O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish zarurati mavjud.
Yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning ilm-fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda jahon miqyosida Vatanimiz dovrug‘ini keng taratgan buyuk ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash maqsadida:
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
qobiliyatli hamda fanlarni chuqur o‘rganishga qiziqadigan yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
o‘quvchilarni fan olimpiadalariga maqsadli tayyorlashga oid o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
fan olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha trenerlar jamoasini, shu jumladan xorijiy mutaxassislar, olimlar va professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda shakllantirish, ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rag‘batlantirish;
xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyot va ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlarida, shu jumladan maktab ta’limi tizimida faoliyat olib borishiga ko‘maklashish;
olimpiadalar o‘tkazish bo‘yicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribalarni ommalashtirish;
fan olimpiadalarini targ‘ib qilish, o‘zbekistonlik o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalaridagi ishtiroki va natijalari haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Markazning cheklangan boshqaruv shtat birliklari soni 41 tani tashkil qiladi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimining umumiy shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
b) Markaz xodimlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi. Bunda:
Markaz direktorining lavozim maoshi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi departamenti direktori lavozim maoshiga, direktor o‘rinbosarining lavozim maoshi vazirlik boshqarma boshlig‘i lavozim maoshiga, tarkibiy bo‘linmalar boshliqlarining lavozim maoshi vazirlik bo‘lim boshlig‘i lavozim maoshiga, boshqa mutaxassis xodimlarning lavozim maoshi vazirlikning tegishli darajadagi mutaxassislari lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
Markaz xodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
v) Markaz faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari, Ta’lim sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, pullik xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, 2027-yildan boshlab bosqichma-bosqich — xo‘jalik faoliyatini yuritishdan tushgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yil 1-oktabrga qadar Ta’lim sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Markazda fanlar bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan to‘liq jihozlangan laboratoriya tashkil qilsin.
3. Belgilansinki, o‘quvchilarning xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirokini ta’minlash uchun 2025-yildan boshlab Markaz tomonidan:
5 — 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o‘quvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar, qo‘llanmalar va jurnallar yaratilib, ular doimiy ravishda xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida takomillashtirib boriladi;
o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlovchi trener-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, ularga yangi metodikalar o‘rgatib boriladi;
fan olimpiadalari bo‘yicha milliy terma jamoalarning xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
o‘quvchilar uchun xalqaro olimpiadalarda ruhiy bosimni yengish bo‘yicha seminarlar hamda motivatsion treninglar tashkil qilinadi;
asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) xalqaro fan olimpiadalari nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarga bo‘linadi va ushbu olimpiadalar g‘oliblari, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlari 1-ilovaga muvofiq miqdorlarda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
b) nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
v) 2025-yil 1-yanvardan boshlab nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etiladi. Bunda:
terma jamoalar rahbarlari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
terma jamoalar rahbarlarini pul mukofoti bilan taqdirlash 2027-yilga qadar — Davlat budjetidan, 2027-yildan boshlab — Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi;
terma jamoalar rahbarlari, kuzatuvchilari va o‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash bilan bog‘liq, shu jumladan sutkalik, yashash, sug‘urta va transport xarajatlari Davlat budjetidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;
xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan o‘quvchilar o‘quv yig‘inlari davrida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan ta’minlanadi.
5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:
a) 2025-yil 1-dekabrga qadar:
xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratsin;
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, mahalliy va xorijiy o‘quvchilarning ushbu olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlarini ta’minlaydigan maxsus saytni ishga tushirsin;
b) 2025-yil 1-mayga qadar fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibini takomillashtirsin. Bunda:
asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichi g‘oliblariga medal berish tizimini joriy etishni;
tabiiy fanlar bo‘yicha olimpiadalarning respublika bosqichida o‘quvchilar tomonidan amaliy topshiriqlar bajarilishini nazarda tutsin.
6. Belgilansinki, yurtimiz va buyuk ajdodlarimizning dunyo ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasini targ‘ib etish maqsadida quyidagi xalqaro olimpiadalar o‘tkazib boriladi:
millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik hissini shakllantirish, madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi;
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi;
Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi;
Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Toshkent shahri, Yunusobod tumani, “Otchopar-1” MFY, Darvozakent ko‘chasi, 60-uy manzilidagi bino-inshootlar Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazilsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Otchopar ko‘chasi, 1-uyda joylashgan bino va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Markazga:
nodavlat fan olimpiadalari va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq pullik xizmatlarni ko‘rsatishga;
xalqaro tijoriy (pullik) va notijoriy fan olimpiadalari va tanlovlarni o‘tkazishga;
mahalliy va xorijiy mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etishga ruxsat berilsin.
9. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini keng ko‘lamda yoritsin.
12. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-sentabr,
PQ-346-son
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qaroriga
1-ILOVA
Nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofoti miqdori*

