Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, inson salomatligini taʼminlashga qaratilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, soʻnggi yillarda yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar paydo boʻlayotganligi, ular inson omilisiz internetning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan holda aholi, ayniqsa yoshlar orasida oson tarqatilayotganligi masʼul davlat tuzilmalarining bu boradagi faoliyatini “Barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor gʻoya asosida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligini taqozo etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmonining ustuvor maqsadlariga erishish, shuningdek, respublikamizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasining barvaqt oldini olish, aholida ularni isteʼmol qilishga nisbatan “immunitet”ni shakllantirish orqali genofondimizga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish, giyohvandlikka chalingan bemorlarni jahon tajribasidan kelib chiqib, tibbiy-davolanish tizimini tashkil etish sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash maqsadida:
1. Ilgʻor xorijiy tajriba, xalqaro, shu jumladan BMT ekspertlarining xulosa va tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024 — 2028-yillarga moʻljallangan milliy strategiya (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) 1-ilova muvofiq tasdiqlansin.
Milliy strategiya doirasida quyidagi maqsadlarga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifasi sifatida belgilansin:
aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni, oʻquvchi va talabalar orasida kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni isteʼmol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish, taʼlim muassasalarida psixofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi taʼsirchan targʻibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik mexanizmlarni joriy etish;
aholiga sifatli narkologik yordam koʻrsatish tizimini yangi usullar asosida rivojlantirish, giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli choralarni amalga oshirish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning (keyingi oʻrinlarda — giyohvandlik vositalari) noqonuniy aylanmasining yangicha, ayniqsa internet tarmogʻidagi usullariga barham berish, bu boradagi tezkor-qidiruv, tergov va ekspert-kriminalistik choralar kompleksini, birinchi navbatda raqamlashtirish orqali rivojlantirish;
davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarning giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanish amaliyotini nazorat qilish, shuningdek, farmatsevtika korxonalari, giyohvandlik vositalarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi subyektlar masʼuliyatini oshirishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish;
giyohvandlikni davolash va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, bu yoʻnalishdagi ilmiy izlanishlar, xulosalar, yutuqlar va yangiliklarni amaliyotga joriy etish hamda ommaga yetkazishni taʼminlash.
Milliy strategiyada belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan barcha davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
2. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) va uning hududiy komissiyalari tarkiblari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat komissiyasi (A. Aripov) zimmasiga:
Milliy strategiyaning toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, uni amalga oshirish boʻyicha yillik milliy dasturlarni tasdiqlash va ijrosini nazorat qilib borish, ushbu yoʻnalishda mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari hamda mintaqaviy komissiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
har chorakda Milliy strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha yillik milliy dastur ijrosining tanqidiy oʻrganilishini, belgilangan maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan aniq choralar koʻrilishini taʼminlash;
respublikada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish, aholi orasida giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi boʻyicha samarali chora-tadbirlarini belgilash vazifalari yuklansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmon bilan belgilangan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Davlat komissiyasi hamda uning hududiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
respublikada giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollar bilan bogʻliq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur oʻrganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish;
giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarni nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish, bu borada qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi sohasida nazorat funksiyasini amalga oshirish hamda ularning noqonuniy muomalasi yuzasidan qatʼiy choralar koʻrib borilishini taʼminlash;
giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollar bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan koʻrilayotgan choralarning samaradorligini ekspert jihatdan baholash, bu borada yagona axborot almashuvi va idoralararo hamkorlikni tashkil etish;
giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarni nazorat qilish sohasida xorijiy davlat tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan manzilli hamkorlikni oʻrnatish, giyohvandlik vositalari boʻyicha xalqaro faoliyatni tartibga soluvchi konvensiyalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan BMTga yillik maʼruzalar tayyorlash;
giyohvandlikning oldini olish, giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor milliy va xorijiy tajribalarni doimiy oʻrganish hamda uning natijalarini joriy etish va ommalashtirish boʻyicha metodika, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish;
giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarni nazorat qilish samaradorligini oshirish yoʻnalishida milliy va xalqaro konferensiyalar hamda simpoziumlarni oʻtkazish choralarini koʻrish, masʼul davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminarlarni tashkil etish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
4. Milliy strategiyani bosqichma-bosqich amalga oshirishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
a) Davlat komissiyasi (A. Aripov):
2024 — 2028-yillarda har yili Milliy strategiyada belgilangan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish boʻyicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi milliy dasturni tasdiqlaydi hamda ijrosini qatʼiy nazoratga oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy komissiyalar tomonidan milliy dasturlarning ijrosini taʼminlashga qaratilgan hududlar kesimida manzilli chora-tadbirlar “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqilishi hamda har chorakda Agentlikka qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar kiritilishini tashkil etadi;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
har chorakda masʼul davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining tasdiqlangan milliy dasturlar ijrosi, shu jumladan mazkur dasturlarning hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish va tanqidiy muhokama qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Agentlik:
(4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan milliy dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli hamda oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnoma, taklif va tavsiyalar kiritadi;
giyohvandlik vositalarini nazorat qilish sohasida erishilgan natijalar va aniq koʻrsatkichlar aks ettirilgan batafsil axborotni doimiy ravishda keng jamoatchilikka yetkazib boradi;
har chorakda Milliy strategiyani amalga oshirish boʻyicha milliy dasturlar ijrosi hamda respublikadagi giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan umumlashtirilgan hisobotni Davlat komissiyasiga kiritadi;
har yilning yakunida Milliy strategiyaning ijrosi hamda respublikada giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq vaziyatni yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini aks ettiruvchi yillik milliy maʼruzani tayyorlaydi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida muhokama qilish uchun kiritadi.
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik Davlat komissiyasining muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini axborot-tahlil jihatidan taʼminlab boradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan davlat organi boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi oldida hisobdordir;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik qayta tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori hamda uning oʻrinbosarlari maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, ijtimoiy himoya va tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiriga tenglashtiriladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning rahbarlari va xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi rahbarlari va xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari, ijtimoiy himoya va tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi qoʻllaniladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligining tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
mahalliy va xorijiy olimlar hamda yuqori malakali, shu jumladan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni shartnoma asosida tadqiqotlar olib borish va dasturiy taʼminotni amalga oshirishga jalb qilish;
tadqiqotlar olib borish va kadrlar tayyorlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari va taʼlim muassasalari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot-tahliliy sharhlar, maʼruzalar, ilmiy-tahliliy axborotnomalar va boshqa nashrlarni chop etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlardan zarur statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Quyidagilar Agentlikni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant va maqsadli mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mablagʻlar Agentlikning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy stajirovkalarni tashkil etish, moddiy-texnik bazani yaxshilash, shuningdek, jalb qilinadigan mahalliy va xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash uchun yoʻnaltiriladi;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori ushbu bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan xodimlarga har oylik mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizigacha miqdorda ustamalar belgilash huquqiga ega;
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning daromadlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik xodimlariga ilgari ishlagan joyida berilgan koʻp yillik mehnati (xizmati), harbiy va maxsus unvonlar (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustamalar va qoʻshimchalar saqlanib qolinadi.
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “InterForum” davlat unitar korxonasi bir oy muddatda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 107-A uy (V blok) manzilidagi maʼmuriy bino (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy bino)ni “Xalqaro hamkorlik markazi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushini qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirish hisobiga davlat mulki sifatida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda Agentlik maʼmuriy binoga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik faoliyatini tashkil etish, binoni joriy taʼmirlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan budjet ajratmalarini 2024-yilda Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy soha uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratsin, 2025-yildan boshlab esa ularni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 5-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 4-5-ilovalar berilmaydi.
12. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-may,
PF-73-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024 — 2028-yillarga moʻljallangan
MILLIY STRATEGIYA

T/r

Maqsadga erishishning ustuvor yoʻnalishlari

Maqsadga erishish chora-tadbirlari

1-MAQSAD: AHOLIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH

1.

