

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-75847">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7186"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-75847">[<b>TSZ:</b><div id="LS3710"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]</span></div></a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-82170">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-82171">Yer osti boyliklari toʻgʻrisida</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-144138">Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi <a href="/acts/-77871">Qonuni</a> bilan yangi tahrirda tasdiqlangan.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-82188"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-141952">I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141953">1-modda. “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning vazifalari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141955">Ushbu Qonunning vazifalari mineral xomashyoga, yer osti suvlariga boʻlgan hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni, yer osti boyliklaridan foydalanish chogʻida yer osti boyliklarini, atrof tabiiy muhitni muhofaza etish va ishlarni bexatar olib borishni, davlat va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer osti boyliklariga egalik qilishda, ulardan foydalanishda va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishdan iborat.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141956">2-modda. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141957">Konchilik munosabatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141958">Qoraqalpogʻiston Respublikasida konchilik munosabatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141960">Yer osti boyliklaridan foydalanish chogʻida yuzaga keladigan, yerdan, yer usti suvlaridan, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq munosabatlar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141961">3-modda. Yer osti boyliklariga egalik qilish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141962">Yer osti boyliklari umummilliy boylik va Oʻzbekiston Respublikasining mutlaq mulkidir.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141963">4-modda. Yer osti boyliklari Davlat fondi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141964">Yer osti boyliklarining foydalanilayotgan uchastkalari ham, foydalanilmayotgan uchastkalari ham, shuningdek texnogen hosilalar (mineral xomashyoni qazib olish hamda qayta ishlash chiqindilari) yer osti boyliklari Davlat fondini tashkil etadi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141965">5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141966">Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki bitimlarida Oʻzbekiston Respublikasining yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalardan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-141968">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7187"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-141968">II BOʻLIM. KONChILIK MUNOSABATLARINING DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINIShI</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141969">6-modda. Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning vazifalari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141971">Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141972">mineral xomashyo bazasini rivojlantirishni taʼminlashdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141973">foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olishning hozirgi paytdagi va istiqbolga moʻljallangan hajmlarini belgilashdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141974">yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq va mineral xomashyoning ayrim turlariga narx belgilashdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141975">yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish va muhofaza qilish, mineral resurslardan oqilona, kompleks foydalanish, yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bexatar yuritishga doir normalar va qoidalarni belgilashdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141976">yer osti boyliklaridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan, yer osti boyliklarini geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan tekshiruv va nazorat tizimini tashkil etishdan iborat.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141977">7-modda. Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141978">Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, hokimiyat mahalliy organlari, shuningdek bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-142436"><a href="/acts/-75847?ONDATE=01.01.1995 00#-141979">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142436">Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari hisoblanib, ular oʻz faoliyatini oʻzlari toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-142448">(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son <a href="/acts/-37460?ONDATE=01.10.2000 00#-37535">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141980">8-modda. Vazirlar Mahkamasining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141981">Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141982">yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141983">mineral xomashyo bazasini rivojlantirish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish, mineral resurslardan oqilona va kompleks foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish, ularning roʻyobga chiqarilishini nazorat qilib borish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141984">yer osti boyliklaridan foydalanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tizimini tashkil qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141985">yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning davlat hisob-kitobini olib borishni va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141986">davlat geologik axborot fondini yaratish va yuritish, davlat mablagʻi evaziga olingan axborotni tasarruf etish, yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarishni moliyaviy taʼminlagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olingan axborotdan foydalanish tartibini belgilash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141987">foydali qazilmalarning qidirib topilgan zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini, konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalarning davlat kadastrini yuritish hamda yer qaʼri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141988">keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxatini belgilash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141989">yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirib borish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141990">yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini olish uchun toʻlovlar undirish tartibi va shartlarini belgilash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141991">geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, mineral xomashyo qazib olish va uni qayta ishlash uchun, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish uchun chet el yuridik va jismoniy shaxslariga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga yer osti boyliklari uchastkalari ajratib berish tartibi hamda shartlarini belgilash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141992">konchilik munosabatlarini tartibga solish sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga masalalarni hal qilish kiradi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141993">9-modda. Hokimiyat mahalliy organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141994">Konchilik munosabatlari sohasida hokimiyat mahalliy organlarining vakolatlari