Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.12.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-iyulda 1394-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarish jarayonida davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati samaradorligining zarur nazoratini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-iyul,
01/06-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 21-iyuldagi № 01/06-15-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, monitoringning maqsadi va vazifalarini, uni yuritish uchun maʼlumotlar manbalarini, davlat ulushlarini boshqarish jarayonida ishtirok etadigan davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari va davlatning ishonchli vakillari (keyingi oʻrinlarda ishonchli boshqaruvchilar) faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini, ishonchli boshqaruv yuzasidan tuzilgan shartnomalarda koʻzda tutilgan majburiyatlarni zarur darajada bajarilishi boʻyicha javobgarligini belgilaydi.
2. Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
II. HISOBOTLAR, ULARNI TAQDIM QILISH MUDDATLARI VA SHAKLLARI
3. Agentlik tomonidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
ustav fondlaridagi davlat ulushlari davlatning ishonchli vakillariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari reyestri (1-ilova);
ustav fondlaridagi davlat ulushlari davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari reyestri (1-a-ilova);
2-ilovada belgilangan shakl boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi yuritiladi.
4. Ustav fondlaridagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlarining quyidagi hujjatlari monitoring olib borish uchun axborot manbai hisoblanadi:
3 va 3-a shakllarga muvofiq davlat ulushlarini boshqarish hisoboti, agar xoʻjalik birlashmasidagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqaruvga berilgan boʻlsa, u holda hisobotga 3-b shaklga asosan xoʻjalik birlashmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumot ham ilova qilinadi;
4-ilovada koʻrsatib oʻtilgan strukturaga muvofiq davlat ulushlarini boshqarish toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot;
oxirgi hisobot choragi mobaynida oʻtkazilgan kuzatuv kengashlari majlislari, aksiyadorlarning (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishlari bayonnomalarining nusxalari;
davlat ulushlari boʻyicha dividendlarning tegishli qismini davlat budjetiga oʻtkazish boʻyicha toʻlov topshiriqnomalarining (boshqa toʻlov hujjatlari) nusxalari (davlat ulushi boʻyicha dividendlardan boshqa maqsadlarda foydalanish toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilingan taqdirda tegishli summalarni koʻrsatilgan maqsadlar uchun oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomasining nusxasi taqdim etiladi);
hisobot davri uchun soliq organlari tomonidan qabul qilinganligi tasdiqlangan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning nusxasi;
tashqi auditor xulosasi va hisobotining nusxalari;
ichki audit xizmatining Yigʻma hisobotini nusxasi;
aksiyadorlik jamiyatlari uchun moliya yilidan oldin keluvchi yilning 1-dekabridan kechikmagan holda kuzatuv kengashi yigʻilishida maʼqullangan yillik biznes-rejaning nusxasi;
aksiyadorlarning (taʼsischilar) umumiy yigʻilishida yoki kuzatuv kengashi yigʻilishida tasdiqlangan yillik biznes-rejaning nusxasi;
barcha roʻyxatga olingan oʻzgartirish va qoʻshimchalari bilan birga taʼsis hujjatlari.
5. Ishonchli boshqaruvchi Agentlikka quyidagilarni taqdim qiladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
davlat ulushini boshqarish boʻyicha 1-chorak yakunlari boʻyicha hisobot, shuningdek 4-bandning 3 — 8 xatboshida koʻrsatilgan hujjatlar hisobot oyidan keyingi oyning 30-sanasigacha, konsolidatsiya qilingan hisobot topshiruvchi xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha hisobotlar esa, choraklik hisobot tugagandan soʻng 40 kun mobaynida;
davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha 1-yarim yillik hisobot, shuningdek 4-bandning 3 — 6 xatboshida koʻrsatilgan hujjatlar hisobot oyidan keyin keluvchi oyning 30-sanasigacha, konsolidatsiya qilingan hisobot topshiruvchi xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha hisobot esa, choraklik hisobot tugagandan soʻng 40 kun mobaynida;
1-chorak yakunlari boʻyicha 1-aprelga qadar tashqi audit xulosasi va hisobot nusxasi, agar audit tekshiruvi belgilangan muddatda tugamagan taqdirda ularni ikkinchi chorak hisoboti bilan birga topshiriladi;
davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha 9 oylik hisobot, shuningdek 4-bandning 3 — 6 va 8-xatboshida koʻrsatilgan hujjatlar hisobot oyidan keyingi oyning 30-sanasigacha, konsolidatsiya qilingan hisobot topshiruvchi xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha esa, hisobot choragidan keyin 40 kun mobaynida;