Aholi, ayniqsa, yoshlarda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan taʼsirchan choralar kompleksini amalga oshirish.

1. Televideniye efir vaqtining (Praym taym) ijtimoiy reklamalar uchun moʻljallangan qismida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar1 isteʼmoli va ularning noqonuniy muomalasining2 salbiy oqibatlari, shuningdek, aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimidagi imkoniyatlarni yoritish.

2. Aholi doimiy ravishda sogʻlom turmush tarziga rioya etishlari uchun har bir mahalla va taʼlim muassasalarida ommaviy va oilaviy sport tadbirlarini oʻtkazish.

3. Giyohvandlikning inson maʼnaviyati va sogʻligʻiga zarari toʻgʻrisida aholining ogohligini oshirishda turli din va konfessiya vakillari imkoniyatlaridan foydalanish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

4. Hududlar kesimida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolaridan iborat 14 ta ijodiy guruhni shakllantirish hamda aholi orasida maqsadli targʻibot faoliyatini tashkil etish.

5. Giyohvandlikka chalingan shaxslar, jumladan yoshlarni “mahalla yettiligi” koʻmagida faol ijtimoiy hayotga qaytarishni nazarda tutuvchi yangicha ishlash mexanizmlarini joriy etish.

6. Maktab oʻqituvchilari va inspektor-psixologlari tomonidan oʻquvchilarning zararli odatlari toʻgʻrisida ota-onalarini xabardor qilish mexanizmini yaratish.

7. Har yili yoshlar tarbiyasiga masʼul boʻlgan 10 ming nafar xodim (mutaxassislar)ning giyohvandlikning ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida bilim va koʻnikmalarini oshirish.

8. Zamonaviy usullar orqali aholining giyohvandlikning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida xabardorligini oshirishga qaratilgan yillik ogohlantirish-profilaktikasi dasturlarini takomillashtirish.

9. Oʻrta va oʻrta-maxsus professional taʼlim muassasalarining fanlar va darsdan tashqari jarayondagi dasturlariga ijtimoiy-emotsional oʻquv soatlarini (SEL) kiritish.

10. Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kunini yuqori saviyada tashkil etish.

2.

Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi va suiisteʼmoliga aralashib qolish holatlarining oldini olish.

1. Ijtimoiy himoya yagona reyestri va ijtimoiy daftarlarga kiruvchi oila vakillari hamda ularning farzandlari orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish borasida manzilli choralar belgilash.

2. Maktablardagi maʼmuriyat, maʼnaviy-maʼrifiy soha masʼullari va psixologlar tomonidan xavf guruhiga kiruvchi (maktab ichki roʻyxati) oʻquvchilar bilan manzilli ishlashning taʼsirchan tizimini yoʻlga qoʻyish.

3. Giyohvandlikka qarshi kurashishda mahallalardagi yoshlar yetakchilari rolini kuchaytirishga qaratilgan yangi ishlash mexanizmlarini joriy etish.

4. Chegara oldi hududlarda joylashgan har bir mahallada (ovul, QFY) istiqomat qiluvchi aholi uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlantiruvchi targʻibot-tashviqot tadbirlarini doimiy oʻtkazish.

5. Xotin-qizlarning giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga aralashib qolishlarining oldini olish va ularni sogʻlom hayotga qaytarish boʻyicha yillik manzilli tezkor-profilaktik tadbirlar dasturlarini amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish.

6. Aholi orasida turli dori vositalar va biofaol qoʻshimchalarni mutaxassis tavsiyasisiz isteʼmol qilish oqibatida kelib chiquvchi noxush holatlar, salomatlikka taʼsiri haqida keng tushuntirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

7. “Mahalla — oilaviy poliklinika — taʼlim muassasasi” tamoyili asosida pedagog, tibbiyot xodimi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi profilaktik ishlarini amalga oshirish.

8. Xotin-qizlar orasida sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan “Sharq ayoli maʼrifati” loyihasini ishlab chiqish.

9. Giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha “Targʻibot aʼlochisi” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazishni tashkil etish.

3.

Giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan taʼsirchan ijodiy mahsulotlarni yangicha yondashuvlar asosida tayyorlashni kengaytirish.

1. Ijodiy mahsulotlar ssenariylarini badiiy kengashlar muhokamasidan oʻtkazish jarayonida giyohvandlik va narkojinoyatlar targʻibotiga yoʻl qoʻymaslik.

2. Sogʻlom turmush tarzini yorituvchi badiiy, hujjatli, animatsion hamda multiplikatsion filmlar va spektakllar ishlab chiqarish, shuningdek, konsert dasturlari, qoʻshiqlar, kliplar, qisqa metrajli ijtimoiy videoroliklar yaratish hajmini oshirish.

3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yoritishga qaratilgan tadbirlarda madaniyat, sport va sanʼat vakillari imkoniyatidan foydalanish tartibini belgilash.

4. Ishlab chiqiladigan serial, kino va telenovellalar ssenariylariga giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini yorituvchi epizodlar kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

4.

Giyohvandlikka qarshi kurashishda taʼlim muassasalarining rolini kuchaytirish.

1. Vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlarining oʻquv dasturlariga giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan mavzularni kiritish.

2. Oliy taʼlim muassasalarining teatr jamoalari tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan spektakllarni yaratish hajmini oshirish.

3. Ijtimoiy himoya yagona reyestri va ijtimoiy daftarlarga kiruvchi oila farzandlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun sport seksiyalari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, musiqa va sanʼat maktablaridagi toʻgaraklarga bepul qatnashish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

4. Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini yoritish metodikalarini oʻrgatuvchi qoʻllanmalar (koʻrgazmali materiallar)ni ishlab chiqish.

5.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining masʼuliyatini oshirish.

1. Har oyda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan kamida 4 ta maxsus koʻrsatuv va radio eshittirishni efirga uzatish.

2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida maxsus video, foto va audiomateriallar tayyorlash, efirga uzatish hamda ommaviy axborot vositalarining internetdagi sahifalarida muntazam yoritib borish.

