1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash ishlarining turlari hamda tarkibini belgilash, pudrat ishlarini hajm uslubida amalga oshirishni joriy etish, tabiiy ofat va texnogen holatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf qilish ishlarini tashkil etish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash ishlari tasnifining yangi tahririni hamda yoʻl ishlarini bajarishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlari tasnifi 2-ilovaga muvofiq;
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari tugallangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari hamda yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalariga kafolatli xizmat qilish muddatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovagamuvofiq;
Avtomobil yoʻllaridagi tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) har yili 1-martdan kechiktirmay Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, ajratilgan limitlar doirasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining har yilgi taʼmirlash va saqlash xarajatlari smetalari shakllantirilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda:
a) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlari boʻyicha:
taʼmirlash ishlari — ajratilgan limitlar doirasida qiymati bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravarigacha boʻlgan obyektlar xarajatlar smetasi asosida hamda olti ming baravaridan yuqori boʻlgan obyektlar belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha shakllantirilgan manzilli roʻyxatlar asosida moliyalashtiriladi. Ushbu ishlar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi yoʻl va koʻpriklarni saqlash hamda taʼmirlash tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — ekspluatatsiya tashkilotlari) tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda qiymati bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan yuqori boʻlgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyiha tashkilotlari belgilangan tartibda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi;
saqlash ishlari — ajratilgan limitlar doirasida belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi hamda ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
b) shahar va boshqa aholi punkti koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, buyurtmachi tashkilotlarning takliflariga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlariga ajratilgan mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilishini taʼminlash maqsadida yil davomida ajratilgan limitlarni hududlar va ish turlari boʻyicha qayta taqsimlashga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
7. Ushbu qarorga 3-ilova qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-dekabr,
901-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-son qaroriga 1-ILOVA
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomobil yoʻllarida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, shuningdek, bajarilgan ishlarni ularning hajmi va sifatini hisobga olgan holda (keyingi oʻrinlarda — hajm uslubi), pudrat ishlarini hajm koʻrsatkichiga oʻtkazish orqali bosqichma-bosqich tatbiq etish tartibini belgilaydi hamda avtomobil yoʻllarini taʼmirlash obyektlariga qoʻllanilmaydi.
Ushbu hajm uslubini qoʻllanish bosqichma-bosqich tatbiq etilishini inobatga olgan holda, buyurtmachi tomonidan har bir obyekt boʻyicha alohida beriladigan texnik topshiriqda aniq belgilab beriladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
buyurtmachi — pudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini olgan shaxs;
buyurtmachining talablari — ish hajmi, standart, loyihalashtirish-qurilish-qabul qilish-mahsulotni yetkazib berish va lozim boʻlgan ishlarni shartnomada belgilangan talablar hamda kalendar rejada koʻrsatilgan muddatlarda bajarish, shuningdek, shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va takomillashtirish tafsilotlari;
ish hajmi qaydnomasi (IHQ) — loyiha hujjatiga asosan bajariladigan qurilish-montaj ishlarining turi va hajmi keltirilgan jadval;
qaydnomalar — oferta bilan birgalikda taqdim qilinadigan maʼlumotlar;
muhandis-konsultant — shartnoma asosida bajariladigan ishlar boʻyicha muhandislik-boshqarish va texnik nazorat qilish ishlarini bajarishga javobgar, buyurtmachi tomonidan tayinlangan va tegishli sertifikatga ega boʻlgan yuridik shaxs (shaxslar);
oferta — loyiha doirasida bajariladigan qurilish ishlari hajmi va ularning qiymati boʻyicha pudrat tashkilotining buyurtmachiga takliflari;
pudrat tashkiloti — buyurtmachi tomonidan amaldagi qonunchilik asosida belgilangan hamda shartnomada koʻrsatilgan ishlarni belgilangan muddatda bajarish va topshirish majburiyatini olgan yuridik shaxs;
pudrat tashkilotining takliflari — oferta takliflari keltirilgan dastlabki hujjat;
pudrat shartnomasi — pudrat tashkilotining maʼlum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish haqidagi kelishuvi;
yordamchi pudrat tashkiloti — qurilishning maʼlum qismini qurish yoki unga mahsulot yetkazib berish masalasida pudrat tashkiloti bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi — shartnomaga muvofiq qurilish yakunlanganda obyektni yoki uning qismlarini foydalanishga topshirish dalolatnomasi;
toʻlov sertifikati arizasi (TSA) — mazkur Nizom talablariga binoan yakuniy sertifikat toʻlovlaridan tashqari pudrat tashkiloti tomonidan muhandis-konsultantga berilgan har qanday sertifikat toʻlovlariga beriladigan ariza;
obyektning (shartnomaning) yakuniy bahosi — qurilish ishlari tugallangandan keyin yakuniy toʻlov sertifikati asosida obyektning shakllangan qiymati;
oraliq toʻlov sertifikati (OTS) — mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachining vakili (muhandis-konsultant) tomonidan yakuniy toʻlov sertifikati berilgunga qadar tasdiqlangan toʻlov hujjati;
yakuniy toʻlov sertifikati — mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachining vakili (muhandis-konsultant) tomonidan tasdiqlangan oxirgi toʻlov sertifikati.
2-bob. Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
3. Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlari (keyingi oʻrinlarda — loyiha hujjatlari) Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan ishlab chiqiladi.
4. Loyiha hujjatlarining ish hajmi qaydnomasini belgilashda loyiha yechimida koʻrsatilgandek elementlar, qurilmalar va boshqa yondosh ish turlarini hisobga olib, materiallar va mashina-mexanizmlar resursi, shuningdek, ishchilarning mehnat xarajatlari keltirilmagan holda, ishlarning fizik hajmlari koʻrsatiladi.
5. Ushbu ish hajmi qaydnomasiga quyidagi holatlarda oʻzgartirish kiritilishi mumkin:
pudrat ishlarini amalga oshirish davomida loyiha hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan holatda;
obyektning qoldiq ish hajmi keyingi yillarga oʻtuvchi boʻlgan holatda;
ish hajmi qaydnomasida xatoliklar mavjud boʻlganda.
6. Loyiha hujjatlariga qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
7. Obyektning keyingi yillarga oʻtuvchi qurilish ishlari qiymatini narx omili boʻyicha indeksatsiya qilish:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga tegishli boʻlgan tender (tanlov) savdolari hamda narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari tomonidan har yil uchun ishlab chiqilgan oʻtish koeffitsiyenti orqali;
buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan indeksatsiya koeffitsiyentini qoʻllash orqali;
ish hajmlari qaydnomasidagi qoldiq ish hajmlarini qayta hisoblash orqali yoki tomonlar kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Loyiha hujjatlarini topshirish va qabul qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
8. Loyiha tashkiloti loyihalashtirish uchun berilgan texnik topshiriq va shartnoma shartlariga koʻra ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini buyurtmachiga taqdim qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
9. Buyurtmachi loyiha hujjatlarining asoslanganligini, shuningdek, mustahkamlik, chidamlilik, yongʻin xavfsizligi boʻyicha qabul qilingan qoidalar, mehnat va atrof-muhit muhofazasi talablari, qurilishning joriy narxdagi bahosi hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiqligini shaharsozlik hujjatlari ekspertizasiga masʼul vakolatli tashkilot yoki uning hududiy filiallari tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
4-bob. Yoʻl qurilishi ishlarining sifat nazoratini tashkil qilish
10. Ish va xizmatlar sifatini nazorat qilish quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
buyurtmachi tomonidan jalb qilinadigan muhandis-konsultantning texnik nazorati;
pudrat tashkilotining ishlab chiqarish jarayonidagi ichki nazorati, jumladan, laboratoriya, geodeziya, materiallar sifatini nazorat qilish va boshqalar;
buyurtmachining muvofiqlashtirilgan monitoringi (buyurtmachi tomonidan obyektga biriktirilgan mutaxassis yoki mutaxassis-xodimlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi);
loyiha tashkilotining mualliflik nazorati.
11. Qurilish ishlarining loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlari muhandis-konsultant tomonidan qurilish ishlarining butun davri davomida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
12. Obyektni muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari buyurtmachi tomonidan autsorsing asosida jalb etilgan muhandis-konsultant tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda muhandis-konsultant davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq eng yaxshi takliflarning davlat xaridlari elektron tizimi (xarid.uzex.uz) orqali amalga oshiriladigan tanlash (keyingi oʻrinlarda — tanlash) yoki tender savdolari asosida aniqlanadi;
Tanlash (tender) toʻgʻrisidagi axborot buyurtmachi tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimiga tanlov (tender) oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni va tanlov (tender) boʻyicha xarid qilish hujjatlarini joylashtirish yoʻli bilan maʼlum qilinadi.
Tanlov (tender) oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon va tanlov (tender) boʻyicha xarid qilish hujjatlari va buyurtmachi tomonidan takliflarni qabul qilish muddati amaldagi tartib boʻyicha davlat xaridlarining elektron tizimiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
13. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlarini amalga oshirishga diplomi boʻyicha shaharsozlik faoliyati sohasida oliy maʼlumotli mutaxassislikka hamda kamida besh yillik ish tajribasiga, shuningdek, tegishli sertifikatga ega boʻlgan mutaxassis tayinlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
14. Muhandis-konsultant quyidagi huquqlarga ega:
qurilish jarayonida geodeziya ishlarini nazorat qilish;
loyiha hujjatlarini kelishish, tasdiqlash va qayta tasdiqlashni, shuningdek, pudrat tashkilotlarining takliflari boʻyicha loyiha hujjatlariga tuzatishlar va oʻzgartirishlar kiritishni tashkil etishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
oʻz vakolati doirasida obyekt qurilishi hududiga tushgan buzulishi hamda koʻchirilishi belgilangan obyektlar, bino va inshootlarni koʻrikdan oʻtkazish, bino va inshootlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib turish yoki buzish hamda koʻchirishga hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, pudrat tashkilotiga ishlarni davom ettirish uchun qayta topshirish jarayonida obyektlar holatini baholashda ishtirok etish;
vakolatli organlar tomonidan obyektlarda oʻtkaziladigan tekshirish va nazorat tadbirlarida ishtirok etish;
qurilish obyektlarida barcha shaharsozlik normalari va qoidalarining buzilish holatlari, avariya holatlari hamda avariyalarni bartaraf etish ishlari natijalari toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar berish;
bino va inshootlarning konstruksiyalari ishonchliligiga hamda zilzila bardoshliligiga taʼsir koʻrsatuvchi, shuningdek, inson salomatligi hamda hayotiga tahdid soluvchi holatlar aniqlanganda, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turish va bu haqda buyurtmachini xabardor qilish;
qurilish jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan pudrat tashkiloti va loyiha tashkilotining mualliflik nazorati mutaxassislariga ijro etilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
obyektlar qurilishi boʻyicha pudrat tashkiloti tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash, bartaraf etish va bu kabi holatlarning oldini olish yuzasidan pudrat tashkilotining ichki nazorati tashkil etilganligini, ichki nazorat boʻyicha mutaxassisga belgilangan tartibda sertifikat berilganligini tekshirish;
pudrat tashkilotidan qurilish ishlarining qatʼiy loyiha boʻyicha va materiallarga qoʻyiladigan meʼyoriy talablar hamda ishlar texnologiyasiga muvofiq bajarilishini talab qilish;
ish jurnallari va boshqa ijro hujjatlarida aniqlangan loyihadan hamda meʼyoriy talablardan chetga chiqish holatlarini qayd etish;
zarur hollarda, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurilish ishlarini vaqtincha toʻxtatib qoʻyishni talab qilish;
loyihadan va meʼyoriy talablardan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlarga haq toʻlash toʻgʻrisidagi hujjatlarni imzolashdan bosh tortish;
qurilish-montaj ishlari ijrochilari texnik nazorat talablaridan norozi boʻlgan hollarda, pudrat tashkiloti va buyurtmachining yuqori tashkilotlariga belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Muhandis-konsultant qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
15. Muhandis-konsultant:
birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni (yer ajratish, muhandislik tarmoqlariga ulanish texnik shartlari) tayyorlashda ishtirok etishi;
buyurtmachining topshirigʻiga koʻra loyihani amaldagi meʼyorlar talablariga mosligi yuzasidan koʻrib chiqish hamda loyiha boʻyicha oʻzining taklif va izohlarini berishi;
qurilish obyektidagi qurilmalar va mavjud kommunikatsiyalarni koʻchirishga doir yuridik va texnik hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va qurilish tashkilotiga topshirishda ishtirok etishi;
qurilish-montaj ishlarining loyiha yechimlarida konstruksiyalar, uskunalar, materiallar va oʻrnatiladigan jihozlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda talablariga muvofiqligini tekshirishi;
inshootlar asosiy oʻqlarining joyida geodezik toʻgʻri belgilanganligi, ular reperlar va koordinatalar bilan mahkamlanganligini nazorat qilishi;
qurilishda foydalaniladigan konstruksiyalar, uskunalar va materiallarni (texnik pasportlar, sertifikatlar, laboratoriya sinovlari natijalari va boshqalar) sifat guvohnomasi hujjatlari mavjudligini tekshirishi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, texnik shartlar, sertifikatlarga mos kelmaydigan materiallar, konstruksiyalar, buyumlar va uskunalarni nuqson dalolatnomalari bilan rasmiylashtirishi hamda ularning obyektda ishlatilishini taqiqlashi;
pudrat tashkiloti tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni tashish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishi, materiallar va buyumlar buzilishi va sifatining pasayishiga olib keladigan tarzda saqlanishini taqiqlashi;
pudrat tashkilotining masʼul mutaxassislari bilan bajarilgan ishlar va konstruktiv elementlar sifati va hajmi, ishlab chiqarishni tashkil etishda ishlar ketma-ketligini, yopilib ketadigan ishlar dalolatnomasi rasmiylashtirilgunga qadar kelgusi ishlarni amalga oshirishni taqiqlash talablari bajarilganligini koʻrikdan oʻtkazishi va baholashi;
obyektlar tayyorligiga qarab, pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari ishtirokida bino va inshootlar konstruksiyalari, koʻpriklar tayanch ustunlari hamda oraliq qurilmalari, hajmli inshootlar, koʻtarib turuvchi metall va temir beton konstruksiyalar hamda boshqalarni masʼullarning oraliq qabul qilish ishlarini tekshirishi;
olib kelingan uskunalarning oʻrnatilishini tashkil etishi, oʻrnatish sifatini baholashi, kompleks sinab koʻrishi va qabul qilishning loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda holatini tekshirishi;
bajarilgan va toʻlovga taqdim qilingan qurilish-montaj ishlarining hajmi hamda sifatini tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishi;
qabul qilingan va toʻlovi amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari, shuningdek, pudrat tashkiloti tomonidan sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari hamda nuqsonlarni bartaraf etish va qayta ishlov berish ishlari hajmi hamda qiymati hisobini yuritishi;
birlamchi ijro texnik hujjatlarini, ularga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlardan kelib chiqib kiritilgan oʻzgartirishlar mavjudligi va toʻgʻri yuritilishini nazorat qilishi;
birlamchi ijro hujjatlarining (jumladan, umumiy va maxsus ish jurnallari, montaj qilingan konstruksiyalar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun ijro sxemalari) mavjudligi va ularning pudrat tashkiloti tomonidan toʻgʻri yuritilishini nazorat qilishi;
ish jurnallariga sifatsiz bajarilgan konstruktiv elementlar va qurilish-montaj ishlarini bajarish texnologiyalarining buzilishi toʻgʻrisida yoʻl qoʻyilgan nuqsonlar bartaraf etilishini talab qilgan holda qayd etib borishi;
mualliflik nazorati va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining koʻrsatma va yozma koʻrsatmalari, shuningdek, buyurtmachi talablarining pudrat tashkiloti tomonidan bajarilishini nazorat qilishi;
alohida konstruksiyalar va uzellar, qurilish-montaj ishlari turlarini, jihoz va mexanizmlar sifatini ularni qabul qilish jarayonida ishchi komissiyalar bilan birga tekshirishda ishtirok etishi;
obyektlarda qurilish-montaj ishlari sifatining muntazam texnik nazoratini amalga oshirishi;
buyurtmachining qurilish obyekti boʻyicha boshqa qonuniy vazifalarni bajarishi;
qurilishi tugallangan obyektlar boʻyicha zarur hujjatlarni pudrat tashkiloti bilan birgalikda umumlashtirish va ularni qurilish ishlari tugallangan obyektlarni (yoki ularning uchastkalarini-ishga tushirish komplekslarini) qabul qilib olish boʻyicha Davlat qabul komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat qabul komissiyasi) taqdim etishi;
qurilishi tugallangan obyektlar boʻyicha barcha ijro hujjatlarini belgilangan tartibda buyurtmachiga topshirilishini taʼminlashi shart.
