1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi 398-I-son Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi;
ustun mavqega ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etilishi;
tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etishning yangi mezonlari joriy etilganligi, shuningdek, raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini aniqlash va eʼtirof etish tartibi Hukumat tomonidan belgilanishi;
raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakat sodir etilganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda ariza bilan murojaat qilgan jismoniy shaxs, xoʻjalik yurituvchi subyekt hamda yuridik shaxslar birlashmasi tegishlicha maʼmuriy va moliyaviy javobgarlikdan ozod qilinishi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq quyidagilar Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini taʼminlash, “kartel” kelishuvlar hamda til biriktirish holatlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish;
monopoliyaga qarshi kurashish, ustun mavqega ega xoʻjalik subyektlarining, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlarining oʻz mavqeyini suiisteʼmol qilishi va raqobatga qarshi harakatlariga chek qoʻyish.
2. Quyidagilar:
Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi (Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish).
Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:
a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan idoraviy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
b) 2026-yil 1-oktabrga qadar xalqaro yuridik firmani jalb etgan holda, innovatsiyalarni ragʻbatlantirish va sogʻlom raqobat muhitini taʼminlash hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan raqamli platforma operatorining monopoliyaga qarshi tartibga solishning alohida xususiyatlarini belgilovchi tartibni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan alohida tartib kuchga kirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan raqamli platforma operatori faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan umumiy qoidalarga asosan monopoliyaga qarshi tartibga solinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
5. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-may,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga
1-ILOVA
Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
1.Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va eʼtirof etish hamda raqobatni bevosita yoxud bilvosita cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa holatlarni aniqlash tartibini belgilaydi.
2.Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
bir-birining oʻrnini bosadigan tovar — oʻzining belgilangan maqsadi, qoʻllanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha taqqoslanishi mumkin boʻlgan, isteʼmolchi almashtirishga tayyor boʻlgan tovar;
moliya bozori — banklar, kredit, sugʻurta va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatlarni koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻladi;
monopsoniya — bozor holati, bozorda xaridorning hukmron mavqega ega boʻlishi. Monopsoniyada bir nechta sotuvchilar va bir yirik xaridor ishtirok etadi;
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar;
tovar bozori — tovarning, shu jumladan bir-birining oʻrnini bosadigan tovarning (oʻzining belgilangan maqsadi, qoʻllanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha taqqoslanishi mumkin boʻlgan, isteʼmolchi almashtirishga tayyor boʻlgan tovarning) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻladi;
xoʻjalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, davlat ishtirokidagi korxona va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi muassasa, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
3. Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini eʼtirof etish tovar yoki moliya bozori chegaralari doirasida, uning joylashgan va davlat roʻyxatidan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi ularning faoliyati monitoringi va nazoratini amalga oshirish, raqobatga qarshi harakatlarni cheklash (va oldini olish) hamda ular tomonidan ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻymaslik uchun eʼtirof etiladi.
5. Tovar yoki moliya bozoridagi raqobat holatini tahlil qilish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
tovar yoki moliya bozorining tovar chegaralarini aniqlash;
tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhning ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini eʼtirof etish hamda uni bekor boʻlganligini eʼtirof etish.
2-bob. Tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitini tahlil qilishda foydalaniladigan maʼlumotlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
6. Tovar va moliya bozorini oʻrganishda monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslardan, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlaridan, shu jumladan, statistika organlaridan tegishli ravishda maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin, jumladan:
rasmiy statistika maʼlumotlari;
tovarlarning ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, xarid qilish, import va eksport hajmlari;
tovarning realizatsiya narxi va hajmlari;
tovar ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar roʻyxati;
xoʻjalik yurituvchi subyektning hamkorlikdagi faoliyati bilan bogʻliq shartnomalar nusxalari;
tovarlarni realizatsiya qilish uchun tuzilgan shartnomalar nusxalari;
tovarning texnik hujjatlari.
7. Maʼlumot soʻrov olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kechikmasdan monopoliyaga qarshi organga, shu jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan — pochta manzillari koʻrsatilgan holda tovar (ishlar bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi) ishlab chiqaruvchi korxonalar roʻyxati, tovar ishlab chiqarish va sotish hamda chakana va ulgurji savdo hajmining tarmoq korxonalar kesimidagi umumiy miqdori;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan — tovarni import va eksport qilish hajmlarini koʻrsatgan holda ular bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan — ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarilgan tovarning realizatsiyasi hajmi, import va eksport hajmlari, tarmoq korxonalar (savdo shoxobchalari) soni va manzili;
vakolatli organlar, tovar ishlab chiqaruvchilar va (yoki) isteʼmolchilar tomonidan — tovarlarning funksional jihatdan qoʻllanilishi, sifat va texnik tavsifnomalari, narxi va boshqa parametrlari boʻyicha ularning bir-birining oʻrnini bosa olishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi.
Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitini tahlil qilishda tovar sotuvchi korxonalarning elektron hisob-fakturalari, sotilgan tovar cheklari hisobi yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimlaridan foydalanadi.
8. Ustun mavqe yoki ustun muzokara kuchi mavjudligini aniqlashda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan axborot manbalaridan, shuningdek, xaridorlar bilan soʻrovnomalar oʻtkazish natijalari orqali olingan maʼlumotlardan foydalanilishi mumkin.
9. Zarur hollarda tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash uchun maʼlumotlar yetarli boʻlmaganda, monopoliyaga qarshi organ uning mazmunini aniq koʻrsatgan holda, tegishli maʼlumotni qoʻshimcha ravishda soʻrab olishi mumkin.
3-bob. Tovar yoki moliya bozorining tovar chegaralarini aniqlash
10. Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomda belgilangan tovar yoki moliya bozorining chegaralarini aniqlashda respublika, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida yoki ikki va undan ortiq tovar yoki moliya bozorlarini bittaga biriktirish yoʻli bilan tovar bozorining chegaralarini belgilash huquqiga ega.
11. Tovar yoki moliya bozorining chegaralari isteʼmolchilar tomonidan tovarni erkin sotib olish tamoyili boʻyicha aniqlanadi.
Tovarni erkin sotib olish quyidagi shart-sharoitlar mavjud boʻlganda taʼminlanadi:
isteʼmolchilar tomonidan tovarni erkin sotib olish imkoniyati;
tegishli hududda aniq tovarni sotib olish imkoniyati;
tovar qiymatiga nisbatan transport xarajatlarining qoplanishi;
tovarning sifati, ishonchliligi va boshqa isteʼmol xususiyatlarining saqlanishi;
tovarni oldi-sotdi, olib kirish va olib chiqishga cheklovlarning (taqiqlarning) mavjud emasligi;
tovar bozori chegaralari doirasida raqobatning teng shart-sharoitlari mavjudligi.
12. Agar maʼlum bir tovarga mos keladigan aniq tasniflash imkoni mavjud boʻlmasa, tovar tasniflagichning guruhlanishi koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (yoki olib chiqiladigan) tovarlar bilan mos ravishda almashtirilishi mumkin boʻlgan tovarlarni aniqlashda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasidan ham foydalanish mumkin.
13. Tovar va moliya bozorining tovar chegaralarini aniqlashda bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar hisobga olinadi. Bunda bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar vakolatli organlar, ekspertlar, tovar ishlab chiqaruvchilar (xizmat koʻrsatuvchi) va isteʼmolchilar tomonidan tovarlarning funksional jihatdan qoʻllanilishi, sifat va texnik tavsifnomalari, narxi va boshqa parametrlari boʻyicha bir-birining oʻrnini bosa olishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida aniqlanishi mumkin.
4-bob. Tovar va moliya bozoridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozor ulushini aniqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Koʻrib chiqilayotgan bozorning tovar va geografik chegaralari doirasida maʼlum vaqt davomida muomalada boʻlgan tovarning umumiy hajmini va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozordagi ulushlarini hisoblash quyidagi koʻrsatkichlardan biri asosida amalga oshiriladi:
tovarni sotish (xizmat koʻrsatish) hajmi;
tovarni ishlab chiqarish quvvatlari hajmi;
tovarni ishlab chiqarish hajmi;
tovar zaxiralari hajmi;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovar hajmi;
monopsoniya holatidagi tovar yoki moliya bozorlari uchun xarid qilingan tovar hajmi.
Tovar va moliya bozorlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozor ulushini raqobat nuqtai nazaridan aniqroq tavsiflash imkonini beradigan boshqa koʻrsatkichlar qoʻllanilishi mumkin.
Yuqoridagi koʻrsatkichlar naturada yoki qiymat jihatidan ham qoʻllanilishi mumkin.
15. Axborotning mavjudligiga qarab, tovar bozorida faoliyat yuritadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu tovarni sotish hajmlari asosan bir yil, agar tovar bozorining (yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning tovar bozorida) mavjud boʻlish muddati bir yildan kam boʻlsa, u holda tovar bozori (yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning tovar bozorida) mavjud boʻlgan davr ichida aniqlanadi.
16. Bozor hajmi koʻrib chiqilayotgan:
tovar bozorida faoliyat yuritadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu tovarni realizatsiya qilish hajmlarining yigʻindisidan koʻrib chiqilayotgan bozorning geografik chegaralaridagi koʻrib chiqilayotgan tovarning eksport hajmi ayrilgan holda;
moliya bozorida faoliyat yuritadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu moliyaviy xizmat koʻrsatish hajmlarining yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
17. Tovar bozori chegarasida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozor ulushi ushbu subyektning yoki shaxslar guruhining tovarni sotish (xizmat koʻrsatish), ishlab chiqarish quvvatlari va ishlab chiqarish hajmlari, tovar zaxiralari hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovar hajmlari (keyingi oʻrinlarda — realizatsiya qilish hajmi)ning tovar bozori hajmiga nisbati sifatida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
BU=Vo x 100/Vp, bu yerda:
BU — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozor ulushi;
Vo — tovar bozori hududida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarni (shu jumladan, bir-birining oʻrnini bosadigan tovarni) realizatsiya qilish hajmi;
Vp — quyidagi tarzda hisoblanadigan tovar bozorining miqdori:
Vp=Vo1+ Vo2+…+Von+Vi, bu yerda:
Vo1 — Von — tovar bozori hududidagi tovar ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlarni (shu jumladan, bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlarni) realizatsiya qilish hajmi;
Vi — tovar bozori hududida import tovarini (shu jumladan, bir-birining oʻrnini bosadigan tovarni) realizatsiya qilish hajmi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar bozoridagi ulushi belgilangan vaqt oraligʻi, tovar chegaralari va koʻrib chiqilayotgan tovar bozorining geografik chegaralari doirasida belgilanadi.
Tovar bozorida bozorlar ulushlarini hisoblab chiqish uchun hisob-kitobga tovarlarni realizatsiya qilish koʻrsatkichlari asosan natura ifodasida, xizmatlar bozorida esa qiymat shaklida qabul qilinadi. Natura ifodasidagi tegishli koʻrsatkichlar mavjud boʻlmaganda qiymat shaklidagi maʼlumotlar qabul qilinadi.
18. Moliya bozorining yalpi hajmi va xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining bozor ulushining hajmini hisob-kitob qilish koʻrsatilayotgan xizmatlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qiymat yoki miqdoriy ifodalash orqali amalga oshiriladi.
19. Shaxslar guruhining tegishli tovar va moliya bozoridagi ulushi Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq tovar bozori hududida faoliyat yurituvchi va shaxslar guruhini tashkil etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushlari yigʻindisi sifatida belgilanadi.
5-bob. Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini eʼtirof etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang);
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
20. Tovar yoki moliya bozoridagi xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining unga oʻz faoliyatini raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bogʻliq boʻlmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subyektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqedir.
21. Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb eʼtirof etiladi:
agar xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud boʻlmasa;
agar xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa;
agar xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb eʼtirof etilsa;
agar xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan boʻlsa.
Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining (tabiiy monopoliya subyektlari, tovarlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno) tovar yoki moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb eʼtirof etilmaydi.
22. Ustun mavqega ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etiladi.
23. Tovar yoki moliya bozorida quyidagi shartlarning biri yoki bir nechtasi bajarilganda xoʻjalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhi oʻz kontragentlariga nisbatan ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etiladi:
kontragentlar bilan shartnoma tuzishda shartnoma shartlariga bir tomonlama taʼsir oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlganda;
tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda;
narxni belgilashda bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda.
24. Xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini eʼtirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
25. Xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini eʼtirof etish toʻgʻrisida qabul qilingan buyruq asosida monopoliyaga qarshi organ buyruq rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch kun muddatda:
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi yoxud ustun muzokara kuchi eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xabarnoma yuboradi, mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa, bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar qiladi.
26. Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
27. Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt uning nomi oʻzgarganda yoki qayta tashkil etilganda, oʻn kun muddatda bu toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi shart.
28. Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha ustun mavqeyi eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi ushbu narxlarning (tariflarning) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini taʼminlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanishini davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tovar va moliya bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
29. Xoʻjalik yurituvchi subyekt va shaxslar guruhi ustun mavqega ega deb eʼtirof etilgan paytdan eʼtiboran tovarning monopol turiga nisbatan qoʻllaniladigan yangi narxlarni (tariflarni) joriy narxlar (tariflar) oʻzgartirilishidan kamida oʻn besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida hamda oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilishi shart.
30. Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi quyidagi huquqlarga ega:
monopoliyaga qarshi organ ular asosida ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirilgan maʼlumotlar bilan tanishish, davlat sirlari, tijorat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan sir boʻlgan boshqa maʼlumotlardan tashqari;
ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilishi yuzasidan belgilangan tartibda bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
6-bob. Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchining bekor boʻlganligini eʼtirof etish
31. Xoʻjalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchining bekor boʻlganligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi buyruq quyidagi hollarda qabul qilinadi:
tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ularning ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchining bekor boʻlganligini eʼtirof etish darajasigacha oʻzgarganda;
ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tovar turini ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar koʻrsatish) toʻliq toʻxtatilganda;
xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan tugatishga doir ish yuritish qoʻllanilganda.
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida belgilangan holatlar vujudga kelganda, xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi oʻn kun muddatda bu toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi shart.
32. Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini bekor boʻlganligini eʼtirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbari buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga, mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa, bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xabarnoma yuboriladi.
33. Xoʻjalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini eʼtirof etish va uning bekor boʻlganligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tovar va moliya bozorlarini bevosita oʻrganishlar natijalariga koʻra, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlariga asosan monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
34. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organga maʼlumot taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 43-moddasi.
Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
20__ yil “__”________dagi ___-son buyrugʻiga asosan 20__ yil “__” _______dan boshlab ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida
Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi eʼtirof etilgan tovarlar (xizmatlar) va moliyaviy xizmat turlari va nomi:
Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz yilning har choragida chorakning birinchi oyi 10-kunigacha (monopoliyaga qarshi organning nomi)ga yuqorida koʻrsatilgan tovarlarning bir-birligiga realizatsiya qilish narxlarini taqdim etishingiz zarur**.
________
(rahbar)
___________________________
(imzoning yoyilmasi)
Izoh:
* Xabarnoma monopoliyaga qarshi organning rasmiy blankasida yuboriladi;
** Ushbu talab ustun mavqeyi eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
Izoh. Xabarnoma monopoliyaga qarshi organning rasmiy blankasida yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga
2-ILOVA
Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) muvofiq raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan raqamli platforma operatorlariga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
narx algoritmi — narxni oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisoblash, belgilash va nazorat qilish, shu jumladan, ommaviy savdolarda ishtirok etish jarayonida harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminot;
raqamli makon — raqamli platforma orqali foydalanuvchilarning bir nechta guruhlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar amalga oshiriladigan bir yoxud bir nechta tovar yoki moliyaviy bozordagi tovarning muomala doirasi;
raqamli mahsulotlar — intellektual mulk obyektlarining elektron koʻchirma nusxalari, maʼlumotlar, kriptoaktivlar, shuningdek, raqamli makonda haq evaziga yoxud bepul olish, foydalanish yoki realizatsiya qilishga qaratilgan muayyan harakatlarni yoki faoliyatni amalga oshirishni talab qiladigan tovar yoki davlat xizmati;
raqamli platforma — raqamli mahsulotlardan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali haq evaziga yoki bepul foydalanishni taʼminlovchi axborot tizimi;
raqamli platforma operatori — raqamli platformaning faoliyatini tashkil etuvchi va undan barcha foydalanishi uchun manfaatdor tomonlarga shartlarni belgilovchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
tarmoq samarasi — raqamli platformaning bir guruh foydalanuvchilari soni oʻzgarishi hisobiga foydalanuvchilarning boshqa bir guruhi uchun tovar qadrining oʻzgarishi va buning natijasida raqamli platforma operatori tomonidan foydalanuvchilarning maʼlumotlarini toʻplash va qayta ishlash hisobiga iqtisodiy afzalliklar hamda oʻzining bozordagi ulushini saqlab turish yoki oshirish imkoniyatiga ega boʻlish;
tadbirkor foydalanuvchi — raqamli platforma orqali oʻz tovarlarini yakuniy foydalanuvchiga haq evaziga yoki bepul taqdim etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar;
yakuniy foydalanuvchi — raqamli platforma orqali raqamli mahsulotlardan haq evaziga yoki bepul foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
3. Raqamli platformalar quyidagi shaklda boʻlishi mumkin:
elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar);
davlat xaridlari va xizmatlari platformalari;
yakuniy foydalanuvchilarga tadbirkor foydalanuvchilar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi agregatorlar (vositachi);
umumiy yoki targetlashgan onlayn qidiruv tizimlari;
onlayn xaritalar;
yangiliklar agregatorlari;
video (shu jumladan, televideniye va kino) va audio (shu jumladan, musiqa) kontentini onlayn uzatish yoki almashish platformalari;
turli formatdagi fayllardan foydalanish yoki almashish platformalari;
ijtimoiy tarmoqlar;
onlayn oʻzini oʻzi band qilganlar (frilansing) xizmatlari agregatorlari;
4.Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi raqamli makon chegaralari doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan ochiq maʼlumotlar, shuningdek, raqamli platforma operatorlari, tadbirkor va yakuniy foydalanuvchilar, davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga soʻrov joʻnatish natijasida olingan axborotlar tahlili asosida eʼtirof etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
5.Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini eʼtirof etishda quyidagilar monopoliyaga qarshi organ tomonidan tahlil orqali aniqlanadi:
raqamli makon chegaralari;
raqamli makon chegaralari doirasidagi bozorda faoliyat yuritayotgan raqamli platforma operatorlari;
raqamli platforma operatorining oxirgi kalendar yildagi tushumi miqdori, agar raqamli platforma operatorining raqamli makondagi faoliyatining boshlanganiga bir yil toʻlmagan boʻlsa, u holda uning oʻz faoliyatini boshlagan vaqtdan tahlil oʻtkazish vaqtiga qadar boʻlgan davrdagi tushumi miqdori;
bevosita va bilvosita tarmoq samarasining mavjudligi;
foydalanuvchilarning turli raqamli platformalardan bir vaqtning oʻzida foydalanish imkoniyati mavjudligi va ularni almashtirish boʻyicha xarajatlar miqdori;
raqamli platforma operatorining raqobat muhitiga taʼsir qilayotgan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan foydalanuvchilarning shaxsiy va boshqa maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi.
6. Monopoliyaga qarshi organ raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini eʼtirof etishda raqamli makonning geografik chegaralarini jahon, mintaqaviy, shuningdek, respublika yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun alohida yoki ikki yoxud undan ortiq tovar yoki moliya bozorlari chegaralarini birlashtirish orqali belgilashga haqli.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
8. Quyidagi shartlarning biriga rioya qilinganda hamda bevosita va bilvosita tarmoq samarasi mavjud boʻlganda raqamli platforma operatori ustun mavqega ega deb eʼtirof etiladi:
raqamli platforma operatorining raqamli makon chegaralari doirasida soʻnggi kalendar yilda, agar raqamli platforma operatorining oʻz faoliyatini boshlanganiga bir yil toʻlmagan boʻlsa, u holda tahlil oʻtkazish vaqtiga qadar boʻlgan davrdagi tushumi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravariga teng yoki undan yuqori boʻlsa;
raqamli platformaning faol yakuniy foydalanuvchilarining umumiy oʻrtacha soni har oyda kamida ellik mingni yoki faol tadbirkor foydalanuvchilarning oʻrtacha soni har oyda kamida uch mingni tashkil etsa.
Raqamli platformadan bepul foydalanish imkoniyati yaratilganligi uning operatorining ustun mavqeyi eʼtirof etilishini istisno etmaydi.
Raqamli platforma operatori Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega deb eʼtirof etilgan boʻlsa, u holda mazkur bandning birinchi — uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar ustun mavqega ega deb eʼtirof etiladi.
Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini eʼtirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Raqamli platforma operatoriining ustun mavqeyi eʼtirof etilgan kundan eʼtiboran uch kun muddatda monopoliyaga qarshi organ bu haqda unga xabarnoma yuboradi.
9. Raqamli platforma operatori mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan koʻrsatkichlarga erishgan sanadan eʼtiboran ikki oy muddatda monopoliyaga qarshi organni xabardor qiladi.
10. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi eʼtirof etilgan kundan eʼtiboran uch kun muddatda monopoliyaga qarshi organ bu haqda unga xabarnoma yuboradi.
11. Monopoliyaga qarshi organ ustun mavqega ega deb eʼtirof etilgan raqamli platforma operatorlari roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
12. Monopoliyaga qarshi organ har uch yilda bir marta ustun mavqega ega deb eʼtirof etilgan raqamli platforma operatorlarining mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan shartlarni qanoatlantirishini oʻrganadi.
13. Ustun mavqega ega deb eʼtirof etilgan paytdan eʼtiboran raqamli platforma operatori oʻz xizmati uchun narxlar yoki raqamli platformadan foydalanish shartlari oʻzgarishidan kamida oʻn besh kun oldin bu toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida hamda oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilishi shart.
14.Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilgan raqamli platforma operatori quyidagi huquqlarga ega:
monopoliyaga qarshi organ ular asosida ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilishi bilan bogʻliq maʼlumotlar bilan tanishish, davlat sirlari, tijorat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan sir boʻlgan boshqa maʼlumotlardan tashqari;
ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilishi yuzasidan belgilangan tartibda bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
3-bob. Raqamli platforma operatoriningustun muzokara kuchi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
15. Ustun mavqega ega boʻlmagan raqamli platforma operatori quyidagi hollarda ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etiladi:
foydalanuvchilar uchun koʻrsatilgan xizmatga muqobil xizmatlarni taqdim etadigan boshqa raqamli platforma operatori mavjud boʻlmaganda;
muqobil xizmatni taqdim etuvchi boshqa raqamli platforma operatori mavjud boʻla turib, uning xizmatidan foydalanish qiyin boʻlganda;
turli raqamli platformalardan bir vaqtning oʻzida foydalanish imkoniyati cheklanganda;
raqamli platforma operatori tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning narxlari, sifati va hajmi, hudud kabi shartlariga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda.
16. Raqamli platforma operatorining ustun muzokara kuchini eʼtirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va raqamli platforma operatorining ustun muzokara kuchi eʼtirof etilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda monopoliyaga qarshi organ bu haqda unga xabarnoma yuboradi.
17. Monopoliyaga qarshi organ ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilgan raqamli platforma operatorlari roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
4-bob. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi va ustun muzokara kuchiga egaligini bekor qilish
18.Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchiga egaligi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
mazkur Nizomning 8 va 15-bandlarida koʻrsatilgan shartlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
raqamli platforma operatori tomonidan xizmat koʻrsatish toʻliq toʻxtatilganda;
raqamli platforma operatoriga nisbatan tugatishga doir ish yuritish qoʻllanilganda.
Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi bekor boʻlganligini eʼtirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbari buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga xabarnoma yuboriladi.