3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlaridan yoshlarning ogohligini oshirishda internet faollarini jalb etish.

4. Giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yorituvchi xorijiy davlatlarda ishlab chiqilgan taʼsirli badiiy, hujjatli, animatsion va multiplikatsion filmlarni davlat tiliga tarjima qilgan holda ularning namoyishini tashkil etish.

6.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida yirik xalqaro tadbirlarni Oʻzbekistonda oʻtkazish koʻlamini kengaytirish.

1. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan yirik xalqaro sammit, forum, konferensiya, simpozium va profilaktik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha manzilli choralarni belgilash.

2. Markaziy Osiyo giyohvandlik vositalaridan xoli hudud konsepsiyasi taqdimotini Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etish.

3. Oʻzbekiston mezbonligida Psixofaol moddalar isteʼmoli sohasida xalqaro mutaxassislar jamiyati (ISSUP) doirasidagi yirik tadbirlarni tashkil etish.

4. Butunjahon psixiatrlar assotsiatsiyasining (WPA) yillik yigʻilishini Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazish boʻyicha manzilli choralarni belgilash.

5. BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish boʻyicha tashabbusiga (“CHAMPS”) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

2-MAQSAD: GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN SIFAT JIHATIDAN YANGI MEXANIZMLARNI BELGILASH

7.

Giyohvandlik vositalari respublika hududiga noqonuniy kirib kelishining sabab-omillarini aniqlash va ularga barham berish borasidagi choralarni kuchaytirish.

1. Dunyo va mintaqada yuzaga kelayotgan narkovaziyatning respublikaga taʼsirini tahlil qilish orqali oldini olishga qaratilgan yillik manzilli chora-tadbirlarni belgilab borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qoʻmitasi tavsiyasiga asosan giyohvandlik vositalari va prekursorlarning yangi xurujlariga qarshi tezkor choralar kompleksini belgilash.

3. Giyohvandlik vositalari noqonuniy kirib kelishining (kontrabanda) asosiy yoʻnalishlarini aniqlash va bu borada idoralararo yillik maxsus va tashkiliy tezkor profilaktik tadbirlar kompleksini tasdiqlash hamda ijroga qaratish.

4. Giyohvandlik vositalarini tezkor aniqlash yoʻnalishida dunyoda tan olingan maxsus texnik vositalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatishni tashkil etish.

5. Internet tarmoqlarida sodir etilgan narkojinoyatlarni aniqlashga ixtisoslashgan malakali mutaxassislarni tayyorlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

6. Xalqaro pochta joʻnatmalari orqali giyohvandlik vositalari kirib kelishining oldini olish maqsadida pochta muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.

7. Narkojinoyatlar xavfi yuqori boʻlgan yoʻnalishlarni darajalarga tasniflash metodikasini ishlab chiqish orqali huquq-tartibot organlari kuch va vositalarini qayta taqsimlash boʻyicha amaliy choralar belgilash (narkojinoyatlar xavfi yuqori boʻlgan hududlarga aniqlik kiritish).

8.

Giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish.

1. Respublikada yangi paydo boʻlayotgan giyohvandlik vositalari va prekursorlar noqonuniy muomalasi va suiisteʼmolining barvaqt oldini olish maqsadida vaqtinchalik taqiqlash yoki cheklash (moratoriy) tartibini joriy etish.

2. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida respublikada tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud dori preparatlari, psixotrop moddalarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni aniqlash.

3. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bilan shugʻullanuvchi litsenziatlar tomonidan giyohvandlik vositalari toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qatʼiy rioya etilishini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish amaliyotini joriy etish.

4. Prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatlar va tadbirkorlik subyektlari ustidan davlat nazoratini kuchaytirish.

5. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasining giyohvandlik vositalari va prekursorlar muomalasi boʻyicha maʼlumotlar bazasiga vakolatli tashkilotlarni integratsiya qilish.

6. Muruvvat yordami tariqasida giyohvandlik vositalarini respublikaga olib kirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda olib chiqish tartibini belgilash.

7. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bilan shugʻullanuvchi litsenziatlar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida alohida boʻlinma tashkil etish.

8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bilan bogʻliq huquqiga ega litsenziatlarning masʼul xodimlari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

9. Respublikada giyohvandlik vositalarini farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

10. Giyohvandlik vositalari va prekursorlarning noqonuniy muomalasi boʻyicha oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari haqida yigirma toʻrt soat ichida vakolatli organni majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish.

11. Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud dori preparatlarini respublika hududi boʻylab qonuniy muomalasini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida raqamlashtirish.

12. Respublika boʻyicha kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va ularning muomalasi bilan bogʻliq tartibni belgilash mexanizmini joriy qilish.

9.

Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish.

1. Respublika budjeti, budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro loyihalar va grantlar doirasida chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlari uchun zamonaviy maxsus texnik vositalarni xarid qilish hajmini oshirish.

2. Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlari xodimlarining xorijiy davlatlarning maxsus oʻquv muassasalarida malaka oshirishini tashkil etgan holda giyohvandlik vositalarini aniqlashning zamonaviy usullarini faoliyatga joriy etish.

3. Jahon bojxona tashkiloti va Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qoʻmitasining maʼlumot bazalaridan Bojxona qoʻmitasining erkin foydalanish imkoniyatini yaratish.

4. Giyohvandlik vositalarining kontrabandasi bilan bogʻliq holatlarga tezkorlik bilan chora koʻrish maqsadida chegara hududlardagi yoʻl infratuzilmasini yaxshilash.

10.

Respublika hududiga giyohvandlik vositalarining kirib kelishi holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Respublika hududiga kirib keladigan va tranzit yuklar, xalqaro pochta joʻnatmalari xususida qoʻshni va xorijiy davlatlar bilan dastlabki maʼlumotlarning elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2. Huquq-tartibot idoralarining giyohvandlik vositalarining kirib kelishi holatlarini barvaqt aniqlashda oʻzaro amaliy hamkorligini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy asoslarni qayta koʻrib chiqish.

3. Giyohvandlik vositalarini “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor qidiruv tadbirini amalga oshiruvchi idoralararo normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

4. Xorijiy davlatlarning narkologik holatini doimiy ravishda oʻrganish tartibini joriy etib, uning respublikaga taʼsirini prognozlash va oldini olish.

11.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasiga oid milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish.

2. Zamonaviy tahdidlardan kelib chiqqan holda giyohvandlik vositalari va prekursorlarning qonuniy hamda noqonuniy aylanishini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlariga doimiy ravishda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

3. Giyohvandlikka chalingan shaxslarni davolash va reabilitatsiyasiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

4. Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarda giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanish amaliyotini nazorat qilishning huquqiy mexanizmlarini yaratish.

5. Giyohvandlik vositalarining koʻrgazmali reklama (narkograffiti) va ularni “zakladka” usuli bilan tarqatishga qarshi javobgarlikni kuchaytirish orqali mazkur turdagi jinoyatlarni keskin kamaytirish.

6. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy choralarini takomillashtirish.

7. Umumeʼtirof etilgan va oʻzining amaliy samarasini koʻrsatgan xalqaro norma hamda standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish.

8. “Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar” tushunchasini normativ-huquqiy hujjat bilan belgilash.

9. Narkojinoyatlar yoʻnalishida transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha milliy qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

10. Narkojinoyatlar, noqonuniy muomaladan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etgan shaxslarga jazo tayinlashda yengillashtiruvchi mexanizmlarni va jazoni oʻtashdan muddatidan oldin ozod qilishni taqiqlovchi choralarni belgilash.

12.

Xorijiy davlatlarga turli maqsadlarda chiqib ketayotgan fuqarolarning giyohvandlik va narkojinoyatlarga aralashib qolish xavfi boʻyicha ogohligini oshirishga qaratilgan choralarni takomillashtirish.

1. Xorijiy davlatlarga uzoq muddatga shartnoma asosida chiqib ketayotgan fuqarolarning giyohvandlik va narkojinoyatlarga aralashib qolish xavfi boʻyicha ogohligini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli tushuntirish kurslarini tashkil etish, koʻrgazmali materiallarni tarqatish.

2. Xorijiy davlatlarda turli maqsadlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari xususida ogohlikni oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazish koʻlamini oshirish.

3. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yorituvchi kontentlarni koʻpaytirish.

4. Oʻzbekistonning chet eldagi vakolatxonalari va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida oʻzbekistonlik talabalarning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

5. Xorijdagi fuqarolarning giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida ogohliklarini oshirishda “Vatandoshlar” jamoatchilik fondi imkoniyatidan foydalanish.

13.

Narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor profilaktik tadbirlarni jadallashtirish.

1. Hududlar, taʼlim muassasalari, jamoat joylari kesimida yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo maxsus tezkor profilaktik tadbirlar oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2. Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud oʻsimliklarni aniqlash va yoʻq qilish boʻyicha “Qoradori” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

3. Respublikada mavjud doimiy va mavsumiy koʻngilochar, xordiq chiqarish joylarida yoshlar orasida giyohvandlik vositalari tarqalishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish.

4. Narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida “Dolzarb oylik” idoralararo kompleks chora-tadbirlarni oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish.

5. Kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarda alohida reja asosida tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

14.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

1. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 10 tagacha milliy loyiha va dasturlarni ishlab chiqish hamda ular doirasida donorlar mablagʻini jalb etish hajmini oshirish.

2. Amaldagi xalqaro loyihalarning istiqbollarini belgilash, vakolatli idora va tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun investitsiyalar hajmini kengaytirish.

3. Respublika va qoʻshni davlatlarda yuzaga kelayotgan narkovaziyat toʻgʻrisida axborot byulletenini chop etish.

4. Giyohvandlik va narkojinoyatlar profilaktikasining milliy modelini yaratish.

5. BMTning Narkotik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi hamda Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qoʻmitasi bilan manzilli hamkorlikni tashkil etuvchi Oʻzbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi shtat jadvaliga qoʻshimcha ravishda Birinchi kotib shtat birligini kiritish.

15.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasiga oid ikki va koʻp tomonlama kelishuv hamda bitimlarni takomillashtirish.

1. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha uzoq muddatli yangi istiqbolli rejalarni amalga oshirish.

2. Ikki tomonlama kelishuvlar doirasida vakolatli organlarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan investitsiyalar hajmini oshirish.

3. Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi faoliyatini moliyalashtirish ishlarini yakunlash va unda Oʻzbekistonning 2024 — 2026-yillarda raisligini taʼminlash.

4. Aholiga narkologik yordam koʻrsatish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surish.

3-MAQSAD: NARKOJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH FAOLIYATIGA ZAMONAVIY ISHLASH USULLARINI TATBIQ QILISH

16.

Narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

1. Avtotransport vositalari haydovchilarining mastlik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining tegishli boʻlinmalarini narkotestrlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2. Giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda ishlab chiqarishda qoʻllanadigan asbob-uskuna, turli kimyoviy moddalar reyestrini shakllantirish va muomalasini nazoratga olish.

3. Huquq-tartibot idoralarining taʼlim muassasalarida simulyatsiya va modulyatsiya markazi, shuningdek, innovatsion virtual poligonlarni yaratish va oʻquv jarayonlariga tatbiq etish choralarini koʻrish.

4. Hududiy huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarni tezkor aniqlash faoliyatiga giyohvandlik vositalariga dastlabki baho beruvchi ekspress-test analizatorlarini bosqichma-bosqich tatbiq etish choralarini koʻrish.

5. Narkojinoyatlar haqida maʼlumot bergan yoki aniqlashda koʻmaklashgan shaxslarni himoya qilish va ragʻbatlantirish institutini joriy etish.

6. Maʼmuriy huquqbuzarlikni giyohvandlik vositalari taʼsiri ostida sodir etishni ogʻirlashtiruvchi holatlar qatoriga kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.

7. Huquq-tartibot organlari va sogʻliqni saqlash idoralarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash.

8. Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish va tarqalishi xavfi yuqori boʻlgan jamoat, xordiq chiqarish joylarining innovatsion texnik kuzatilishini taʼminlash.

9. Giyohvandlik vositalari va prekursorlarni ishlab chiqarishga moʻljallangan noqonuniy laboratoriyalarni aniqlash va faoliyatiga chek qoʻyish boʻyicha metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

10. Sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni aniqlash boʻyicha tezkor qidiruv chora-tadbirlar mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

11. Giyohvandlikka qarshi kurashish sohasini rivojlantirish uchun respublika jamgʻarmasini tashkil etish.

12. Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan narkojinoyatlarga qarshi samarali kurashish apparat-dasturiy komplekslari, tezkor qidiruv mexanizmlari va tahdidlarni aniqlash metodikalarini yaratish va amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

17.

Respublikadagi narkovaziyatni tahlil qilish tizimini takomillashtirish.

1. Narkovaziyatni tahlil qilish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish.

2. Narkojinoyatlar boʻyicha yuritiladigan hisobot shakllarini yangi tendensiyalarni inobatga olgan holda zamonaviy talablarga moslashtirish.

3. Narkologik vaziyat boʻyicha taqdim etiladigan hisobot shakllariga oʻzgartirish kiritish va tezkorligini taʼminlash.

4. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida noqonuniy muomaladan olingan giyohvandlik vositalarini narxlash amaliyotini oʻrganish.

5. Respublikadagi narkovaziyatni ilmiy yondashuv asosida tahlil qilish, prognozlash, tendensiyalarni aniqlash, xulosalar chiqarish amaliyotini takomillashtirish, ushbu jarayonlarga ilgʻor xorijiy tajribalar va yangicha ishlash uslublarini tatbiq etish.

18.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq moliyaviy operatsiyalarning oldini olish choralarini kuchaytirish.

1. Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan bogʻliq holatlarda moliyaviy tekshiruvlarni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish.

2. Narkojinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish, bu borada qoʻllanayotgan yangi moliyaviy jinoiy usullarni aniqlash va bartaraf etish tizimini yaratish.

3. Narkojinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan pul mablagʻlarini toʻxtatish va musodara qilishning yangi mexanizmini ishlab chiqish.

4. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosida vositachilik qilayotgan kripto-ayirboshlovchilar faoliyatiga barham berish boʻyicha tashkiliy, huquqiy va tezkor qidiruv choralarini belgilash.

5. Narkojinoyatlarni tergov qilish jarayonida jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq moliyaviy jihatlarni bir vaqtning oʻzida tekshiruvdan oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

6. Noqonuniy moliyaviy oqimlarni baholash metodologiyasini ishlab chiqish.

19.

Narkojinoyatlar bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov va sud amaliyotini takomillashtirish.

1. Narkojinoyatlar boʻyicha oʻtkaziladigan sud majlislarini sudlanuvchining yashash, oʻqish va ish joylarida sayyor sud shaklida oʻtkazish tartibini joriy etish.

2. Narkojinoyatlar bilan bogʻliq tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud amaliyoti boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish hamda tatbiq etish.

3. Tajribali sudyalar tomonidan narkojinoyatlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrish boʻyicha mahorat darslari shaklida sud majlislarini oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

4. Ommaviy axborot vositalarida narkojinoyatlar sodir etgan shaxslarning sud jarayonlarini yoritib borish.

5. Narkojinoyatlar bilan bogʻliq jinoyatlarni koʻruvchi ixtisoslashgan tergovchilar va sudyalar korpusini shakllantirish masalasini koʻrib chiqish.

6. Narkojinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash tizimini xorijiy davlatlar ilgʻor tajribasi asosida takomillashtirish.

20.

Giyohvandlik vositalarining internet va koʻrgazmali reklama orqali tarqalishiga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish.

1. Giyohvandlik vositalarining internet tarmogʻi orqali noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishdagi samarali tashkiliy-tuzilmaviy mexanizmlarni joriy etish.

2. Internet tarmogʻida giyohvandlik vositalarining tarqatish bilan shugʻullanayotgan veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlarni cheklash.

3. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy tarqatishga oid koʻrgazmali reklamani (narkograffiti) aniqlash va barham berishda faol yoshlar va jamoatchilikni jalb qilish.

4. Sanʼat va madaniyat vakillari, internet faollari tomonidan giyohvandlik vositalari targʻiboti uchun javobgarlikni belgilash.

5. Giyohvandlik vositalariga qarshi raqamli platforma yaratish orqali kibermakonda kontentlarni kuzatish va aholi xabardorligi oshirish.

21.

Giyohvandlik vositalari va prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyatni raqamlashtirish.

1. Giyohvandlik vositalari va prekursorlarining muomalasi bilan bogʻliq respublika idoralararo maʼlumotlar bazasini yaratish.

2. Giyohvandlik vositalari va prekursorlar muomalasi sohasiga oid xalqaro tashkilotlarning ixtisoslashgan axborot almashinuv elektron platformalariga ulanish.

3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi respublika mutasaddi vazirlik va idoralarning tahlil boʻlinmalari faoliyatini raqamlashtirish.

4. Hududlarni narkojinoyatlar va giyohvandlar koʻrsatkichlari asosida toifalarga ajratish, xavf indikatorlarini belgilash va baholab borish faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish.

22.

Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud oʻsimliklar ekin maydonlarini zamonaviy yondashuv asosida aniqlash.

1. Ichki ishlar organlari uchun narkojinoyatlarga samarali qarshi kurashish maqsadida bosqichma-bosqich 8 ta giperspektrli kameralar va uchuvchisiz boshqariladigan maxsus texnik vositalarni xarid qilish.

2. Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud oʻsimliklarning vegetativ jarayoni foto jamlanmasini shakllantirish.

3. Narkojinoyatlarni aniqlash boʻyicha tezkor tadbirlar jarayonida uchuvchisiz boshqariladigan maxsus texnikalardan foydalanish tartibini joriy etish.

4. Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud yovvoyi oʻsimliklarni yoʻq qilmaganligi uchun yer egalariga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish masalasini koʻrib chiqish.

23.

Narkojinoyatlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasini 2026-yil yakuniga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik vositalari boʻyicha komissiyasi aʼzoligiga erishish.

2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekistonning milliy maʼruzasini BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatish.

3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy va xalqaro xarakterga ega boʻlgan istiqbolli kelishuvlariga qoʻshilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

4. Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini qamrab oluvchi giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

24.

Ekspert-kriminalistika muassasalari va laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish.

1. Ekspert-kriminalistika muassasalari va laboratoriyalar uchun giyohvandlik vositalarini sifat va miqdoriy jihatdan aniqlovchi maxsus texnik jamlanmalarni bosqichma-bosqich xarid qilish.

2. Narkojinoyatlarga qarshi kurashishda olingan predmetlarni tadqiq qilish uchun apparat va apparat-dasturiy vositalar bilan taʼminlash.

3. Ekspert kriminalistika muassasalari va laboratoriyalarida sof vaznini aniqlash talab etiladigan giyohvandlik vositalarining sertifikatlangan standart namunalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va ular bilan doimiy taʼminlab borish tartibini belgilash.

4. Davlat sud-ekspertiza muassasalari ekspert va mutaxassislarining xorijiy davlatlarning maxsus markazlarida har yili kamida bir marta malakasini oshirish boʻyicha qatʼiy tartibni oʻrnatish.

5. Davlat sud-ekspertiza muassasalarini bosqichma-bosqich ISO/IEC standartlariga mos akkreditatsiyadan oʻtkazish.

6. Davlat sud-ekspertiza muassasalarida mavjud giyohvandlik vositalarini aniqlovchi qurilmalarni maxsus elektron kutubxonalar bilan taʼminlash.

7. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining bevosita giyohvandlik vositalari ekspertizasi bilan shugʻullanuvchi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish.

8. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining yagona elektron bazasini yaratish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribalarni qoʻllash.

9. Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrgangan holda giyohvandlik vositalari ekspertizasi sohasiga ilmiy jihatdan isbotlangan innovatsion tadqiqot (tahlil) usullari va maxsus texnik vositalarni joriy qilish.

25.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash hamda bartaraf etish yoʻnalishida yangi mexanizmlarni joriy qilish.

1. Giyohvandlik vositalari uchun retsept yozishdagi korrupsion holatlarni tahlil qilish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Retsept asosida berilgan giyohvandlik vositalaridan maqsadli foydalanishni qatʼiy nazorat qilish tartibini joriy etish.

3. Giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash jarayonini toʻliq raqamlashtirish.

4. Xorijiy tajribalarni oʻrganish orqali giyohvandlik tashxisini qoʻyish usullarini takomillashtirish.

5. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun moʻljallangan obyektlarni texnik jihatdan mosligi boʻyicha xulosa berish amaliyotini tubdan takomillashtirish.