davlat ulushini boshqarish boʻyicha yil yakunlari hisoboti, shuningdek 4-bandning 3 — 6, 8 va 11 xatboshida koʻrsatilgan hujjatlar 1-mart sanasiga qadar, konsolidatsiya qilingan hisobot topshiruvchi xoʻjalik jamiyatlari va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar boʻyicha — hisobot davridan keyingi yilning 25-martigacha;
4-bandni toʻqqizinchi xatboshisida keltirilgan hujjat 15-dekabrgacha boʻlgan muddatga qadar;
4-bandni oʻninchi xatboshisida keltirilgan hujjat, yaʼni tasdiqlangan yillik biznes-reja aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashining majlisi oʻtkazilgan sanadan keyin ikki hafta ichida taqdim qilinadi.
Mazkur Nizom 4-bandining oltinchi xatboshisida keltirilgan hujjatlar, kichik korxonalar va mikrofirmalar hamda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar boʻyicha faqat yil yakuni boʻyicha yillik hisobot bilan birga taqdim etiladi.
Hisobotlarni taqdim etish sanalari dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, ushbu sana navbatdagi ish kuniga koʻchiriladi.
Bir varaqdan ortiq hujjatlar raqamlangan, tikilgan va hujjatning oxirgi varagʻida alohida qogʻozda ishonchli boshqaruvchi tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Agar hisobot ishonchli boshqaruvchi-yuridik shaxs tomonidan taqdim etilganda, yuridik shaxsning rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi hamda (agar muhri mavjud boʻlsa) muhr qoʻyilishi kerak (muhr iziga boʻlgan talab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi).
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
6. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan Agentlikka hisobotlarni va boshqa zarur hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, kech taqdim etish yoki toʻliq taqdim etmaslik unga xizmat haqi toʻlanmasligi uchun asos hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
7. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan Agentlikka hisobotlarni va boshqa zarur hujjatlarni ikki yoki undan koʻp ketma-ket hisobot davrlari boʻyicha taqdim etmaslik ishonchli boshqaruvchilar bilan ishonchli boshqaruv shartnomalarini bekor qilinishiga asos hisoblanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan imzolangan boʻlsa, uni bekor qilinishi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan amalga oshiriladi.
8. Mazkur nizomning 4-bandida keltirilgan choraklik hisobotlar va 4-bandda keltirilgan boshqa hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi xizmati orqali yoki elektron shaklda olinganligi tasdiqlangan holda taqdim etilishi mumkin. Elektron tarzda taqdim etilgan hujjatlar ishonchli boshqaruvchining elektron raqamli imzosi orqali tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
III. ISHONCHLI BOSHQARUVCHILAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI
9. Quyidagilar ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi:
ishonchli boshqaruvchilar faoliyati davrida korxona faoliyatining foydaliligini tavsiflovchi korxonaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarining oʻzgarishi;
xoʻjalik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha dividendlarning davlat budjetiga oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlanishini taʼminlash;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra davlat ulushi boʻyicha dividendlarni korxonani texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilishi yuzasidan maqsadli (yoki maqsadsiz) ishlatilishi va bu haqda hisobotlarda tegishli maʼlumotlarni koʻrsatib oʻtish;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida va kuzatuv kengashlarining majlislarida shaxsan ishtirok etishi va ishonchli boshqaruvchilar tomonidan qabul qilingan taklif (bildirgan fikrlar) va ularning amalga oshirilishi;
hisobotlarning oʻz vaqtida va sifatli toʻldirish, hisobotlarga ilova qilinayotgan hujjatlardagi axborotning toʻliqligi.
IV. MONITORING NATIJALARI
10. Monitoring natijalariga koʻra quyidagi takliflar tayyorlanadi:
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yigʻilishlarida ishonchli boshqaruvchilar hisobotlarini tinglash, lozim boʻlgan taqdirda mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan mezonlarga asosan faoliyati samarasiz deb topilgan ishonchli boshqaruvchilar bilan ishonchli boshqaruv shartnomalarini bekor qilish;
ishonchli boshqaruv shartnomalarida belgilangan majburiyatlarni oʻrnatilgan tartibda bajarmagan ishonchli boshqaruvchilar bilan shartnomaviy munosabatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda muddatidan oldin toʻxtatish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmasligiga yoʻl qoʻyilgan holatlar boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikning boshqa turlarini qoʻllash;
xoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
11. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 859-moddasi.
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Ustav fondlaridagi davlat ulushlari davlat ishonchli vakillariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari
ROʻYXATI