5-bob. Ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilishni taqiqlash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.03 Tovarlarni yetkazib berish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang);
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
19. Ustun mavqe yoki ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilgan raqamli platforma operatorlariga maʼlumotlar, texnologiyalar va raqamli mahsulotlardan foydalanish haqidagi talablarni belgilash orqali raqobatni cheklashga va foydalanuvchilarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
yakuniy foydalanuvchilarga oldindan oʻrnatilgan ilovalarni osongina oʻchirish yoki ularga raqamli platformaning tovar va xizmatlariga yoʻnaltiruvchi operatsion tizimlar, virtual yordamchilar yoki veb-brauzerlardagi standart sozlamalarni oʻzgartirishga ruxsat bermaslik va asosiy xizmatlar uchun tanlov ekranlarini taqdim etmaslik;
yakuniy foydalanuvchilarga raqamli platformadan foydalanadigan yoki ular bilan oʻzaro ishlaydigan uchinchi tomon ilovalari yoki ilovalar doʻkonlarini oʻrnatish imkoniyatini cheklash;
yakuniy foydalanuvchilarga raqamli platformaning asosiy xizmatlariga obunani osonlik bilan bekor qilish imkoniyatini cheklash;
raqamli platformada maʼlumotlar konfidensialligi va xavfsizligi, reklama kontenti, boshqa yetkazib beruvchiga oʻtish osonligi darajasi yoki isteʼmol qiymatini belgilovchi har qanday boshqa oʻlchovning sifati va darajasini asossiz pasaytirish;
uchinchi shaxslarga raqamli platformaning oʻz xizmatlari bilan oʻzaro ishlash imkoniyatini cheklash;
raqamli platformada reklama beruvchi kompaniyalarga raqamli platformaning faoliyati samaradorligini oʻlchash vositalaridan erkin foydalanish va joylashtirgan reklamasini oʻzlari mustaqil nazorat qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini bermaslik;
tadbirkor foydalanuvchilarga raqamli platformadan tashqarida oʻz takliflarini ilgari surish va mijozlar bilan shartnomalar tuzish imkoniyatini cheklash;
tadbirkor foydalanuvchilarga raqamli platformadagi faoliyati natijasida hosil boʻlgan maʼlumotlarni erkin olishga toʻsqinlik qilish;
raqamli platformada oʻzi bilan raqobatchi boʻlgan tadbirkor foydalanuvchilarning maʼlumotlaridan ruxsatisiz foydalanish;
raqamli platformaning oʻz tovari yoki xizmatlarini oʻz foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarnikiga nisbatan qulayroq tarzda tasniflash;
raqamli platformalar ilovalar doʻkonlarida joylashtirish uchun ilovalarni yaratuvchilarga raqamli platformalar xizmatlaridan majburiy foydalanishni talab qilish;
raqamli platformalar ruxsatisiz raqamli platformalardan tashqarida targetlashtirilgan reklama maqsadida oxirgi foydalanuvchilarni kuzatishni taqiqlash;
oʻz platformasida tadbirkorlik subyektlari boʻlgan foydalanuvchilar bilan raqobatlashganda, ularga oʻz maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini cheklash;
oʻz tovariga uchinchi shaxslarning tovariga nisbatan afzallik berish;
foydalanuvchilardan shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni majburan qabul qilishni talab qilish;
tovarni realizatsiya qilish yoki olishda kamsituvchi shartlarni belgilash, shu jumladan, tovarlardan foydalanish shartlarini kiritish;
raqamli platformaning tadbirkor foydalanuvchi tomonidan boshqa tovarlarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarlarni oʻzga raqamli platformalardan foydalana olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan oʻzini tiyish sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berish;
tegishli tovarni raqamli platforma orqali realizatsiya qilish yoki sotib olish imkoniyati (ehtiyoji) boʻla turib, shartnoma tuzishdan, tuzilgan shartnoma boʻyicha tovar yetkazib berishdan, tovarlarni realizatsiya qilish hajmlari va muddatlari boʻyicha ular bilan tuzilgan shartnomalarning shartlariga rioya qilmasdan, tovarlarni qabul qilish yoki uning haqini toʻlashdan bosh tortish, shartnomani bekor qilish;
bozorga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishiga toʻsiqlar qoʻyishi, shuningdek, boshqa oʻzaro bogʻliq (yondosh) raqamli platforma xizmati bozorlarida raqobatni cheklashga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda oʻz mavqeyidan foydalanish;
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oʻz infratuzilma obyektlari, tarmoq infratuzilmasi (chakana savdo tarmogʻi, filial tarmogʻi, shu jumladan, franshizing yoki dilerlik (agentlik) asosida yoki uning bir qismi) yoki operatsion tizimi, dasturiy taʼminoti, onlayn qidiruv tizimi, mobil ilova yoxud raqamli platformadan foydalanishga, undan birgalikda foydalanish imkoniyati boʻla turib, ruxsat berishni rad etish;
nol narx qoʻllanadigan raqamli bozorda maʼlumotlar konfidensialligi va xavfsizligi, reklama kontenti, boshqa yetkazib beruvchiga oʻtish osonligi darajasi yoki isteʼmol qiymatini belgilovchi har qanday boshqa oʻlchovning sifati va darajasini asossiz pasaytirish;
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish yoki sotib olishni taqiqlash yoxud cheklash;
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tatbiq etiladigan tovarlar uchun belgilangan narx miqdoridan ortiq haq olish yoki narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olish.
Ushbu Nizomning mazkur bandi talablarini buzish holatlari aniqlanganda, ustun mavqega va ustun muzokara kuchiga ega raqamli platforma operatorlari hamda ularning mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan javobgarlik qoʻllaniladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Raqamli platformaoperatorlari va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organga maʼlumot taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga
3-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish va ularning ushbu maqomini bekor qilish tartibini belgilaydi.
2. Tabiiy monopoliya — tovar bozorining holati boʻlib, unda texnologik oʻziga xos xususiyatlar tufayli tovarlarning muayyan turiga boʻlgan talabni qanoatlantirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaydi.
Tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshiradigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning bir qismida tarmoq infratuzilmasiga ega boʻlgan, shu jumladan, quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etiladi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
neft, neft mahsulotlarini quvur orqali transportirovka qilish;
gazni quvur orqali transportirovka qilish va taqsimlash;
elektr va issiqlik energiyasini transportirovka qilish va taqsimlash;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar infratuzilmasi xizmatlari;
quvurlar orqali ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati;
aeronavigatsiyalar va aeroportlar xizmatlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi organ) ushbu Nizomga muvofiq tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etadi va ularning ushbu maqomini bekor qiladi.
4. Tabiiy monopoliya subyektlari deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb-saytida har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar eʼlon qilinadi.
5. Tabiiy monopoliya subyektlari deb eʼtirof etish va ularning ushbu maqomini bekor qilish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarni (hujjatlarni) monopoliyaga qarshi organ tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan soʻrab olish va tahlil qilish tekshirish hisoblanmaydi.
6. Asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliyalar sohasida faoliyat yuritganda tabiiy monopoliya subyektlari hisoblanmaydi.
Bunda ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlar (tariflar) asossiz oshirilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, tadbirkorlar va isteʼmolchilar huquqlari hamda manfaatlarining kamsitilishiga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablari qoʻllaniladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy faoliyat turi statistika organlarining korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrida qayd etilgan Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash (IFUT) kodi hamda taʼsis hujjatlari asosida aniqlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
2-bob. Tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar]
7. Asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliyaning turli sohalarida faoliyat koʻrsatganda, har bir faoliyat turi boʻyicha tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etiladi.
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliya subyektlari sifatida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda boshqa manbalardan olingan tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarilayotganligi (realizatsiya qilinayotganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida eʼtirof etiladi.
9. Tabiiy monopoliya subyektini eʼtirof etish masalasini koʻrib chiqishda monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektga ushbu Nizomga ilovadagi shaklda soʻrovnoma (anketa) yuboradi.
10. Xoʻjalik yurituvchi subyekt soʻrovnomani olgan paytdan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan, soʻrovnomani toʻldiradi va monopoliyaga qarshi organga taqdim etadi.
Monopoliyaga qarshi organ taqdim etilgan soʻrovnoma maʼlumotlarini mazkur Nizomning 2 va 6-bandlarida qayd etilgan talablarga muvofiqligini va xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan faoliyat turlari boʻyicha tovarlar yoki xizmatlar realizatsiya qilinayotganligini oʻrganadi.
Soʻrovnomani toʻldirishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan taqdirda, qayta ishlash va taqdim etish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektga besh ish kunida qaytaradi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan soʻrovnoma maʼlumotlaridan uning mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan talablar yoki faoliyat turlariga muvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu faoliyat turlari boʻyicha tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etilishiga asos boʻladi.
11. Xoʻjalik yurituvchi subyektni tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
12. Tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish toʻgʻrisidagi xabarnoma monopoliyaga qarshi organ tomonidan tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektga va narxni (tarifni) tartibga soluvchi organga buyruq rasmiylashtirilgandan keyin besh ish kunida yuboriladi.
13. Tabiiy monopoliya subyekti uni tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqarilayotgan (realizatsiya qilinayotgan) tovarlar narxlari (tariflari) yoki ularning eng yuqori darajalarini tasdiqlash uchun narxni (tarifni) tartibga soluvchi organga murojaat qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanishini davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tovar va moliya bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi toʻgʻrisidagi nizom.
Tabiiy monopoliya sifatida eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlarni faqat oʻz ehtiyojlari yoki fors-major holat yuzaga kelgan vaziyatlarda texnologik kamchiliklarni bartaraf etish uchun tabiiy va texnogen tusdagi avariya yoki favqulodda holatlarda hamda ushbu tovarlarni qisqa muddatlarda (vaqt oraligʻi uch oygacha) realizatsiya qilgan taqdirda, ular boʻyicha narx (tariflari) erkin (kelishilgan holda) belgilanadi.
14. Tabiiy monopoliya subyektining joylashgan manzili (pochta manzili), tashkiliy huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, IFUT kodi oʻzgargan taqdirda, oʻn ish kunida bu haqda monopoliyaga qarshi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
3-bob. Tabiiy monopoliya subyekti maqomini bekor qilish tartibi
15. Quyidagi hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektining tabiiy monopoliya subyekti maqomi bekor qilinadi:
xoʻjalik yurituvchi subyekt qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddasi.
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tabiiy monopoliya sharoitida tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) toʻxtatilganda, lekin tabiiy monopoliya tovarlarini realizatsiya qilishni toʻxtatish vaqti uch oydan erta boʻlmasa;
tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha faoliyati asosiy faoliyat turi boʻlmaganda.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
16. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tabiiy monopoliya subyekti maqomini bekor qilish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
17. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tabiiy monopoliya subyekti maqomini bekor qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma monopoliyaga qarshi organ tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektga va narxni (tarifni) tartibga soluvchi organga buyruq rasmiylashtirilgandan keyin besh ish kunida yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
18. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
19. Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish va ushbu maqomni bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlaridan norozi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar belgilangan tartibda bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Tabiiy monopoliya subyekti hamda ishlab chiqarilgan va/yoki realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)* hajmlari toʻgʻrisida soʻrovnoma
(anketa)
T/r
Koʻrsatkichlarning nomi
Axborot va koʻrsatkichlar
1.
Tabiiy monopoliya subyektining toʻliq nomi
2.
Yuqori tashkilotning nomi (mavjud boʻlganda)
3.
Tabiiy monopoliya subyekti joylashgan joy (pochta manzili), telefon raqami, faksi, elektron pochtasi
4.
Rahbarning F.I.O.
5.
Bank rekvizitlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)
6.
Ustav kapitali tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ustav kapitali summasi, muassislar, aksiyadorlar (qatnashchilar) tarkibi)
7.
Faoliyatining asosiy turi
8.
Tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan faoliyat turi
Tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan faoliyat turining koʻrsatiladigan respublika, viloyat, tuman va shaharlari nomi
9.
_________da tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) (davr) hajmi
natura ifodasida
mln soʻm
10.
_________da keyinchalik tashish (berish) uchun tabiiy monopoliya sharoitlarida sotib olingan tovarlar (davr) hajmi **
natura ifodasida
mln soʻm
11.
_________da tabiiy monopoliya sharoitlarida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilgan, ishlab chiqarilgan (sotib olingan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) (davr) hajmi
boshqa isteʼmolchilarga — yuridik shaxslarga tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning umumiy hajmi ***
natura ifodasida
mln soʻm
Abonentlar soni
Izohlar:
* Tabiiy monopoliya sohasida faoliyatning bir nechta turlari bir vaqtda amalga oshirilgan taqdirda, faoliyatning har bir turi boʻyicha alohida soʻrovnoma toʻldiriladi.
** Ustun tabiiy monopoliya sohasida tovarlarni tashish (subisteʼmolchilarga yetkazib berish) bilan shugʻullanuvchi tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan toʻldiriladi.
*** Soʻrovnomaga viloyatlar boʻyicha isteʼmolchilar roʻyxati ilova qilinadi (10 — 20 ta).
Rahbar
___________
(imzo)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga 4-ILOVA
Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
tovar yoki moliya bozorida oʻzaro raqobatlashadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash tartibini;
tovar yoki moliya bozorida oʻzaro raqobatlashmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash tartibini;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlariga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan yoki akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar), yuridik shaxslarning birlashmalari oʻrtasidagi hamda savdolardagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash tartibini;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning raqobatga qarshi tuzgan kelishuvi yoki muvofiqlashtirilgan harakatlari boʻyicha maʼlumotni birinchi boʻlib taqdim etganda, javobgarlikdan ozod etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
isteʼmolchi — xoʻjalik yurituvchi subyektdan tovarni oluvchi, tovarga buyurtma beruvchi yoxud tovarni olish yoki unga buyurtma berish niyatida boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
monopoliyaga qarshi organ — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlari;
muvofiqlashtirilgan harakatlar — ikki yoki undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulardan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan, birining harakatlari boshqasiga maʼlum boʻlgan yoki ulardan har birining harakatlaridan kelib chiqqan holda bajariladigan, raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashga va (yoki) raqobat sharoitlarida isteʼmolchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻzaro kelishilmagan harakatlari;
raqobatga qarshi kelishuvlar — tovar yoki moliya bozorida ikki va undan ortiq tarafning raqobatni cheklashga yoki isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan yoxud olib kelishi mumkin boʻlgan, bitta yoki bir nechta hujjatda aks ettirilgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek, ogʻzaki shakldagi shartlashuvi;
raqobatlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — bitta tovar yoki moliya bozoridagi raqobatchilar, shu jumladan, salohiyatli raqobatchilar hisoblanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
raqobatlashmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar — turli tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
tovar — faoliyatning sotib olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar;
3. Raqobatlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, salohiyatli raqobatchilar oʻrtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda quyidagilarga qaratilgan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar taqiqlanadi hamda oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb topiladi:
narxlarni (tariflarni), chegirmalarni, ustamalarni, qoʻshimcha toʻlovlarni yoki ustama narxlarni sunʼiy ravishda belgilash yoki saqlab turish, erkin bozor narxlarining qaror topishiga toʻsqinlik qilish;
taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olish, tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklashni kelishib olish;
eng yaxshi takliflarni tanlashda, tenderlarda, auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda (keyingi oʻrinlarda — savdolar) narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turish;
tovar yoki moliya bozorini hududiy prinsip, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi, tovarlarning xillari yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olish yoxud mahsulot sotiladigan bozorlar ustidan nazorat oʻrnatish;
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muayyan tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, buyurtmachilar sifatida tovar yoki moliya bozoriga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlashtirish yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektlarni muayyan bozorga kiritmaslik;
ayrim sotuvchilar yoki sotib oluvchilar bilan shartnomalar tuzishda shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan, moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish yoʻli bilan shartnomalar tuzish.
4. Raqobatlashmayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik shaxslar birlashmasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan raqobatga qarshi kelishuvlariga hamda muvofiqlashtirilgan harakatlariga, agar bunday kelishuvlar va harakatlar pirovard natijada ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi, shu jumladan, quyidagi kelishuvlar va harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi:
sotuvchining yoki sotib oluvchining hududni yoxud sotib oluvchilar doirasini tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida mustaqil ravishda belgilashini cheklaydigan kelishuvlari va harakatlariga;
tovarlarni qayta sotish uchun narxlarga cheklovlar belgilaydigan kelishuvlari va harakatlariga;
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqaradigan tovarlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishuvlari va harakatlariga.
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aloqador boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashqi muvofiqlashtirish, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan oqibatlardan biriga olib kelsa, taqiqlanadi.
6. Agar raqobatga qarshi kelishuvlar va harakatlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, texnika taraqqiyotini yuksaltirishga, innovatsiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirishga, ishlab chiqarish va tovarlarni realizatsiya qilish hajmlarini koʻpaytirishga yoki iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar yoki moliya bozoridagi raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan boʻlsa, ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan taqiqlar mazkur kelishuvlar va harakatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Raqobatga qarshi kelishuvlar, muvofiqlashtirilgan harakatlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
7. Raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar belgilari monopoliyaga qarshi organ tomonidan tovar va moliya bozorlarini oʻrganish, yuridik va jismoniy shaxslarning, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining murojaatlarini koʻrib chiqish, ommaviy axborot vositalarining xabarlarini hamda tegishli organlarning raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar belgilarining mavjudligini koʻrsatadigan maʼlumotlarini oʻrganish davomida aniqlanadi.
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, yuridik shaxslarning birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens joriy etilganligi va masʼul shaxs tayinlanganligi, u tomonidan raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari boʻyicha holatlar koʻrib chiqilganligi oʻrganiladi.
8. Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning belgilari hisoblanadi:
taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida tovarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish hajmlarini, shu jumladan, tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklashni kelishish;
narxlarni sunʼiy tarzda oshirish yoki pasaytirish toʻgʻrisida kelishuv;
bir xil preyskurantni yoki narxni tasdiqlaydigan buyruq (bayonnoma, farmoyish)ni qoʻllash;
tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish hajmlariga chekovlar (kvotalar) belgilash, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
narxni oshirish yoki pasaytirish uchun individual iqtisodiy sabablar, umumiy tashqi omillar mavjud boʻlmagan holatda narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda oshirish (pasaytirish), shu jumladan, amaldagi narxlar (tariflar) asosida tovarni yangi xaridorlar tomonidan sotib olinishini cheklash;
oʻxshash tovarni ishlab chiqarishga yoki sotib olish yoxud realizatsiya qilish xarajatlarining turli miqdorlarida yagona narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda belgilash;
bozorda yagona narxlarni belgilash maqsadida tovar qoldiqlarini qoʻshimcha baholash;
chegirmalarni, qoʻshimcha toʻlovlarni, ustama yoki narxga oid boshqa koʻrsatkichlarni belgilash yoki saqlab turish;
bozorda talab yuqori boʻlgan sharoitda tanqislik va narxlar oshishini keltirib chiqarish maqsadida kelgusida tovarlarni qayta sotish uchun ishlab chiqarilgan, amalda sotib olingan yoki import qilingan tovarlarni bozorga yetkazib berish hajmlarini bir vaqtda yoki ketma-ketlikda kamaytirish va (yoki) tugatish;
turli yetkazib beruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan tovarlarga yuqori narxlarni (tariflarni), chegirmalarni, ustamalarni, qoʻshimcha toʻlovlarni saqlab turish;
shartnoma tuzish mumkin boʻlgan sharoitda ayrim xaridor yoki sotuvchilar bilan shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish;
tovarlarni muayyan mintaqalarda realizatsiya qilishga yoki xaridlar hajmi, tovarlarning xillari yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olishga kelishish;
savdolar ishtirokchilari tomonidan narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga kelishish;
savdo ishtirokchilari turli manzillarda joylashgan holatda ular tomonidan aynan bir manzildan va bir xil takliflarni taqdim etish;
savdolarning operatorlari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) komissiya aʼzolari bilan oʻzaro manfaatdor boʻlgan yoxud ular bilan affillangan shaxslarning savdolarda ishtirok etish;
savdolarning ikki va undan ortiq oʻzaro affillanmagan yoki boshqacha tarzda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan ishtirokchilarining takliflari ayni bir shaxs tomonidan berilishi;
savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilariga savdolarda ishtirok etmaslik, ularni tark etish, savdolarda muayyan narxlarni taklif etish haqida koʻrsatma berish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aloqador boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni muayyan hududda amalga oshirmaslik va ularni toʻxtatib turish yoki tugatish haqida koʻrsatma berish, shuningdek tovar narxlarini va ularning hajmlarini belgilash.
9. Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish belgilarini aniqlashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
raqobatga qarshi kelishuv va muvofiqlashtirilgan harakat belgilari paydo boʻlganligi haqidagi xabarlarni va signallarni qabul qilish;
raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarda qatnashgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va (yoki) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari doirasini aniqlash;
bir-birining oʻrnini bosishini hisobga olgan holda, muayyan tovarning muomalada boʻlish chegaralarini aniqlash;
raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga toʻgʻri keladigan bozor ulushlarini aniqlash;
yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtiradigan toʻsiqlarning mavjudligini aniqlash;
ishlab chiqarish sharoitlarining oʻxshashligini hamda tovarni ishlab chiqarish xarajatlarining taqqoslanuvchanligini, tovarning qiymatidagi yagona narxlarni belgilashga va bitimlar tuzishga sabab boʻladigan doimiy xarajatlar salmogʻini aniqlash;
iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish hamda raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarga koʻmaklashadigan axborotlar bilan almashish uchun axborot taqdim etishlari mumkin boʻlgan respublika va mahallaiy ijro etuvchi hokimiyat organlari mavjudligini aniqlash;
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlarni ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning, shuningdek, ularning tovarlariga narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishini oʻrganish;
aksiyalarning (ulushlarning) nazorat paketlariga ega boʻlish orqali boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan yetkazib beruvchilar yoki isteʼmolchilar ustidan nazoratning mavjudligini aniqlash;
bozorda narxlarning qaror topayotgan oʻzgarishlarini oʻrganish va sharoitlari boʻyicha oʻxshash boʻlgan boshqa bozorlardagi narxlar bilan ularni taqqoslash;
raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar sodir etilishining bevosita yoki bilvosita dalillarini aniqlash;
tovar yoki moliya bozorida davlat tomonidan tartibga solish mavjud boʻlgan taqdirda, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga qarama-qarshiliklarning mavjud emasligini aniqlash.
3-bob. Raqobatga qarshi kelishuv, muvofiqlashtirilgan harakatlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning dalillari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
10. Raqobatga qarshi kelishuv, muvofiqlashtirilgan harakatlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning dalillari bevosita va bilvosita boʻlishi mumkin.
11. Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning hamda iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning bevosita dalillari hisoblanadi:
kelishuvlar sodir etilganligini yoki ularni sodir etish rejalashtirilganligi nazarda tutuvchi kelishuv ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar);
kelishuv ishtirokchilaring telefon soʻzlashuvlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan yozishmalari;
xatlar, qarorlar (bayonnomalar), hisobraqamlar, yuk xatlari, preyskurantlar, toʻlov topshiriqnomalari;
kelishuv haqida dalolat beruvchi yozuvlar, qaydlar va boshqa hujjatlar;
kelishuv ishtirokchilarining, shu jumladan kelishuvda ishtirok etish taklifini olgan lekin unga qoʻshilishni rad etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning koʻrsatmalari va guvohliklari;
kelishuvlar haqida maʼlumotga ega uchinchi shaxslarning guvohlik koʻrsatmalari.
12. Quyidagilar haqidagi har qanday maʼlumotlar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning hamda iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning bilvosita dalillari hisoblanadi:
axborotlarni ogʻzaki yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ayirboshlash;
narxlarni oshkora eʼlon qilish zarurati mavjud boʻlmagan holda eʼlon qilish;
raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etilishiga olib keladigan bir xil va sinxron harakatlarni amalga oshirish;
narxni oshirish yoki pasaytishi uchun individual iqtisodiy sabablar, umumiy tashqi omillar mavjud boʻlmagan holatda narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda oshirish (pasaytirish), shu jumladan, amaldagi narxlar (tariflar) asosida tovarning yangi xaridorlar tomonidan sotib olinilishini yoki undan foydalanilishni cheklash;
tovarni ishlab chiqarishga yoki sotib olish yoxud realizatsiya qilish xarajatlarining turli miqdorlarida yagona narxlarni paralell yoki ketma-ketlikda belgilash;
tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklash;
tovarlar yoki ularning hajmi muayyan mintaqalarda realizatsiya qilishining cheklanganligi yoki mavjud emasligi;
muayyan tovar va moliya bozorlariga nisbatan tovar narxlarining oʻta yuqori darajada boʻlishi;
raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar ishtirokchisi sifatida koʻrilayotgan shaxslarning uchrashuvlari, shu jumladan, bir paytda va bir xil joyga amalga oshirilgan tashriflari;
turli savdolarda aynan bir hoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishtirok etishi va (yoki) ularning savdolarda ishtirok etish va narxlarni taklif etish boʻyicha ketma ketlik (navbat) sxemasi mavjudligi;
savdolarda ishtirokchilarning asossiz ishtirok etishdan voz kechish;
savdolarda toʻsatdan tender gʻolibining savdo natijalari boʻyicha shartnoma tuzishni rad etishi;
savdolarda gʻolib tomonidan ushbu savdolar ishtirokchilari bilan subpudrat shartnomasini tuzish;
muayyan hududdagi savdolarda boshqa hududlar bilan taqqoslaganda, doimiy va oʻzgarmas narx darajasi;
savdolarda narxning jamoaviy holda oʻzgarishi yoki oshishi;
savdolarga yangi ishtirokchi qoʻshilganda, boshqa ishtirokchilar tomonidan narx boʻyicha takliflari keskin koʻtarilishi yoki ketma-ketlikda koʻtarilib savdo yakunlari boʻyicha shartnoma tuzish rad etilishi;
savdolarga yangi ishtirokchi qoʻshilganda narxlar birdan pasayib ketishi;
savdo ishtirokchilari taqdim etgan hujjatlarda bir xil hisob-kitoblar, shakllar yoki xatolar mavjudligi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aloqador boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularning iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatiga tashqi taʼsir koʻrsatuvchi ogʻzaki yoki yozma koʻrsatmalar.
13. Vakolatli organ tomonidan kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning sodir etilganligini tasdiqlovchi, ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida nazarda tutilgan dalillardan tashqari qoʻshimcha dalillar tovar va moliya bozorlarida amalga oshirilgan tahlillar va oʻrganishlar davomida aniqlanishi mumkin.
4-bob. Savdolardagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
14. Savdolardagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
savdolarni oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish;
savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda ishtirok etish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratish;
savdolarga oid hujjatlarga va qoidalarga, shu jumladan, eʼlonning matniga ishtirokchilar oʻrtasida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan talablarni kiritish;
savdolarning oʻtkazilish jarayoniga va natijalariga taʼsir koʻrsatish;
savdolarda talabning oʻzgarishiga, narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yolgʻon, asossiz maʼlumotlarni tarqatish;
savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) savdolar ishtirokchilari tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
elektron tarzda oʻtkaziladigan savdolarda narxlarning sunʼiy ravishda shakllantirilishiga olib keladigan narx algoritmidan, yaʼni tovarlar narxini oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisob-kitob qilish, belgilash va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminotdan foydalanish;
savdolarda savdo shartlarini bir necha marta bajarmaslik natijasida tovarning narxlarini raqobat mavjud boʻlganda shakllangan narxlardan (talab, taklif yoki ishlar hajmidan) ancha oshirish;
buyurtmachining yoki sotuvchining savdolar natijalariga koʻra shartnoma tuzishdan asossiz ravishda boʻyin tovlashi.