6. Sud-narkologik ekspertiza komissiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish.

7. Narkologiya muassasalarida olingan tahlil (qon, siydik) namunalarini sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlash tartibini belgilash.

26.

Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi boʻlinmalari tashkiliy-tuzilmaviy asoslarini mustahkamlash va takomillashtirish.

1. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi boʻlinmalari shtat birliklarini bosqichma-bosqich oshirish.

2. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi boʻlinmalari xodimlarini KPI-baholash tizimi (key performance indicator) asosida qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish.

3. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi markaziy va hududiy boʻlinmalari tarkibida internet tarmogʻida narkojinoyatlarga qarshi kurashish tuzilmalarni tashkil etish.

4. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini zamon talablariga asosan mustahkamlash.

5. Huquq-tartibot idoralarining narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida axborot-tahlil boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish va idoralararo tezkor maʼlumotlar elektron almashinuvini taʼminlash.

27.

Giyohvandlik vositalarini aniqlashga oʻrgatilgan xizmat itlari bazasini mustahkamlash.

1. Huquq-tartibot idoralari kinologiya xizmatlarining narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2. Kinologiya xizmatlari tomonidan giyohvandlik vositalarini aniqlashga oʻrgatilgan xizmat itlarini koʻpaytirish, tayyorlash, ehtiyojdan ortigʻini eksport qilish amaliyotini joriy qilish.

3. Xizmat itlari yordamida yangi turdagi giyohvandlik vositalarini aniqlashga yoʻnaltirilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va ijroga qaratish.

4. Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini aniqlashga qaratilgan kinologiya punktlarini tashkil etish.

28.

Farmatsevtika korxonalari, giyohvandlik vositalarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish.

1. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha tibbiyot muassasalari, dorixonalarda giyohvandlik vositalari muomalasi ustidan qatʼiy nazorat tartibini joriy etish.

2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bilan bogʻliq huquqqa ega litsenziatlar tomonidan giyohvandlik vositalari muomalasini belgilovchi talablarni buzganlik uchun litsenziyadan mahrum qilish mexanizmini soddalashtirish.

3. Dorixonalar va ularning filiallarini kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradigan tashkilotlar klassifikatsiyasiga tegishli oʻzgartirish kiritish (dorixonalarga tibbiyot muassasasi maqomini berish).

4. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanayotgan dorixonalarni aniqlash boʻyicha davriy ravishda maxsus tezkor qidiruv tadbirlar kompleksini oʻtkazish.

5. Respublikada muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan roʻyxatlarga kiritilgan tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud dori vositalari toʻgʻrisida dorixonalarni tezkorlik bilan elektron xabardor qilish tizimini yaratish.

6. Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud dori vositalarini elektron retsept asosida berish amaliyotini joriy etish.

29.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi xodimlarning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha milliy murabbiylar jamoalarini shakllantirish va xalqaro oʻquv markazlarini tashkil etish.

1. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi xodimlarning kasbiy malakasini oshirish maqsadida xalqaro sertifikatlarga ega milliy murabbiylar jamoasini shakllantirish.

2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi organlar tizimida maxsus xalqaro oʻquv kurslarini joriy etish va xalqaro miqyosda imijini shakllantirish.

3. Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyalarining kotiblarini muntazam ravishda milliy va xalqaro miqyosda maxsus oʻquv kurslariga jalb etish orqali ularning malakasini oshirib borish.

4-MAQSAD: AHOLIGA SIFATLI NARKOLOGIK YORDAM KOʻRSATISH TIZIMINI YANGI METODLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH

30.

Aholi orasida giyohvandlikning latent (yashirin) holatlarini barvaqt aniqlash va erta tashxis qoʻyish amaliyotini takomillashtirish.

1. Maktab oʻquvchilari orasida giyohvandlik vositalarining isteʼmolini erta aniqlash uchun rejali psixolog va zarur hollarda narkolog maslahatlari amaliyotini joriy etish.

2. Xavf guruhiga kiruvchi oʻquvchi/talabalarni chuqurlashtirilgan narkolog koʻrigidan oʻtkazish tartibini tatbiq qilish.

3. Giyohvand bemorlar orasida OIV infeksiyasiga chalinish holatlarini kamaytirish.

4. Narkologik hisobga olish yagona elektron tizimi imkoniyatlarini takomillashtirish.

5. Giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiluvchi shaxslarni aniqlash uchun moʻljallangan mahalliy diagnostika vositalarini ishlab chiqarish.

6. Ijtimoiy ogʻir vaziyatdagi xotin-qizlar va yoshlar uchun Sogʻlom hayot sari elektron platformasini yaratish.

7. Giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qiluvchi shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berishni nazarda tutuvchi ijtimoiy mobil ilova yaratish orqali latent (yashirin) giyohvandlarni aniqlash.

8. Nikohlanuvchilarni narkologik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

31.

Giyohvandlikning tarqalganlik holatini oʻrganish, oldini olish va davolashni takomillashtirish.

1. Giyohvand bemorlarni majburiy davolashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda muqobil usullarni joriy etish.

2. Ruhiy holati buzilgan shaxslar orasidan giyohvandlikka chalinganlarni davolash tartibini joriy etish.

3. Majburiy davolash muassasalarida giyohvand bemorlarni kasbga tayyorlash va mehnatga jalb etish boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy qilish.

4. Giyohvandlik vositalariga ruju qoʻygan shaxslarni davolashda VR (Virtual Reality) texnologiyasidan foydalanish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy choralar koʻrish.

32.

Giyohvandlik retsidivlarining davlat, jamiyat manfaatiga va inson salomatligiga taʼsirining oldini olish choralarini takomillashtirish.

1. Giyohvandlik retsidiviga olib keluvchi asosiy omillarni aniqlash va oldini olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish.

2. Narkologiya muassasalari hamda tuman/shahar birlamchi tibbiyot boʻgʻini muassasalarining shifokor-narkologlarini giyohvandlik retsidivlariga qarshi davolashda qoʻllanadigan maxsus dori-darmonlar bilan taʼminlash.

3. Shifokor-narkologlar va tibbiy psixologlarni giyohvandlik retsidivlariga qarshi psixoterapiya usullariga oʻqitishni yoʻlga qoʻyish.

4. Giyohvandlikka chalingan shaxslarni retsidivga qarshi mustaqil kurashish texnikalariga oʻrgatish amaliyotini joriy qilish.

5. Giyohvandlik bedavo emas shiori ostida ichki nizolarning oldini olish maqsadida giyohvandlarning oila aʼzolari uchun oʻquv dasturlari va kurslarini tashkil etish.

33.

Giyohvandlik profilaktikasi, diagnostikasi, davolashning samaradorligini oshirish va aholi orasida salbiy qarashlarning shakllanishini kamaytirish.

1. Narkologiya mutaxassisligi imijini oshirish.

2. Narkologiya xizmatini aholiga yaqinlashtirish maqsadida murojaat maxfiyligi kafolatlangan maslahat olishni taʼminlovchi koll-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

3. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot va narkologik muassasalarda anonim narkologik maslahat berish tizimini yanada takomillashtirish.

4. Giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qilgan shaxslarni aniqlash, roʻyxatga olish, tibbiy koʻrik va davolashga jalb etish boʻyicha idoralararo hamkorlik natijadorligini oshirish.

5. Ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda giyohvandlik vositalariga boʻlgan qaramlikni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish standartlari va klinik bayonnomalarini zamon talablariga mos holda yangilab borish.

34.

Xalq tabobatida foydalanilayotgan giyohlar, biologik faol moddalar (BAD) va dorivor oʻsimliklardan foydalanish usullarini yaratish.

1. Psixofaol vositalarga qaramlikni davolash hamda retsidiviga qarshi kurashishda biologik faol moddalarni ishlab chiqish va foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2. Respublikada roʻyxatdan oʻtayotgan biologik faol moddalarni tarkibida giyohvandlik vositalari mavjudligi boʻyicha majburiy tadqiqotdan oʻtkazish tartibini joriy qilish.

3. Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarning teleradiokanallar orqali reklamasi uchun xulosa olish tartibini joriy etish.

35.

Giyohvandlikka chalingan, ogʻir ruhiy va somatik asoratlari boʻlgan bemorlarga shoshilinch narkologik yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish.

1. Narkologiya muassasalarida reanimatsiya, intensiv terapiya boʻlimlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2. Tez tibbiy yordam koʻrsatuvchi reanimatsion brigadalarni giyohvandlik vositalaridan ogʻir zaharlanishni bartaraf etish uchun maxsus dori vositalari bilan taʼminlash.

3. Tez tibbiy yordam koʻrsatuvchi reanimatsion brigadalar uchun giyohvandlik vositalaridan ogʻir zaharlanishda harakatlanish boʻyicha maxsus malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil qilish.

4. Toksikologiya boʻlimlari va reanimatsiya brigadalarida faoliyat yurituvchi xodimlarning kasbiy mahoratini ilgʻor xorijiy tibbiyot muassasalarida oshirish.

5. Giyohvandlik vositalaridan ogʻir zaharlanish natijasida yuzaga keladigan hayot uchun xavfli holatlar monitoringini yuritishni yoʻlga qoʻyish.

36.

Narkologiya xizmatini malakali kadrlar bilan taʼminlash va salohiyatini oshirish.

1. Narkologiya muassasalari, tuman/shahar tibbiyot birlashmalarining narkologiya kabinetlaridagi narkolog shifokorlar faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2. Giyohvandlikka qarshi kurashuvchi xodimlarning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha milliy murabbiylar guruhi imkoniyatlaridan foydalangan holda hududiy oʻquv seminarlarni tashkil etish.

3. Milliy, xalqaro darajada tashkil etiladigan trening va oʻquv seminarlariga joylardagi soha mutaxassislarini keng jalb etish.

4. Birlamchi ixtisoslik sikllari, magistratura, klinik ordinaturada narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya sohasida mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar narkologiya muassasalari bilan tuman/shahar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi shifokor-narkologlar va tibbiy psixologlar oʻrtasida integratsiyani rivojlantirish.

37.

Aholiga pullik va servis narkologik xizmat koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda boʻlgan shaxslarni pullik asosda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibini joriy qilish.

2. Narkologiya sohasida xususiy sektor, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish va imtiyozlar belgilash.

3. Narkologik muassasalarda xoʻjalik hisobidagi pullik boʻlimlarni tashkil etish orqali muqobil davolanish imkoniyatini joriy etish.

4. Tashkilot va idoralar haydovchilarining reys oldi tibbiy koʻrigini amalga oshiruvchi mutaxassislarni pullik asosda oʻqitish.

5. Mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlarida pullik xizmatni joriy qilish va sohaga xususiy sektorni jalb qilish.

6. Xususiy va davlat-xususiy sheriklik shaklidagi narkologik muassasalarda majburiy davolash tartibini joriy etish.

7. Majburiy davolanishga yoʻnaltirilgan shaxslarga davolash muassasasini tanlash huquqini berish amaliyotini joriy etish.

38.

Voyaga yetmaganlarga narkologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish.

1. Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlik tarqalganlik holatini aniqlashning yangi metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

2. Narkologiya muassasalarida giyohvandlikka chalingan oʻsmirlar va yoshlar uchun ixtisoslashtirilgan boʻlimlarni tashkil etish.

3. Voyaga yetmaganlarga narkologik xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning bilim va koʻnikmalarini milliy va xalqaro miqyosda oshirish choralarini koʻrish.

4. Voyaga yetmagan giyohvand bemorlar uchun ilgʻor xorijiy tajriba asosida tashxislash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi boʻyicha klinik bayonnomalar ishlab chiqish.

5. Joylardagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari va oʻsmirlar narkologlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

39.

Narkologiya xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Toshkent viloyatlari narkologiya filiallarini yangi binoga koʻchirish.

2. Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Fargʻona va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent va Qoʻqon shaharlari narkologiya filiallari uchun qoʻshimcha binolar qurish.

3. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahri, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari narkologiya yoʻnalishi boʻyicha filiallari binolarini kapital taʼmirlash.

4. Narkologiya muassasalari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining narkologiya kabinetlari moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich yaxshilash.

5. Narkologiya muassasalaridagi oʻrin-joylarni (koykalar) bosqichma-bosqich 30 foizgacha oshirish.

6. Narkologiya muassasalari ehtiyoji asosida laboratoriya boʻlimlarini sarflov materiallari (reaktiv, reagentlar, test va boshq.) bilan toʻliq va uzluksiz taʼminlab borish tartibini joriy etish.

7. Narkologiya muassasalarida shaxslardan umumiy tahlil olish faoliyatini tubdan takomillashtirish.

5-MAQSAD: GIYOHVANDLIKNING TIBBIY-IJTIMOIY REABILITATSIYASINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH

40.

Giyohvandlikka chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish.

1. Giyohvandlarni ijtimoiy hayotga qaytarish samaradorligi oshirish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimida Addiktologiya tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya markazini tashkil etish.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning barcha narkologiya boʻyicha hududiy filiallarida reabilitatsiya tizimini joriy etish.

3. Jazoni oʻtayotgan narkologik kasallikka chalingan shaxslarni davolash uchun jazoni ijro etish muassasalarida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish.

4. Giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiluvchilar va giyohvandlikka chalingan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishda nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirish.

5. Narkologiya muassasalarida pullik va muqobil tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya boʻlimlarini tashkil qilish choralarini koʻrish.

6. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiluvchilar va giyohvandlikka chalingan shaxslarni majburiy reabilitatsiyaga yoʻnaltirishning tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

7. Giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiluvchilar va giyohvandlikka chalingan shaxslarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish yoʻnalishida uzluksiz harakatlar algoritmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

8. Jazoni ijro etish muassasalarida giyohvandlikka chalingan mahkumlar bilan manzilli ishlash tizimini joriy etish, noqonuniy muomala uchun ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar orasida retsidivlarning oldini olish mexanizmlarini yaratish.

