1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning chet tillarini oʻrganish va kasb egallashga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlarda ishlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuzilmasida 16 shtat birligidan iborat Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazini (keyingi oʻrinlarida — Markaz) tashkil etish;
b) professional taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarni kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3839-son qarori.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
6.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy ish beruvchilarning mehnat migratsiyasi sohasidagi ehtiyojlarini aniqlash va keng omma uchun ochiq eʼlon qilish;
xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlariga asosan professional taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan kasblar (mutaxassisliklar) hamda chet tillarini bilish darajasiga qoʻyilgan talablar boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish;
xorijda ishlash istagi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish;
oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalarini xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi, madaniyati va urf-odatlariga oid maʼlumotlar bilan taʼminlash;
professional taʼlim muassasalari va xorijiy ish beruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlash hamda xorijiy mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilish;
kasbiy koʻnikmalar boʻyicha treninglar va seminarlar oʻtkazish hamda yoshlarning xorijiy kompaniya yoki tashkilotlarda amaliyot va stajirovkalar oʻtashini tashkil etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekiston respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-149-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 312-son qarori.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
3. Quyidagilar:
Kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — professional taʼlim muassasalari) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Professional taʼlim muassasalarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
4. Belgilansinki:
Markaz oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan bevosita Agentlik rahbarligida amalga oshiradi;
Markazning 16 shtat birligini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Agentlik tomonidan koʻrsatilgan pulli xizmatlardan tushgan mablagʻlar xisobidan amalga oshiriladi;
Markaz ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq tashkil etiladigan oʻquv kurslari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
5. Belgilab qoʻyilsinki:
a) oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi xujjat beriladi;
b) oʻquv kurslarida kadrlarni tayyorlash bir yilgacha boʻlgan taʼlim dasturlariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bunda oʻquv kurslarining taʼlim dasturlari va oʻquv jarayoni muddatlari xorijiy ish beruvchilar takliflari asosida kasblar (mutaxassisliklar) murakkabligidan kelib chiqib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi;
professional taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni xam oʻquv kurslariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat beriladi;
v) chet tillarini oʻrganish va xorijda ishlash istagida boʻlgan taʼlim oluvchilarni, xususan, yoshlarni oʻquv kurslariga qabul qilish Markaz tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan buyurtmalar asosida tashkil etiladi;
g) oʻquv kurslari doirasida taʼlim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori boʻlgan chet tillariga oʻqitiladi.
Bunda professional taʼlim muassasalarini chet tillariga oʻqitish boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston davlat jaxon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda xududlardagi davlat pedagogika oliy taʼlim muassasalari rektorlari masʼul va shaxsan javobgar hisoblanadi va ushbu vazifani amalga oshirish ular faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi;
d) professional taʼlim muassasalariga xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish hamda taʼlim dasturining tegishli qismlarini, shu jumladan, oʻquvchilarning amaliyotini xorijiy hamkor tomonidan tavsiya etilgan muassasa va tashkilotlarda tashkil etishga ruxsat etiladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Markaz, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi xamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy davlatlarning talablari va taʼlim dasturlari asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin;
xorijiy ish beruvchilarning talab va buyurtmalari asosida tegishli kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
oʻquv kurslarida mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun maxalliy va xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Agentlik har chorak yakunida xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha shakllantiradi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtma yuboradi;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Agentlik tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda, professional taʼlim muassasalariga buyurtmani tasdiqlaydi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
6.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
8.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
8. Belgilansinki:
a) professional taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash, oʻquv adabiyotlari va oʻqitish materiallari toʻplamlarini chop etish hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar:
qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi va oshpazlik yoʻnalishlari boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi hamda professional taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
