1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida
Respublikamizda barqaror va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlari taʼminlanganligi kambagʻallik darajasini 2019-yildagi 23 foizdan 2023-yilda 11 foizga qisqartirishga imkon yaratdi. 2025-yil yakuni bilan kambagʻallikni 6 foizgacha qisqartirish maqsad qilindi.
Hududlarda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va toʻplangan milliy tajribani qoʻllash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
1. Aholining yuqori daromadli barqaror ish bilan bandligini taʼminlash, yoshlarning innovatsion va raqamli texnologiyalarga asoslangan taʼlim olishi va kasb-hunar oʻrganishi, barcha qatlamlarning tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratish hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishlarida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin.
2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining kambagʻallikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va toʻplangan milliy tajriba hamda ilgʻor xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki, Dastur 2024-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish — tadbirkorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish hamda har bir mahallaga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish, tomorqadan samarali foydalanish, har bir tuman va shaharda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beruvchi kamida 5 tadan “drayver” loyihalarni amalga oshirish, qoʻshimcha 50 ming gektar ekin maydonlarini kambagʻal oilalarga ijaraga berish, ularga kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkon, motoroller, skuter kabi vositalarni boʻlib toʻlash sharti bilan berish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish — 2024-2025-yillarda kambagʻal oilalar farzandlarining maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 80 foizga yetkazish, oilaning kamida bitta farzandini xorijiy tillarga, kasb-hunarga yoki mutaxassislikka oʻqitish, bitta farzandi, xususan, qiz farzandining oliy maʼlumotga ega boʻlishi uchun sharoit yaratish, bolalarni kompyuter savodxonligiga oʻrgatish, axborot texnologiyalari va dasturlash boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqishi uchun sharoit yaratish, shu jumladan, maktablarda toʻgaraklar tashkil etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish — kambagʻal oilalarning har bir aʼzosi bir yilda bir marta toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishi, ularning oʻz sogʻligʻi uchun masʼuliyatini oshirishi (kundalik turmush tarzi va ovqatlanishda zararli odatlardan voz kechishi), har bir farzandi sport toʻgaraklariga qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish, oilaning tibbiy xizmatlarga oʻz hisobidan sarflaydigan xarajatlarini ikki barobar qisqartirish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
ijtimoiy xizmatlardan foydalanish — ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish, xususan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish, bolalarni tarbiyalash va kunduzgi parvarishlash xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
yashash sharoitlarini yaxshilash — ipoteka tizimidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, mahallalarda ekologik toza materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy “yashil” turarjoylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish, toza ichimlik suvni yetkazish, xonadonlarda energiya tejovchi innovatsion yoritish, isitish va issiq suv taʼminoti hamda chiqindilarni qayta ishlash tizimlarini joriy etish;
davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish — tomorqalarni sugʻorish suvi, mahallani elektr energiyasi va internet bilan uzluksiz taʼminlash hamda uning tuman markazi bilan transport jihatidan bogʻlanganligini yaxshilash, ichki yoʻllarni taʼmirlash, hududlarni jadal kompleks rivojlantirish dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
davlat organlari xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish — barcha boʻgʻindagi davlat hokimiyati organlari kambagʻal oilalar bilan muntazam toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishi, birdamlikda harakat qilishi hamda rahbarlarni kambagʻal oilalarga biriktirish, ularning muammolarini birgalikda yechishga koʻmaklashish.
3. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning hududiy organlari Respublika va hududiy komissiyalarning ishchi organlari etib belgilansin.
Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Dasturning ijrosi yuzasidan respublika va mahalliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni joylarga chiqqan holda oʻrganish;
Dasturda nazarda tutilgan imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish yuzasidan barcha darajadagi idora va tashkilotlarning, shuningdek, kambagʻal oilalarga va mahallalarga biriktirilgan rahbarlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash;
har oy yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi taklif etilayotgan vazifalar yuzasidan axborot kiritib borish.
4. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) bir oy muddatda har bir vazirlik va idoraning oʻz funksional vazifasidan kelib chiqib, Dasturning tegishli yoʻnalishi boʻyicha belgilangan imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish va maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha sohaviy yoʻl xaritalari”ning tasdiqlanishini taʼminlasin hamda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi maxsus vakillari (Gʻ. Mirzayev, D. Qodirov, K. Kuranbayev, A. Boboyev) ijro organlari va kambagʻal oilalar oʻrtasida muntazam toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishga masʼul etib belgilansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan 5-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.03 Boshqa kompensatsiya toʻlovlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
(6-bandning “a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan 2026-yil 1-fevraldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
b) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlanadi. Bunda xodim mazkur reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilgandan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi.
(6-bandning “b” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
v) kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda koʻrsatiladi.
Bunda ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, ijtimoiy yordam va xizmatlar (ijtimoiy nafaqadan tashqari) koʻrsatish toʻxtatiladi.
7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
davlat tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ular daromadini oshirishga qaratilgan xarajatlarni chuqur tahlil qilgan holda ijtimoiy shartnomani amaliyotga joriy etish tartibini tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritsin;
oilaning mehnatga layoqatli aʼzolaridan bandlikni talab qilgan holda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida 2025-yil uchun ishlab chiqiladigan davlat dasturi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan uygʻunlikda ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Bunda bir oy muddatda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida mahalliy hokimliklar faoliyatining natijadorligini taʼminlash hamda ularning masʼuliyati va hisobdorligini oshirish bilan birga moliyaviy, iqtisodiy va maʼmuriy vakolatlari hamda imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangicha tizimni nazarda tutuvchi Farmon loyihasini kiritsin.
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-sentabr,
PF-143-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-son Farmoniga
ILOVA
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha
RESPUBLIKA KOMISSIYA TARKIBI
J. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi
M. Olloyorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari
Sh. Mirziyoyeva
—
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
I. Adxamov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
A. Boboyev
—
Hisob palatasi raisi
A. Tashkulov
—
adliya vaziri
Lavozimiga koʻra
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri
A. Xudayarov
—
sogʻliqni saqlash vaziri v.b.
I. Abdurahmonov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
X. Umarova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
K. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Sh. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
P. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
L. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
I. Mahkamov
—
transport vaziri
J. Mirzamahmudov
—
energetika vaziri
Sh. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
D. Qosimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
D. Vahobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
K. Kuranbayev
—
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi
O. Xasanov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori
A. Xodjayev
—
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori
A. Djurabayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
O. Parpibayeva
—
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
A. Saʼdullayev
—
Yoshlar ishlari agentligi direktori
N. Saydullayev
—
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari
S.Annaklichev
—
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisi
A. Mirsoatov
—
“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruv raisi
Sh. Atabayev
—
AT “Xalq banki” boshqaruv raisi
R. Mamatqulov
—
“Agrobank” ATB boshqaruv raisi
O. Boʻtayev
—
“Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi
Q. Tulyaganov
—
“Asakabank” AJ boshqaruv raisi
A. Akbarjonov
—
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi
Ch. Mirzayev
—
“Turonbank” ATB boshqaruv raisi
K. Irisbekova
—
AT “Aloqabank” boshqaruv raisi
Lavozimiga koʻra
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi masʼul kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2024-y., 06/24/143/0740-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)