Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda kon-geologiya sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) mansabdor shaxslari davlat nazoratini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Inspeksiyaning nazorati ostidagi obyektlarga toʻsqinliksiz kirish;
Oldingi tahrirga qarang.
togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish sohasida, shu jumladan neft-gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xom ashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yer osti suvlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer qaʼridan oqilona foydalanish sohasida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda amalga oshirilayotgan ishlarni hamda baxtsiz hodisa va avariya sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarni toʻxtatib turish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.
3. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) jismoniy shaxslar tomonidan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qaʼridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, ularni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Bunda fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Inspeksiyaning soʻroviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom.
b) Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy veb-saytida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida xizmat koʻrsatish bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻyicha “Geomonitoring” axborot tizimi doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” moduli joriy etiladi va unda ushbu sohada faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning reytingi yuritiladi.
Bunda:
kavlab olingan foydali qazilmalar hajmi toʻgʻrisidagi elektron hisobotlarni axborot tizimlari orqali tasdiqlashga faqat “Kon-geologiya xizmatlari” modulida reytingi yuritiladigan marksheyderlik faoliyatini yurituvchi tashkilotlarga ruxsat etiladi;
qattiq foydali qazilmalar konlari va istiqbolli uchastkalarini oʻrganish yuzasidan monitoring Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi, mazkur tadbirlar esa Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
yer qaʼridan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan, kavlab olingan foydali qazilmalar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soxtalashtirishga yoʻl qoʻygan yer qaʼridan foydalanuvchilar hamda marksheyderlik tashkilotlari, shuningdek, ularning rahbarlari va taʼsischilariga nisbatan Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzuvchilar reyestri yuritiladi va “Kon-geologiya xizmatlari” modulida joylashtirib boriladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 1-apreldagi 168-son “Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq geologik va marksheyderlik xizmatlari toʻgʻrisidagi namunali nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Reyestrga kiritilgan tashkilotlar unga kiritilgan kundan boshlab bir yil davomida qonunchilikni buzish va maʼlumotlarni soxtalashtirishga takroran yoʻl qoʻymagan taqdirda, ularga oid maʼlumotlar Reyestrdan chiqariladi.
4. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda noruda foydali qazilma konlarini auksion savdolariga chiqarishda tegishli yer uchastkalari toifalarini oʻzgartirish hamda zarur hujjatlar toʻplamini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
5. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJga tegishli Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Muxtor Ashrafiy koʻchasi, 70-uy manzilida joylashgan bino-inshootlarni operativ boshqaruv huquqi bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga hamda Jamiyatning boshqa asosiy vositalarini Inspeksiyaga tekinga oʻtkazgan holda, ushbu Jamiyatni tugatish choralarini koʻrsin. Bunda, Jamiyatning xodimlari ularning roziligi asosida Inspeksiyaga oʻtkazilishi nazarda tutilsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ uning tasarrufiga “Regionalgeologiya” davlat muassasasining tegishli aktivlarini balans (qoldiq) qiymatda qoʻshib olish orqali qayta tashkil etsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 92 — 97-moddalari, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 49 — 54-moddalari.
Belgilansinki:
2024-yilda Inspeksiyaga oʻtkaziladigan shtatlar va bino-inshootlarni saqlash uchun xarajatlar, shuningdek, “Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJning kelgusida vujudga keluvchi qarzi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
2025-yildan boshlab Inspeksiyaga oʻtkaziladigan shtatlar va bino-inshootlarni saqlash uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ ustav fondining miqdori “Regionalgeologiya” davlat muassasasi mulkining balans (qoldiq) qiymati asosida oshiriladi;
mazkur qarorga muvofiq bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga oʻtkazilayotgan mulklar, mulkiy huquqlar, shuningdek, ustav kapitalidagi aksiyalar va ulushlar qiymati, shu jumladan ularni qayta tashkil etish va tugatish jarayonlari soliqqa tortishning barcha turlari boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Inspeksiya markaziy apparati uchun 4 ta xizmat avtotransport vositasi, shu jumladan 3 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat avtotransport vositasi, 1 ta navbatchi avtotransport vositasi hamda hududiy inspektorlar uchun 13 ta yengil xizmat avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Inspeksiya Toshkent shahri, Olimlar koʻchasi, 49-uy manzilidagi binoga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
8. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-may,
PQ-187-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-187-son qaroriga
1-ILOVA
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
1. Yer qaʼrini geologik oʻrganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlashda yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda yer qaʼridan foydalanish shartlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Togʻ-kon tarmogʻida, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligini taʼminlashga oid qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Togʻ-kon tarmogʻiga, geologiya, neft va gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, konchilik, qattiq foydali qazilmalarni qayta ishlash hamda portlatish ishlari sohasiga oid xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi va deklaratsiyalash tartibini takomillashtirish hamda texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalarning davlat kadastrini yuritish va ushbu yoʻnalishlardagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
4. Yer qaʼridan foydalanishda marksheyderlik oʻlchov ishlari oʻz vaqtida amalga oshirilishi va qazib (ajratib) olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hisobi yuritilishi ustidan nazoratni taʼminlash, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlash va qonunchilikka muvofiq javobgarlik choralarini koʻrish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida hamda sanoat xavfsizligining tegishli yoʻnalishlarida litsenziyalash, ruxsatnomalar berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya, yer qaʼridan foydalanish hamda konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning malakasini oshirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
8. Inspeksiya faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni va kosmik masofaviy monitoringni tatbiq etish orqali togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimlarini joriy etish.
9. Yer qaʼridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tezkor choralar koʻrish yuzasidan idoralararo hamkorlikni rivojlantirish.
10. Yer qaʼridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
11. Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash va suv olish inshootlarini ishlatishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi holatlari ustidan taʼsirchan nazorat choralarini koʻrib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-187-son qaroriga
2-ILOVA
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining
TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Hududiy boshqarmalar