T/r

O‘rin
(medal)

Pul mukofotini oluvchi

Bir martalik pul mukofoti miqdori
(bazaviy hisoblash miqdorining baravari)

nufuzli xalqaro olimpiada uchun

xalqaro olimpiada uchun

mintaqaviy xalqaro olimpiada uchun

1.

1-o‘rin
(oltin medal)

G‘olib

2 500

150

12

2.

O‘qituvchi

450

50

50

3.

Terma jamoa
rahbari

35

4.

2-o‘rin
(kumush medal)

G‘olib

1 500

100

8

5.

O‘qituvchi

250

35

35

6.

Terma jamoa rahbari

25

7.

3-o‘rin (bronza medali)

G‘olib

1 000

50

6

8.

O‘qituvchi

150

30

30

9.

Terma jamoa rahbari

15

*Nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qaroriga
2-ILOVA
Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ni tashkil etish.

2025-yil 1-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

2.

Markazda kimyo, biologiya, fizika fanlari bo‘yicha amaliy topshiriqlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega va zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan to‘liq jihozlangan laboratoriya tashkil qilish.

2025-yil 1-oktabr

Ta’lim sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

3.

O‘quvchilarning fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rishi uchun har bir fan yo‘nalishida dastur, qo‘llanma, o‘quv adabiyotlar va jurnal yaratish.

2024-2025-yillar davomida

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

4.

O‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash salohiyatiga ega trener-o‘qituvchilarning doimiy rivojlanishini ta’minlash.

2025-2026-yillar davomida

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

5.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini rag‘batlantirish.

Bunda terma jamoalar rahbarlari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishincha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida Davlat budjetidan, 2027-yildan boshlab bosqichma-bosqich Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

Davlat budjeti mablag‘lari,

Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

6.

Hududlarda ta’til davrida fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil qilish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

(Q. Rafikov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

7.

Fan olimpiadalari bo‘yicha terma jamoaning xorijiy mamlakatlar terma jamoalari bilan qo‘shma yig‘inlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda bunday yig‘inlarni O‘zbekistonda tashkil qilish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

8.

Fan olimpiadalarining tuman, viloyat va respublika bosqichlari uchun ishlab chiqilgan nazorat materiallari va topshiriqlarni chop etish.

2026-yil 1-sentabr

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

9.

Xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish.

2025-yil 1-dekabr

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

10.

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan hamda mahalliy va xorijiy o‘quvchilarning ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydigan maxsus saytni ishga tushirish.

2025-yil 1-dekabr

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

11.

Ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan fan olimpiadalari sonini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tarix va rus tili fanlaridan ham asosiy fan olimpiadalarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

12.

Xorijiy terma jamoalar tomonidan mamlakatimizda o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun to‘lanadigan qo‘shimcha badal to‘lovlarini Markazning maxsus hisobraqamiga o‘tkazish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

13.

Fan olimpiadalari topshiriqlari va nazorat materiallarini olimpiada o‘tganidan so‘ng elektron shaklda Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirish hamda ushbu materiallarni qo‘llanma shaklida ochiq savdoga chiqarish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

14.

O‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik jarayonlari, ishtiroki, ularning yutuqlari, shuningdek, ilm sohasidagi kelgusi rejalari, fan olimpiadalari g‘oliblarini kutib olish va taqdirlash jarayonlarini yoritish bo‘yicha mediarejani tasdiqlash va amalga oshirish.

Mediarejada belgilangan muddatlarda

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Ko‘chimov),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev)

15.

