Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JISMONIY ShAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ STAVKALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini to‘liq va qisman yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 28-dekabrdagi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jismoniy shaxslarning mol-mulki bo‘lgan uy-joylar, kvartiralar, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari a’zolarining bog‘ uychalari, grajdanlar va boshqa imoratlarga solinadigan soliq stavkalari ularni ro‘yxatga olish qiymatining 0,25 foizi miqdorida, ro‘yxatga olish qiymati bo‘lmagan hollarda esa ko‘rsatilgan obyektlarning majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha summasining 2,5 foizi miqdorida tasdiqlansin.
2. Motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalariga (avtomobillar, mototsikllar va boshqa pnevmatik o‘ziyurar mashinalar hamda mexanizmlar bundan istisno) solinadigan soliq stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jismoniy shaxslar mol-mulkini qayta baholash to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilarni hisobga olishning to‘liqligini va soliqlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 9-dekabr,
591-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 9-dekabrdagi 591-son qaroriga
ILOVA
Transport vositalariga solinadigan soliq
stavkalari


‎Soliq solinadigan obyektlar
‎‎

‎Soliq miqdori (eng kam ish haqidan), foiz hisobida‎
Vertolyotlar, samolyotlar, teploxodlar:‎
xar bir ot kuchiga yoki‎ 0,25‎
quvvatining har bir kilovatiga‎ 0,25‎‎‎
Yaxtalar, katerlar:‎
xar bir ot kuchiga yoki ‎ 0,25‎‎‎
quvvatining har bir kilovatiga‎‎ 0,25‎‎
Motorli qayiqlar va boshqa transport vositalari:‎‎
xar bir ot kuchiga yoki ‎‎‎ 0,25‎‎‎
quvvatining har bir kilovatiga‎‎‎‎ 0,25‎‎‎‎