Birja savdolarini oʻtkazish chogʻida raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
birja savdolarini oʻtkazish jarayoniga taʼsir koʻrsatadigan, shu jumladan, hiyla-nayrang hisoblanadigan harakatlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
birja savdolari ishtirokchilarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin oshishiga yoki qatʼiy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
birja shartnomasi boʻyicha barcha xaridorlarga savdolarda teng ishtirok etish imkoniyatini cheklaydigan lotlarni belgilash;
toʻlovning va yetkazib berishning asoslanmagan muddatlarini, shuningdek, oʻxshash mahsulotni sotuvchilar tomonidan belgilangan shartlardan jiddiy farq qiluvchi alohida shartlarni joriy etish;
birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini cheklaydigan alohida shartlarni koʻrsatish;
tovarlarni savdoga qoʻyish jadvallarini birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga qoʻymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq boʻlmagan hajmda qoʻyish;
birja savdolari davomida birjaning muayyan ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilarning buyurtmalariga nisbatan narxi noodatiy tarzda katta farq qiluvchi buyurtmalar berish, keyinchalik mazkur buyurtmalarni savdolar tugaguniga qadar olib tashlash yoki tuzilgan bitimni jarima toʻlamasdan asossiz ravishda bekor qilish;
narxi qonunchilik bilan tartibga solinadigan mahsulotning boshlangʻich narxini shakllantirishning belgilangan tartibiga rioya etmaslik;
birja shartnomasi boʻyicha muayyan xaridor ishtirokida bekor qilingan bitimning bahosi ayni shu xaridor bilan mazkur birja shartnomasi boʻyicha keyingi ikki savdoda amalga oshirilgan bitimning eng past bahosidan past boʻlishiga olib keluvchi harakatlarni bajarish;
faqat birja savdolariga qoʻyish yoʻli bilan sotilishi lozim boʻlgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qoʻymasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish;
birja savdolarida realizatsiya qilinmagan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning bir qismini takroran savdolarga qoʻymaslik;
mahsulotni transportning muqobil turi bilan joʻnatish imkoni boʻlgan holatda, uni transportning muayyan turi bilan asossiz ravishda joʻnatishni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha savdolarga qoʻyish;
birjada tuzilgan bitimlar va shartnomalarni jarima sanksiyalarisiz asossiz ravishda yoki muntazam asosda bekor qilish, bir tarafning yengib boʻlmas kuch holatlari munosabati bilan majburiyatlarni bajarish imkoniyati yoʻqligi isbotlangan hollar, yaʼni favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan (fors-major) holatlar bundan mustasno;
tovarni yuklab joʻnatish navbatining izchilligiga rioya etmaslik;
birja shartnomalarida tovarlarning sifat koʻrsatkichlari (turi, navi, markasi va boshqalar) toʻgʻrisidagi yetarlicha axborotni koʻrsatmaslik yoki ularning koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi chalgʻituvchi axborotni kiritish;
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining ishtirokchilari uchun teng boʻlmagan sharoitlar yaratish;
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining natijalarini asossiz ravishda bekor qilish;
sotuvchi va xaridor oʻrtasida ayni bir shaxsiy hisobvaraqda bitim tuzish;
tovarning narxi xususida chalgʻitish maqsadida bahosi raqobat muhitida tarkib topgan darajadan jiddiy farq qiladigan bir nechta bitimni bir kunda bir ishtirokchi tomonidan yoki bir ishtirokchining manfaati uchun tuzish.
Eng yaxshi takliflarning tanlovlarida, tenderlarda, auksionlarda va boshqa savdolarda raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
savdolarda ishtirok etish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan hujjatlar qabul qilishni asossiz ravishda rad etish yoki savdolarda ishtirok etish uchun hujjatlarni taqdim etishga toʻsqinlik qilish;
savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish yoki ularning sonini asossiz ravishda cheklash;
savdolar predmetiga texnologik va funksional jihatdan aloqador boʻlmagan qoʻshimcha tovarlarni lotlar tarkibiga kiritish;
tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini koʻrsatish, tovarlarning bir-biriga toʻgʻri kelmasligi hollari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno;
boshqa ishtirokchi gʻolibga aylanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida savdolarda takliflar bilan ishtirok etish;
savdolar ishtirokchilariga asossiz talablar qoʻyish, shu jumladan, ularning malakasiga nisbatan raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar qoʻyish;
savdolar predmetining narxlarini takliflar kiritish orqali, savdolar tugaguniga qadar ushbu takliflarni olib tashlagan holda oshirish yoki pasaytirish;
savdolarda ayni bir lotda faqat affillangan yoki oʻzaro manfaatdor shaxslarning ishtirok etishi;
savdolarning operatorlari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) komissiya aʼzolari bilan oʻzaro manfaatdor boʻlgan yoxud ular bilan affillangan shaxslarning savdolarda ishtirok etishi.
Ushbu belgilangan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar boʻyicha talablarning buzilishi savdolar natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni va tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
5-bob.Aniqlangan raqobatga qarshi kelishuvlarni, muvofiqlashtirilgan harakatlarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
15. Raqobatga qarshi kelishuvlarni tuzganlik, muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etganlik belgilari yuzasidan monopoliyaga qarshi organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasi.
16. Bozorda raqobat muhitiga salbiy taʼsir qiluvchi holatlar kuzatilganda va (yoki) ayni bir tarmoqdagi tovar (ish/xizmat) narxlarning keskin sinxron ravishda oʻsishi kuzatilsa, monopoliyaga qarshi organ mazkur sohadagi tadbirkorlar tomonidan shubhali narx oshishi raqobatga qarshi kelishuvlar natijasi emasligini isbotlashini va narx oshishi uchun asosli individual iqtisodiy sabablarni koʻrsatishni talab qilishga haqli.
Monopoliyaga qarshi organning talabiga qaramasdan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan talab qilingan maʼlumotlar taqdim qilinmagan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ oʻzining tahlillari asosida qaror chiqaradi.
17. Raqobatlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, salohiyatli raqobatchilar oʻrtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb topiladi.
Bunda vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomning 3-bobida keltirilgan dalillar aniqlangan taqdirda, raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar sodir etilmaganligini isbotlash ushbu kelishuvlar va (yoki) muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etishda ishtirok etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar zimmasida boʻladi.
18. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari oʻzlari amalga oshirgan kelishuvlar va harakatlar kelishib olinmaganligi, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid emasligi toʻgʻrisidagi dalillarni taqdim etishga haqli.
6-bob. Raqobatga qarshi kelishuv va muvofiqlashtirilgan harakat boʻyicha javobgarlikdan ozod etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
19. Raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakat ishtirokchisi boʻlgan, mazkur kelishuv yoki harakat sodir etilganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda ariza bilan murojaat qilgan jismoniy shaxs, xoʻjalik yurituvchi subyekt, yuridik shaxslar birlashmasi tegishincha maʼmuriy va moliyaviy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarga doir materiallar sudga taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga hamkorlik qilgan uchinchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sir saqlanishi taʼminlanadi.
20. Monopoliyaga qarshi organga raqobatga qarshi kelishuvlar yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar boʻyicha murojaatlar qabul qilinadi.
21. Arizada murojaat qiluvchi kelishuv ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni isbotlashga doir har qanday shakldagi maʼlumotni taqdim etishi va (yoki) monopoliyaga qarshi organ bilan hamkorlik qilishi mumkin.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
22. Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari va ularning mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
24. Monopoliyaga qarshi organning raqobatga qarshi kelishuvlar tuzganlik, muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etganlik belgilari yuzasidan qabul qilingan qarorlaridan norozi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqlidir.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga
5-ILOVA
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy konsentratsiyani koʻrib chiqish va oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik iqtisodiy konsentratsiyaga, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitim — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortigʻini tasarruf etish yoxud masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olish boʻyicha bitim;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
bitim ishtirokchilari — investor va investor tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki qoʻshib yuborish va qoʻshib olishda ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
investor — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) oʻz nomidan va oʻz hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, shaxslar guruhi;
iqtisodiy konsentratsiya — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning holatiga taʼsir koʻrsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni bajarish;
kompensatsiya chorasi — xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga oldindan rozilik berishda raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablar yoki monopoliyaga qarshi harakatlar;
monopoliyaga qarshi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlari;
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar;
qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitim — xoʻjalik yurituvchi subyektlardan har birining huquq hamda majburiyatlari yangi vujudga keladigan yuridik shaxsga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning huquq va burchlari u qoʻshilayotgan yuridik shaxsga oʻtishiga olib keladigan bitim;
xoʻjalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, davlat ishtirokidagi korxona va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi muassasa, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
3. Oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berilganligi haqidagi hujjatisiz amalga oshirish (bajarish) taqiqlanadi.
2-bob. Oldindan rozilik olish boʻyicha talablar va shartlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
4. Mazkur Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat ishtirokidagi korxonalarning qoʻshib yuborilishiga yoki qoʻshib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarga;
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chogʻida uning muassislariga;
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz aksiyalarini (ulushlarini) olishga doir bitimlarga;
aksiyadorlik jamiyati (masʼuliyati cheklangan jamiyat) oʻz ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan holda boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilishiga;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinishiga;
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) jismoniy shaxs tomonidan olishga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biron-bir xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) 25 foizidan koʻprogʻini tasarruf etmagan boʻlsa.
5. Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
xoʻjalik yurituvchi subyektni qoʻshib olish yoki qoʻshib yuborish orqali qayta tashkil etishda;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
6. Iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holatlarda quyidagi shartlardan biri mavjud boʻlganda olinadi:
agar xoʻjalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa;
agar bitimlar ishtirokchilari aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa.
3-bob. Iqtisodiy konsentratsiyani nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
7. Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza quyidagilar tomonidan koʻrib chiqiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan:
respublikaning bir nechta hududida yoki barcha hududlarida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha;
agar bitimlar ishtirokchilari respublikaning turli hududlarida joylashgan boʻlsa;
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olishda;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan bitimlar ishtirokchilari oʻz faoliyatini respublikaning ayni bir hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda.
8. Qimmatli qogʻozlar savdolarining tashkilotchilari investorlarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
4-bob. Shaxslar guruhini aniqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
9. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasi shartlaridan biriga yoki bir nechtasiga muvofiq boʻlgan shaxslar yigʻindisi — shaxslar guruhi deb eʼtirof etiladi.
Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar) muayyan bozorida xoʻjalik yurituvchi subyekt va investor shaxslar guruhining jami ulushi ularning individual ulushlari, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) yoki mulkiy huquqlariga investor yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt egalik qiladigan boshqa yuridik shaxslarning ulushlari yigʻindisi hisoblanadi.
10. Monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslarni shaxslar guruhi deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni soʻrab olishga haqlidir:
investorlarning, xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki uning hammuassislarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari toʻgʻrisida;
investorlarning, shuningdek, ularning muassislarining xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari toʻgʻrisida;
investorning, shuningdek, uning muassislarining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) aksiyalar yoki ulushlarga egalik qilish qismiga doir investitsiyaviy faoliyati toʻgʻrisida;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning va (yoki) investorning xizmatlar koʻrsatishga doir asosiy faoliyat turlari hamda ularning muayyan tovar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi ulushlari toʻgʻrisida.
Ushbu bandda sanab oʻtilgan maʼlumotlar investor tomonidan taqdim etiladi. Agar investorda ushbu axborotlar mavjud boʻlmasa, monopoliyaga qarshi organ tomonidan ular bunday axborotga bevosita ega boʻlgan boshqa shaxslardan soʻrab olinishi ham mumkin.
5-bob. Oldindan rozilik olish uchun ariza berish tartibi va shakli
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
11. Oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish chogʻida shaxslar yoki shaxslar guruhi bu harakatlar bajarilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar monopoliyaga qarshi organga ariza bilan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron ravishda ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan pasportlarga muvofiq tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom.
12. Oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirishga qadar bitim ishtirokchilarining biri yoki uning vakolatli vakili, vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan holda, monopoliyaga qarshi organga iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani va unga ilova qilingan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Shuningdek, bitim ishtirokchilari tomonidan arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
norezident boʻlgan jismoniy shaxs uchun — pasportning koʻchirma nusxasini;
norezident boʻlgan yuridik shaxs uchun — davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatning koʻchirma nusxasini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
bitim taraflarining ariza berilgan kundan avvalgi ikki yil davomidagi yoxud agar faoliyat ikki yildan kam muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
bitim taraflarining oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlari, bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobotni topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumot bilan taqdim etilishi, chet tilidagi hisobotlar rasman davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim (chet el yuridik shaxslari tomonidan statistika hisobotlari talab etilmaydi);
shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari koʻrsatilgan holda;
shaxslar yoki bir guruh shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan koʻprogʻiga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ariza beruvchidan ushbu Nizomda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
13. Agar xorijiy investor obyektiv sabablarga koʻra moliyaviy hisobotni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, bunda moliyaviy hisobot topshirish muddati tugamagan yoki investorning roʻyxatdan oʻtgan davlati qonunchiligida boshqa holatlar nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda ham iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi zarur, yangi tashkil etilgan va moliyaviy hisobotlarga ega investorlar bundan mustasno.
Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi, bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarning qatnashchilari monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etishda tijorat siridan iborat boʻlgan maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
14. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan moliyaviy hisobotlar boʻyicha kalendar yil tugagan, biroq belgilangan hisobot topshirish muddati kelmagan hollarda — oʻtgan kalendar yildagi hisobotlar taqdim etiladi va monopoliyaga qarshi organ ushbu hisobotlar asosida arizani koʻrib chiqadi.
15. Aksiyani (ulushni) olish boʻyicha har bir bitim uchun murojaat alohida topshirilishi lozim, qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlar bundan mustasno.
16. Ariza beruvchi iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha bitimlarga (harakatlarga) oldindan rozilik olish yuzasidan murojaat qilganda, ariza koʻrib chiqilishining har qanday bosqichida uni qaytarib olish huquqiga ega. Ariza beruvchi ariza boʻyicha uni koʻrmasdan qoldirish boʻyicha monopoliyaga qarshi organga iltimosnoma kiritadi, iltimosnoma monopoliyaga qarshi organ tomonidan koʻrib chiqilib, arizani koʻrmasdan qoldirish boʻyicha ajrim chiqaradi. Bunda arizani koʻrib chiqish bilan bogʻliq toʻlangan barcha yigʻim summalari qaytarilmaydi.
17. Ariza boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organning ajrimi chiqarilgan taqdirda, keyinchalik ariza beruvchi umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
18. Ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan maʼlumot, axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati boʻlmaganligini asoslovchi sabablar yozma ravishda koʻrsatilmagan boʻlsa, monopoliyaga qarshi organ tomonidan ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ arizani koʻrib chiqmasdan ikki kun mobaynida ariza beruvchiga elektron shaklda xabarnoma yuboradi va arizani koʻrmasdan qaytaradi.
6-bob. Oldindan rozilik berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori, uni hisoblash va toʻlash tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
19. Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda yigʻim undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldindan rozilik berilganligi uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda yigʻim undiriladi.
20. Yigʻimlar mazkur Nizomning 21 va 22-bandlarida koʻrsatilgan tartibda hisoblanadi.
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlar boʻyicha:
a) jismoniy shaxs, shu jumladan, chet el fuqarosi tomonidan toʻlanadigan yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = V*0,05%, bunda, V — aksiyalari (ulushlari) sotib olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumi, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Agarda aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil hisobot sanasida tovarlarni sotishdan tushgan tushumi mavjud boʻlmasa, yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = A*0,05%, bunda, A — aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun aktivlarining balans qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shaklning 400-satri;
b) Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs (shaxslar guruhi) tomonidan toʻlanadigan yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = (V1+V2+ ..+Vn)*0,05%, bunda, V1, V2, Vn — bitim taraflarining oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumi, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Agarda bitimda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning oxirgi kalendar yil hisobot sanasida tovarlarni sotishdan tushgan tushumi mavjud boʻlmasa, yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = (A1+A2+ ..+An)*0,05%, bunda, A1, A2, An — bitimda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning oxirgi kalendar yil uchun aktivlarining balans qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shaklning 400-satri;
v) yuridik shaxs tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari (shaxslar guruhi) tomonidan toʻlanadigan yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslari (shaxslar guruhi) tomonidan hisobot taqdim etilgan taqdirda:
S = (Vn1+Vn2+Vn..+V)*0,05%, bunda, Vn1, Vn2, Vn — Oʻzbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslarining (shaxslar guruhining) oxirgi kalendar yildagi tovarlarni sotishdan tushgan tushumi taqdim etilgan hisobotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot sanasidagi valyuta kursi boʻyicha aniqlanadi;
V — aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumi, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Agarda bitimda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning oxirgi kalendar yil hisobot sanasida tovarlarni sotishdan tushgan tushumi boʻlmasa, yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = (An1+An2+An..+A)*0,05%, bunda, An1, An2, An — Oʻzbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslarining (shaxslar guruhining) oxirgi kalendar yildagi aktivlarining balans qiymati taqdim etilgan hisobotlar asosida aniqlanadi.
A — aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun aktivlarining balans qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shaklning 400-satri.
Agarda moliyaviy hisobot asosli sabablarga koʻra taqdim etilmasa, yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = (On1+On2+On..+V)*0,05%, bunda, On1, On2, On — Oʻzbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslarning (shaxslar guruhining) oxirgi kalendar yil uchun xizmat koʻrsatuvchi banki tomonidan tasdiqlangan hisobvaragʻidagi naqd pul aylanmasining hajmi;
V — aksiyalari (ulushlari) sotib olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumi, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Agarda moliyaviy hisobot va xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan hisobvaragʻidan koʻchirma taqdim etilmagan boʻlsa, unda bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida yigʻim hisoblanadi.
22. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishda yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = (V1+V2+ ..+Vn)*0,05%, bunda, V1, V2, Vn — qoʻshib yuborish va qoʻshib olishda ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumlari, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Agarda bitimda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning oxirgi kalendar yil hisobot sanasida tovarlarni sotishdan tushgan tushumi boʻlmasa, yigʻim miqdori (S) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = (A1+A2+ ..+An)*0,05%, bunda, A1, A2, An — qoʻshib yuborish va qoʻshib olishda ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oxirgi kalendar yil uchun aktivlarining balans qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shaklning 400-satri.
23. Agarda hisob-kitob natijalariga koʻra yigʻim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlsa, unda bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
24. Ariza beruvchi tomonidan iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik olish uchun ariza topshirilganda, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida dastlabki yigʻim toʻlanadi.
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ushbu yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — monopoliyaga qarshi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Agarda bitimlarga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha arizada koʻrsatilgan bitimni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab etilmaydigan hollarda, arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan dastlabki yigʻim miqdori qaytarilmaydi.
25. Monopoliyaga qarshi organ ariza yuzasidan oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan soʻng bir ish kuni ichida toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻim miqdorini hisoblab chiqadi. Hisob-kitob natijalariga koʻra monopoliyaga qarshi organ toʻlanishi kerak boʻlgan yigʻim miqdori toʻgʻrisida maxsus axborot tizimi orqali ariza beruvchiga xabar yuboradi.
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisiga asosan oldindan rozilik berilganligi uchun toʻlanadigan toʻlovlar monopoliyaga qarshi organning hisobvaragʻiga toʻliq oʻtkaziladi.
26. Ariza beruvchi monopoliyaga qarshi organ tomonidan hisoblangan va toʻlovni amalga oshirish haqida xabar qilingan yigʻim summasining qolgan qismini oʻttiz kalendar kun ichida toʻlaydi.
Agarda ariza beruvchi yigʻim summasini belgilangan muddat ichida amalga oshirmasa, monopoliyaga qarshi organ oldindan rozilik berilgan qarorni bekor qiladi va bu haqda ariza beruvchiga maxsus axborot tizimi orqali xabar yuboriladi, bunda toʻlangan dastlabki yigʻim miqdori qaytarilmaydi.
Qaror bekor qilingan taqdirda, keyinchalik ariza beruvchi umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
7-bob. Oldindan rozilik olish uchun arizani koʻrib chiqish tartibi va natijalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
27. Iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
28. Iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha tuziladigan bitimning raqobatni cheklashga taʼsir koʻrsatish holatlarini oʻrganish maqsadida monopoliyaga qarshi organ koʻrib chiqilayotgan arizaga bevosita taalluqli boʻlgan qoʻshimcha axborotni tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan soʻrab olishi mumkin.
29. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) kiritilgan holatlar oʻzgargan taqdirda, bitim qatnashchilari bu haqda monopoliyaga qarshi organni ular qaror qabul qilgungacha yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborot olgan kun ariza olingan kun hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi organga arizaga ilova qilingan hujjatlardagi holat oʻzgarganligi haqida axborot taqdim etmaslik raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
30. Monopoliyaga qarshi organ iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berishni quyidagi hollarda rad etadi:
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi murojaatning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlansa.
Aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish boʻyicha arizani boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
31. Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza quyidagi tarzda koʻrib chiqiladi:
agar harakat (bitim) raqobatga taʼsir qilmasa, zarur hujjatlar va maʼlumotlar olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay, ariza beruvchi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilinadi;
agar harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazish uchun arizani koʻrib chiqish muddati ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Iqtisodiy konsentratsiyaning raqobatga taʼsirini baholash uchun ekspertlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Zarurat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan shaxslar (ishonchnoma boʻyicha ularning vakillari), moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha organlar vakillari, shuningdek, ushbu bitimni amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan shaxslar taklif etilishi mumkin.
32. Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan shaklga muvofiq monopoliyaga qarshi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik berish toʻgʻrisida;
iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik berishni rad etish haqida.
33. Monopoliyaga qarshi organ hatto tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar iqtisodiy konsentratsiya toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar oʻz harakatlari (bitimlari) isteʼmolchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantiradi.
34. Monopoliyaga qarshi organ iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berishga va buni raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablarni bajarish bilan bogʻliq qilib qoʻyishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek, ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi kerak.
35. Tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni amalga oshirish (bitimlar tuzish) toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga koʻra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash boʻyicha choralar koʻrishi shart.
36. Iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida tuzilishi kerak. Bitimlar koʻrsatib oʻtilgan muddatda tuzilmagan taqdirda, qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
37. Iqtisodiy konsentratsiya bitimlariga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, oldindan rozilik olmasdan koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror ochiq maʼlumot hisoblanadi. Ushbu qarorlarning mazmuni umumiy maʼlumot sifatida monopoliyaga qarshi organ tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
38. Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz tuzilgan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning cheklanishiga olib keladigan iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Monopoliyaga qarshi organ mazkur bitimlar boʻyicha sudlarga bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvo arizasini (ariza) kiritish vakolatiga ega.
39. Investor xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan miqdorda olish uchun bir tomonlama bitimlarni (meros, huquqiy vorislik) tuzishda meros boʻyicha huquqqa ega boʻlgan kundan boshlab, bu toʻgʻrisida oʻn besh kalendar kun mobaynida monopoliyaga qarshi organga bildirishnoma yuborishi kerak.
40. Bildirishnomada:
xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va mulk qilib olingan aksiyalar (ulushlar) miqdori;
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalariga (ulushlariga) egalik qilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
8-bob. Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirishda kompensatsiya choralari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
41. Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirishda kompensatsiya choralari quyidagicha koʻrinishda boʻlishi mumkin:
tuzilmaviy kompensatsiya chorasi;
xulq-atvor koʻrsatkichlari boʻyicha kompensatsiya chorasi.
Kompensatsiya choralari yuridik shaxslarga nisbatan ular tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni amalga oshirganda (bitimlar tuzganda) qoʻllaniladi.
Kompensatsiya choralari xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga oldindan rozilik berishda raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablar yoki raqobatga qarshi harakatlar uchun monopoliyaga qarshi organ maxsus komissiyasining qarori bilan qoʻllaniladi.
42. Tuzilmaviy kompensatsiya chorasini qoʻllashning maqsadi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki aktivlarni yangi bozor ishtirokchisiga oʻtkazish orqali mavjud bozor mavqeyini saqlab qolish hisoblanadi. Tuzilmaviy kompensatsiya chorasi quyidagi koʻrinishlarda qoʻllaniladi:
aktivlarni begonalashtirish (boshqa shaxsga oʻtkazish) majburiyatini yuklash;
qonunchilikda belgilangan tartibda intellektual mulkdan foydalanishga yoʻl qoʻyish majburiyatini yuklash.
43. Xulq-atvor koʻrsatkichlari boʻyicha kompensatsiya chorasini qoʻllashning maqsadi qoʻshib yuborilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirishdan tiyilishi orqali mavjud bozor mavqeyini saqlab qolish hisoblanadi. Bunda natija bozor nazoratda boʻlishi va raqobatni rivojlanishiga olib kelishi lozim.
44. Kompensatsiya choralarining bajarilishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat qilinadi.
45. Kompensatsiya choralarining bajarilishi boʻyicha nazorat amalga oshirilayotganda, monopoliyaga qarshi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan kompensatsiya choralarining bajarilishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda tekshirish;
kompensatsiya choralarining bajarilishi boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazilayotganda, yuzaga keladigan masalalar toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
tekshiruv natijalari asosida kompensatsiya choralarining bajarilmaganligini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
xoʻjalik yurituvchi subyekt zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash.
46. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
masofaviy nazorat;
kompensatsiya choralarining bajarilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
statistika axborotlarini va kompensatsiya chorasi belgilangan xoʻjalik yurituvchi subyektdan soʻrab olinadigan maʼlumotlarni tahlil qilish.
47. Monopoliyaga qarshi organ masofaviy nazoratni kompensatsiya choralarining bajarilganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, vakolatli boshqa organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt masofaviy nazorat asosida monopoliyaga qarshi organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida yoki koʻrsatmada belgilangan muddatda bajarishi va bu haqda monopoliyaga qarshi organga xabar berishi lozim.
48. Kompensatsiya chorasi belgilangan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda tekshiriladi.
9-bob. Iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlarga oldindan rozilik olish tartibini buzish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
49. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar tuzilganligi aniqlangan taqdirda, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi boʻyicha belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasi.
50. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Qoʻzgʻatilgan ish maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilayotganda, moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha organlarning tegishli mutaxassislari ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin.
51. Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
dastlabki mavqeni tiklash va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarini toʻxtatish muddati koʻrsatilgan holda, aksiyalarga (ulushlarga) ega boʻlishni rad etish toʻgʻrisida;
aksiyalarga (ulushlarga) egalik qilishga rozilik berish toʻgʻrisida;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsni saqlab qolish toʻgʻrisida.
52. Maxsus komissiya qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar tuzilganligi holati uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq jarima solinadi. Bunda maxsus komissiyaning qarori asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatma beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
53. Monopoliyaga qarshi organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorining asl nusxasi ishda ishtirok etgan taraflarga, jumladan, moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha tegishli organlarga, shuningdek, qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga qabul qilingan kundan boshlab besh ish kundan kechikmay yuboriladi.
54. Maxsus komissiya qarori asosida berilgan koʻrsatma uni olgan kundan eʼtiboran unda belgilangan muddatda bajarilishi kerak. Koʻrsatma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ uning oldindan berilgan roziligisiz, ustun mavqening paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga yoxud raqobatni cheklashga olib keladigan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qiladi.
55. Monopoliyaga qarshi organning qaroridan (koʻrsatmasidan) norozi boʻlgan koʻrsatma berilgan shaxs qarorni (koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga yoxud qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqli.
56. Monopoliyaga qarshi organ boshqa tegishli vakolatli organlar bilan har yili kamida bir marotaba iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha bitimlar yoki harakatlarga oldindan rozilik olinganligi yuzasidan ushbu bitimlar va harakatlarni xatlovdan oʻtkazadi.
Xatlov davomida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
oxirgi kalendar yilda amalga oshirilgan qoʻshib yuborish va qoʻshib olish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidan (ustav kapitalidan) tegishli miqdordagi aksiyalar (ulushlar) olinganligi haqidagi maʼlumotlar Adliya vazirligi hamda “Fond bozorining axborot resurs markazi” DUKning axborot tizimlari orqali olinadi yoxud tegishli vakolatli organlarga soʻrov yuboriladi;
tegishli vakolatli organlar 15 kun muddatda ushbu bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etadi;
oxirgi kalendar yilda amalga oshirilgan qoʻshib yuborish va qoʻshib olish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidan (ustav kapitalidan) tegishli miqdordagi aksiyalar (ulushlar) olish haqidagi bitimlarda ishtirok etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aktivlari balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi miqdori haqidagi maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining axborot tizimi orqali olinadi yoxud soliq organlariga soʻrov yuboriladi;
soliq organlari 15 kun muddatda ushbu bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etadi;
monopoliyaga qarshi organ tomonidan olingan maʼlumotlar tahlil qilinadi;
tahlil natijalariga koʻra iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olishi lozim boʻlgan, biroq bunday rozilikni olmasdan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirgan yuridik va jismoniy shaxslar aniqlanadi.
Xatlovni oʻtkazish jarayonida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari boʻyicha monopoliyaga qarshi organ tomonidan choralar koʻriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
57. Monopoliyaga qarshi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomga muvofiq oʻziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni va shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
58. Murojaat etuvchi vakolatli davlat organi va ularning mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan belgilangan tartibda bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishi mumkin.
59. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga ruxsatnoma olish
PASPORTI
1.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidaqaror
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs
4.
Ruxsat etish sohasidagi vakolatli organ:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:
agar qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri respublikaning bir nechta hududida yoxud barcha hududlarida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan holatlarda;
agar bitimlar ishtirokchilari respublikaning turli hududlarida joylashgan holatlarda;
b) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining hududiy organlari:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatini respublikaning ayni bir hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza.
Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi, STIR, yuridik manzili, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili, sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qoʻshib olinadigan (yuboriladigan) xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi, STIR, yuridik manzili, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori toʻgʻrisida quyidagi maʼlumot:
T/r
Muassislar tarkibi
Ulushlar miqdori
Nominal qiymatda
%
1.
...
qoʻshib oladigan xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori %
1.
...
qoʻshib olinadigan (yuboriladigan) xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori %
1.
...
b) amalga oshirilayotgan harakatlar har bir qatnashchisining ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan xizmatlar) va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) bitim taraflarining oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlar, bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobotni topshirilganligini tasdiqlovchi nusxasi bilan taqdim etilishi lozim;
g) shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisida, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlar;
d) xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan koʻprogʻiga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni vakolatli organga taqdim qilishni rad etish uchun asos boʻlmaydi, bunda xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar ishtirokchilari vakolatli organga axborot taqdim etishda, tijorat siridan iborat boʻlgan maʼlumotlarning toʻliq roʻyxatini koʻrsatishi kerak.
6.
Arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻim miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:
bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.
Toʻlovlar toʻliq monopoliyaga qarshi organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
8.
Arizani koʻrib chiqish muddati:
30 kalendar kun.
Bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo boʻlgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ arizachiga xabarnoma yuborish orqali arizani koʻrib chiqish muddatini koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelmasligi lozim.
Monopoliyaga qarshi organ hatto tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi yuridik shaxslar oʻz harakatlari (bitimlari) isteʼmolchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantiradi.
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
1 yil
11.
Izoh:
Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.
Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilmaydi:
davlat ishtirokidagi korxonalarning qoʻshib yuborilishiga yoki qoʻshib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarda;
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chogʻida uning muassislariga;
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish
Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik berish toʻgʻrisidaqaror
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidan (ustav kapitalidan) aksiyalarni (ulushlarni) tasarruf etish huquqini olish uchun shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan bitimlar tuzish
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar (shaxs va/yoki shaxslar guruhi)
4.
Ruxsat etish sohasidagi vakolatli organ:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan:
respublikaning bir nechta hududida yoki barcha hududlarida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
agar xoʻjalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblanadigan investorlar respublikaning turli hududlarida joylashgan boʻlsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) xorijiy investorlartomonidan olishda.
b) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan:
respublikaning ayni bir hududi doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda.
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza.
Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
talabgor — aksiyani (ulushni) oluvchi jismoniy shaxs uchun — F.I.O., arizachining pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar (norezident boʻlgan jismoniy shaxs uchun — pasportning koʻchirma nusxasini), JSHSHIR, telefon raqami, elektron pochta manzili va oʻzining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori %
1.
...
talabgor — aksiyani (ulushni) oluvchi yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, yuridik manzili, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (norezident boʻlgan yuridik shaxs uchun –davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatning koʻchirma nusxasini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat), muassislari (qatnashchilari) tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Muassislari (qatnashchilari)ning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori haqidagi quyidagi maʼlumot:
T/r
Muassislar tarkibi
Ulushlar miqdori
Nominal qiymatda
%
1.
...
talabgor — yuridik shaxsning boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori %
1.
...
ustav fondidan aksiya (ulush) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi, STIR, yuridik manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ustav fondidan investor (aksiya (ulush) oluvchi shaxs) tomonidan olinadigan aksiyalar (ulushlar) miqdori, ustav fondiga talabgor tomonidan kiritiladigan mol-mulkning qiymati, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori koʻrsatilgan maʼlumot:
T/r
Muassislar tarkibi
Ulushlar miqdori
Nominal qiymatda
%
1.
...
ustav fondidan aksiya (ulush) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxsning boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori %
1.
...
b) amalga oshirilayotgan harakatlar har bir qatnashchisining ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan xizmatlar) va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) bitim taraflarining oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlari (chet el yuridik shaxslari uchun statistika hisobotlari talab etilmaydi). Bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobot topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan taqdim etilishi zarur, chet tilidagi hisobotlar rasman davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim;
g) shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisida, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlar
d) xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan koʻprogʻiga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi maʼlumot
Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos boʻlmaydi, bunda xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar ishtirokchilari monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etishda, tijorat siridan iborat boʻlgan maʼlumotlarning toʻliq roʻyxatini koʻrsatishi kerak.
6.
Arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻim miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:
bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.
Toʻlovlar toʻliq monopoliyaga qarshi organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
8.
Arizani koʻrib chiqish muddati:
30 kalendar kun.
Bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo boʻlgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ arizachiga xabarnoma yuborish orqali arizani koʻrib chiqish muddatini koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) xorijiy investor obyektiv sabablarga koʻra moliyaviy hisobotni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, bunda moliyaviy hisobot topshirish muddati tugamagan yoki investorning roʻyxatdan oʻtgan davlati qonunchiligida boshqa holatlar nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda ham iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi zarur, bundan murojaat yilida tashkil etilgan va moliyaviy hisobotlarga ega investorlar mustasno;
b) arizachi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) kiritilgan holatlar oʻzgargan taqdirda, bu haqda monopoliyaga qarshi organni qaror qabul qilgungacha yozma shaklda xabardor qilishi shart;
v) monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelmasligi lozim.
Monopoliyaga qarshi organ hatto tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi yuridik shaxslar oʻz harakatlari (bitimlari) isteʼmolchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantiradi.
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
1 yil
11.
Izoh:
Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur boʻladi, agar:
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olsa;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olsa;
bitimda ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa.
Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilmaydi:
davlat ishtirokidagi korxonalarning qoʻshib yuborilishiga yoki qoʻshib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarda;
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chogʻida uning muassislariga;
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz aksiyalarini (ulushlarini) olishga doir bitimlarga;
aksiyadorlik jamiyati (masʼuliyati cheklangan jamiyat) oʻz ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan holda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilganda;
aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olishga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biron-bir xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) 25 foizidan koʻprogʻini tasarruf etmagan boʻlsa.
Qimmatli qogʻozlar savdolarining tashkilotchilari aksiya (ulush) oluvchilarni xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QOʻMITASI
QAROR
(harakatning nomi)ga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini berish (rad etish) toʻgʻrisida
20__ y. “___” _________ ____-son
(koʻrib chiqish sanasi)
(koʻrib chiqish joyi)
(komissiyaning nomi)
, tarkibida
(komissiya raisi va aʼzolarining F.I.O., lavozimi koʻrsatilgan holda)
da taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib
(ariza kelib tushgan sana)
Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish boʻyicha
(koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning va harakatning nomi)
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq
ANIQLADI:
(hujjatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan ish holatlari yoziladi)
Yuqoridagilarga koʻra hamda Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asoslanib Komissiya
QAROR QILDI:
rozilik berilsin (rad etilsin).
(harakatning nomi)
Maxsus komissiya raisi
(imzo)
(F.I.O)
Komissiya aʼzolari:
(imzo)
(F.I.O)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga
6-ILOVA
Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibini nazarda tutadi.
2. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning monopol yuqori va monopol past narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan aniqlanadi.
2-bob. Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
3. Agar moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi faoliyat yuritayotgan boʻlsa, moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar narxi, agar ushbu narx moliya bozori chegaralari doirasida xuddi shu turdagi ish xizmat narxidan, shu jumladan, bozorning boshqa subyektlarining uning oʻrnini bosuvchi ish xizmatlari uchun belgilangan narxlarning oʻrtacha qiymatidan oʻn foizdan ziyodga oshsa, monopol yuqori narx deb hisoblanadi.
4. Moliya bozorida monopol yuqori narx moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining xizmatlariga narxlar boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga oʻxshash boʻlgan va (yoki) oʻzaro almashinadigan xizmatlar narxlari bilan taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.
Taqqoslash moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan belgilangan narx bilan hamda ushbu bozorda faoliyat yuritayotgan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻrtacha narxlari oʻrtasidagi tafovutni aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Agar moliya bozorida faqat bitta xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xizmati narxi, agar ushbu narx:
xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan xarajatlar va foyda miqdoridan oshsa hamda ushbu xizmatni koʻrsatishdan asoslanmagan foyda olish imkonini bersa;
koʻrsatilayotgan xizmatning sifat tavsiflari pasayishi natijasida asossiz xarajatlarni kompensatsiya qilishga yoki qoʻshimcha foyda olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, monopol yuqori narx hisoblanadi.
Xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan xarajatlar va foyda miqdorining oshishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xarajatlari va foydasining iqtisodiy jihatdan asoslanganligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
6. Xarajatlar va foydaning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi moliyaviy xizmatlar tannarxiga kiritilgan xarajatlar tarkibini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi. Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorlarini tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli organlardan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xarajatlari va foydasining iqtisodiy jihatdan asoslanganligi masalasi boʻyicha xulosa olishi mumkin.
7. Xizmatlarning monopol past narxi xizmat koʻrsatish uchun zarur xarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olishni koʻzda tutmaydigan, buning natijasida raqobatni cheklash, bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid oqibatlari boʻlgan moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan belgilangan narx hisoblanadi.
8. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi quyidagi huquqlarga ega:
monopoliyaga qarshi organning xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori yoki monopol past narxlari mavjudligi va qoʻllanayotgani toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga asos boʻlgan materiallar bilan tanishish;
monopoliyaga qarshi organning ushbu qarori yuzasidan belgilangan tartibda bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
9. Moliya bozorida monopol yuqori yoki monopol past narxlar mavjudligi va qoʻllanishi aniqlanganda, monopoliyaga qarshi organ belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatadi hamda monopol yuqori yoki monopol past narxlar qoʻllashni bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga
7-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik yurituvchi subyektlar) majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom tabiiy monopoliyalar subyektlariga tatbiq etilmaydi.
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan koʻrib chiqiladi.
2-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning asosiy shartlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish deyilganda, boʻlinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt negizida uning faoliyatini toʻxtatgan hamda uning huquqlari va vazifalarini yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bergan holda, bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish tushuniladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektni ajratib chiqarish deyilganda, uning faoliyatini toʻxtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini ularga berish bilan bir yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish tushuniladi.
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish uning ustun mavqeni suiisteʼmol qilishini bartaraf etish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyekt negizida tovar va moliya bozorlarini toʻyintirishga, tovarlar, ishlar va xizmatlarning isteʼmol xususiyatlarini yaxshilashga, ularning raqobatbardoshliligini oshirishga koʻmaklashuvchi ikki yoxud bir nechta alohida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish yoʻli bilan tovar yoki moliya bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qoʻllanilgan choralar samarasiz boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi qaror har bir aniq holatda tarmoqning, ishlab chiqarish jarayonining xususiyatini, ishlab chiqarilayotgan tovarlar, amalga oshirilayotgan ishlar va xizmatlar, boshqaruvni tashkil etish turini hisobga olgan holda, uni boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi koʻp tomonlama baholangandan keyin qabul qilinishi mumkin.
8. Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektni quyidagi shakllarda majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir:
xoʻjalik yurituvchi subyektni bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashkil etgan holda boʻlish;
xoʻjalik yurituvchi subyekt tarkibidan alohida tarkibiy boʻlinmalarni (birliklarni) ajratib chiqarish va ularning negizida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish.
Monopoliyaga qarshi organ shaxslar guruhini tashkil etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari yoki ulushlarini sotish yoʻli bilan ushbu shaxslar guruhini majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ham qaror qabul qilishga haqlidir.
9. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishga, agar bu boshqa teng sharoitlarda:
bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan xom ashyo, chiqindilar va qoʻshimcha mahsulotlarni qayta ishlashning izchil bosqichlari mavjud boʻlgan yoki ulardan kompleks foydalanilgan taqdirda, ishlab chiqarishning texnologik darajasi pasayishiga;
ishlab chiqarish (sotish) hajmlarining qisqarishiga;
texnologik jihatdan uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni tufayli ishlab chiqarish koʻlamlarida jiddiy iqtisodiy yoʻqotishlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablariga muvofiq banklar va boshqa kredit tashkilotlari boʻlingan yoki ajratilgan taqdirda, litsenziyalar olinishini taʼminlash mumkin boʻlmasligiga olib kelganda yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini oʻrganish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
10. Ustun mavqeni suiisteʼmol qilish holatiga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qoʻllanilgan choralar samarasiz boʻlgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish qoʻzgʻatadi.
11. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ustun mavqeni suiisteʼmol qilish holati boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish doirasida monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) tomonidan oʻrganish uchun zarur muddatni belgilagan holda, uni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati yuzasidan tahlil oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
12. Tahlilni oʻtkazish davomida quyidagi axborot koʻrib chiqiladi:
a) xoʻjalik yurituvchi subyektning qisqacha tavsifi:
nomi;
faoliyatining asosiy turlari roʻyxati;
joylashgan joyi (pochta manzili);
tovar yoki moliya bozoridagi xatti-harakatlarining tavsifi;
b) xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasining sxemasi:
xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasidagi aloqa shakllari va ularning huquqiy maqomi;
guruh tashkil etuvchi shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar aksiyalariga (ulushlariga) teskari egalik qilishi yoki boshqa huquqlarining mavjudligi;
xoʻjalik yurituvchi subyektning, uning tarkibiy tuzilmalari va filiallarining joylashishi va hududiy tavsifi;
xoʻjalik yurituvchi subyekt balansidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining roʻyxati va joylashgan joyi;
v) xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari;
tovarlar, ishlar va xizmatlar turlari boʻyicha ishlab chiqarish, sotish va eksport hajmlari;
monopol tovarlar, ishlar va xizmatlarning ularni ishlab chiqarish (sotish) umumiy hajmidagi salmogʻi;
xoʻjalik yurituvchi subyekt va tarkibiy boʻlinmalarning xodimlari soni;
asosiy fondlarning balans qiymati;
zaruriy foyda miqdorini aniqlash boʻyicha rentabellik darajasi;
g) ishlab chiqarish jarayoni, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tavsifi:
tarkibiy boʻlinmalarning texnologik bogʻliqligi;
xom ashyo va materiallarning tashqi yetkazib beruvchilari;
xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, tayyor buyumlarni ichki yetkazib berish sxemasi;
liniyalar, uchastkalar va ishlab chiqarishlarning texnologik ixtisoslashuvi, standartlashtirish xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish va ishlab chiqarishni texnik tayyorlash darajasi;
tegishli tovar, ishlar va xizmatlarni (uzluksiz yoki davriy) tayyorlashda qoʻllanadigan ishlab chiqarish jarayonining tavsifi;
ishlab chiqarishni (yirik seriyali, kichik seriyali) tashkil etish turi;
hududlar, moliyaviy koʻrsatkichlar, boshqaruv, yetkazib berishlar boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarning (filiallarning) qaror qabul qilish boʻyicha mustaqillik darajasi, umumiy xizmatlar va kommunikatsiyalarning (transport, energetika, taʼmirlash bazasi, ombor xoʻjaligi, moddiy-texnik taʼminot va boshqalarning) mavjudligi;
tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi (standartlashtirilgan, yalpi, bir xil yoki noyob, yagonaligi) va ularning raqobatbardoshliligi;
tovarlar, ishlar va xizmatlarning respublika hududidagi asosiy isteʼmolchilari;
d) boshqa koʻrsatkichlar: tarkibiy boʻlinmalar, mehnat jamoasi, xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki uning vakolatli organi mol-mulki mulkdorining xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasida mustaqil faoliyat yuritishiga bildirilgan munosabati.
13. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarini majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish masalalarini koʻrib chiqishda ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan axborotlarga qoʻshimcha ravishda banklar va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlar, normalar va cheklashlar koʻrib chiqiladi.
14. Tahlilni oʻtkazish davomida koʻrib chiqiladigan axborotni oʻrganishda xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻrganishni oʻtkazishdan oldingi uch yil mobaynidagi yoxud agar u uch yildan kamni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynidagi faoliyat koʻrsatkichlaridan foydalaniladi.
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini amalga oshiradigan tegishli tovar yoki moliya bozoridagi raqobat muhitini baholash uchun quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
bozordagi oʻxshash va bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha asosiy raqobatchilar;
bozor qatnashchilarining bozordagi ulushlari taqsimlanishi;
bozor qatnashchilarining geografik jihatdan mansubligi.
16. Oʻrganish natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlar asosida quyidagi barcha sharoitlar mavjud boʻlganda, xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi:
boʻlinayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy boʻlinmalarning tashkiliy va hududiy alohida ajralib chiqish imkoniyatining mavjudligi;
uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida uzviy texnologik bogʻlanish mavjud emasligi;
boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasida tarkibiy boʻlinmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyatini aniqlashda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish natijasida paydo boʻladigan yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligini oshirish yoki saqlab qolish (mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlarning material va fond sigʻimini kamaytirish va boshqalar);
tovarlar, ishlar va xizmatlar yetkazib berishning fizik hajmi oʻzgarishi natijasida tovar yoki moliya bozoridagi raqobat sharoitlarini yaxshilash;
tovar bozorlaridagi raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar sonini koʻpaytirish;
xoʻjalik yurituvchi subyekt tarkibidan ajratib chiqariladigan yangi tarkibiy birliklarning eksport imkoniyatlarini oʻzgartirish.
Umuman, boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati ushbu tovar yoki moliya bozoridagi umumiy raqobat sharoitlarining nazarda tutilayotgan yaxshilanish darajasi, shuningdek, ajratib chiqarilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqarish va bozorga yetkazib berish imkoniyati bilan aniqlanadi.
17. Zarurat boʻlganda, xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun monopoliyaga qarshi organ mustaqil ekspertlarni jalb etishi mumkin.
18. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati masalalari ushbu sohadagi tegishli vakolatli davlat organlari bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
4-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]
19. Xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini oʻrganish natijalariga koʻra majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun quyidagi tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning ijobiy va salbiy oqibatlarini qiyosiy baholash;
xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarishning uni boʻlish yoki ajratib chiqarish shaklini belgilovchi loyihani ishlab chiqish. Bunda uning negizida, buning uchun zarur sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda, mustaqil yuridik shaxslar sifatida tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kelgusida faoliyat koʻrsatishi hisobga olinadi;
tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy tuzilmasi sxemasini ishlab chiqish;
majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash.
Majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qarorni tayyorlash davomida majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasida yangi tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tarkibiga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Oʻrganishlar natijalari boʻyicha tayyorlangan materiallar monopoliyaga qarshi organning tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan Maxsus komissiyaga kiritiladi.
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va zarurligi toʻgʻrisidagi qaror Maxsus komissiya tomonidan manfaatdor tomonlar ishtirokida xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarish loyihasini muhokama qilgan holda qabul qilinadi.
22. Maxsus komissiyaning qabul qilgan qarori asosida monopoliyaga qarshi organ tomonidan oʻn kun muddatda iqtisodiy sudga xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisida daʼvo arizasi kiritiladi.
23. Iqtisodiy sud tomonidan monopoliyaga qarshi organning daʼvo arizasi qanoatlantirilgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boʻlish yoki ajratib chiqarish tartibi sudning qarorida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda va unda belgilangan muddatda mulkdor yoki u vakil qilgan organ tomonidan bajarilishi kerak.
24. Iqtisodiy sudning xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi qarori sud belgilagan muddatlarda bajarilmagan taqdirda, iqtisodiy sud monopoliyaga qarshi organ daʼvosi boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarishni amalga oshirish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt boshqaruvchisini tayinlaydi.
25. Sud qarori bilan tayinlangan xoʻjalik yurituvchi subyektni boshqaruvchi sud qarorida va monopoliyaga qarshi organ qarorida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
26. Boshqaruvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektni boshqarish organlari unga roʻyxat boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlarni, shuningdek, korxonaning muhri, shtampi va boshqa mol-mulkini taqdim etishi shart.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt boshqaruvchisi tayinlangan vaqtdan boshlab sud qarori bilan belgilangan muddatgacha xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha boshqaruv organlari vakolatlari toʻxtatib qoʻyiladi va sud qarori bilan tayinlangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvchisiga oʻtadi.
27. Boshqaruvchi:
xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlishni yoki ajratib chiqarishni amalga oshiradi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) va boshqa manfaatdor shaxslarning manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
xoʻjalik yurituvchi subyekt nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy, toʻlov hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha mansabdor shaxslari va xodimlarining bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi va ijro etilishini taʼminlaydi;
xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi.
28. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasidagi boʻlish balansining sud tomonidan tasdiqlanishi yangi paydo boʻlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
29. Boʻlish va ajratib chiqarish tartiblarini amalga oshirish xarajatlari boʻlinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoplanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-maydagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisi va Nizomga ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 45-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 67-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 34-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 40-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi 338-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 12 va 13-ilovalar.
10.Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son qaroriga 4-ilovaning 7-bandi.