (bundan keyin — pattalar) tayyorlanishi davlat soliq inspeksiyasida qayd qilinishi, ishlatilishi va uning hisobini olib borishini belgilaydi.
1.3. Ushbu Yoʻriqnoma Nizomning 24 bandiga asosan savdo oʻrinlari 500 tadan kam boʻlgan bozorlarda, asosiy bozorlarning shoxobchalarida hamda uzoq tumanlardagi va aholi punktlaridagi bozorlarda nazorat kassa mashinasi oʻrnatilmasdan bir martalik yigʻim undiriladigan bozorlarga taalluqli.
II. Pattalarning tayyorlanishi
2.1. Pattalar maxsus himoyalangan qatʼiy hisobot blankalari sifatida tayyorlanadi va unda quyidagi majburiy rekvizitlar boʻlishi shart (1-ilova ):
seriyasi;
qatʼiy tartib raqami;
“Bir martalik yigʻim” soʻzlari yozilishi;
siyohda toʻldirilishi lozim boʻlgan va savdo qilinadigan mahsulotning nomi, yoki koʻrsatilgan xizmat turi va shuningdek, bir martalik yigʻimning soʻmdagi miqdori koʻrsatiladigan alohida joylar;
berilgan sana yozish uchun alohida joy.
2.2. Patta bilan uning koreshogi oraligʻidagi qirqish chizigʻi ustida (pattaning pastki qismida) bozorning dumaloq muhri bosilishi lozim.
Bir martalik yigʻim toʻlanganligi uchun nazoratchi tomonidan sotuvchiga patta berilganda qoʻyilgan muhrning yarmi pattada va yarmi koreshogda qolishi kerak.
2.3. Pattalar kvitansiya va koreshok holatda tayyorlanib, va kitobcha tarzida tikiladi. Har bir kitobchada 500 tadan patta boʻladi.
2.4. Pattalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bozorsavdo” uyushmalari tomonidan buyurtma tarzida tayyorlanadi va har bir bozorning ehtiyojiga qarab (oldindan berilgan buyurtmaga asosan) tarqatiladi.
2.5. Pattalarni tayyorlash jarayonida uning seriyasida har bir hududning indeks raqami 2-ilovaga muvofiq koʻrsatiladi.
2.6. Pattalarning tayyorlanishi toʻgʻrisida bosmaxonaga buyurtma berishdan bir oy oldin “Bozorsavdo” uyushmasi har bir bozorning oldindan bergan buyurtmasiga asosan pattaga boʻlgan ehtiyojni oʻrganib chiqadi.
Pattalarning savdo qilinadigan mahsulotning nomi va shuningdek, shu mahsulot bilan savdo qilinganligi uchun undiriladigan bir martalik yigʻimning soʻmdagi miqdori koʻrsatiladigan alohida joylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlangan bir martalik yigʻim stavkasiga asosan sotuvchiga beriladigan vaqtda siyohda toʻldiriladi.
III. Pattalarning hisobi
3.1. “Bozorsavdo” uyushmasi qaysi bozorga qanchalik patta berganligi toʻgʻrisida davlat soliq boshqarmasiga har oyda bir marotaba (keyingi oyning 3 sanasigacha) maʼlumot taqdim etadi. Maʼlumotda Pattalarning seriyasi, tartib raqami va soni koʻrsatiladi.
3.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bozorlari uchun “Bozorsavdo” uyushmasi tomonidan maxsus tayyorlangan pattalar tegishli hisob-fakturalari asosida bozorlar maʼmuriyati tomonidan belgilangan tartibda kassaga qabul qilinadi va tegishli balansdan tashqari schyotda seriyasi va qatʼiy tartib raqami asosida hisobga olinadi. Bozorsavdo uyushmasidan olingan qatʼiy hisobdagi pattalar bozorning kassasida seyfda (temir shkafda) saqlanadi.
3.3. Har bir bozorning “Bozorsavdo” uyushmasidan olgan pattalari shu hududdagi davlat soliq inspeksiyasining maxsus kitobida qayd qilinib roʻyxatga olinadi.
3.4. Pattalar nazoratchining talabnomasi asosida bozor maʼmuriyati rahbarining yozma topshirigʻiga binoan kassir tomonidan unga hisobot berish sharti bilan beriladi.
3.5. Nazoratchi sotuvchiga har bir savdo qilish joyi uchun alohida pattani, uning sotadigan mahsulot turiga qarab yozib beradi va shu pattada koʻrsatilgan bir martalik yigʻim summasini qabul qilib oladi.
Mol bozorlarida bir martalik yigʻim uy hayvonlarining turiga qarab har bir bosh uchun alohida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilangan stavkada undiriladi.
Sotuvchi, pattaning nazoratchiga qoladigan qismiga imzo qoʻyishi shart.
3.6. Nazoratchi patta tarqatishdan tushgan pul mablagʻini nazorat kassa apparati orqali (Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hollarda kirim kassa orderi asosida) har kuni kassaga topshiradi.
3.7. Foydalanilgan pattalarni hisobdan chiqarish uchun nazoratchi 3-ilovada keltirilgan shaklda hisobotni bozor buxgalteriyasiga har kuni topshiradi.
IV. Pattalardan foydalanishni nazorat qilish va foydalanishga yaroqsiz deb topilgan pattalarning hisobdan chiqarilishi
4.1. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari oʻz hududidagi bozorlarda amaldagi qonunchilikka muvofiq hujjatli tekshirishlar oʻtkazishi davomida pattalarning hisobi, ishlatilishi va saqlanishini inventarizatsiya qiladi.
4.2. Yangi pattalar amalga kiritilishi bilan eski pattalarning qoldigʻi haqida tuman (shahar) moliya boʻlimi, davlat soliq inspeksiyasi hamda bozor maʼmuriyati xodimlaridan iborat komissiya tuzilib qoldiq pattalarning seriyasi va tartib raqami koʻrsatilgan holda 4 nusxada dalolatnoma tuziladi va komissiya tomonidan qolgan pattalar amaldagi tartib asosida yoʻq qilinadi. Shuningdek, bu tartib foydalanishga yaroqsiz boʻlgan pattalarga ham qoʻllaniladi.
Tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasi “Bozorsavdo” uyushmasida, bir nusxasi bozor maʼmuriyatida, bir nusxasi davlat soliq inspeksiyasida, bir nusxasi moliya boʻlimida qoldiriladi.
V. Ushbu Tartibni buzganlik uchun javobgarlik
5.1. Ushbu Tartibni buzgan shaxslar amaldagi qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi.
1 ILOVA

