Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.08.2021
|
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSSRning qonuniy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
Elektr energiyada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “O‘zdavenergonazorat” boshlig‘i B. TEShABOYEV