Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TAʼLIM SEKTORINI RIVOJLANTIRISH DASTURI” LOYIHASINI OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, taʼlim tizimining moddiy bazasini mustahkamlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida” 1997-yil 6-oktabrdagi PF-1869-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda matnda “Dastur” deb yuritiladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga quyidagi shartlarda 108,5 mln AQSH dollari miqdorida:
LIBORga asoslangan foiz stavkasi boʻyicha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 15 yil muddatga uchta transh bilan ajratiladigan 70 mln AQSH dollari miqdoridagi barqarorlashtirish qarzi;
LIBORga asoslangan foiz stavkasi boʻyicha, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 25 yil muddatga 38,5 mln AQSH dollari miqdorida “Taʼlim sektorini rivojlantirish loyihasi” dasturi (keyingi oʻrinlarda matnda “Loyiha” deb yuritiladi) kichik loyihasini amalga oshirish uchun loyiha qarzi berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Osiyo taraqqiyot bankining qarzlari Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan qarz bitimlari asosida beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi barqarorlashtirish qarzi boʻyicha mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksiga yuklanadi;
barqarorlashtirish va loyiha qarzlarini qaytarish, vositachilik haqi va ular boʻyicha foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
investitsiya davrida (2003—2007-yillar) loyiha qarzi boʻyicha foizlar va vositachilik haqi toʻlash Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-iyundagi 134-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
qarzlarni qaytarish jadvallari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq;
Dasturni amalga oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* 1—3-ilovalar rus tilidagi matda berilgan.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida qarz bitimlari imzolangandan keyin bir hafta muddatda belgilangan tartibda ular boʻyicha yuridik xulosa bersin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qarz bitimlari imzolangandan keyin bir hafta muddatda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Osiyo taraqqiyot bankining barqarorlashtirish qarziga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan xorijiy valyutadagi hisob raqamini ochsin.
6. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagi vazifalar yuklansin:
Dasturni umumiy muvofiqlashtirish hamda uning samarali va maqsadli amalga oshirilishini nazorat qilish;
tender komissiyalari tarkibini va Loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xaridi boʻyicha tender hujjatlarini tasdiqlash.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Oʻzaro bir-birini tushunish toʻgʻrisidagi memorandum asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi bir oy muddatda faoliyati Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga milliy valyuta “soʻm”da mablagʻ bilan taʼminlanadigan soni 5 kishidan iborat boʻlgan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilsin.
8. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Oʻzaro bir-birini tushunish toʻgʻrisidagi memorandumda yuklanadigan maqsadlar va vazifalarni hisobga olgan holda ikki hafta muddatda:
Loyihani amalga oshirish guruhi;
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 7-sentabrdagi 504-f-son farmoyishi asosida tashkil etilgan taʼlim islohotlari monitoringi guruhi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi investitsiya dasturlarini shakllantirishda, 2003-yildan boshlab, Loyihani amalga oshirishda Hukumatning ulushiga teng miqdorda Loyihaning davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tegishli ravishda mablagʻ bilan taʼminlanishini nazarda tutsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan qarzlar bitimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq investitsiya davrida Loyiha doirasida import boʻyicha olib kelinayotgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), shuningdek Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhining buyurtmanomalari boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining qarz va grant mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan taʼlim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhining buyurtmanomalari boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining qarz va grant mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan taʼlim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga, davlat bojlari toʻlashdan ozod qilib, koʻp martali vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-fevral,
92-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil fevraldagi 92-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
“Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
| 1. | Qosimov R.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, kengash rahbari |
| 2. | Azimov R.S. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri |
| 3. | Nurmurodov M.B. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri |
| 4. | Joʻrayev R.H. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri |
| 5. | Rizayev K.S. | — | Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri |
| 6. | Qosimov R.S. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 7. | Akbarov A.A. | — | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 8. | Lavozimi boʻyicha | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| 9. | Abdullayev Sh.Yu. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| 10. | Lavozimiga koʻra | — | Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi |
| 11. | Masudov X.F. | — | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi rahbarining oʻrinbosari |
| 12. | Gadoyboyev A.A. | — | “Mahalla” jamgʻarmasi raisi |
| 13. | Abdukarimov R.T. | — | Vazirlar Mahkamasining taʼlim islohotlari monitoringi guruhi rahbari, kengashning masʼul kotibi |
Izoh: kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda tegishli lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)