Seriya OʻzTN — 10
‎000000 — sonli bir martalik yigʻim kvitansiyasining koreshogi
‎ ‎

‎2000-y.“___” ______da _________soʻm miqdorida bir martalik yigʻim olindi ‎______________________________
(sotilgan mahsulot turi)‎ ‎ ______________________________‎ ‎ (koʻrsatilgan xizmat turi)‎ ‎

____________________________‎M.Oʻ.‎ ‎ ‎

Seriya OʻzTN — 10

‎‎000000

‎‎BIR MARTALIK YIGʻIM _____________________savdosi uchun (mahsulot turi koʻrsatilsin)

“‎___” _______2000-y

‎‎NARXI______soʻm

‎‎Berilgan kunga haqiqiy
___________________________‎M.Oʻ.
‎ Boshqa kishiga berilishi mumkin emas.



‎Seriya OʻzTN—10
‎000000 — sonli bir martalik yigʻim kvitansiyasining koreshogi


‎‎‎2000-y. “_____” ______da __________soʻm miqdorida bir martalik yigʻim olindi

‎‎_______________________________
‎ (sotiladigan mahsulot turi)

‎‎_______________________________(koʻrsatilgan xizmat turi)

___________________________‎ M.Oʻ.

Seriya OʻzTN—10

‎‎000000
‎ ‎‎
‎‎BIR MARTALIK YIGʻIM _____________________savdosi uchun (mahsulot turi koʻrsatilsin)
‎“_____” _________________2000-y.

‎‎ NARXI‎_____________soʻm

‎‎Berilgan kuniga haqiqiy

‎‎M.Oʻ.___________________________

‎‎Boshqa kishiga berilishi mumkin emas. ‎
Tartibga 2-ILOVA
Bir martalik yigʻim toʻlanganligi uchun
berilgan chiptalarning seriyasi:
1. Toshkent shahri‎ — seriya UzTN-10‎
2. Toshkent viloyati‎ — seriya UzTSh-11‎
3. Sirdaryo viloyati‎ — seriya UzSR-12‎
4. Jizzax viloyati‎ — seriya UzJV-13‎
5. Samarqand viloyati‎ — seriya UzSM-14‎
6. Fargʻona viloyati‎ — seriya UzFV-15‎
7. Namangan viloyati‎ — seriya UzNM-16‎
8. Andijon viloyati‎ — seriya UzAV-17‎
9. Qashqadaryo viloyati‎ — seriya UzKV-18‎
10. Surxondaryo viloyati‎ — seriya UzSU-19‎
11. Buxoro viloyati‎ — seriya UzBV-20‎
12. Navoiy viloyati‎ — seriya UzNV-21‎
13. Xorazm viloyati‎ — seriya UzXV-22‎
14. Qoraqolpogʻiston Respublikasi‎ — seriya UzKK-23‎
3-ILOVA


‎‎‎_______________________dehqon (buyum) bozori nazoratchisi _____________ning 2000-yil ____________________________
‎kuni bozor kssasidan olingan, ishlatilgan, yigʻilgan bir
‎ martalik yigʻimi summasi va qoldiq pattalari
‎toʻgʻrisidagi kundalik
‎ HISOBOTI

‎‎‎‎1. Bozor kassasidan olingan pattalar:

Seriya

dan‎

gacha‎

Soni‎

‎‎‎
‎‎‎
Jami:‎‎‎
‎‎
‎2. Ishlatilgan pattalar va yigʻilgan yigʻimlar toʻgʻrisida‎‎‎‎

Seriya‎

dan‎ ‎

gacha‎ ‎

soni‎ ‎ ‎

Yigʻim summasi‎

Jami:‎

‎‎
‎3. Ish kuni yakuniga ishlatilmagan pattalar toʻgʻrisida
Seriya‎‎‎ dan‎ gacha‎ Soni‎
‎‎‎
‎‎‎
Jami:‎‎‎

‎‎‎4. Bozor kassasiga topshirilgan yigʻim summasi____________________________
‎___________________________________________________________________

‎‎(soʻz bilan yoziladi)

‎‎5. Kassaga topshirilgan kundalik yigʻim toʻgʻrisidagi nazorat kassa mashinasining cheki yoki kassa kirim orderi
‎___________________________________________________________________
‎‎6. Bozor kassasiga topshirilgan ishlatilmagan pattalar soni __________________
‎___________________________________________________________________

‎‎(soʻz bilan yoziladi)

‎‎‎7. Bozor kassasiga topshirilgan ishlatilgan pattalar koreshogi
‎___________________________________________________________________

‎‎(soʻz bilan yoziladi)

‎‎Hisobot tuzuvchi
‎‎___________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, sharifi) ‎‎

(imzo) ‎

‎‎Qabul qildim (bozor kassiri)
‎‎___________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, sharifi)

(imzo) ‎ ‎

‎‎Hisobotni tekshirdim (bosh hisobchi)
___________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, sharifi)

(imzo) ‎