O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratish orqali ularni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddimaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar tomonidan arizalar berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
arizalarni ko‘rib chiqish va skoring baholash hamda ular bo‘yicha xulosa berish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kredit ajratish va ularning monitoringini yuritish tartibi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Belgilansinki:
noutbuk va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun garovsiz kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi — “Oilakredit.uz” orqali ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida foiz to‘lovlari hisoblanadi va ushbu foiz to‘lovlari Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan tijorat banklariga qoplab boriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan 2025-yilda jami 250 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3. Markaziy bank Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda axborot tizimlari integratsiyasi va ma’lumot almashinuvini ta’minlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida va aholi orasida keng yoritilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-sentabr,
612-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 612-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur) doirasida AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga noutbuk sotib olish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
biriktirilgan rahbarlar — eng og‘ir ahvoldagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
mahsulot yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, qarz oluvchi tomonidan tanlangan tovarlarni yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari;
marketpleys tizimi — platformada ajratiladigan kreditlar hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda qarz oluvchilar tomonidan mahsulot yetkazib beruvchilarni mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
platforma — dastur doirasidagi kreditlarning to‘liq raqamlashgan holda ajratilishini ta’minlaydigan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining Yagona elektron platformasi (Oilakredit.uz);
xulosa — biriktirilgan rahbarlar qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, uning imkoniyatlari, sharoitlari hamda yetarli bilim va tajribasini o‘rganish orqali kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchi — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali o‘zini o‘zi band qilish istagidagi jismoniy shaxslar.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar uchun hisoblangan foizlar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
4. Dastur doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar faqat platforma orqali ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dastur doirasidagi kreditlar yuzasidan arizalarni platforma orqali belgilangan tartibda ko‘rib chiqmasdan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosiga tovarlarni markazlashgan tartibda olib kelish va tarqatish taqiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5. Platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy ma’lumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
2-bob. Platforma orqali arizalarni ko‘rib chiqish
6. Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” ko‘magi asosida platforma orqali taqdim etiladi. Bunda arizalar oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tijorat banklariga taqsimlangan mahallalar bo‘yicha yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qarz oluvchining tegishliligi bo‘yicha talablarga javob berishi (Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, individual reja tuzilgani) “Online-mahalla.uz” elektron platformasi orqali tekshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
8. Kredit ajratish to‘g‘risidagi arizalar barcha bosqichlarda platformada onlayn ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma orqali (telegram bot, SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) ma’lumot berib boriladi.
9. Qarz oluvchiga dastur doirasida kredit hujjatlari rasmiylashtirilishida biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asos hisoblanadi.
Bunda tijorat banklari tomonidan kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi uchun to‘lanadigan mablag‘lar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur kreditlar foizi uchun kelib tushadigan mablag‘lardan qoplab boriladi.
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug‘urtalanganda, sug‘urta to‘lovi yillik 0,5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblanadi.
10. Dastur doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va o‘z vaqtida so‘ndirilishi yuzasidan biriktirilgan rahbarlar “mahalla yettiligi” va tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini o‘rnatadi.
3-bob. Skoring baholash
11. Platforma orqali arizalar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra bir ish kunida avtomatlashtirilgan holda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
12. Quyidagi hollarda qarz oluvchining arizasi platforma tomonidan skoring ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan fuqarolar tomonidan ariza berilganda;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
qarz oluvchining platformada avval berilgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;
18 yoshga to‘lmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ariza berilganda;