b) professional taʼlim muassasalariga jalb qilinadigan pedagog xodimlarning ish haqi, shu jumladan, ularga ustama toʻlash xarajatlari hamda oʻqitish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar — taʼlim oluvchilarning toʻlov-kontraktidan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
v) professional taʼlim muassasalarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslariga mashgʻulot oʻtkazish uchun boshqa hududlardan kelgan yuqori malakali pedagog kadrlarning turar joy bilan bogʻliq xarajatlari (mehmonxona yoki turar joy ijarasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shaxar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi;
g) professional taʼlim muassasalariga jalb etilgan taʼlim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda oʻrganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, taʼlim oluvchi tomonidan chet tilini oʻqish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda xorijiy davlatga ishga jalb qilinadigan fuqarolar uchun chet tili boʻyicha kamida B2 darajadagi, “Ausbildung” (dual taʼlim shakli) asosida xorijga ketadigan fuqarolar uchun nemis tili boʻyicha kamida B1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olish talab etiladi;
d) professional taʼlim muassasalariga xorijiy ish beruvchilarning mablagʻlari hisobidan taʼlim oluvchilarni qoʻshimcha (asosiy boʻlmagan) chet tillariga oʻqitish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishga ruxsat etiladi;
e) oʻquv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib chiqib, har oy oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama toʻlanadi. Bunda pedagog kadrlarning samaradorlik koʻrsatkichlari xorijga ishlash uchun ketgan har bir taʼlim oluvchi sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda chet tilini oʻzlari mustaqil ravishda oʻrganib, xalqaro tan olingan sertifikatni taqdim etgan taʼlim oluvchilarning xarajatlarini qoplab berish hamda pedagog kadrlarga har oylik ustama toʻlash tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
9. Agentlik:
bir oy muddatda xorijiy ish beruvchilarning takliflari asosida kadrlarga va ularning chet tillarini bilish darajasiga qoʻyiladigan talablarni aniqlasin hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etsin;
professional taʼlim muassasalariga xorijiy ish beruvchilarni biriktirsin va ular oʻrtasida hamkorlikni tashkil etsin;
oʻquv kurslari bitiruvchilarini kasb (mutaxassislik) boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarga yuborish va ishga joylashtirish choralarini koʻrsin;
professional taʼlim muassasalarida malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini doimiy monitoring qilib borsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklari:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari, hududlardagi yoshlar va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining kasb (mutaxassislik) egallashga hamda chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida targʻibot ishlarini amalga oshirsin;
yoshlarni oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etsin hamda qabul qilingan taʼlim oluvchilar uchun oʻquv jarayoni grafigini yoʻnalishlar, shuningdek, xorijiy hamkorlar taklif va talablari asosida ishlab chiqsin;
oʻquv kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini oʻtkazish jarayoniga xorijiy ish beruvchilarni ham taklif etsin;
oʻquv kurslarida tahsil olayotgan taʼlim oluvchilarning chet tillari boʻyicha bilim darajasini Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan baholashni yoʻlga qoʻysin.
Bunda taʼlim oluvchilarning chet tilini bilish darajasini aniqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etgan hisob-kitoblar asosida Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional taʼlim muassasalariga taʼlim oluvchilarning amaliyotini tashkil etish uchun mos boʻlgan hududlardagi ish beruvchi tashkilotlarni amaliyot bazasi sifatida biriktirsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birgalikda xorijda ishlash istagi boʻlgan fuqarolarning (yoshlarning) manzilli roʻyxatini shakllantirsin hamda ularni oʻquv kurslariga jalb etish choralarini koʻrsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi professional taʼlim muassasalarining ish bilan band boʻlmagan bitiruvchilarini “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritishni taʼminlasin hamda ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy xujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-aprel,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
1-ILOVA
Kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalari
2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam
* Yoʻnalishlar roʻyxatiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi takliflari asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi va oshpazlik yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash professional taʼlim muassasalarining Qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash markazlarida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
2-ILOVA
Professional taʼlim muassasalarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
1. Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha shakllantirish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtmalarni taqdim etish.
2. Professional taʼlim muassasalariga xorijiy ish beruvchilarni biriktirish.
Buyurtmalar asosida
2-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
1. Xorijiy davlatlarga kadrlarni maqsadli tayyorlashboʻyicha taʼlimni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan bogʻliq choralar koʻrish.
Har yili 1-fevraldan boshlab
2. Xorijiy davlatlarga kadrlarni maqsadli tayyorlashboʻyicha taʼlimni tashkil etish yuzasidan monitoring olib borish.
Oʻquv yili mobaynida
3-bosqich
Bilim va malakalarni baholash agentligi
Oʻquv kurslaridagi taʼlim oluvchilarning chet tillari boʻyicha bilim darajasini baholash.
