|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.06.2007
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATINING USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-iyun, 108-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qarori)” haqidagi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-fevraldagi 71-sonli “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga (“Olmaliq KMK” AJ) aylantirilganligi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Olmaliq kon metallurgiya kombinatining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 9-iyun,
291-son
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, keyingi oʻrinlarda “kombinat” deb ataladi, oʻzining huquqiy maqomi boʻyicha davlat mulkchiligiga asoslangan davlat korxonasi hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
2. Kombinat yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik yuritish huquqlari bilan alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balansga ega boʻladi, oʻz nomidan mulkiy huquqlarga ega boʻlishi va ular boʻyicha majburiyatlarni bajarishi, sud opganlarida daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
3. Kombinat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, hukumatning qarorlari va farmoyishlariga, amaldagi qonun hujjatlarining normativ aktlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
4. Kombinat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan shtampga va ish qogʻozlariga ega boʻladi.
5. Kombinatning korxonalari va boʻlinmalari joylashgan joy: Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hududlarida. Pochta manzili: 702400, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur shoh koʻchasi
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori tahririda)
6. Kombinat tarkibiga xoʻjalik hisobi asoslarida va kombinat tomonidan tasdiqlangan ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatuvchi tarkibiy boʻlinmalar hamda yuridik shaxs huquqi bilan quyidagi korxonalar mustaqil balans bilan kiradilar.
ishlab chiqarish boʻlinmalari:
Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyatidagi Oltintopgan ishchilar shaharchasida joylashgan Oltintopgan kon boshqarmasi;
Uchquloch kon boshqarmasi, Jizzax viloyatining Forish tumani;
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Quyun shaharchasida joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxona;
Qalmoqqir koni;
mis boyitish fabrikasi;
mis eritish zavodi;
rux zavodi;
sanoat temir yoʻl transport boshqarmasi;
remont-mexanika zavodi;
avtotransport boshqarmasi.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan sex huquqiga ega boʻlgan asosiy boʻlinmalar:
qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi;
Sarichoʻqqi koni;
xoʻjalik transporti avtobazasi;
avtomobillar va maxsus texnikani tuzatish zavodi;
emal sim ishlab chiqarish sexi;
ohaktosh qazib olish va qayta ishlash zavodi;
xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boshqarmasi.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan sex huquqiga ega boʻlgan yordamchi boʻlinmalar:
tuzatish-qurilish boshqarmasi;
tarmoqlar va kichik stansiyalar sexi;
elektr issiqlik markazi;
markaziy avtomatlashtirish laboratoriyasi;
markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi;
markaziy tahliliy laboratoriya;
yadro-geofizika laboratoriyasi;
moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi;
texnika nazorati boʻlimi;
sanoat suv taʼminoti sexi;
aloqa sexi;
asbob-uskunalar boʻlimi;
uy-joylarni tuzatish va ulardan foydalanish tashkiloti;
ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarni saqlash sexi;
geologiya-razvedka partiyasi;
idoradan tashqari harbiylashtirilgan qoʻriqlash;
kombinat boshqarmasi.
Kombinat tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan, mustaqil balans va bankda hisob-kitob schyoti bilan quyidagilar kiradi:
ixtisoslashtirilgan tuzatish-montaj boshqarmasi;
“Ranglimetalltuzatish” aksionerlik jamiyati;
elektr tuzatish ijara korxonasi;
“Xizmat” kichik davlat korxonasi”.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori tahririda)
II. KOMBINATNING FAOLIYAT TURI, ASOSIY VAZIFALARI VA HUQUQLARI
7. Kombinatning faoliyat turi va maqsadi quyidagilardan iborat:
polimetall rudalarni qazib olish va boyitishni hamda tozalangan mis, metall-rux, oltingugurt kislotasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
qimmatbaho, nodir va kam uchraydigan nodir metall rudalarini qazib olish va boyitish hamda qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish;
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslarni va chiqindilarni tayyorlash hamda ularni qayta ishlash;
import boʻyicha, shuningdek, MDH mamlakatlaridan keltirilayotgan xomashyoni qayta ishlash;
sogʻlomlashtirish va boshqa bolalar lagerlarini tashkil etish;
xalq isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish.
portlovchi moddalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, transportda tashish va sotish;
yongʻinga qarshi avtomatik signalizatsiya tizimini montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
dam olish uylari va zonalari, profilaktoriylar, retranslatsiya uzellari va mehnatkashlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishga oid boshqa muassasalar ishini tashkil etish;
doʻkonlar, bufetlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlari sotib olishga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishga doir boshqa savdo shoxobchalari orqali savdo qilishni belgilangan tartibda tashkil etish va amalga oshirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori asosida sakkizinchi –– oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
8. Kombinat quyidagi huquqlarga egadir:
mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish;
budjetga soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foydadan foydalanish yoʻnalishlarini mustaqil ravishda belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan va kombinatning Ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga javob beradigan xoʻjalik faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
davlatga qarashli boʻlmagan korxonalar bilan oʻzaro munosabatlarda asosiy fondlarni Davlat mulki qoʻmitasining qarori bilan, oborot mablagʻlarni — mustaqil ravishda tasarruf etish;
davlat korxonalari bilan oʻzaro munosabatlarda asosiy oborot fondlarni mustaqil ravishda tasarruf etish.