Muhandis-konsultantga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
16. Muhandis-konsultantning asosiy ish joyi boʻyicha nazorati ostidagi obyektlarni qurish ishlarini bajarayotgan tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi.
5-bob. Yoʻl qurilishi boʻyicha bajarilgan ishlarni qabul qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi]
17. Loyiha va ish chizmalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilgan holda bajarilib, toʻliq tugallangan ishlar qabul qilinadi.
Bunda ishlarni qabul qilishda, shuningdek, yopilib ketadigan va oraliq ishlarni hamda tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishda bajarilgan ishlar akkreditatsiyadan oʻtgan yoki maʼqullangan sinov laboratoriyalari (markazlari) xulosalari, ish bajarish jurnallari va mualliflik nazoratida keltirilgan yozishmalar oʻrganiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
18. Yopilib ketadigan ishlar ularning har bir turi (bosqichi) boʻyicha qabul qilib olish keyingi tur (bosqich) ishlari boshlangunga qadar bajarilishiga qarab amalga oshiriladi.
Ishlarni quyidagi tarkibdagi komissiya qabul qilib oladi:
buyurtmachining vakili — muhandis-konsultant;
pudrat tashkiloti vakili — ish bajaruvchi yoki usta, laborant va geodezist (zarur hollarda);
yoʻlga xizmat koʻrsatadigan ekspluatatsiya tashkiloti vakili va loyiha tashkiloti vakili (koʻtarib turuvchi konstruksiyalarni qabul qilib olishda).
Koʻtarib turuvchi konstruksiyalar roʻyxati loyihada belgilanadi. Yopilib ketadigan ishlarni qabul qilib olish natijalari mazkur Nizomga 1-ilovadagi shakl boʻyicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
19. Yopilib ketadigan ishlarning dalolatnomasi qabul qilingan natijalari mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda maʼqullash talabnomasi koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Maʼqullash talabnomasi qabul qilingan ishlarning loyiha, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi koʻrsatiladi, shuningdek, qabul qilingan ishlarga baho berilib, keyingi ish turlarini bajarishga ruxsat soʻraladi. Maʼqullash talabnomasiga laboratoriyada oʻtkazilgan sinov va tekshiruv natijalari ilova qilinadi.
20. Qurilishda bajarilgan ishlarni oraliq qabul qilish, buyurtmachi vakili, muhandis-konsultant va pudrat tashkiloti tomonidan rasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlar va yoʻlning tugallangan konstruktiv elementlari toʻlov uchun oraliq qabul qilib olish, oraliq sertifikatlar asosida mazkur Nizomga 3, 3a — 3g ilovalarda keltirilgan shaklda obyektdagi ish hajmini, materiallar miqdori va narxini toʻlaligicha hisobot koʻrinishida keltirgan holda rasmiylashtiriladi.
21. Oraliq va yakuniy toʻlov sertifikatlari muhandis-konsultant va pudratchi oʻrtasida rasmiylashtirilgandan soʻng uni buyurtmachiga rasmiy ravishda taqdim qiladi va bu sertifikat asosida buyurtmachi ushbu miqdorda toʻlovni amalga oshiradi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
6-bob. Qurish va rekonstruksiya qilish ishlari tugallangan obyektlarni foydalanishga topshirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
22. Qurilish ishlari tugallangan obyektlar shaharsozlik normalari va qoidalari, qurilish reglamentlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq foydalanishga topshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
23. Qurilish ishlari tugallangan obyektlar yoki ularning qismlarida (ishga tushiriladigan majmua) qurilish-montaj ishlarining yakunlanganligi quyidagi tartibda:
obyektning tugallanganligi va uni qabul qilishga tayyorligi haqida pudrat tashkilotining toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmachiga yoki muhandis-konsultant orqali buyurtmachiga xabar yuborish orqali;
buyurtmachi vakili yoki muhandis-konsultant tomonidan obyekt yakunlanganligi toʻgʻrisida sertifikat taqdim etish orqali;
obyektning tugallanganligi va uni qabul qilishga tayyorligi haqida ishchi komissiyasining dalolatnomasi asosida buyurtmachi tomonidan ishchi va Davlat qabul komissiyasiga rasmiy xabar yuborish orqali maʼlum qilinadi.
24. Ishchi komissiya buyurtmachining qarorlari (buyruqlari) bilan tayinlanadi. Ishchi komissiyaning dalolatnomasi mazkur Nizomga 4-ilovaga asosan shakllantiriladi. Ishchi komissiya tarkibiga qabul qilinayotgan obyektdan foydalanish yuklangan buyurtmachi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, pudrat tashkilotlari (yordamchi pudrat tashkilotlari), muhandis-konsultant, ekspluatatsiya tashkiloti, loyiha tashkiloti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradi.
25. Davlat qabul komissiyasi obyektni qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun topshiriqni tasdiqlagan organ tomonidan tashkil etiladi. Davlat qabul komissiyasining dalolatnomasi mazkur Nizomga 5-ilovaga asosan shakllantiriladi.
Davlat qabul komissiyasi tarkibiga qabul qilinayotgan obyektlardan foydalanish yuklangan buyurtmachi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, pudrat tashkilotlari (yordamchi pudrat tashkilotlari), muhandis-konsultant, ekspluatatsiya tashkiloti, loyiha tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
26. Pudrat tashkiloti ishchi komissiyaga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
bajarilgan ishlarning hajmi, turi va bahosi koʻrsatilgan holda qurilish-montaj ishlarida qatnashgan tashkilotlar roʻyxati;
texnika loyiha hujjatlari, ishchi chizmalarining toʻplami va ijro chizmalari;
maʼqullash talabnomasi;
yoʻl qurilishi materiallari va yoʻl toʻshamasining qurilmaviy qatlamlaridan olingan namunalarning sinov dalolatnomalari, muvofiqlik sertifikatlari;
ishni bajarish va mualliflik nazorati jurnallari;
ijro chizmalari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
27. Davlat qabul komissiyasiga obyektni foydalanishga topshirishdan oldin ishchi komissiya quyidagilarni tekshiradi:
bajarilgan ishlar hajmlari va turlarining tasdiqlangan loyihaga, ishlarni bajarishning shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligini tekshirish;
bajarilgan ishlarning sifatini tasdiqlovchi sinov laboratoriyasi xulosalari, nazorat oʻlchov hujjatlari va ijobiy tashxis (diagnostika) xulosalari mavjudligini tekshirish;
bajarilgan ishlarning qiymati toʻgʻri shakllantirilganligini koʻrib chiqish. Qiymat oʻsishi va (yoki) unga obyektni qurish va rekonstruksiya qilishga tegishli boʻlmagan xarajatlar notoʻgʻri kiritilishi holatlari aniqlanganda, uning sabablarini oʻrganib chiqadi va ularni bartaraf etish boʻyicha taklif kiritadi.
Ishchi komissiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar va chala qilingan ishlar dalolatnomaning ilovasida aks ettiriladi hamda belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi nazorat qilinadi.
28. Ishchi komissiya tomonidan Davlat qabul komissiyasiga obyekt boʻyicha bajarilgan barcha ijro hujjatlari, shuningdek, ishchi komissiyasi dalolatnomasi topshiriladi.
Topshirilgan hujjatlar asosida dalolatnomada foydalanishga topshirilayotgan obyektning qiymati va koʻrsatkichlari keltirilib, uni foydalanishga topshirish haqida Davlat qabul komissiyasi tomonidan yakuniy xulosa chiqariladi.
29. Davlat qabul komissiyasining obyektni foydalanishga topshirish dalolatnomasi mazkur Davlat qabul komissiyasini tayinlagan organ tomonidan tasdiqlanadi.
Obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi va bu haqidagi yozma maʼlumot besh nusxada tayyorlanadi. Ulardan ikki nusxasi loyihaviy xulosa bilan birgalikda Davlat qabul komissiyasini tayinlagan organga, yana ikki nusxasi buyurtmachiga va bir nusxasi pudratchiga beriladi.
30. Buyurtmachi Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasining bir nusxasini hamda texnik (loyiha) va ijro hujjatlarning toʻliq toʻplamini ekspluatatsiya tashkilotiga topshirishi shart.
Qabul qilish dalolatnomasi va texnik (loyiha) hujjatlar yoʻldan foydalanadigan yoʻl tashkilotida saqlanadi.
7-bob. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlarini moliyalashtirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
31. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlari buyurtmachi tomonidan moliyalashtiriladi.
Bunda buyurtmachi har bir obyekt uchun texnik topshiriq, muhandis-konsultantlar tarkibi va ularning loyihaviy xarajatlari hisobini ishlab chiqadi.
32. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlari boʻyicha muhandis-konsultantni jalb qilish xarajatlarining boshlangʻich qiymati obyektning ekspertiza xulosasiga asosan aniqlangan bahosining 2 foizi miqdorida tanlov (tender) savdolariga qoʻyiladi.
33. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlari boʻyicha muhandis-konsultantni jalb qilish xarajatlari qiymati moliya yilidagi obyektning qurilish-montaj ishlari uchun pudrat tashkilotiga ajratilgan moliyalashtirish limitlariga mutanosib ravishda belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
34. Tanlov (tender) savdolari natijasida aniqlangan muhandis-konsultant kompaniya bilan buyurtmachi oʻrtasida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
35. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlari boʻyicha avans moliya yilidagi obyektning qurilish-montaj ishlari uchun pudrat tashkilotiga ajratilgan moliyalashtirish limiti doirasida ajratiladi.
36. Muhandis-konsultantning xizmatlarini moliyalashtirish ishlari obyektda amalda bajarilgan ish hajmining qiymatidan kelib chiqib, oraliq va yakuniy toʻlov sertifikati asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
37. Davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan yoʻl qurish va rekonstruksiya qilish obyektlariga jalb qilinayotgan har bir muhandis-konsultant kompaniyaga ularning xizmat koʻrsatish davrida beshdan ortiq obyektlarning tanlov (tender) savdolarida qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlari boʻyicha tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlangan qiymat xizmat koʻrsatish davri ikki moliya yilidan oshgan taqdirda, muhandis-konsultantning qoldiq shartnoma qiymatini oʻn foizga, toʻrt moliya yilidan oshgan taqdirda, qoldiq shartnoma qiymatini yigirma foizga qayta hisoblashga ruxsat beriladi hamda boshqa qayta hisoblashga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlari boʻyicha muhandis-konsultantlarni jalb qilish boʻyicha xarajatlar ushbu obyektga ajratilgan moliyalashtirish limitlari hisobidan amalga oshiriladi.
40. Muhandislik boshqarish va texnik nazorat ishlari boʻyicha muhandis-konsultantlarning shartnoma muddatlari pudrat shartnomalari muddatlariga mutanosib ravishda uzaytirilishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻrtasidagi munosabatlar tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.07.00 Nizolarni hal qilish. Shaharsozlik va arxitektura sohasida qonun buzganlik uchun javobgarlik]
42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Pudratchi tashkilot vakili __________________________________________
(imzo)
Muhandis-konsultant vakili _____________________________________________
(imzo)
Koʻtarib turuvchi konstruksiyalarni qabul qilib olishda
Loyihachi tashkilotining vakillari_______________________________________
(imzo)
Ekspluatatsiya tashkilotining vakili_______________________________________
(imzo)
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Maʼqullash talabnomasi
Loyiha:
Maʼqullash talabnomasi
KIMGA:
Muhandis
KIMDAN
Pudrat tashkiloti
Shartnoma
Shartnoma nomi
Ish turlari
Sifat nazorati rejasi
Piket oʻrni
Oʻng taraf
□
Talabnoma raqami
Toʻldirish muddati
Chap taraf
□
Hurmatli ................................................................................................................................F.I.O. va lavozimi.
Pudrat tashkiloti keyingi ish turlarini bajarishi uchun Sizdan hozirda amalga oshirilgan ishlarni qabul qilib olishingizni soʻraydi. Muhandisga joyida va laboratoriyadagi sinovlarda qatnashish tavsiya etiladi. Bu holda pudrat tashkiloti sinovlarni toʻliq yoki qisman oʻtkazib boʻlgan, sinovga tegishli yozuvlar, qarorlar va geodezik maʼlumotlarni ilova qilgan.
Ishlar tarkibi
Sinov turi / Ishlarni tekshirish turi
Sinovlar natijalari va geodezik oʻlchovlar, dalolatnoma raqami va muddati
Shartnomaga muvofiq ushbu shaklni tasdiqlash, qabul qilinganligi va imzolanganligi, barcha qismlari, tafsilotlari, kamchiliklar va xatolarga qaramasdan pudrat tashkiloti materiallar, qurilish uslublari, sifat nazorati, qorishmalar tarkibini boʻyicha, oʻlchamlar, ish hajmlari, yordamchi pudratchi tashkilotlarning bajargan ishlari, shuningdek ularning oqibatlariga nisbatan toʻliq javobgarlik oʻz zimmasida qoladi.