Angren kon-texnika inspeksiyasi

Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi*

Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi*

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi

Izoh: Inspeksiya boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 72 nafar boʻlib, qayta tashkil etilayotgan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.
*Boshqaruv xodimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan sanoat xavfsizligi sohasining tegishli yoʻnalishlariga muvofiq “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi, shuningdek, moliyalashtirish tegishlicha “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ tomonidan amalga oshiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-187-son qaroriga
3-ILOVA
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda kon-geologiya sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish

1.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

Quyidagi normalarni oʻzida aks ettirgan Inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlari, mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari;

yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasini Inspeksiyaga oʻtkazish mexanizmi.

2024-yil avgust

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

2.

Inspeksiya faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish.

1. Inspeksiya faoliyatini tashkil qilish maqsadida uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining vaqtinchalik tuzilmalari, shtat birliklari va nizomlarini tasdiqlash.

2024-yil 20-iyul

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

3. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qayta tashkil etilayotgan Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasini moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq Inspeksiyaga oʻtkazilayotgan funksiyalar va shtat birliklariga mos ravishda qayta taqsimlash.

2024-yil 25-iyul

4. Inspeksiya xodimlarining ish haqini toʻlash bilan bogʻliq va boshqa xarajatlarni vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirish.

Bunda Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlangan Inspeksiyaning 2024-yilning birinchi yarim yilligi uchun vaqtinchalik xarajatlar smetalariga asosan moliyalashtirish, istisno tariqasida, amalga oshiriladi.

2024-yil 25-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

5. Inspeksiyaning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun uni tegishli malakali rahbar va mutaxassis kadrlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirilishini taʼminlash.

2024-yil oktabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

3.

Respublika hududlarida Inspeksiya hududiy boshqarmalarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Inspeksiyaning xarajatlar smetasida haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik xulosasiga muvofiqligi yuzasidan monitoring va oʻrganish ishlarini olib borish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra tegishli mablagʻlarni ajratish.

2024-yil iyul

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

3. Inspeksiyani zamonaviy asbob-uskunalar, masofaviy kuzatish moslamalari va jihozlari bilan taʼminlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash (shu jumladan har bir hududiy boshqarmani dronlar, lazerli skanerlar, maxsus avtomobillar va zamonaviy dasturiy taʼminotlar bilan taʼminlash) hamda uning faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda ushbu xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini inobatga olish.

2024-yil avgust

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

4.

“Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJni tugatish choralarini koʻrish.

1. “Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJning asosiy vositalari, shu jumladan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muxtor Ashrafiy koʻchasi, 70-uy manzilida joylashgan binoni tekinga Inspeksiyaga belgilangan tartibda topshirish.

2024-yil avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Inspeksiya

2. “Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJning marksheyder mutaxassislarini ularning roziligi bilan mehnat shartnomalariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda, Inspeksiyaga oʻtkazish.

2024-yil avgust

3. “Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJni belgilangan tartibda tugatish.

2024-yil dekabr

5.

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJni unga “Regionalgeologiya” DMni qoʻshib olish orqali qayta tashkil etish.

1. “Regionalgeologiya” DM mulkini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil avgust

“Regionalgeologiya” DM

(N. Xaitov)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ

(Sh. Alimov)

2. “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJning tegishli boshqaruv organlari tomonidan qayta tashkil etish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilinishini taʼminlash.

Bunda ustav fondining miqdorini davlat muassasasi mulkining qoldiq (balans) qiymati boʻyicha qabul qilgan holda oshirish.

2024-yil sentabr

3. Jamiyatning yangi tahrirdagi taʼsis hujjatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2024-yil sentabr

II. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish

6.

Yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan litsenziya shartlari toʻliq bajarilishi va haqqoniy qazib olish hajmlari aks ettirilishi yuzasidan Inspeksiya tomonidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.

1. Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha doimiy ravishda nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

Reja-grafikka asosan

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(J. Aminov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Ekologiya vazirligi

(A. Abduxakimov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2. “Oʻzbekkosmos” agentligi taqdim etadigan kosmik suratlarni tahlil qilish orqali “xavfi yuqori” boʻlgan qazib olish obyektlari manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil avgust

3. Soliq qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi oʻrtasida qazib olish hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona elektron bazasini (Soliq qoʻmitasi elektron bazasiga integratsiya qilish orqali) yuritish.