‎№ t/r ‎




Xoʻjalik jamiyatining nomi


‎Jamiyatning identifikatsion raqamlari


‎Ustav fondi haqida maʼlumot‎‎





‎Jamiyat joylashgan hudud ‎‏
‎‏


‎Davlatning ishonchli vakili toʻgʻrisida maʼlumotnoma‎


‎STIR‎‏


‎Depo hisob raqami


‎Ustav fondining miqdori (ming soʻm) ‎‏

Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi miqdori ‎‎‎


F.I.Sh.‎‏


‎Ish joyi va lavozimi ‎‏

Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishilganligi (hujjat raqami va sanasi)


‎Komissiya yigʻilishi bayoni yoki DRQ Hayʼati qarorining sanasi va raqami ‎‏


‎‏

Shartnoma sanasi va raqami

ming soʻm

%‎

‎1

‎2

‎3

‎4

‎5

‎6

‎7

‎8

‎9

‎10

‎11

12

13

Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-a-ILOVA
Ustav fondlaridagi davlat ulushlari davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari
ROʻYXATI

t/r

Xoʻjalik jamiyatining nomi

Jamiyatning identifikatsion raqamlari

Ustav fondi haqida maʼlumot

Jamiyat joylashgan hudud

Ishonchli boshqaruvchisi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

STIR

Depo hisobraqami

Ustav fondining miqdori (ming soʻm)

Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi miqdori

Ishonchli boshqaruvchining nomi

Ishonchli boshqaruvga berilishiga asos Vazirlar Mahkamasi, Komissiya yigʻilishi bayoni yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼati qarorlari

Vazirlar Mahkamasi, Komissiya yigʻilishi bayoni yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼati qarori sanasi va raqami

Shartnoma sanasi va raqami

ming soʻm

%

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

(1a ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi
SHAKLI
№ t/r Xoʻjalik jamiyatining nomi Ishonchli boshqaruvchining nomi (F.I.Sh.) Hisobot davri Ishonchli boshqarilayotgan jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari (ming soʻm) ‎‎Dividendlarning hisoblanishi va toʻlanishi (ming soʻm)
Umumxoʻjalik faoliyatining foydasi (zarari) sof foyda (zarar) Aktivlar rentabelligi (%) Kreditorlik qarzlari Debitorlik qarzlari Davlat ulushiga dividend hisoblangan davr Davlat ulushiga hisoblangan jami dividendlar Davlat ulushiga jami toʻlangan dividendlar
jami shundan: muddati oʻtgan jami‎ shundan: muddati oʻtgan‎

1‎

2‎

3‎

4

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

01.01.201_‎
01.04.201_‎
01.07.201_‎
01.10.201_‎
01.01.201_‎
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish yuzasidan 20___ yilning I-choragi (yarim yillik, 9 oylik) yakunlari boʻyicha
HISOBOT

Ishonchli boshqaruvchi _______________________________________________________________________________________________________________________

Davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilgan jamiyatning nomi ______________________________________________________________________________________

Yuqori turuvchi tashkilotning nomi ____________________________________________________________________________________________________________

I. Moliya-xoʻjalik faoliyati koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Hisobot davri

Oʻtgan yilning shu davrida

Oldingi hisobot davri

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

amalda

Mahsulotlarni sotishdan sof tushum

ming soʻm.