41.

Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirish.

1. Majburiy davolanishdan oʻtayotgan giyohvand bemorlar uchun tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish.

2. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlari samaradorligini baholash uchun davolanib chiqqan shaxslar salomatligini uzoq muddat monitoring qilishni joriy etish.

3. Giyohvand bemorlar va muqaddam sudlangan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

4. Narkologiya muassasalarining ambulatoriya boʻgʻinida tobelikka chalingan shaxslar bilan hamkorlikda ishlash tizimini faollashtirish.

5. 12 qadam dasturi elementlarini giyohvandlikka chalingan bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlariga kiritish.

6. Giyohvandlikka chalingan bemorlar uchun kunduzgi reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

7. Giyohvandlikka chalingan oʻsmirlar uchun maxsus reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

42.

Nokimyoviy tobeliklar uchun tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish.

1. Yetakchi xorijiy reabilitatsiya markazlarida mutaxassislarni nokimyoviy tobelik reabilitatsiyasi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.

2. Nokimyoviy tobeliklar uchun reabilitatsiya dasturini yaratish va amaliyotga tatbiq etish.

3. Giyohvand shaxs, Giyohvand shaxs yaqinlari va Giyohvand shaxs bilan shugʻullanuvchi masʼullar toifalari uchun ijtimoiy-psixologik taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

43.

Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlariga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.

1. Giyohvand bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi yoʻnalishida jahon standartlariga asoslangan yangi zamonaviy texnologiyalarni oʻrganish va mutaxassislar tayyorlash amaliyotini joriy qilish.

2. Giyohvand bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi dasturlarini innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash.

3. Transkranial magnit stimulyatsiyasi (TMS) va biologik qayta aloqa (BQA) davolash usullarini klinik bayonini ishlab chiqish va giyohvand bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi dasturiga kiritish.

4. Virtual reallik programmasini ishlab chiqish va giyohvand bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi jarayonida personallashgan yondashuvni takomillashtirish.

44.

Reabilitatsiya davrida giyohvand bemorlarni sogʻlom jamiyatga adaptatsiya qilish va diskriminatsiyasiga yoʻl qoʻymaslik.

1. Hududiy bandlik markazlari tomonidan giyohvand bemorlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha zarur tashkiliy choralarni amalga oshirish.

2. Giyohvandlikka chalingan bemorlarni ishga joylashtirishda ishtirok etuvchi tadbirkorlarga imtiyozlar belgilashni nazarda tutuvchi mexanizmlar yaratish.

3. Tashkilot, mehnat jamoalari, taʼlim muassasalarida giyohvand bemorlarning reabilitatsiyasi davrida diskriminatsiyaga yoʻl qoʻymaslik.

4. Giyohvandlikka chalingan bemorlar uchun mehnat terapiyasini tashkil etishda davlat korxonalari va davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga imtiyozlar berish tartibini joriy etish.

5. Giyohvandlikka chalingan bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi davrida oʻquv kurslari tashkil etish.

6. Teng-tengiga prinsipi asosida giyohvandlikka chalingan bemorlarning anonim guruhlarini tashkil etish va davra suhbatlarini oʻtkazish amaliyotini joriy qilish.

45.

Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlarini amalga oshirishda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida giyohvandlikka chalingan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi yoʻnalishida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kadrlar salohiyatini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish.

2. Giyohvandlikka chalingan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasiga oid xorijiy adabiyotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan holda magistratura va qayta tayyorlash dasturlarini boyitish.

3. Giyohvandlikka chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish brigadalari uchun tibbiy psixologlar, psixoterapevtlar va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash hajmini 2 baravarga oshirish.

4. Yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida giyohvandlikka chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish xodimlari uchun muntazam ravishda mahorat darslari, vebinar va seminarlar tashkil etish.

5. Yetakchi xorijiy reabilitatsiya markazlarida giyohvandlikka chalingan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi yoʻnalishidagi mutaxassislarning davriy ravishda malakasini oshirish.

6-MAQSAD: GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

46.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish.

1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida innovatsion loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va moliyalashtirish.

2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida ilmiy ishlar koʻlamini kengaytirishga qaratilgan davlat grantlarini ajratish.

3. Giyohvandlikka chalinish (latent giyohvandlik) holatlari tarqalganligini respublika miqyosida aniqlash maqsadida epidemiologik tadqiqotlarni oʻtkazish.

4. Texnik kannabis oʻsimligining yangi navlarini yaratish boʻyicha tegishli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

5. Yovvoyi nashazorlarni kimyoviy moddalardan foydalangan holda yoʻq qilish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish.

47.

Giyohvandlikni davolash va reabilitatsiyasi yoʻnalishida ilmiy-tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish.

1. Sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar tobeligiga chalingan bemorlarni tibbiy davolash usullarini yaratish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish.

2. Giyohvandlik vositalari isteʼmolidan kelib chiqadigan kuchli zaharlanish holatlarida inson hayotini saqlab qoladigan vositalarni yaratish boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish.

3. Giyohvandlikning inson geni, kelajak avlod va reproduktiv salomatlikka boʻlgan taʼsirini aniqlash boʻyicha ilmiy tadqiqot va izlanishlarni amalga oshirish.

4. Giyohvandlikka chalingan bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi yoʻnalishida ilmiy-tadqiqotlarni jadallashtirish.

48.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlar va yangiliklar ommaga yetkazilishini taʼminlash.

1. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda alohida platforma yaratish orqali giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishidagi yangiliklarni yoritib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatiga kiruvchi giyohvandlik vositalari boʻyicha izlanishlar va tahlillarni yorituvchi ilmiy nashrni joriy etish.

3. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishiga oid ilmiy ishlar, jurnal, byulleten va tarqatma materiallarni davriy ravishda chop etish.

4. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishiga oid ilmiy va grant loyihalarni amalga oshirish.

1 keyingi oʻrinlarda — giyohvandlik vositalari.
2 keyingi oʻrinlarda — narkojinoyatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoniga
2-ILOVA
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori, Davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

B.D. Islamov

Oliy sud raisi

B.N. Kurbanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

J.A. Qoʻchqorov

iqtisodiyot va moliya vaziri

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

A.I. Ikramov

sport vaziri

E.G. Karimova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

B.E. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

K.K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

O.A. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori

A.A. Djurabayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

Z.B. Maxkamova

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktorining oʻrinbosari, Davlat komissiyasi masʼul kotibi

Izoh: Davlat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoniga
3-ILOVA
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiyaning
NAMUNAVIY TARKIBI

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy komissiya raisi

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, hududiy komissiya raisining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (boshqarmalari) raisi (boshliqlari)

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar organlari rahbarlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi boshqarmalari rahbarlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbarlari, hududiy komissiya masʼul kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 06/24/73/0327-son; 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)