Ajdodlarimizning dunyo tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi, yurtimizning madaniyati, adabiyoti va tarixini o‘rganishni rag‘batlantirish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(O. Xasanov),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

16.

Markazga 1 ta yengil avtotransport vositasi va 2 ta avtobus xarid qilish.

Markaz xizmat avtotransport vositalarini saqlash xarajatlarini Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash.

2025-yil sentabr

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

17.

Terma jamoalar rahbarlari, kuzatuvchilari va o‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash bilan bog‘liq, shu jumladan sutkalik, yashash, sug‘urta va transport xarajatlarini qoplash.

Yoshlar ishlar agentligiga ushbu maqsadlar uchun har yilgi Davlat budjeti parametrlarida rejalashtirilgan mablag‘larni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazib berish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

Davlat budjeti mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi “tasdiqlansin” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4 — 11 sinf, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun har chorakda onlayn tarzda olimpiadalar tashkil qilish orqali iqtidorli o‘quvchilar zaxirasini shakllantirsin hamda zaxiraga kiritilgan yoshlarga yetkazish maqsadida chuqurlashtirilgan nazorat materiallari, shu jumladan, test, yozma ishlar uchun masalalarni har oyda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi veb-saytiga joylashtirib borilishini ta’minlasin”;
d) 7-bandning “b” kichik bandidagi “Yoshlar ishlari agentligiga” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 1-ilovaning izoh qismi chiqarib tashlansin;
j) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar:
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim, madaniyat va sport muassasalari pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
Davlat maktabgacha ta’lim tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 2a-ilovaga muvofiq;
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 2b-ilovaga muvofiq;
Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq”;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz”;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) laboratoriya xonasi mavjud bo‘lganda, fizika yoki kimyo fani o‘qituvchilaridan biriga — 50 foiz”;
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktab va maktabdan tashqari ta’lim, madaniyat va sport muassasalari pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari

T/r

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)

oliy malaka toifali

birinchi malaka toifali

ikkinchi malaka toifali

oliy ma’lumotli

o‘rta maxsus ma’lumotli

1.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchisi, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri, o‘qituvchi-defektologi, inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarining maxsus pedagogi

4,047

3,662

3,287

2,936

2,744

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari qoshidagi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik xizmat sho‘basi xodimlari

3,871

3,503

3,144

2,808

2,625

3.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasasining o‘qituvchi-treneri, oliy sport mahorati maktablari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktablarining, bolalar sport maktablarining instruktor-metodistlari, sport psixologi

2,845

2,657

2,487

2,318

2,154

4.

Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi

3,087

2,889

2,692

2,503

2,320

5.

Bolalar musiqa va san’at maktabi konsertmeysteri

2,692

2,503

2,320

2,146

1,981

6.

Barcha tipdagi muassasalar tarbiyachisi, katta tarbiyachisi (tarbiyachi-metodist)

4,047

3,662

3,287

2,936

2,058

7.

Umumiy o‘rta tipdagi muassasalar psixologlari, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari

3,205

3,022

2,829

2,642

2,470

8.

Barcha tipdagi muassasalarning psixologi (7-banddan tashqari) va maktabdan tashqari muassasalari instruktor-metodisti (3 va 11-bandlardan tashqari)

1,795

1,668

1,547

1,430

1,321

9.

Barcha muassasalardagi metodist, pedagog-tashkilotchi, to‘garaklar rahbarlari, barcha ixtisosliklar instruktorlari, akkomponiator, musiqa rahbari, madaniyat ishlari bo‘yicha tashkilotchi (11-banddan tashqari)

1,579

1,453

1,332

1,216

1,106

10.

Barcha muassasalardagi studiyalar, seksiyalar rahbarlari, katta vojatiy, ekskursovod

1,511

1,390

1,274

1,163

1,057

11.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak rahbarlari, instruktor-metodistlari va metodistlari, “Mehribonlik” uylari musiqa rahbarlari va trener yo‘riqchisi, bolalar shaharchalari musiqa rahbarlari

2,724

2,506

2,297

2,097

1,907

12.

Kutubxona mudiri

2,018

1,849

13.

