|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.06.2015
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING 2000-YIL 5 IYuLDAGI 12/1-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN JISMONIY ShAXSLAR — REZIDENTLARGA NAQD XORIJIY VALYUTANI RESPUBLIKA HUDUDIDAN TAShQARIGA OLIB ChIQIShGA RUXSATNOMALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMNING YaNGI TAHRIRINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 3-iyulda 1253-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2678, 03.06.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi № 250-sonli “Valyuta bozorini yanada takomillashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini bajarish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan rezident jismoniy shaxslarga 5000 AQSh dollariga teng miqdordan oshuvchi naqd xorijiy valyutani respublika hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi ishlab chiqilgan va mazkur meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan. Adliya vazirligining ushbu meʼyoriy hujjatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha taklifini inobatga olib, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar — rezidentlarga naqd xorijiy valyutani mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom* (Yangi tahriri) tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 23-avgustdagi 20/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1253-1, 09.09.2003-y.) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son)
* Nizom matni rus tilida berilgan.
2. Valyuta ayirboshlash operatsiyalari Bosh maxsus boshqarmasiga (B. Jumayev) mazkur meʼyoriy hujjatni Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 5-iyuldagi 12/1-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish rais oʻrinbosari Sh. Toshmurodov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 21-iyun,
13/7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; 17-18-son)