jumlasiga:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141995">oʻz hududida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish, mineral resurslardan oqilona va kompleks foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda qatnashish, ularning roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-152629">yer maydonlari ajratib berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141996">yer osti boyliklaridan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni tekshirish hamda nazorat qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-141997">ushbu Qonun talablari buzilgan taqdirda yer osti boyliklaridan foydalanish ishlarini toʻxtatib qoʻyish kiradi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-141998">III BOʻLIM. YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANISh</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-141999">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8801"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-141999">10-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish turlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142000">Yer osti boyliklari: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142001">geologik jihatdan oʻrganish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142002">foydali qazilmalarni qazib olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142003">foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, shu jumladan neft, gaz, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini koʻmish uchun inshootlar qurish hamda ulardan foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142005">nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142006">davlatning oʻzga ehtiyojlari va jamoat ehtiyojlarini taʼminlash uchun foydalanishga berib qoʻyiladi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142007">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8801"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142007">11-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142008">Yuridik va jismoniy shaxslar yer osti boyliklaridan foydalanuvchi boʻlishlari mumkin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142009">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8801"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142009">12-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish muddatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142010">Yer osti boyliklaridan foydalanish muddati cheklanmagan va cheklangan boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142011">Yer osti boyliklaridan foydalanish muddati oldindan belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, u muddati cheklanmagan hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142012">Yer osti boyliklari cheklangan muddatli foydalanish uchun litsenziyada belgilangan muddatga berib qoʻyiladi. Zaruratga qarab, bu muddat uzaytirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142013">Yer osti boyliklaridan foydalanish muddati foydalanish huquqi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142014">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7194"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.05.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqining vujudga kelishi]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142014">13-modda. Yer qaʼrini geologik oʻrganish uchun berib qoʻyish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142016">Geologik oʻrganish uchun yer qaʼri belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qaʼrini geologik oʻrganish loyihasiga asosan berib qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142017">Yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va yer uchastkalarini egallashga ruxsat berish yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142018">Chet el yuridik shaxslariga, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga geologik oʻrganish uchun yer osti boyliklari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda beriladi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142019">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7194"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.05.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqining vujudga kelishi;</span></div><div id="LBC7195"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142019">14-modda. Yer osti boyliklarini foydali qazilmalar qazib olish va boshqa maqsadlar uchun foydalanishga berib qoʻyish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142020">Yer osti boyliklari foydali qazilmalarni qazib olish va boshqa maqsadlar uchun, shuningdek texnogen hosilalar foydalanishga litsenziyalar asosida beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142021">Qazib chiqarilishi litsenziya asosida amalga oshirilishi kerak boʻlgan mineral resurslar turlarining roʻyxati, yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi, shuningdek kon ajratmalarini berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142024">Litsenziya uning egasining yer osti boyliklaridan foydalanish, kon joylashgan maydon — kon ajratmasini olish va uning zaminida foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen hosilalardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan korxonalarni loyihalashtirishga, foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishga litsenziyada nazarda tutilgan shartlar va talablarga rioya etgan holda, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini yer qaʼrining maʼlum qismida koʻmishga huquqi borligini tasdiqlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142025">Yuridik va jismoniy shaxslarga yer osti boyliklaridan foydalanishning bir yoʻla bir necha turi uchun litsenziyalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142026">Litsenziya yer osti boyliklaridan foydalanish uchun asosdir.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-142454"><a href="/acts/-75847?ONDATE=01.01.1995 00#-142027">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142454">Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyaning taqdim etilishi yer ajratmasi berilishi uchun asos boʻladi. Yer ajratmasi berish yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-142462">(14-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son <a href="/acts/-42991?ONDATE=05.10.1998 00#-70405">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-142470"><a href="/acts/-75847?ONDATE=01.01.1995 00#-142028">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142470">Kon ajratmalari Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi tomonidan beriladi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-142474">(14-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son <a href="/acts/-37460?ONDATE=01.10.2000 00#-37535">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142029">Foydali qazilma konlarini tajriba-sanoat yoʻsinida ishlatish (neft va gaz konlari bundan mustasno), yer osti chuchuk suvlarini chiqarib olish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa kolleksiyabop geologik materiallarni toʻplash uchun litsenziyaga muvofiq berib qoʻyiladigan yer osti boyliklari uchastkalariga kon ajratmasi talab qilinmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142030">Geologiya-qidiruv ishlarini moliyaviy taʼminlagan yuridik va jismoniy shaxslar qidirib topilgan konni ishlatish uchun litsenziyalar olishda mutlaq huquqqa egadirlar.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142031">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7191"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142031">15-modda. Yer osti boyliklaridan xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun foydalanish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142032">Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar oʻzlariga ajratib berilgan yer uchastkalari doirasida oʻz xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish, yer osti suvlarini qazib chiqarish va yer osti inshootlarini qurish maqsadida yer osti boyliklaridan litsenziyasiz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish huquqiga egadirlar.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142033">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7114"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142033">16-modda. Davlat ekologiya ekspertizasi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142034">Yer osti boyliklaridan foydalanish va mineral xomashyoni qayta ishlash bilan bogʻliq ishlarni bajarish loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142035">Davlat ekologiya ekspertizasi talab qilinmaydigan ishlar roʻyxati Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142036">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8801"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142036">17-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanishni cheklash</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142037">Aholi punktlarining belgilangan chegaralari, shahar atrofidagi koʻkalamzor mintaqalar, sanoat, transport, aloqa obyektlari, yer osti suvlarini chiqarib olish inshootlari va ularning muhofaza qilinadigan mintaqalari, shuningdek boshqa alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar doirasida yer qaʼrining ayrim uchastkalaridan foydalanish cheklab yoki taqiqlab qoʻyilishi mumkin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142038">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8801"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142038">18-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning asosiy huquqlari va majburiyatlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142039">Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142040">yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini bajarish uchun yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda yer uchastkalaridan foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142041">oʻz faoliyati natijalaridan, shu jumladan yer osti boyliklari toʻgʻrisida olingan axborotlardan, shuningdek qazib olingan mineral xomashyodan foydalanish. Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi qazib olingan mineral xomashyoni tasarruf etishning alohida shartlarini vaqtincha belgilab qoʻyishi mumkin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142042">basharti litsenziyada oʻzga qoida belgilanmagan boʻlsa, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen hosilalardan foydalanish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142043">Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142044">yer qaʼridan belgilangan maqsadda foydalanilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142045">ishlar yer qaʼridan foydalanish loyihasiga muvofiq olib borilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142046">yer qaʼri geologik toʻla-toʻkis oʻrganilishini, yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanilishini va muhofaza etilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142047">konlarning foydali qazilmalar moʻl uchastkalarini tanlab ishlatishga, mineral xomashyo qazib olish va uni qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdagidan ortiq nobudgarchiligiga yoʻl qoʻyilmasligini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142048">zaxiralar holati va ulardagi oʻzgarishlar, foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va kamayishi hisobga olib borilishini, shuningdek zaxiralarning oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishi, qayta tasdiqlanishi va chegirib tashlanishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142049">qazib olinayotganda qoʻshilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalarning saqlanishi va hisobga olib borilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142050">suv chiqarib olish inshootlari va ularning atrofidagi hududda yer osti suvlari holati kuzatib borilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142051">yer osti suvlari holatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida yer osti suvlari muhofaza qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar zudlik bilan xabardor qilinishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142052">yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar xavfsiz olib borilishini, falokatlarni tugatish rejalari ishlab chiqilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142053">yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning zararli taʼsiridan atrof tabiiy muhit, binolar va inshootlarning muhofaza qilinishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142054">yer osti boyliklaridan foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik hujjatlari va oʻzga hujjatlarning yuritilishini hamda ularning asralishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142055">Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat geologiya fondiga (matnda bundan buyon Davlat geologiya fondi deb yuritiladi) yer qaʼriga oid axborotlar, shuningdek foydali qazilma zaxiralarining holati va oʻzgarishi hamda ularning tarkibidagi komponentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142056">yer osti boyliklaridan foydalanish chogʻida buzilgan yer uchastkalari ulardan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142059">yer osti boyliklaridan foydalanish uchun toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlab borilishini taʼminlashlari shart.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142061">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7196"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.07.00 Yer ostidan foydalanish huquqining bekor boʻlishi]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142061">19-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini toʻxtatish uchun asoslar </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142062">Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142064">belgilangan muddat tugagan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142065">foydalanuvchi yer osti boyliklaridan foydalanish huquqidan voz kechgan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142066">foydalanish uchun yer qaʼri berib qoʻyilgan korxona yoxud oʻzga xoʻjalik faoliyati subyekti tugatilgan hollarda toʻxtatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142067">Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142069">ishlovchilar va aholi hayotiga yoki sihat-salomatligiga, shuningdek atrof tabiiy muhit holatiga yaqqol xavf paydo boʻlgan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142070">yer osti boyliklaridan foydalanuvchi bir yil mobaynida undan foydalanishga kirishmagan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142072">yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun toʻlov muntazam olib borilmagan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142073">yer osti boyliklaridan foydalanuvchi litsenziyaning asosiy shartlarini buzgan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142074">davlatning oʻzga ehtiyojlari va jamoat ehtiyojlari uchun yer qaʼri uchastkalarini olib qoʻyish zarur boʻlgan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142075">ushbu Qonunning <a href="javascript:scrollText(-142095)">24</a>, <a href="javascript:scrollText(-142140)">30</a> va <a href="javascript:scrollText(-142169)">33</a>-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilmagan taqdirda muddatidan ilgari toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142076">Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar qonun hujjatlari talablarini buzganlari taqdirida yer osti boyliklaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishlari mumkin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142077">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7196"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.07.00 Yer ostidan foydalanish huquqining bekor boʻlishi]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142077">20-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini toʻxtatish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142078">Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi tegishli organlar tomonidan ularning oʻzlari bergan litsenziya va kon ajratmasi berishga oid dalolatnomani bekor qilish yoʻli bilan toʻxtatiladi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142079">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8801"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142079">21-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142080">Davlat boshqaruv organlarining, hokimiyat mahalliy organlarining yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar faoliyatiga aralashishlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142081">Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqining toʻxtatib turilishi, cheklab qoʻyilishi yoki toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi qarorlarning qay darajada asosliligi, shuningdek zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142082">Buzilgan huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchiga yer qaʼridan foydalanish huquqi asossiz ravishda toʻxtatib turilishi, cheklab qoʻyilishi yoki toʻxtatilishi tufayli yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda toʻliq hajmda qoplanishi lozim.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142083">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7197"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.08.00 Yer ostidan foydalanganlik uchun toʻlovlar (shuningdek, 07.10.05.00ga qarang)]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142083">22-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish uchun haq toʻlash</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142084">Yer osti boyliklaridan foydalanish pullikdir, ushbu Qonunning <a href="/acts/-75847?ONDATE=30.05.1998 00#-142479">23-moddasida</a> nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-142475"><a href="/acts/-75847?ONDATE=01.01.1995 00#-142085">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142475">Toʻlov puli yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq koʻrinishida undirib olinadi. Ularning miqdori, ularni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi, shuningdek toʻlov boʻyicha imtiyozlar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-142478">(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son <a href="/acts/-42953?ONDATE=30.05.1998 00#-117553">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-142479"><a href="/acts/-75847?ONDATE=01.01.1995 00#-142086">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-142479">(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son <a href="/acts/-42953?ONDATE=30.05.1998 00#-72596">Qonuni</a> bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142094">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7190"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-142094">IV BOʻLIM. YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142095">24-modda. Yer qaʼrini geologik oʻrganishga qoʻyiladigan asosiy talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142096">Yer qaʼrini geologik oʻrganishni amalga oshirayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142098">yer qaʼri geologik oʻrganilishining, qidirib topilayotgan konlarni, foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shuningdek zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqitlarini koʻmish uchun foydalanishga berib qoʻyiladigan yer qaʼri uchastkalarini ishga solishning konchilik-texnika, geologik-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarining bekami-koʻstligini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142099">asosiy qazilma hamda u bilan birga joylashgan foydali birikmalar va ularning tarkibidagi komponentlarning, texnogen hosilalarning miqdori va sifati aniq belgilanishini, kon ustida yotgan hamda sigʻdiruvchi jinslardan ishlab chiqarishda va yerlarni qayta tiklash ishlarini bajarishda foydalanish uchun ana shu jinslarning xossalari tadqiq etilishini, mineral xomashyoning radiatsiya-gigiyena jihatidan baholanishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142100">yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarning foydali qazilmalar asossiz nobud boʻlishi va sifati pasayishini istisno etuvchi usul va yoʻsinlarda olib borilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142101">yer qaʼridan qazib chiqarilayotgan togʻ jinslari va foydali qazilmalarni ularning tabiiy atrof muhitga zararli taʼsirini istisno etadigan tarzda joylashtirish uchun uchastkalar oʻrganilishi va tanlanishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142103">konlarni ishga solishda va boshqa ishlab chiqarish hamda xoʻjalik maqsadlarida foydalanish mumkin boʻlgan qidiruv ishlari uchun olib borilgan kon qazilmalari va burgʻilangan quduqlarning saqlanishini, foydalanilmaydigan kon qazilmalari va quduqlar belgilangan tartibda koʻmib yoʻq qilinishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142104">yer qaʼrini kelgusida oʻrganishda, foydali qazilma konlarini qidirish va ishga solishda, shuningdek yer qaʼridan foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan geologik va texnikaviy-ijro hujjatlari, togʻ jinslari va rudalarning namunalari, kern, foydali qazilma namuna nusxalarining saqlanishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142105">ishdan chiqayozgan yerlarning keyinchalik ulardan foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini taʼminlashlari shart.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142106">25-modda. Topilgan foydali qazilma konlarini sanoat koʻlamida oʻzlashtirish uchun topshirish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142107">Topilgan foydali qazilma konlari yoki ularning muayyan qismlari faqat zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangandagina sanoat koʻlamida oʻzlashtirishga topshirilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142108">Qazilmalarni boyitish va qayta ishlashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilmagan, shuningdek suv taʼminoti va chiqindilarni joylashtirish masalalari hal qilinmagan topilgan foydali qazilma konlari konservatsiya qilinishi lozim va ular sanoat koʻlamida oʻzlashtirishga topshirilmaydi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142109">26-modda. Foydali qazilma konlarining kashf etuvchilari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142110">Ilgari maʼlum boʻlmagan, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma konini topgan, qidiruv ishlarini bajargan, shuningdek ilgari maʼlum boʻlgan konda uning sanoat ahamiyatini ancha oshiradigan foydali qazilmalarning qoʻshimcha zaxiralari yoki yangi mineral xomashyo topgan shaxslar kashf etuvchilar deb eʼtirof etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142111">Foydali qazilma konlarining kashf etuvchilari taqdirlanish huquqiga egadirlar. Taqdirlash tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142112">27-modda. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi axborotlarga egalik qilish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142113">Geologik hisobotlar, xaritalar hamda boshqa materiallardagi yer qaʼrining geologik tuzilishi, undagi foydali qazilmalar, ularning texnologik va boshqa xossalari, foydali qazilma konlari ishga solinishining shart-sharoitlari toʻgʻrisidagi axborotlar ishni moliyaviy taʼminlagan buyurtmachining mulki hisoblanadi. Davlat budjeti yoki mineral-xomashyo bazasini tiklash budjetdan tashqari fondi, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobiga yer osti boyliklari toʻgʻrisida olingan axborotlar ularni hisobga olish, saqlash va tartibga solish uchun Davlat geologiya fondiga bepul, majburiy tartibda topshiriladi. Davlat geologiya fondi tushayotgan axborotning sir tutilishini taʼminlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142114">Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi axborotlardan foydalanish tartibi va shartlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142115">Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi axborotga egalik qilish huquqi qonun bilan muhofaza qilinadi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142116">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8801"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-142116">V BOʻLIM. YER QAʼRIDAN FOYDALANISh BILAN BOFLIQ KORXONALARNI LOYIHALAShTIRISh</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142117">28-modda. Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq korxonalarni loyihalashtirish xususiyatlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142118">Foydali qazilma qazib oluvchi va mineral xomashyoni qayta ishlovchi korxonalarni, shuningdek foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini loyihalashtirish tasdiqlangan zaxiralar asosida hamda moʻljallanayotgan qurilish uchastkasida yer qaʼri oʻrganilib, ishlarni texnikaviy jihatdan bexatar olib borish taʼminlanishini va mintaqaning ekologik holatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142119">Zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini koʻmish bilan bogʻliq yer osti inshootlarini loyihalashtirishga ularni koʻmish mumkinligini asoslab beradigan geologik, muhandislik-geologik, gidrogeologik va boshqa maʼlumotlar mavjud boʻlsagina ruxsat beriladi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142120">29-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq korxonalarni loyihalashtirishga qoʻyiladigan asosiy talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142122">Foydali qazilma qazib oluvchi va mineral xomashyoni qayta ishlovchi korxonalarni qurish loyihalarida:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142127">loyihalashtirilayotgan korxonalarning ekologik-iqtisodiy dalil-asoslari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142128">yer qaʼridan asosiy foydali qazilma zaxiralari va ular bilan birga joylashgan foydali birikmalarni mumkin qadar toʻliq, kompleks ravishda va iqtisodiy jihatdan maqbul tarzda chiqarib olishni, shuningdek xodimlar va aholining xavfsizligini taʼminlovchi foydali qazilma konlarini ochish usullari hamda bu konlarni ishga solish tizimlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142130">foydali qazilma ustida joylashgan jinslardan oqilona foydalanish, shuningdek ularni jinslarning xususiyatlarini hamda yerlarni qayta tiklash talablarini hisobga olib joylash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142131">asosiy qazilma bilan birga qazib chiqariladigan, lekin vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilma va texnogen hosilalarni toʻplash, hisobga olib borish va saqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142132">yer osti inshootlarini qurish va ishlatish jarayonida ochiladigan yer qaʼrini geologik oʻrganish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142133">atrof tabiiy muhitga koʻrsatiladigan taʼsirni baholash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142134">qayta ishlash chiqindilaridan imkon qadar toʻliq foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142135">zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini, tarkibida zararli moddalar boʻlgan oqova suvlarni qayta ishlash, zararsizlantirish, foydali suratda ishlatish, koʻmish va vaqtincha toʻplab qoʻyishning atrof tabiiy muhit ifloslanishi oldini olishni taʼminlaydigan usullari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142136">zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqitlarini, oqova suvlarni qatʼiy belgilangan joylarda toʻplashning ular yer qaʼri qoʻshni uchastkalariga, yer osti suvlariga, yer yuzasiga va atmosferaga tarqalib ketishining oldi olinishini taʼminlaydigan chora-tadbirlari koʻzda tutilishi lozim.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142138">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7198"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.09.00 Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish  va ularni muhofaza qilish boʻyicha talablar]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-142138">VI BOʻLIM. FOYDALI QAZILMA KONLARINI IShLATISh, MINERAL RESURSLARNI QAYTA IShLASh VA IShLARNI BEXATAR OLIB BORIShGA QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142140">30-modda. Foydali qazilma konlarini ishlatish va mineral xomashyoni qayta ishlashga qoʻyiladigan asosiy talablar </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142141">Foydali qazilma konlarini ishlatish foydali qazilma qazib oluvchi korxonalarning tasdiqlangan loyihalariga, konchilik ishlarini rivojlantirish rejalariga, neft, gaz konlari va yer osti suvlarini ishlatish loyiha va sxemalariga hamda texnikaviy foydalanishning konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142142">Foydali qazilma konlarini ishlatishda va mineral xomashyoni qayta ishlashda:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142143">ishga solinayotgan foydali qazilma konlari va ularning yonidagi foydali qazilma konlari hamda yer qaʼri boshqa uchastkalarining konchilik ishlari olib borish natijasida buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek yer qaʼrida konservatsiya qilib qoʻyiladigan foydali qazilma zaxiralari saqlanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142145">togʻ jinslarining siljish jarayonlari, yer yuzasi, binolar, inshootlarning mayishishlari, konlarning pogʻonalari va chekka tomonlari mustahkamligi maxsus asboblar bilan kuzatib turilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142146">mineral xomashyoni qayta ishlashning turli bosqichlarida foydali komponentlar taqsimoti va ularni ajratib olish darajasining hisobga olib hamda nazorat qilib borilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142150">ushbu Qonunning 18-moddasi <a href="javascript:scrollText(-142043)">ikkinchi qismida</a>, <a href="javascript:scrollText(-142117)">28</a> va <a href="javascript:scrollText(-142120)">29</a>-moddalarida bayon etilgan qoidalarga rioya etilishi taʼminlanishi lozim.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142152">31-modda. Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan korxonalarni tugatish va konservatsiya qilish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142155">Foydali qazilmalar qazib oluvchi korxona yoki uning muayyan qismi, shuningdek foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142156">yer qaʼridan foydalanish muddatlari tugagan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142157">yer qaʼridan foydalanish huquqi muddatidan oldin toʻxtatilgan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142158">foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralarini toʻliq ishlatib boʻlgach, zaxiralarni orttirishning istiqboli va balansdan tashqaridagi zaxiralarni ishlatishga jalb qilishning imkoni boʻlmagan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142159">kondan yoki uning muayyan uchastkasidan foydali qazilma chiqarib olishni davom ettirish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlamagan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142160">qazilayotgan konni, shuningdek foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini suv bosishi yoki ularning vayron boʻlishi xavfi paydo boʻlib, buning oldini olishning texnikaviy jihatdan iloji boʻlmagan yoki bunday qilish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlamagan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142161">yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlaridan foydalanishga ehtiyoj qolmagan hollarda, toʻliq yoki qisman tugatilishi va (yoxud) konservatsiya qilinishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142162">Foydali qazilma qazib oluvchi korxona yoki uning muayyan qismi, shuningdek foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va (yoki) konservatsiya qilish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142163">Yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tugatish jarayoni oxiriga yetkazilgunga qadar va konservatsiya chogʻida yer osti boyliklaridan foydalanishga doir jami vazifalarni litsenziya va ushbu Qonunga muvofiq ado etib boradi hamda toʻligʻicha javobgar boʻladi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142164">32-modda. Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning bexatar olib borilishini taʼminlash </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142167">Foydali qazilma qazib oluvchi korxonalar, shuningdek foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish, qayta qurish va ishlatishda, yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish ishlari hamda yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarni bajarishda xodimlar, aholi va atrof tabiiy muhitning xavfsizligi taʼminlanishi lozim.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-142480"><a href="/acts/-75847?ONDATE=01.01.1995 00#-142168">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142480">Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning bexatar olib borilishi shart-sharoitlarini taʼminlash masʼuliyati korxonalarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-142483">(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son <a href="/acts/-36953?ONDATE=22.02.1997 00#-38229">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142169">33-modda. Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning xavf-xatarsiz olib borilishini taʼminlashga doir asosiy talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142170">Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning xavf-xatarsiz olib borilishini taʼminlashga doir asosiy talablar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142171">ishlarni xavf-xatarsiz olib borish normalari va qoidalarini oʻrganish va ularga amal qilish, shuningdek avariyalarning oldini olish va tugatish tadbirlarini rejalashtirish hamda oʻtkazishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142172">maxsus tayyorgarligi va malakasi boʻlgan shaxslargagina ishlash uchun ijozat berishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142173">kon ishlarida, burgʻilash ishlarida va boshqa ishlarda band boʻlgan shaxslarni maxsus kiyim-bosh, yakka va umumiy himoya vositalari bilan taʼminlashdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142174">xavfsizlik normalari va qoidalari talablariga hamda sanitariya normalariga mos keladigan mashinalar, asbob-uskuna va materiallarni qoʻllanishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142176">portlovchi moddalar va portlatish vositalarini hisobga olib borish, tegishli ravishda saqlash va sarflash, shuningdek ulardan toʻgʻri va xavfsiz foydalanishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142177">ishlarning texnologik tizimini taʼminlashga va xavfli vaziyatlarni bashorat qilishga zarur va yetarlicha boʻlgan geologik, marksheyderlik hamda oʻzga kuzatishlar majmuini oʻtkazishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142178">kon havosining holati, uning tarkibidagi kislorod, zararli va portlash xavfi boʻlgan gazlar hamda changlar miqdorini muntazam nazorat qilib borishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142179">texnikaviy hujjatlarni va avariyalarni tugatish rejalarini xavfsiz ravishda ish olib boriluvchi mintaqalar chegaralarini aniqlashtiruvchi maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida toʻldirib borishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142180">qattiq foydali qazilma konlarini ishga solish loyiha tizimlariga, neft, gaz konlari va yer osti suvlarini ishga solish va yoʻlga qoʻyish loyihalari va texnologik sxemalariga rioya qilishdan iborat.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142181">Basharti, yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning holati odamlarning hayoti va sihat-salomatligiga xavf tugʻdirsa, bunday ishlarni olib borish man etiladi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142182">34-modda. Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish va ularni tugatish-oʻchirish xizmatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142183">Konchilikdagi qutqaruv qismlari, shuningdek ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni tugatish-oʻchirish xizmatlari yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish uchun tuziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142184">Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish va ularni tugatish-oʻchirish xizmatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142185">35-modda. Hokimiyat mahalliy organlari hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarning avariyalarni tugatish vaqtidagi vazifalari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142186">Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq korxonalarda avariya yuz bergan hollarda hokimiyatning mahalliy organlari, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar transport vositalari, materiallar va asbob-uskuna, aloqa vositalari va dori-darmon berishlari hamda avariyalarni tugatishda boshqa xil yordam koʻrsatishlari shart.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142187">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7198"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.09.00 Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish  va ularni muhofaza qilish boʻyicha talablar]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-142187">VII BOʻLIM. YER QAʼRIDAN FOYDALANISh VA ULARNI MUHOFAZA QILISh</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142189">36-modda. Yer qaʼridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir asosiy talablar </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142190">Yer qaʼridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir asosiy talablar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142191">yer qaʼrini foydalanishga berib qoʻyishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilishlik va yer osti boyliklaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142192">yer qaʼrini geologik jihatdan toʻla-toʻkis oʻrganish, undan oqilona, kompleks foydalanishni va uning muhofaza qilinishini taʼminlashdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142193">kon ajratmalaridan tashqarida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydali qazilma konlarini ishga solishni va yer osti boyliklaridan foydalanishni taqiqlab qoʻyishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142194">yer qaʼridan asosiy qazilma va u bilan birga joylashgan foydali birikmalar hamda ularning tarkibidagi komponentlarning mumkin qadar toʻliq chiqarib olinishini taʼminlashdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142195">foydali qazilma konlarini ishga solishda yer qaʼridan qazib olinadigan va unda qoldiriladigan asosiy qazilma hamda u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar va ular tarkibidagi komponentlarning zaxiralarini, shuningdek mineral xomashyoni qayta ishlash chogʻida foydali komponentlarni aniq hisobga olib borishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142196">qazib olingan mineral xomashyodan uning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga molik komponentlarni oqilona va kompleks ravishda ajratib olishni taʼminlashdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142197">foydali qazilma konlarini tugab qolishdan, ifloslanishdan, suv bosishdan, suv chiqib ketishidan, yongʻindan hamda foydali qazilmalar sifatini va konlarning sanoat koʻlamidagi ahamiyatini pasaytiruvchi yoki ularni ishga solishni murakkablashtiruvchi boshqa omillardan muhofaza qilishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142198">yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borishda, ayniqsa neft, gaz yoki boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlashda, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqitlarini koʻmishda yer qaʼri ifloslanishining oldini olishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142199">foydali qazilma qazib oluvchi korxonalarni va foydali qazilma qazib chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilib qoʻyishning belgilangan tartibiga rioya qilishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142200">foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishning oldini olishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142201">ichimlik suvi sifatida va sanoat suv taʼminoti uchun foydalaniladigan suv toʻplash maydonlarida va yer osti suvlari joylashgan maydonlarda sanoat va maishiy chiqindilar yigʻilib qolishining oldini olishdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142202">yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning foydali qazilma zaxiralarining, ishlatilayotgan, konservatsiya qilib qoʻyilayotgan konlar, burgʻilangan quduqlar va yer osti inshootlarining saqlanishiga zararli taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslikdan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142203">xodimlar va aholining xavfsizligini, atrof tabiiy muhit yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning zararli taʼsiridan muhofaza qilinishini taʼminlashdan iborat.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142205">37-modda. Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga imorat qurish shartlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142208">Aholi punktlari, sanoat majmuilari va boshqa xoʻjalik obyektlarini loyihalashtirish va qurishga imorat quriladigan uchastkaning yer qaʼrida foydali qazilmalar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olinganidan keyingina ruxsat beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142209">Foydali qazilmalar joylashgan (keng tarqalganlaridan tashqari) maydonlarga imorat qurishga va bunday joylarda foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga, alohida hollarda, konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda va yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish imkoniyatlari taʼminlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142210">Keng tarqalgan foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek bunday joylarda foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlarining xulosasi boʻlgan taqdirda hokimiyat mahalliy organlarining ruxsati bilangina yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142212">Qurilish obyektlari imorat qurish va rejalashtirishning tasdiqlangan loyihalarida nazarda tutilgan chegaralardagi maydonlarda joylashtiriladigan hollarda bunday xulosa talab qilinmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142213">Keng tarqalgan foydali qazilmalar joylashgan katta maydonlarga imorat qurish, shuningdek bunday joylarda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yirik yer osti inshootlarini joylashtirish, alohida hollardagina, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142214">38-modda. Foydali qazilma konlariga tutashgan maydonlarda imorat qurish shartlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142215">Konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari bilan kelishmasdan turib:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142216">foydali qazilma konlariga tutash joylashgan, konlarni ishga solishda foydalanilishi mumkin boʻlgan maydonlarga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142217">foydali qazilma konlariga tutash, ushbu konlarni ishga solishdagi portlatish ishlari va sodir boʻladigan siljishlarning xavfli va zararli taʼsiri tarqalishi mumkin boʻlgan maydonlarga imorat qurish mumkin emas.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142218">39-modda. Alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga molik yer osti boyliklari uchastkalarini muhofaza qilish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142219">Noyob ochiq geologik jinslar, mineralogik hosilalar, paleontologik obyektlar va yer osti boyliklarining alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga molik boshqa uchastkalari belgilangan tartibda davlat qoʻriqxonalari yoxud tabiat va madaniyat yodgorliklari deb eʼlon qilinishi mumkin. Ushbu qoʻriqxonalar va yodgorliklarning saqlanishiga putur yetkazadigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142220">Yer osti boyliklaridan foydalanishda noyob ochiq geologik jinslar va mineralogik hosilalar, meteoritlar, paleontologik, arxeologik hamda fan va madaniyat uchun ahamiyatga molik boshqa obyektlar topilib qolgan hollarda yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tegishli uchastkadagi ishlarni toʻxtatib, bu haqda manfaatdor davlat organlariga xabar qilishlari shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142221">Alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga molik yer osti boyliklari uchastkalarini davlat qoʻriqxonalari yoxud tabiat yoki madaniyat yodgorliklariga moʻljallab ajratib olish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142222">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7188"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-142222">VIII BOʻLIM. YER QAʼRIDAN FOYDALANISh BILAN BOFLIQ IShLARNING DAVLAT TOMONIDAN HISOBGA OLINIShI</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142224">40-modda. Yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarining davlat tomonidan hisobga olinishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142230">Yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir ishlar davlat tomonidan hisobga olinishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142231">Ishlarni davlat tomonidan hisobga olish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat geologiya fondi tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142232">Yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan turib amalga oshirish taqiqlanadi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142233">41-modda. Foydalanish uchun berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat tomonidan hisobga olinishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142235">Foydali qazilma qazib olish, yer osti inshootlari qurish va ishlatish hamda foydali qazilma qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan oʻzga maqsadlar uchun foydalanishga berib qoʻyilgan yer qaʼri uchastkalari Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda yagona tizim boʻyicha davlat tomonidan hisobga olinishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142245">42-modda. Foydali qazilma konlari, nishonalari va texnogen hosilalar davlat kadastri </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142246">Foydali qazilma konlari, nishonalari va texnogen hosilalar davlat kadastri har bir kon boʻyicha asosiy qazilma va u bilan birga joylashgan foydali birikmalar, ular tarkibidagi komponentlar zaxiralarining miqdor va sifatini, konni ishga solishning konchilik-texnik, texnologik, gidrogeologik