Sotilgan mahsulotlarning tannarxi

ming soʻm

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi foydasi (zarari)

ming soʻm

Davr xarajatlari, jami

ming soʻm

Umumxoʻjalik faoliyatining foydasi (zarari) (soliq toʻlovi amalga oshirilgandan keyin)

ming soʻm

Hisobot davrining sof foydasi (zarari)

ming soʻm

Aktivlarning rentabelligi (umumxoʻjalik faoliyatining foydasining balans jamiga nisbati)

%

Kreditorlik qarzlari, jami

shundan: muddati oʻtgan

ming soʻm

x

x

x

Debitorlik qarzlari, jami

shundan: muddati oʻtgan

ming soʻm

x

x

x



II. Jamiyat biznes-rejasining bajarilishi:

T/r

Biznes-reja boʻyicha hisobot davrida bajarilishi belgilangan chora-tadbirlar

Bajarildi / bajarilmadi

Sababi

Natija

1

2

3



III. Ishonchli boshqaruvchi faoliyatining natijasi.

a) Aksiyalarning davlat paketlari (davlat ulushlari)ni ishonchli boshqarishga berish boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan investitsion aktivlarni ishonchli boshqaruvchisining biznes-rejasining bajarilishi

T/r

Chora-tadbirlar (tashabbus koʻrsatilgan masalalar)

Bajarildi / bajarilmadi

Sababi

Natija

1

2

3

b) Ishonchli boshqaruvchi tomonidan jamiyat faoliyatini yaxshilash va aksiyalarning davlat paketlarini (davlat ulushi) boshqarishning samaradorligini oshirish boʻyicha tashabbus koʻrsatilgan masalalar

T/r

Chora-tadbirlar (tashabbus koʻrsatilgan masalalar)

Bajarildi / bajarilmadi

Sababi

Natija

1

2

3



IV. Dividendlarning hisoblanishi va toʻlanishi

1.

Davlat ulushiga hisoblangan dividendlar boʻyicha qarzdorlikning umumiy miqdori:

hisobot davri boshiga:...........................................................................................

shu jumladan, muddati oʻtgan:...............................................................................

hisobot davri oxiriga:….......................................................................................

shu jumladan , muddati oʻtgan:..............................................................................

___________ming soʻm

___________ming soʻm

___________ming soʻm

___________ming soʻm

2.

Jamiyat aksiyadorlarning/ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi(kuzatuv kengashi) qaroriga binoan ustav
kapitalini oshirish(kapitalizatsiya)ga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning umumiy miqdori:

hisobot davri boshiga:............................................................................................

shu jumladan, davlat ulushiga:.............................................................................

hisobot davri oxiriga:...........................................................................................

shu jumladan, davlat ulushiga:.............................................................................

___________ming soʻm

___________ming soʻm

___________ming soʻm

___________ming soʻm

3.

Jamiyat aksiyadorlarning/ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi (kuzatuv kengashi) tomonidan dividendlarni hisoblash toʻgʻrisidagi qabul qilingan oxirgi qaror sanasi:.............................................................................................................

Dividend hisoblangan davr ( qaysi yil yoki chorak yakuni boʻyicha):..............

“____” _________201__ y.

20____ yil uchun

3.1.

Davlat ulushi boʻyicha hisoblangan dividendlar miqdori (jami):

........................................................................................................................................

shu jumladan, dividendlar:

pul mablagʻlari shaklida toʻlanishi lozim boʻlgan qismi:...............................

jamiyat ustav fondini oshirishga yoʻnaltirilgan qismi:...............................

___________ming soʻm

___________ming soʻm

___________ming soʻm

3.2.

Davlat ulushi boʻyicha toʻlangan dividendlar miqdori (jami):

..........................................................................................................................................

shu jumladan:

budjetga yoʻnaltirilgan:...........................................................................................

korxona (jamiyat) ixtiyorida qoldirilgan (boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan) qismi:....................................................................................

___________ming soʻm

___________ming soʻm

___________ming soʻm

3.3.

