Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 16-iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 20-sentabrda maʼqullangan

Keyingi yillarda mamlakatimizda yoʻl harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari va individual harakatlanish vositalarining ommalashuvi tufayli ulardan foydalanish bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrish, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi fakti toʻgʻrisidagi maʼlumotni qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarga yuborishning aniq muddatlarini belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashni, shuningdek tez tibbiy yordam hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan maʼmuriy ishlarni ortiqcha qogʻozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritilmasligi belgilanmoqda.
Ushbu Qonun yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlashga, yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga, shuningdek fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 246-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalanilgan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi”;
oltinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;
2) 128-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yoʻlkalaridan yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (bundan ushbu Kodeksning 1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib oʻtish qoidalarini buzishi, yuk avtomobillarida yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yoʻnalishli transport vositalari toʻxtaydigan bekatlardan yoki piyodalar oʻtish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yoʻlovchiga yoki piyodalarga loyqa sachratishi”;
3) 136-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning skuterni, mopedni, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi”;
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ularning yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning hamda yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmasligi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
oltinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Skuter, moped, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzishi”;
5) 199-modda dispozitsiyasining oʻzbekcha matnidagi “tibbiy tez” degan soʻzlar “tez tibbiy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 271-modda quyidagi mazmundagi 12 va 13-bandlar bilan toʻldirilsin:
“12) yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda, transport vositasining mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud boʻlmasa;
13) agar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan boʻlsa”;
7) 283-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar fuqaro oʻzi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga eʼtiroz bildirmasa hamda unga joyning oʻzida solinadigan jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmasa, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy bayonnoma, jarima miqdoridan qatʼi nazar, tuziladi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 1-moddasining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan individual harakatlanish vositalari roʻyxatini bir oylik muddatda tasdiqlasin hamda ularni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasi 1-bandining beshinchi xatboshisi va 6-bandining uchinchi xatboshisi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 3 va 4-bandlari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-oktabr,
OʻRQ-985-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 03/24/985/0861-son)