Kutubxonachi

1,688

1,604

Izoh:
Maktabdan tashqari muassasalar bo‘lim, seksiya, laboratoriya, kabinet mudirining ish haqi miqdori (kontingentdan qat’i nazar) ikkinchi malaka toifali to‘garak rahbarining ish haqiga teng miqdorda belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar to‘garak rahbarlarining bazaviy tarif stavkasi miqdorlari davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oliy ma’lumotli o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasining 80 foizi miqdorida belgilanadi”;
g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktab va maktabdan tashqari ta’lim, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari

T/r

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan

(koeffitsiyentda)

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

I

Rahbarlar

1.1

Umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori

4,870

4,604

4,342

4,066

1.2

“Mehribonlik” uyi direktori

4,342

4,066

x

x

1.3

Maktabdan tashqari muassasa direktori

1,795

1,668

1,547

x

1.4

“Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori

2,782

2,586

2,398

x

1.5

Respublika dam olish maskani direktori

3,738

3,501

3,501

x

1.6

Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori

3,037

x

x

x

1.7

Bolalar sport maktabi direktori

2,845

2,657

2,487

x

1.8

Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

3,704

3,467

x

x

II

Rahbarlarning o‘rinbosarlari

2.1

Umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktorining o‘rinbosarlari (2.8-banddan tashqari), maktab maslahatchisi

4,604

4,342

4,066

3,798

2.2

“Mehribonlik” uyi direktorining o‘rinbosari

4,066

3,798

x

x

2.3

Maktabdan tashqari muassasa direktorining o‘rinbosarlari (2.8-banddan tashqari)

1,668

1,547

1,430

x

2.4

“Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining o‘rinbosarlari (2.8-banddan tashqari)

2,586

2,398

2,217

x

2.5

Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktorining o‘rinbosari

2,845

x

x

x

2.6

Sport maktabi direktorining o‘rinbosari, filial direktorlari

2,657

2,487

2,318

x

2.7

Bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

3,467

3,231

x

x

2.8

Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

1,980

1,828

1,681

1,541

Izoh: umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarining ish haqi miqdori umumta’lim maktabining oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi”;
d) quyidagi mazmundagi 2a-ilova bilan to‘ldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga
2a-ILOVA
Davlat maktabgacha ta’lim tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari
1. Davlat maktabgacha ta’lim tizimi pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:

T/r

Lavozim nomi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)

oliy malaka toifali

birinchi malaka toifali

ikkinchi malaka toifali

oliy ma’lumotli

o‘rta maxsus (kasb-hunar) ma’lumotli

1.

Til o‘qituvchilari, o‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘qituvchisi, oliy ma’lumotli tayyorgarlik guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachilari

4,047

3,662

3,287

2,936

1,859*

2.

Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi (oliy ma’lumotli tayyorgarlik guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachilaridan tashqari)

4,047

3,662

3,287

2,936

1,717*

3.

Psixologlar

3,238

3,052

2,858

2,669

1,859*

4.

Musiqa xodimi, xoreograf, barcha ixtisosliklar yo‘riqchilari

2,053

1,889

1,731

1,580

1,437

5.

Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi

1,567

6.

Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar nopedagogik ma’lumotli va umumiy o‘rta ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi

1,249

*Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3 va undan yuqori kurslarida o‘qiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‘lashda qo‘llanadi.
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:

T/r

Lavozim nomi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan

(koeffitsiyentda)

I guruh

II guruh

1.

Direktor

2,754

2,567

Izoh:
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining bazaviy tarif stavkasi tashkilotlar guruhidan kelib chiqib belgilanadi.
Bunda 9 ta va undan ortiq guruhlari mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari I guruh, 8 tagacha guruhlari mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari II guruhga mansub hisoblanadi”;
e) quyidagi mazmundagi 2b-ilova bilan to‘ldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga
2b-ILOVA
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari
1. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:

T/r

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)

Shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri va qishloq tumanlari

Shahar tumanlari

Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar

I guruh

II guruh

I guruh

II guruh

1.

Bo‘lim boshlig‘i

3,439

3,234

3,234

3,032

3,234

2.

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, sho‘ba boshlig‘i

2,836

2,643

2,836

2,643

2,643

3.

Bosh mutaxassis

2,511

2,331

2,511

2,331

2,331

4.

Yetakchi mutaxassis

2,260

2,098

2,260

2,098

2,098

5.