Davlat ulushiga hisoblangan dividendlarning jamiyat ixtiyorida qoldirilgan qismining foydalanilishi:

jami foydalangan:......................................................................................................

shu jumladan, quyidagi maqsadlarda:

asosiy ishlab chiqarish fondlarini xarid qilishga:...........................................

amalda foydalanilayotgan quvvatlarni taʼmirlashga:.........................................

boshqa maqsadlarga :.....................................................................................................

___________ming soʻm

___________ming soʻm

___________ming soʻm

___________ming soʻm



V. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari,

kuzatuv kengashi majlislarini oʻtkazilishi toʻgʻrisida maʼlumot

Oʻtkazilgan kuzatuv kengashi majlislari ……………....................................... _________ yigʻilish

Shaxsan qatnashgan...........................................…………………............................... _________ yigʻilishda

Ishonchli boshqaruvchi tashabbusi bilan oʻtkazilgan……....…………… …... _________ yigʻilish


A(I)UY, KK yigʻilishlarining oʻtkazilgan sanasi

Kun tartibidagi masala

Ishonchli boshqaruvchining bergan ovozlari

(yoqlab / qarshi)

Ovoz berishning umumiy natijalari

(qabul qilindi / qabul qilinmadi)

Aksiyadorlarning (ishtirokchi) umumiy yigʻilishi











Kuzatuv kengashining yigʻilishi










Ishonchli boshqaruvchi

__________________________



_______________________

(imzo)

(familiya, ismi, sharifi)

20__ y. “___” ____________

______________________

Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-a-ILOVA
_____________________________________AJ (MCHJ)dagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvi yuzasidan 20___ yil yakunlari boʻyicha
YILLIK HISOBOT



I.JAMIYAT TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

Jamiyatning toʻliq nomi

aksiyadorlik jamiyati (masʼuliyati cheklangan jamiyat)________________________________________________________

Ishonchli boshqaruvchi_______________________________________________________________________________

Jamiyatning 5 foizdan koʻp ovoz beruvchi aksiyalariga ega

aksiyadorlari toʻgʻrisida maʼlumot


Aksiyadorning nomi (yuridik /

jismoniy shaxs)

Ustav kapitalidagi aksiyalar ulushi,

foiz hisobida

Ovoz beruvchi aksiyalardagi ulushi,

foiz hisobida

1.


2.


3.




II. JAMIYATNING BIZNES REJASINI BAJARILISHI:


№ t/r

Chora-tadbirlar

bajarilishi / bajarilmaganligi

sabablari

Natija

1.


2.


3.




III. JAMIYATNING MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATI KOʻRSATKICHLARI

Faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar

(ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi natura koʻrinishda,

koʻrsatilayotgan xizmatlar turlari)

1-jadval.

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) turlarining nomlari

Oʻlchov birligi

Ishlab chiqarish hajmi

Ishlab chiqarish hajmi

Farqi

+ / — (%)

01.01.20___y.

01.01.20___y.

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

amalda

1.


2.





Hisobot davrida jamiyat tomonidan amalga

oshirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida maʼlumot

2-jadval.

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

01.01.20___y.

01.01.20___y.

Farqi

+ / — (%)

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

amalda

1.

Moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan jami kapital qoʻyilmalar

ming soʻm

jumladan:

oʻz mablagʻlari hisobiga

ming soʻm

qarz mablagʻlari hisobiga

ming soʻm

2.

Quvvatlarning ishga tushirilishi

ming soʻm



Jamiyat faoliyatining samaradorligini nisbiy koʻrsatkichlari

3-jadval.

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

01.01.20___y.

01.01.20___y.

Farqi

+ / — (%)

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

amalda

1.

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum

ming soʻm

2.

Sof foyda

ming soʻm

3.

Bir xodimga toʻgʻri keladigan mahsulot (tovar, ish va xizmat) hajmi

ming soʻm

4.

Bir xodimga toʻgʻri keladigan sof foyda miqdori

ming soʻm

5.

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) birligining tannarxi

ming soʻm



Joriy yil davomida jamiyatga nisbatan qoʻllanilgan jarima,

sanksiyalar toʻgʻrisida maʼlumot

4-jadval.