va boshqa sharoitlarini hamda konning geologik-iqtisodiy bahosini tavsiflovchi maʼlumotlarni, shuningdek har bir foydali qazilma nishonasiga oid maʼlumotni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142247">Texnogen hosilalarga oid kadastr har bir toʻplab qoʻyilayotgan obyekt boʻyicha texnogen hosilalarning tipi yoki turini miqdor-sifat koʻrsatkichlari hamda saqlash konchilik-texnik sharoitlarini ham koʻrsatib oʻtilgan holda tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142249">Foydali qazilma konlari, nishonalari va texnogen hosilalar davlat kadastri Davlat geologiya fondi tomonidan yuritiladi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142250">43-modda. Foydali qazilma zaxiralari davlat balansi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142251">Foydali qazilma zaxiralari davlat balansi sanoat ahamiyatiga molik konlar boʻyicha har bir turdagi foydali qazilma zaxiralarining miqdori, sifati va oʻrganib chiqilganlik darajasiga oid, ularning qanday joylashganligi, sanoat koʻlamida qay darajada oʻzlashtirilganligi, qancha qazib olinayotganligi, qancha nobud boʻlayotganligi haqidagi hamda sanoatning qidirib topilgan foydali qazilma zaxiralari bilan nechogʻli taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142252">Foydali qazilma konlari zaxiralari davlat balansi Davlat geologiya fondi tomonidan yuritiladi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142253">44-modda. Foydali qazilma zaxiralarini tasdiqlash</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142254">Qidirib topilgan konlardagi foydali qazilma zaxiralari, shuningdek konlarni ishga solish jarayonida qoʻshimcha topilgan qazilma zaxiralari tasdiqlanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142255">Foydali qazilma konlarining zaxiralari mineral xomashyoning turi, miqdori va sifatiga qarab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilma zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi yoki Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilma zaxiralari boʻyicha markaziy komissiya tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142256">45-modda. Foydali qazilma zaxiralarini hisobdan chiqarish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142257">Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan, qazib olish jarayonida yoʻqotilgan, keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni ishga solishda tasdiqlanmagan qazib olingan foydali qazilmalar, shuningdek foydali qazilma zaxiralari davlat balansiga tegishli oʻzgartishlar kiritgan holda yer osti boyliklaridan foydalanuvchining balansidan chiqarilishi kerak.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-142490"><a href="/acts/-75847?ONDATE=01.01.1995 00#-142258">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142490">Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish foydali qazilma zaxiralarini tasdiqlagan organlar tomonidan Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi hamda Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining xulosalari asosida amalga oshiriladi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-142493">(45-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son <a href="/acts/-37460?ONDATE=01.10.2000 00#-37535">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-142494"><a href="/acts/-75847?ONDATE=01.01.1995 00#-142259">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142494">Qazib olingan va qazib olish jarayonida yoʻqotilgan foydali qazilmalarni yer osti boyliklaridan foydalanuvchi hisobidan chiqarish Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-142500">(45-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son <a href="/acts/-37460?ONDATE=01.10.2000 00#-37535">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142260">46-modda. Yer qaʼri monitoringi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142261">Yer qaʼri monitoringi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlab baholash, salbiy jarayonlar oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun yer qaʼri holatini kuzatib borish tizimidan iborat. Monitoringni amalga oshirishning tarkibi, mazmuni va tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142262">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7187"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-142262">IX BOʻLIM. YER QAʼRIDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA QILISh, GEOLOGIK OʻRGANISh HAMDA MINERAL RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISh USTIDAN DAVLAT TEKShIRUVI VA NAZORATI</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142263">47-modda. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazoratining vazifalari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142264">Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazorati vazifalari barcha yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar yer osti boyliklaridan foydalanishning belgilangan tartibiga, yer osti boyliklaridan foydalanish hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish, yer qaʼrini geologik oʻrganish sohasidagi qonun hujjatlari, qoidalar va normalarga, ishlarni xavf-xatarsiz olib borish, ishlarning aholiga, atrof tabiiy muhitga, binolar va inshootlarga zararli taʼsir etishining oldini olish hamda bunday taʼsirni bartaraf qilishga doir talablarga, shuningdek davlat hisobini yuritish va hisobdorlik qoidalariga rioya etishlarini taʼminlashdan iborat.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142265">48-modda. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi organlar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142266">Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazorati hokimiyat mahalliy organlari, shuningdek konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142267">49-modda. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan tarmoq nazorati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142268">Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan tarmoq nazorati yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning geologik, marksheyderlik yoki texnikaviy xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142269">Geologik va marksheyderlik xizmatlari toʻgʻrisidagi namunali nizomlarni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-142270">X BOʻLIM. YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANISh VA ULARNI MUHOFAZA QILISh MASALALARIGA DOIR NIZOLARNI KOʻRIB ChIQISh. YER OSTI BOYLIKLARI TOʻFRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142271">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7202"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.13.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142271">50-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalariga doir nizolarni koʻrib chiqish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142272">Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalariga doir nizolar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-142273">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7203"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.14.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]</span></div></a></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><a id="-142273">51-modda. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-142274">Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-142275">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-142276">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-142277">1994-yil 23-sentabr,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-142278">2018-XII-son</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-142504">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 252-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