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
____ son shartnomaning bandiga muvofiq oraliq toʻlovlar arizasi / ____ shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovni tasdiqlovchi oraliq sertifikat
(pudrat tashkiloti tomonidan muhandisga topshiriladi)
(muhandis tomonidan buyurtmachiga topshiriladi)
Loyiha:
Shartnoma:
Dastlabki shartnoma miqdori:
Qoʻshimcha bitim miqdori:
Buyurtmachi:
Moliyalashtiruvchi organlar:
Muhandis/Konsultant:
Pudrat tashkiloti:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
OTA/TTSdan:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
OTA/TTSdan:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
T/r
Ishning nomi
Shartnoma qiymati
(UZS)
(%)
Oʻtgan toʻlovda tasdiqlangan qiymat
Ushbu toʻlovga tasdiqlanayotgan qiymat
Oʻsib boruvchi qiymat,
jami
TTS — 01
TTS — 02
(%)
(UZS)
(%)
(UZS)
(%)
(UZS)
(pastki bandning nomi)
Jami
(01)
Kafolatlangan qiymat (bajarilgan ish hajmidan ____%)
-
(02)
Kafolatlangan qiymatning ushlab qolinishi
-
(03)
Obyektdagi materiallar
Umumiy jamlanmasi
(04)
Oldindan toʻlov (____%)
-
(05)
Oldindan toʻlovning ushlab qolinishi (_____%, bajarilgan ish hajmidan)
Haqiqiy toʻlovga taqdim etilgan qiymat
Bandi
Ishning nomi
Toʻlanadigan qiymat
Haqiqiy toʻlanadigan qiymat
(umumiy shartnomalardagi narxlarga asosan )
UZS (100%)
C. Ushlab qolinadigan mablagʻning umumiy qiymati (1+2)
-
Hozirgi vaqtga qadar, jami
........%
1.
Kafolatlangan qiymat (____%)
-
2.
Oldindan toʻlovning ushlab qolinishi
-
D. Ushbu sertifikat boʻyicha jami qiymat
-
Ushbu sertifikat boʻyicha jami qiymat
-
yozuv bilan
Izoh: Ushbu vaqtincha toʻlov guvohnoma boʻlib, bunda koʻrsatilgan toʻlov va sertifikatlangan qiymat muhandis-konsultant tomonidan yakuniy qabul qilingan deb hisoblanmaydi, lekin pudrat tashkilotining pul oqimlarini ragʻbatlantirish maqsadida vaqtincha toʻlov guvohnomasi sifatida qabul qilinadi.
Pudrat tashkiloti rahbari
Muhandis
Izoh:
OTA-oraliq toʻlov arizasi
TTS-toʻlovni tasdiqlovchi sertifikat
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
____ son shartnomaning bandiga muvofiq oraliq toʻlovlar arizasi / ____ shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovni tasdiqlovchi
oraliq sertifikat
(Pudrat tashkiloti tomonidan muhandisga topshiriladi)
(muhandis tomonidan buyurtmachiga topshiriladi)
Loyiha:
Shartnoma:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
Dastlabki shartnoma miqdori:
OTA/TTSdan:
Qoʻshimcha bitim miqdori:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
Buyurtmachi:
Moliyalashtiruvchi organlar:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
Muhandis/Konsultant:
OTA/TTS dan:
Pudratchi:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
Oraliq toʻlov sertifikatining koʻlami № _______
Pudrat tashkiloti — .................................
20.... yil........................ ga qadar bajarilgan ishlar hajmi
A) Shu davrgacha boʻlgan ishlar hajmi
-
(UZS)
B) Oldingi tasdiqlash miqdori, shu jumladan, yangilangan narxi
-
(UZS)
V) Shu oydagi qiymat
-
(UZS)
G) Qurilish maydonchasidagi materiallarning toʻlovi
-
(UZS)
D) Qurilish maydonchasidagi materiallarning toʻlovining qaytarilishi
-
(UZS)
E) Oldindan toʻlovning oʻrnini qoplash
-
(UZS)]
Yo) Qiymatning ushlab qolinishi (5%)
-
(UZS)
J) Koʻzda tutilmagan xarajatlarga zaxira qiymati
-
(UZS)
Z) joriy sertifikat bilan toʻlanadigan qiymat
-
(UZS)
Izoh: Ushbu vaqtincha toʻlov guvohnoma boʻlib, bunda koʻrsatilgan toʻlov va sertifikatlangan qiymat muhandis-konsultant tomonidan yakuniy qabul qilingan deb hisoblanmaydi, lekin pudrat tashkilotining pul oqimlarini ragʻbatlantirish maqsadida vaqtincha toʻlov guvohnomasi sifatida qabul qilinadi.
Pudrat tashkiloti rahbari
Muhandis
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3b-ILOVA
____ son shartnomaning bandiga muvofiq oraliq toʻlovlar arizasi / ____ shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovni tasdiqlovchi oraliq sertifikat
(pudrat tashkiloti tomonidan muhandisga topshiriladi)
(muhandis tomonidan buyurtmachiga topshiriladi)
Loyiha:
Shartnoma:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
Dastlabki shartnoma miqdori:
OTA/TTSdan:
Qoʻshimcha bitim miqdori:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
Buyurtmachi:
Loyiha:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
Shartnoma:
OTA/TTS dan:
Dastlabki shartnoma miqdori:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
A) Oldindan avans toʻlovi
Muddati
Sertifikat №
Qiymati
(UZS)
(UZS)
(UZS)
(UZS)
oldindan toʻlanadigan avans toʻlovining umumiy qiymati
-
(UZS)
B) Toʻlangan avans toʻlovining qaytarilishi
Muddati
Sertifikat №
Qiymati
(UZS)
(UZS)
(UZS)
(UZS)
toʻlangan avans toʻlovi qaytarilishining umumiy qiymati
-
(UZS)
V) Qurilish maydonchasidagi materiallar uchun toʻlov
Muddati
Sertifikat №
Qiymati
materiallar toʻlovining umumiy qiymati
-
(UZS)
G) Qurilish maydonchasidagi materiallar uchun toʻlovlarning qaytarilishi
Muddati
Sertifikat №
Qiymati
(UZS)
(UZS)
(UZS)
(UZS)
materiallar uchun toʻlovlarning qaytarilishi umumiy qiymati
-
(UZS)
D) kafolat qiymati ushlanishi (5%)
Sanasi
Sertifikat №
Qiymati
(UZS)
(UZS)
(UZS)
(UZS)
Jami ushlab qolingan kafolat qiymati
-
(UZS)
Izoh: Ushbu vaqtincha toʻlov guvohnoma boʻlib, bunda koʻrsatilgan toʻlov va sertifikatlangan qiymat muhandis-konsultant tomonidan yakuniy qabul qilingan deb hisoblanmaydi, lekin pudrat tashkilotining pul oqimlarini ragʻbatlantirish maqsadida vaqtincha toʻlov guvohnomasi sifatida qabul qilinadi.
Pudrat tashkiloti rahbari
Muhandis
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3v-ILOVA
____ son shartnomaning bandiga muvofiq oraliq toʻlovlar arizasi / ____ son shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovni tasdiqlovchi oraliq sertifikat (pudrat tashkiloti tomonidan muhandisga topshiriladi)
(muhandis tomonidan buyurtmachiga topshiriladi)
Boʻlim № ______ yoʻl qoplamasi yoki boshqa ish turlari
Loyiha:
Shartnoma:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
Dastlabki shartnoma miqdori:
OTA/TTSdan:
Qoʻshimcha bitim miqdori:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
Buyurtmachi:
Moliyalashtiruvchi organlar:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
Muhandis/Konsultant:
OTA/TTS dan:
Pudrat tashkiloti:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
Toʻlov bandi
Ishning turi
Oʻlchov birligi
Shartnoma
Bajarilgan
Qurilish boshidan bajarilgan
Tartib raqami
Toʻlov bandi
Shartnoma boʻyicha oʻlchov birligi qiymati
(UZS)
Hajmi
Qiymati
[UZS]
Hajmi
Qiymati
[UZS]
Hisobot davrida bajarilgan
(TTS___)
Hajmi
Qiymati
(UZS)
Jami
Shundan
Jami
Shundan
Jami
Shundan
Jami
Shundan
Ish hajmi
Qiymati
Hisobot davrigacha bajarilgan
Hisobot davrigacha bajarilgan
Hisobot davrigacha bajarilgan
Hisobot davrigacha bajarilgan
Pudratchi
Muhandis
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3g-ILOVA
____ son shartnomaning bandiga muvofiq oraliq toʻlovlar arizasi / ____ son shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovni tasdiqlovchi oraliq sertifikat
(pudratchi tomonidan muhandisga topshiriladi)
(muhandis tomonidan buyurtmachiga topshiriladi)
Obyektdagi materiallar
Loyiha:
Shartnoma:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
Dastlabki shartnoma miqdori:
OTA/TTSdan:
Qoʻshimcha bitim miqdori:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
Buyurtmachi:
Moliyalashtiruvchi organlar:
Taklif qilingan raqam OTA/TTS:
Muhandis/Konsultant:
OTA/TTS dan:
Pudratchi:
Qamrab olingan davr OTA/TTS:
Toʻlov bandi
Obyektdagi materiallar tavsifi
(nomi)
Obyektdagi materiallar narxi
(UZS)
Oʻlchov birligi
Oldingi TTSda tasdiqlangan materiallar
Obyektga keltirilgan yangi materiallar
Obyektga keltirilgan materiallardan ombordagi qoldiq qismi
Obyektdagi materiallarning balansi
Hajmi
(har bir birlik uchun)
Qiymati
(UZS)
Hajmi
(har bir birlik uchun)
Qiymati
(UZS)
Hajmi
(har bir birlik uchun)
Qiymati
(UZS)
Hajmi
(har bir birlik uchun)
Qiymati
(UZS)
1
2
3
4
5
6=5x3
7
8=7x3
9
10=9x3
11=5+7+9
12=11x3
Obyektdagi materiallarning jami
Izoh: Alohida holatlarda materiallar zaxirasini yaratish uchun qoʻshimcha mablagʻ talab etilgan holda ushbu shakldan foydalaniladi.
(yangi materiallar)
(materiallarning ushlab qolinishi)
(toʻplangan)
(qoldiq saqlanadigan materiallarning qiymati
Pudrat tashkiloti rahbari
Muhandis
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
__________________________
__________________________
__________________________
(komissiyani tayinlagan organ)
Ishchi komissiyaning qurilishi (rekonstruksiya qilish) tugallangan
(loyiha hujjatlarini tasdiqlagan organning nomi koʻrsatilsin)
tomonidan 20 __ y. “____”________da tasdiqlangan.
4. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlari quyidagi muddatlarda amalga oshirilgan:
ishlar boshlanishi ____________________;
ishlar tugallanishi _______________________
(oy va yil)
(oy va yil)
5. Qurilish (rekonstruksiya qilish) tugallangan obyektni qabul qilib olishda komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim qilingan: loyiha hujjatlari, yopilib ketadigan ishlar dalolatnomasi, jurnallar va ijro hujjatlari, materiallar, buyumlar va konstruksiyalarga muvofiqlik sertifikatlari; ishlarni bajarish jurnali; mualliflik nazorati jurnali.
6. Taqdim qilingan obyekt quyidagi koʻrsatkichlarga ega: __________________________________
7. Tanlov savdosi natijalariga koʻra (yoki tomonlarning kelishuviga koʻra) aniqlangan joriy narxlarda hisoblangan toʻlov qiymati
________________________________________________________________________________ ming soʻm,
(hisoblangan toʻlov qiymati koʻrsatilsin)
8. Amalda taqdim etilgan obyektni koʻrikdan oʻtkazish hamda tegishli hujjatlar bilan tanishish asosida qurilish ishlari sifatiga baho beriladi _____________________________________
bosh pudrat tashkilotidan foydalanish uchun qabul qilingan deb hisoblansin.
Qabul qilish komissiyasi raisi _______________________________________________________
(F.I.O. lavozimi) (imzo)
Rais oʻrinbosari — Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining inspektori ______________________________________________________________________________
Yoʻl xoʻjaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
_______________________________________
(qaror, buyruq, hal qiluv qarori sanasi va tartibi
_______________________________________
raqami, buyruq, qarorni imzolagan shaxsning
_______________________________________
familiyasi, ismi, otasining ismi)
_______________________________________
Davlat qabul komissiyasining qurilishi (rekonstruksiyasi)
tugallangan avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini
20___y. “___”___________dagi _____-son qaror (buyrugʻi) bilan tayinlangan Davlat qabul komissiyasi, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalariga amal qilgan holda quyidagilarni
ANIQLADI:
1. Buyurtmachi (pudrat tashkiloti tomonidan buyurtmachi bilan birgalikda __________________
_______________________________________________________________________________ tomonidan
(tashkilot nomi va idoraviy mansubligi)
___________________________________________________________________________ manzili boʻyicha
(yoʻl nomi va uning manzili)
joylashgan _______________________________________________________________________________
va texnik asbob-uskunalar boʻyicha qisqacha texnik tavsiflar)
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar ushbu dalolatnomaga majburiy ilovalar hisoblanadi.
10. Asbob-uskunalar loyiha boʻyicha _______________________________________________ dona;
amalda ___________________________ dona miqdorida ishchi komissiyalar tomonidan yakka tartibda sinalgandan keyin va kompleks ishlatib koʻrilgandan keyin (mazkur dalolatnomaga ________-ilovada dalolatnomalar roʻyxati keltirilgan) uni qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga muvofiq oʻrnatilgan.
11. Obyektdan normal foydalanishga taʼsir qilmaydigan chala qilingan ishlar va nuqsonlar ________-son ilovaga qarang.
12. Tanlov savdosi natijalariga koʻra (yoki tomonlarning kelishuviga koʻra) aniqlangan joriy narxlarda hisoblangan toʻlov qiymati
________________________________________________________________________________ ming soʻm,
(hisoblangan toʻlov qiymati koʻrsatilsin)
ISHCHI QABUL KOMISSIYASINING QARORI
Qabul qilishga taqdim etilgan ________________________________________________________
(obyektning nomi)
FOYDALANISH UCHUN QABUL QILINSIN
Davlat qabul komissiyasi raisi _______________________________________________________
Rais oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining davlat inspektori _________________________________________________________
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-son qaroriga 2-ILOVA
Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlari
TASNIFI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
1. Mazkur Tasnif umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarini, xoʻjalik avtomobil yoʻllarini (keyingi oʻrinlarda — avtomobil yoʻllari) taʼmirlash hamda saqlash ishlarining turlari va tarkibini belgilaydi.
Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlarining turlari hamda tarkibi mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlarini asoslash, avtomobil yoʻllari va ulardagi yoʻl inshootlarini taʼmirlash hamda saqlash xarajatlarini prognozlashtirish va yoʻl ishlarini tashkil etish uchun asos hisoblanadi.
2. Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) taʼmirlash boʻyicha:
avtomobil yoʻllarini taʼmirlash;
b) saqlash boʻyicha:
avtomobil yoʻllarini saqlash va nuqsonlarni bartaraf etish;
avtomobil yoʻllarini qishda saqlash;
avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish.