Sanksiya qoʻllanilgan sana

Sanksiya qoʻllagan organning nomi

Sanksiya qoʻllashga asos

Sanksiya turi

Sanksiya miqdori
(ming soʻm)

Sanksiyaning ijrosi darajasi

1

2

3

4

5

6

7




Kreditorlik va debitorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumot

5-jadval.

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

01.01.20___y.

01.01.20___y.

Farqi

+ / — (%)

1

2

3

4

5

6

1.

Debitorlik qarzlari, jami

ming soʻm

2.

Muddati oʻtgan debitorlik qarzlar

ming soʻm

jumladan:

(balans moddalari boʻyicha rasshifrovka qilish)

ming soʻm

3.

Kreditorlik qarzlari, jami

ming soʻm

4.

Muddati oʻtgan kreditorlik qarzlar

ming soʻm

jumladan:

(balans moddalari boʻyicha rasshifrovka qilish)

ming soʻm



Jamiyatning zaxira jamgʻarmasi toʻgʻrisida maʼlumot

6-jadval.

Koʻrsatkichning nomi

ming soʻm

1.

Ustav kapitali

2.

Hisobot yilida shakllantirilgan zaxira jamgʻarmasining miqdori

3.

Zaxira jamgʻarmasining ishlatilgan miqdori, jami

shu jumladan:

zararni qoplash uchun

obligatsiyalarni qoplash uchun

imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlarni toʻlash uchun

aksiyalarni sotib olish uchun



Jamiyatning moliyaviy ahvolini tahliliy koʻrsatkichlari dinamikasi

7-jadval.

Koʻrsatkichlar nomi

01.01.20___y.

01.01.20___y.

Farqi

+ / — (%)

1. Ustav kapitali rentabelligi (sof foydaning ustav kapitaliga nisbati)

2. Aktivlar rentabelligi (sof foydaning aktivlarning balans miqdoriga nisbati)

3. Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti



IV. AKSIYADORLARNING (ISHTIROKCHI) UMUMIY YIGʻILISHI QARORIGA KOʻRA
HISOBOT DAVRIDAGI SOF FOYDANI ISHLATILISHI



Jamiyat sof foydasini amalda taqsimlanishi

8-jadval.

Hisobot davrining sof foydasi (ming soʻm)

Sof foyda taqsimoti

dividendlarni toʻlash uchun

zaxira jamgʻarmasi uchun

korxonani rivojlantirish uchun

boshqa maqsadlar uchun
(qaysi maqsadlar uchunligi

yoritilsin)

jami

jumladan, davlat ulushiga





V. KORPORATIV HARAKATLAR

Hisobot yilida jamiyatning qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlari,

bir dona aksiyaga hisoblangan dividend (foiz)

9-jadval.

Qimmatli qogʻoz turi

Nominal

Oraliq

Yillik

Oʻtgan yil uchun

Hisobot davrida

miqdor (soʻm)

nominaliga nisbatan foiz

miqdor (soʻm)

nominaliga nisbatan foiz

miqdor (soʻm)

nominaliga nisbatan foiz

Miqdor (soʻm)

Nominaliga nisbatan foiz

1. Oddiy aksiya

2. Imtiyozli aksiya

3. Korporativ obligatsiyalar

4. Boshqa qimmatli qogʻozlar



Jamiyatning boshqa korxonalardagi ishtiroki va uzoq muddatli
moliyaviy qoʻyilmalarning samaradorligi boʻyicha maʼlumot

10-jadval.

Korxonaning nomi

Asosiy
faoliyat turi

Korxonaning ustav fondidagi
ulushi

Investitsiyalar

Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalarning samaradorligi

Ustav fondiga kiritilgan ulush
(ming soʻm)

Faoliyati davomida kiritilgan investitsiyalar (ming soʻm)

Moliyaviy qoʻyilmalardan olingan daromadlar (ming soʻm)

Aktivlar rentabelligi, %

Soliqlar toʻlangandan soʻng moliyaviy qoʻyilmalardan sof foyda (ming soʻm)


Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida maʼlumot

Kuzatuv kengashi — ______ kishidan iborat. Kuzatuv kengashning shaxsiy tarkibi. Kuzatuv kengashning tarkibi tasdiqlangan sana.