Oldingi tahrirga qarang.
televizion va radio dasturlarni retranslatsiya (qabul qilib olish va uzatish) qilish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori asosida sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
9. Kombinat oʻz faoliyatini iqtisodiy istiqbolni belgilash asosida amalga oshiradi, resurslar, xomashyo, materiallarning mavjudligidan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishlarga, koʻrsatilayotgan xizmatlarga boʻlgan talabdan kelib chiqqan holda kombinatni ijtimoiy rivojlantirish masalalarini mustaqil ravishda hal etadi.
III. KOMBINATNING MOL-MULKI
10. Kombinatning mol-mulkini asosiy fondlar va oborot mablagʻlar, shuningdek, qiymati kombinatning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
Mol-mulk kombinatga toʻliq xoʻjalik yuritish huquqlari bilan tegishli boʻladi. Kombinat barcha boyliklarning ahvoli uchun toʻliq javob beradi.
11. Quyidagilar kombinat mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
mahsulotni sotishdan, bajarilgan ishlardan, koʻrsatilgan xizmatlardan, shuningdek, xoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan olinadigan daromadlar;
banklar va boshqa kreditorlarning kreditlari;
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq kombinat tomonidan chiqariladigan qiymatli qogʻozlardan olinadigan daromadlar;
Budjetdan ajratiladigan kapital mablagʻlar va dotatsiyalar;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
12. Kombinat safarbarlik resurslarining saqlanishini taʼminlaydi.
IV. KOMBINATNING XOʻJALIK, IQTISODIY VA IJTIMOIY FAOLIYATI, FOYDANI TAQSIMLASh
13. Foyda, daromad kombinat xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari hisoblanadi.
Kombinat budjetga soliq va boshqa toʻlovlarni toʻlagandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foydadan foydalanishning yoʻnalishini mustaqil ravishda belgilaydi. Sof foyda korxonaning ixtiyoriga toʻliq oʻtadi, uning bir qismi mehnat jamoasi aʼzolarining mulki qilib berilishi mumkin, uning miqdori kombinat Kengashi tomonidan belgilanadi.
14. Kombinat boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan xoʻjalik faoliyatining barcha sohalaridagi munosabatlarini shartnoma asosida quradi.
15. Kombinat oʻz ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatni rejalashtirish, moddiy-texnika taʼminoti, normalashtirish va mehnatga ijtimoiy muhofaza qilish sohalaridagi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa sohalardagi oʻz huquq va majburiyatlarini toʻliq amalga oshiradi.
16. Kombinat oʻz faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtiradi, chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishlarga va koʻrsatilayotgan xizmatlarga boʻlgan talablardan hamda kombinatning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishini taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda istiqbolni belgilaydi.
Kombinat qonunchilik bilan belgilangan tartibda davlat ehtiyojlari uchun ishlar bajaradi, mahsulot yetkazib beradi.
Kredit va moliya munosabatlari sohasida
17. Kombinat pul mablagʻlarini saqlash va hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish uchun birlashma va uning tarkibiy boʻlinmalari roʻyxatdan oʻtkazilgan joylarda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochishga haqlidir.
Kombinatning hisob-kitoblari, shu jumladan, budjetga toʻlovlar hamda ish haqi toʻlovlari hisob-kitob hujjatlarining kalendar boʻyicha kelib tushish navbatiga koʻra (toʻlov muddatlari kelganda) amalga oshiriladi.
Kombinat kreditlar boʻyicha shartnomalarga hamda hisob-kitob intizomiga rioya qilinishi uchun toʻliq javob beradi.
Narx-navo sohasida
18. Bozor munosabatlari sharoitida kombinat mahsulotni, tovarlarni oʻzi mustaqil ravishda belgilagan yoki shartnomaviy narxlar va tariflar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda esa davlat narxlarida sotadi va xizmatlar koʻrsatadi.
Mehnat, ish haqi va ijtimoiy rivojlantirish sohasida
19. Ish haqining eng kam miqdori jamoa shartnomasi bilan, lekin Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgandan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Kombinat xodimlari ish haqlarining kafolatli eng kam miqdori Yagona tarif setkasiga muvofiq har qaysi kasb, lavozim boʻyicha belgilangan razryadlar bilan aniqlanadi.
Kombinatda mehnat va ish haqi toʻlash shartlarining kontrakt shakli ham qoʻllaniladi.
Kombinat xodimlarini ularning mehnati uchun moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq maʼmuriyat va mehnat jamoasi tomonidan qabul qilingan nizomlar va shartlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ijtimoiy rivojlanish, shu jumladan, mehnat, turmush sharoitlarini va salomatlikni yaxshilash, mehnat jamoasi va ularning oila aʼzolarini majburiy cygʻypta qilishni kafolatlash masalalari mehnat jamoasi tomonidan kombinat maʼmuriyati ishtirokida hal etiladi.