3. Avtomobil yoʻllarini taʼmirlashning talab etiladigan ish turi, har bir avtomobil yoʻli yoki uning uchastkasini taʼmirlash boʻyicha ishlar tarkibi va hajmi ularning amaldagi holatini texnik tekshirish (tashxis va baholash), muhandislik izlanishlar, sinovlar yoki mavsumiy koʻriklar natijalari asosida belgilanadi.
4. Avtomobil yoʻllarining umumiy tarmogʻi boʻyicha saqlash va nuqsonlarni bartaraf etish ishlari koʻriklar (joriy, davriy va mavsumiy) hamda yoʻlning mavjud texnik holatini doimiy oʻrganishlar natijalarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
5. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining hamda yoʻllardan foydalanish tashkilotining tasarrufida boʻlgan bino va yordamchi inshootlar, yoʻl xizmati binolarini hamda ishlab chiqarish bazalarini taʼmirlash ishlari ularning texnik holatini belgilangan mezonlar bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining tarkibiga kiritilgan binolar va qoʻshimcha inshootlarni saqlash hamda nuqsonlarini bartaraf etish ishlari ularning mavjud holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
6. Avtomobil yoʻllarida ekspluatatsiya ishlarini autsorsing asosida amalga oshirish mazkur Tasnif asosida olib boriladi hamda qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
7. Mazkur Tasnifda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avtomobil yoʻli — avtotransport vositalarining belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil hamda xavfsiz harakatlanishi uchun moʻljallangan, ajratilgan mintaqada joylashgan yer uchastkasi va uning usti yoki ostidagi konstruktiv elementlari (yoʻl toʻshamasi, yoʻl qoplamasi va boshqalar), yoʻl boʻlimi bino va inshootlari, yoʻl inshootlari hamda yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalaridan iborat transport infratuzilmasi obyekti;
avtomobil yoʻllarining isteʼmol xossalari — avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning manfaatlariga bevosita javob beradigan transport-ekspluatatsiya koʻrsatkichlarining majmui. Isteʼmol xossalariga — harakatning tezligi, uzluksizligi, xavfsizligi va qulayligi, transport vositalarini oʻtkazish imkoniyati va harakatlanish darajasi, oʻqiga tushadigan ogʻirligi, yuklamasi, umumiy massasi va gabaritlar bilan avtomobil yoʻllarida harakatlanish uchun ruxsat berilgan avtomobillar va avtopoyezdlarni oʻtkazish imkoniyati, ekologik xavfsizlik, estetik va boshqa xossalar kiradi;
avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish — ajratilgan mintaqada daraxtzorlar barpo etish, avtomobil yoʻllarining arxitektura-badiiy tuzilishi va landshaft dizaynini barpo etish, oʻt ekish ishlari hamda koʻkalamzorlashtirish elementlarini parvarish qilish, yoʻl inshootlarini shamol va suv eroziyasidan, shuningdek, qor va qum uyumlaridan himoya qilish maqsadida koʻchatlar ekish hamda koʻchatxonalar, gulxonalar (pitomniklar) tashkil qilish va ularni saqlash ishlari;
avtomobil yoʻllarini saqlash va nuqsonlarni bartaraf etish — avtomobil yoʻli va yoʻl inshootlari ishonchliligi hamda qulayliligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan foydalanish koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida bajariladigan kompleks ishlar. Bunda eskirgan qoplamani qisman qoplash, uning tekisligini va ilashish sifatlarini tiklash hamda yaxshilash, yoʻl qoplamasi, yer koʻtarmasi, yoʻl inshootlari, avtomobil yoʻllarini jihozlash va obodonlashtirish, harakat xavfsizligini tashkil etish hamda taʼminlash elementlarining barcha buzilishlari va shikastlanishlarini bartaraf etish, shuningdek, avtomobil yoʻlining butun uzunligida yil mobaynida avtomobil yoʻllari hamda yoʻl inshootlari shikastlanishlarining oldini olish va yuzaga kelgan nuqsonlarni tuzatish yoʻli bilan amalga oshiriladigan foydalanish koʻrsatkichlarini saqlash boʻyicha kompleks ishlar;
avtomobil yoʻllarini saqlashva nuqsonlarni bartaraf etish ishlarining xarajatlar smetalari — qonunchilik hujjatlari talablariboʻyicha ishlab chiqiladigan hamda ajratilgan limit mablagʻlari doirasida avtomobil yoʻlining texnik koʻriklar natijalari asosida aniqlanadigan hamda buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan, muayyan davr (oylik, choraklik, yillik) oraligʻida bajariladigan texnik-texnologik ishlar uchun talab etiladigan mablagʻlar aks ettiriladigan hujjat;
avtomobil yoʻllarini taʼmirlash — avtomobil yoʻli yoki uning ayrim uchastkalari va yoʻl inshootlarining imkoniyatlarini oshirish maqsadida kompleks taʼmirlash ishlari majmui. Bunda yoʻlning taʼmirlanayotgan uchastkalarida yoʻl toʻshamasi asoslarini toʻliq yoki qisman tiklash, eskirgan qoplamani 1 yoki 2 qatlamda qayta yotqizish, qoplamaning tekisligini (ravonligini) va ilashish sifatlarini yaxshilash, yer koʻtarmasi, yoʻl inshootlari, avtomobil yoʻllarini jihozlash hamda obodonlashtirish, harakat xavfsizligini tashkil etish va taʼminlash elementlarining barcha buzilishlari hamda shikastlanishlarini bartaraf etish va yangilarini oʻrnatish ishlari amalga oshiriladi;
avtomobil yoʻllarining tashxisi — avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini texnik holati boʻyicha axborot toʻplash (maʼlumotlar bankini shakllantirish) tizimi asosiy elementi hisoblanib, koʻrib chiqilayotgan davrda avtomobil yoʻllarining texnik holatini aniqlashni, muayyan davr oʻtgandan keyin avtomobil yoʻli qanday texnik holatda boʻlishini prognozlashtirishni, avtomobil yoʻllarida qanday nuqsonlar kelib chiqishining birlamchi sabablarini aniqlashni oʻz ichiga oladi;
avtomobil yoʻllarini texnik koʻrikdan oʻtkazish — avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini doimiy ravishda (davriy va mavsumiy) texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda uning natijalari boʻyicha harakat xavfsizligini tashkil etish, avtomobil yoʻllarining transport-ekspluatatsiya sifatlarini oshirish va uning geometrik parametrlarini va yoʻl inshootlarini yaxshilash bilan bogʻliq boʻlgan chora-tadbirlarning toʻliq roʻyxatini ishlab chiqish;
avtomobil yoʻllarini texnik tekshirish — avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini foydalanish sifatlariga muvofiqligini hamda taʼmirlash zaruratini aniqlash maqsadida asbob-uskunalar yordamida ularni kuzatish, sinash, tahlil qilish va baholashni oʻz ichiga oladigan jarayon;
avtomobil yoʻllarining ekspluatatsiyasi — avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlari majmuasi;
avtomobil yoʻllarini qishda saqlash — avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qish mavsumi mobaynida bajariladigan ish rejimlari boʻyicha kompleks ishlar, avtomobil yoʻllarini qish mavsumida qor qatlamlari, uyumlari va koʻchkilaridan himoya qilish, qordan tozalash, qishki sirpanchiq paydo boʻlishining oldini olish va ularni bartaraf etish hamda muzlamalarga qarshi kurashish ishlarini tashkil qilish xarajatlari boʻyicha ishlar va tadbirlar;
avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligi auditi — avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish davrida yoʻl harakati xavfsizligini tashkil qilish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tahlil qilish hamda baholashni oʻz ichiga oladigan jarayon;
yordamchi bino va inshootlar — yoʻl boʻlimi binolari, yoʻl ustalar uyi, ishlab chiqarish zavodlari va sexlari, yoʻl texnikalarini sozlash va saqlash avtosaroylari hamda yordamchi inshootlar majmuasi, ustaxonalar, qum-texnik tuz saqlash uchun moʻljallangan ayvonlar, omborxonalar, quduqlar, oshxonalar, bugʻ qozonxonasi, hovli maydonidagi muhandislik tarmoqlari, tozalash inshootlari, isitish tarmoqlari, elektr liniyalari, yoritish tarmoqlari, toifalangan obyektlarning qoʻriqlash xizmati bino va yordamchi inshootlari va boshqalar;
yoʻl boʻlimi — avtomobil yoʻlining uzluksiz ravishda soz holda saqlanishini hamda unda harakat xavfsizligini taʼminlaydigan yoʻl xoʻjaligining ajratilgan mintaqa doirasida joylashgan quyi boʻgʻini boʻlib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻlining ajralmas qismi hisoblanadi. Yoʻl boʻlimi yoʻl ishchilari uchun yuvinish va kiyinish xonalari, yotoqxonalar, oshxonalar, shuningdek, transport vositalari va yoʻl mexanizmlarini saqlash va taʼmirlash saroylari hamda bitum, tuz-qum va inert mahsulotlar zaxirasi omborlari, sugʻorish tizimlari, dispetcherlik va ish anjomlarini saqlash xonalari, elektr podstansiyalaridan iborat boʻladi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
yoʻl inshootlari — yoʻlning elementlari boʻlgan sunʼiy yoʻl inshootlari, yoʻl himoya inshootlari va yoʻllarni jihozlash elementlari;
yoʻl inshootlarinitiklash — yoʻl inshootlarining shikastlangan joylarini bartaraf etish, uning yaxlitligicha yoki alohida elementlarining ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
yoʻllarni jihozlash elementlari — toʻxtash maydonchalari, yoʻlovchilar uchun pavilyonlar, dam olish maydonchalari, transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi uchun maxsus maydonchalar, piyodalar va velosiped yoʻlakchalari;
yoʻl himoya inshootlari — landshaft elementlarini oʻz ichiga olgan, avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni qor koʻchkilari, barxan qumlari, oʻpirilish, siljishdan, shovqindan hamda shamoldan himoya qiladigan daraxtzorlar va boshqa inshootlar;
sunʼiy yoʻl inshootlari — avtomobil yoʻllarining boshqa avtomobil yoʻllari, suv oqimlari, jarliklar bilan kesishgan joylarda, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishiga, hayvonlarni haydashga hamda yovvoyi hayvonlarning koʻchib oʻtishiga toʻsqinlik qiluvchi joylarda ularning harakatlanishi uchun moʻljallangan inshootlar (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, tonnellar, estakadalar, har xil shakldagi suv oʻtkazish quvurlari, dyukerlar va shunga oʻxshash inshootlar);
ekspluatatsiya tashkilotlari — avtomobil yoʻllari, yoʻl inshootlari va sunʼiy yoʻl inshootlarini saqlash hamda taʼmirlash ishlari majmuini amalga oshirishga ixtisoslashgan yoʻl tashkilotlari.
2-bob. Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash
8. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlari yoʻlning taʼmirlanayotgan uchastkasida avtomobil yoʻlining barcha yoki ayrim (taʼmirtalab qismlarida) yoʻl inshootlari va elementlari boʻyicha taʼmirlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
9. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini taʼmirlash avtomobil yoʻlining eskirgan konstruktiv elementlari va detallarini (jihozlarini) toʻliq tiklash hamda almashtirish, shuningdek, transport-ekspluatatsiya koʻrsatkichlarini mazkur toifadagi avtomobil yoʻli uchun tegishli hisoblab chiqarilgan harakat jadalligida navbatdagi taʼmirlashgacha boʻlgan davrdagi isteʼmol xossalariga qoʻyiladigan normativ talablarni taʼminlashga imkon beradigan darajaga koʻtarishdan iborat.
Harakat jadalligi mazkur toifadagi yoʻl uchun belgilangan normadan oshib ketgan taqdirda, avtomobil yoʻli yanada yuqori toifaga oʻtkazilib, rekonstruksiya qilinishi lozim.
10. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini taʼmirlash boʻyicha xarajatlar tarkibiga taʼmirlash ishlari xarajatlaridan tashqari, taʼmirlash oʻtkazilishi davrida taʼmirlanayotgan uchastkada joylashgan yoʻllar va yoʻl inshootlari hamda yoʻl elementlarini taʼmirlash ishlari hajmiga kiritilmagan avtomobil yoʻllarining taʼmirlanayotgan uchastkalarida vaqtincha aylanib oʻtish yoʻllarini (lozim boʻlganda) qurish va ularni tugatish xarajatlari ham kiritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
11. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini taʼmirlash quyidagilardan iboratdir:
a) yer koʻtarmasi va suv qochirish boʻyicha:
yer koʻtarmasi, suv qochirish tizimi, zaxiralar, himoyalash, mustahkamlash va suv yoʻnaltirgich inshootlarning shikastlanishlarini tuzatish;
yer koʻtarmasini uning geometrik parametrlarini taʼmirlanayotgan yoʻl uchun belgilangan toifaga toʻgʻri keladigan normalargacha sozlash va tuzatish (boʻylama qiyaliklar va nishabliklarni yumshatish, rejada va boʻylama kesimda koʻrinishni taʼminlash, vertikal hamda gorizontal egri radiuslarni kattalashtirish, virajlar oʻrnatish), avtomobil yoʻlining ayrim uchastkalarini taʼmirlanayotgan avtomobil yoʻli umumiy uzunligining 25 foizigacha boʻlgan doirada toʻgʻirlash, qabariqli (koʻpchigan) va koʻchki tushgan uchastkalarni qayta qurish, drenajlar, quritish zovurlari, qirgʻoqni himoya qiladigan va eroziyaga qarshi inshootlar, suv chiqarish quduqlari, yomgʻir kanalizatsiyasi, izolyatsiyalovchi yupqa qatlamlarni qurish, shuningdek, yer koʻtarmasining chidamliligini taʼminlaydigan boshqa ishlarni bajarish;
avtomobil yoʻllarining kesishish hamda tutashish joylarida yer koʻtarmasi va suv qochirish tizimini qurish hamda bekatlar, dam olish maydonchalari, avtomobil toʻxtash joylari, yoʻlaklar, piyodalar va velosiped yoʻlaklari, alohida kesib oʻtish joylari, chiqish yoʻllari, yoʻllarning qatnov qismidan tashqarida boʻlgan yoʻl-taʼmirlash xizmati obyektlariga borish yoʻllarini qurish;
zax joylarda katta uzunlikda boʻlmagan yer koʻtarmasini koʻtarish, uncha katta boʻlmagan oʻpirilgan uchastkalarni tugatish, akkumulyatsiya polkalarini qurish, olib tashlanadigan qorni joylashtirish va rejadagi egriliklarda koʻrinishni taʼminlash uchun oʻymalar nishabliklarini qirqish, qiyaliklarni suv yuvishidan himoya qilish va chekkadagi qiyaliklardan keladigan qorni ushlab qolish uchun tuproqli koʻtarmalar, banketlar va bermalarni qurish;
b) yoʻl toʻshamasi boʻyicha:
yoʻl toʻshamasini bir tasmadan ortiq boʻlmagan kenglikda kengaytirish va yoʻl chetini taʼmirlanayotgan avtomobil yoʻlining toifasiga toʻgʻri keladigan normalarga yetkazish, asos va qoplamaga qoʻshimcha tekislovchi qatlam yotqizgan holda kuchaytirish (qalinlashtirish);
avtomobil yoʻllarida asos sifatida mavjud yoʻl toʻshamalaridan foydalangan holda, qoplamalarning takomillashgan turlarini yotqizish va taʼmirlash, taʼmirlangan qoplamalarning chetlari boʻylab mustahkamlovchi tasmalarni va bordyurlarni tiklash hamda yangilarini oʻrnatish;
yoʻl asosi va qoplamalarini sovuq resaykling usullari bilan mustahkamlash, taʼmirlash, regeneratsiya qilish;
asfalt-beton va sement-beton qoplamalarning eskirgan yuqori qatlamlarini alohida qismlarida yoki butun uzunligi boʻylab yangi asfalt-beton qatlamini yotqizish;
kesishma va tutashmalarda, qayrilish maydonchalarida, piyodalar va velosiped yoʻlaklarida, alohida kesib oʻtish joylarida, kirish yoʻllarida, yoʻl-taʼmirlash xizmati obyektlariga borish yoʻllarida, taʼmirlanayotgan avtomobil yoʻllarining aylanib oʻtish joylarida yoʻl toʻshamalarini yangidan qurish;
avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida qoʻshimcha ravishda mahalliy yoʻllarni tashkil qilish va taʼmirlash;
barcha turdagi yoʻl toʻshamasiga sirtqi ishlov berish, himoya qatlamlarini va yemirilish qatlamlarini tiklash;
tuproq qoplamali avtomobil yoʻllarini chaqilgan tosh, chaqilgan tosh-qum aralashmasi va qum-shagʻal aralashmasi bilan qoplash, yakka oʻqqa tushadigan meʼyoriy ogʻirlikni 6 tonnaga yetkazish uchun yoʻl toʻshamasi qurish;
asfalt-beton qoplamalarning eskirgan ustki qatlamlarini qayta tiklash va yangi qatlamni yotqizish;
eski qoplamadan takroran foydalanishni taʼminlaydigan usullar bilan qoplamani tiklash;
v) sunʼiy inshootlar boʻyicha:
yangi suv oʻtkazish quvurlarini qurish yoki ularning hisoblab chiqilgan ogʻirliklari va gabaritlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq taʼmirlanayotgan avtomobil yoʻli uchun belgilangan texnik toifaga toʻgʻri keladigan meʼyorlarga yetkazib, ularni toʻliq yoki qisman qayta qurish;
sunʼiy yoʻl inshootlarining (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich, estakada va boshqalar) nuqsonli yoki eskirib qolgan tayanchlar yoki oraliq qurilmalarning barchasini yoki bir qismini yangilariga almashtirish, plitalarni kuchaytirgan holda koʻprik koʻtarmasi elementlarini almashtirish va taʼmirlash, koʻprik osti gabaritini kesishadigan toʻsiqning (avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar) tegishli sinfi uchun talab qilinadigan balandlikka yetkazish, avariya holatidagi koʻpriklarni qayta tiklash va taʼmirlash, yoʻl inshootlarini tiklash;
har xil turdagi suv oʻtkazish quvurlari hamda suv qochirish novlarini qurish, qayta qurish va taʼmirlash;
tonnel portallarini kuchaytirish, suv qochirish novlarini va boshqa elementlarini qayta tiklash yoki almashtirish, yoʻl toʻshamasini tiklash, tirgak devorlarni, galereyalarni, koʻtarmalarni hamda boshqa himoyalash va mustahkamlash inshootlarni kuchaytirish;
mustahkamlovchi va suv yoʻnaltirgich inshootlarni qurish, himoya inshootlarini (koʻtarma gʻov, shporlar, dambalar va boshqalar) tiklash yoki qurish;
koʻprikosti qismlarida qirgʻoqlarni mustahkamlash va mintaqasidagi daryo oʻzanlarini tozalash;
tonnel qoplamasini kuchaytirish, qisman almashtirish, gidroizolyatsiya, ventilyatsiya, isitish, yoritish tizimlarini, shtolnya (yer osti yoʻlini) hamda tonnellarda yongʻinni oʻchirish tizimini suv bilan taʼminlash uchun quduqlarni tiklash va yerosti suvlaridan himoya qilish, portallarni kuchaytirish, tirgak devorlarni, galereyalarni, koʻtarmalarni hamda boshqa himoyalash va mustahkamlash inshootlarni kuchaytirish;
koʻchma va ponton koʻpriklarni taʼmirlash va tiklash hamda yangi joylarga koʻchirib oʻtkazish;
g) binolar va yordamchi inshootlar boʻyicha:
binolarning ichki tuzilishini oʻzgartirish va mavjud barcha elementlarini toʻlaligicha taʼmirlash ishlarini bajarish;
bino, yordamchi bino va inshootlarning foydalanish muddatlarini inobatga olib, haqiqiy texnik holatidan kelib chiqqan holda taʼmirlash;
yordamchi bino va inshootlarni qurish yoki qayta qurish;
yoʻllarni taʼmirlash va saqlash ishlari uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish binolari hamda yordamchi inshootlarni, vaqtincha inshootlarni ham kiritgan holda, vaqtincha bino va inshootlar uchun moʻljallangan smeta bahosi doirasida (bitum va emulsiyali bazalar, muzlamaga qarshi materiallarni saqlash va qayta ishlash bazalari, tosh maydalash hamda saralash bazalari, asfalt-beton va sement-beton qorishtirish qurilmalari bazalari, trassaoldi konlarining bino va inshootlari, qurilish ashyolari omborlari, katta koʻpriklarni qoʻriqlash bazalari, yoʻl-taʼmirlash punktlari) qurish hamda mavjudlarini taʼmirlash;
avtomobil yoʻllarini taʼmirlash ishlar olib boriladigan hududlarda yoʻl xizmati ishchilarini va mashina-mexanizmlarni vaqtincha joylashtirish maqsadida bino va inshootlar qurish hamda kelgusida foydalanish uchun saqlab qolish yoki tugatish;
d) avtomobil yoʻllarini jihozlash, harakat xavfsizligini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha:
avtobus bekatlarini, bekat maydonchalarini, avtobus bekatlarida avtopavilyonlar, hojatxonalar, avtomobillarning toʻxtash va toʻxtab turish maydonchalari, piyodalar oʻtish joylari hamda trotuarlar, piyodalar hamda velosiped yoʻlaklarini qurish va taʼmirlash, aholi punktlaridan oʻtadigan yoʻl uchastkalarida shovqindan himoya qilish vositalarini oʻrnatish, yoʻl belgilarini oʻrnatish va yoʻl chiziqlarini chizish;
piyodalar yerusti va yerosti oʻtish yoʻlaklarini taʼmirlash;
harakatni dispetcher orqali va avtomatlashtirilgan boshqarish elementlari hamda tizimlarini oʻrnatish, tiklash va takomillashtirish, avtonom hamda masofadan turib boshqariladigan belgilarni va axborot almashib turadigan tabloni, svetofor obyektlarini yangidan oʻrnatish;
harakatlanish uchun xavfli avtomobil yoʻllarida gorizontal egri joylarda virajlar qurish;
tezlikni oʻzgartirish tasmalari va ajratuvchi orolchalar, shuningdek, tik koʻtarilish joylarida sekin yuradigan transport uchun qoʻshimcha tasmalar va uzoq choʻziladigan nishabliklarda tutib turadigan avariyali kamgaklar oʻrnatish;
taʼmirlash davrida vaqtincha yoʻl belgilari, signallar va svetoforlar, toʻsuvchi va yoʻnaltiruvchi moslamalar oʻrnatish, qatnov qismiga vaqtincha yotiq chiziqlar chizish, zarur hollarda esa taʼmirlanayotgan joyni aylanib oʻtish yoʻllari tashkil etish, vaqtincha yotiq yoʻl chiziqlarini oʻchirish va doimiy gorizontal va vertikal yoʻl chiziqlarini chizish;
avtomobil yoʻllari va sunʼiy yoʻl inshootlari yoritish tizimlarini oʻrnatish hamda avtomatlashtirish;
yangi toʻsuvchi toʻsiqlar (temir, temir-beton va boshqalar), yoʻnaltiruvchi moslamalar masofadan turib boshqariladigan belgilarni, yoʻllarning xavfli qismlarida video kuzatuv kameralari va axborot almashib turiladigan elektron tablolarni, svetoforlarni, avtomatika hamda telemexanika tizimlarini qoʻllagan holda yoʻllarning holati va harakat sharoitlari monitoringi, dispetcherlik hamda avtomatlashtirilgan harakatni boshqarish tizimlari uchun jihozlar va hisobga olish punktini qurish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
12. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini taʼmirlash boʻyicha boshqa ishlar quyidagilardan iborat:
avtomobil yoʻllarining taʼmirlanayotgan uchastkalarida vaqtincha aylanib oʻtish yoʻllarini qurish va tugatish;
materiallarni saqlash va yerni rekultivatsiya qilish uchun maydonchalar tashkil qilish;
yoʻl-foydalanish tashkilotlari va korxonalar balansidagi ishlab chiqarish bazalari va ochiq konlarga olib boradigan shoxobcha yoʻllarni, boshi berk temir yoʻllarni taʼmirlash.
13. Avtomobil yoʻli yoki uning ayrim uchastkalarini taʼmirlash ishlari uchun ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari yoki nuqsonlar qaydnomasiga taʼmirlash ish turida koʻzda tutilmagan mazkur Tasnifdagi boshqa ishlar kompleks tarzda kiritilishi mumkin.
3-bob. Avtomobil yoʻllarini saqlash va nuqsonlarni bartaraf etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
14. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlash ishlari yilning istalgan vaqtida uzluksiz va xavfsiz harakatni taʼminlash shartlari boʻyicha qoʻyiladigan talablarga muvofiq doimiy qarovni taʼminlashdan iborat.
Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlash ishlari tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq avtomobil yoʻlining butun uzunligida, yil davomida uning barcha elementlari va yoʻl inshootlari boʻyicha muntazam ravishda ajratilgan limitlar doirasida amalga oshiriladi.
Avtomobil yoʻllarini saqlash va nuqsonlarni bartaraf etish ishlarining xarajatlar smetalari qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlab chiqilib, buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu Tasnifda nazarda tutilmagan va saqlash ishlari boʻyicha amalda bajariladigan ish turlari idoraviy qurilish normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Avtomobil yoʻllari nuqsonlarini bartaraf etish ishlari yoʻlning butun uzunligi boʻyicha (avtomobil yoʻllarini taʼmirlashgacha va rekonstruksiya qilingunga qadar) foydalanish jarayonida doimiy ravishda yuzaga keladigan shikastlanishlarni bartaraf etish, yoʻl qoplamasining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilash, harakat xavfsizligi va qulayligini taʼminlash maqsadida birinchi navbatda bajarilishi lozim boʻlgan ish turlarini amalga oshirish, chuqurchalarni bartaraf etish, yoʻl qoplamasini boʻlaklab (karta usulida) taʼmirlash hamda yoʻl inshootlarining shikastlangan qismlarini tiklash natijasida dastlabki foydalanish sifat koʻrsatkichlarini saqlab qolishdan iborat.
Avtomobil yoʻli, sunʼiy yoʻl inshootlari va yoʻl elementlari, yer koʻtarmasi, suv qochirgichlar, himoyalash, mustahkamlash hamda tartibga solish inshootlari, yoʻl jihozlari, dam olish joylari va yoʻldan foydalanish binolariga, yoʻl boʻlimlariga hamda bazalariga borish yoʻllari, chiqish va kesib oʻtish yoʻllari hamda avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining boshqa konstruktiv elementlarining mayda shikastlangan hamda eskirishlarni oldini olish, tuzatish yoʻli bilan foydalanish koʻrsatkichlarni saqlab turuvchi tiklash ishlari hisoblanadi va avtomobil yoʻlining butun uzunligida, yil davomida, doimiy ravishda bajariladi.
