1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qayta tiklanuvchi elektr manbalarini yagona elektr energetika tarmogʻiga ulash tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yagona elektr energetika tarmogʻiga ulash tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan olingan elektr energiyasini yagona elektr energetika tizimiga uzatish uchun tarmoqlarga ulanish bosqichlari va muddatlarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq kiritilsin.
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan olingan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa uzatish uchun texnik shartlar berish va shartnoma rasmiylashtirish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqsin;
uch oy muddatda ishlab chiqilgan texnik topshiriqqa asosan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan olingan elektr energiyasini yagona elektr energetika tarmogʻiga uzatish uchun texnik shartlar berish va shartnoma tuzish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirgan holda, Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Elektr” onlayn platformasi orqali rasmiylashtirish amaliyotini joriy etsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-avgust,
528-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 528-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 22-iyuldagi 610-son qarorida:
a) nomi va 1-banddagi “elektroenergetika” soʻzi “elektr energetikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “elektroenergetika tizimining elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan” soʻzlari “elektr energetikasi tizimining elektr tarmoqlariga kafolatli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1. Ushbu Reglament elektr energiyasi, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi tizimining elektr tarmoqlariga (keyingi oʻrinlarda yagona elektr energetikasi tizimi deb ataladi) ulash tartibini belgilaydi va tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlarga kafolatli ulanishini taʼminlaydi”;
birinchi xatboshidan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
baholash — ishlab chiqaruvchilarning quvvatlarini yagona energetika tizimiga taʼsirini oʻrganish;
ixtisoslashtirilgan tashkilot — tarmoq holatini hamda quvvat oʻtkazuvchanligini laboratoriya yordamida tekshirib, baholovchi tashkilot;
loyiha tashkiloti — ishlab chiqilgan texnik shartlarga asosan qayta tiklanuvchi manba qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi tashkilot;
tarmoq egasi — kuchlanishidan qatʼi nazar, elektr uzatish tarmogʻiga ega boʻlgan korxona yoki yuridik shaxs;
texnik shartlar — muayyan quvvatlarni elektr tarmogʻining muayyan nuqtasiga ulash uchun zarur texnik talablar sanab oʻtilgan hujjat”;
tizim operatori — elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifga taʼsir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda, tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari — elektr energiyasini uzatish va yetkazib berish uchun moʻljallangan elektr energiyasini uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish (transformator), uzatish, taqsimlash hamda energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yigʻindisi (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi yoki salohiyatli ishlab chiqaruvchi (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqaruvchi) — oʻz ehtiyoji va (yoki) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga sotish uchun elektr energiyasi (quvvatlar), shu jumladan, tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasi (quvvatlar) ishlab chiqaradigan yoki ishlab chiqarishni tashkil etish niyatidagi tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, yuridik yoki jismoniy shaxs;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulashning maqbul nuqtasi — ishlab chiqaruvchining mavjud quvvatini uzatish uchun elektr tarmogʻi xoʻjaligining kuchlanish darajasi va oʻtkazish qobiliyati boʻyicha mos boʻlgan ishlab chiqaruvchi joylashgan joyga yaqin joylashgan obyekti.
4. Ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan, xususiy uylarda elektr energiyasini ishlab chiqaradigan elektr qurilmalarini oʻrnatgan ishlab chiqaruvchilar ushbu Reglamentda belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish huquqiga egadirlar”;
5-banddagi “elektroenergetika” soʻzi “elektr energetikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda yagona elektr energetika tizimiga ulanish uchun berilgan texnik shartlarda koʻrsatilgan quvvatdan yuqori boʻlmagan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda qoʻshimcha texnik shart olish talab etilmaydi”;
“Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishga buyurtmanoma YIDXP yoki isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulashning barcha bosqichlari toʻliq raqamlashtirilgan holda joriy etilgan “ELEKTR” onlayn platformasi orqali shakllantiriladi”;
“elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha elektr qurilmalari “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilganidan va qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) tuzilganidan keyin ishga tushiradi (ushbu Reglamentning 42-bandida keltirilgan hollar bundan mustasno)”;
“15. 20 kVt gacha quvvatli barcha ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ulash moʻljallanayotgan elektr tarmoqlari egasi buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uni oʻrganadi va ishlab chiqaruvchiga elektr tarmogʻiga ulanish uchun texnik shartlarni beradi”;
16-banddagi “500” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
“18. Tarmoqqa ulanishni baholash bunday ishlarni oʻtkazish uchun vakolatli boʻlgan ixtisoslashgan tashkilot (loyiha tashkiloti) yoki tarmoqlariga ulanish moʻljallanayotgan tashkilot tomonidan bajariladi. Tarmoqqa ulanishni baholash bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar ishlab chiqaruvchining hisobiga qoplanadi.