V. KOMBINATNI BOShQARISh VA OʻZINI OʻZI BOShQARISh
20. Kombinatni boshqarish bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Kombinat boshqaruv tuzilmasini mustaqil ravishda aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi.
21. Kombinatga bosh direktor boshchilik qiladi.
Bosh direktor:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan boʻshatiladi;
Kombinat nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, vatanimizdagi va xorijdagi barcha korxonalar va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
oʻz vakolatlari doirasida:
shartnomalar tuzadi, shu jumladan, mehnat va kontrakt asosida shartnomalar tuzadi;
ishonchnomalar beradi, banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlar ochadi;
shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar, normativ hujjatlar chiqaradi va kombinatning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
kombinat Kengashi va mehnat jamoasi konferensiyasi vakolati darajasida boʻlgan masalalardan tashqari kombinat faoliyatiga tegishli barcha masalalarni mustaqil ravishda hal etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda bosh muhandisni, bosh direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan boʻshatadi;
boʻlinmalar va xizmatlar, boʻlimlar, sexlarning rahbarlarini va ularning oʻrinbosarlarini, katta ustalar va ustalarni lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan boʻshatadi;
bosh muhandisning, bosh direktor oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, boʻlinmalar, xizmatlar, boʻlimlar rahbarlarining va bosh mutaxassislarning lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi.
Bosh direktorning ish haqi kombinat Kengashi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kombinat mol-mulkini boshqarish huquqi beriladi va javobgar boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan)
22. Bosh muhandis, bosh direktorning oʻrinbosarlari oʻz vakolatlari doirasida kombinat nomidan ish koʻradilar, boshqa muassasalar va tashkilotlarda uni ifodalaydilar, ishonchnomasiz xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishlari va shartnomalar tuzishlari mumkin.
23. Kombinat faoliyatiga tegishli ijtimoiy iqtisodiy qarorlar korxonaning boshqaruv organlari tomonidan mehnat jamoasi yoki ularning vakolatlari organlari ishtirokida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Kombinat mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli Konferensiya hisoblanadi, u:
Kombinat maʼmuriyati bilan jamoa shartnomasi tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani hal etadi, uning loyihasini koʻrib chiqadi hamda uni mehnat jamoasi nomidan imzolash uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasiga vakolat beradi;
kombinat Kengashiga vakillar saylaydi (chaqirib oladi), ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tinglaydi;
oʻz xodimlari uchun qoʻshimcha taʼtillar, qisqartirilgan ish kunini hamda isteʼmol qilish uchun yoʻnaltiriladigan ishlab topilgan mablagʻlar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlarni belgilaydi;
kombinat Kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlaydi.
24. Kombinatda 22 vakildan iborat Kengash faoliyat koʻrsatadi, shulardan 11 nafari bosh direktor tomonidan tayinlanadi va 11 nafari mehnat jamoasi tomonidan saylanadi.
Kombinat Kengashi 5 yil muddatga tuziladi.
Kengashning huquqlari va majburiyatlari Kengash toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.
VI. KOMBINAT TARKIBIGA KIRUVChI TARKIBIY BOʻLINMALARNI BOShQARISh
25. Tarkibiy boʻlinmaning huquqiy mavqei kombinat bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
VII. HISOBGA OLISh, HISOBOT VA NAZORAT QILISh
26. Kombinat oʻz ish yakunlari boʻyicha operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini olib boradi
27. Mylkni toʻliq xoʻjalik hisobida boshqarish huquqiga ega boʻlgan subyekt oʻz tashabbusi bilan bir yilda kamida bir marta korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilishi mumkin.
Tekshiruv va taftishlarning barcha turlari kombinatning normal ishlashiga xalaqit bermasligi kerak. Taftishlar va tekshirishlarning natijalari kombinatga xabar qilinadi hamda tegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
28. Kombinatning moliya-xoʻjalik faoliyatini kompleks taftish qilish “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Kombinat faoliyatining alohida tomonlarini tekshirish vazifasi qonunchilik bilan yuklatilgan soliq, moliya va boshqa davlat organlari, auditorlik xizmatlari bunday tekshiruvlarni oʻz vakolatlari doirasida oʻtkazishlari mumkin.
VIII. MAXFIY VA TIJORAT AXBOROTLARINI MUHOFAZA QILISh
Kombinat amalga oshirilayotgan ishlarning maxfiyligini, shuningdek, tijorat siri boʻlgan axborotni muhofaza qilishni tashkil etadi va maxfiylik tartibini taʼminlaydi.
IX. KOMBINATNING JAVOBGARLIGI
30. Shartnoma majburiyatlarini, kredit-hisob-kitob va soliq intizomini, mahsulot sifatiga boʻlgan talablarni, xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun kombinat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yoki shartnomada nazarda tutilganidek toʻliq mulkiy javobgar boʻladi.
X. KOMBINATNING TUGATISh VA UNI QAYTA TAShKIL ETISh
31. Kombinatni tugatish va uni qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilangan holatlar va tartibda amalga oshiriladi.