15. Avtomobil yoʻllarini saqlash va nuqsonlarni bartaraf etish ishlari quyidagilardan iboratdir:
a) yer koʻtarmasi va suv qochirish boʻyicha:
kesishma va tutashmalarda, toʻxtash maydonchalarida, avtomobil turar joylarida, yoʻl-taʼmirlash xizmati obyektlariga, diqqatga sazovor joylarga borish yoʻllarida yer tasmasi hamda suv qochirish tizimlarini tiklash;
mavjud suv qochirish zovurlarini yalpi tozalash va yangilarini qazish, suv yemirib ketishi mumkin boʻlgan uchastkalarda ularning devorini hamda tubini mustahkamlash;
drenaj, himoyalovchi va mustahkamlovchi qurilmalar, suv qochirish novlari, koʻprik hamda quvurlarning suv kirish va chiqish oʻzanlarini tozalash, yomgʻir kanalizatsiyasi, suv quduqlari nosozliklarini tuzatish, qirgʻoqni himoyalash hamda eroziyaga qarshi qurilmalarni tiklash;
yoʻl yoqalarini (marzasini) toʻldirish, kesish va mustahkamlash;
ajratilgan mintaqani, yoʻl yoqalarini, nishabliklarni va ajratuvchi tasmalarni muntazam ravishda ozoda va tartibli saqlash, chiqindilardan va begona buyumlardan, chang va iflosliklardan tozalash;
oʻt ekish va/yoki oʻrib olish, kesilgan qoldiqlarni yigʻishtirish, tuproq toʻkib va/yoki qirqib, qiyaliklar, koʻtarmalar hamda oʻymalarni tekislash va ayrim uchastkalarning yoʻl chetlarini tekislash, nojoiz oʻsimliklarni kimyoviy usul bilan yoʻq qilish, yoʻl yoqalarini chang hamda iflosliklardan tozalash;
koʻtarma va oʻymalarning nishabliklari nosozliklarini tuzatish va tekislash (zarurat boʻlsa tuproq qoʻshgan holda), qiyaliklarining tikligini kamaytirish, barqaror chim qoplamasini yaratish boʻyicha zarur agrotexnika tadbirlarini oʻtkazgan holda yer koʻtarmasi va zaxiralarining qiyaliklariga oʻt ekish, yer koʻtarmasining barqarorligini taʼminlaydigan mustahkamlash ishlari va boshqalar;
yer koʻtarmasi, suv qochirish tizimi, zaxiralar, himoyalash, mustahkamlash inshootlari va suv yoʻnaltirgich dambalarining ayrim shikastlanishlarini tuzatish;
suv yuvib ketgan va yemirilgan uchastkalarni, shu jumladan, girdob va oʻpirilish hodisalari oqibatida yemirilgan uchastkalarni tiklash, koʻchki tushgan, oʻpirilgan hamda sel olgan joylarni tozalash;
suv qochirish tizimini muntazam ravishda ish holatida saqlash, yoʻl chetidagi ariqlarni, suv ketadigan zovurlarni tozalash va qiyalab tekislash, ularning mustahkamlangan joylari nuqsonlarini tuzatish yomgʻir kanalizatsiyasi, drenaj qurilmalari, koʻprik hamda quvurlarning suv kirish-chiqish oʻzanlari, tez oqar suv oʻtkazgichlar va suv tushirgichlarning mayda nosozliklarini bartaraf etish;
mustahkamlanmagan yoʻl chetlarini qirqish, tekislash va zichlash, buzilishlar hamda shikastlanishlarni bartaraf etish;
belgilanmagan joylardagi kirish va chiqish joylarini tugatish hamda tekislash;
tabiiy muhitni muhofaza qilishni taʼminlash chora-tadbirlarini bajarish;
b) yoʻl toʻshamasi boʻyicha:
talab qilinadigan tekislik, ravonlik va gʻadir-budirlikni taʼminlagan holda yoʻl qoplamasining eskirgan ustki qatlamlarini tiklash, eski qoplamadan takroran foydalanishni taʼminlaydigan usullar bilan qoplamani tiklash;
barcha turdagi yoʻl toʻshamasiga sirtqi ishlov berish, himoya qatlamlari va yemirilish qatlamlarini tiklash;
avtomobil yoʻllarida hosil boʻlgan gʻildirak izlarini qora chaqiqtosh yoki asfalt-beton bilan toʻldirish, frezalash yoki qirrani tekislash yoʻli bilan gʻildirak izlarini yoʻqotish;
takomillashtirilgan qoplamalarning chetlariga bordyurlarni oʻrnatish va eskirganlarini almashtirish, mustahkamlash tasmalari hamda yoʻl chetlarini frezalash va bitum-mineral aralashmalardan qoplamalar yotqizish;
sement-beton qoplamalarda boʻylama yoki koʻndalang choklarni taʼmirlash, kesib chiqish va toʻldirish, plitalarni almashtirish, koʻtarish hamda tekislash;
maydalangan toshli, shagʻalli va yaxshilangan gruntli avtomobil yoʻllarini tiklash hamda shagʻal yoki maydalangan tosh qoʻshgan holda kuchaytirish;
barcha turdagi qoplamalardagi chuqurlar, yoriqlar, oʻnqir-choʻnqirlar, gʻildirak izlarini toʻldirish, choʻkkan, yorilgan joylarni, yoʻl hoshiyalarini, tuzatish, yoʻl qoplamasini boʻlaklab (karta usulida) taʼmirlash;
yoʻl qoplamasini chiqindi, chang va iflosliklardan, qor, muzdan muntazam ravishda tozalash, begona buyumlarni yigʻishtirish, qum hamda sirpanchiqqa qarshi aralashmalar sepish yoʻli bilan avtomobil yoʻllarining qatnov qismi muzgarchiligi va sirpanchiqligini bartaraf etish, shuningdek, bitumning terlashi natijasida hosil boʻlgan sirpanchiqlikni bartaraf etish;
yoʻllarni changsizlantirish;
kuchsiz tuproqli va koʻpchishga moyil yoʻl qismlariga qarash (vaqtincha toʻsish va harakatni tartibga solish, gʻovlar, taxtalar, shox-shabbalar va boshqa materiallar bilan yopish, shuningdek, zarurat boʻlmaganda ularni yigʻishtirib olish);
yoʻl qoplamalarida hosil boʻlgan chuqurchalarni bartaraf qilish, qoplamani lokal kartalarga boʻlib mayda zarrali izolyatsiya vositasida yuza qatlamdagi yoriqlar va yoriqli toʻrlarini kuchayishining oldini olish hamda ularni toʻxtatish;
sement-beton qoplamalar plitalarining parchalangan va singan joylarini yuza yemirilishlaridan taʼmirlash;
qum-tosh aralashmali, shagʻalli, chaqiq toshli qoplamalari va tuproq yoʻllarining koʻndalang va boʻylama kesimlaridagi notekisliklarni (profillarini) toʻgʻrilash;
v) sunʼiy inshootlar boʻyicha:
temir-beton konstruksiyalarning nuqsonlarini yoʻqotish, shu jumladan, yuzani gidrofoblash, plitalarning gʻovak, siniq va yoriq joylarini tuzatish, teshiklarini berkitish, diafragmalarning yemirilishlarini tuzatish, boʻylama choklarni yaxlitlash, oraliq qurilmalarni yalpi boʻyash;
videokuzatish, telekuzatish, yoritish, ventilyatsiya, isitish, yongʻinni avtomatik oʻchirish, aloqa, kichik stansiya, tonnellarning elektr uzatish hamda suv qochirish liniyalari (shu jumladan, sementatsiya) tizimining ishdan chiqqan elementlarini taʼmirlash va almashtirish;
suv yoʻnaltirgich qurilmalar koʻtarmalari konuslarini tiklash, buzilgan choklarni, koʻchma plitalarni, suv qochirish tizimlarini, tayanch hamda koʻprik koʻtarmasining elementlarini, toʻsiqlar, panjaralar va yoʻlaklarni tiklash;
tonnel qoplamasini kuchaytirish, qisman almashtirish, gidroizolyatsiyani, ventilyatsiya, isitish, yoritish tizimlarini, shtolnya (yerosti yoʻlini) hamda tonnellarda yongʻinni oʻchirish tizimini, suv bilan taʼminlash uchun quduqlarni tiklash va yer osti suvlaridan himoya qilish;
koʻprik inshootida va koʻtarma bilan tutash joylarda suv qochirish tizimlarini oʻrnatish yoki ularni almashtirish, oqova suvlarni tozalash qurilmalarini taʼmirlash yoki tiklash;
koʻtarmaning yemirilgan uchastkalarini tiklash va qiyaliklarni mustahkamlash, suv yoʻnaltirgich damba konuslarining mustahkamlovchi elementlarini va qirgʻoqni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish;
suv oʻtkazish quvurlarining ayrim boʻgʻinlarini hamda kallaklarini uzaytirish, almashtirish, quvurlarning himoya qatlami va tutashgan joylarini toʻgʻrilash;
inshootlar ayrim elementlarining (panjara, toʻshama, tirgak, kashak, toʻsadigan devorlar va drenaj qurilmalari) shikastlanishlarini tuzatish;
tirgak devorlar va parapetlarning shikastlangan joylarini toʻgʻrilash;
tosh devorlarni taʼmirlash, suvash, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarning metall elementlarini boʻyash;
tonnellardan xavfsiz foydalanish uchun lokal uchastkalarda tonnellarning shikastlangan qoplamalarini va suv qochirish novlari, gidroizolyatsiya, ventilyatsiya hamda yoritish tizimi, yongʻinni oʻchirish, avariyaga qarshi va boshqa texnik qurilmalar shikastlanishlarini bartaraf etish;
koʻprik, yoʻl oʻtkazgichlar hamda ularning koʻtarma (polotno) elementlarini, ferma osti maydonchalarni, tayanch qismlarni, oraliq qurilmalar elementlarini, zinalarni, tayanchlar, quvurlar, tonnellar va boshqa inshootlarni chang hamda ifloslikdan tozalash va ularni qish mavsumida qor hamda muzdan tozalash;
konuslar, nishabliklar, koʻprik osti oʻzanlarni, shuningdek, suv oʻtkazish quvurlarning oʻzanlarini va quvurlar ustidagi koʻtarmalar nishabini tozalash (shu jumladan, oʻsimliklardan tozalash);
toshqin suvlarini oʻtkazib yuborish, qor va muzni yigʻishtirib olish, tozalash inshootlariga qarash hamda ularga xizmat koʻrsatish, avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini suv toshqinidan himoya qilish, tiqilib qolgan joylarni tozalash, toshqinga qarshi tadbirlar;
koʻpriklar tayanchlari va oraliq qurilmalarning metall konstruksiyalari elementlarini boʻyash, nuqsonli mixparchinlarni almashtirish, boltlarni tortish, metalldagi yoriqlarni taʼsir koʻrsatmaydigan holatga keltirish, toʻsinlarning temir-beton plitalar bilan birlashadigan joylarini va ferma bogʻlamlarini tiklash, tosh devorlarni taʼmirlash, suvash hamda yemirilishga qarshi himoya choralarini koʻrish;
koʻprikning tutash zonasidagi choʻkkan joylarini toʻldirib tekislash, panjara va toʻsiqlarni, shuningdek, yoritish ustunlarini boʻyash, koʻprik inshooti konstruksiyasiga tegishli belgilar qoʻyish;
g) yoʻldagi binolar va yordamchi inshootlar boʻyicha:
bino va yordamchi inshootlarning (foydalanish davridagi texnik holatini inobatga olib) nuqsonlari hamda shikastlanishlarini tuzatish, suvoqlarni toʻgʻrilash va tirqishlarni taʼmirlash, toʻsiq, devor, pol, shift, tom, eshik, pech, isitish tarmoqlari, yoritish chiroqlari hamda jihozlari (shu jumladan, muqobil energiya manbalarini oʻrnatish va saqlash), quduq, suv quvuri, kanalizatsiya hamda gaz tarmogʻi, aloqa va elektr liniyalarining ayrim elementlarini almashtirgan holda boʻyash, oqlash, oyna qoʻyish;
ishlab chiqarish binolari, yoʻl boʻlimlari va yoʻldagi binolarning tashqi devorlarini qisman tiklash;
mavjud bino hamda yordamchi binolar va inshootlar (ustaxonalar, saroylar, omborlar, quduqlar, oshxonalar, bugʻ qozonxonasi, hovli maydonidagi muhandislik tarmoqlari, tozalash inshootlari) hamda obyekt atrofini obodonlashtirish devorlarini qurish va taʼmirlash;
d) avtomobil yoʻllarini jihozlash, harakat xavfsizligini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha:
yoʻl qatnov qismining gorizontal yoʻl chiziqlarini chizish va yoʻl belgilarini oʻrnatish, shuningdek, yakka tartibdagi loyihalash tablosini tiklash hamda oʻrnatish;
yetishmayotgan yoʻl belgilarini (koʻrsatkichlari) oʻrnatish va eskilarini almashtirish hamda piyodalar oʻtish joylarini tashkil etish;
mavjud bekat maydonchalarini taʼmirlash, avtobus bekatlarida avtopavilyonlar, hojatxonalar, avtomobillarning toʻxtash va toʻxtab turish maydonchalari, piyodalar oʻtish joylari, piyodalar hamda velosiped yoʻlaklari, aholi punktlaridan oʻtadigan yoʻl uchastkalarida shovqindan himoya qilish qurilmalarini tiklash va taʼmirlash;
I va II guruh toʻsiqlar, yoʻnaltiruvchi moslamalar oʻrnatish hamda mavjudlarini taʼmirlash;
avtomobil yoʻllari, yoʻl inshootlari hamda elementlarini, dam olish maydonchalarini, avtobus bekatlari, kuzatish maydonchalari va boshqa obyektlarni meʼmoriy-badiiy bezash, jihozlash va obodonlashtirish;
avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida, shuningdek, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va tonnellarda elektr yoritkichlarni oʻrnatish, mavjudlarini taʼmirlash;
yoʻl radio, mobil (video) aloqasi hamda texnologik va signal beruvchi-chaqiruvchi aloqani taʼmirlash hamda tiklash, kabel tarmogʻini taʼmirlash;
avtomobil yoʻllarining temir yoʻllar bilan kesishgan joylarida (temir yoʻllar xavfsizlik mintaqasidan tashqari) harakatni tashkil etish hamda tartibga solishning yangi vositalarini oʻrnatish (montaj qilish) va mavjudlarini taʼmirlash;
taʼmirlash davrida vaqtincha yotiq yoʻl belgilarini chizish, vaqtincha yotiq yoʻl belgilarini oʻchirish;
koʻrinishni taʼminlash uchun ayrim daraxtlarni olib tashlash, koʻchirish va daraxt shoxlarini kesish;
avtomobil yoʻllari jihozlari va elementlarini boʻyash, ularni tiklash hamda tartibli saqlash;
avtobus bekatlarini, piyodalar oʻtish joylari, dam olish maydonchalari, yoʻl belgilari va ular uchun konstruksiyalar, toʻsiqlar, yoʻnaltiruvchi qurilmalar, shiyponchalar va ularning jihozlari, shuningdek, shovqindan himoya qiladigan qurilmalarni boʻyagan holda ozoda va tartibli saqlash, avtomobil yoʻllarini meʼmoriy-badiiy bezashning shikastlangan ayrim elementlarini tuzatish, ushbu elementlarga kerakli tarzda qarash, hojatxonalar, yoʻl-taʼmirlash punktlari, yoʻl boʻlimlari, yoʻl ustalari uylarini tozalash;
shiyponchalar, oʻrindiqlar, panolar va boshqalarni oʻrnatish hamda boʻyash, ozoda va tartibli saqlash;
avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining tarkibida boʻlgan tarozida tortishni nazorat qilish punktlarini, suv oʻlchash postlarini, meteorologik punktlarni, ob-havo sharoitlari hamda harakat shart-sharoitlari monitoringi tizimini, texnologik va signal beruvchi-chaqiruvchi aloqani, kabel tarmogʻini, shuningdek, svetofor obyektlarini, harakatni tashkil etish vositalarini, harakatni dispetcher orqali hamda avtomatlashtirilgan boshqarish vositalarini saqlash;
statsionar va koʻchma (mobil) vazn hamda hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini va xodimlarini, jumladan, avtotransport vositalarini tarozida tortish punktlarini, ulardan axborotlarni internet jahon axborot tarmogʻi va boshqa tizimlar orqali uzatish tizimlarini, axborotlarni yigʻish, jamlash hamda ularni doimiy nazorat qilish markazlarini taʼmirlash va saqlash;
harakatni hisobga olish punktlarini saqlash, tiklash va yangidan qurish, yoʻl konstruksiyasining hamda avtomobil yoʻllarida bajariladigan ishlarni oʻrganish uchun zarur boʻlgan boshqa qurilmalarning, avtomobil yoʻli, elementlari va inshootlarining holatini baholash;
avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish davrida harakat xavfsizligi auditini oʻtkazish;
avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlari balansiga kiritilgan yoʻllardagi elektr bilan yoritish, shu jumladan, muqobil energiya manbalarini, svetofor obyektlari hamda svetofor obyektlari tizimlarini taʼmirlash va ularni saqlash, transformatorlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish, yoritish hamda svetofor obyektlari uchun sarflangan elektr energiyasiga haq toʻlash.