Elektr tarmogʻi egasi buyurtmanomalar tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ishlab chiqaruvchiga tarmoqqa ulanishni baholash uchun vakolatli boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar roʻyxatini beradi va/yoki bajariladigan ishlar qiymatini koʻrsatgan holda tarmoqqa ulanishni baholash boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qiladi.
Ishlab chiqaruvchi tarmoqlar egasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatdan ixtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash yoxud litsenziyaga ega boʻlgan va ishlarning bunday turini bajarish vakolatiga ega boʻlgan boshqa tashkilotni jalb etish yoki shartnoma tuzish asosida tarmoqlarning egasi xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ulanadigan elektr qurilmasining tarmoq ishining ishonchliligiga boʻlishi mumkin boʻlgan taʼsiri va tanlangan yechim ushbu Reglament talablariga rioya qilinganligi tarmoqqa ulanishni baholashda aniqlanadi.
19. Tarmoqqa ulashga buyurtmanomada koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda tarmoqning egasi Tarmoqqa ulanishni baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrash yoki talab qilish qatʼiy taqiqlanadi.
20. Tarmoqqa ulanishni baholash davri elektr tarmogʻi egasiga va/yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotga ishlab chiqaruvchidan talab qilinadigan barcha maʼlumotlar taqdim etilgan sanadan boshlab yigirma ish kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Tarmoqqa ulanishni baholash natijalari boʻyicha xulosada, shu jumladan:
tarmoqqa ulanish uchun texnik yechimlar tahlili;
tarmoqqa ulanishning moʻljallanayotgan nuqtalarida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining texnik tavsiflari;
ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaradigan energiya qurilmasiga qoʻyiladigan texnik talablar va ishlatish talablari;
quvvatlarning yagona elektr energetikasi tizimiga balansini taʼminlash va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (yuklama jadvalini tartibga solishda ishtirok etish va shu kabilar) yuzasidan energiya ishlab chiqaruvchi energiya qurilmasiga qoʻyiladigan talablar;
tarmoqqa ulash uchun zarur boʻlgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini qurish uchun xarajatlarni (ishlab chiqaruvchining yoki elektr tarmogʻi egasining talabi boʻyicha) baholash haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
21. Tarmoqqa ulanishni baholovchi tashkilot tarmoqqa ulanishni taʼminlash va yagona elektr energetikasi tizimi uchun salbiy oqibatlarsiz ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaruvchi qurilmasini ishlatish uchun zarur hisob-kitoblarni (xavfsizlikning tahlili, yagona elektr energetikasi tizimining dinamik va turgʻun barqarorligi, quvvatlar oqimlari hisob-kitobi, qisqa tutashuvlar rejimlari, reaktiv quvvatni boshqarish, elektr energiyasi sifati parametrlarini aniqlash va shu kabilar) bajarishi zarur”;
22-banddan “oʻrganish yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Tizim operatori buyurtmanomani hamda baholash natijalarini ular tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi, ushbu ulanishni kelishadi yoki ulanish moʻljallanayotgan tarmoqlar egasiga xulosani yuborgan holda asoslangan rad javobini beradi”;
“Texnik shartlarda ulanishning maqbul nuqtasi tarmoqqa ulanish uchun bajarilishi zarur boʻlgan ishlar (tarmoqni kengaytirish va/yoki uning oʻtkazish qobiliyatini koʻpaytirish) hisobga olingan holda, baholash yakunlari boʻyicha berilgan xulosadagi taklif qilingan variantlardan elektr tarmoqlari egasi ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda tanlanadi”;
“35. Ulash loyihasining texnik shartlar hamda elektr uskunalarini tuzilish qoidalari talablaridan chetga chiqishi ushbu loyihani kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra ulash loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi”;
36-banddagi “besh” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-bob nomi va 37-bandning birinchi xatboshisidagi “elektroenergetika” soʻzi “elektr energetikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-bandning ikkinchi xatboshisi “operatorining yuritishidagi” soʻzlaridan keyin “35 kV va undan yuqori kuchlanishli” soʻzlari bilan toʻldirilsin:
“39. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari nihoyasiga yetgach, ishlab chiqaruvchi ulanadigan elektr qurilmalarining tayyorligini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tarmoqlariga ulanadigan tashkilotga murojaat qiladi.