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan yoxud mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
qarz oluvchining dastur doirasida to‘liq qaytarilmagan krediti mavjud bo‘lganda;
qarz oluvchining bank yoki mikrokredit tashkilotlaridan olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda;
avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ko‘mak choralari bo‘yicha ijtimoiy shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarmayotgan fuqarolar tomonidan ariza berilganda;
(12-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda (oxirgi 2 yil davomidagi kredit tarixi inobatga olinadi).
13. Skoring natijasiga ko‘ra qarz oluvchining ijobiy baholangan arizasi ko‘rib chiqish uchun biriktirilgan rahbarlarga platforma orqali kelib tushadi.
14. Skoring hisoblash metodikasi bo‘yicha ma’lumotlar platformada e’lon qilinadi hamda zaruratga ko‘ra kiritilgan o‘zgartirishlar asosida doimiy ravishda yangilab boriladi.
4-bob. Biriktirilgan rahbar tomonidan xulosa berish
15. Biriktirilgan rahbar qarz oluvchining arizasiga asosan besh ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda, uning faoliyat turi bo‘yicha shart-sharoitlari, imkoniyati va yetarli ko‘nikmasi mavjudligini o‘rganadi, o‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani platformaga joylashtiradi.
16. Biriktirilgan rahbar xulosani berishdan avval amalga oshirilayotgan loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari va mavsumiyligini inobatga olgan holda qaror qabul qilish vakolatiga ega.
17. Quyidagi hollarda ijobiy xulosa berilmaydi:
loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit mavjud bo‘lmaganda;
ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilgani aniqlanganda;
21-bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun ariza berilganda;
qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.
18. Biriktirilgan rahbar tomonidan kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada uning sabablari ko‘rsatilishi zarur.
Ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan sabablardan tashqari boshqa asoslarga ko‘ra kredit ajratishni rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Biriktirilgan rahbarning ijobiy xulosasi asosida qarz oluvchining arizasi ko‘rib chiqish uchun platforma orqali tijorat bankiga taqdim etiladi.
19. Tijorat bankida yetarli resurs mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, biriktirilgan rahbar tomonidan arizalar avval berilgan kreditlarning so‘ndirilishi hamda qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi hisobidan resurs shakllantirilgunga qadar platformada elektron navbat asosida yuritiladi va bu borada qarz oluvchiga tegishli ma’lumotlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Biriktirilgan rahbar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zolariga ajratiladigan kredit mablag‘lari hisobidan noutbuk yoki asosiy vositalar olib berilishini ta’minlaydi hamda uning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash maqsadida ushbu rahbar yoki tashkilotning ishonchli vakili har chorakda loyiha amalga oshirilayotgan hududga borib o‘rganib, natijalari to‘g‘risida platformada elektron dalolatnoma tuzib boradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5-bob. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish
21. Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan:
15 million so‘mgacha bo‘lgan qiymatdagi bir dona noutbuk sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan;
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 million so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan ajratiladi.
Bunda hisoblangan foizlar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.
22. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar uchun oshirilgan va (yoki) qo‘shimcha foizlar hamda neustoyka (jarima, penya) hisoblanmaydi.
Qarz oluvchilar asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir. Bunda tijorat banki qarz oluvchidan kredit bo‘yicha asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytargani uchun komissiya yoki neustoyka olishi taqiqlanadi.
23. Tijorat banklariga kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizom talablari bo‘yicha nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, kredit ajratilishi rad etiladi va bu to‘g‘risida biriktirilgan rahbar hamda qarz oluvchi platforma orqali xabardor qilinadi.
24. Qarz oluvchi 10 kun muddat ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ularni tijorat bankiga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos bo‘lgan kamchiliklar qarz oluvchi tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, tijorat bankiga taqdim qilinganda, hujjatlarni ko‘rib chiqish qarz oluvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
25. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror uch ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi, hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va imzolanadi.
Qarz oluvchi, bank tomonidan imzolangan holda taqdim etilgan kredit shartnomasini 10 kun mobaynida imzolamasa, uning kredit olish to‘g‘risidagi arizasi rad etiladi.
Tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilganda, bu haqidagi qaror rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan holda platformaga joylashtiriladi.
26. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, qarz oluvchiga kredit hisobidan sotib olinadigan mahsulotlarni marketpleys tizimidan tanlash haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
27. Tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolangandan so‘ng kredit ta’minotchi hisobvarag‘iga pul ko‘chirish orqali o‘tkazilganda, marketpleys tizimi bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Qarz oluvchiga kredit naqd pulda yoki alohida ochilgan bank kartasi orqali ajratilganda, tijorat banklari ushbu Nizomda belgilangan tartib va dastur doirasida qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlardan kelib chiqqan holda platforma xizmatlari uchun ommaviy oferta talablari asosida haq to‘lanishini ta’minlaydi.
28. Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar va ularga hisoblangan foiz miqdori platformada onlayn shakllanib boradi.
Bunda kredit bo‘yicha foizlar qarz oluvchi tomonidan mahsulot qabul qilinib, kredit shartnomasiga asosan haqiqatda to‘lab beriladigan mablag‘ uchun hisoblanadi.
6-bob. Mahsulot yetkazib berish tartibi
29. Mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng ularni topshirish-qabul qilish maqsadida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan platformaning o‘zida elektron hisob-faktura rasmiylashtiriladi. Qarz oluvchi mahsulotni qabul qilib olib, undan qanoat hosil qilganidan so‘ng elektron hisob-fakturani imzolaydi.
Bunda qarz oluvchiga tovarlar fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib beriladi.
30. Hisob-faktura imzolangani to‘g‘risida biriktirilgan rahbarga platforma orqali xabar beriladi. Biriktirilgan rahbar uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tovarlar haqiqatan yetkazib berilgani yoki berilmagani to‘g‘risida platformada fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi.
31. Tijorat banklariga to‘liq imzolangan elektron hisob-faktura hamda biriktirilgan rahbar tomonidan tasdiqlangan elektron dalolatnoma ushbu mahsulotlar uchun to‘lovni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Qarz oluvchi talabiga ko‘ra sotib olinadigan mahsulot bo‘yicha to‘lovlar mahsulot yetkazib berish shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
32. Yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlar bank tomonidan uch bank ish kunida mahsulot yetkazib beruvchiga pul o‘tkazish orqali bilan amalga oshiriladi. Shundan so‘ng mahsulot yetkazib beruvchining zakalat summasidan marketpleys tizimining xizmati uchun belgilangan to‘lov ommaviy ofertaga asosan avtomatik tarzda undiriladi va zakalat summasining qoldiq qismi mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib beriladi.
33. Biriktirilgan rahbar tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani to‘g‘risida elektron dalolatnoma rasmiylashtirilganda, qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari to‘liq bajarilishi yoki shartnoma bekor qilinishi bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
34. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari to‘liq bajarilganda, biriktirilgan rahbar uch ish kunida joyiga chiqqan holda takroran o‘rganish o‘tkazadi va platformada fotohisobot shaklida takroran elektron dalolatnoma tuzadi.
Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmaganlik holati takrorlansa, biriktirilgan rahbar xulosani bekor qilish bo‘yicha elektron dalolatnoma rasmiylashtiradi va platforma orqali kredit shartnomasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Mahsulot yetkazib beruvchilarni marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish va Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
7-bob. Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga hisoblangan foizlarni qoplab berish tartibi
35. Qarz oluvchilarga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida ustama haq hisoblanadi.
36. Hisoblangan foiz bo‘yicha ustama haqi miqdori har oyning yakuni bilan, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit va unga hisoblanadigan foizlar bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etilgan ro‘yxat asosida 10-sanasiga qadar esa Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi (ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzasidan oshirilgan va (yoki) qo‘shimcha foizlar hamda neustoyka (jarima va penyalar) hisoblanmaydi, shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasidan qoplab berilmaydi).
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Dastur doirasida ajratiladigan kreditlardan boshqa maqsadda foydalanilganlik holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banklari belgilangan tartibda kreditlarni muddatidan oldin undirish huquqiga ega.
38. Qarz oluvchi tomonidan tijorat bankidan olingan kredit qarzdorlikni qaytarish jadvaliga muvofiq 90 kundan ortiq muddat to‘lanmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qarz oluvchi

“Oilakredituz” Yagona elektron platformasi orqali ariza qoldiradi

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Platforma

Arizalar belgilangan tartibda avtomatik skoring baholashdan o‘tkaziladi

1 ish kunida

3-bosqich

Biriktirilgan rahbar

Joyiga chiqqan holda kreditni ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi

5 ish kunida

4-bosqich

Tijorat banki

Kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi

3 ish kunida

5-bosqich

Mahsulot yetkazib beruvchi va qarz oluvchi

Mahsulot sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzadi

15 ish kunida

6-bosqich

Mahsulot yetkazib beruvchi

Qarz oluvchiga mahsulot yetkazib beradi

10 kunda

7-bosqich

Biriktirilgan rahbar

Mahsulot yetkazilgani to‘g‘risida elektron dalolatnoma tuzadi

3 ish kunida

8-bosqich

Tijorat banki

Yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovni amalga oshiradi

3 ish kunida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2025-y., 09/25/612/0888-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)