16. Avtomobil yoʻllarini saqlash boʻyicha boshqa ishlar quyidagilardan iborat:
avtomobil yoʻllarini saqlash sifatini baholash;
avtomobil yoʻllari va ayrim yoʻl inshootlarini qoʻriqlash va yongʻin muhofazasi, safarbarlik zaxiralarini barpo etish;
safarbarlik zaxiralarini saqlash va ularni yangilab borish;
yoʻl belgilarini va svetofor obyektlarini xatlovdan oʻtkazish, avtomobil yoʻllari hamda sunʼiy inshootlarini pasportlashtirish, yoʻl kadastrini tuzish va yoʻl belgilarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish;
avtomobil yoʻllarining holati tashxisi hamda uni baholash, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa inshootlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnik tekshirish hamda sinash, harakat jadalligini hisobga olish, yoʻl-transport hodisalari hisobini yuritish va ularning paydo boʻlish sabablarini aniqlashda qatnashish, yoʻllar, koʻpriklar hamda boshqa yoʻl inshootlarining holati toʻgʻrisidagi raqamlashtirilgan maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish;
navbatchilik-dispetcherlik xizmatini tashkil qilish hamda saqlash, ishlab chiqarishni boshqarish markazlarini tashkil etish va ular uchun asbob-uskunalar sotib olish;
ob-havo shart-sharoitlari va harakatlanish shart-sharoitlari monitoringi meteorologik tizimlarini, shuningdek, harakatlanish shart-sharoitlari monitoringi hamda prognozlashtirish uchun foydalaniladigan video tizimlarni saqlash, shu jumladan, ularning ishlashi uchun meteorologik tizimlar elementlarini va aloqa kanallarini ijaraga olish;
meteorologik maʼlumotlarni sotib olish;
avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarni qatnovning holati toʻgʻrisida xabardor qilish (axborot tablolari, ommaviy axborot vositalarini oʻrnatish);
tosh tushishiga qarshi tadbirlar, shu jumladan, qiyaliklarni burmalash, selga qarshi tadbirlar;
yoʻl oʻqi toʻsigʻiga yetishmayotgan nur qaytaradigan katafotlar shchitlar, yoʻl oʻqi toʻsigʻi oldiga ogohlantiruvchi uskunalar oʻrnatish;
sunʼiy yoʻl inshootlarda ventilyatsiya, majburiy suv qochirish, yoritish tizimlari ishlashi uchun yetishmayotgan asbob-uskunalarni oʻrnatish, video kuzatish, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalarining yetishmayotgan tizimlarini oʻrnatish, almashtirish va saqlash;
axlat yigʻish uchun konteynerlarni oʻrnatish, chiqindilarni topshirish hamda utilizatsiya qilish bilan bogʻliq ishlar va xarajatlar;
vazn va hajm koʻrsatkichlarini nazorat qilish statsionar hamda koʻchma punktlarini, yagona axborot-situatsiya markazlarni, jumladan, tarozida tortishni nazorat qilish postlarini tashkil etish va saqlash;
avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash boʻyicha ishlarga, shuningdek, toshqin, sel, qor koʻchishi, oʻpirilish hodisalari, zilzilalarning oldini olish va bartaraf etish ishlarini bajarishda jalb etilgan ishchi-xodimlarni oziq-ovqat, ish qurollari va jihozlar, jumladan, saqlash ishlari uchun talab qilinadigan kichik mexanizmlar hamda maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlash;
yoʻl taʼmirlash punktlari uchun mebel, inventar, kompyuter va maishiy texnika, asbob-uskunalar, jihozlar, yigʻma uylar hamda koʻchma vagon-uylar xarid qilish;
avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash uchun zarur boʻlgan texnika, uskunalarni, mashina va mexanizmlarni xarid qilish, jumladan, lizing va bank kreditlari orqali;
toifalangan koʻprik va obyektlarni maxsus yoʻriqnoma asosida qoʻriqlash xizmatini kompleks tashkil etish xarajatlari (inventarlar, jihozlar, asbob-uskunalar, koʻchma-vagonlar, videokuzatuv, yoritish, qoʻriqlash, aloqa tizimi jihozlari va boshqa qoʻriqlash bilan bogʻliq tadbirlar);
avtomobil yoʻllari va boshqa sunʼiy yoʻl inshootlarining tashxisi hamda holatini baholash ishlari;
avtomobil yoʻllarini saqlash maqsadida uskunalar, jihozlar va kichik mexanizmlar (oʻt oʻrish, motoarra, boʻyash, tozalash, yotiq chiziqlarni chizish, zichlash, choklarni kesish, motoroller, tunda ish joyini yoritish, tok ishlab chiqarish, motorli burgʻulash, zarb va bosim berish, choklarga bitum quyish uskunalari, tarozilar va boshqalar) xarid qilish va ularni saqlash xarajatlari;
koʻprik inshootlarini loyihadan oldin texnik tekshirish, avtomobil yoʻllari hamda boshqa yoʻl inshootlarining tashxisi va holatini baholash hamda loyiha-smeta hujjatlarini va taʼmirlash boʻyicha eng murakkab ishlarning muhandislik ishlanmasini ishlab chiqish, yoʻl harakat xavfsizligini tashkil qilish boʻyicha auditdan oʻtkazish;
avtomobil yoʻllari ekspluatatsiya tashkilotlarining elektr energiya, gaz, sovuq suv, oqova suv, aloqa (internet jahon axborot tarmogʻi, mobil, statsionar va boshqalar) uchun toʻlovlarini, mol-mulk va yer soligʻi xarajatlarini qoplash;
avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlash boʻyicha eng murakkab ishlarga muhandislik va ilmiy-texnik ishlanmalarni ilova qilish;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-eksperiment ishlari, tajriba-sinov uchastkalarini qurish;
idoraviy qurilish normalari va qoidalarini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hamda avtomobil yoʻllarining transport-foydalanish koʻrsatkichlarini oshirish va sifatini taʼminlash boʻyicha metodik hujjatlar, yoʻriqnomalar hamda koʻrsatmalarni ishlab chiqish va qayta ishlash;
adabiyotlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, idoraviy qurilish normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metodik hujjatlar, yoʻriqnomalar hamda koʻrsatmalarni xarid qilish;
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash.
4-bob. Avtomobil yoʻllarini qishda saqlash
17. Avtomobil yoʻllarini qishda saqlash ishlari avtomobil yoʻllari hamda yoʻl inshootlarini yilning qish davrida avtomobil harakatini uzluksiz va xavfsiz taʼminlash shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan talablarga muvofiq ularning holatini doimiy saqlashni taʼminlashdan iborat.
18. Avtomobil yoʻllarini qishda saqlash ishlari tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qishki mavsumida hamda yil mobaynida avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining barcha elementlari hamda inshootlari boʻyicha avtomobil yoʻlining butun uzunligida muntazam ravishda amalga oshiriladi. Avtomobil yoʻllarini qishda saqlash ishlarining xarajatlar smetalari qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlab chiqilib, buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Avtomobil yoʻllarini qishda saqlash ishlari tarkibiga kirgan ishlar turiga qarab yil mobaynida amalga oshirilishi, xarajatlar smetalarida koʻzda tutilishi va moliyalashtirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
19. Avtomobil yoʻllarini qishda saqlashga quyidagi ishlar kiradi:
qordan doimiy himoya qilish inshootlari (devorlar, panellar, koʻtarmalar va qorni ushlash toʻsiqlari)ni tayyorlash, oʻrnatish va taʼmirlash, qordan himoya qilish inshootlariga qarash;
vaqtincha qorni tutib turadigan qurilmalar (shchitlar, toʻsiqlar va toʻrlar) tayyorlash, oʻrnatish (qayta oʻrnatish), tiklash, qorni tutib qolish uchun qorni ushlash toʻsiqlari va xandaqlar barpo etish hamda ularni vaqti-vaqti bilan yangilab turish;
avtomobil yoʻllarini qordan hamda qor uyumlaridan tozalash, yoʻl chetlaridagi qorlarni yigʻishtirish, chiqarib tashlash, past toifadagi avtomobil yoʻllarining qatnov qismida qor qoplamini qiyalab tekislash va zichlash;
qishki sirpanchiqni oldindan aniqlash hamda prognozlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va turli sathdagi yoʻl yechimlarida muzlamaga qarshi reagentlarni taqsimlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini oʻrnatish hamda saqlash;
qishki sirpanchiqqa va muzlamaga qarshi materiallarni, transport vositalarini saqlash uchun yangi bazalarni hamda ishchi-xodimlarni sutka davomida ish olib borishini taʼminlash uchun doimiy yoki vaqtinchalik bino va inshootlar barpo etish, mavjudlarini tiklash hamda taʼmirlash, ularga borish yoʻllarini qurish, tabiiy shoʻr suv olinadigan quduqlar qazish, jihozlash va ularga xizmat koʻrsatish, muzlamaga qarshi materiallarni tayyorlash, ularning zaxirasini yaratish va saqlash;
muzlamaga qarshi xususiyatlarga ega boʻlgan qoplamaning yuqori qatlamini qurish va saqlash;
muzlarga qarshi kurashish, muzga qarshi inshootlarni qurish, sunʼiy inshootlar yaqinida oʻzanlarni tozalash va mustahkamlash, muzlarni yoʻqotish;
koʻchkiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, koʻchki qatlamlarini yigʻishtirib olish;
ushbu Tasnifga nazarda tutilmagan va qishki saqlash ishlari boʻyicha amalda bajariladigan ish turlari idoraviy qurilish normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish
20. Avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish ishlari avtomobil yoʻllarini qor, qum koʻchkilaridan yoki eroziyadan doimiy himoya qilishni taʼminlashdan hamda avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining maʼmuriy-badiiy bezagini barpo etishdan iboratdir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
21. Avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish ishlari avtomobil yoʻlining butun uzunligida uning barcha elementlari va inshootlari boʻyicha butun yil davomida tasdiqlangan xarajatlar smetalarga muvofiq amalga oshiriladi. Avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish ishlarining xarajatlar smetalari qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlab chiqilib, buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
22. Avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirishga quyidagi ishlar kiradi:
koʻchatxona va daraxtzorlar uchun tuproqni tayyorlash, koʻchatlar yetishtirish (yoki ular qiymatini toʻlash) hamda koʻchatlarni transportda tashish;
avtomobil yoʻllarini qum va qor koʻchkilaridan himoya qilish uchun oʻrmon tasmalarini barpo etish, eroziyaga qarshi hamda manzarali daraxtlarni ekish;
daraxtlarni parvarish qilish, daraxtlarni kesish-kallaklash, quruq daraxtlarni yigʻishtirib olish, daraxtlarni yongʻindan himoya qilish, oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
urugʻlik sepish va gul ekish, ajratilgan mintaqaga hamda ajratish tasmasiga oʻt ekish;
sugʻorish tizimlarini barpo etish, mavjud sunʼiy sugʻorish tizimlarini saqlash va taʼmirlash;
avtomobil yoʻllari, sunʼiy inshootlarni (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, aylanma transport yechimlari) panno, stellalar va ularni yoritish tizimlarini qurish bilan birga meʼmoriy-landshaftli konstruksiyalash;
avtomobil yoʻllarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishi va landshaft dizaynini yaratish;
avtomobil yoʻllariga ajratilgan polosalardagi yoʻlboʻyi hududlarini tegishli holatda saqlash;
manzarali, shu jumladan, yangi turdagi manzarali oʻsimliklarning koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan koʻchatxonalarini tashkil etish va saqlash;
oʻyma va koʻtarmalar qiyaliklarining tikligini kamaytirish, barqaror chim qoplamasini yaratish boʻyicha zarur agrotexnika tadbirlarini oʻtkazgan holda yer koʻtarmasi va zaxiralarining qiyaliklariga oʻt ekish, yer koʻtarmasining barqarorligini taʼminlaydigan mustahkamlash yer ishlarini bajarish va boshqa ishlar;
ushbu Tasnifga nazarda tutilmagan va koʻkalamzorlashtirish ishlari boʻyicha amalda bajariladigan ish turlari idoraviy qurilish normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-son qaroriga 3-ILOVA
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari tugallangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari hamda yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalariga kafolatli xizmat qilish muddatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini (keyingi oʻrinlarda — avtomobil yoʻllari) qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari tugallangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari hamda yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalarining kafolatli xizmat qilish muddatlarini (keyingi oʻrinlarda — kafolat muddati) qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashdan soʻng kafolat muddati davomida sodir boʻlgan tabiiy ofat, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar oqibatida taʼmirtalab holatga kelib qolgan avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar hamda loyiha hujjatlarida koʻzda tutilmagan pudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan ish hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
asosiy konstruktiv elementlar (keyingi oʻrinlarda — AKE) — tashqi va ichki yuklamalarni qabul qiladigan va ularni boshqa qurilmalar yoki asosga uzatadigan konstruksiyaning tarkibiy qismi, jumladan yoʻl qoplamasi, yoʻl asosi, yoʻl poyi, I va II guruh toʻsiqlar, sunʼiy inshootlarning temir, temir-beton qurilmalari va konstruksiyalari;
yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalari (keyingi oʻrinlarda — YHTETV) — yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun yoʻllarda qoʻllaniladigan inshootlar, qurilmalar va jihozlar (yoʻl chiziqlari bundan mustasno);
kafolat majburiyatlari — pudrat tashkiloti kafolat muddati davomida oʻzi tomonidan bajarilgan sifatsiz ish natijasida yoʻl elementlarida yuzaga kelgan har qanday buzilishlarni oʻz hisobidan bartaraf etish majburiyatlari;
kafolat muddati — qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan boshlab shartnomada belgilangan muddat ichida pudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan ishlarning sifatini taʼminlaydigan, aniqlangan kamchiliklarni oʻz hisobidan bartaraf etadigan majburiyatlarni bajaradigan davr;
kafolat summasi — qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obyektlarning shartnomada nazarda tutilgan kafolat muddati oʻtganidan soʻng toʻlab beriladigan mablagʻ;
texnik tekshirish — avtomobil yoʻllarining foydalanish sifatlarini, taʼmirlash maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadida avtomobil yoʻllari va inshootlari elementlarini nazorat qilish, sinash, tahlil qilish hamda baholashni oʻz ichiga oladigan jarayon.
4. Kafolat muddati qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari tugallangan obyektning haqiqiy xizmat qilish muddatlarini belgilamaydi.
2-bob. Kafolat muddati va uni qoʻllash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
5. Pudrat tashkiloti kafolat muddati davomida quyidagilarni:
bajarilgan ishlarning loyiha hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik shartlariga muvofiqligini;
oʻzi tomonidan qurilish uchun qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiya va tizimlar sifatini, ularning loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan sertifikatsiyalarga, davlat standartlariga hamda texnik shartlarga muvofiqligini;
qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari tugallangan obyektdan foydalanish jarayonida nuqsonlar aniqlanganda, nuqsonlarni oʻz hisobidan bartaraf etishni;
muhandislik tizimlari va uskunalarning foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
6. Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari tugallangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari va YHTETV boʻyicha kafolat muddati uch yil, shuningdek, avtomobil yoʻllarini taʼmirlash ishlari tugallangan obyektlarning qoplamalari boʻyicha kafolat muddati bir yil etib belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
7. Kafolat muddati:
qurilish ishlari tugallangan obyektlarni (yoki ularning uchastkalarini-ishga tushirish komplekslarini) qabul qilib olish boʻyicha Davlat qabul komissiyasiga tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab;
taʼmirlash ishlari tugallangan avtomobil yoʻllari va ularning qismlari hamda sunʼiy inshootlar boʻyicha ishlarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab hisoblanadi.