Tarmoqlariga ulanadigan tashkilot ishlab chiqaruvchi murojaat qilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida “Oʻzenergoinspeksiya”ni yoki uning hududiy boshqarmasini ulanadigan elektr qurilmalarining tayyorligini tekshirish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi, shuningdek, ishlab chiqaruvchi murojaat qilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida “Oʻzenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda, texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan sanani ishlab chiqaruvchiga maʼlum qiladi.
Bunda texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi murojaat qilingan sanadan oʻn ish kunidan oshmasligi lozim.
40. Texnik koʻrikdan oʻtkazish kunida “Oʻzenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boshqarmasining vakolatli vakili, shuningdek, tarmoqlariga ulanadigan tashkilotning vakili joyning oʻziga chiqib, ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda ishlab chiqaruvchining yangi ishga tushiriladigan elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda texnik shartlar talablari bajarilishini, belgilangan normalar va qoidalarga rioya qilinishini, tayyorlangan ekspluatatsiya xodimlari va tegishli hujjatlar mavjudligi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
41. Texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha bir kun muddatda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi ishlab chiqaruvchiga topshiriladi.
42. Yakka tartibdagi uyda yashaydigan jismoniy shaxs hisoblangan ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini 0,23 — 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlarning bajarilishini texnik koʻrikdan oʻtkazish va elektr tarmoqlariga ulash tarmoqlar egasining vakolatli vakili tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boshqarmasi vakili ishtirokisiz amalga oshiriladi.
43. Fikr-mulohazalar mavjud boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma asosida 3-ilovaga muvofiq u rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmasi ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun dalolatnoma rasmiylashtiriladi (ushbu Reglamentning 42-bandida keltirilgan holat bundan mustasno).
44. Texnik shartlar talablari bajarilmasligi, elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda amaldagi normalar va qoidalardan chetga chiqilganligi, tayyorlangan ekspluatatsiya xodimlari va zarur hujjatlar mavjud emasligi ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga tayyor emasligi toʻgʻrisida dalolatnoma berilishiga asos hisoblanadi. Boshqa sabablarga koʻra isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyor emasligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish taqiqlanadi”;
45-banddagi “ruxsatnoma berish takroriy murojaat tushgan kundan boshlab uch ish kunidan” soʻzlari “dalolatnoma rasmiylashtirish takroriy murojaat tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-banddagi “ruxsatnoma u berilgandan” soʻzlari “dalolatnoma u berilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-band va 5-bobning nomidagi “elektroenergetika” soʻzi “elektr energetikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“49. Ulash sxemasini tekshirish va ishlab chiqaruvchining elektr energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash yangi ishga tushiriladigan energiya ishlab chiqaruvchi elektr qurilmalari ishga tushirilishiga dalolatnoma olingandan keyin ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari, tarmoqlariga ulanadigan tashkilot tomonidan ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida bajariladi.
50. Yagona elektr energetikasi tizimiga elektr energiyasini yetkazib berishga shartnoma ishlab chiqaruvchi bilan tarmoqlarning egasi oʻrtasida tuziladi.
Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini isteʼmolchining elektr tarmoqlariga ulashda elektr energiyasi yetkazib berishda shartnoma tuzish tartibi ulash sxemasidan kelib chiqib, bevosita texnik shartlarda belgilanadi.
51. Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi turar joyini 0,23 — 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulashda elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirish va plombalash tarmoqlar egasi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini yetkazib berish uchun shartnoma tuzish, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirish va plombalash, tarmoqlarning egasi tomonidan taʼminlanadi”;
54-banddagi “yagona elektroenergetika tizimiga ulashni kelishish, energiya ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish” soʻzlari “yagona elektr energetikasi tizimiga ulashni kelishish, energiya ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga dalolatnoma berish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash reglamentiga
1-ILOVA
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Harakatlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ishlab chiqaruvchi
Texnik shartlarni berish uchun tarmoqlar egasiga buyurtmanoma berish.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
“HET” AJ
(20 kVt gacha)
Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini oʻrganish va ishlab chiqaruvchiga elektr tarmogʻiga ulanish uchun texnik shartlarni berish.
Besh ish kuni mobaynida
“HET” AJ
(20 kVt dan 500 kVt ni ham oʻz ichiga olgan quvvatga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchini ulashda)
Ulanishga buyurtmanoma nusxasini xabardor qilish uchun tizim operatoriga yuborish. Tarmoqqa ulashni baholash uchun sertifikatlashtirilgan tashkilotni belgilash.
Bir ish kun mobaynida
Tarmoqlar egasi (500 kVt dan ortiq quvvatga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchini ulashda)
Ulanishga buyurtmanoma nusxasini kelishish uchun tizim operatoriga yuborish. Tarmoqqa ulanishni baholash uchun sertifikatlashtirilgan tashkilotni belgilash.
Ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasini koʻrib chiqish, kelishish yoki asoslangan rad javobini tarmoqlar egasiga taqdim etish.
Besh ish kun mobaynida
4-bosqich
Ixtisoslashtirilgan tashkilot
Tarmoqqa ulanishni baholash va xulosani tarmoqlar egasiga taqdim etish.
Yigirma ish kuni mobaynida
5-bosqich
Tarmoqlar egasi
Baholash yakunlari boʻyicha berilgan xulosadagi takliflardan ulash variantini ishlab chiqaruvchi bilan kelishish.
Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlarni berish.
Xulosa olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida
6-bosqich
Maxsus loyiha tashkiloti
Ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash loyihasini ishlab chiqish.
Ulash loyihasini texnik shartlarni bergan tashkilotga va “Oʻzenergoinspeksiya”ga kelishish uchun yuborish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
7-bosqich
Texnik shartlarni bergan tashkilot,
“Oʻzenergoinspeksiya”
Ulash loyihasini kelishish.
Besh ish kun mobaynida
8-bosqich
Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining ulanadigan elektr qurilmalarini ishlatadigan tashkilot
Ishga tushirish sxemasini tuzish.
Ishga tushirish sxemasini tarmoqlar egasi va tizim operatori bilan kelishish.
Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.
Ulanadigan elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda texnik shartlar talablari bajarilishini va belgilangan normalar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish toʻgʻrisida tarmoqlar egasiga murojaat yuborish.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan muddatlarda
9-bosqich
Tarmoqlar egasi va “Oʻzenergoinspeksiya”
Ishlab chiqaruvchi murojaat qilgan kundan boshlab texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasini ishlab chiqaruvchiga maʼlum qilish.
Ikki ish kuni mobaynida
10-bosqich
“Oʻzenergoinspeksiya”, tarmoqlar egasi va ishlab chiqaruvchi
Texnik koʻrikdan oʻtkazish.
Tomonlar kelishgan muddatlarda, lekin murojaat qilingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmagan muddatda
11-bosqich
“Oʻzenergoinspeksiya”
3-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma rasmiylashtirish.
Bir ish kuni mobaynida
12-bosqich
Ishlab chiqaruvchi, tarmoqlar egasi
Ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi boʻyicha ulash sxemasini tekshirish, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va elektr energiyasi yetkazib berishga shartnoma tuzish.
Uch ish kun mobaynida
Izoh.
* 20 kVt dan 500 kVt ni ham oʻz ichiga oladigan quvvatga egalik qiluvchi ishlab chiqaruvchini ulashda chiqarib tashlanadi.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchini “IES” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ tarmoqlariga ulashda tizim operatoriga buyurtmanomalar nusxalari yuborilmasdan “HET” AJ bilan kelishish zarur”;
2-ilova belgisidagi “elektroenergetika” soʻzi “elektr energetikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash reglamentiga
3-ILOVA
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha
qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini bajargan tashkilotning YIDXP orqali yuborgan 20____ yil ____ ___________dagi ____son soʻrovnoma maʼlumotlariga muvofiq isteʼmolchi tashkilot vakili (yuridik shaxslar uchun)
tomonidan kVA (kVt) quvvatga ulanish uchun berilgan.
1.2.2. Elektr taʼminoti loyihasi _____________________________________________________
(loyiha tashkilotining nomi, ishlab chiqish raqami va sanasi)
________________________________________________________________ tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu loyiha “Oʻzenergoinspeksiya” bilan ______________________________________________
(loyihani kelishuv raqami va sanasi)
kelishilgan va elektr qurilmalari tarmoqlariga ulanayotgan tashkilot tomonidan koʻrib chiqilgan ________________________________________________________________________________
(tashkilotning nomi) (loyihani koʻrib chiqish raqami va sanasi)
1.2.3. Elektr-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlari va sinovlar ______________________________________________________________ tomonidan amalga oshirilgan.
(tashkilot nomi, litsenziya raqami, kim tomonidan berilgan, amal qilish muddati)
1.2.4. Sozlash — ishga tushirish hujjatlari va sinovlar (oʻlchovlar) EQTQ, XTQ talablariga muvofiqligi
(isteʼmolchi tashkilot yoki elektr qurilmalari egasining nomi (tegishlisi tagidan chizilsin))
2.1.2. Elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs ___________________________________________
__(lavozimi)__________________(F.I.O.)___________
20____ yil “____” __________dagi _____-son buyruq bilan tayinlangan.
U TEQQ va XTQ boʻyicha bilim sinovdan qonunchilikda belgilangan tartibda, _____ yil “____” ___________da oʻtib, unga _____ V elektr qurilmalarida ishlash uchun xavfsizlik texnikasi boʻyicha ______ guruh berilgan.
2.1.3. Elektrotexnik xodimlarning soni va malakasi boʻyicha muvofiqligi __________________
2.1.4. Elektr himoya vositalarining holati, ularning yetarli ekanligi ______________________
2.1.5. Tezkor texnik hujjatlar mavjudligi (bor, yoʻq):
tasdiqlangan prinsipial elektr sxemasi ___________________________________;
TEKK va XTK boʻyicha bilim sinovi ________________________________________;
elektrotexnik xodimlarga koʻrsatmalar berish _______________________________;
tezkor jurnal ___________________________________________________________;
himoya vositalarining hisobi va holati _____________________________________;
elektr uskunalarning kamchiligi (nosozligi) ________________________________;
2.1.7. Asosiy elektr uskunalariga pasport (sertifikat) _______________________
2.2. Elektr qurilmalarining texnik holati
2.2.1. Yongʻinga qarshi xavfsizlik vositalari bilan taʼminlanishi ______________
2.2.2. Oʻlchov asboblarining holati _________________________________________
2.2.3. Yerga ulash qurilmalarining holati ___________________________________
2.2.4. Elektr qurilmali xonalar va ularda oʻrnatilgan elektr qurilmalarining EQTQ talablariga muvofiqligi _______________________________________________________
2.2.5. Kabel va havo liniyalarining texnik holati _____________________________
2.2.6. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-sozlash apparaturasi va elektr yoritgichlarning texnik holati ________________________________________________________________________
2.2.7. Kompensatsiya qurilmalari mavjud boʻlsa, ularning texnik holati _________________________________________________________________________________________
_____(tashkilot nomi, lavozimi) _______________________________ (F.I.O. telefon raqami)_______
20____ yil “____” _____________________________________________________________
(imzo)_________
”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori 1-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari “isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini” soʻzlaridan keyin “shu jumladan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/528/0646-son)