1. Raisning F.I.O.

2. Kengash aʼzosi, F.I.O.

(koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar)

asosiy ish joyi,

kuzatuv kengashi aʼzosi egalik qilayotgan qimmatli qogʻozlar haqida maʼlumotlar

Hisobot davrida kuzatuv kengashining jami _________ ta yigʻilishi oʻtkazildi.

Jamiyatning ijroiya organi toʻgʻrisida maʼlumot

Boshqaruv ______ kishidan iborat. Boshqaruvning shaxsiy tarkibi.

1.Raisning F.I.O.

2.Boshqaruv aʼzolari, F.I.O.

(koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar)

oldingi ish joyi,

boshqaruv organiga tayinlangan sana,

boshqaruv aʼzosi egalik qilayotgan qimmatli qogʻozlar haqida maʼlumotlar

Hisobot davrida jami _________ ta yigʻilishi oʻtkazildi.

Jamiyat taftish komissiyasining faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot

Hisobot yilida taftish komissiyasi tarkibi ______ kishidan iborat.

Komissiyaning shaxsiy tarkibi.

1.Raisning F.I.O.

2.Kotib(a)ning F.I.O.

3.Komissiya aʼzolari, F.I.O.

Jamiyat tashqi auditori toʻgʻrisida maʼlumot

Nomi.

Litsenziya raqami va uni olgan sana.

Litsenziyaning amal qilish muddati.

Audit tekshiruvini oʻtkazilish sanasi.

Ichki audit xizmati toʻgʻrisida maʼlumot

Jamiyatning ichki audit xizmati ______ kishidan iborat.

Ichki audit xizmatining shaxsiy tarkibi.

1.Rahbarning F.I.O.

2.Xodimning F.I.O.

Hisobot yili davomida _____ta yigʻma hisobot taqdim etildi.

Ishonchli boshqaruvchi



___________________________

____________________

(familiya, ismi, sharifi)

(imzo)

20__ y. “___” ____________

_______________________

(imzo)

Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-b-ILOVA

Aksiyadorlik kompaniyalari, xoldinglar tarkibiga kirgan korxonalar faoliyatining asosiy natijalari toʻgʻrisida

20_____ yil ______________ yakunlari boʻyicha

(davri)

MAʼLUMOT

1-jadval

(ming soʻm)

t/r

Aksiyadorlik kompaniyalari, xoldinglar tarkibiga kirgan korxonalarning nomi

Ishlab chiqarish hajmi

Mahsulot

(tovar, ish, xizmat) larni sotishdan sof tushum

Sotilgan mahsulotlarni tannarxi

Davr xarajatlari

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

amalda

Jami

shu jumladan

biznes-

reja boʻyicha

amalda

Maʼmuriy xarajatlar

Operatsion xarajatlar

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

amalda

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14




Sof foyda

Aktivlar rentabelligi

Debitorlik qarzlari

Kreditorlik qarzlari

biznes-

reja boʻyicha

amalda

biznes-

reja boʻyicha

jami

jami

shu jumladan muddati oʻtgan

jami

shu jumladan muddati oʻtgan

15

16

17

18

19

20

21

22




2-jadval

t/r

Aksiyadorlik kompaniyalari, xoldinglar tarkibiga kirgan korxonalarning nomi

Sof foyda

Sof foydaning taqsimlanishi

Dividend toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ nomi va sanasi

Haqiqatda toʻlangan dividend

biznes-

reja boʻyicha

amalda

Dividend toʻlash uchun

zaxira fondi uchun

jamiyatni rivojlantirish uchun

Boshqa maqsadlar uchun (qaysi maqsadlar uchunligi yoritilsin)

jami

shu jumladan kompaniya, xolding ulushi boʻyicha

jami

shu jumladan kompaniya, xolding ulushi boʻyicha

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12


Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA
________________________ AJ (MCHJ)ning 20___ yil _____________________ faoliyati yakunlari, Qisqa va uzoq muddatli istiqbollari toʻgʻrisida
TAHLILIY MAʼLUMOTNOMA