2025-yil yanvar

4. Yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan marksheyderlik oʻlchovlari bilan tasdiqlangan qazib olish hajmlari, ruxsatnoma shartlaridagi ishlab chiqarish, investitsiya, ijtimoiy va boshqa majburiyatlar bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Soliq toʻlovchilar axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda har chorakda taqdim etib borish tartibini joriy etish.

2025-yil yanvar

7.

“Geomonitoring” axborot tizimini yaratish doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” modulini joriy etish.

1. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan uning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan “Geomonitoring” axborot tizimini yaratish doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida xizmat koʻrsatish bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻyicha “Kon-geologiya xizmatlari” modulini yaratish hamda rasmiy veb-saytda eʼlon qilish.

2025-yil yanvar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. “Geomonitoring” axborot tizimini yaratish doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” modulini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash.

Bunda “Kon-geologiya xizmatlari” modulini “Litsenziya” axborot tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Soliq qoʻmitasi axborot tizimiga integratsiya qilishni nazarda tutish.

2025-yil yanvar

3. “Geomonitoring” axborot tizimini yaratish doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” modulida sohada faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning reytingini yuritish.

Bunda kavlab olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soxtalashtirishga yoʻl qoʻygan yer qaʼridan foydalanuvchilar va marksheyderlik tashkilotlari, shuningdek, ularning rahbarlari va taʼsischilarining elektron “qora roʻyxati”ni yuritish va “Geomonitoring” axborot tizimining “Kon-geologiya xizmatlari” modulida joylashtirib borish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

8.

Yer qaʼridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

Bunda moliyalashtirish Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

1. Yer qaʼridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2024-yil avgust

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

2. Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida yuborilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Inspeksiyaning soʻroviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishini belgilovchi idoralararo yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2024-yil oktabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

3. Aholi tomonidan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Internet tarmogʻidagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qaʼridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik holatlari haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish mexanizmni joriy etish.

2024-yil noyabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

4. Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishini joriy etish.

2024-yil avgust

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

9.

Yer qaʼridan foydalanish boʻyicha masofaviy monitoring va xavfni tahlil qilish boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirishga moʻljallangan “Geomonitoring” axborot tizimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bunda moliyalashtirish Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

1. Aerokosmik monitoringni amalga oshirishda zarur boʻladigan maʼlumotlar almashinuvi va ishlash tartibini yoʻlga qoʻyish uchun ishchi guruhni shakllantirish.

2024-yil avgust

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Ekologiya vazirligi

(A. Abduxakimov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Ekologiya vazirligi

(A. Abduxakimov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Aerokosmik monitoringni amalga oshirishda zarur boʻladigan maʼlumotlar almashinuvi va ishlash tartibini yoʻlga qoʻyish boʻyicha idoralararo kelishuvga erishish.

2024-yil oktabr

3. Yer qaʼridan foydalanish boʻyicha masofaviy monitoring va xavfni tahlil qilish boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirishga moʻljallangan “Geomonitoring” axborot tizimini joriy qilish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

4. Yagona maʼlumotlar bazasi orqali taqdim qilinadigan maʼlumot va hisobotlar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil dekabr

5. “Geomonitoring” axborot tizimini ishlab chiqish hamda tegishli maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish va ishga tushirish.

2025-yil fevral

6. Barcha birlamchi geologik maʼlumotlarni (konlarning topoxaritalari, 5GR hisobotlari, kon ajratmalari va boshqalar) raqamli koʻrinishga oʻtkazish va “Geomonitoring” axborot tizimiga kiritish.

2024-yil dekabr

7. “Oʻzbekkosmos” agentligiga “Geomonitoring” axborot tizimi doirasida masofaviy monitoringni tashkil etish xarajatlarini har yilgi Davlat budjetidan mazkur agentlikka ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplab berish.

Doimiy

III. Yer qaʼridan foydalanish sohasida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish

10.

Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan va respublikada mavjud geologiya-qidiruv va kon ishlarida qoʻllaniladigan burgʻilash qurilmalari va uskunalar hisobini yuritishda yagona roʻyxatga olish tizimini joriy etish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Sanoat xavfsizligi talablari bilan tartibga solinuvchi yagona roʻyxatga olish platformasini ishlab chiqish.

3. Geologiya-qidiruv va kon ishlarida qoʻllaniladigan burgʻulash qurilmalari va uskunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritib borish.

2024 — 2025-yillarda

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

11.

Sohada malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Togʻ-kon, geologiya va metallurgiya sohasida sanoat xavfsizligi boʻyicha kadrlar malakasini oshirish tizimini, shuningdek, oʻquv dasturlariga qoʻyiladigan talablarni, xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbarlari va mutaxassislarni attestatsiyadan va bilim sinovlaridan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

2024-yil oktabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

2. Kon ishlari va portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kurslarni tashkil qilish.

2025-yil yanvar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

3. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli boʻlgan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish.

Doimiy ravishda

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 07/24/187/0368-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)