Har 4 oyda
4-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
1. Oʻqitish kurslari bitiruvchilarining yakuniy imtihonlarini amaliy-koʻrgazmali imtihon shaklida tashkil etish.
2. Yakuniy imtihonlarga ish beruvchilar vakillarini taklif etish.
Oʻquv kursi yakunida
5-bosqich
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
Xorijiy ish beruvchilar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari asosida oʻquv kurslari bitiruvchilarini mutaxassisliklari boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ishga joylashishini tashkil etish.
Oʻquv kursi yakunlangandan soʻng belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Ishga joylashmay qolgan oʻqitish kurslari bitiruvchilarini “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritishni taʼminlash va ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
3-ILOVA
Professional taʼlim muassasalarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari
DASTURI
T/r
Chora-tadbirlarning nomi
Amalga oshirish shakli
Amalga oshirish muddatlari
Masʼul ijrochilar
I. Tashkiliy chora-tadbirlar
1.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari va hududlardagi yoshlar oʻrtasida chet tili va kasb-hunar oʻrganish yuzasidan targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Targʻibot dasturi
Oʻquv yili davomida
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.
Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha shakllantirish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtmalarni taqdim etish.
Buyurtmalar portfeli
2024-yil iyun
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi
3.
Xorijiy taʼlim dasturlari va ish beruvchilar takliflari asosida kasblar va mutaxassisliklarning taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
Oʻquv-meʼyoriy hujjatlar
2024-yil iyun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish kurslari (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda — professional taʼlim muassasalari) kasb va mutaxassisliklar boʻyicha buyurtmalarini shakllantirish va tasdiqlash.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi asosida
2024-yil iyun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
II. Taʼlim jarayonini tashkil etish va nazorat qilish
5.
Professional taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonini tashkil etish.
Oʻquv jarayoni grafigi
2024-yil iyun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
6.
Professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun oʻqitish metodikalari, taʼlim dasturidagi yangiliklar va ilgʻor pedagogik texnologiyalar boʻyicha trening mashgʻulotlarini tashkil etish.
Seminar-treninglar
Oʻquv yili davomida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
7.
Professional taʼlim muassasalarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish.
Hamkorlik kelishuvlari
Oʻquv yili davomida
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi
8.
Professional taʼlim muassasalari taʼlim oluvchilarining chet tillari boʻyicha bilimlarini monitoring qilish.
Oraliq imtihonlar
Har 4 oyda
Bilim va malakalarni baholash agentligi
9.
Professional taʼlim muassasalariga “Al-Nabib”, “Globogate Concept AG”, “NoVo Agency” kabi xorijiy ish beruvchilarni biriktirish va ular oʻrtasida hamkorlikni tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2024-yil sentabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
10.
Professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar dasturi
2024-yil iyun
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
11.
Oʻquvchilarda ishga boʻlgan masʼuliyat, jamoada ishlash, boshqa millat va elatlarning qadriyatlarini hurmat qilish, oʻz fikrini ravon bayon etish kabi koʻnikmalar (Soft skills) va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish.
Mashgʻulotlar
Oʻquv yili davomida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
12.
Professional taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishni tashkil etish uchun ularga tegishli oliy taʼlim muassasalarini biriktirish.
Reja-grafik
Oʻquv yili davomida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
13.
Oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish uchun professional taʼlim muassasalari va mos yoʻnalishdagi korxona va tashkilotlar oʻrtasida amaliyot oʻtkazish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Shartnomalar
2024-yil iyun
Tizimida professional taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar,
Savdo-sanoat palatasi
14.
Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy imtihonlarini tashkil etish va davlat namunasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish.
Meʼyoriy hujjatlar
Taʼlim dasturi yakunida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
15.
Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mutaxassisliklari boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ishga joylashishini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Oʻqishni tamomlagandan soʻng
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
16.
Xorijiy davlatlarga ishga joylashmay qolgan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish va ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish.
Amaliy chora-tadbirlar
Doimiy
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari