1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga aviatsiya hodisalarini tekshirish jarayonini fuqaro aviatsiyasi xalqaro standartlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Aviatsiya hodisalarini tekshirish jarayonini takomillashtirish hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni Fuqaro aviatsiyasi xalqaro konvensiyasi standartlari va tavsiyalariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-noyabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalarigailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
aviatsiya hodisalarini tekshirish jarayonini fuqaro aviatsiyasi xalqaro standartlari va tavsiyalariga muvofiqlashtirish;
aviatsiya halokatlari va insidentlarini tekshirish tartibini takomillashtirish;
aviatsiya halokatlari va insidentlarini tekshirish boʻyicha Transport vazirligining vakolatlarini kengaytirish;
havo kemasi ekspluatatsiyasida tekshirilishi lozim boʻlgan insidentlar roʻyxatini takomillashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-oktabr,
628-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 628-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-noyabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“aviatsiya insidenti — aviatsiya halokati deb tasniflanmagan, xavfsiz ekspluatatsiyaga taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan havo kemasidan foydalanish jarayoni bilan bogʻliq har qanday hodisa. Aviatsiya insidentlari roʻyxati 1-ilovada keltirilgan”;
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Izoh 1. Aviatsiya halokati va jiddiy aviatsiya insidenti oʻrtasidagi farq faqat oqibatlaridadir.
Izoh 2. Jiddiy aviatsiya insidentlari roʻyxati 1-ilovada keltirilgan”;
qirqinchi xatboshidagi “aviatsiya halokati tekshiruvi vakolatli organi” soʻzlari “aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“havo kemasining parvozi toʻxtatilishi — dvigatellar (dvigatel) uchish uchun zarur boʻlgan rejimga oʻtkazilgandan soʻng, havo kemasi uchish-qoʻnish yoʻlagi boʻylab harakatlanayotgan paytdan boshlab ekipaj tomonidan toʻxtatilishi”.
2. 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Maksimal massasi 2250 kilogramm va undan kam boʻlgan havo kemalari (uchuvchisiz havo kemalariga ham taalluqli) bilan sodir boʻlgan aviatsiya insidentlari va jiddiy aviatsiya insidentlarini tekshirish aviatsiya korxonalari tomonidan parvozlar xavfsizligini boshqarish boʻyicha qoʻllanma doirasida amalga oshiriladi”.
“9. Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organga 1944-yildagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida konvensiyaning (keyingi oʻrinlarda — Konvensiya) 13-ilovasiga muvofiq tekshiruv oʻtkazishda mustaqillik hamda aviatsiya halokati va insidentini tekshirish doirasida cheklanmagan vakolat beriladi.
Tekshiruv quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) aviatsiya halokati yoki insidenti toʻgʻrisidagi barcha tegishli maʼlumotlarni toʻplash, qayd etish va tahlil qilish;
b) aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish bilan bogʻliq baʼzi yozuvlarni himoya qilish;
s) zarur hollarda, parvozlar xavfsizligi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
d) imkon boʻlsa, sabablarni va/yoki taʼsir etuvchi omillarni aniqlash;
e) yakuniy hisobot tuzish.
Aviatsiya hodisasi sodir boʻlgan joyga borish imkoni mavjud boʻlganda hodisa sodir boʻlgan joyga tashrif buyurish, havo kemasini (havo kemasi parchalarini) koʻzdan kechirish va guvohlar bilan soʻrovnoma oʻtkazish lozim. Parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida aviatsiya hodisasi tekshiruvidan olinishi kutilayotgan saboqlarga asoslanib, tekshiruv koʻlami va uni oʻtkazish tartibi aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Aviatsiya halokatlari va insidentlari tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida komissiyaga barcha ashyoviy dalillar kechiktirilmasdan taqdim etiladi va ularning toʻliq nazorati beriladi. Boshqa turdagi tekshiruv va muhokamalar tekshiruv komissiyasi ishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
Aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish tartibi va koʻlami ushbu Qoidalar talablari bilan belgilanib, kelgusida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish choralarini koʻrish maqsadida yuzaga kelgan hodisaning sabablarini, bunga olib keluvchi va bogʻliq boʻlgan omillarni aniqlash ishlarini nazarda tutadi.
Aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish boʻyicha yordamchi yoʻriqnomalar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — IKAO) Aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish boʻyicha qoʻllanmasida (Doc 9756) koʻrsatilgan.
Aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish natijalari boʻyicha hisobotlar davlat tilida yoki Konvensiyaning 13-ilovasida koʻrsatilgan 6 ta tildan (rus, ingliz, arab, ispan, xitoy, fransuz) birida tuzilishi mumkin”.
5. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Aviatsiya hodisasining tasnifi va har bir aniq holat boʻyicha tekshiruv oʻtkazish zarurati aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ tomonidan belgilanadi”.
“16. Aviatsiya halokati toʻgʻrisida xabar topgan shaxslar zudlik bilan bu haqda aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ, mahalliy hokimiyat organlari yoki fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga eng qulay va tezkor aloqa vositalaridan foydalangan holda maʼlum qilishi kerak”.
“17. Aerodrom dispetcherlik punktlari, tashkilotlarning ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishni boshqarishning yagona tizimi bosh va tuman markazlari, aeroportlarning ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati dispetcherlari, aeroportlarning operatsion boshqarish markazi, aviakompaniyaning parvozlarni boshqarish markazi fuqaro havo kemasi bilan sodir boʻlgan aviatsiya halokati toʻgʻrisida maʼlumot olgandan soʻng, dastlabki xabarlarni aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Transport prokuraturasi, havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari organlari manzillariga eng qulay va tezkor aloqa vositalaridan foydalangan holda yuboradi”.
“18. Aviatsiya halokati toʻgʻrisida dastlabki xabarni olgandan soʻng aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ zudlik bilan Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi Parvozlar xavfsizligi boshqarmasi, Transport prokuraturasi va Aviaxodimlar kasaba uyushmasi markaziy qoʻmitasiga eng qulay va tezkor aloqa vositalaridan foydalangan holda xabar beradi.
Tekshiruv davomida noqonuniy aralashuv harakati sodir etilgani maʼlum boʻlsa yoki gumon qilinsa, bunday maʼlumot aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ tomonidan zudlik bilan manfaatdor davlat(lar)ning aviatsiya xavfsizligi organlariga yetkaziladi”.
“21. Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ aviatsiya halokati toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotni olganda eng qulay va tezkor aloqa vositalaridan foydalangan holda qisqa muddatda:”;
“Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ xabarnomada batafsil koʻrsatilmagan va mazkur hodisa bilan bogʻliq maʼlum boʻlgan boshqa maʼlumotlarni imkoniyat paydo boʻlishi bilan yuboradi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Telefon, faks, elektron pochta yoki statsionar aviatsiya telekommunikatsiya tarmogʻi (AFTN) koʻp hollarda “eng qulay va tezkor aloqa vositasi” hisoblanadi. Bir nechta aloqa vositalaridan foydalanish mumkin”.
“30. Maksimal massasi 2250 kilogrammdan ortiq boʻlgan havo kemasi bilan sodir boʻlgan aviatsiya halokati tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat havo kemasini roʻyxatga olgan, ekspluatatsiya qilayotgan, loyihalashtirgan yoki ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan davlatdan tekshiruvda ishtirok etishni alohida soʻraganda, aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ oʻzining vakolatli vakilini tayinlaydi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Havo kemasini loyihalashtirgan, ishlab chiqargan, roʻyxatga olgan davlat va havo kemasi ekspluatantining davlati aviatsiya halokati tekshiruvida ishtirok etish uchun vakilini tayinlash huquqiga ega”;
“tekshiruvning olib borilishi boʻyicha yigʻilishlarda, shu jumladan, maʼlumotlarni tahlil qilish, xulosalar, sabablar, omillar va xavfsizlik boʻyicha tavsiyalarni shakllantirish bilan bogʻliq yigʻilishlarda ishtirok etish”.
12. 41-bandning uchinchi xatboshisi “davlatning” soʻzidan keyin “(davlatlarning) aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
13. 51-band “zarur boʻlgan vaqtga” soʻzlaridan keyin “kundalik vazifalaridan ozod qilib,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
14. 84-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tekshiruv boʻyicha” soʻzlari “aviatsiya hodisalarini tekshiruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“85. Maqsadga muvofiq boʻlsa, Transport vazirligi oʻtkazilgan tekshiruvlar asosida ishlab chiqilgan parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha har qanday tavsiyalarni, boshqa tegishli davlatning (davlatlarning) aviatsiya hodisalarini tekshiruvchi vakolatli organlariga, IKAO hujjatlariga taalluqli boʻlsa, IKAOga sanasi koʻrsatilgan kuzatuv xati bilan yuboradi”.
“105. Yakuniy hisobot ilovalarsiz (Yakuniy hisobotga ilova qilinadigan materiallarsiz) quyidagilarga yuboriladi:
roʻyxatga olgan davlatga;
ekspluatatsiya qiluvchi davlatga;
loyihalashtirgan davlatga;
ishlab chiqargan davlatga;
IKAOga (aviatsiya halokati maksimal massasi 5700 kilogrammdan ortiq boʻlgan havo kemasi bilan sodir boʻlgan boʻlsa);
fuqarolari vafot etgan yoki ogʻir tan jarohati olgan har qanday davlatga;
tegishli maʼlumotlar, tekshiruv uchun zarur boʻlgan asosiy uskunalar, shu jumladan, bort yozuv uskunalarining parvoz maʼlumotlarini oʻqish uchun tegishli vositalar yoki ekspertlarni taqdim etgan har qanday davlatga;
aviatsiya halokati tekshiruvida ishtirok etgan har qanday davlatga”.
“115. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya halokati yoki jiddiy aviatsiya insidenti joyi qaysi davlat hududiga tegishliligini aniqlash imkoni boʻlmasa, Konvensiyaga 13-ilovaga va mazkur Qoidalarga muvofiq tekshiruvni aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ tayinlaydi va oʻtkazadi.
Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ oʻzaro kelishuv asosida tekshiruv vakolatini toʻliq yoki qisman boshqa davlatga yoki mintaqaviy davlatlararo aviatsiya halokati va insidentlarini tekshiruvchi tashkilotga topshirishi mumkin”.
“116. Aviatsiya halokati yoki insidenti tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat murojaatiga koʻra aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ ushbu davlatga oʻzida mavjud boʻlgan tekshiruvga tegishli barcha maʼlumotlarni, shu jumladan, faoliyati havo kemasining ekspluatatsiyasiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tashkilotlar haqida maʼlumotni taqdim etadi.
Aviatsiya halokatiga yoki jiddiy aviatsiya insidentiga uchragan havo kemasi hodisa sodir boʻlgan davlatdan boshqa davlatga qoʻnganda, aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ aviatsiya halokati tekshiruvini olib borayotgan davlat murojaatiga koʻra bort yozuv uskunalari maʼlumotlarini va zarur boʻlsa, tegishli bort yozuv uskunalarini taqdim etadi”.
“117. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida xorijiy davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemasi bilan sodir boʻlgan aviatsiya halokatini tekshirish jarayonida halok boʻlganlar yoki jiddiy tan jarohati olganlar orasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari borligi aniqlansa, aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ tekshiruvda ishtirok etish uchun tegishli ekspertni (ekspertlarni) tayinlashi mumkin”.
ikkinchi xatboshidagi “qilingan” soʻzi “uchun tayyorlanayotgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ tekshiruvni amalga oshirayotgan davlatning rasmiy roziligisiz aviatsiya halokati yoki insidentini tekshirish jarayonida olingan hisobot loyihasini yoki uning har qanday qismini yoki boshqa hujjatlarni tarqatmaydi, nashr etmaydi yoki ulardan foydalanishga ruxsat bermaydi (tekshiruvni amalga oshirayotgan davlat tomonidan avval eʼlon qilingan yoki ommaga nashr qilingan hisobotlar yoki hujjatlar bundan mustasno)”.
“119. Aviatsiya hodisasi tekshiruvini oʻtkazayotgan vakolatli organ aviatsiya halokati yoki insidentlarini tekshirish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun quyidagi maʼlumotlarni taqdim etmasligi lozim:
a) bort tovush yozuvchi uskunalarning yozuvlari va bortdagi vizual vaziyatni yozish moslamalarining yozuvlari va har qanday bunday yozuvlarning tahlili;
b) aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organning nazorati yoki himoyasi ostidagi yozuvlar, masalan:
1) tekshirish jarayonida barcha shaxslardan tekshiruvni oʻtkazayotgan vakolatli organ tomonidan olingan koʻrsatmalar;
2) havo kemasi ekspluatatsiyasiga aloqasi boʻlgan shaxslar oʻrtasidagi har qanday yozishmalar;
3) aviatsiya halokati yoki insidentida ishtirok etgan shaxslarga doir tibbiy yoki maxfiy maʼlumotlar;
4) havodagi harakatni boshqarish organlarining yozuvlari va sharhlari;
5) aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ hamda vakolatli vakillar tomonidan aviatsiya halokati va insidentiga oid maʼlumotlarni, shu jumladan, parvoz maʼlumotlarini tahlil qilish paytida bildirilgan maʼlumotlar va ular haqidagi fikrlar tahlili;
6) aviatsiya halokati yoki insidenti tekshiruvining yakuniy hisoboti loyihasi.
Davlat tomonidan tayinlangan vakolatli organ (aviatsiya halokati yuzasidan dastlabki tergov oʻtkazayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organ) tomonidan milliy qonunchilikka muvofiq manfaatlar toʻqnashuvi tamoyiliga rioya qilgan holda yuqoridagi maʼlumotlarni oshkor qilish yoki ulardan foydalanish ushbu yoki kelajakdagi har qanday tekshiruvga taʼsir qilishi ehtimoli boʻlgan hamda ichki va xalqaro salbiy oqibatlardan ustuvorligi belgilangan holatlar bundan mustasno.
Yuqoridagi maʼlumotlar aviatsiya halokati yoki insidentining tahliliga tegishli boʻlgan holdagina Yakuniy hisobotga yoki unga ilovalarga kiritiladi. Bort tovush yozuvchi uskunalari maʼlumotlarining bunday tahlillarga tegishli boʻlmagan qismlari ommaga taqdim qilinmaydi”.
“121. Bort tovush yozuvchi uskunalarining ovozli maʼlumotlaridan, shuningdek, bortdagi vizual vaziyatni yozish moslamalarining videoyozuvlari yoki tovush yozuvlaridan aviatsiya halokati (insidenti) tekshiruviga taalluqli boʻlmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi va ular ommaga taqdim qilinmaydi”.
24. 135-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tekshiruv sohasiga doir” soʻzlari “(davlatlarning) aviatsiya hodisalarini tekshiruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“147. Aviatsiya halokatiga taalluqli yangi muhim maʼlumotlar aniqlangan (yoki taqdim etilgan) hollarda aviatsiya halokatining yakunlangan tekshiruvi takroran boshlanishi kerak.
Tekshiruv oʻtkazgan davlat bunday tekshiruvni tayinlamagan boʻlsa, u avval tekshiruvni tayinlagan davlatning roziligini oladi.
Izoh.Rasmiy qidiruv toʻxtatilganidan soʻng bedarak yoʻqolgan deb topilgan havo kemasi keyinchalik topilgan taqdirda, tekshiruvni qayta boshlash masalasi koʻrib chiqilishi mumkin”.
26. 148-banddagi “tekshiruv komissiyasining natijalari notoʻgʻriligi koʻrsatilgan yangi dalillar” soʻzlari “yangi muhim dalillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“168. Aviatsiya insidenti toʻgʻrisida xabardor boʻlgan shaxslar, aerodrom dispetcherlik punktlari, tashkilotning ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishni boshqarishning Yagona tizimi bosh va tuman markazlari, aeroportlarning ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati dispetcherlari, aeroportlarning operatsion boshqarish markazi, aviakompaniyalarning parvozlarini boshqarish markazi fuqaro havo kemasida sodir boʻlgan aviatsiya insidenti toʻgʻrisida maʼlumot olgandan soʻng dastlabki xabarlarni darhol aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organga hamda havo kemalari harakatiga tegishli xabarlarni tuzish va uzatish boʻyicha koʻrsatmaga muvofiq eng qulay va tezkor aloqa vositalaridan foydalangan holda tegishli manzillarga yuboradi.
Shuningdek, xabar aviatsiya halokati sodir boʻlgan tuman yoki hududdagi fuqaro aviatsiyasi tashkiloti rahbariga va havo kemasi egasiga (ekspluatantiga) ham yuboriladi.
Parvozlar xavfsizligiga doir alohida vaziyatlar yuzaga kelganda havo kemasi ekipajlari, havodagi harakatni boshqarish xizmati mutaxassislari, havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash mutaxassislari, fuqaro aviatsiyasi taʼlim muassasalari va markazlari mutaxassislari, aerodrom (vertodrom) xizmat koʻrsatish mutaxassislari mazkur Qoidalarga 15 — 21-ilovalarga muvofiq majburiy bildirishnomalar va xabarnoma shakllarini toʻldirishi shart.
Toʻldirilgan shakl zudlik bilan aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organga yuborilishi shart.
Izoh. Telefon, faks, elektron pochta yoki statsionar aviatsiya telekommunikatsiya tarmogʻi (AFTN) koʻp hollarda “eng qulay va tezkor aloqa vositasi” hisoblanadi. Bir nechta aloqa vositalaridan foydalanish mumkin”.
“172. Hodisa sodir boʻlgan joy davlati Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasi bilan sodir boʻlgan aviatsiya insidenti yoki jiddiy aviatsiya insidenti haqidagi axborotga ega boʻlmasa, aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ bunday insident toʻgʻrisida quyidagi manzillarga qisqa muddatda eng qulay va tezkor aloqa vositalaridan foydalangan holda xabarnoma yuboradi:”.
33. 174-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ jiddiy aviatsiya insidenti tekshiruvi tayinlaganda qisqa muddatda eng qulay va tezkor aloqa vositalaridan foydalangan holda xabarnoma yuboradi:
havo kemasi ekspluatanti davlatiga;
havo kemasini loyihalashtirgan davlatga;
havo kemasini ishlab chiqargan davlatga;
havo kemasining maksimal massasi 2250 kilogrammdan ortiq boʻlsa yoxud havo kemasi turboreaktiv havo kemasi hisoblansa, IKAOga.
Xabarnomada imkon qadar Konvensiyaga 13-ilovada nazarda tutilgan va ushbu Qoidalarning 20-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
Xabarnoma sodda tilda bayon etiladi va mavjud boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Toʻliq maʼlumot yoʻqligi xabarnoma yuborilishini kechiktirishga sabab boʻlmasligi kerak.
Uzoq muddat talab etilmasa, xabarnoma uni qabul qiluvchilar tomonidan foydalaniladigan tilni hisobga olgan holda IKAO ishchi tillaridan birida tuziladi.
Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ xabarnomada batafsil koʻrsatilmagan va sodir boʻlgan hodisa bilan bogʻliq maʼlum boʻlgan boshqa maʼlumotlarni imkoniyat paydo boʻlishi bilan yuboradi.
Izoh.Telefon, faks, elektron pochta yoki statsionar aviatsiya telekommunikatsiya tarmogʻi (AFTN) koʻp hollarda “eng qulay va tezkor aloqa vositasi” hisoblanadi. Bir nechta aloqa vositalaridan foydalanish mumkin”.
“175. Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya insidentlari va jiddiy aviatsiya insidentlarining tekshiruvi aviatsiya halokati va insidentlarini tekshiruvchi vakolatli organ tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Tekshiruv zarur hollarda ekspluatantning parvozlar xavfsizligi boʻyicha inspeksiyasi bilan hamkorlikda yoki fuqaro aviatsiyasi tashkiloti bilan birgalikda, kerakli hollarda mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda manfaatdor tashkilotlar, idoralar va davlatlar vakillari ishtirokida tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Barcha hollarda aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ aviatsiya insidentlari va jiddiy aviatsiya insidentlarini tekshirish uchun komissiya tuzilishi va tayinlanishini nazorat qiladi.
176. Aviatsiya insidentini tekshirish komissiyasi va komissiya raisi transport vaziri (fuqaro aviatsiyasi tashkiloti rahbari) buyrugʻi yoki doimiy komissiya bayonnomasi bilan tayinlanadi.
Doimiy komissiya transport vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Aviatsiya insidenti toʻgʻrisidagi dastlabki habarnoma yoki transport vazirining koʻrsatmasi tekshirish komissiyasini tuzish va buyruq (doimiy komissiya bayonnomasi) chiqarish uchun asos hisoblanadi.
Tekshiruv komissiyasi tuzilgandan soʻng darhol ishni boshlaydi.
Aviatsiya insidentlari va jiddiy aviatsiya insidentlarini tekshirish qisman yoki toʻliq ravishda boshqa davlat yoki aviatsiya halokatlari va insidentlarini tekshirish boʻyicha mintaqaviy tashkilotga, oʻzaro kelishuvga koʻra va rozilik bilan topshirilishi mumkin. Bunday holatda aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ ushbu tekshiruvni oʻtkazishda yordam koʻrsatadi”.
“192. Davlatlar vakillari va ularning maslahatchilari ishtirok etish darajasi Konvensiyaga 13-ilovaga binoan belgilanadi va ularga komissiya raisi nazorati ostida aviatsiya halokati va insidentlarini tekshiruvchi vakolatli organ rahbari bilan kelishilgan holda quyidagi huquqlar beriladi:
aviatsiya insidenti sodir boʻlgan joyga tashrif buyurish;
havo kemasini koʻzdan kechirish;
guvohlar koʻrsatgan maʼlumotni olish va soʻrov oʻtkazishda mavzularni taklif etish;
ishga taalluqli boʻlgan barcha ashyoviy dalillardan toʻliq va tezkor foydalanish huquqiga ega boʻlish;
ishga taalluqli boʻlgan barcha hujjatlardan nusxa olish;
parvoz maʼlumotlarini tahlil qilishda ishtirok etish;
tekshiruv maqsadida agregatlarni koʻzdan kechirish va tadqiqotlar oʻtkazish, texnik maslahatlar berish, sinash va modellashtirish kabi tekshiruv tadbirlarida aviatsiya insidenti sodir boʻlgan joydan tashqarida ishtirok etish;
tekshiruvning olib borilishi boʻyicha yigʻilishlarda, shu jumladan, maʼlumotlarni tahlil qilish, xulosalar, sabablar, omillar va xavfsizlik boʻyicha tavsiyalarni shakllantirish bilan bogʻliq yigʻilishlarda ishtirok etish;
tekshiruvning turli jihatlari boʻyicha bayonotlar berish”.
“231. Xabarnomani olgandan soʻng aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ aviatsiya insidenti haqida xabarnoma olganligini tasdiqlaydi va imkon qadar zudlik bilan uchuvchilar ekipaji va havo kemasi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday mavjud maʼlumotlarning taqdim etilishini taʼminlaydi. Shuningdek, aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ vakil tayinlashni nazarda tutayotganligi yoki tutmayotganligi haqida hodisa joyi davlatiga maʼlum qiladi va bunday vakil tayinlangan boʻlsa, uning ismi, familiyasi va bogʻlanish uchun batafsil maʼlumotlarni hamda vakilning hodisa sodir boʻlgan davlatga yetib borishi kutilayotgan sana va vaqti haqida xabar beradi”.
38. 241-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tekshiruv sohasidagi” soʻzlari “(davlatlarning) aviatsiya hodisalarini tekshiruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. 255-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tekshiruv boʻyicha vakolatli organ” soʻzlari “ushbu davlatning (davlatlarning) aviatsiya hodisalarini tekshiruvchi vakolatli organi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. 256-banddagi “vakolatli tekshiruv organidan parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar olgan taqdirda, yoʻllov” soʻzlari “(davlatlarning) aviatsiya hodisalarini tekshiruvchi vakolatli organidan parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar olgan taqdirda, kuzatuv” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“266. Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir boʻlgan xavfli yuklar bilan bogʻliq aviatsiya hodisalari toʻgʻrisida dastlabki xabarnomani olgach, darhol ushbu Qoidalarning 2-bobida koʻrsatilgan manzillarga va xavfli yuklar joʻnatuvchi davlatiga aviatsiya hodisalari haqida xabarnomani eng qulay va tezkor aloqa vositalaridan foydalangan holda yuboradi”.
42. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo kemasi ekspluatatsiyasida tekshirilishilozim boʻlgan insidentlar
ROʻYXATI
I. Jiddiy aviatsiya insidentlari
Quyida keltirilgan hodisalar jiddiy aviatsiya insidenti sifatida tasniflanishi mumkin boʻlgan misollar hisoblanadi. Biroq bu roʻyxat toʻliq emas va vaziyatga qarab, hodisaning ehtimoliy ssenariy boʻyicha rivojlanishiga toʻsqinlik qiladigan samarali himoya mexanizmlari saqlanib qolgan boʻlsa, roʻyxatda keltirilgan elementlar “jiddiy aviatsiya insidenti” toifasiga kirmasligi mumkin.
1. Toʻqnashuv yoki xavfli vaziyatning oldini olish yoki qochish uchun manyovr bajarishni talab etadigan yoki havo kemasini chetga olish harakatlari bajarilishi maqsadga muvofiq boʻlgan havo kemalarining parvozda xavfli yaqinlashuvi.
2. Aviatsiya halokati deb tasniflanmagan havo kemalarining havodagi toʻqnashuvlari.
3. Texnik jihatdan yaroqli havo kemasining yer bilan toʻqnashuvi bartaraf qilingan vaziyat.
4. Yopilgan yoki band boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagidan, yerda harakatlanish yoʻlagidan (vertolyotlarning yerda harakatlanish yoʻlagidan parvoz qilishiga ruxsat berilishi bundan mustasno) yoki belgilanmagan uchish-qoʻnish yoʻlagidan uchib chiqishga urinish yoki uchib chiqish.
5. Qulflangan rullar bilan parvoz qilish.
6. Yopilgan yoki band boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagiga, yerda harakatlanish yoʻlagiga (vertolyotlarning yerda harakatlanish yoʻlagidan parvoz qilishiga ruxsat berilishi bundan mustasno), belgilanmagan uchish-qoʻnish yoʻlagiga yoki avtomobil yoʻllari kabi majburiy qoʻnish joyiga qoʻnish yoki qoʻnishga urinish.
7. Uchish-qoʻnish yoʻlagidan (qoʻnish maydoni, yetmasdan qoʻnish) tashqarida qoʻnish, koʻtarilish yoki qoʻnishda uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketish.
8. Aviatsiya halokati deb tasniflanmagan shassi tayanchlarining yigʻishtirilishi yoki yigʻishtirilgan shassi bilan qoʻnish.
9. Uchish yoki qoʻnish vaqtida havo kemasi qanotining cheti, dvigatel gandolasi yoki boshqa har qanday qismi bilan yerga tegishi, agar bu hodisa aviatsiya halokati sifatida tasniflanmagan boʻlsa.
10. Ekipaj, yoʻlovchi kabinalarida, yuk boʻlimlarida yongʻinlar va/yoki tutun paydo boʻlishi holatlari yoxud dvigatelda yongʻin chiqishi, ushbu yongʻinlar oʻt oʻchiruvchi vositalar bilan oʻchirilgan boʻlsa ham.
11. Parvoz ekipaji aʼzolari tomonidan avariya holatida ishlatiladigan kisloroddan foydalanish talab etilgan vaziyatlar.
12. Havo kemasi konstruksiyasining ishdan chiqishi yoki dvigatelning ishdan chiqish holatlari, shu jumladan, aviatsiya halokatlari deb tasniflanmagan gaz turbinali dvigatellarning ishdan chiqishi bartaraf etilmagan nosozliklar.
13. Havo kemasining ishlashiga jiddiy taʼsir qiladigan bir yoki bir nechta tizimlarning bir necha bor ishdan chiqishi.
14. Havo kemasini boshqarishda qiyinchiliklar yaratgan yoki yaratishi mumkin boʻlgan tizim buzilishlari (shu jumladan, kuch yoki quvvat yoʻqolishi).
15. Parvozni boshqarish va navigatsiya uchun majburiy boʻlgan zaxira tizimidagi bittadan ortiq tizimning buzilishi.
16. Uchuvchidan avariya holati eʼlon qilinishini talab etadigan yoqilgʻi miqdori yoki uning taqsimlanishi bilan bogʻliq boʻlgan yoqilgʻi miqdori yetarli emasligi, yoqilgʻi toʻliq sarflanganligi, yoqilgʻi yetarli darajada yetkazib berilmayotganligi yoki bortda mavjud yoqilgʻidan toʻliq foydalanish imkoniyati mavjud emasligi kabi vaziyatlar.
17. Havo kemasini boshqarishda qiyinchiliklar yaratadigan yoki yaratishi mumkin boʻlgan xavfli ob-havo sharoitlari zonasiga havo kemasining kirib qolishi. Havo kemasi doʻl bilan shikastlangan hollar.
18. Tashqi podveskada yoki havo kemasining tashqarisida olib kelinayotgan yukning bilmagan holda yoki favqulodda chora sifatida bilgan holda tushirilishi.
19. Parvozning toʻxtatilishiga, havo kemasining ikkinchi aylanaga ketishiga va shunga oʻxshash holatlarga olib keluvchi transport vositasi yoki havo kemasining ruxsatsiz uchish-qoʻnish yoʻlagiga chiqishi.
20. Parvozda ekipaj aʼzolarining ish qobiliyatini yoʻqotishi (bir pilotli (shu jumladan, tashqi uchuvchi (operator)) va ikki kishilik ekipaj bilan havo kemalari parvozlari uchun).
II. Aviatsiya insidentlari
21. Planerga tegishli kuchlanmagan elementlarning kabina germetizatsiyasi buzilishi yoki qismlarning ajralishi bilan bogʻliq holda parvozda buzilishi yoki shikastlanishi.
22. Aerodinamik boshqaruv yuzalari (qanotning orqa qismi (zakrilka), qanotning old qismi (predkrilka) va koʻtarilish kuchini koʻpaytiruvchi boshqa qurilmalar, qanot chetlari (zakonsovok krila) va boshqalar), pilon va dvigatellarning birikish joylari uzilishi yoki buzilishi.
23. Planerning kuchlangan elementlarida, kuchlangan oynalarda yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan yorilishlarning paydo boʻlishi.
24. Planer konstruksiyasining boshqa elementlarini ahamiyatli darajada shikastlanishiga olib kelmagan obtekatellar, kapotlar, zinalar, lyuklar, eshiklarning parvozda ochilishi yoki uzilib ketishi.
25. Havo vinti parraklarining buzilishi, ularning taʼmir uchun koʻrsatilgan meʼyordan ortiq shikastlanishi, havo vinti vtulkasi obtekatelining yoki isitish qoplamasining uzilib ketishi (havo vintli kemalar uchun).
26. Koʻtaruvchi yoki rul vintlari elementlarining, koʻtaruvchi yoki rul vinti vtulkalarining buzilishi yoki taʼmir uchun koʻrsatilgan meʼyordan ortiq shikastlanishi (vertolyotlar uchun).
27. Dvigatelning nosozligi, oʻz-oʻzidan yoki xatolik bilan oʻchirilishi yoki parvoz vaqtida kerakli tartib-qoidalarga muvofiq ekipaj tomonidan oʻchirilishi. Dvigatelning parvozda ishga tushmasligi (oʻt olmasligi).
28. Parvozda planer konstruksiyasining boshqa elementlariga jiddiy zarar yetkazilmagan holda dvigatelning buzilishi.
29. Transmissiyalarning buzilishi yoki uzilib ketishi. Ventilyator qurilmasining buzilishi, reduktorning buzilishi, uning xavfli rejimda ishlayotganligini bildiruvchi signalizatsiyaning ishlab ketishi (vertolyotlar uchun).
30. Parvozda oʻz-oʻzidan yoki bexosdan reversning (orqaga tortish) ishlab ketishi yoki ishlamay qolishi. Havo vintining mustahkamlangan holatidan boʻshamasligi oqibatida parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi cheklovlari buzilishi yoki (va) parvoz rejasining oʻzgarishiga sabab boʻlishi.
31. Bir yoki undan koʻp shassi tayanchining chiqmasligi. Parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi cheklovlarining buzilishi yoki (va) parvoz rejasining oʻzgarishiga olib kelgan parvozda oʻz-oʻzidan yoki xatolik bilan shassining chiqishi yoki yigʻishtirilishi, shassi stvorkalarining yopilmasligi yoki oʻz-oʻzidan parvoz davomida ochilishi.
32. Planer yoki dvigatel konstruksiyasi elementlari shikastlanishiga olib kelgan aviashinalarning yorilishi.
34. Stabilizatorning burilmay qolishi, oʻz-oʻzidan yoki notoʻgʻri burilishi.
35. Parvoz rejasi oʻzgarishiga olib keluvchi, elektr taʼminoti tizimlaridagi elektr toki yetkazib berish xususiyatlarining yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan darajada buzilishi.
36. Parvoz rejasi oʻzgarishiga olib kelgan gidrotizimning nosozligi.
37. Parvoz rejasi oʻzgarishiga olib kelgan germokabinada bosimni boshqarish tizimining nosozligi.
38. Parvoz rejasi oʻzgarishiga olib kelgan parvozda yoqilgʻi oqishi.
39. Havo kemasining qayta qoʻnishni amalga oshirish uchun zarur boʻlganidan kamroq yoqilgʻi bilan qoʻnishi.
40. Fazoviy yoʻnalishning yoʻqotilishi.
41. Uskunalar boʻyicha parvozga ruxsat berilgan havo kemalarida bort pilotaj-navigatsiya uskunalaridan foydalangan holda parvozning joriy joylashuvini yoki yoʻnalishini aniqlash imkoniyati yoʻqligi.
42. Havo kemasining parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasida izohlangan cheklovlardan chiqishi.
43. Parvozni boshlashda tezlikni oshirish vaqtida yoki balandlikka koʻtarilishning dastlabki bosqichida talab etilgan xarakteristikalarga erishishning mumkin emasligi.
44. Parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi talablariga tegishli boʻlmagan konfiguratsiyada havo kemasining uchib chiqishi, parvoz qilishi, qoʻnishga kirishi yoki qoʻnishga harakat qilishi.
45. Muzlash sharoitlarida parvozlarga ruxsat berilishida cheklovlarga ega boʻlgan havo kemalarida, muzlashga qarshi tizim ishlamay qolgan yoki yoqilmagan havo kemalarida muzlash sharoitlarida parvoz amalga oshirilishi. Muz bilan qoplangan havo kemasi parvozga chiqarib yuborilishi.
46. Havo kemasining qushlar bilan toʻqnashuvi, jiddiy aviatsiya insidenti yoki aviatsiya hodisasiga olib kelganda. Qushlar bilan toʻqnashuvlarning boshqa holatlarida konstruksiya elementlari ruxsat etilmagan oʻlchamda shikastlanganda ekspluatant tomonidan toʻqnashuvga olib kelgan omillar boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
47. Yerdagi (odamlar, hayvonlar yoki uchish-qoʻnish yoʻlagi, yoʻlaklar, perrondagi transport vositalari; yerdagi toʻsiqlar) obyektlar bilan toʻqnashish yoki toʻqnashish tahdidi.
48. Havo kemasining majburiy qoʻnishi, rejalashtirilmagan (moʻljallanmagan) aerodromga (qoʻnish maydoniga) qoʻnishi. Havoda tanlab olingan, oʻrnatilgan talablarga javob bermaydigan maydonga qoʻnishni amalga oshirish.
49. Havo kemasi parvozini taʼminlashda, radioaloqaning, oriyentirovkaning yoʻqolishiga yoki oʻrnatilgandan past minimumda qoʻnish shartligiga olib keluvchi, yerdagi radioyoritishtexnik jihozlarning ishdan chiqishi.
50. Ekipaj aʼzolari yoki yoʻlovchilarning toksik moddalar, radiatsiya va boshqa zararli omillar taʼsiri oqibatida kasalxonaga yotqizilishi.
51. Besh daqiqadan koʻproq vaqt davomida parvozda radioaloqa yoʻqolishi.
52. Xavfsiz parvoz balandligining buzilishi.
53. Havo kemasi ekipaji tomonidan belgilangan balandlik va parvoz yoʻnalishining havodagi harakatga xizmat koʻrsatish xizmati koʻrsatmasi bilan muvofiqlashtirmasdan oʻzgartirilishi.
54. Uchish vaqtida ruxsat etilgan nosozliklar roʻyxatiga kiritilmagan nosozliklar mavjud boʻlganda havo kemasining uchishi.
55. Havo kemasining toʻliq texnik xizmat koʻrsatilmagan holda parvozga chiqarilishi.
56. Uchish yoki qoʻnish vaqtida minimal ob-havo talablariga rioya qilmaslik.
57. Havo kemasiga ushbu havo kemasi uchun moʻljallanmagan yoki ruxsat etilmagan yoqilgʻi-moylash materiallarining quyilishi.
58. Parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasida havo kemasini markazlash boʻyicha belgilangan meʼyorlar buzilishiga olib kelgan parvoz vaqtida yuklarning siljishi.
59. Odamlarni havo kemasidan favqulodda evakuatsiya qilish bilan bogʻliq aviatsiya hodisalari.
60. Uchuvchisiz havo kemalari bilan sodir boʻladigan aviatsiya hodisalari:
uchuvchisiz havo kemasining uchuvchi boshqarayotgan havo kemasi bilan toʻqnashuvi;
foydalanish uchun ruxsat olish tartibi joriy etilgan havo hududida havo kemalarining parvozlari toʻxtatilishiga sabab boʻlgan uchuvchisiz havo kemasining havodagi harakatni boshqarish yagona tizimi tegishli markazining soʻrovnomalarisiz va ruxsatisiz parvozi;
yerdagi har qanday shaxs tan jarohati (jiddiy tan jarohatlari bundan mustasno) olishiga sabab boʻlgan uchuvchisiz havo kemasining qulashi yoki majburiy qoʻnishi;
yerdagi har qanday shaxs tan jarohati (jiddiy tan jarohatlari bundan mustasno) olishiga sabab boʻlgan uchuvchisiz havo kemasining tashqi podveskasida olib kelinayotgan yukning tushirilishi.
Izoh.
1. “Havo kemasi ekspluatatsiyasida tekshirilishi lozim boʻlgan aviahodisalar roʻyxati”ning alohida bandlari aniq havo kemasi rusumi uchun parvoz bajarilishiga ruxsat beruvchi hujjatlariga (MEL/CDL/DDG/AMM/SRM) muvofiq baza aeroportiga qadar reysni yakuniga yetkazish yoki parvozni davom ettirishga ruxsat berilishini koʻzda tutuvchi buzilishlar va nosozliklar roʻyxatiga zid boʻlsa, bunday hodisalar tekshirilmaydi.
2. Obyektiv sabablarga koʻra (joylarning relyefi, balandlik va oʻrnatilgan marshrutlar boʻyicha havo hududidan foydalanish cheklovlari, buzilish va nosozlikni manzil aeroportida bartaraf etish imkoniyatining yoʻqligi) parvozni borish moʻljallangan aerodromgacha davom ettirish imkoni boʻlmaganda va/yoki maqsadga muvofiq emas deb topilganda havo kemasining baza aerodromiga qaytishi (majburiy qoʻnishi) aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ ruxsati bilan aviatsiya insidenti sifatida tasniflanmasligi mumkin. Bunday hodisalarning tekshiruvi ekspluatant tekshiruv komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
3. “Havo kemasi ekspluatatsiyasida tekshirilishi lozim boʻlgan aviahodisalar roʻyxati”ga tushgan, aviatsiya texnikasi nosozligi namoyon boʻlishi bilan bogʻlik boʻlgan, parvoz qilish uchun dvigatellarning ish rejimi kuchayishi boshlangunga qadar, shuningdek, havo kemasi koʻngandan soʻng harakatlanishi (probegi) yakunlangandan, toʻxtash joyiga borgunga qadar sodir boʻlgan aviatsiya hodisasi mazkur qoidalarga muvofiq tekshiriladi, ammo parvozlar xavfsizligiga tahdidlar mavjud boʻlmagan hollarda, aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ ruxsati bilan aviatsiya insidenti deb tasniflanmaydi. Bunday hollarda tekshiruv ekspluatant komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi va bu aviahodisalarni hisobga olish, tekshiruv materiallarini saqlash aviahodisa sodir boʻlgan boʻlinmada va aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organda olib boriladi.
4. Eksperimental va seriyaviy havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviahodisalar aviatsiya korxonasi rahbari tomonidan tayinlagan komissiya tomonidan texnik jihatdan tahlil qilinadi. Komissiya ishining natijalari boʻyicha xulosalardan, sabablardan va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida aviahodisalarning oldini olish uchun tavsiyalardan iborat boʻlgan Hisobot tayyorlanadi.
5. Aviatsiya hodisalari tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ tomonidan ushbu roʻyxatda koʻrsatilmagan, biroq fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga tahdid soladigan aviatsiya hodisalari mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda tekshirilishi (yoki ekspluatantga topshirilishi) mumkin.
6. Aviatsiya halokati sodir boʻlishi ehtimoli yuqoriligi holati insident aviatsiya halokatiga aylanishining oldini olish imkoniyatini beruvchi va parvozlar xavfsizligini taʼminlovchi saqlanib qolgan himoya mexanizmlari miqdori yetarli boʻlmaganda yoki bunday mexanizmlar boʻlmaganda yuzaga keladi. Bunday holatni aniqlash uchun insident avj olishi boʻyicha ehtimoli yuqori boʻlgan ssenariyni, shuningdek, insident potensial aviatsiya halokatiga aylanishiga toʻsqinlik qiladigan saqlanib qolgan himoya mexanizmlarining samaradorligini hisobga olgan holda hodisa boʻyicha xavf-xatarning quyidagicha tahlilini oʻtkazish mumkin:
a) insident aviatsiya hodisasiga aylanishi mumkin boʻlgan ehtimoliy ssenariy mavjudligi masalasini koʻrib chiqish;
b) insident potensial aviatsiya hodisasiga aylanishiga toʻsqinlik qiladigan saqlanib qolgan himoya mexanizmlarini quyidagicha baholash:
samarali — bir nechta himoya mexanizmi saqlanib qolganda va aviatsiya hodisasi uchun ular bir vaqtning oʻzida ishlamay qolishi talab qilinganda;
cheklangan — himoya mexanizmlari yetarli boʻlmagan miqdorda saqlanib qolganda yoki ular boʻlmaganda yoxud baxtli tasodifga koʻra aviatsiya hodisasi sodir boʻlmaganda.
7. Insident potensial aviatsiya hodisasiga aylanishiga toʻsqinlik qiladigan saqlanib qolgan himoya mexanizmlarining miqdorini va ishonchliligini hisobga olish kerak. Ishlamay qolgan himoya mexanizmlari hisobga olinmasligi kerak va faqat ishlab ketgan, shuningdek, kelgusida amal qilishi mumkin boʻlgan va hozirda mavjud boʻlgan har qanday himoya mexanizmi koʻrib chiqilishi kerak.
Ehtimoli yuqori boʻlgan ssenariy potensial aviatsiya hodisasi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tan jarohatlari va/yoki zararning real baholanishini aks ettiradi.
Himoya mexanizmlari ekipaj, ekipajning oʻqitilishi va tartib-qoidalari, HHB, avariya holatida signalizatsiya tizimi (havo kemasi ichida va tashqarisida), bort tizimlari va zaxira tizimlari, havo kemalari konstruksiyalari va aerodrom infratuzilmasidan iborat.
8. Ushbu ikkita baholash kombinatsiyasi qanday aviatsiya insidenti jiddiy aviatsiya insidenti hisoblanishini aniqlashga yordam beradi.
b) hodisaning potensial aviatsiya halokatiga aylanishiga toʻsqinlik qiladigan saqlanib qolgan himoya mexanizmlari
Samarali
Cheklangan
a) sodir boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan ssenariy
Aviatsiya halokati
Insident
Jiddiy insident
Aviatsiya halokati yoʻqligi
Insident
”.
43. Quyidagi mazmundagi 15 — 21-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga 15-ILOVA
Aviatsiya insidenti haqida
XABARNOMA
Yuz bergan insident
Havo kemasi:
sanasi
vaqti (UTC)
turi
roʻyxat raqami
aviakompaniya
Havo kemasi komandiri
Ikkinchi uchuvchi
Ekipajning boshqa aʼzolari (tekshiruvchi)
Reys raqami
Parvoz yoʻnalishi
Qoʻnish aerodromi
Yoqilgʻi qoldigʻi
Parvoz balandligi
Tezlik
(koʻrsatkichdagi)
Tijorat yuklash (kg):
Ekipaj / yoʻlovchilar soni
bagaj / yuk / pochta
xavfli yuk
Insident yuz bergan paytdagi parvoz bosqichi:
Havo kemasining uchish/qoʻnish aerodromiga (VOR, NDB, WP) nisbatan joylashuvi
shatakka olish
yerda harakatlanish
uchish
balandlikka koʻtarilish
yoʻnalishda
pasayish
qoʻnishga kirishish
qoʻnish
aniq emas
Parvoz sharoitlari:
Ob-havo:
Alohida meteosharoitlar:
vizual
uskunalar boʻyicha
shamol ___________/_________
(yoʻnalishi) (tezligi)
bulutli ________
(oktant)
havo harorati ______°S
koʻrinish (RVR)_______ km (m)
QNH (QFE) _______________
yomgʻir
qor
muzlash
tuman
momaqaldiroq
doʻl
turbulentlik
shamol harakati
Uchish-qoʻnish yoʻlagi
Uchish-qoʻnish yoʻlagi holati:
Havo kemasining konfiguratsiyasi:
quruq
hoʻl
muz bilan qoplangan
qor bilan qoplangan
loy bilan qoplangan
Kss qoʻrsatkichi:
_______
avtomatik boshqaruv
qoʻl boshqaruvi
dvigatel rejimi: ______________
shassi: ______________
qanot mexanizatsiyasi: ______________
spoylerlar: ______________
Havo kemasining dastlabki tashqi tekshiruvi natijalari:
Aviatsiya insidenti haqida qisqacha tavsif:
Xabarnomani toʻldirgan shaxslar:
havo kemasining komandiri _____________________________ ___________
(F.I.O.) (imzo)
muhandislik-aviatsiya xizmati vakili _____________________________ ___________
(F.I.O.) (imzo)
TOʻLDIRILGAN SHAKL ZUDLIK BILAN AVIATSIYA HODISALARI TEKSHIRUVINI OʻTKAZISH BOʻYICHA VAKOLATLI ORGANGA YUBORILISHI SHART
Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga 16-ILOVA
3. Maʼlumotni qabul qilgan shaxsning lavozimi va imzosi
a) Lavozim ______________________________________ b) Imzo _________________________________
E. TEGISHLI HAVODAGI HARAKATGA XIZMAT KOʻRSATISH ORGANININGQOʻSHIMCHA MAʼLUMOTI
1.Maʼlumot olinishi
a) Hisobot AFTN / radio / telefon / boshqa aloqa vositasi*_________________________orqali olindi
b) Hisobot olindi ________________________________________________________________
(havodagi harakatga xizmat koʻrsatish organiningnomi)
2.Havodagi harakatga xizmat koʻrsatish organiningharakatlari haqida maʼlumot
(dispetcher ruxsati, kuzatilgan insident (kuzatuv tizimi orqali / vizual), ogohlantirish berilganligi, joyida tekshirish oʻtkazish natijalari va boshqalar)
Izoh.* kerak boʻlmaganlari oʻchirilishi lozim.
Shtrixlangan bandlar boʻyicha maʼlumot radiovositalari orqali beriladigan tezkor maʼlumot hisoblanadi.
Mazkur bildirishnomani toʻldirish bilan birga quyidagi diagramma ham tuzilishi lozim.
Havo kemalarining yaqinlashish diagrammasi
Izoh. Diagramma markazida joylashgan havo kemasiga nisbatan boshqa havo kemasining uchib oʻtishi chap tomonda — gorizontal proyeksiyada va oʻng tomonda — vertikal proyeksiyada koʻrsatilishi kerak. Bunda markazda joylashgan havo kemasi bildirishnomani toʻldirgan ekipajning havo kemasi hisoblanadi.
TOʻLDIRILGAN SHAKL ZUDLIK BILAN AVIATSIYA HODISALARI TEKSHIRUVINI OʻTKAZISH BOʻYICHA VAKOLATLI ORGANGA YUBORILISHI SHART
Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga 17-ILOVA
Havo kemasining qushlar bilan toʻqnashuvi haqida
BILDIRISHNOMA
Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga 18-ILOVA
Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash tashkilotlarida parvozlar xavfsizligi haqida
BILDIRISHNOMA
Shaklni toʻldirgan shaxsning malakasi, toifalari, havo kemasi rusumi boʻyicha ruxsatlari va ish tajribasining tavsifi:
Lavozimi —
Toifasi —
Havo kemasi rusumi boʻyicha ruxsatlari —
Ish tajribasi: umumiy/ushbu lavozimda/ havo kemasi rusumi boʻyicha —
Aniqlangan sana va vaqt
Havo kemasi:
sana
vaqt (UTC)
rusumi
roʻyxatga olingan raqami №
aviakompaniya nomi
Texnik xizmat koʻrsatish (taʼmirlash) tashkilotining nomi
Texnik xizmat koʻrsatish (taʼmirlash) ishlarining turi va bosqichi
Rejalashtirilgan ish / rejadan tashqari ish
Planer va uning tizimlari
Aniqlangan nuqson (nosozlik)
Dastlabki omillar, sabablar (ekspluatatsiya va boshqalar) va ularning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlari
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Dvigatel (rusumi)
Aniqlangan nuqson (nosozlik)
Dastlabki omillar, sabablar (ekspluatatsiya va boshqalar) va ularning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlari
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Vintlar (shu jumladan, tortuvchi, boshqaruvchi)
Aniqlangan nuqson (nosozlik)
Dastlabki omillar, sabablar (ekspluatatsiya va boshqalar) va ularning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlari
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Havo kemasining boshqa tizimlari
Aniqlangan nuqson (nosozlik)
Dastlabki omillar, sabablar (ekspluatatsiya va boshqalar) va ularning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlari
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Texnik bort jurnalidagi (TLB) yozuvlar
Qayd etilgan nuqson (nosozlik)
Dastlabki omillar, sabablar (ekspluatatsiya va boshqalar) va ularning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlari
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
TOʻLDIRILGAN SHAKL ZUDLIK BILAN AVIATSIYA HODISALARI TEKSHIRUVINI OʻTKAZISH BOʻYICHA VAKOLATLI ORGANGA YUBORILISHI SHART
Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga 19-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasi taʼlim muassasalari va markazlari uchun parvozlar xavfsizligi haqida
BILDIRISHNOMA
Shaklni toʻldirgan shaxsning(shu jumladan, taʼlim oluvchi) ish tajribasi, FFS toʻliq parvoz simulyatori va havo kemasi rusumi boʻyicha ruxsatlari, toifalari hamda malakasi tavsifi:
Lavozimi —
Toifasi —
Havo kemasi rusumi boʻyicha ruxsatlari —
Ish tajribasi: umumiy/ushbu lavozimda/ havo kemasi rusumi boʻyicha —
Sana
Mashgʻulot oʻtish joyi
Taʼlim turi
Aniqlangan muammolar, xavfli omillar va xatarlar
Nazariy oʻquv kursi
Testlar
Imtihonlar
Toʻliq parvoz simulyatori oldidan yerdagi mashgʻulotlar
Toʻliq parvoz simulyatori boʻyicha mashqlar
Toʻliq parvoz simulyatoridagi imtihon
Oʻquv parvozlaridan oldin yerdagi mashgʻulotlar
Oʻquv parvozlari
Havo kemasida tekshiruv
Malaka oshirish kurslari
(shu jumladan, havo kemasi turlari boʻyicha favqulodda qutqaruv uskunalari)
Eslatma.Oʻquv parvozlari va havo kemalarida tekshiruv vaqtida aviatsiya hodisasi sodir boʻlgan taqdirda “havo kemasi ekipajlari tomonidan parvozdagi maxsus holatlar toʻgʻrisida bildirishnomalar va xabarnomalar shakli toʻldirilishi shart”.
