Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1878-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-son “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1878, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 487-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
2-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
215-son
Kelishildi:
DXX Raisi oʻrinbosari B. RASHIDOV
2024-yil 25-dekabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2024-yil 19-dekabr
Advokatlar palatasi raisi Sh. SADIKOV
2024-yil 17-dekabr
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
2024-yil 13-dekabr
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
2024-yil 6-dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/1878-1/1085-son)