Tahliliy maʼlumotnoma xoʻjalik jamiyatining hisobot davridagi faoliyatini ifodalaydi, hisobot bilan birga taqdim etiladi, unda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maʼlumotlar aks ettiriladi:

1.Jamiyatdagi ishchilar soni, tashkil topgan yili, pochta manzili va indeksi, bank rekvizitlari, yer uchastkasining umumiy maydoni, koʻchmas mulkning umumiy maydoni (jumladan, ishlab chiqarish uchun band boʻlgan qismi), koʻchmas mulkdan foydalanish ( foizlarda va kv.m.), ijaraga berilgan koʻchmas mulk, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning joriy ahvoli, ishlab chiqarish quvvatlaridan keyingi uch yil davomida foydalanish rejasi.

2.Jamiyatning hisobot davrida mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarishning umumiy hajmini oʻtgan yilning mos davri va biznes rejaning tegishli koʻrsatkichlariga nisbatan taqqoslanishi, agar hisobot davrida koʻrsatkichlarning kamayishi yuz bergan boʻlsa, ishlab chiqarish hajmlarining kamayishining sabablari va vaziyatni toʻgʻrilash yoʻlida jamiyat ijro organi, kuzatuv kengashi va ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

3.Jamiyatning hisobot davrida biznes rejaning asosiy koʻrsatkichlari(ishlab chiqarish hajmi, sof foydaning oshishi, dividendlarning toʻlanishi va boshqalar)ning bajarilishining tahlili. Biznes rejaning bajarilmasligi sabablari va jamiyat ijro organi, kuzatuv kengashi va ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

4.Ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmat) tannarxi va davr xarajatlari, jumladan homiylikka yoʻnaltirilgan xarajatlar tahlili.

5. Jamiyat faoliyatini yaxshilash va davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchi faoliyati samaradorligining tahlili (aksiyalarning davlat paketlari (davlat ulushlari)ni ishonchli boshqarish berish boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan investitsion aktivlarni ishonchli boshqaruvchi biznes-rejasining bajarilishi, tashabbus koʻrsatilgan masalalar).

6.Hisobot davrida oʻtgan hisobot davriga nisbatan kreditorlik/debitorlik qarzlari miqdorining oʻzgarishi. Agar hisobot davrida qarzdorlik miqdorining oshishi kuzatilganda, mazkur holat sabablari va jamiyat ijro organi, kuzatuv kengashi va ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, jamiyat boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan jamiyatni modernizatsiya qilish dasturlarini bajarilishi yuzasidan maʼlumot, ushbu dasturlarning bajarilmaslik sabablari, modernizatsiyalash natijalari haqida maʼlumot.

8. Aksiyadorlar (taʼsischilar)ga hisoblangan dividentlarni toʻlanishi toʻgʻrisida maʼlumot. Toʻlovning oʻz vaqtida amalga oshirilmaslik sabablari hamda kuzatuv kengashi va ishonchli boshqaruvchi tomonidan koʻrilgan choralar.

9.Jamiyat xodimlarining ish haqlarini toʻlanishi toʻgʻrisida maʼlumot:

-ish haqi toʻlovlarining doimiyligi;

-ish haqi boʻyicha qarzdorlikning mavjudligi, ish haqi toʻlovini kechikkan oylari soni;

-agar hisobot davrida ish haqi boʻyicha qarzdorlik vujudga kelgan boʻlsa, ish haqi toʻlovlarining oʻz vaqtida amalga oshirilmaslik sabablari hamda kuzatuv kengashi va ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

10.Joriy yilda, keyingi besh yil davomida jamiyatda mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqarishni rivojlantirish, tovar aylanmasini oshirish yuzasidan qisqa va uzoq muddatli rejalar.

11.Jamiyatdagi joriy vaziyatni yaxshilashga koʻmaklashish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha takliflar.

Ishonchli boshqaruvchi

__________________________

____________________

(F.I.O)

(imzo)

 

(2 ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1394-9, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 351-modda; 2005-y., 45-son, 348-modda; 2007-y., 50-51-son, 528-modda; 2010-y., 14-15-son, 123-modda; 2011-y., 49-son, 505-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)