Aniqlangan muammolar, xavfli omillar va xatarlarning kengroq yoritilgan tavsifi. Bartaraf qilish uchun zudlik bilan qabul qilingan chora-tadbirlar.
TOʻLDIRILGAN SHAKL ZUDLIK BILAN AVIATSIYA HODISALARI TEKSHIRUVINI OʻTKAZISH BOʻYICHA VAKOLATLI ORGANGA YUBORILISHI SHART
Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga 20-ILOVA
Aerodrom (vertodrom) foydalanuvchilari uchun parvozlar xavfsizligi haqida
BILDIRISHNOMA
Shaklni toʻldirgan shaxsning ish tajribasi, ruxsatlari, toifalari va malakasining tavsifi:
Lavozimi —
Toifasi —
Ruxsati —
Ish tajribasi: umumiy/ushbu lavozimda/ ish turlari va ruxsatlari boʻyicha —
Aniqlangan sana va vaqt
Aviatsiya hodisasida ishtirok etgan havo kemasi (mavjud boʻlsa):
sana
vaqt (UTC)
rusumi
roʻyxatga olingan raqami №
aviakompaniya nomi
Aerodrom (vertodrom) nomi
Texnik xizmat koʻrsatish (taʼmirlash) va koʻrik ishlarining turi va bosqichi
Rejalashtirilgan ishlar/rejadan tashqari ishlar
Uchish-qoʻnish yoʻlagiga ruxsatsiz kirish
(transport vositasi)
Oqibatlar (xavf yoki xatar omillari)
Dastlabki sabablar
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketish /oʻtib qoʻnish
(havodagi harakatni boshqarish organlari ishtirokisiz)
Oqibatlar (xavf yoki xatar omillari)
Dastlabki sabablar
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Aerodrom chiroqlarining ishdan chiqishi yoki jiddiy nosozligi
Oqibatlar (xavf yoki xatar omillari)
Dastlabki sabablar
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Uchish-qoʻnish yoki yerda harakatlanish yoʻlagidagi begona jismlar yoki chiqindilar bilan toʻqnashuv yoki ularning soʻrilishi natijasida havo kemasi yoki dvigatelning shikastlanishi
Oqibatlar (xavf yoki xatar omillari)
Dastlabki sabablar
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Aerodrom hududida havo kemasi shikastlanishi bilan bogʻliq boʻlgan yoki havo kemasining yerusti harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hodisalar
Oqibatlar (xavf yoki xatar omillari)
Dastlabki sabablar
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Aerodrom hududida havo kemasi shikastlanishi bilan bogʻliq boʻlgan yoki qushlarning urilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hodisalar
Oqibatlar (xavf yoki xatar omillari)
Dastlabki sabablar
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
Har qanday (boshqa) aniqlangan xavf yoki xatar omillari
Oqibatlar (xavf yoki xatar omillari)
Dastlabki sabablar
Bartaraf etish uchun amalga oshirilgan harakatlar
TOʻLDIRILGAN SHAKL ZUDLIK BILAN AVIATSIYA HODISALARI TEKSHIRUVINI OʻTKAZISH BOʻYICHA VAKOLATLI ORGANGA YUBORILISHI SHART
Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga 21-ILOVA
Aeronavigatsiya xizmatlari/aloqa, navigatsiya va kuzatuv xizmatlarini tashkil etishda parvozlar xavfsizligi haqida
BILDIRISHNOMA
Shaklni toʻldirgan shaxsning ish tajribasi, ruxsatlari, toifalari va malakasi tavsifi:
Lavozimi —
Toifasi —
Ruxsatlari —
Ish staji: umumiy/ushbu lavozimida/ ruxsati boʻyicha —
Ushbu shakl toʻldirilishi kerak boʻlgan aviatsiya hodisalari roʻyxati
• havo kemasidan foydalanish vaqtida avariyalar yoki jiddiy hodisalarga olib kelishi mumkin boʻlgan, ekspluatatsiya yoki texnik xizmat koʻrsatish vaqtida aniqlangan uskuna yoki tizimlarning har qanday nuqsoni/nosozligi/shikastlanishi;
• belgilangan havo hududiga ruxsatsiz kirish;
• havo kemasining CFIT (relyef boʻylab boshqariladigan parvozi) yerga yaqin kelishi;
• havo kemasining belgilangan balandlikdan yoki parvoz yoʻnalishidan sezilarli darajada chetga chiqishi;
• belgilangan eshelonni (balandlikni) saqlamaslik (buzish);
• uchish-qoʻnish yoʻlagiga ruxsatsiz kirish (havodagi harakatni boshqarish (OVD) organlari bilan maʼlumot almashishda);
• uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketish /uchish-qoʻnish yoʻlagidan oʻtib qoʻnish (havodagi harakatni boshqarish organlari bilan maʼlumot almashishda);
• aeronavigatsiya xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, HHB, aeronavigatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoki uskunalarning kamchiliklari/nuqsonlari/nosozliklari bilan bogʻliq boʻlgan har qanday boshqa hodisa.
Aviatsiya hodisasi sanasi va vaqti
Havo kemasi
sana
vaqt (UTC)
rusumi
roʻyxatga olingan raqami №
aviakompaniya nomi
Reys raqami
Parvoz yoʻnalishi
Qoʻnish (uchish) aerodromi nomi
Havodagi harakatni boshqarish xodimlari (zarur hollarda)
Aeronavigatsiya xizmatlarini koʻrsatish xodimlari
(zarur hollarda)
Navigatsiya, kuzatuv va aloqa vositalari ekspluatatsiyasi uchun masʼul xodimlar
(zarur hollarda)
Aviatsiya hodisasi boʻyicha qisqacha vaziyat yoki aniqlangan kamchiliklar/nuqsonlar/nosozliklarning xususiyati va ularning parvozlar xavfsizligiga salbiy taʼsir etishi ehtimoli
TOʻLDIRILGAN SHAKL ZUDLIK BILAN AVIATSIYA HODISALARI TEKSHIRUVINI OʻTKAZISH BOʻYICHA VAKOLATLI ORGANGA YUBORILISHI SHART”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 09/25/628/0910-son)