8. Kafolat muddati davrida avtomobil yoʻli va/yoki sunʼiy inshootning ekspluatatsiya qilish jarayonida vizual kuzatuvlar natijasida ularning asosiy konstruktiv elementlari va YHTETVda nuqsonlar kuzatilgan taqdirda, ushbu obyektni saqlovchi tashkilot tomonidan buyurtmachiga kiritilgan murojaati asosida texnik tekshirish oʻtkaziladi.
9. Texnik tekshirish oʻtkazish uchun buyurtmachi tomonidan uchinchi shaxslar jalb etilishi mumkin. Texnik tekshirish oʻtkazish xarajatlari pudrat tashkilotiga zimmasiga yuklanadi.
10. Kafolat summasi toʻlashdan oldin va kafolat muddati tugashidan bir oy oldin buyurtmachi, pudrat tashkiloti va avtomobil yoʻlini balansda saqlovchi tashkilot ishtirokida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari tugallangan obyekt yakuniy texnik tekshirishdan oʻtkazilib, tekshiruv natijasiga koʻra nuqsonlar aniqlanmagan taqdirda kafolat muddati tugaganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
11. Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari pudrat tashkiloti va buyurtmachining ikki tomonlama nuqsonlar dalolatnomasida qayd etiladi.
12. Agar qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari tugallangan obyektdan foydalanishning kafolat muddatida yakuniy texnik tekshirish natijasida nuqsonlar aniqlansa, kafolat muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi.
13. Kafolat summasi toʻlangunga qadar aniqlangan nuqsonlarni pudrat tashkiloti bartaraf etishdan bosh tortgan taqdirda, buyurtmachi nuqsonlarni chegirib qolingan kafolat mablagʻlari hisobidan uchinchi shaxslarni jalb etgan holda bartaraf etishi mumkin.
14. Kafolat muddatini qoʻllash buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻrtasida imzolanadigan shartnomada nazarda tutiladi.
3-bob. Kafolat mablagʻlarini toʻlash
15. Pudrat tashkiloti tomonidan berilgan kafolatni taʼminlash maqsadida buyurtmachi tomonidan pudrat tashkilotiga toʻlanishi lozim boʻlgan shartnoma umumiy bahosining besh foizi miqdoridagi mablagʻlar chegirib qolinadi.
16. Chegirib qolingan kafolat summasi texnik tekshirish natijalari asosida rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari tugallangan obyekt foydalanishga topshirilgan kundan oʻn ikki oy oʻtgandan soʻng toʻlab beriladi. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4-bob. Pudrat tashkilotini kafolat majburiyatlaridan ozod qiluvchi holatlar
17. Quyidagi holatlarda pudrat tashkiloti kafolat majburiyatlaridan ozod etiladi:
fors-major holatlari, shu jumladan tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelganda;
yoʻl-transport hodisalari, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari tugallangan obyektlarda uchinchi shaxslar tomonidan turli koʻrinishdagi qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi natijasida AYKE va YHTETVga zarar yetganda.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
19. Mazkur Nizomda koʻzda tutilmagan munosabatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-son qaroriga 4-ILOVA
Avtomobil yoʻllaridagi tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarida sodir boʻlgan tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlarining manzilli roʻyxatlarini rasmiylashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash xarajatlari uchun yillik xarajatlariga ajratilishi rejalashtirilgan mablagʻlaridan kamida 5 foiz miqdorda zaxira nazarda tutiladi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tabiiy ofat — xavfli tabiiy ofat (zilzila, koʻchki, togʻ oʻpirilishi, yer sathining choʻkishi, suv toshqinlari, suv toʻplanishi va sellar, qor koʻchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala, yerosti suvlari) natijasida vujudga kelgan va buning natijasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻli va maʼlum uchastkasidagi yoʻl inshootlariga zarar yetkazishi (avariya holatiga kelib qolishi) hamda transport vositalari harakat xavfsizligi aloqalarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holat;
texnogen xususiyatli vaziyat — avariyalar, portlashlar, yoʻl elementlarining ishdan chiqishiga olib keluvchi kislotalarning toʻkilishi, toʻgʻonlarning, binolar va inshootlarning toʻsatdan qulashi, shuningdek, kommunikatsiya tizimlaridagi avariyalar natijasida avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligiga taʼsir qiluvchi va harakatning uzilib qolishi bilan bogʻliq texnogen xususiyatli vaziyat.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlari respublika budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda texnogen xususiyatli vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) hududiy bosh boshqarmalari, “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllaridagi zararlarni qoplash boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan sudlarga kiritilgan davo arizalariga koʻra aybdor yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan undiriladi hamda tegishliligi boʻyicha respublika va mahalliy budjetlarga yoʻnaltiriladi.
5. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining (yoʻl inshootlarining) tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlariga buyurtmachi etib — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari, shuningdek, “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtgan qismidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga (yoʻl inshootlariga) “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi belgilanadi.
Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari yoki tuman (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari buyurtmachi vazifasini bajaradi.
6. Yuzaga kelgan tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlariga (lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan hududiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya) dalolatnomasi va buyurtmachining taklifiga asosan tuman (shahar) hokimining tegishli qaroriga muvofiq:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridagi obyektlarga bosh pudrat tashkilotlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi yoʻl va koʻpriklarni saqlash hamda taʼmirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orasidan hamda loyiha tashkilotlari tanlov (tender) oʻtkazilmasdan va maxsus axborot portaliga eʼlon joylashtirmasdan;
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllaridagi obyektlarga sohaviy qurilish va taʼmirlash tashkilotlari orasidan hamda loyiha tashkilotlari tanlov (tender) oʻtkazmasdan va maxsus axborot portaliga eʼlon joylashtirmasdan aniqlanadi.
Bunda bosh pudrat tashkilotlarini tanlashda yetarlicha mashina va mexanizmlar bilan taʼminlangan, soha boʻyicha zarur quruvchi-muhandislarga hamda obyektlar qurilishida tajribaga ega boʻlgan, moliyaviy barqaror boʻlishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Bosh pudrat tashkilotlariga yordamchi pudrat tashkilotlarini maxsus axborot portalida tegishli axborotlarni joylashtirmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.
Davlat buyurtmachilari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran besh ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart.
2-bob. Hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi
7. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining hududiy bosh boshqarmalari hamda “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi — tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish talab etiladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar uchastkasida, shahar va tumanlar hokimliklari — shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarda hududiy komissiyaning dalolatnomasi asosida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha birinchi darajali, kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
8. Avtomobil yoʻllari va ulardagi sunʼiy inshootlarda tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlari boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash loyiha tashkilotlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
9. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Bunda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish muddati obyektga moliyalashtirish ochilgan kundan boshlab sakson kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish sakson kalendar kundan koʻproq vaqt talab etilgan taqdirda, uning muddati buyurtmachining asoslantirilgan taklifiga asosan hududiy komissiyaning tegishli qaroriga muvofiq koʻpi bilan oʻttiz kalendar kungacha uzaytirilishi mumkin.
10. Loyiha tashkilotlari yirik va murakkab tabiiy ofatlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun oʻz mablagʻlari hisobidan maʼlum yoʻnalish boʻyicha konsultant-mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
11. Loyiha-smeta hujjatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
3-bob. Manzilli roʻyxatlarni shakllantirish tartibi
12. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini dastlabki manzilli roʻyxati hududiy komissiyaning dalolatnomasi va tuman (shahar) hokimining qarori asosida shakllantiriladi.
Dastlabki manzilli roʻyxatdagi obyektlar qiymati loyiha tashkiloti tomonidan taqdim etilgan dastlabki hisob-kitoblarga asosan belgilanadi.
Yakuniy manzilli roʻyxat loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasi asosida obyektlarning qiymati aniqlanganidan soʻng shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.06.00 Favqulodda ekologiya vaziyatlari va ekologiya ofati mintaqalari]
13. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari (sunʼiy inshootlar) buyurtmachi tomonidan shakllantirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlar (vaqtincha yoki yakuniy);
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllari buyurtmachi tomonidan shakllantirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlar (vaqtinchalik yoki yakuniy) hamda unga ilova qilingan ijro hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan obyektlarning xarajatlar smetasi buyurtmachilar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
14. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlari boʻyicha:
yil mobaynida manzilli roʻyxatga qoʻshimcha obyektlarni kiritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu ishlar uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbai mavjudligi tasdiqlangan taqdirda amalga oshirishga;
mablagʻlarning toʻliq oʻzlashtirilishini taʼminlash maqsadida iqtisod qilingan, oʻzlashtirilmagan yoki oʻzlashtirilmaslik xavfi mavjud boʻlgan obyektlarning mablagʻlarini obyektlar va hududlar kesimida qayta taqsimlashga ruxsat etiladi.
15. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini joriy yil uchun belgilangan mablagʻlar miqdoridan oshadigan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarori (farmoyishi) va (yoki) topshiriqlari asosida moliyalashtiriladi.
Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlari boʻyicha mablagʻlarni ajratish va qayta taqsimlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.
4-bob. Moliyalashtirish tartibi
16. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlar oqibatida zarar koʻrgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllari hamda sunʼiy inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha ishlar obyektlar kesimida tasdiqlangan manzilli roʻyxatga asosan buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomada hamda tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda moliya organida roʻyxatga olingan xarajatlar smetalarida rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi. Bunda:
avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlardagi tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlariga joriy yilga belgilangan ishlar qiymatining 50 foizigacha miqdorda avans berish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
har oyda ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 100 foizigacha joriy moliyalashtirish nazarda tutiladi.
17. Buyurtmachilar belgilangan tartibda xarajatlar uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmalari orqali amalga oshiradi. Bunda buyurtmachilar loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash xarajatlariga toʻlovni amalga oshirish uchun talab etiladigan hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmasiga taqdim etadilar.
18. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlari bilan bogʻliq barcha xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlovlarni toʻlash) Davlat budjeti xarajatlari funksional tasnifining 7 045 194 — “Kutilishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlardan ogohlantirish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari boʻyicha xarajatlari” hamda iqtisodiy tasnifning 48 21 190 — “Boshqa xarajatlar” orqali amalga oshiriladi.
19. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlar oqibatida zarar koʻrgan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ish uchun buyurtmachining pudrat tashkilotlari bilan hisob-kitoblari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari hamda bajarilgan ish miqdori (qilingan xarajatlar) toʻgʻrisidagi hisobvaraq-fakturalar (maʼlumotnomalar) boʻyicha amalga oshiriladi.
20. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish uchun ajratilgan va pudratchi tashkilot tomonidan joriy yil obyektlari boʻyicha sarflanmagan mablagʻlar keyingi yil manzilli roʻyxatlariga belgilangan tartibda kiritiladi va maqsadli ishlatiladi.
21. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha aniqlangan avtomobil yoʻllarining joriy yilda bajarilmagan qoldiq ish hajmlari kelgusi yilga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
22. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha shartnomaviy narxlarda mablagʻlarni oʻzlashtirish, manzilli roʻyxatga muvofiq obyektlar kesimida moliyalashtirish hamda bajarilgan ishlar haqidagi hisobot Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etiladi.
5-bob. Sifatni nazorat qilishni tashkil etish
23. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlar oqibatida zarar koʻrgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda sifatni nazorat qilishning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan pudratchi tashkilotlarning texnik xodimlari (bosh muhandislar, ish bajaruvchilar, ustalar, brigadirlar va laboratoriya xodimlari) tomonidan ishlar bajarilishi jarayonida doimiy ravishda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish va laboratoriya nazorati;
buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan texnik nazorat;
buyurtmachi bilan tuziladigan shartnoma boʻyicha obyekt uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan loyihalashtirish tashkilotlari (loyihaning bosh muhandislari) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan mualliflik nazorati.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash ishlari sifati ustidan davlat nazorati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash jarayonida texnologik jarayon amalga oshirilishining toʻgʻriligi, bajariladigan ishlar hamda foydalaniladigan materiallarning sifati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish, shuningdek, yopilib ketadigan va oraliq ishlarni qabul qilib olishda hamda obyektlar foydalanishga topshirilishida buyurtmachi tomonidan qabul komissiyasi tarkibida ishtirok etish uchun ushbu obyektga xizmat koʻrsatadigan (balansda saqlovchi) yoʻl tashkiloti vakili jalb etiladi.
25. Qurilishi tugallangan, rekonstruksiya qilingan va taʼmirlangan obyektlar foydalanishga qabul qilib olish shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish uchun markazlashgan manbalardan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish buyurtmachilarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
27. Pudrat tashkiloti avtomobil yoʻllari va ulardagi sunʼiy inshootlarda sodir boʻlgan tabiiy ofat va texnogen xususiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish ishlari buyurtmachi hamda pudrat tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilangan bajarish va moliyalashtirish jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda bajarilishini hamda foydalanishga topshirilishini taʼminlaydi.
28. Tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish obyektlarida qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash ishlari pudratchi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.07.00 Nizolarni hal qilish. Shaharsozlik va arxitektura sohasida qonun buzganlik uchun javobgarlik]
29. Buyurtmachilar qurilishi tugallangan, rekonstruksiya qilingan va taʼmirlangan obyektning avtotransport vositalari harakati uchun ochilishiga tayyor obyektlarni qabul qilishni asossiz kechiktirganligi uchun pudrat tashkiloti oldida qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq javobgar hisoblanadi.
30. Pudrat tashkiloti shartnomada belgilangan kafolat davrida buyurtmachi oldida mulkiy javobgar hisoblanadi. Kafolat muddati mobaynida obyektdan foydalanish jarayonida nuqsonlar va kamchiliklar aniqlanganda, pudrat tashkiloti ularni oʻz mablagʻlari hisobidan bartaraf etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.07.00 Nizolarni hal qilish. Shaharsozlik va arxitektura sohasida qonun buzganlik uchun javobgarlik]
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Quyidagilar:
agar ikki tomonlama bitimlarda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlarga (mamlakatlardan) tashilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha shartlar kelishilmagan boʻlsa, xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ular tomonidan vaqtincha olib kelingan avtotransport vositalarida yuk va yoʻlovchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj) taqiqlansin”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 1-noyabrdagi 226-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish va ularni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 5-ilovaninng matnidagi “Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari “Transport nazorati inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-maydagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida:
beshinchi — yettinchi va oʻninchi xatboshilardagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qoʻmita raisi stipendiyasi”ni taʼsis etish va toʻlash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Qoʻmitaning iqtisodiy nochor korxona va tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda qoʻshimcha bajarilgan yoʻl ishlari (moliyaviy manbasi aniq boʻlmagan) natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzdorliklarini soʻndirish maqsadida qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam berish”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Hududlarda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 14-noyabrdagi 757-son qarorida:
a) 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning nomidagi “Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/901/0019-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)