Mutaxassis

1,636

1,510

1,636

1,510

1,510

2. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:

T/r

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan

(koeffitsiyentda)

Shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri, qishloq tumanlari, shahar tumanlari

Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar

I guruh

II guruh

1.

Bosh buxgalter

4,127

3,881

3,881

2.

Bosh buxgalter o‘rinbosari, bosh iqtisodchi, bosh iqtisodchi — guruh rahbari

3,881

3,639

3,639

3.

Guruh rahbari (xodimlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha, tovar-moddiy qimmatliklar hisobi bo‘yicha, davlat xaridlari va shartnomalar bo‘yicha, oziq-ovqat mahsulotlari hisobi bo‘yicha)

3,639

3,403

3,403

4.

Bosh mutaxassis (iqtisodchi, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha buxgalter, tovar-moddiy qimmatliklar hisobi bo‘yicha buxgalter, oziq-ovqat mahsulotlari hisobi bo‘yicha buxgalter, davlat xaridlari va shartnomalar bo‘yicha mutaxassis)

3,171

2,945

2,945

3. Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:

T/r

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan

(koeffitsiyentda)

Shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri, qishloq tumanlari, shahar tumanlari

Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar

I guruh

II guruh

1.

Xizmat boshlig‘i-bosh muhandis

2,587

2,426

2,426

2.

Bosh mutaxassis

2,114

1,963

1,963

3.

Mutaxassis (ta’lim muassasalari qozonlari va isitish tizimlarini nazorat qilish bo‘yicha), kommunal xizmatlar bo‘yicha inspektor, binolarning texnik holati va infratuzilmasini nazorat qilish va jihozlash bo‘yicha muhandis

1,963

1,813

1,813

3.1. Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari:

T/r

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq to‘lash razryadlari

1.

Elektromontyor, chilangar-santexnik, payvandchi

6

2.

Dispetcher, ekspeditor

5

3.

Yengil avtomobil haydovchisi

*

*Mazkur lavozimlar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi”;
5-band chiqarib tashlansin;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz”;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) laboratoriya xonasi mavjud bo‘lganda, fizika yoki kimyo fani o‘qituvchilaridan biriga — 50 foiz”;
21-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda direktor jamg‘armasi hisobidan yangi o‘quv yili uchun tayinlangan ustamalar joriy yilning 1-sentabridan boshlab kelgusi yilning 31-avgustiga qadar to‘lab boriladi”;
22-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda ushbu fanlar bo‘yicha o‘qituvchilar mavjud bo‘lsa bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-son qarorida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan talabnomaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib borsin”;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xalq ta’limi vazirligining” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin”;
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Olimpiadalarni tashkil etish uchun Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari), tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida har bir olimpiada hamda uning bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha respublika va hududiy tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — tashkiliy qo‘mita ) tuziladi”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tashkiliy qo‘mita tarkibiga Vazirlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining mas’ul xodimlari va boshqa mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari kiritilishi mumkin”;
33-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Ikkinchi bosqich tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Akademik litsey hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod maktablari hamda Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ushbu maktablarning hududlardagi filiallarining birinchi bosqich g‘oliblari ikkinchi bosqichda ishtirok etmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchinchi bosqichda ishtirok etadilar.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi boshqa maktablarning birinchi bosqich g‘oliblari joylashuvi bo‘yicha asosiy olimpiadalarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi”;
36-bandning uchinchi xatboshisidagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
37 va 38-bandlardagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
39-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod maktablari hamda Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ushbu maktablarning hududlardagi filiallari tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar”;
41-banddagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. To‘rtinchi bosqich uchun nazorat materiallari hamda ularni baholash mezonlari Vazirlik tomonidan tayyorlanadi”;
44-band “matematika” so‘zidan keyin “, tarix, rus tili va adabiyoti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
59-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi” so‘zlari “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
70-banddagi “elektron sertifikatlar” so‘zlari “diplom” so‘zi bilan almashtirilsin;
73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“73. Nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblarining o‘qituvchilari hamda ta’lim muassasalari direktorlari belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi”;
76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish xarajatlari Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ro‘yxatdagi xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari uchun pul mukofotlarini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi”;
77 va 78-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. Asosiy olimpiadalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda Vazirlikning har yilgi markazlashgan xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
78. Mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan xalqaro olimpiadalar terma jamoa a’zolari va rahbarlarining ishtiroki bilan bog‘liq barcha xarajatlar Vazirlik tomonidan qoplanadi”;
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining” so‘zlari “Vazirlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “nufuzli” so‘zi chiqarib tashlansin;
80-banddagi “nufuzli” so‘zi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoani saralash bosqichlari uchun tayyorlangan har bir topshiriq (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 50 foiz miqdorida”;
beshinchi xatboshidan “nufuzli” so‘zi chiqarib tashlansin;
82-bandning birinchi xatboshisidan “nufuzli” so‘zi chiqarib tashlansin;
83-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“83. Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida, ularning yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishlari uchun Fan olimpiadalari markazida hamda “Renessans” oromgohida o‘quv bazasi tashkil etiladi, barcha zarur sharoitlar ta’minlanadi va Vazirlik tomonidan o‘quv jarayonlariga respublika va xorijlik malakali mutaxassislar jalb qilinadi”;
84-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“84. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xalqaro olimpiadalarga jalb qilingan mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda terma jamoa a’zolarini yotoqxona va transport xizmati bilan ta’minlaydi”;
85-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“85. Xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi Vazirlik tomonidan muvofiqlashtirib boriladi”;
quyidagi mazmundagi 19 va 20-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:

19.

Tarix

+

+

+

20.

Rus tili va adabiyoti

+

+

+

;

quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: mazkur ro‘yxatga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin”;
2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Xalqaro olimpiadalar
RO‘YXATI

Nufuzli xalqaro olimpiadalar

1.

Xalqaro matematika olimpiadasi

International Mathematical Olympiad (IMO)

2.

Xalqaro fizika olimpiadasi

International Physics Olympiad (IPhO)

3.

Xalqaro kimyo olimpiadasi

International Chemistry Olympiad (IChO)

4.

Xalqaro biologiya olimpiadasi

International Biology Olympiad (IBO)

5.

Xalqaro informatika olimpiadasi

International Olympiad in Informatics (IOI)

Xalqaro olimpiadalar

6.

Xalqaro nemis tili olimpiadasi

International German Olympics (IDO)

7.

Xalqaro fransuz tili olimpiadasi

International French Language Olympiad (IFLO)

8.

Xalqaro ingliz tili olimpiadasi

International English Olympiad

9.

Xalqaro geografiya olimpiadasi

International Geographical Olympiad (IGeo)

10.

Xalqaro iqtisod olimpiadasi

International Economics Olympiad (IEO)

11.

Xalqaro astronomiya olimpiadasi

The International Astronomy Olympiad (IAO)

Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar

12.

Xalqaro Jautikov olimpiadasi (matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha)

International Zhautykov Olympiad (IZHO)

13.

Kavkaz matematika olimpiadasi

Caucasus Mathematic Olympiad (CMO)

14.

Bolqon matematika olimpiadasi

Balkan Mathematical Olympiad (BMO)

15.

O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi

Junior Balkan Mathematical Olympiad (JBMO)

16.

Xalqaro matematika musobaqasi

International Mathematical Competition (IMC)

17.

Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (kimyo fani bo‘yicha)

International Mendeleev Olympiad in Chemistry

18.

Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi

International Junior Science Olympiad (IJSO)

19.

Osiyo fizika olimpiadasi

Asian Physics Olympiad (APhO)

20.

Yevropa fizika olimpiadasi

European Physics Olympiad (EuPhO)

21.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi

Asian-Pacific Informatics Olympiad (APIO)

22.

Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi

International Al-Farghani Olympiad in Physics

23.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi

International Al-Biruni Olympiad in Chemistry

24.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi

International Avicenna Olympiad in Biology (AIBO)

25.

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi

International Al Khwarizmi Olympiad in Mathematics and Informatics

26.

Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi

European Girls’ Olympiad in Informatics (EGOI)

27.

Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi

European Girls’ Mathematical Olympiad (EGMO)

28.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi

Asian-Pacific Mathematical Olympiad (APMO)

Izoh: mazkur ro‘yxatga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son; 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son; 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)